Понедельник, 29.04.2024, 11:06Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Donishmand malika va uning

Donishmand malika va uning 1001 savoli 02
17.12.2012, 22:39

.Malika so’radi: "Xudoyi Taolo o’tdin nimani yaratdi?!”
Donishmand aytdi: "Do’zaxda ikki narsani o’tdin yaratdi:biri muzakkar,va biri muannas!Muzakkarni dumi ilon dumig’a o’xshar,muannasni dumi chayon dumig’a o’xshar.Ul ikkisi juft bo’ldi, andin jinlar paydo bo’ldi.”
Malika so’radi: "Qaysi dalil birla?”
Donishmand aytdi: "Qur’oni sharif”da zikr qilibdur: "Qavlahu Taolo val jinna xalaqnahu min narissamum”, ya’ni "Biz jinlarni o’tdan yaratdik”.
Malika so’radi: "Ul nadurki joniyu boshi yo’qdur,lekin yemish yeydur?!”
Donishmand aytdi: "Hazrati Muso alayhissalomni Asolaridurki,Fir’avn alayhi la’na Muso alayhissalomga g’olib keldi.Andin Asolarini yerg’a tashladilar.Xudoyi Taolo unga(Asoga) jon berdi.Ulug’ ahdarho paydo bo’ldi.Oldiga har narsaki uchradi,ani yedi.Kofurlar ani haybatidin qo’rqub qochdi.Muso alayhissalom yana qo’llarig’a oldilar,Asog’a aylandi.”
Malika so’radi: "Ul nimadurki,jonsiz havog’a o’rnidin uchib ketdi?”
Donishmand aytdi: "Ul Ko’hi Turdurki,Xudoyi Taolo nuri tajalliy qilg’oni sababli zarra-zarra bo’lub havog’a uchib ketdi.”
Malika so’radi: "Ul nimadurki, ovozini bir kishidan o’zga eshitmadi,nechuk ovozdir?!”
Donishmand aytdi: "Ul ovozni Muso alayhissalomdin o’zga eshitmadi.”
Malika so’radi: "Ul suvki, osmondin emas,xalq u suvdin ichib serob bo’ldi, nechuk suvdir?”
Donishmand aytdi: "Muso alayhissalomni qullari tashna bo’lib suv so’radi.Asolarini toshg’a urdilar.O’n ikki buloq paydo bo’ldi.Ul suvdin ichib,serob bo’ldilar.”
Malika so’radi: "Ul nechuk soyadirki,bir guruh xalqqa soya bo’ldi?”
Donishmand aytdi: "Cho’llarda issiq ko’p yomon bo’ldi.Muso alayhissalom duo qildilar, Xudoyi Taolo bir bulut paydo qildi.Ul qumg’a soya bo’ldi.”
Malika so’radi: "Necha narsani ota-onasi yo’q?”
Donishmand aytdi: "Olti narsani ota-onasi yo’q: Avvalo Hazrati Odamni,ikkinchi Hazrati Momo Havoni,uchlamchi,Ismoyil o’rnig’a qurbonliqqa so’yilgan qo’chqorni,to’rtinchi Hazrati Solih alayhissalomning tuyalarini,beshinchi Hazrati Iso alayhissalomni,oltinchi Hazrati Shish alayhissalomni otalari yo’q edi.”
Malika so’radi: "Ul na taomdurki,bu dunyoda ham, narigi dunyoda ham yo’qdur?”
Donishmand aytdi: "Bir guruh kofirlar kelib: Yo Iso duo qilsang,Xudoying bizga osmondin pishgan baliq yuborsin,biz ani yeb musulmon bo’lib imon kelturaylik”, dedilar.Iso alayhissalom Xudoga murojaat qildilar.O’shal onda bir katta baliq pishgan holatda yerga tushdi.Kofirlar yeb aytdiki: "Biz umrimizda bunday lazzatli taomni yemagan edik”, deb imon keltirib musulmon bo’ldilar.” Malika so’radi:Namozga azon aytmoq nimadur?
Donishmand aytdi:Besh vaqt namozga va namozi Jum’aga azon aytmoq sunnati muakkidadur.
Malika so’radi:Necha vaqt namoz farzdur?
Donishmand aytdi:Besh vaqt namoz farzdur.Avval namozi Bomdod,ikkinchi namozi Peshin,uchinchi namozi Asr,to’rtinchi namozi Shom,beshinchi namozi Xufton.
Malika so’radi:Besh vaqt namoz qanday sabablar bilan nozil bo’ldi?
Donishmand aytdi:Hazrat Odaml alayhissalom va Momo Havo Jannatdin quvilgandin keyin bir qancha vaqt yer yuzida qarong’uliq bo’lg’ondin g’amgin bo’ldilar.Vaqtiki tong otdi.uning shukronasig’a ikki rakaat namoz o’qudilar.Namozi qabul bo’ldi.Va u bizlar uchun farz bo’ldi.
Malika so’radi:Namozi Peshin kimdan qoldi?
Donishmand aytdi:Hazrati Ismoyilni qurbonliq qilmoqqa Xudoyi Taolodin amr bo’ldi.Hazrati Ismoyilni otalari qurbonliq qilish uchun bir tarafg’a olib bordilar.Xudoyi Taolodin nido keldiki: "Va fadaynahu bizibhin aziym!”,ya’ni "Va uning o’rniga o’lug’ qurbonliq fido qildik.Jannatdin chiqarilgan qo’chqorni qurbonliq qil!”deb.Yana boshqa bir rivoyatda Namrud alayhila’na manjaniq birla Ibrohim alayhissalomni o’tga tashlagan.Ul o’t Hazrati Ibrohimga ta’sir qilmagan.Balki guliston bo’lgan.Aning shukronasiga to’rt rakaat namoz o’qidilar.Xudoyi Taolo qabul qildi.Bizga farz bo’ldi.
Malika so’radi:Namozi Asrni kim o’qidi?
Donishmand aytdi:Hazrat Yunus payg’ambarni daryoda baliq yutdi.Uch kun baliq(ba’zi manbalarda qirq kun deyilgan) qornida yotdilar.Ba’d azon sihat chiqtilar.Ani shujronasiga to’rt rakaat namoz o’qidilar,Xudoyi Taolo qabul qildi,bizga farz bo’ldi.
Malika so’radi:Namozi Shom kimdin qoldi?
Donishmand aytdi:Hazrat Isoga tarsolar Xudoni uch(kishi) dedi.Yeru ko’k larzaga keldi.Osmonu zamin nola qilib dedilarki, "Ilohi,Xudovanda,bu kofurlarni nobud qilsang?!”Xudoyi Taolodin farmon bo’ldiki: Ularning chorasini man berurman.Hazrat Iso o’z sharmlarini saqlab,ani shukronasiga uch rakaat namoz o’qidilar.Xudoyi Taolo qabul qildi.Bizga farz bo’ldi.
Malika so’radi:Namozi Xuftonni kim o’qidi?
Donishmand aytdi:Hazrat Muso alayhissalom Madinadin Misrga borguncha Hazrat Shu’ayb alayhissalomni qizlari Safuro tavallud qilur bo’lib,chaqmoq paydo bo’ldi.O’tlar chaqildi,bo’rilar qo’ylarga chopdi.Harchand chaqmoqni chaqdilar,o’t chiqmadi.Hayron bo’lib turib edilar,bir tarafdin o’t ko’rundi.O’shal tarafga yurdilar.Ko’hi Tur bilan bu yerning orasi o’ttiz farsang yo’l edi.Bir lahzada yetib keldilar.Va farmoni Xudoyi azza va jalla ovoz chiqtiki: "Qavlahi Taolo an ya Muso inniy anallaha Robbal a’lamin va an alqi asaka”, ya’ni Ey Muso, albatta men olamlarning Rabbisiman va sen Asoyingni ushla!Hazrat Muso bu bashoratni eshitib qaytdilar.Kelsalar,zaifalari tavallud qilibdur.Mollari salomat va ravshan bo’libdur.Ani shukronasiga to’rt rakaat namoz o’qidilar.Xudoyi Taolo qabul qildi,bizga farz bo’ldi. Davomi bor

Категория: Donishmand malika va uning | Добавил: Taqvo
Просмотров: 921 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |