Форум
Пятница, 09.12.2016, 04:50Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Форум
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 1 из 11
Модератор форума: Taqvo 
Форум » Islom » Islom » Islomiyat Tarihi-Insoniyat Tarihidi (Islomiyat Tarihi-Insoniyat Tarihidi)
Islomiyat Tarihi-Insoniyat Tarihidi
TaqvoДата: Среда, 02.01.2013, 15:21 | Сообщение # 1
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Награды: 3
Репутация: 3
Статус: O'chig
Ассалому алайкум вр вб !Гулшан аро (ёхуд Сахобалар хаёти бўйлаб) сайр.

 
TaqvoДата: Среда, 02.01.2013, 15:21 | Сообщение # 2
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Награды: 3
Репутация: 3
Статус: O'chig
Ulamolar imomi
Muoz ibn Jabal r.a, ansoriylardan bo’lib 2-Aqaba bayatida, hijratdan bir yil oldin musulmon bo’lgan. Muoz haqida Abu Muslim al-Khavlani aytgan edi “Men Damashqdagi masjidga kirganmda katta yoshli insonlar din haqida suhbatlashib o’tirishar va qachon bir to’xtamga kela olmay qolishsa oralaridagi yosh bir yigitga yuzlanishar edi. Bu yigit esa ularning savollariga javob berar edi. Men ulardan bu yigitning kimligini so’ragan edim menga uning Muoz ib Jabal ekanlgigini aytishdi. Qatoda r.a dan rivoyat qilinadi: “ Men Anasdan so’radim: Kim Quro’nni payg’ambar s.a.v davralarida jamlagan edi? U aytdi: Ansoriylardan 4 kishi: Ubay ibn Ka’b, Muzo ibn Jabal, Zayd ibn Sobit va Abu Zayd” ( Buxoriy, 6:61:525). Makka fathidan so’ng islom keng tarqala boshlagan paytlarda Yaman hukmdorlari ham payg’amba s.a.v.dan o’zlariga islom ta’limotini o’rgatish uchun ustozlar yuborishlarini so’rab elchi jo’natishadi. Nabiy s.a.v Muoz ibn Jabalni Yamanga jo’natayotib so’raydilar
-Nima b-n hukm qilasan ey Muoz?
-Allohning kitobi bilan’,-javob berdi Muoz
-Agar u yerdan topmasangchi?
-Allohning rasulini sunnati bilan.
-U yerdan ham topmasangchi?
-Unda o’zim ijtihod qilaman.
Nabiy s.a.v. uning javobidan xursand bo’ldilar va Allohga hamd aytdilar. Shuningdek nabiy s.a.v. Muoz haqida ‘Ummatim ichida halol va haromni eng yaxshi biladigani” deya marhamat qilganlar.
Yamandan qaytgandan so’ng Muoz ibn Jabal xalifa Umar r.a tomonidan Suriyaga voliy etib tayinlanadi lekin oradan ozginagina vaqt o’qib jon taslim qiladilar. Xalifa Umar r.a,dan o’zidan keyin kimni o’rniga xalifa qilib qoldirmoqchi ekanligini so’raganlarida u agar Muoz ibn Jabal tirik bo’lganida uni o’z o’rniga xalifalikka munosib deb bilishini va buni rasululloh s.a.v.dan Muozning qiyomatda ulamolarning imomi bo’lishi haqidagi gapni eshitganligi bilan izohlaydi.


 
TaqvoДата: Среда, 02.01.2013, 15:22 | Сообщение # 3
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Награды: 3
Репутация: 3
Статус: O'chig
Hanafiya islomdagi eng ko’p tarqalgan mazhabdir. Uning asoschisi Abu Hanifa 699 -767 yillarda yashagan. Ma’lumki, huquqshunoslik markazlaridan biri Iroqdagi Kufa shahri bo’lgan. Payg’ambarimizning sahobalari Abdulloh ibn Mas’ud (vaf. 653y.) uyerga faqih va muallim sifatida halifa Xalifa Umar tomonidan yuborilgan edi. Uning talabalari fuqaha sifatida tan olindi va ularning eng mashhurlaridan biri Hammod ibn Abu Sulaymon (738y.v.) mazkur mazhabga nom bergan Abu Hanifaning ustazidir.
Abu Hanifa kufolik bo’lib, o’zining ismi Nu’mon ibn Sobit edi. O’ziga to’q ipak sotuvchi xonadonida tavallud topgan. A’lo talim olib, yoshligidan so’ngi sahobalarning suhbatini olgan. 22 yoshida mashhur xuquqshunos Hammod bin Abi Sulaymonning shogirdi va uning davrasida 18 yil tahsilda bo’lgan. Ustoz vofotidan so’ng 10 yil davomida ushbu to’garakka rahbarlik qiladi. U Kufa va Basraning eng obro’li faqihi hisoblanadi. 747-748 yili uni davlat xizmatiga chorlagan Iroq xokimining zulmidan qochib, Makkaga ko’chib o’tadi. Hokimiyatga Abbosiylar kelgach, Iroqga qaytadi va boy tojir hamda nufuzli olim sifatida hayot kechiradi. Xalifa al-Mansur (754-775) Bog’dodda unga qozi yoki boshqa yuksak martabani egfallashni taklif etganida qatiyyan rat etadi. Xalifa uning irodasini bo’ysinditish uchun yoshi va obro’siga ham qaramay, qamoqqa tashlaydi, hatto savalashga buyuradi.
Oradan ko’p o’tmay Abu Hanifa olamdan o’tadi. Imom Abu Hanifa butun umri davomida ellik besh marotaba Haj qilganligi malum. Olim sifatida bilimlarini savdo ishlarida kundalik hayotga amaliy jihatdan tatbiq etish imkoniga ega bo’lib, qoida-qonunlarni qiyos va istihsonni ishlatish orqali boyitadi.


 
TaqvoДата: Среда, 02.01.2013, 15:32 | Сообщение # 4
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Награды: 3
Репутация: 3
Статус: O'chig
Sayid Ibn Omir Al-Jumaxiy
Sayid ibn Omir dunyo evaziga oxiratini sotib olgan,
Alloh va U Zotning Rasulini xamma narsadan afzal bilgan kishidir.
Tarihchilar sozidan.
Muxammad alayhissalomning hiyonat orqali qo'lga tushurilgan asxoblaridan biri Xubayb ibi Adiyning qatl marosimini tomosha qilish uchun quraysh zodagonlarining chorlovi bilan Makkaning tashqarisidagi jazo maydoniga lak-lak odam toplandi. Ular orasida Sayid ibn Omir al-Jumaxiy isimly o'spirin xam bor edi.
Uning to'lib-toshgan yigitlik kuch-quvvati yelkalari bilan odamlarning saflarini yorib o'tib, marosimni boshqarayotgan Abu Sufyon ibn Harb, Safvon ibn Umayya va boshqa Quraysh oqsoqollari qatoridan o'rin egallash, kishanlangan asirning har bir xarakatini yaqqol kuzatish imkoniyatini yaratdi.
Olomonning niyati bitta edi: asirni qatl etib, avvalo Muhammad alayhissalomga aziyat yetkazish va shu bilan birga Badrda berilgan qurbonlar uchun o'ch olish. Jangda mushrik erlarini yo'qotgan ayollar-u, otalaridan judo bo'lgan bolalar shu ilinjda qollarini silkitgancha saxobani o'lim maydoniga xaydab kelardilar.

Xaloyiq asir ortidan qatl uchun hozirlab qoyilgan makonga yetib kelgach,Sayid ibn Omir al-Jumaxiy uzun qomatini chozib, qatilgoxga turgan Xubaybga nazar soldi va hotin-halajning qiy-chuvi ostida uning hotirjam, jarangdor tovushini eshitdi.
- Agar lozim topsangiz, o'limim oldidan ikki rakaat namoz o'qib olishimga ruhsat bering.
Sayid asirga boqdi. U Ka'ba tarafga yuzlanib, o'limidan oldingi so'nggi tilagi - namozni ado qilardi. Naqadar go'zal ibodat edi bu ikki rakaat namoz!
Xubayb namozni tugatgach, qavm oqsoqollariga qarata:
- Xudo xaqqi, agar meni o'limdan qorqqanidan sustkashlik qilyapti, deb o'ylamaganingizda edi, namozimni yana bir oz cho'zgan bo'lardim, dedi.
So'ng jallodlar uni musla (tirik insonni yoki hayvonni a'zolarini tiriklayin kesib olish degani ) qilishga kirishishdi. Jasadidan ketma-ket go'sht bo'laklarini uzib olisharkan, so'rasahdi:
- Xoynaxoy, xozir o'zing najot topib ketsang-u, lekin "Mening o'rnimda Muhammad bo'lsa edi", deb turgandirsan?!
U esa qip-qizil qonga belangancha javob berardi:
_ Xudo xaqqi, men bola-chaqam bilan tinch-omon bo'lsamu buning evaziga Muxammadga bitta zirapcha kirsa - aslo rozi bo'lmasdim...

Odamlar qo'llarini xavoda siltay boshlashdi. Chor atrofni: <>, degan ovoz tutib ketdi.
Shundan so'ng Sayid ibn Omir Xubaybning samogi tikilgancha, duoyibat qilayotganini ko'rdi.
- Parvardigoro, ularning adadini hisoblab qo'y, barchalarini xalok qil, birontasini xam jazosiz qoldirma.
Shu sozlarni aytishi bilan uning badaniga sanoqsiz qilich-nayzalarning tig'i sanchildi va so'nggi nafasi uzildi.

* * *

Qurayshliklar Makkaga qaytgach, turmush ikir-chikirlari bilan chalgib, oz fursatdayoq bo'lib o'tgan qatilni unutib yuborishdi.
Biroq yosh yigit Sayid ibn Omir al-Jumaxiy Xubaybni bir laxza ham yodidan chiqara olmadi. Uhlasa tushida, uyg'oqligida hayolida ko'rar, qatlgoxda mutlaq hotirjamlik va mislsiz xuzur bilan namoz o'qiyotgan xolati ko'z ongida gavdalanar, qulog'i ostida Quraysh qabilasi xaqiga qilingan duoyibadi yangrar, buning kasridan yashin urib ketishi yoki osmondan tosh yog'ilishidan qorqardi.

Bundan tashqari, Xubayb Sayidga ilgari bilmagan narsasidan saboq bergandek edi go'yo.
Xaqiqiy xayot sof aqida va bu aqidaning yo'lida to o'lguncha kurashmoqdan iborat ekan.
Pokiza iymon soxibi ajoyib ishlarni qilib, mo'jizalar ko'rsatishga qodir ekan.
Xubayb yana bir narsani - asxoblari jonidan xam ortiq ko'ruvchi kishi Allox tarafidan aziz qilingan xaq payg'ambar ekanligini bildirdi.

Bunda Allox taolo Sayid ibn Omirning qalbiga xidoyat soldi. U odamlar toplanadigan joyga bordi...


 
TaqvoДата: Среда, 02.01.2013, 15:33 | Сообщение # 5
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Награды: 3
Репутация: 3
Статус: O'chig
Davomi...
Bunda Allox taolo Sayid ibn Omirning qalbiga xidoyat soldi. U odamlar toplanadigan joyga borib o'zining qurayshliklar ruju qo’ygan gunohu ma'siyatlardan bezorligini, butu sanamlardan voz kechganini xamda Alloh taoloning diniga kirganini elon qildi.
* * *

Sayid ibn Omir Madinaga hijrat qilib, Rasululloh sallollohu alayhi vasallam bilan birgalikda Xaybar va undan keyingi g'azotlarda ishtirok etdi.
Payg'ambar alayhissalom, Robbisini rozi qilgan xolda, dorulbaqoga rixlat qilganlaridan so'ng u kishining xalifalari Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumolarning qo'lida, har damda kurashga shay, yalong'ochlangan qilich bo'lib qoldi. Ohiratni dunyo evaziga sotib olgan, Allohning roziligini va savobini nafsining rag'batlaridan, jasadining shahvatlaridan ustun qo'ygan mo'minlarga xos benazir hayot kechirdi.

