Понедельник, 29.04.2024, 17:42Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Donishmand malika va uning

Donishmand malika va uning 1001 savoli 01
17.12.2012, 22:29

Donishmand malika va uning 1001 savoli
Ushbu kitob asrimiz boshida buxorolik Muhammad Zafar tomonidan ko’chirilgan bo’lib, kim tomonidan bitilgani aniq emas.Uni o’qigan har bir kishi o’zini qiynab yurgan jamiki hunyo jumboqlariga javob topgay, islom diniyu "Qur’on”ning har bir oyatigacha hamda namozning mo’minu musulmonlarga qanday farz bo’lgani borasidagi qiziq va ayni chog’da g’oyat ibratli voqealardan xabardor bo’lg’ay.Qissa qadimgi ertaklar shaklida yozilib, o’quvchini toliqtirmaydi.Islom dini va "Qur’oni Karim” to’g’risidagi ilm bo’lishiga qaramay, xuddi badiiy asar o’qiyotganday bo’ladi. Alhamdu lillohi rabbil olamina va aqubatu lil muttaqiyna vas-salotu vassalomu ‘ala rasulihi Muhammadin vaolihi va ashobihi ajma’in!Ammo ba’d hamdu behad va sanoyi ba’d ul arsayi mavjudod, ya’ni Muhammad Mustafo salollohu alayhissalom, afzalus salomi va Akmal ut tahiyyoti va olihi va ashoblariga ham!
Ammo rivoyat qilguvchi va tarix bitguvchilar andog’ rivoyat qilibturlarki, sultoni Orifin, ya’ni Rum podshohi erdi.Musulmonlikda barqaror erdi. Kecha va kunduz ilmu amalga bisyor sa’yi bor erdi.Va vaqtiki qazoyi muqarrar yetdi.Dorul fanodin Dorulbaqog’a intiqol qildi.O’g’ullari yo’q erdi,ammo bir qizlari bor erdi.Otasini taxtig’a o’tquzdilar.Ammo bir kun Malikayi latif podshohlik qilib ja’mi umaro va amaldorlarni chorlatib dediki: - Meni ming masala savolim bor,kimki shu savolimni topsa,o’zumni unga bag’ishlab,har kishiki o’zumni qabul qilib taxtu podshohligimni ham berurman! – dedi.Malikaning bu so’zi tamomi olamg’a yoyildi.Shahardan shaharga,viloyatdan viloyatga bu so’zlar eshitildi.Rum shahrining donishmandlari bu so’zlarni eshitib yig’ilib keldilar.Malika savoliga javob berurmiz, deb.Malika darhol ularni savolga tutdi.Donishmandlar bu savollarni eshitib, hayron bo’lib,javob berishga ojiz bo’ldilar.Malika darg’azab bo’lib aytdiki:- Nima uchun o’zlaringizni donishmand sanab,keldingizlarmi? Deb hammasini bandga soldirdiki,chunonchi Hazrat Ali Karim Allohu vajhahu aytibdurlarkim: Xalaqa manlaya’rifa Qidrahu!Ya’ni halok bo’lar kishiki bilmasa o’z qadrini.Emdi halok bo’lursizlar,deb hammasini bandga solib, o’n kundan keyin o’ldurmakka hukm qildi.Rum shahrini akobirlari bularning gunohlarini tilab hammasi maslahat qilib keldilar.Aytdilar: -Ey malikai donishmand, bularni o’ldursalar xo’b bo’lmas,bu ishimiz shaharga eshitilur!Xo’bi shuldurki,bularni o’ldurmay bir yillik molini va mulkini olib qo’yib yuboraylik,- deb talab qildilar.
