Форум
Пятница, 09.12.2016, 04:56Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Форум
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 1 из 11
Форум » Umumiy bo'lim » Umumiy » Marhabo Karimova she'rlari (Eng go'zal qarg'ish)
Marhabo Karimova she'rlari
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 15:09 | Сообщение # 1
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig

Assalamu alaykum, aziz forumdoshlar.
Marhabo Karimovaning she'rlariga ixlosmand bolganlar uchun ushbu mavzuni ochishga qaror qildim. O'zim shu shoiraning yozgan she'rlarini o'qib turaman. Hayotiy voqealarga mos tushgan bu shoira opaning she'rlaridan sizlarga ham ulashmoqchiman..

Eng go'zal qarg'ish
Bir sahroyi ayolning
O'g'ilchasi sho'x ekan.
Undan zarar ko'rmagan,
Biron kuni yo'q ekan.

Qozondagi taomin,
Tepib qochib ketarkan,
Meshidagi suvini,
Sepib qochib ketarkan.

Qarg'ar ekan bolasin,
Qilolmasdan epini.
Qirqib qochganida kir
yoyadigan ipini:

"Hoy, ipimni qirqmagin,
Qalbingga ilm to'lgur.
Hoy, meshimni teshmagin,
Ka'baga imom bo'lgur!

Sichqon dumin kesmagin,
Beozor bo'l, to'g'ri yur.
G'arib yo'lin to'smagan,
Ka'baga imom bo'lgur".

Demas ekan: "Juvonmarg",
"Haromi", "Maraz", "O'lgur".
Bitta ekan qarg'shi:
"Ka'baga imom bo'lgur!"

Niyat ketdi, vaqt o'tti,
Misli yel yo shabada.
Shu onaning, shu o'g'li
Imom bo'ldi Ka'baga.

Ne-ne shohu sultonlar,
Orqasidan turib g'oz.
Unga iqtido qilib,
O'qir edilar namoz.

Duo-la shum boladan,
Chiqdi bir xush nafasli
Olim, hofizi Qur'on -
Abdurahmon Sudaysiy.

Nazoratda insonning,
Har so'z, har bir nafasi.
Ibrat bo'lsin bizga bu
Allohning mo'jizasi.

Komil inson ko'rdingmi,
Marxabo, bilki ular -
Ota-ona, elidan
Duo olgan bolalar.



SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 15:15 | Сообщение # 2
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
* Cho'ntagi bor daraxtlar*
Ishdan kelsam hovli betartib,
Xuddi uyda kelinim yo'qday.
Dadamizga murojaat qildim
Eshittirib kelinga atay:

- Dadasi-chi, endi bozordan
Oyog'i bor supurgi oling.
Qolib ketsa yo'lakda darrov
Topib olsin o'zi o'z joyin.

- Nima gap? - deb, dadasi hayron,
Jinnilikka soldim o'zimni.
"Hazil" degan ishora bilan
Qisib qo'ydim unga ko'zimni.

- Olimlar ham topa qolmadi,
Cho'ntak, qo'llik daraxt navini.
Kunda ikki marta supurib
Charchayapti kelin hovlini.

Har daraxt o'z bargini terib,
Cho'ntagiga yig'ib yurardi.
Uyalmasdan mehmon kelsa ham,
Hovlimiz ham toza turardi.

Gaz plitam eskirdi, chog'i,
Qachon ko'rsam bir qarich olov.
Choy qaynatib bo'lgandan keyin,
O'zi o'chsa bo'lardi darrov.

Aqilligin keltirib bering,
Olov poylab o'tar tun-kunim.
Hali o'chir, hali pasaytir,
Charchaydi-da, sho'rlik, kelinim.

Hisoblagich bu yog'da "g'ir-g'ir",
Pulingizni yozib yotibdi.
Tejamasak bo'lmas, uch uyni,
O'sha olov isitayotibdi.

Qumg'on bo'lmay har narsa bo'lsin,
Artib ololmaydi yuzini.
Choy qaynatib, suv tashiydi-yu,
Chomiltirolmaydi o'zini.

Yuvib qo'y, deb, qarab turadi,
Kelinimga shuncha ish kammi?
O'n yil yuvdim, ovora bo'pti,
Kutayotgan bo'lsa u meni.

Jo'mraklardan to'xtamaydi suv,
Jon dadasi, uvol-ku, ko'ring.
Bu esi past jo'mrakni olib,
Esligidan qo'ydirib bering.

"Suvni tejang soy bo'yida ham",
Deyilganin yaxshi bilamiz.
"Har tomchiga javob ber", desa,
Oxiratda nima qilamiz?

Xojayin der: - Do'kon qaerda?
Dedim: - Uni topasiz oson.
"Nodonlarga dono jihozlar"
Deb ustiga yozilgan do'kon.

Izlab chiqib ketdi xo'jayin,
Topdimi, topmadi, kim bilsin.
Olov o'chdi, choynak yuvildi,
Mening gapim topdi egasin.

Baqir-chaqir, qovoq-tumshuq yo'q,
Marxaboga shu usul qulay.
Ilonni ham indan chiqargan,
Shirin so'zdan o'zim o'rgilay.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 15:18 | Сообщение # 3
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
* *Galati san'at*
Bolani qarg'mang,
Duo qiling bolani.
"It", "Eshak" deb so'kishga,
Hayo qiling, bolani.

Rosululloh derdilar,
Yuzlaridan yog'ib nur:
"Bolalar bu - jannatning
Gulu rayhonlaridir".

Tog'ri ba'zida "Gulu
Rayhon"lar ham kuydirar.
Sho'xligi oshib ketsa,
Joningizdan to'ydirar.

Bobom derdi: "Bolani
So'kmoq asli emas ep,
Jahlingiz chiqsa ayting:
"Nodon", "Xumpar" deb.

"Boy bo'lgur", "Ko'paygur" deng
Aslo demang "O'l", "La'nat",
Shuni bilib qo'yingki,
So'kininsh ham bir san'at.

Qaniydi, payg'ambarday
So'ksangiz, qilsam huzur.
Ul zot derdilar, so'ksa:
"Burning erga ishqalgur".

Tildan chiqqan har so'zda,
Ma'rifat, ziyo bo'lsin.
Hatto so'kishingiz ham
Yaxshi bir duo bo'lsin.

Ixlos bilan qilingan,
Har niyating ushalar.
Har so'zga ko'kda "Omin!",
Deb turar farishtalar.

"It" desangiz, it bo'lib,
O'zingizni qopadi.
"Eshak"dan eshak, har kim
O'z tilidan topadi.

Farzandingiz bilan el
Faxrlanib yashasin.
Itu eshak fe'llardan
Parvardigor asrasin.

Olim, shoir, hunarmand,
Polvon bo'lsin bolalar.
Yurtga kerakli, halol,
Inson bo'lsin bolalar.

Bolangizni so'ksangiz,
"Poshsho" bo'lgur", deb so'king.
"Olim bo'lgur", "Xizrga
Oshno bo'lgur", deb so'king.

Og'izdan chiqqan har so'z,
Marhabo, bilki, kushod.
Inson ma'rifatini
O'lchaydigan darajot.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 15:21 | Сообщение # 4
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
*Muxabbat vizasi*

O'qidim go'zal hikmat:
"Sizning yaxshilaringiz -
Ahli ayoli bilan
Yaxshi bo'lganlaringiz".

So'kinib jaranglatdi,
Erim o'z xonasini:
-Hoy, ruchkamni kim oldi?
He, o'sha, onasini...

Dedim: - Voy, tilingizni,
Zahar bormi qatida?
Bunday xunuk so'z yo'q-ku,
O'zbekning lug'atida.

Esizgina, yoshlikda
Qanday yigit edingiz?!
"Bitta tabassumingga
Jonim fido", derdingiz.

Dedi: - Yigitchilikda,
Aytgandirman aytganda.
O'sha gap turarkanmi,
Yosh ellikka yetganda.

Elligimda, sevgi, deb,
Boshim qotirmay meni.
Topib ber, ellik so'mga,
Olgan ko'k ruchkam qani?

Dedim: - Telefon raqam
Yozgandim, oling, mana.
Dedi: - Ming bor aytaman:
Mening narsamga tegma.

Kabinetim, yo'lagim,
Izim, soyam, vujudim,
Qo'lingni tekkizmagin,
Bari - mening hududim.

Xayol sursam, yo'talib,
Hududimni buzmagin.
Hattoki tushimga ham,
Taqillatmay kirmagin.

Yashash kerak tartibli,
Meniki bu - meniki.
Cho'qilash yo'q, tegish yo'q,
Seniki bu - seniki.

Ko'nglim cho'kdi, muvabbat
To'ydan keyin o'larkan.
Erkak kishiyam shuncha,
Pastlab ketsa bo'larkan?!

Donishmand bo'lar yoshda,
Ongi shuncha tormikin?
Bu dunyoda jentelman,
Erkaklar ham bormikin.

Alam qildi judayam,
Narsasini olganim.
Ellik so'mcha qadri yo'q,
Ayol bo'lib qolganim.

Shuni sekin aytsa-ku,
Baqirib, so'kinmasdan.
"Gah" deganda qo'liga,
Qo'nmasam, odammasman.

Desa: "Ko'rmadingizmi,
Ruchkam yo'qoldi, poshsho?"
Desam: "Uzr, kechiring,
Men olgandim, mavlono".

Desa: "Hijolat bo'lmang,
Borligingizga shukur,
Menga sirdosh, hamxona,
Yorligingizga shukur.

Mening ruchkam-da, sizga,
Talpinib turar o'zi.
Sizni ko'rganda menday,
Yonib ketadi ko'zi".

Der edim: "Oh, azizim!
So'zingiz totli, muncha?
Nima qilay, buyuring?
Qulingizman o'lguncha".

Qanday go'zal muloqot?!
Oh, jonimni qoqardim.
Mosh-guruch sochlarini,
Silab yuzga bosardim.

Har narsa yoshlikdami,
Sog'liq, mehr, oqibat?
Yosh o'tkanda zarurroq,
Bo'lmaydimi muxabbat?!


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 15:24 | Сообщение # 5
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Savob so’zin ishrat bilan adashtirmang!


Bir do’konning qarshisida uch-to’rt xotin,
Gurunglashib kutar arzon yog’ navbatin.
O’sha yerdan o’tib qoldi bitta erkak,
Huddi shundan boshlanadi bizning ertak.

U ayollar ichra biri go’zal edi,
O’zi yoshu, ammo so’zi masal edi.
O’sha erkak qarab sekin o’ngu-chapga,
U ayolni quvlik bilan soldi gapga.

Dedi: - Singlim, sizga rahmim keldi juda,
O’rningizga kuyov bola kelmapti-da.
Ayol dedi: - Erim o’tgan, bir bolam bor,
Ikki yilki bir o’zimga qolgan ro’zg’or.

Erkak dedi: - Qiynalibsiz g’amlar yutib,
Yog’ uchun ham yurasizmi navbat kutib.
Navbat kutib yoshligingiz bo’lar uvol,
Erga tegishingiz kerak gulday ayol.

Mening uyim to’la yemish, yog’u unlar,
Omborxonam to’la meva, donu dunlar.
Ikki uyda ikki dona xotinim bor,
Istasangiz bo’ling menga uchunchi yor.

Ayol dedi bir oz o’ylab bir oz kulib:
- Kundoshlarim qo’yishsachi sochim yulib?
Mayliku-ya ikki xotin tinch yotishsa,
Ne qilaman derazamga tosh otishsa?

Erkak dedi: - xotinlarim bilishmaydi,
Bilishmagach, tinch yashaysiz, urishmaydi.
Hammangizni teng ko’raman toqat bilan,

Visol tuni – uch kunda bir navbat bilan.

Ayol dedi kulgusini ichiga yutib:
- O’larkanman u yerdayam navbat kutib.
Mashinaga, uyga navbat kutgan edim.
Navbat kutib ko’z duxturdan o’tgan edim.

Ammo bunday ko’chalardan o’tmaganman,
O’g’irlikcha erga navbat kutmaganman.
Rozi bo’lsam, bilmam, nedan yutarkanman.
U yerdayam, bu yerdayam kutarkanman.

Uch kunda bir yor kutgandan bo’ynim egib,
Bir oyda bir yog’ kutayin qomat kerib.
Erkak dedi: - Tavba, bu ne deganingiz?
Axir kunda osh bo’lardi yeganingiz.

Ayol dedi: - Bu deganim – bermang ozor,
Oshqozonim tepasida Yuragim bor.
Erkak dedi: - Mendayam bor o’sha yurak,
Rostin aytsam, menga faqat savob kerak.

O’ngimdayam, tushimdayam savob deyman,
Uyimdayam, ishimdayam savob deyman.
Ayol dedi: - Kechiring, ey yaxshi odam,
Beva ekan men-la turgan ayollar ham.

Yoshlari sal kattarog’u mehrga zor,
Kerakmasmi to’rtinchi yo beshinchi yor?
Shoshmay turing, ularni ham chaqirayin,
“Ochildi baxtimiz” deya baqirayin.

Suyungandan aqillari shoshar edi,
Savobingiz besh barobar oshar edi.
Shunda erkak chin niyatin ochib ketdi-
Mashinasin yurgizdiyu, qochib ketdi.

Mullakalar, ojizgina ayoldirmiz,
Balki kalta o’yu, kalta hayoldirmiz.
Orangizda saxiy, hotam kishilar ko’p,
Olam-olam ehson qilib, olishmas cho’p.

Chin sahiylar muhtojlarga lagan-lagan,
Osh kirgizib, kimdanligin aytishmagan.
Xabar olib qo’shnisining yo’q-boridan,
Kiyim-kechak, non tashlagan devoridan.

Marhabo der: - Baxtu omad, qiyinchilik,
Hamma narsa o’tkinchidir, vaqtinchalik.
O’tinch: Bizni nafsingizga talashtirmang,
Savob so’zin ishrat bilan adashtirmang!


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 15:29 | Сообщение # 6
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Chiroqni uzgan tol


Толни шохи синдди шамолда,
Сим узилда ва ўчди чироқ,
Ҳамма чиқиб олди кўчага,
Зулмат ичра қолганди қишлоқ.

Хали бери ёнмаса керак,
Энди нима қиламиз вой-вой,
Осмонни ҳа булут қоплаган,
Неъмат экан юлдуз билан ой,

Чироқ шукрин қилмас эканмиз,
Чидамаймиз усиз бир тунга,
Хаққин тўлаб, баъзан нолиймиз,
Арзир экан хар қанча пулга.

Қўшним дер:- Шам олиб кел, болам,
Чоп, ёпилиб қолмасин дўкон.
Қоронғуда ётсам, сиқилиб,
Томоғимга келиб қолар жон.

Қайтиб, деди, қўшним боласи:
-Дўкон ёпилган экан, она.
-Вой-вой, энди нима қиламиз?!
Тезроқ борсанг бўларди, бола.

Деди: - Уйда оила билан ҳам,
Қоронғуддан қўрқамиз ўзи,
Ўлсак, зим-зиё қабрда,
Қандай ётар эканмиз, қўшни?

Олти ёғи тупроқ, тепада
Бирон юлдуз, ойи бўлмаса,
Кирадиган тешик, туйнуги,
Чиқадиган жойи бўлмаса.

Уйимизда гоҳ ўчса чироқ,
Топилади шам ёки фанор,
Юз йил, минг йил, ётар жойни ҳам,
Ёритгудай бир чироқ даркор.

Нима энди, бу қоронғулик,
Гурунглашиб турибмиз, мана,
Қўй-қўзилар, қўни-қўшнилар,
Шарпасидан бардаммиз-ку-а?

Чироғимиз ўчгани билан,
Жа унақа эмас қўрқгудай,
Якка ёлғиз ётар жойимиз,
Ташвишин қилайлик ўргилай.

Қўшним дедди: - Шам олайин-а,
Эртагаёқ, дўкон очилса,
Қабримга ҳам ёқиб туришар,
Арзимаган нарса-ку, ўлсин.

Дедим: -Қабр ташиддаги шам,
Ичкарини ёритмайди-да,
Навбат билан ёнувчи зўр бир,
Чироқ керак экан қабрга.

Биринчиси ёниб тураркан,
Иккинчисин вақти киргунча,
Иккинчиси зиё сочаркан,
Учинчисин вақти киргунча.

Учинчиси ёниб ўчмайди,
Тўртинчисин вақтига қаддар,
Тўртинчи бешинчи киргуча,
Қабримизни қилур мунаввар.

Бешинчиси биринчисининг,
Вақтигача ўчмас экан-а,
Қўшним деди: - Тавба, алхазар,
Бу қанақа навбатчилик-а?

Қайда сотиладди бу чироқ?
Айтинг мен ҳам топтириб қўяй,
Агар ўлсам ўша чироқни
Мозоримга ёқтириб қўяй.

Даддасига айтаман, келсин,
Ўша қургур қимматмасдир жа,
Чет эллардан келтирилса ҳам,
Бир ҳўкизнинг пули бўлар-да.

Суҳбатимиз тургандди қизиб,
Келиб қолдди қўшнимни эри,
Қўшним чопиб бориб олддига:
- Чироқ керак, дадаси, - деди.

Тушунтира бошлади аёл,
Эрин икки ёнидан ўтиб,
Не гаплигин англагач, эри,
Хотинига деди ўтириб:

- Нега керак қабрингга чироқ,
Бўлса жонсиз ётаддиган жой,
Ё, ўша ердда ҳам тинмасдан,
Овқат қилиб, дамлайсанми чой?

Балки, пардоз қилгинг ҳам келар,
қўймайинми, тошойна олиб,
Ярашдими охират кўйлак,
Кўрардинг бир ойнага солиб.

Телвизор ҳам шартдир мабодо,
Сериалларнигни кўргани,
Дастёрлардан жўнатвораман,
Бир қўнғироқ қилсанг бўлгани.

Аёл деди:- Вой, тавба-тавба,
Шундай қилиш мумкинми ўзи?
Эри деди:- Жуда мумкин-дда,
Ухлаш керак, уйга кир, бўлди.

Улар кириб кетди. Эрталаб,
Қўшним чиқди, паришон бироз,
Деди: - эрим айтди, эмишки,
Қабримизнинг чироғи – намоз.

Дейилганмиш, вақтида, тўкис,
Аддо этса намозни инсон,
Қабрига беш чироқ бўлармиш,
Бомдод, пешин, Аср, Шом, Хуфтон.

Дедиларки: “Лақиллаб юрма,
Дўкон асли хаётимиз ҳам,
Қулуфланиб қолмасдан бурун,
Чироғингни сотиб ол ундан”.

Хотинларни хозир, айниқса
Йиғини-ю “Гап”и кўпайган,
Шукру тавозеси камайиб,
Нолишу ғийбати кўпайган.

Қабрни хуш амаллар билан,
Жаннатдан бир боғ қилиш мумкин,
Ё, ғафлатда бепарво юриб,
Дўзахдан бир чоҳ қилиш мумкин.

Қўшним кулиб турди ўрнидан,
Дедим: - чироқ ёнди-ку, ўртоқ
Ўтирайлик, у деди: -- йўқ, йўқ,
Чироқ ғамламасам иш чатоқ.

Ундан кўра уйимга кириб,
Қўй-қўзимга ем берақолай,
Беҳуда ишларга сарфлаган,
Хаётимни тартибга солай.

Ҳар дам, ҳар он ғанимат экан,
Яшай эндди ақлимни жамлаб,
Ёпилмасддан умр дўконим,
Чироғимни олайин ғамлаб.

- Ўх-хў! Дедим, завқланиб, қўшни,
Олим бўлиб қолибсиз-ку-а?!
Ўттиз беш йил уқмаган гапни,
Ойсиз бир тун уқтирибди-я,

Соддагина қўшним шошилди,
Гаплашиб ҳам ўтирмади-бир,
Қоронғудан одам дегани,
Шунчалик ҳам қўрқарми ахир,

Бирам рози бўлдим шу тундан,
Яшавор, эй, симни узган тол!


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 15:52 | Сообщение # 7
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
КАТТАЛАРГА НАСИҲАТ

Ярақлаган уйларинг чанг бўлсаям, сиқилма.
Рўзғорингда бир нима кам бўлсаям, сиқилма,
Ташвишлардан кунда бир кун жанг бўлсаям, сиқилма,
Ўғлинг еб, ўрга кетар, қизинг еб, қирга.

Чайнаётган нонингни "боламга", деб ўласан,
Катта бўлгач, гап билан бир силтаса, сўласан.
Бино қўйма, сийлама, пўпалама, кўрасан,
Ўғлинг еб, ўрга кетар, қизинг еб, қирга.

Қариганда ғалвани кўтараолмас юрагинг.
Қани ота-оналар - суянчиғинг, тиргагинг?
Етиб қолсанг, оғирсанг, кимга бўлар керагинг?
Ўғлинг еб, ўрга кетар, қизинг еб, қирга.

Ғамни олсанг кўнгилга, тўлиб кетаверарсан,
Офтоб урган майсадай, сўлиб кетаверарсан,
Юрагингни чангаллаб, ўлиб кетаверарсан,
Ўғлинг еб, ўрга кетар, қизинг еб, қирга.

Ўзин боққанинг қолиб, боласин ҳам боқасан,
Куч-кувватинг борида ҳаммасига ёқасан,
Ўзинг учун бир бора чиққанмисан боққа, сан?
Ўғлинг еб, ўрга кетар, қизинг еб, қирга.

Уйлантиру болангни, бўлак қилгин уйини,
Ўзи тортсин рўзғорнинг ташвишини, ўйини,
Кўриб турсанг бўлгани, соғ-саломат бўйини,
Ўғлинг еб, ўрга кетар, қизинг еб, қирга.

Таъма қилсанг бир нонни, чимирилар қошлари,
Сенсиз пишиб ейилар. ёғлиққина ошлари,
Югуришлар олдингга, оғриб қолса бошлари,
Ўғлинг еб. ўрга кетар, қизинг еб, қирга.

Эринииг топганини ўинаб, еркан бир аёл,
Ўғлинг топганини, ўйлаб, еркан бир аёл,
Бекорга айтилмаган, халқ ичида бу мақол,
Ўғлинг еб, ўрга кетар. қизинг еб, қирга.

Майли, тушган уйида яшнаб юрсин келинлар,
Мақтаб, алқаб, дуо қил, яйраб юрсин келинлар,
Қайнонаммас, онам, деб, сайраб юрсин келинлар,
Ўғлинг еб, ўрга кетар, қизинг еб, қирга.

Ялаб-юлқиган уйинг, келинларга қоладир,
Сендан кейин ким билар, не куйларга солодир,
Уйим, болам, чақам деб, олаверма хавотир,
Ўғлинг еб, ўрга кетар, қизинг еб, қирга.

Меҳнат қилдинг тинмадинг, етганича имконинг,
Ўзинг учун ҳам яша, ғаниматдир ҳар онинг,
Тоғларга чиқ, ҳаво тг, жон-жонўзингни жонинг
Ўғлинг еб. ўрга кетар. қизинг еб. қирга.

Ўғилларда қўш улоч, сен юрасан пиёда,
Ўзларидан ошмайди, моли булса зиёда,
Болам, болам, болам деб, нима кўрдинг дунёда?
Ўғлинг еб. ўрга кетар. қизинг еб, қирга.

Ўлсанг болаларинг ҳам қабргача боради,
Айтчи, унда сен билан қайси бири қолади.
Қиёматда қай бири гуноҳингни олади,
Ўғлинг еб, ўрга кетар, қизинг еб, қирга.

Кўнглинг кимни хушласа, ўша билан суҳбат қил.
Тиконларга қарама, гулга қараб роҳат қил,
Асабингни қийнама, юрагингга шафқат қил,
Ўғлинг еб, ўрга кетар, қизинг еб, қирга.

Жуфтинг учун ясаниб, эй аёл, хеч толмагин,
Қариликни бўйнингга асло-асло олмагин,
Ўнта боланг бўлса ҳам, эргинангдан қолмагин
Ўғлинг еб, ўрга кетар, қизинг еб, қирга.

Кунлар келар инжиқ чол биров келмас ёнингга,
Шу илмилиқ кампиринг оро кирар жонингга,
Шукр қил бирга ҳар соат, ҳар онингга,
Ўғлинг еб, ўрга кетар, қизинг еб, қирга.

Тўрт пул топсанг ярмига кексаликка олиб қўй.
Йиғиб, эски нимчангни чўнтагингга солиб қўй,
Ўн бола бир отани боқолмайди, билиб қўй,
Ўғлинг еб, ўрга кетар, қизинг еб, қирга.

Қўлинг ишда, ва лекин Раббанода бўлсин дил,
Ғийбат, хасрат гапни қўй, субхоноллоҳ айтсин тил,
Бу дунёнинг нонин еб, у дунёнинг ишин қил,
Ўғлинг еб, ўрга кетар, қизинг еб, қирга.

Йиғиштириб умрнинг қолганини - борини.
Марҳабохон, қилгайсан охиратнинг корини,
Қулоғингга қуйиб ол бу насиҳат - борини,
Ўғлинг еб, ўрга кетар, қизинг еб, қирга.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 15:54 | Сообщение # 8
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
ҲАЛИ АЁЛ БЎЛМАБСИЗ, ПОШШО

Уйни безаб, тузатсанг ҳам,
Эрни кутиб, кузатсанг ҳам,
Ўнта қизни узатсанг ҳам,
Ҳали аёл бўлмабсиз, пошшо.

Уйингизга келин келган йўқ,
Юрагингиз хали қувноқ, шўх,
Кафтингизда тутмагансиз чўғ,
Ҳали аёл бўлмабсиз, пошшо.

Ташвиш сиздан бир қадам нари,
Меҳнатларнинг келмади гали,
Зўр синовлар олдинда ҳали,
Ҳали аёл бўлмабсиз, пошшо.

Кўзларингиз ҳали сурмалак,
Кўйлагингиз ёқа, тугмалик,
Уйингизда ғалва йўқ, тинчлик,
Ҳали аёл бўлмабсиз, пошшо.

Кўнгил қуши сайраб турипти,
Орзулардан яйраб турипти,
Ёву кунни пойлаб турипти,
Ҳали аёл бўлмабсиз, пошшо.

Бир бегона қуш келиб унда,
Аҳлатингиз "титади" кунда,
Билмасликка оласиз шунда,
Ҳали аёл бўлмабсиз, пошшо.

Қандай гулсиз, исингиз чиқар,
Чин қиёфа, тусингиз чиқар,
Ё тилло, ё мисингиз чиқар,
Ҳали аёл бўлмабсиз, пошшо.

-Марҳабохон, шеьр ёзмай кетинг,
Нима қилай бўлмаса, айтинг?
-Тинч кунларнинг қадрига етинг,
Ҳaли аёл бўлмабсиз, пошшо.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 15:57 | Сообщение # 9
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
БИРОВНИНГ БОЛАСИ УЙИМДА

Туй килиб, келинчак туширдим,
Ўзимга ўзим иш оширдим.
Ман енди мап енди тушундим,
Бировнинг боласи уйимда.

Бақирманг, дадаси, секин-ей,
Овозингиз бирам текин-ей,
Уйимнинг қайтига бекиней
Бировнинг боласи уйимда.

Ҳаммага қиламан илтифот,
Тилимга бўламан эхтиёт,
Кўчага чиқмасин "ахборот",
Бировнинг боласи уйимда.

Келинчак бир келар, яйрасин,
Оллоҳим илтифот айласин,
Қозоним гўшт билан қайнасин,
Бировнинг боласи уйимда.

Сипороқ кийингин, вой, қизим,
Ибрат бўл келинга, хой, қизим,
Онангни тушингин, ой қизим,
Бировнинг боласи уйимда.

Ёрдам қил, сиқиб бер ўсмасин,
Бахтингни йўлини тўсмасин,
Совчига ёмонлаб қўймасин,
Бировнинг боласи уйимда.

Чимирилмасин деб қошлари,
Авайлаб шу келин пошшани,
"Сиз-сиз "лаб хайдайман пашшани
Бировнинг боласи уйимда.

Койишар: Эркалаб, куласан,
Келинга "майли" деб турасан..."
Бошингга тушганда биласан,
Бировнинг боласи уйимда.

Нонини куйдирма, майлига,
Идишни синдирма, майлига,
"Адвакат" ман ўша Лайлига,
Бировнинг боласи уйимда.

Болам дер, гапирсам: "Уф, бўпти",
Билмадим, балки "куф-суф" бўпти,
Ўғлим ҳам қўшилиб, жуфт бўпти,
Бировнинг боласи уйимда.

Майли, мен-қайнона, қайнаман,
Келин ҳам тек юрсин, айнимай,
Бу ҳам бир кўргилик, айланай.
Бировнинг боласи уйимда.

Меҳр-ла кўнгиллар бойланар,
Қаҳр-ла юраклар лойланар,
Бир кун ўз боламга айланар,
Бировнинг боласи уйимда.

Марҳабо дер: ичим кон, дўстлар,
Учрашиб турайлик, жон дўстлар,
Ҳасратдан юрагим қон, дўстлар,
Бировнинг боласи уйимда.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 15:59 | Сообщение # 10
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
ЎГИЛ БОЛАНГ - БИРОВНИНГ ҲАСМИ

Ўғлим қиз-бари ўз боланг,
Қизлар-меҳмон, дейишар расми,
Ўзингники асли-қиз боланг,
Ўғил боланг - бировнинг ҳасми.

Ўстирасан бўлиб парвона,
Эга чиқар битта жонона,
Бу савдога бўлма. ҳайрона
Ўғил боланг бироапинг ҳасми.

Унутса ҳам ўз онасини,
Гул-илган ҳовли хонасини,
Унутмайди қайнонасини,
Ўғил боланг - бировнинг ҳасми.

Қизинг жонин илининиб турар
Юраклари тилиниб турар,
Меҳри кўздан билиниб турар,
Ўғил боланг - бировнинг ҳасми.

Соғинганда йиғламай кутгин,
Ичикмасдан ўзингни тутгин,
Кўз ёшингни "култ " этиб ютгин,
Ўғил боланг - бировнинг ҳасми.

Уй-рўзғори бўйнида хуржун,
Боламга дер, Худо берган кун,
Дуо қилу, чиқармагин ун,
Ўғил боланг - бировнинг ҳасми.

Юрагининг устуни - ёри,
Совукқотса пўстини - ёри,
Боласига топгани, бори,
Ўғил боланг - бировнинг ҳасми.

Уришсалар қози бўласан,
Ўртада тарози бўласан,
Ўлимингга рози бўласан,
Ўғил боланг—бировнинг ҳасми.

Иши тушса ёнингга чопар,
Ҳиндистонда бўлсанг ҳам топар,
Бошқа пайт кутма эй, модар,
Ўғил боланг — бировнинг ҳасми.

Хафа бўлсанг койиб, тонасан,
Кечирасан, чунки онасан,
Тушун, мунча куйиб-ёнасан,
Ўғил боланг - бировнанг ҳасми.

Жан.жал қилма, онамисан, бас!
Келин сенинг кундошинг эмас,
Ўғлинг энди сирдошинг эмас,
Ўғил боланг — бировнинг ҳасми.

Совчиликка боришдан олдин,
Сандиқҳа сеп солишдан олдин,
Бир мантиққа кўникиб олгин,
Ўғил боланг - бировнинг ҳасми.

Келса-ю келмаса, дуо қил,
Билса-ю билмаса, дуо қил,
Берса-ю бермаса, дуо қил,
Ўғил боланг - бировнинг ҳасми.

Меҳнатларинг-Худо йўлига,
Заҳматларинг-Худо йўлига,
Қаратиб кўймасин қўлига,
Ўғил боланг - бировиинг ҳасми.

Келинга гапирсанг мулойим,
Ўғлинг сендан рози ҳар доим,
Бу хаётдир, Марҳабо ойим,
Ўғил боланг — бировнинг ҳасми


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 16:01 | Сообщение # 11
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
ҚИЗИМ, ҚАЙНОНАНГ - ТИЛЛО

Қизгинамни узатдим,
Уз уйига кузатдим,
Кетарда бир сўз айтдим:
Қизим, қайнонанг - тилло.

Аразлаб келар кизим.
Жовдираб турар кўзим,
Безиллаб турар кўзим,
Дедим: қайнонанг - тилло.

Дер: "Қайнонам тили ўқ,
Койиб, нолиб, урар дўқ,
Кўнгил билан иши йўқ... "
Дедим: қайнонанг - тилло.

— Кечирмас, бурни осмон,
Эрим яхши, у - ёмон
— Бекор айтибсан, нодон, -
Дедим, Қайнонанг - тилло.

Икки кўлдан чиқар қарс,
Мулойим бўл, келгин паст,
"Хўп бўлади ", десанг бас,
Қизим, қайнонанг - тилло.

Арз килиб келгандаям,
Хар нима дегандаям,
Қизим ҳақ бўлгандаям,
Дедим: - Қайнонанг - тилло.

Кутиб олиб ўзини,
Бошламасдан сўзини,
Бекитаман оғзини:
Қизим, қайнонанг - тилло.

Қайнаб келса, "бор", - дедим,
"Сенга уйим тор", -дедим,
"Пешона бозор ", - дедим,
Дедим: Қайнонанг - тилло.

Қизгинамни оврайман.
Телефондаям сайрайман,
Уйкумдаям жоврайман:
Қизим, қайнонанг - тилло.

Чархни бузган - парраси,
Қизни бузган - онаси,
Бузмай ўлсин - онаси,
Қизим, қайнонанг - тилло.

Уйини-уй бўлсин деб,
Айрилмоқни кўрмай эп, .
Битта билан ўтсин, деб,
Дедим: Қайнонанг - тилло.

Қиз узатиб тўйлабман, Қутилдим деб уйлабман,
Бекорларни суйлабман,
Қизим, Қайнонанг - тилло

Қизингмидур ўғлингдир-
Бари юрак қўрингдир,
Тинчмаса шўрингдир,
Қизим, Қайнонанг - тилло

Марҳабохон йиғлаб дер:
Юрагим қони - бу шеър,
“Тиллахонга “ инсоф бер,
Қизим, Қайнонанг - тилло

Тугамайди ғавғоси,
Адо қилди савдоси,
Қиз туққаннинг жазоси-
“Қизим, Қайнонанг – тилло”


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 16:04 | Сообщение # 12
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
ҚИЗИМ АРАЗЛАБ КЕЛДИ

Аёл эдим бир жахон,
Гузал, қувноқ, соғ-омон,
Рангим бўлди заъфарон,
Қизим аразлаб келди.

Эри айниб тургаммиш,
Ким биландир юрганмиш,
Бир шапалоқ урганмиш,
Қизим аразлаб келди.

Дедим: Айб ўзингда,
Қўпол-қўпол сўзингда,
Пардози йўқ юзингда,
Қизим аразлаб келди.

Дердим: кулиб кутиб ол,
Тергамасдан сура хол,
Силаб-сийпаб хол
Қизим аразлаб келди.

Ўсма Сурмай юрмагин,
Қовоқ солиб турмагин,
Эски кўйлак киймагин,
Қизим аразлаб келди.

Жоним болам,битта бил,
Эринг-пошшо,эринг пир,
Овқатини ширин қил,
Қизим аразлаб келди.

Болалари қайсар, шўх.
Қарамасанг босар чўғ,
Тумтаяди қилсанг дўқ,
Қизим аразлаб келди.

Деёлмайман «тўхта ,хой»
Пардаларим шалпоқ,лой,
Ковушларим пойма-пой
Қизим аразлаб келди.

Акалари авайлаб,
Боласин турар мақтаб,
Тегиб кетар битта гап,
Қизим аразлаб келди.

Келинларим зириллар,
Киприклари пириллар,
Не тилайди кўнгиллар,
Қизим аразлаб келди.

Ўн беш бўлган куни,
Соғинар ўз уйини,
Пойлар эрин йўлини,
Қизим аразлаб келди.

Инжиқлиги ортади,
Йиғлайди, "ух" тортади,
Болаларин туртади,
Қизим аразлаб келди.

Уй галваба тўлади,
Дўсту-душман билади,
Қочиб кетгим келади,
Қизим аразлаб келди.

Камиб кулгу хандаси,
Қайнар эрим зардаси
- Сабр қилинг, дадаси,
Қизим аразлаб келди.

Дардим тўлиб тошадур,
Юрак ўйнаб шошадур,
Қон босимим ошодур
Қизим аразлаб келди.

Марҳабохон, дил ярим,
Тўкилди болу парим,
Хабар олинг дўстларим,
Қизим аразлаб келди.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 16:05 | Сообщение # 13
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
КУЁВИМГА ИЛТИЖО
(Қизим аразлаб келганда)

Куёв болам -ўз болам,
Менинг қора кўз болам,
Тилимда бир сўз, болам,
Қизим - ёмон, сиз - яхши.

Эрка болам, арслоним,
Ойим турган осмоним,
Кўлингиздадир жоним.
Қизим - емон, сиз - яхши.

Йигит борми сиздай мард,
Юраги тоза, бегард,
Икки дунё кўрманг дард
Қизим - ёмон, сиз - яхши.

Биз-темир, сиз-тиллосиз,
Биз-оми, сиз-муллосиз,
Биз-нодон, сиз-доносиз,
Қизим - ёмон, сиз -яхши.

Қизимнинг ўзи ахмақ,
Юрарди сизни мақтаб,
Бир кепти-да аразлаб,
Қизим — ёмон, сиз — яхши.

Тириклик деб юрсангиз,
Уй-жойим деб турсангиз,
Нима қипти урсангиз,
Қизим - ёмон, сиз - яхши.

Рўзғор хуржун бўлади,
Гоҳ камб, гоҳ тўлади,
Хотин деган кўнади.
Қизим - ёмон, сиз - яхши.

Болам, сизда ихтиёр,
Бўлмайлик озор-безор,
Ўртада болалар бор,
Қизим - ёмон, сиз - яхши.

Кўп яшанг юзга етинг,
Қиз тушгурни авф этинг,
Алдаб-сулдаб обкетинг,
Қизим - ёмон, сиз - яхши.

Ишламай ётсангиз ҳам,
Маст бўлиб қотсангиз ҳам,
Чойнакни отсангиз ҳам,
Қизим — ёмон, сиз — яхши.

Бўлсангиз ҳам майдагап,
Юрсангиз ҳам ўнгу чап,
Мен ҳамиша сиз тарап,
Қизим - ёмон, сиз - яхши.

Соғлигида - сизники,
Ўғлиники, қизиники,
Касал бўлса, - бизники,
Қизим - емон, сиз - яхши.

Тахсиримсиз, хўжамсиз,
Кимматбаҳо ўлжамсиз,
Ўзим очган жўжамсиз,
Қизим - ёмон, сиз - яхши.

Марҳабохон, уққаним -
Гўнгга гунча суққаним,
Гуноҳим - қиз туққаним,
Қизим - ёмон, сиз - яхши.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 16:07 | Сообщение # 14
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
МУРОСАСИЗ КЕЛИНЛАРДАН ДОД!

Онам ўлса "дод!" демаганман,
Эрим урса "дод!" демаганман,
Бир савдодан куйди жону тан,
Муросасиз келинлардан дод!

Нима экан билмадим сири,
Олаяди бирига-бири,
Хеч бўлмаса дўст эмас тили,
Муросасиз келинлардан дод!

Чимирилиб тургани қайси,
Қовоқ солиб юргани қайси,
Боласини ургани қайси,
Муросасиз келинлардан дод!

Бир-бирини силталаган чоғ,
Юрагимга санчилар пичоқ,
Ўғилларим бўлишди тарқоқ,
Муросасиз келинлардан дод!

Кўнгил тинмас бир ерга чиқиб,
Бири бирин олса-я чўкиб,
Яшаяпман безиллаб, кўркиб,
Муросасиз келинлардан дод!

Қанотимни қайриворишди,
Жигарларни айриворишди,
Обрўйимни лойга қоришди,
Муросасиз келинлардан дод!

Талашасан нимани, нодон!
Пойингда ер, бошингда осмон,
Бу дунёда ҳаммамиз мехмон,
Муросасиз келинлардан дод!

Ўтмиш бўлса нима дер эди?
Тўрт хотинга битта эр эди,
Ўшаларам "шукр" дер эди,
Муросасиз келинлардан дод!

Асти одам бўлишармикан?
Чирой очиб кўришармикин?
Ахил бўлса ўлишарсмикан!
Муросасиз келинлардан дод!

Бошқа уйим бўлгандa, ё Раб,
Шулар билан юрмасдим яшаб,
Кетар эдим шу уйни ташлаб,
Муросасиз келинлардан дод!

Ерга камиш, бўйрами тўшаб,
Аталами, умочми ошаб,
Чолим билан юрардим яшаб,
Муросасиз келинлардан дод!

Оёғимни -ўғил қилволсам,
Қўлларимни - келин қилволсам,
Қилар эди не ишга солсам,
Муросасиз келинлардан дод!

Доно келин элтузар - зиё,
Нодон келин юртбузар - бало,
Шуларга ҳам инсоф бер„ Худо
Муросасиз келинлардан дод!

Безор бўлдим қовоқ-қошидан,
Кечдим қилган нону-ошидан,
Хизматиям қолсин бошидан,
Муросасиз келинлардан дод!

Марҳабохон, боқмай ёшимга,
Ўлим келса қўққис бошимга,
Ёзиб қўйинг қабр тошимга:
Муросасиз келинлардан дод!


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 16:10 | Сообщение # 15
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
«АСАЛ ОЙИ»

Чет элда тўйдан кейин,
Ёшлар тарк этиб уйин,
Бир ой саёҳат, ўйин -
"Асал ойи " бошланар.

Ўзбекларда бошқача,
"Асал ойи " - бир кеча,
Сўнг ҳар тонг супур кўча,
"Сахар ойи " бошланар.

Бечора келин-куёв,
Тунда учрашар бирров,
Сўнг кўнгил айниб дарров,
"Ташар ойи " бошланар.

Бўлишар ота – она,
Олти йилда тўрт бола.
Мактабга-ю боғчага,
“Чопар ойи” бошланар.

Керак кўп пул топиши,
Уй қуриб, том ёпиши.
Камлик қилиб чопиши.
“Учар ойи” бошланар.

Қиз етилгач узатиб,
Зеб-зийнат-ла кузатиб,
Сандиқларни бўшатиб,
“Сочар ойи” бошланар.

Келин чиқса беадаб,
Кўчага ташийди гап,
Хонадон сирин боплаб,
“Очар ойи” бошланар.

Билгунча ўнгу –чапни,
Тушунтиролмай гапни,
Йиғлаб-сиқтаб асабни,
"Бузар ойи " бошланар.

У болангда у ғалва,
Бу болангда, бу ғалва,
Тинч ўтириш қаёқда?
"Захар ойи " бошланар.

Ўғил-қизнинг савдоси,
Битмас экан ғавғоси,
Кетга тегиб навдоси,
"Касал ойи " бошланар.

Ўйлаб-жойлаб, "қутулиб'
Ташвшларга тутилиб.
"Ташар ойи " бошланар. Соч оқариб, хол қуриб,
"Яшар ойи " бошланар.

Ўзий-чун шўрлик банда,
Яшашни бошлаганда,
Охират диёрига,
"Сафар ойи" бошланар.

Бу бир эски ақийда,
Бундай яшамоқ хато,
Ҳаётнинг ҳар онини,
Эҳтиёт қил, Марҳабо.

Бериб қўйма юракни,
Ташвишларнинг қўлига,
Ўғил-қиз ҳам, жигар ҳам,
Ҳаммаси ўз йўлида.

Тақрибнинг ҳеч ишини,
Қолипга сололмайсан,
Оллоҳнинг дунёсини,
Сен бошқара олмайсан.

"Нега ундай, бундай?" деб,
Қилаверма ташвиш, ўй,
Эплай олмаясанми,
Ўз ҳолига ташлаб қўй.

Ҳаёт не бўлса-бўлди.
Охират ғамини қил.
Буям битта рўзғоринг,
Неси йўқ, камини қил.

Шукру тавозеъ ила,
Уриб турса ҳар юрак,
Хаётнинг ҳар лаҳзаси,
Асал бўлиши керак.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 16:12 | Сообщение # 16
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
ҚУТИЛАСАН

- Болалардан қутилганмисиз?
- Алҳамдуллаҳ. қутилганман.
Суҳбатдан.

Ўғил уйладинг алхол,
Қиз узатдинг йиғиб мол,
Нафасингни қаттиқ ол,
Қутиласан-а, қутиласан!

Энди "чаллар"- чақириқ,
Ҳар шахарда ҳар қилиқ,
Мол кетар сандиқ-сандиқ,
Қутиласан-а, қутиласан!

Шу билан битсайди иш,
Ҳам қувончу, ҳам ташвиш,
Керак суннат тўй қилиш,
Қутиласан-а, қутиласан!

Суннат бўлган ёш бола,
Ясанар ота-она,
Қўтар қарзи хасана,
Қутиласан-а, қутиласан!

Гоҳ қиз келар тумшайиб,
Икки ёққа гап чайиб,
Ўзи оппоқ-беайб,
Қутиласан-а, қутиласан!

Қўлида бир боласи,
Қорнида бир боласи.
Ёмонмиш қайнонаси,
Қутиласан-а, қутиласан!

Гоҳ шўхлик қилар куёв,
Гапи келади дарров,
Бари жонингга эгов,
Қутиласан-а, қутиласан!

Келин бошласа ғалва,
Бу кўрганларинг-холва,
Астагфирулло, тавба!
Қутиласан-а, қутиласан!

Қўлин қўйиб белига,
Сапчиб турса эрига,
Ботиб ғазаб терига,
Қутиласан-а, қутиласан!

Ўғлинг бошлайди: "Эсиз,
Кўп эди дунёда қиз,
Шуни ўзизи топгансиз ",
Қутиласан-а, қутиласан!

Туғиб қўйганинг учун,
Боқиб қўйганинг учун,
Сендан олишар ўйин,
Қутиласан-а, қутиласан!

Ҳар кун баҳор, ёзу қиш,
Чиқиб турар бир ташвиш,
Бу не ҳаёт, бу не иш?
Қутиласан-а, кутиласан!

Боланг пули халтада,
Сенинг пулинг ўртада,
Буям янгича мода,
Қутиласан-а, қутиласан!

Эркагу хотин яна,
Хайдашади машина,
Омон келармикан-а?
Қутиласан-а, қутиласан!

Эшикка қараб зир-зир,
На ош ва на нон татир,
Ичинг тўла хавотир,
Қутиласан-а, қутиласан!

Кўчадаги мой ютар,
Уйдагилар қон ютар,
Бу кунлар қачон ўтар.
Қутиласан-а, қутиласан!

Ота-оналар токи бор,
Болага қул, хизматкор,
Бошқа изоҳ не даркор?!
Қутиласан-а, қутиласан!

Эй, Марҳабо, бечора,
Сўраб қолишса яна:
"Қутилмаган", дейсан-а,
Қутиласан-а, қутиласан!

Уйлаб-жойлаб меҳнатнинг
Зўрроғига тутиласан.
Қутиласан-а, қутиласан!


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 16:14 | Сообщение # 17
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
ҚУДА БЎЛДИК

Яшар эдик бўлиб ўртоқ,
Бир-бировга очиб қучоқ,
Ўтсиз қолди энди ўчоқ
Қуда бўлдик-жудо бўлдик.

Ёқалашдик ёшларни деб,
Шу икки бебошларни деб,
Биров еган ошларни деб,
Қуда бўлдик-жудо бўлдик.

Ака-ука, опа-сингил,
Гаплашардик гангир-гунгир,
Аралашдик, қолди кўнгил,
Қуда бўлдик-жудо бўлдик.

Қариндошлар тарап-тарап,
Жовдирашар бизга қараб.
Гурунглашолмаймиз яйраб,
Қуда бўлдик-жудо бўлдик.

Қўшним энди жонажоним,
Битта эди дастурхоним,
Қўшилганда энди қоним.
Қуда бўлдик-жудо бўлдик.

Яхшийди-я ниятимиз,
Чиқиб қолди иллатимиз,
Эсизгина меҳнатимиз,
Қуда бўлдик-жудо бўлдик.

Қарамадик ўнгу-чапга,
Қулоқ солдик майда гапга,
Ҳасрат қилдик чор тарафга,
Қуда бўлдик-жудо бўлдик.

Фарзандлар-ку яшар бирга,
Ёмон бўлди фақат бизга,
Кўрпа куйди, тирик бурга,
Қуда бўлдик-жудо бўлдик.

Эслаб ёмон сўзимни ман,
Уришаман ўзимни ман,
Энди очдим кўзимни ман,
Қуда бўлдик-жудо бўлдик.

Миннатли ош тузим қурсин!
Андишасиз юзим қурсин!
Шу чақимчи қизим қурсин!
Қуда бўлдик-жудо бўлдик.

Огоҳ этай энди сизни,
Бегонага беринг қизни,
Нима жинлар урди бизни,
Қуда бўлдик-жудо бўлдик.

Марҳабохон, бу дунё кенг,
Кимки тўйга шимарса енг,
Таваккалту ал-аллоҳ, денг,
Қуда бўлдик-жудо бўлдик.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 16:15 | Сообщение # 18
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
ҲАСРАТ

Қиз топ, йигит бойи учун,
Киёв топ, қиз ойи учун,
Бир кийимлик шойи учун,
Ўртада турмай, ман ўлай!

Яшамасдан тинч, бахтиёр,
Бир-бирига берар озор,
Жанжал чиқса ман-айбдор,
Ўртада турмай, ман ўлай!

Бахтли дамда эсламайди,
Бир нон билан йўқламайди,
Милтиғингни ўқла, майли,
Ўртада турмай, ман ўлай!

Хўмрайса йигит отаси,
Тумтаяр қизнинг онаси,
Кўришмай ўтар боласи,
Ўртада турмай, ман ўлай!

Оллоҳсиз бахт келишмайди,
Нахот шуни билишмайди,
Пешонадан кўришмайди,
Ўртада турмай, ман ўлай!

Қуда томонни кўндириш-
Бармоғингга қуш қўндириш,
Осонми, бир иш дўндириш?
Ўртада турмай, ман ўлай!

Қон қилади эрим сўкиб,
Ҳар кўрганда заҳрин тўкиб,
Адо бўлдим кўнглим чўкиб,
Ўртада турмай, ман ўлай!

Менга нимайди қиз топиб?!
Икки ёққа тинмай чопиб,
Кучугиям кетар қопиб,
Ўртада турмай, манўлай!

Тинч ўтирсам бўлмасмиди?!
Қорним ўлгур тўймасмиди?!
Эрсиз қолиб ўлмасмиди?!
Ўртада турмай, ман ўлай!

Ўйлабманки. савоб бўлар,
Бир кун яхши жавоб бўлар,
Ичим куйиб кабоб бўлар,
Ўртада турмай, ман ўлай!

Қадри кетган олтин бўлдим,
Бир эси йўқ хотин бўлдим,
Марҳабахон отин бўлдим,
Ўртада турмай, ман ўлай!


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 16:16 | Сообщение # 19
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
СЕЗГИР ОНА

Ўғил деди онага:
Кўрсатаман икки қиз,
Қайси менга ёқишин.
Билиб олинг ўзингиз.

Бири пушти кўйлакда,
Бирининг кўйлаги оқ,
Иккисиям чиройли,
Гўзалликда-қўғирчоқ.

Биттасини кўрганда,
Кўнглим нурга тўлади,
Топволинг-чи, қай бири,
Сизга келин бўлади?

Она кўнгли сезаркан,
Топди ўғли суйганин,
Деди: Менинг келиним-
Пушти кўйлак кийгани.

Ўғил деди: Офарин,
Топдингиз-а, онажон,
Қойил қолдим, хушёрсиз,
Адашмайсиз ҳеч қачон.

Энди айтинг, қоши ё,
Кўзидан сездингиз?- Йўқ.
- Туриши. юриши ё,
Сўзидан сездингиз?- Иўқ.

-Бўлмаса қандай қилиб,
Юрагингиз сезяпти?
-Билолмадим, шу қизни
Кўрсам, ғашим келяпти. kulgi


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 16:18 | Сообщение # 20
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
ҲАЖНОМА

Эй, шаҳри Макка, тупроғи тилло,
Байтул муқаддас, хонайи Олло,
Бир бор кўрай деб, ҳаққа тавалло,
Қилдим етишдим, алҳамдулиллоҳ!

Эй, уй муборак - дардимга дармон,
Эрдинг неча йил кўнглимга армон,
Покиза маскан, эй, кони иймон,
Сенга етишдим, алҳамдулиллоҳ!

Тангри Тоолло қодиру холиқ,
Қаддимни кўрди эҳромга лойиқ.
Армонда қолди қанча халойиқ,
Сенга етишдим, алҳамдулиллоҳ!

"Лаббайка "ни ўргатдим тилимга.
Ёлғиз Худони солдим дилимга,
Розиман энди хатто ўлимга.
Сенга етишдим, алҳамдулиллоҳ!

Каъба девори тегди юзимга,
Бахтдан бўлиб маст, келмам ўзимга,
Бўлди бу кунлар байрам кўзимга,
Сенга етишдим, алҳамдулиллоҳ'.

Оғзимга тегди сув - Оби "зам-зам ".
Бўлди қувончдан юзу-кўзим нам,
Олиб боройин дўстларимга ҳам,
Сенга етишдим, алҳамдулиллоҳ!

Бордим Минога, чиқдим Арофат,
Тошларда ётдим, тон олди роҳат,
Асли бу заҳмат менга-саодат,
Сенга етишдим, алҳамдулиллоҳ!

Муздалифадан тош йиғиб олдим,
Шайтонга отиб, "бошини ёрдим ",
Урганди йўлдан, қасдимни олдим,
Сенга етишдим, алҳамдулиллоҳ!

Қурбонлик қилдим Аллоҳга атаб,
Сочим қирқилди бир энлик, ажаб,
Бўлдим ҳожилик бурчини ўтаб,
Сенга етишдим, алҳамдулиллоҳ!

Эй, пок Мадина-иккинчи ҳарам,
Расул туфайли бўлдинг муҳтарам,
Парвардигорим кўрсатди карам,
Сенга етишдим, алҳамдулиллоҳ!

Бердим саломлар расулуллоҳга,
Шукрлар этдим йиғлаб Оллога,
Бердим бу кунни зарг, тиллога
Сенга етишдим, алҳамдулиллоҳ!

Мен бир Худонинг хас бандасиман,
Хасу ғубордан паст бандасиман,
Бахтидан бу кун маст бандасиман,
Сенга етишдим, алҳамдулиллоҳ!

Ҳожилик менга улуғ саодат,
Яхши ишларни қилайин одам,
Юмушим бўлсин, фақат ибодат,
Сенга етишдим, алҳамдулиллоҳ!

Йиғлаб келгандим, кулиб қайтурман,
Иймон нурига тўлиб қайтурман,
Гўдак каби пок бўлиб қайтурман,
Сенга етишдим, алҳамдулиллоҳ!

Қилдинг мусулмон эй, ҳақ, Худойим,
Икки ҳарамни насиб эт доим,
Ризқимни яна қўшгин илойим,
Сенга етишдим, алҳамдулиллоҳ!

Дўстларимга ҳам тилай ҳар саҳар,
Насиб этсин шу муборак сафар,
Яхши дуолар бўлмас бесамар
Сенга етишдим, алҳамдулиллоҳ!

Ҳамду санолар Оллоҳга мудом,
Сенга йўллайин дуойи салом,
Марҳабохондан бу ожиз кало.м,
Сенга етишдим, алҳамдулиллоҳ!


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 16:19 | Сообщение # 21
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
РАМАЗОН

Келди шаҳри Рамазон,
Тўй - йиғинлар тўхтади,
Мачитларда ҳар кеча,
Ўқилади "Тароби".

Ҳеч бир уйда кундузи,
Ёзилмайди дастурхон,
Оқшом тушса бошланар, Ифтор билан "Рамазон ".

Ҳар ким топгани билан,
Қилар қисқа сахарлик,
Ифторгача таомдан,
Жирканишар заҳардек,

Атир сепмас аёллар,
Искашмайди гул исин,
Соғинишар ва лекин, Ўпишмайди бир-бирин.

Ташна бўлса иссиқдан,
Ювиб олар юзини,
Ош пишириб ўзлари, Тотишмайди тузини.

Ҳамма ерда рўзанинг,
Файзу-гашти билинар.
Ифторга деб гузарда, Нишолдалар қилинар.

Шомдан кейин болалар,
Айтишади "Рамазон".
Қанд-панд сўриб уйига,
Қайтишади бир замон.

Ғийбатчилар ўттиз кун,
Хазир бўлар тилига,
Шафқат кирар ғойибдан,
Ёмонларнинг дилига.

Гуноҳ қилса кичиклар,
Койишади мулойим,
Рамазон бир ой эмас,
Бир йил бўлсин, илойим.

Ихлос билан кекса-ёш,
Чекар очлик заҳматин,
Осмондаги сахий зот,
Ёғдиради раҳматин.

Қорни очу, кўнгил тўқ,
Масрур юрар "рўзалар",
Бурчакларда қимтиниб,
Чой ичишар "кўзалар".

Иўқлашади бир-бирин,
Уришиб "пўм " бўлганлар,
"Жаннати " деб бўлганлар,
Рўза куни ўлганлар,

Келса Қадр кечаси,
Бўлади ҳамма уйғоқ,
Оллоҳ айтган: бу кеча,
Минг ойдан ҳам яхшироқ,

Келинчаклар шивирлаб,
Фарзанд тилар ўзига,
Йигитларнинг ойсурат,
Киз кўринар кўзига.

Болалардан қутилмас,
Осон "Лайлатул-қадр".
Ўйинчоқнинг тури кўп,
Болалар ҳам кўп ахир,

Ҳар рўзада донолар,
Ўйлаб ғариб тулларни,
"Фитрўза"лар беришиб,
Йўқлашади уларни.

Ҳеч бўлмаса ўттиз кун,
Турса шундай эътиқод,
Балки кирар умрга,
Ўттиз йиллик баракот.

Шундай гўзал яшамоқ,
Инсонларга қандай хос,
Афсус, афсус, афсуски.
Рамазон бир ой холос.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 16:20 | Сообщение # 22
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
МОМОХОН ПОШШОЙИМГА

Биттагина онаму,
Учтагина болам бор.
Бу оддий гап, қизиғи
Аравонда холам бор.

Оғзин хали очмасдан,
Гунг бўлади, боз-бозлар,
Қошларин туришига,
Ош пиширар таннозлар.

Ўзи кулмай гап айтар,
Ичагингиз узилар,
Жойномозда ўтириб,
Торатингиз бузилар,

Хали ўлмасдан туриб,
Марсиямни ёз, дейди.
Ўзим эшитолмасам,
Не қизиги бор, дейди?

Ўтирганда пошшодай,
Кибор туришлари бор,
Турганида "вой-вой "лаб,
Ўрдак юришлари бор.

Ошиқ бўлар хуснига,
Кимки кўрса бу Ойни,
Бир одамга Хақ нахот,
Берди шунча чиройни?!

Камтар, оддий яшайди
Нима у давлат, бойлик?
Саксон ёшли бу ойим,
Ўнта қиздан чиройлик.

Гоҳо қилиб хиргойи,
Гоҳида "ирдаб" берар,
Эсизгина ёшлик, деб,
Сўнгида йиғлаб берар.

Чоллар ҳам узидай,
Кўринади ёшгина,
Соқоллари ярашган,
Нурли, қаламқошгина.

Яшаб. яшаб дунёда,
Орттирибди икки қиз,
Суҳбатимиз астиям,
Ширин бўлмас уларсиз.

Ўртоқлари бир дунё,
Уйлари тўла китоб,
Ўйлайсизки, кўнглида,
Нур сочар бир офитоб.

Ўқиганда байт, ғазал,
Хувайдо, Надимийдан,
Сел бўласиз, лол қилар,
Сўйласа қадимийдан.

"Машраб " деб, тебранганда,
Ҳар сўзи асал бўлди,
Саксон ёшга етганда,
Кўз тегиб, касал бўлди.

Илоё, тез тузалиб,
Жисми дан дард арисин,
Чоли билан юз ёшга,
Кириб, қўша қарисин.

Марҳабо дер: файзлари,
Юқиб қолсин бизгаям.
Суҳбатида бўлмоқлик,
Насиб этсин сизгаям.

Биттагина онаму,
Учтагина болам бор.
Бу оддий гап, қизиғи
Аравонда холам бор.

Хали келса кўрасиз,
Кулла кулла ўласиз


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 16:22 | Сообщение # 23
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
ТИЛАК

Ҳар бандани дунёда,
Умри бўлсин зиёда,
Юрсангиз ҳам пиёда,
Сиҳат бўлинг, тинч бўлинг.

Дилни босса ташвиш, ўй,
Татирмиди байрам, тўй?
Бўлмасангиз ҳам хушрўй.
Сиҳат бўлинг, тинч бўлинг.

Уйда бўлса ул-бул кам,
Ташвиш бўптими шуям?!
Энг муҳими, жон укам,
Сиҳат бўлинг, тинч бўлинг.

Ақча бу - рангли қоғоз,
Шукр қилинг кўпми, оз,
Яшайин десангиз соз,
Сиҳат бўлинг, тинч бўлинг.

Оғриб турса жонингиз,
Қоронғу осмонингиз,
Кетса кетсин молингиз.
Сиҳат бўлинг, тинч бўлинг.

Оғзиндан тушса ҳам тиш,
Бошингга тушмасин иш,
Айтдим қўйдим мен дарвеш,
Сиҳат бўлинг, тинч бўлинг.

Эй, Марҳабо, чин омад -
Кўнгилдаги ҳаловат,
Келгандаям қиёмат,
Сиҳат бўлинг. тинч бўлинг.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 16:23 | Сообщение # 24
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
ОДАМ

Ол ибрат, бу ажиб дунё, уям одам, буям одам,
Бири боғу, бири саҳро, уям одам, буям одам.

Бирига жон нисор этсам, бирин ташлаб қочиб кетсам.
Бири-нодон бири-доно, уям одам, буям одам.

Бирининг меҳрига зорман, ва гардига харидормии,
Биридан сақласин Оллоҳ, уям, одам буям одам.

Бирин тинглаб қилсам роҳат, бири сўзласа йўқ тоқат,
Бири-оми, бири-мулло, уям одам, буям одам,

Бири ошкор қопар итдай, ва ё пинхон чақар битдай,
Бирин феъли халим, зебо уям одам, буям одам,

Адашма ўхшаса барқи, эмас тенг иккисин нархи,
Бири мису, бири-тилло, уям одам буям одам,

Оёғу кўл, вужудлар бир, нетай, Аллоҳ, кўнгил хар-хил,
Бири-кўлмак, бири-дарё, уям одам, буям одам,

Бири мискин, бири бойдир, вужуди асли бир лойдир,
Бирин паст кўрмагин асло, уям одам, буям одам.

Бири кофир, тубан, расво, бирисида иймон тақво,
Фарангми, хиндими, тарсо, уям одам, буям одсш.

Бу дунё одамистондир, бўлгил одамшунос, оқил.
Адашма танласанг ошно, уям одам, буям одам.

Жаҳонга, Марҳабохон, боқ, олов сувга бўлмас ўртоқ,
Ва шундан жанжалу ғавғо, уям одам, буям одам.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 16:24 | Сообщение # 25
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
ЎЗИНГИЗНИ ЭҲТИЁТ ҚИЛИНГ

Азизларим, меҳрибонларим,
Дўсту ёрон, қадирдонларим,
Жонингизга куяр жонларим,
Ўзингизни эҳтиёт қилинг.

Тириклик деб, чопган оталар,
Рўзғорим деб, шошган оналар,
Жонингизга куймас болалар,
Ўзингизни эҳтиёт қилинг.

Қиз аразлаб келса юрак қон.
Келин чимирилса дил вайрон,
Ағдар-тўнтар бўлса ҳам жаҳон,
Ўзингизни эҳтиёт қилинг.

Таранг-таранг тортилар асаб.
Емираркан инсонни ғазаб,
Қон томирлар бунча мўрт. ё Раб?!
Ўзингизни эҳтиёт қилинг.

Ўнг томонга жойлашса юрак,
Бўлмасмиди шунчалар хуркак,
Чиқса чиқар гуручдан курмак,
Ўзингизни эҳтиёт қилинг.

Тортишувда бир сўздан қолиб,
Нохуш гапни хазилга олиб,
Дилозорни Худога солиб,
Ўзингизни эҳтиёт қилинг.

Эй дўст, ҳар не касби корингиз,
Ҳамроҳ сизга ташвиш, зорингиз,
Ёнингизда юрсин дорингиз,
Ўзингизни эҳтиёт қилинг.

Ўлим - ёмон, даҳшатли тақдир,
Аммо дўзах олдида бахтдир,
Асли ўша оловдан хозир,
Ўзингизни эҳтиёт қилинг.

Энг аввало ношукр бўлманг,
Жоҳил билан ҳамфикр бўлманг,
Беибодат, безикр бўлманг,
Ўзингизни эҳтиёт қилинг.

Ҳаққингизни бермаса бахил,
Кўргизсаму зулуму қахр,
Ҳисоб куни келар-ку ахир,
Ўзингизни эҳтиёт қилинг.

Қандай шараф - Оллоҳга қайтиш?!
Шартмас шунча ўлимдан қўрқиш,
Охиратда қолган ҳамма иш,
Ўзингизни эҳтиёт қилинг.

Сизга санчиб сўзнинг найзасин,
Яйраса шу нодон яйрасин,
Сукут билан енгинг ҳаммасин,
Ўзингизни эҳтиёт қилинг.

Кечирганни кечирур Оллоҳ,
Паноҳ берган топади паноҳ,
Ёмонликдан не чиқади, оҳ!
Ўзингизни эҳтиёт қилинг.

Дўст томонга талпининг ҳар дам,
Кўринг қувонч ташвишни баҳам,
Одам тафтин олади одам,
Ўзингизни эҳтиёт қилинг.

Қуръон, хадис, шеърият, санъат,
Доно билан бир ширин сухбат,
Шумасми сиз қидирган жаннат?
Ўзингизни эҳтиёт қилинг.

Ғам келганда куюниб кетманг,
Бахт келганда суюниб кетманг,
Сокин яшанг, осуда яшанг,
Ўзингизни эҳтиёт қилинг.

Кўзлар ҳали кўриб турганда,
Юрак хали уриб турганда,
Оёғингиз юриб турганда,
Ўзингизни эҳтиёт қилинг.

Елкангизда икки фаришта,
Уларнинг қўллари ёзишда,
Марҳабохон, ҳар сўз, ҳар ишда,
Ўзингизни эҳтиёт қилинг.

Шукр дўстлар, борингиз учун,
Фарзанд, жигар, ёрингиз учун,
Мендай харидорингиз учун,
Ўзингизни эҳтиёт қилинг.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 16:25 | Сообщение # 26
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
КЕЛИН ТАНЛАГАНДА АДАШМАНГ

Ёлғизгина ўғли бор аёл,
Ширин-ширин сурасиз хаёл,
Бир гап айтай келмасин малол,
Келин танлаганда адашманг.

Суриштирасиз ким онаси,
Озодами, ховли - хонаси,
Ичидадур одам оласи,
Келин танлаганда адашманг.

Кимларгадир бой келин керак,
Кимга юзи ой келин керак,
Сиз қидиринг бир тоза юрак,
Келин танлаганда адашманг.

Деманг, гўзал қўғирчоқ бўлсин,
Ўғилчамга овунчоқ бўлсин,
Ҳаёт эмас қўғирчоқ ўйин,
Келин танлаганда адашманг.

Ўғлингизга нажот бўлсин у,
Кишан эмас, қанот бўлсин у,
Доно бўлсин сиз топган сулув,
Келин танлаганда адашанг.

Агар бўлса молпараст, нодон,
Рашкчи, бетга чопар, бадгумон,
Болангизга юттиради қон,
Келин танлаганда адашманг.

Ўғлингизни бор қилган ҳам шу,
Ва ё, хору зор қилган ҳам, шу,
Нозик, аммо буюк кучдир у,
Келин танлаганда адашманг.

Дарахтни силкитсанг ёгар қиз,
Қайси тилло, қайси бири мис,
Ўгли кўплар адашсаям, сиз,
Келин танлаганда адаишанг.

Бўлсин қўли ширин, меҳрибон.
Шу қўллардан ейсиз ошу нон,
Балки шу қўлда берасиз жон,
Келин танлаганда адашманг.

Яқин қилар йироғингизни,
Кутар дўсту, ўртоғингизни,
Шу қиз ёқар чироғингизни,
Келин танлаганда адашманг.

Қай қизники одоби бордир,
Қалбида нур, офтоби бордир,
Керак бўлса тинчлик, бахт, хузур,
Келин танлаганда адашманг.

Яхши бўлса, пошшо бўласиз,
Ёмон бўлса, расво бўласиз,
Қон босим бўласиз, ўласиз,
Келин танлаганда адашманг.

Ҳайрон бўлманг, дўстларим асло.
Агар ўлар бўлса Марҳабо,
Қабридан ҳам чиқар шу нидо:
Келин танлаганда адашманг.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 16:27 | Сообщение # 27
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
БИЗ КУЙДИРИБ КЕТГАН ЙИГИТЛАР

Бўларкансан ёшликда нодон,
Кибри баланд, ғурури осмон.
Изимизда йиғладингиз қон.
Биз куйдириб кетган йигитлар.

Совғангазни отворгандиг-а,
Хатингизни йиртворгандиг-а,
Писанд қилмай кетворгандиг-а,
Биз куйдириб кетган йигитлар.

Танлаб-танлаб учраб тозига,
Чидаяпмиз фироқ, нозига.
Арз қиламиз қайси қозига,
Биз куйдириб кетган йигитлар.

Онангизей патирлар ёпиб,
Уйимизии қидириб топиб,
Ҳар уч кунда келарди чопиб,
Биз куйдириб кетган йигитлар.

Олдингиздан ўтамиз кесиб,
Кўйлагимиз ямоғин тўсиб,
Жилмаямиз турсак ҳам ўксиб,
Биз куйдириб кетган йигитлар.

Ёнингизда биздан гўзал ёр,
Яшаяпсиз тўкис, бахтиёр,
Мақтангудек бизда нима бор?
Биз куйдириб кетган йигитлар.

Ношуд эрнинг қўлида хормиз,
Суянчига, меҳрига зормиз,
Ўлмадиг-а, ҳалиям бормиз,
Биз куйдириб кетган йигитлар.

Елкамизда рўзғор халтаси,
Эгнимизда Хитой латтаси,
Увол бўлдик, гапнинг калтаси,
Биз куйдириб кетган йигитлар.

Турмуш оғир, асаблар таранг,
Эплайолмай бошимиз гаранг,
Ким эдигу, ким бўлдик, қаранг,
Биз куйдириб кетган йигитлар.

Кўча-куйда кўрарсиз балки,
Ҳайрон бўлиб турарсиз балки.
«Ўла!» дея куларсиз балки,
Биз куйдириб кетган йигитлар.

Хижолатдан юрамиз чўкиб.
«Аттанг» дея кўз ёшлар тўкиб,
Яшаяпмиз тақдирни сўкиб,
Биз куйдириб кетган йигитлар.

Тушириб қалбингиз кўрига,
Ўзимизни олдик тўрига,
Тегмадигам сиздан зўрига,
Биз куйдириб кетган Йигитлар.

Марҳаболар дуода доим:
Зулм кўрманг энди илойим,
Бераверсин омад Худойим,
Биз куйдириб кетган йигитлар. regulation


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 16:28 | Сообщение # 28
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
ДУНЁНИНГ БИР ҚАВАТИ

Дунёнинг бир қавати —
Адашганлар қавати,
Тақдиридан ҳаққини
Талашганлар қавати.

Яшайдилар бахтиёр,
Саройдадек капада,
Унчалар баландмас-у,
Биздан анга тепада.

ТАҚДИРГАЯМ ҚОЙИЛМАН!

Танлаб-танлаб ўлчаб бўй,
Орзилаб қилинар тўй.
Қўшилар бўрига қўй,
Тақдиргаям қойилман!

Оловни сувга қўшар,
Соддани қувга қўшар,
Атай қилганга ўхшар,
Тақдиргаям қойилман!

Бир бадфельга бир зебо,
Бир кўлмакка бир дарё,
Бир нодонга бир доно
Тақдиргаям қойилман!

Гул билан гул бўлса жъам.
Бўлмас эди кўзлар нам,
«Мен бахтлиман!» деган кам
Тақдиргаям қойилман!

Саҳро билан боғ яшар,
Жарлик билан тоғ яшар,
Жинни билан соғ яшар,
Тақдиргаям қойилман!

Чаққонга бир илмилиқ,
Жиддийга бир серқилиқ,
Яшаш керак, сип-силлиқ,
Тақдиргаям қойилман!

Эр яйрайди куй тинглаб,
Хотин ўтирар эснаб,
Қовушмайди гапга-гап,
Тақдиргаям қойилман!

Бўлмагурга бўгулук.
"Тавба! Тавба!" дегулик,
Оллоҳ, бу не кўргулик?!
Тақдиргаям қойилман!

Тиканга шунча меҳр,
Ғунчанга шунча қаҳр,
Инсофданми шу ахир?!
Тақдиргаям қойилман!

"Вақти бўб қолди ", дейсиз,
"Тақдир кеб қолди " дейсиз,
Бахтсиз ўғил, бахтсиз қиз.
Тақдиргаям қойилман!

Қилиб қўйиб ўзимиз,
Жовдирайди кўзимиз.
Кейин айтар сўзимиз:
Тақдиргаям қойилман!

Умр тўла доду вой,
Нетамиз, Марҳабо ой?
Ярим дунё пойма-пой,
Тақдиргаям қойилман!


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 16:29 | Сообщение # 29
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
ЗАМОНАВИЙ ЭРТАК

Бир чолнинг "Запарож"и,
"Нексия "га урилди,
"Нексия "нинг чироғи,
Синди, тушди, сурилди.

Бўғилиб чолга деди,
"Нексия " нинг эгаси:
- Биласизми, қанчага,
Тушар бунинг чечаги?

Битта чироғин ўзи,
Минг долларсиз битмайди,
Ҳатто машинагизни,
Сотсангиз ҳам етмайди.

Чол дейди: - Болам, тўхта,
Худодан-ку бўлса не,
Кўрсатаман бир нарса,
Машинамга ўтир, ке.

Қўйнидан бир хумчани,
Олиб шивирлади чол:
- Бизга кўк чой дамлаб кел,
Хой, жин қани, чиқа қол.

Хум ичдан жин чиқиб,
Чойни қилдн мухайё,
Йигит ёқасин ушлаб,
Деди: -Астағфурулло!

У бундай мўъжизани
Кўрмаганди ҳеч қачон.
Деди: -Шу хумчангизни,
Менга сотинг, отажон.

Чол сўзлади: -Бу хумча
Менга қолган отамдан,
Бу эсталик нарсани
Сенга қандай сотаман?

Йигит чолни авради:
"Нексия "ни бераман,
Ва устига ўн миллион,
Сўм ҳам олиб келаман.

Бир лаҳзада хумчанинг,
Бозори кетди қизиб,
Йигит "Нексия"сини
Чолга берди ўтказиб.

Хумни уйга опкелиб,
Ишқалади-чиқди Жин,
Ҳамма ҳайрон, Жин деди;
-Нима қилай, Хўжайин?

-Хотинимга, қизимга,
Машина, тақинчоқлар,
Ўғилларимга завод,
Фабрика, ҳовли-боғлар.

Менга эса бир юртнинг,
Пошшолигин бера қол,
Менга не сотганини,
Кўриб қўйсин, лақма чол.

"Нексия " ҳам матоҳми?!
Мен хайдайшан, самолёт.
Йўқ-йўқ, қўлимда бўлсин,
Бутун бир аэрофлот.

Кўрқиб кетиб йигитга,
-Шошманг-шошманг, -деди Жин,
Кимга нима, дедингиз
Тушунмадим, Хўжайин?

Сиз айтган нарсаларни,
Қила олмайман чиндан,
Чунки мен бори йўғи,
Чой дамлайдиган Жинман.

Бузилиб атроф муҳит,
Не кунларга солмади?!
Хатто эртаклардаям,
Хақиқий Жин қолмади.

Алқисса, йигит хумни,
Жинга отиб урибди,
Чол "Нексия "да зув-зув,
Кира қилиб юрибди.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 16:30 | Сообщение # 30
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
ТОВУС

Менинг етолмаган икки орзум бор:
Бири - билагузук таққим келади,
Иккинчиси эса унданам қизиқ -
Уйимизда товус боққим келади.

Билмасман товуснинг бозори қайда,
Рохати қайда-ю, озори қайда,
Агар ўлиб қолса, мозори қайда?
Уйимизда товус боққим келади.

Дерлар: "Девор ошар ўша парранда,
Бўласан қўшнилар ичра шарманда ".
Ахир нима қилай, манам бир банда,
Уйимизда товус боққим келади.

Буям бир дунёга берилиш деманг,
Молу давлатига керилиш деманг,,
Кўнгилкшчасида ўзим хангу манг,
Уйимизда товус боққим келади.

Не-не орзуларга етганман, шукр,
Неларни истамас бу кўнгил қурғур,
Орзуям шунақа бўладими сур,
Уйимизда товус боққим келади.

Бу ғаму хасратга тўла оламда,
Ҳар хил ҳолат бўлар экан одамда,
Ҳамма ишни қўйиб, худди шу дамда,
Уйимизда товус боққим келади.

Патларин ёйса у, ҳайрондир башар,
Бу қандай мўъжиза! Бу қандай асар!
Офарин, буюк Зот, Оллоҳу Акбар!
Уйимизда товус боққим келади.

Сотиб олишга-ку етмайди ақчам,
Мени тинч қўймаса не қилай бу ғам?!
Кўйлак рўмолимни сотиб бўлса ҳам,
Уйимизда товус боққим келади.

-Кап-катта одамга товус нимаси?!
Йўқми, Марҳабонинг бошқа ғалваси?
-Жонимга теккандур балки ҳаммаси.
Уйимизда товус боққим келади.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 16:31 | Сообщение # 31
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
ЧИМИЛДИҚДАГИ НАСИҲАТ

Келинпошшо, мен ўзим инжиққина боламан,
Беэътибор бўлсангиз, хафа бўлиб қоламан,
Ақл, ғайрат, зийраклик насиб қилган йигитман,
Бурганинг ичагига, хасип қўйган йигитман,

Ёр бўлсангиз менга чин, айтайин бир дардимни.
Кирмасангиз гапимга, тополмайсиз гардимни,
Яхши, ёмон феълимга кўнсангиз бўлмайди,
"Гаҳ " деганда қўлимга, қўнмасангиз бўлмайди.

Ҳар кун қошга ўсмаю, кўзга сурма сурасиз,
Парийлардай қошимда, таъзим билан турасиз,
Ишда менга не амал, пешонамдан кўраман,
Аммо уйда биргина, "пошшо "ликка кўнаман.

Ҳамма пайт, ҳамма вақт "лаббай" дейсиз чақирсам,
"Қуллуқ" дейсиз баъзида, феълим келиб бақирсам,
Атрофимда айланиб, мен инжиқни овутинг,
Не қилсангиз қилинггу, аччиғимга совутинг.

Чиройингиз, нозингиз бўлсин фақат ўзимга,
Бетассум, бепардоз кўринмангиз кўзимга,
Канизагим бўлсангиз, ширин сўзу, мулойим,
Шунда сизни бошимда кўтараман, гулойим.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 24.06.2014, 16:36 | Сообщение # 32
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
ЎЗБЕКЛАРДА ШУНАҚА

Сўритоқларда узум, новдаси қулоч-қулоч,
Айвонида ҳар баҳор бола очар қалдирғоч,
Салом бериб кирса ким, тўйиб чиқар бўлса оч,
Билолмадим Фарангу Африқода қанақа?
Дунё ҳайрон бўлса ҳам, Ўзбекларда шунақа.

Яшаб юриши мумкин қўл, оёғу бармоқсиз,
Аммо яшай олмайди эл-юрт, уруг-аймоқсиз,
Кузатишмас меҳмонни новвот, майиз, қаймоқсиз,
Билолмадим Фарангу Африқода қанақа?
Дунё ҳайрон бўлса ҳам, Ўзбекларда шунақа.

Кампирларин қўлида, кушайди урчуғиям,
Боламга деб дон чўқир каптар, чуғурчуғиям,
Ўғил кўрса тўй қилар, хаттоки чумчуғиям,
Билолмадим Фарангу Африқода қанақа?
Дунё ҳайрон бўлса ҳам, Ўзбекларда шунақа.

Тўй қилиб, эл-юртига едириб, мазза қилар,
Қудаларига чопон кийдириб, мазза қилар,
Бу маззани лондонлик бой ота қандай билар?!
Билолмадим Фарангу Африқода қанақа?
Дунё ҳайрон бўлса ҳам, Ўзбекларда шунақа.

Қандай яшаб бўлади хандалаксиз. қовунсиз?
Эркак бўптими, улоқ, кураш ўйинсиз?!
"Бусиз ҳам элман " деган сафсатани қўйинг, сиз,
Билолмадим Фарангу Африқода қанақа?
Дунё ҳайрон бўлса ҳам, Ўзбекларда шунақа.

Азиз қилар қайси эл биздан ота-онани?
Ён қўшниси тўй қилса, чиқмаганам одамми?!
Хор бўларди Ўзбексиз инсоният олами,
Билолмадим Фарангу Африқода қанақа?
Дунё ҳайрон бўлса ҳам, Ўзбекларда шунақа.

Бешик майли, сумагин, кўриб лол бўлганлар бор,
Минг йил олдин ҳам бу эл, эди буюк ижодкор,
Фарзандларин қонида яшар ўша иқтидор,
Билолмадим Фарангу Африқода қанақа?
Дунё ҳайрон бўлса ҳам, Ўзбекларда шунақа.

Юрт айланиб кузатсанг, бозори йўқ баққолсиз,
Юришмайди чоллари носқовоқсиз, соқолсиз,
Тилин учида хазил, гап гапирмас мақолсиз,
Билолмадим Фарангу Африқода қанақа?
Дунё ҳайрон бўлса ҳам, Ўзбекларда шунақа.

Янги пишган анжирин, илинар қўшнисига,
Нон ёпинг, деб тандирин, илинар қўшнисига,
Уч кун уйда бўлмаса, билинар қўшнисига
Билолмадим Фарангу Африқода қанақа?
Дунё ҳайрон бўлса ҳам, Ўзбекларда шунақа.

Шу миллатнинг кўксида, туриб ой сочар зиё,
Шундай яшаш керакдиро, аслида бутун дунё,
Бу элатми бошқача, қилиб бўлмас, Марҳабо,
Билолмадим Фарангу Африқода қанақа?
Дунё ҳайрон бўлса ҳам, Ўзбекларда шунақа.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Суббота, 28.06.2014, 16:18 | Сообщение # 33
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Жума айём муборак!

"Қаерларда юрибсиз,
Уйда юмушлар талай.
Бошим қотиб сарсонман,
Айтинг қай ишни қилай?

Нолиш эмас, ўйламанг,
Шунчаки хўб толиқдим.
Сим қоқсам сизга, химат
Доирага йўлиқдим.

Негадир эрталабдан,
Хаёлим эмас жойда.
Унутиб қўйдим дарҳол,
Уним қайда, бу қайда.

Жавоб беринг, дадаси,
Нима, мум ютганмисиз?
Юзингиз бунча нурли,
Ё рўза тутганмисиз?"

Оёқ кийимин ечиб,
Гап бошлади эри ҳам.
"Саволинг бор бўлсин-эй,
Тергайсан кирганимдан.

Чарчабсан, ҳақиқатда,
Борақол, ол бир оз тин.
Наҳот кунни унутдинг,
Жумада эдим, хотин".

"Эсим қурсин-эй, бегим,
Гап дафтаримни ёпай.
Пешонангизни беринг,
Келинг, сизни бир ўпай.

Аллоҳим учун севган
Аёлингиз ўзимман.
Минг кун Жума бўлса гар,
Минг кун келманг, розиман".

Шунақа гаплар, дўстим,
Аёл борки, кўнглинг тўқ.
Эрин Ҳақ учун севган
Муслималарга гап йўқ.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Форум » Umumiy bo'lim » Umumiy » Marhabo Karimova she'rlari (Eng go'zal qarg'ish)
Страница 1 из 11
Поиск:

Copyright MyCorp © 2016 |