* * *

Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning har ikki xalifasi Sayid ibn Omirning to'g'ri so'zligini, taqvosini bilishardi, binobarin, uning nasihatlariga quloq tutib, har bir so'zini etiborga olishardi.

Umar ibn Hattob endigina xalifa bo'lgan kezlarida Sauid ibn Omir u kishining xuzuriga kirib keldi va dedi:
- Ey Umar, men seni odamlarning haqlarida Allohdan qo'rqishga, Allohning haqqida esa insonlardan qo'rqmaslikka chaqiraman. So'zing amalingga hilof kelmasin, chunki so'zlarning eng yahshisi amal bilan tasdiqlangandir.
Ey Umar, Alloh seni viloyatingdagi har bir musulmon uchun mas'ul qildi. O'zingga va bola-chaqangga ravo ko'rgan narsalarni ularga ham ravo ko'r, yomon ko'rgan narsalaringdan ularni ham asra. Haq yo'l uzra suv kelsa simir, tog' kelsa kemir va Allohning diniga malomatgo'ylarning gap so'zlaridan hayiqma
Hazrati Umar aytdi:
-Kim ham buni eplay olardi?!
Sayid javob berdi:
-Alloh bilan o'rtasida hech kim turmagan. Muhammad alayhissalomning ummatiga voliy bo'lgan senday kishi uddalay oladi.
Shunday Umar ibn Hattob Sayidga vazirlikni taklif qildi.
-Ey Sayid, biz seni Xims ahliga voliy qilib tayinlaymiz.
U kishi aytdi:
-Ey Umar, azbaroyi xudo, meni dunyoga ro'baro' qilib fitnalarga duchor etma.
Hazrati Umarning achchig'i chiqdi:
-Senlarni qara-yu, bu ishni yolg'iz mening gardanimga yuklab, o'zlaring tumtaraqay qochmoqchimisanlar?! Xudo haqqi, men seni bo'shatmayman,- dedi va uni Himsga voliylik lavozimiga tayinladi.
-Senga maosh ajrataylikmi?
-Uni nima qilaman? Baytul-moldan oladigan ulushimning o'zi yetib ortadi,- dedi Sayid.
Ertasiga u Himsga jo'nab ketdi.

Bir necha kun o'tgandan so'ng....

Davomi bor InshaAlloh...


 
TaqvoДата: Среда, 02.01.2013, 15:33 | Сообщение # 6
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Награды: 3
Репутация: 3
Статус: O'chig
Davomi...
Bir necha kun o'tgandan so'ng amirul mo'mininning huzuriga Xims ahlining ishonchli kishilari vakil bo'lib kelishdi. Hazrati Umar nafaqa belgilash uchun u yerdagi faqirlarning nomlarini yozib berishni amr qildi. Ro'yxat qo'liga tekkach, o'qiy boshladi: "Falonchi, falonchi, Sayid ibn Omir..."
Shu yerda to'htab, so'radi:
-"Sayid ibn Omir deganingiz kim?"
Vakillar "amirimiz", deb javob berishdi.
-Amiringiz faqirmi?
-Ha, xatto o'chog'ida surunkasiga bir necha kun olov yoqilmaydi.

Hazrati Umar buni eshitib, ko'ngli buzilib yig'ladi, hatto soqollari ho’l bo'lib ketdi. So'ng ming dinorni bir hamyonga tugib, vakillarga berdi va:
- Amiringizga mening nomimdan salom ayting. Amirul mo'minin buni sizga berib yubordi, barcha hojatlaringizni ravon qilib olarkansiz, denglar, - deya qattiq tayinladi.

* * *

Vakillar yurtlariga qaytgach, xamyonini Sayidga topshirdilar. U esa dinorlarga ko'zi tushishi bilan hamyonini irg'itib yubordi va: "Inna lillahi va inna ilayhi rojiu'n" (" Biz Allohning bandalarimiz va, albatta, u zotning huzuriga qaytib borajakmiz" Musibat yo'liqqanda o'qiladigan duo) deb qo'ydi. Buni eshitgan xotini rangi o'chgancha, uyidan chiqa solib:

- Qanday musibat yuz berdi, ey Sayid? Amirul mo'minin vafot qildilarmi? - deb so'radi.
- Yo'q, bundan xam yomonroq kulfat, - javob berdi eri.
- Musulmonlar bironta jangda mag'lub bo'ldilarmi?
- Yo'q, bundan ham kattaroq musibat ro'y berdi.
- Bundan katta musibat bo'lishi mumkinmi? Nima ekan u?
- Oxiratimni barbod qilish uchun hayotimga dunyo o'rmalab kirdi. Uyimga fitna oraladi.
- U holda qutuling undan.
Ayol dinor voqeasidan behabar edi.
- Bu ishda menga yordam berasanmi? - deb so'radi Sayid. Tasdiq javobini olgach, dinorlarni bir necha hamyonga bo'lib, musulmonlar orasidagi faqirlarga ulashib berdi.

* * *

Bu hodisadan ko'p o'tmay hazrati Umar, o'zining odatiga ko'ra, Shom diyoriga raiyat holidan habar olgani bordi.
Ximsning yana bir nomi "Ko'facha edi. Sababi uning axolisi ham ko'faliklar singari voliy va rahbarlari ustidan ko'p shikoyat qilishardi. Hazrati Umar ximsliklar bilan uchrashib, amirlari to'g'risida fikirlarini so'raganida arz-dod qilishib, unga bir-biridan og'ir to'rtta aybni taqashdi.

Umar roziallohi anhu hikoya qiladi:
- Men ularni bir joyga to'pladim. Ichimda Sayid haqidagi fikrimni o'zgartirmaslikni so'rab, Allohga duo qildim. Chunki Sayidga qattiq ishonar edim.
Ximsliklar jamlangach:
- Amiringiz hususida qanday shikoyatingiz bor? - deb so'radim.
- Bizning oldimizga tong otib, quyosh ancha ko'tarilib ketgandan keyingina chiqib keladi, - deyishdi ular.
- Bunga nima deysiz, ey Sayid? - dedim.
U bir oz sukut saqlab, so'ng gap boshladi.
- Xudo haqqi, men buni aytishni o'zimga ep ko'rmagan edim, lekin boshqa ilojim yo'q ekan. Mening xonadonimda xizmatkorim yo'q. Shuning uchun har kuni ertalab o'zim hamir qoraman. Birpas kutaman. Ko'pchigach, non yasab, yopaman. Undan so'ng tahorat qilib, odamlarning oldiga chiqaman.

Ximsliklardan: Yana qanday shikoyatlaringiz bor? - deb so'radim. Umar:
Bu kishi tunda birontamizni ham qabul qilmaydi- deyishdi.
- Bunisiga nima deb javob berasan, ey Sayid? - dedim.

Davomi bor InshaAlloh...


 
TaqvoДата: Среда, 02.01.2013, 15:34 | Сообщение # 7
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Награды: 3
Репутация: 3
Статус: O'chig
Davomi...
- Men buni ham oshkora qilishni, xudo haqqi, aslo xohlamagan edim. Kunduzi odamlarning xizmatida bo'lib,tunni Allohning xizmatiga bag'ishlayman, - dedi u.
Ximsliklar Sayidni har oyda bir kun vazifasini o'tashlikka chiqmaslikda ayiblashdi. Men undan nega bunday qilishini so'radim. U javob berdi:
- Mening mana shu ustimdagidan boshqa libosim yo'q. Har oyda bir marta kiyimlarimni yuvaman. Qurigunicha kutib, kunning ohirida ishga chiqaman.
Men ximsliklardan so'radim:
- Yana qanaqa shikoyatingiz bor?
- Bazan biz bilan suhbatlashib o'tirgan joyida hushini yoqotib, o'zidan ketib qoladi, - deyishdi ular.
- Buning sababi nima? - soradim men.
Sayid aytdi:

- Men mushriklik paytimda Hubayb ibn Adiyning qatl etilishini ko'rganman. O'shanda qurayshgliklar uning jasadini nimtalay turib: <>, deyishgan edi. U esa << Xudo haqqi, men uyimda bola-chaqam bilan tinch-hotirjam bo'lib, buning evaziga Muhammadga bitta zirapcha kirishiga ham rozi emasman>>, deb javob berdi. Men shu voqeani eslasam, yordamga qodir bo'la turib, qimir etmaganim yodimga tushadi. Bu gunohimni Alloh kechirmasa kere, deb o'ylab qo'rqqanimdan xushimdan ketib qolaman.

Shunda hazrati Umar Sayid haqidagi fikirini o'zgartirmagani uchun Allohga hamd aytdi. Va barcha hojatlarini bitkazib olishi uchun uning uyiga ming dinor jo'natdi. Buni ko'rgan xotini xursand bo'lib:
- Xudoga shukrki, xalifa og'iringizni yengil qildi. Bu pulga ul-bul sotib olsangiz ham, xodim yollasangiz ham bo'ladi, - dedi.
- Men senga yahshiroq yo'lini ko'rsataymi? - so'radi Sayid. - Biz ko'proq shuni qilishga muxtojmiz.
- Nimani nazarda tutyapsiz?
- Pulning hammasini Allohga qarzga beramiz.
-Ho'p bo'ladi, Alloh sizdan rozi bo'lsin, - dedi ayol.
Ular shu yerning o'zidayoq dinorlarni, avvalgi safargiday, bir qancha hamyonga taqsimladilar-da beva-bechora, yetim-yesir, miskimu faqirlarga tarqatdilar.

* * *

O'zi muhtoj bo'lib turgan narsasini ham boshqalarga ravo ko'ruvchi Sayid ibi Omir al-Jumahiydan Alloh taolo rozi bo'lsin.

P.S: Sayid ibn al-Jumahiy haqlaridagi qissamiz o'z nihoyasiga yetdi. Endigi navbat yana bir ajoyib sahobiy qissasiga. Bu zot kimligini bilmoqchi bo'lsangiz Forumimizni kuzatib boring.

Davomi bor InshaAlloh...


 
TaqvoДата: Среда, 02.01.2013, 15:34 | Сообщение # 8
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Награды: 3
Репутация: 3
Статус: O'chig
TUFAYL BIN AMR AD-DAVSIY
Parvardigoro, unga xayrli ishlarini amalga oshirishi uchun mo'jiza ato qil.
Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning duolari.
Tufayl ibn Amr ad-Davsiy joxiliyat davrida Dals qabilasining sardori, ko'zga ko'ringan arab zodagonlaridan, dong'i ketgan muruvatpesha zotlaridan biri edi. O'chog'ida olov o'chmas, har bir musofir uchun darvozasi ochiq turar, ochlarni to'ydirar, xafa ostidagi kishilarga homiylik qilar, yordamga muhtojlarni panohiga olardi. Buning ustiga, so'zlari sehr kabi tasir qiladigan mohir adib, shirin lafzlariyu achchiq kalomlari bilan qalblarini o'rtaydigan noziktab shoir ham edi.

* * *

Bir kuni Tufayl qavmi istiqomat qiladigan Tixoma tog'larini tark qilib, Makka sari yo'l oldi. Bu paytda Muhammad alayxissalom va Quraysh kofirligi o'rtasida mahoraba tegirmoni aylanib turar, har ikki taraf ham o'zi uchun ittifoqdosh orttirib, tarafdorlarining safini kengaytirishga intilardi.
Rasululloh sallollohu alayhi vasallam olamlarni Parvardigorning yo'liga davat qilar, qurollari iymon va haqiqat edi. Quraysh kofirlari esa tish-tirnog'i bilan bu davatga qarshilik korsatishib, ming bir xil usul bilan kishilarni haq dindan to'sishardi.

Tufayl, falakning gardishi bilan, bu mojarolarga aralashib, beixtiyor uning po'rtanasiga sho'ng'ib ketdi...
U Makkaga by maqsadda kelmagandi. Muhammad alayhissalom va qurayshliklar o'rtasidagi hodisalardan ham mutlaqo bexabar edi. Shuning uchun Tufayl ibi Amr al-Davsiy unutilmas sarguzashtni boshidan kechirdi. Keling, bu g'aroyib qissaga quloq tutaylik.

Tufayl hikoya qiladi:
< -Ey Tufayl, sen mana bizning shahrimizga kelding, Anavi o'zini payg'ambar deb gumon qilayotgan kishidan ehtiyot bo'l. U bizning tinch hayotimizni g'ovg'ofa to'ldirdi, birligimizga rahna soldi, jamoatimizni sochib tashladi. Biz sening va qavmingning boshiga ham shu kunlar tushishidan qorqamiz, shuning uchun u bilan gaplashma, so'zlarga quloq solma, chunki uning kalomi sehrga o'xshaydi. Farzandni otadan, akani ukadan, xotinni eridan ayiradi.

Ular meni chuonam qo'rqitib qo'yishdiki, hatto o'sha odamga sira so'z qotmaslika, faplariga quloq solmaslika, iloji bo'lsa yaqiniga yo'lamaslikka azmu qaror qildim. Ertasiga Kabadafi bizlar ulug'lab, ibodat qiladigan sanamimizni tavof etgani ketayotganimda ham Muhammadning kalomidan birontasi eshitilib qolmasin deb, qulog'imga paxta tiqib oldim. Lekin masjidga kirib, uni bizning namozimizdan boshqacha namoz o'qiyotgan, ibodatimizdan butunlay o'zgacha ibodat qilayotgan holda ko'rganimda, meni bu manzara o'ziga asir qildi. Uning ibodatiga mahliyo bo'lib, o'zim sezmagan holda, asta-asta yurib oldiga borib qoldim...

Qulog'imga paxta tiqilgani tufayli uzuq-yuluq so'zlarnigina eshita oldim. Menimcha, aytayotgan gaplari yomon emas edi. Shunda o'zimdan o'pkalandim:
-Onang <> deb yig'lab qolsin, Tufayl. Sen shoirtabiat kishi bo'lsang, yaxshi-yomon, oq-qorani ajrata olsang, nega endi kimlarningdir yo'rig'iga yurib, odamlarning gapini eshitmasliging kerak?! Agar aytayotgan gapi yaxshi bo'lsa, qabul qilarsan, yomon bo'lsa, seni hech kim qabul qil, deb zo'rlamaydi.

Davomi bor InshaAlloh...


 
TaqvoДата: Среда, 02.01.2013, 15:35 | Сообщение # 9
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Награды: 3
Репутация: 3
Статус: O'chig
Davomi...
So'ng Rasululloh sallolohu alayhi vasallam uylariga qaytguncha poylab turdim. Masjiddan chiqqach, u kishiga peshma-pesh ergashib, hovlilariga ham kirib bordim va:
-Ey Muhammad, qavming menga sen haqingda turli-tuman gaplarni gapirib, shu darajada qo'rqitib qo'yishdiki, hatto kalomingni eshitmaslik uchun qulog'imga paxta tiqib olgandim. Shuning uchun masjiddagi so'zlaringning ayrimlarigina elas-elas qulog'imga chalindi, xalos. Butunlay tushuna olmasam ham, menga yomon emasday tuyuldi. Keltirgan diningni bayon qilib ber, - dedim.

Muhammad alayhissalom menga islom dinining mohiyatini tushuntirib, <> va <> suralarini o'qib berdilar. Xudo haqqi, men umrim bino bo'lib, u kalomdan go'zalroq kalomni, islom yo'lidan to'g'riroq yo'lni ko'rmagandim.

Shunda Rasulullohning qo'llarini tutib Allohdan o'zga iloh yo'qligi va Muhammad haq payg'ambar ekanligiga guvohlik berib, islomga kirdim.
* * *
Bu voqeadan so'ng malum muddat Makkada yashab, Alloh muyassar qilguncha Quron suralarini yodladim. Qavmim huzuriga qaytish vaqti yetgach, payg'ambarimizning yonlariga kelib:
-Yo Rasululloh, men qarindosh-urug'im orasida so'zi o'tadigan kishiman. Endi uyimga qaytib, ularni islomga davat qilmoqchiman. Duo qilsangiz, shoyad bu ishda ko'mak bo'lishi uchun Alloh menga bir belgi-alomat ato qilsa,-dedim.

Rasululloh sallollohu alayhi vasallam duo qildilar:
-Parvardigoro, unga alomat ato qil.
So'ng yo'lga tushdim. Qavmim istiqomat qiladigan diyorning yaqinidagi bir tepalikka yetib kelganimda peshonamda chiroq singari nur paydo bo'ldi. Men Allohga yolvordim:
-Tangrim, bu nurni yuzimdan boshqa joyga ko'chir. Qavmim uni dinlaridan voz kechganim uchun sanamlari yetkazgan uqubat deb o'ylamasin...
Nur asta-sekin qamchimning uchiga ko'chib o'tdi. Men tepalikdan tushar ekanman, qavmim unga hayratdan lol qolib boqishardi. Qishloqqa kirib kelganimda yoshi br joyga borib qolgan otam istiqbolimga chiqdi. Men dedim:

-Yaqinlashmang otajon. Endi biz bir-biriga qarshi ikki dunyoning odamlarimiz.
Otam so'radi:
-Nega undoq deysan bolam?
-Men musulmon bo'lib Muhammadning dinini qabul qildim.
-Eh, o'g'ilim sening dining meninig ham dinim-da, dedi otam.
Men otamning gaplaridan qattiq quvonib ketdim.
-Unday bo'lsa, borib g'usl qilib liboslaringizni kiyib keling. Men sizga payg'ambarimiz o'rgatgan narsalarni sharhlab beraman

Otam yuvinib, tozalanib kelgach, islomni bayon qildim. U kishi musulmon bo'ldilar.
Xotinim ham shu tariqa islomga kirdi.
-Yaqinimga yo'lama, endi biz birga yashay olmaymiz,-dedim.
Xotinim qo'rqib ketdi:
-Nega endi, ota-onam sizga fido bo'lgur?
-O'rtamizda islom devori paydo bo'ldi. Men Muhammadning diniga kirdim.
-Siz nima bo'lsangiz, men ham shu-da,-dedi xotinim.

Men unga Zu Sharo suviga borib, poklanib kelishni buyurdim. Zu Sharo - Davs qabilasi sig'inadigan butning nomi bo'lib, undan sal nariroqda tog'dan sharshara oqib tushardi.
Xotinim so'radi:
-Boshqa dinga kirganimiz uchun bolalarimiz Zu Sharoning zarar yetkazishi mumkinligidan qo'rqyapsizmi, jonim tasadduq?
-Zu Sharoing bilan qo'shmazor bo'l! - deb jerkib berdim men. -Jo'na, odamlarning ko'zidan pana joyda g'usl qilib, poklanib kel, deyapman. Anvar sen aytayotgan gungu sovuq toshing hech narsa qila olmasligiga men kafilman.
Xotinim poklanib kelib, musulmon bo'ldi.
So'ng Davs qabilasini yoppasiga islomga davat qildim. Ular bu dinga kirishdan bosh tortishdi. Faqat Abu Hurayragina sira ikkilanmay iymon keltirdi
* * *
Bu voqeadan ancha vaqt o'tgach,

Davomi bor InshaAlloh...


 
Форум » Islom » Islom » Islomiyat Tarihi-Insoniyat Tarihidi (Islomiyat Tarihi-Insoniyat Tarihidi)
Страница 1 из 11
Поиск:

Copyright MyCorp © 2016 |