Alqissa Malika Rum shahrig’a qirq yil podshohlik qildi.Hech donishmand chiqmadi.Malika xush xo'’ va xushro’ylig’i,darveshnavoz olimlarni do’st tutmog’i yetti iqlimg’a shuhrat topdi.Ammo Turkiston viloyatida ham bir Donishmand bor edi.Bu so’zni eshitib Turkistondan qirq kechayu kunduzda Rumg’a keldi.Rum shahriga Turkistondin bir Donishmand kelibdur,degan ovoza tarqaldi.Malika darhol ul Donishmandni chorlatib: "Ming bir savolimg’a javob bergali keldingizmu?” deb so’radi.Donishmand: "Ore,Insholloh!Javob ayturman”,-dedi.-Har ish Xudodin.Xudoyi taolo "Qur’oni sharif”da xabar beribdur: "A’uzu billahi minashshaytonir rojim,Bismillahir Rohmanir Rohiym!Qavlahu Taolo,kull shay’in xaliqun illa vajhahu lahul hukmu va ilayhi turja’un!”
Malika aytdi:"Hazor savolimga bermasang javob
Yo’qsa qoning to’kilur besabab!”
Donishmand aytdi:"Man parvonaman,san shamdursan,
Yuzingni nuridin chun sham’i tobon
Jamoling shamida parvona yanglig’
Kuyub qilsam sanga jonimni qurbon Malika so’radi: "Xudoyi Taoloning qudratidin ikki jahonda har narsa paydo bo’ldi.Ul nimadurki,Xudoyi Taolo bilmaydur?!”
Donishmand aytdi: "O’ziga o’xshash narsani bilmaydur”
Malika so’radi: "Ul nimadurki Xudoyi Taoloda yo’q”
Donishmand aytdi: "Xudoyi taoloda uyqu yo’q”.
Malika so’radi: "Ul nimadurki,misli va monandi yo’q,ayoliyu farzandi yo’q!?”
Donishmand aytdi: "Ul Xudoyi Taolodur!”
Malika so’radi: "Xudoyi Taoloni yuzi qaysi tarafdadur!?”
Donishmand aytdi: "Chiroqni bir qorong’u uyga yoqsang,hammaga barobar ravshanligi tushar.Xudoyi Taoloning yuzi anga o’xshash hammaga barobardur.”
Malika so’radi: "Xudoyi Taolo Arshdamu Kursidamu!?”
Donishmand aytdi: "Arshda ham emas,Kursida ham emas,Xudoyi Taoloni joyi Lo Makondur!”
Malika so’radi: "Ul nechuk mevadurki,Behishtg’a o’xshar!?”
Donishmand aytdi: "Xudoyi Taoloning karamidur!Aning uchun ruhi toza bo’lur!”
Malika so’radi: "Xudoyi Taolo hammadin ilgari nimani yaratdi!?”
Donishmand aytdi: "Kofu Nunni yaratdi.”
Malika so’radi: "Qaysi dalil birla?”
Donishmand aytdi: "Xudoyi Taolo "Qur’oni sharif”da xabar beribdiku: "AN YAKULA LAHU KUN FAYAKUN!” deb.”
Malika so’radi: "Kun fayakundan nima hosil bo’lur?”
Donishmand aytdi: "Xudoyi Taolo "KUN” deb, ya’ni "bo’lg’il!” "FAYAKUN”, "bas bo’ldi!” Har narsaki jahonda bor paydo bo’ldi.”
Malika so’radi: "Na yerdin kelursiz?!”
Donishmand aytdi: "Ota sulbidinu ona rahmidin kelurman!”
Malika so’radi: "Qaysi dalil birla?”
Donishmand aytdi: "Qavlahu Taolo,yaxruju min baynis-sulbi vattaroibi!”
Malika so’radi: "Qayg’a borursan?”
Donishmand aytdi: "Lo makong’a borurman!”
Malika so’radi: "Qayda turursan?”
Donishmand aytdi: "Go’ristonda tururman”
Malika so’radi: "Nima yersan?”
Donishmand aytdi: "G’am yerman”
Malika so’radi: "Nimani g’amini yersan?”
Donishmand aytdi: "Oxirat g’amini yerman” Davomi bor...

Категория: Donishmand malika va uning | Добавил: Taqvo
Просмотров: 2660 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |