Понедельник, 29.04.2024, 18:07Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Donishmand malika va uning

Donishmand malika va uning 1001 savoli 03
17.12.2012, 22:41

Malika so’radi:Bir kecha kunduzda necha rakaat namozdur?
Donishmand aytdi:O’ttiz uch rakaat – o’n yetti rakaat farz,o’n ikki rakaat sunnat,uch rakaati vojib.
Malika so’radi:Bir namozlarda necha ruku’,necha sujud(sajda), necha takbir,necha tasbeh bor?
Donishmand aytdi:32 ruku’, 64 sujud,77 takbir,yuz sakson sakkiz tasbeh.Bu tasbehlarni uch(avj)din aytmoq fazilatdur.
Malika so’radi: Sabab nimaki, kechki namozda baland qiroat qilurlar?Kunduzgi namozga esa past qilinur?
Donishmand aytdi:Farishtalar hamma namozga baland qiroat qilurlar.Bas Xudoyi Taolo mo’minlarga amr qildiki: kunduzi ohista va kechasi baland qiroat qilinglar,farishtalar savobig’a yetkaysizlar.
Malika so’radi: Daryoni asli na turur?
Donishmand aytdi:To’fon suvini boqiysidur.
Malika so’radi: Tevani asli na turur?
Donishmand aytdi:Ul Behishtdan chiqqandur
Malika so’radi: Ho’kizni asli na turur?
Donishmand aytdi:Ul ham Behishtdan chiqqandur.
Malika so’radi: Ul nimadurki,Qiyomatgacha biri quvar,biri qochar?
Donishmand aytdi:Biri kecha va biri kunduzdur.
Malika so’radi: Ul na daraxtdurki,Behishtda ham,bu dunyoda ham e’tibor qilindi?
Donishmand aytdi:Ul daraxt Xurmoqdur.Behishtda payg’ambarlar ham yeb do’st tutar erdilar.
Malika so’radi: Hazrat Odamni qon to’kkan farzandlari qaysidur?
Donishmand aytdi:Hobulni Qobul o’ldirib qon to’kkandur.
Malika so’radi: Payg’ambarlarga osmondin necha noma tushgan?
Donishmand aytdi:Avvalgi noma Hazrat Odamga,ikkinchi ellik noma Hazrat Shis nabiyullohga,uchinchi noma Hazrat Idris payg’ambarga,to’rtinchi o’n noma Hazrat Ibrohim payg’ambarga keldi.
Malika so’radi: Nechta kitob tushdi?Nechasi mashhur bo’ldi va nechasi mansuh bo’ldi?
Donishmand aytdi:Yuz to’rt kitob tushdi.To’rti mashhur va yuzi mansuh bo’ldi.
Mashhuri uldurki, biri Tavrot – Muso alayhissalomga tushdi.Ikkinchisi Injil – Iso alayhissalomga,uchinchisi Zabur – Dovud alayhissalomga,to’rtinchisi – Furqon – Qur’on – mushaf – Kalomi sharif ham derlar, Hazrat Nabiyna Muhammad salallohu alayhi vasallamga tushdi.
Malika so’radi: Qur’onni nima uchun Furqon deydilar?
Donishmand aytdi:Qur’onni har surasi va oyati bo’lak-bo’lak tushdi.O’zga kitoblar esa bir yo’la butun holda tushgan.Ani uchun Furqondur.
Malika so’radi: Qur’on necha suradur?
Donishmand aytdi:Qur’on yuz o’n to’rt suradur.
Malika so’radi: Qur’on necha oyatdur?Bu oyatlarning nuzuli va sababi nima?
Donishmand aytdi:Qur’on 6666 oyatdur.Andin ming olti oyati Payg’ambarlarni bayonida.1020 oyati Xudoyi Taolo vahdoniyati bayonida.Ming oyati podshohlar va raiyatlarni bayonida.1200 oyati imon shartlari bayonida.200 oyat dorilar bayonida.200 oyati boy va shuaro savdogarchilik bayonida.70 oyati g’oziylarning bayonida.103 oyati gunohkorlarni tavbasi bayonida.203 oyati xalqni rizqi bayonida.50 oyati hojilar bayonida.694 oyat xotun olmoq va qo’ymoq va zino qilmoq bayonida.366 oyat zakot bayonida.200 oyati sadaqa bayonida.61oyati guvohlik bayonida.150 oyati ota-onasini farzandlari xursand qilmoq bayonida.7 oyati sharob ichmakni man qilmoq bayonida.200 oyati Ro’za bayonida. Malika so’radi: Qur’onni boshi va joni,onasi,dili,qo’rg’oni,Arshi va qulfi,toji va chirog’i va yori qaysidur?
Donishmand aytdi:Qur’onni joni – tahoratdir va boshi e’tiqod birla Bismillohir Rahmonir Rahiym deb o’qimoq va shuru’ qilmoq.Onasi – Fotiha,e’tiqod birla o’qisa dunyo va oxirati ma’mur bo’lg’ay,balolardin xalos topar.Qur’onni qo’rg’oni – Oyat al-Kursi va ko’ngli – Surayi Yosin va Arshi – Ar-Rahmon va qulfi – Surayi Ixlos va toji madlari va chirog’i Taborakallazi va yori Tashdid turur.Ulamolar aytibdurlarki, har kim bu savoldin bexabar bo’lsa, Qur’on o’qimog’i joyiz emasdur.
Malika so’radi: Qur’onni kalomalarini adadi necha turur?
Donishmand aytdi:77439 kalima turur.
Malika so’radi: Payg’ambarlar necha turur?
Donishmand aytdi:124 ming payg’ambar o’tgandur.
Malika so’radi: Hamma payg’ambarlarning martabasi bir xilmu yoki past?
Donishmand aytdi:Payg’ambarlar to’rt qismdur: avval ul aziym afzaldur.Sohibi kitob afzal mursaldan.Mursal afzal Nabidan.
Malika so’radi: O’shul aziym qaysidur?
Donishmand aytdi:Avval Odam safiyulloh.2.Nuh nabiyulloh.3.Ibrohim xalilulloh.4.Hazrat Muhammad salallohu alayhi vasallam.
Malika so’radi: Sohibi kitob qaysidur?
Donishmand aytdi:Avval Shis nabiyulloh.2.Idris alayhissalom.3.Muso alayhissalom.4.Iso alayhissalom.5.Dovud alayhissalom.6.Hazrat Muhammad SAV.
Malika so’radi: Necha payg’ambar mursaldur?
Donishmand aytdi:Yuz o’n uch payg’ambar mursaldur.
Malika so’radi: Mursal qaysidur?
Donishmand aytdi:Mursal uldurki, Jabroyil alayhissalom vahiy kelturg’on,uyquda xabar bergan,ovozni eshitgan nabidur.
Malika so’radi: Hamma payg’ambarlardan qaysilari afzaldur?
Donishmand aytdi:Muhammad alayhissalom afzaldurlar.Har kim bu payg’ambarlarga munkir kelsa,kofir bo’lg’ay.
Malika so’radi: So’fiylik kimdan qoldi?
Donishmand aytdi:Hazrat Odam safiyullohdan.

Категория: Donishmand malika va uning | Добавил: Taqvo
Просмотров: 798 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |