1-bosqich. 10-tur: G'usl, tayammum va poklik hukmlari (Hanafiy mazhabida) - Islom viktorinasi - Viktorina - Каталог файлов - Taqvo. Radyo
Пятница, 09.12.2016, 04:51Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 187

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islom viktorinasi

1-bosqich. 10-tur: G'usl, tayammum va poklik hukmlari (Hanafiy mazhabida)
11.05.2013, 03:56

1-bosqich. 10-tur: G'usl, tayammum va poklik hukmlari (Hanafiy mazhabida)
10-tur

Mavzu: G’usl, tayammum va poklik hukmlari (Hanafiy mazhabida)

1. Qur’oni karimning qaysi oyatida tahorat, g’usl va tayammum haqida hukmlar kelgan?
a) Moida surasi, 6-oyat .
b) Niso surasi, 43-oyat.
c) Voqea surasi, 79-oyat
To’g’ri javob: Moida surasi, 6-oyat .
Izoh: Ey mo‘minlar, namozga turganingizda yuzlaringizni hamda qo‘llaringizni chig‘anoqlarigacha yuvingiz, boshlaringizga masx tortingiz (ya’ni nam qo‘llaringiz bilan silangiz) va oyoqlaringizni oshiqlarigacha yuvingiz! Agar junub bo‘lsalaringiz, cho‘milingiz! Agar bemor yo musofir bo‘lsangiz yoki sizlardan birov hojatxonadan chiqqan bo‘lsa yoxud xotinlaringizga qo‘shilgan bo‘lsalaringiz va (mazkur holatlarda) suv topa olmasangiz, pokiza tuproq bilan tayammum qilingiz (ya’ni yuzingiz va qo‘llaringizni pokiza tuproq bilan silangiz). Alloh sizlarga mashaqqat qilmoqni istamaydi, balki sizlarni poklashni va shukr qilishlaringiz uchun sizlarga O’z ne’matini komil qilib berishni istaydi. («Moida» surasi, 6-oyat)

2. Quyidagilardan qaysi biri g’uslning farziga kirmaydi?
a) Niyat qilish
b) Og‘izga suv olib chayqamoqlik
c) Burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlik
d) Badanning hamma yeriga suv yetkazmoqlik
To’g’ri javob: Niyat qilish
Izoh: G’uslning farzlari uchtadir:
1. Og‘izga suv olib chayqamoqlik - mazmaza.
2. Burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlik - istinshoq.
3. Badanning hamma yeriga suv yetkazmoqlik. Badanning hamma yeriga bir marta suv yetkazmoqlik vojibdir. Agar badanning ozgina joyiga suv yetmay qolsa ham, g‘usl durust bo‘lmaydi. Yana jasaddagi chuqurchalarga, ya’ni kindik va shunga o‘xshash a’zolarga ham suv yetishi shart. Va yana g‘usl qilishdan oldin badandagi har qanday suvni to‘suvchi xamir, yog‘, ko‘z atrofiga yig‘ilib qoladigan kir, burunning kiri, ba’zi ayollar tirnoqlariga qo‘yadigan lakka o‘xshash narsalarni ketkazish lozimdir. Agar qimirlatmasa, ostiga suv yetmaydigan uzuk, bilaguzukka o‘xshash narsalar bo‘lsa, ularni ham aylantirib suv yetkazish kerak. Ayollarga o‘rilgan sochlarini yechib, hammasini ho‘l qilish shart bo‘lmaydi. Balki sochning asli chiqqan joyini ho‘l qilishlari kifoya bo‘ladi. Ammo erkaklarning sochlari o‘rilgan bo‘lsa ham yechib, hammasini ho‘l qilishlari farz bo‘ladi. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

3. G’uslning 3-farzi butun badanni qoldirmay yuvishdir. Ayollar o’rilgan sochlarini g’uslda to’la yuvishlari shartmi?
a) uni to‘la, soch taglari va o‘rimlarini ham birga ho’llab qo’yish kifoya qiladi.
b) sochlarini bir marta suvga pishib, tarab, ichlariga suv kiritish kerak bo’ladi.
c) uni to‘la yuvishga hojat yo‘q, soch taglari ho‘llansa kifoya qiladi. Soch o‘rimlarini ho‘llash ham lozim emas.
To’g’ri javob: uni to‘la yuvishga hojat yo‘q, soch taglari ho‘llansa kifoya qiladi. Soch o‘rimlarini ho‘llash ham lozim emas.
Izoh: G‘usl komil bo‘lishi uchun uning farz va sunnatlarini bilish muhimdir. G‘uslning uch farzi bor: 1) og‘izni g‘arg‘ara qilib yuvish; 2) burunni dimoqqacha (dimoq achishgulik darajada) chayish va 3) butun badanni qoldirmay yuvish. Ayollarning sochi o‘rilgan bo‘lsa, uni to‘la yuvishga hojat yo‘q, soch taglari ho‘llansa kifoya qiladi. Soch o‘rimlarini ho‘llash ham lozim emas («Hidoya»).

4. Quyidagi qaysi holatda g’usl vojib bo’lmaydi?
a) uyquda ehtilom kelishi
b) kofirning junub bo’lmagan holatda musulmon bo’lishi
c) kishining vafot etishi
To’g’ri javob: kofirning junub bo’lmagan holatda musulmon bo’lishi
Izoh: Ayollardan hayz yoki nifos qonining chiqishi, qon chiqmasa-da, farzand ko‘rishi va musulmon kishining o‘limi g‘uslni vojib qiladi. Shahid esa bundan mustasno. Kishi shahid bo‘lib o‘lsa, uni g‘usl qilishning hojati yo‘qdir. Kofir junub paytida musulmon bo‘lsa, bunga ham g‘usl vojib bo‘ladi, ammo u musulmon bo‘lganida junub holida bo‘lmasa, uning g‘usl qilib olishi vojib emas, balki mustahabdir. Zero, kufr ma’naviy najosatdir, Islom kelishi bilan bu najosat poklanadi. Lekin junublik hukmiy najosat bo‘lib, faqat suv bilan, suv yo‘q bo‘lsa, tayammum orqali niyat bilan poklanadi. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

5. Quyidagi qaysi holatda g’usl vojib bo’ladi?
a) kishining shahid holida vafot etishi
b) maziyning chiqishi
c) ayollarning farzand ko’rishi
To’g’ri javob: ayollarning farzand ko’rishi
Izoh: Ayollardan hayz yoki nifos qonining chiqishi, qon chiqmasa-da, farzand ko‘rishi va musulmon kishining o‘limi g‘uslni vojib qiladi. Shahid esa bundan mustasno. Kishi shahid bo‘lib o‘lsa, uni g‘usl qilishning hojati yo‘qdir. Kofir junub paytida musulmon bo‘lsa, bunga ham g‘usl vojib bo‘ladi, ammo u musulmon bo‘lganida junub holida bo‘lmasa, uning g‘usl qilib olishi vojib emas, balki mustahabdir. Zero, kufr ma’naviy najosatdir, Islom kelishi bilan bu najosat poklanadi. Lekin junublik hukmiy najosat bo‘lib, faqat suv bilan, suv yo‘q bo‘lsa, tayammum orqali niyat bilan poklanadi.
G’uslni vojib qilmaydigan narsalar:
1. Maziyning chiqishi bilan g‘usl vojib bo‘lmaydi. Maziy - suyuq, oq suv hisoblanadi, shahvat vaqtida shiddatsiz chiqadi. Maniy esa shiddat bilan otilib chiqadi. Maziy erkaklardan ko‘ra ayollarda ko‘proq uchraydi. Goho uning chiqib qolganligi ham sezilmaydi. Demak, maziy tahoratni buzsa-da, g‘uslni vojib etmaydi.
2. Vadiyning chiqishi bilan ham g‘usl vojib bo‘lmaydi. Vadiy - oq, xiralangan, yopishqoq, hidsiz suyuqlikdir. U bavlning orqasidan keladi.
3. Bir shaxs xoh ayol bo‘lsin, xoh erkak bo‘lsin, uyqusidami yoki xayolidami ehtilom bo‘lib lazzatni sezdi-yu, lekin namlikni ko‘rmadi, shu holatda ham g‘usl vojib bo‘lmaydi.
(«Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

6. Istinshoq nima?
a) G’uslning farzlaridan bo’lib, burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlikdir
b) G’uslning farzlaridan bo’lib, og‘izga suv olib chayqamoqlikdir.
c) G’uslning ruknlaridan biri bo’lib, g’usldan avval tahorat qilmoqdir.
To’g’ri javob: G’uslning farzlaridan bo’lib, burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlikdir
Izoh: G’uslning farzlari uchtadir:
1. Og‘izga suv olib chayqamoqlik - mazmaza.
2. Burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlik - istinshoq.
3. Badanning hamma yeriga suv yetkazmoqlik. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

7. Quyidagilardan qaysi biri g’uslning sunnatlariga kiradi?
a) Niyatni til bilan qilmoq.
b) Ayollarning o’rilgan sochlarini yechib yuvishlari
c) Ishqalashlik.
To’g’ri javob: Ishqalashlik.
Izoh: G’uslning sunnatlari:
1. Niyat bilan boshlamoq. Niyat esa qalb bilan qilinadi. Ulamolar qalbning niyatini til bilan nutq qilish orqali tasdiqlashni chiroyli sanashdi. Shuning uchun ham agar avratlari berk bo‘lsa, junublikdan poklanish uchun g‘usl qilmoqlikni niyat qildim, deb aytadi. Albatta til bilan zikr qilish sunnat emas. Balki yuqorida aytganimizdek, ulamolar chiroyli sanashgan amaldir.
2. G’uslning boshida «Bismillah...»ni aytmoq.
3. G’uslni ikki qo‘lni bilagigacha yuvmoqlikdan boshlamoq.
4. Qo‘lni yuvib olgach, farjini yuvmoqlik va g‘uslni boshlashdan oldin badandagi najosatlarni ketkazmoq.
5. G’uslni namozdagidek tahorat olish bilan boshlamoq.
6. Badandan oldin boshni uch marta yuvmoq. Aslida birinchisi farz, ikkinchi va uchinchisi sunnat bo‘ladi.
7. Ishqalashlik.
8. Avval badanni o‘ng tomonidan yuvib, so‘ng chap tomonni yuvmoqlik.
9. Har ikki tomonni ham uch martadan yuvmoq. Va yana tahoratdagi sunnatlarning hammasi g‘uslda ham sunnatdir. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

8. Quyidagi qaysi holatlarda g’usl qilishlik sunnat hisoblanadi?
a) Zavoldan so‘ng Arofat tog‘ida turishlik uchun qilingan g‘usl
b) Arafa kechasida, qadr kechasida g‘usl qilish
c) Ka’bai Muazzamani ziyorat qiladigan kishining g'usl qilishi
To’g’ri javob: Zavoldan so‘ng Arofat tog‘ida turishlik uchun qilingan g‘usl
Izoh: G’usl qilishlik sunnat bo‘lgan holatlar:
A) Juma va ikki iyd namozlari uchun (kunlari uchun emas, balki juma va iyd namozlari uchun g‘usl qilgan kishi) tahorati sinmay turib, shu g‘usl bilan namozni o‘qishi sunnatdir;
B) Haj yoki umra uchun ehrom bog‘lashdan oldingi g‘usl;
V) Zavoldan so‘ng Arofat tog‘ida turishlik uchun qilingan g‘usllar sunnat hisoblanadi. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

9. Quyidagi holatlarda g’usl qilish qanday amal hisoblanadi?
1. Juma va ikki iyd namozlari uchun qilingan g'usl
2. Musulmon mayyitning g‘usl qildirilishi.
3. Mast kishining mastligi ketsa, g‘usl qilishi
a) 1-sunnat, 2-farz, 3-mustahab
b) 1-sunnat, 2-farz, 3-mandub
c) 1-mustahab, 2-farz, 3-sunnat
To’g’ri javob: 1-sunnat, 2-farz, 3-mustahab
Izoh: 1. G’usl qilishlik farz bo‘lgan holatlar:
A) Janobatdan poklanish uchun qilingan g‘usl;
B) Hayz va nifos qoni to‘xtagandan so‘ng qilingan g‘usl;
V) Musulmon mayyitning g‘usl qildirilishi.
2. G’usl qilishlik sunnat bo‘lgan holatlar:
A) Juma va ikki iyd namozlari uchun (kunlari uchun emas, balki juma va iyd namozlari uchun g‘usl qilgan kishi) tahorati sinmay turib, shu g‘usl bilan namozni o‘qishi sunnatdir;
B) Haj yoki umra uchun ehrom bog‘lashdan oldingi g‘usl;
V) Zavoldan so‘ng Arofat tog‘ida turishlik uchun qilingan g‘usllar sunnat hisoblanadi.
3. G’usl qilib olishlik mustahab bo‘lgan holatlar:
A) Jinni sog‘ bo‘lsa, hushidan ketgan o‘ziga kelsa, mast kishining mastligi ketsa, g‘usl qilib olish mustahabdir;
B) Sha’bon oyidagi badr kechasida, arafa kechasida, qadr kechasida g‘usl qilib olish ham mandub amaldir;
V) Yana qurbonlik kunining subhida Muzdalifa tog‘ida turgan kishiga, shaytonga tosh otish uchun qurbonlik kunida Mino tog‘iga chiqadigan kishiga, Ka’bai Muazzamani ziyorat qiladigan kishiga, oy yoki quyosh tutilganda va yomg‘ir talab qilinganda o‘qiladigan namozni o‘quvchi kishiga, Madinai Munavvaraga kiradigan kishiga ham g‘usl qilishlik odob hisoblanadi. Yana odamlar jamoasiga kiruvchiga, yangi libosni kiygan kishiga, mayyitni yuvgan g‘assolga, gunohidan tavba qilgan insonga, safardan qaytganga, istihoza qoni to‘xtagan ayolga, musulmon bo‘lganlarga ham g‘usl qilib olish odobdir. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

10. Rasululloh (s.a.v.) ta’kidlariga ko’ra, Allohning har bir mo‘mindagi haqqi sifatida necha kunda g’usl qilish atvsiya etiladi?
a) 3 kunda
b) 5 kunda
c) 7 kunda
To’g’ri javob: 7 kunda
Izoh:Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: «Allohning har bir mo‘mindagi haqqi yetti kunda bir marta butun a'zosini yuvib, g‘usl qilishligidir». Payg‘ambar alayhissalom mo‘minlarga juma kuni g‘usl qilishni buyurganlar. Amaliy va tibbiy tajribalardan ma'lumki, g‘usl kishilarni turli nopokliklardan tozalabgina qolmay, jimo' tufayli yo‘qotilgan kuch-quvvatni tiklash va tanani tetiklashtirish uchun ham xizmat qiladi. («Dinda savolim bor»)

11. Junub holida quyidagilardan qaysi biri makruh hisoblanadi?
a) Tirnoq olish, tuklarni qirish
b) Ovqatlanish, saxarlik qilish
c) Qur’on o’qish, ta’lim berish
To’g’ri javob: Tirnoq olish, tuklarni qirish
Izoh: Junublikda (ya'ni, jinsiy aloqadan so‘ng yoki uyquda bulg‘anib qolganda) kindik osti tuklarini tozalash, tirnoq olish makruhdir, bu ishlarni g‘usldan so‘ng bajarish kerak. Junub kishi tirnoq olishi, tuklarni qirishi, qon oldirishi, kindik osti va qo‘ltig‘ini tozalashi, vujudidan har qanday parchani uzib olishi mumkin emas. Chunki barcha a'zolar qiyomatda tirilganida yuvilmay qolgan yoki shu holatda olib tashlangan har bir narsa junub holda bo‘ladi.
Junub holdagi kishilar avval qo‘llarini, keyin og‘izlarini yuvib ovqatlanishlari, namoz vaqtini o‘tkazmaslikka ko‘zi yetsa, uxlashlari mumkin. Emizikli ayolning bolasi yig‘lasa, g‘uslga fursati bo‘lmasa, ko‘kragini yuvib emizsa bo‘ladi.
Junub bo‘lgan odamning uxlashdan oldin tahorat olishini ba'zilar mustahab, deyishgan («Ayollar fiqhi»).

12. Rasululloh SAV tavsiyalariga ko’ra, g’usl uchun ishlatilishi kerak bo’lgan suv miqdori qancha?
a) 1 so’ (taxminan 4,5 litr)
b) 3 mud (taxminan 3 litr)
c) 2 so’ (taxminan 10 litr)
To’g’ri javob: 1 so’ (taxminan 4,5 litr)
Izoh: Abu Ja’far aytadilar: «Jobir huzurida bir jamoa kishilar bor edi, ulardan biri g‘usl to‘g‘risida so‘radi. «Senga bir so’ suv kifoya qiladi»,— dedi Jobir. «Menga kifoya qilmaydi»,— dedi u. Shunda Jobir: «Sendan ko‘ra sochi ko‘proq, o‘zi yaxshiroq kishiga (Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga, demoqchi) ham kifoya qilgan edi»,— dedi. Keyin yupun kiyingan holda imomatga o‘tdi». («Sahihul Buxoriy»)

13. Ayollarning soch, tirnoq va lab bo’yoqlari g’uslga monelik qiladimi?
a) soch bo’yoqlari g’uslga monelik qilmaydi, tirnoq va lab bo’yoqlarini g’usldan avval tozalash kerak.
b) xinadan boshqa soch bo’yoqlari sochda qatlam hosil qilganligi uchun g’uslga monelik qiladi, ayollar tirnog‘idagi, lablaridagi bo‘yoqlarni ketkazishlari kerak, aks holda g‘usllari g‘usl hisob qilinmaydi.
c) agar soch, tirnoq va lab bo’yoqlaridan foydalanishdan avval ayol g’usl qilgan bo’lsa, joiz.
To’g’ri javob: xinadan boshqa soch bo’yoqlari sochda qatlam hosil qilganligi uchun g’uslga monelik qiladi, ayollar tirnog‘idagi, lablaridagi bo‘yoqlarni ketkazishlari kerak, aks holda g‘usllari g‘usl hisob qilinmaydi.
Izoh: Agar bo‘yoq soch tolalari ustida qatlamni tashkil qilsa, g‘uslga mone' bo‘ladi. Dorishunoslar esa xinadan boshqa barcha bo‘yoqlar qatlam hosil qilishini tasdiqlashgan. Shuning uchun xinadan boshqa sun'iy bo‘yoqlarni soch bo‘yashda ishlatish joiz emas.
Shuningdek, tirnoq ustiga surilgan bo‘yoq ham g‘uslga mone' hisoblanadi. Ayollar g‘usl qilayotganida tirnog‘idagi, lablaridagi bo‘yoqlarni ketkazishlari kerak, aks holda g‘usllari g‘usl hisob qilinmaydi. («Dinda savolim bor»)

14. Musofir odam oyoq kiyimiga mahs tortib qancha yurishi mumkin?
a) 1 kecha-kunduz
b) 2 kecha-kunduz
c) 3 kecha-kunduz
To’g’ri javob: 3 kecha-kunduz
Izoh: Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) qilingan rivoyatda Rasululloh (s.a.v.): «Musofir (oyoq kiyimiga) uch kecha-kunduz mash tortadi, muqim esa bir kecha-kunduz», deb aytdilar.
Mo‘‘min kishi sovuq paytda bir kecha-kunduz miqdorida oyog‘iga kiygan etik, maxsini yechmasdan, tahorat olganda mash tortishi ham durust. Ammo musofir bo‘lsa uch kecha-kunduz maxsisini yechmay, mash tortishi mumkin. Zarurat va xavf-xatar tug‘ilgan paytlarda uch kecha-kunduzdan ko‘proq vaqt o‘tsa ham mash tortish joiz. Xavf-xatar tugashi bilan maxsisini yechib, yangidan tahorat olib, oyoqlarini yuvadi. Oyoq-yalang bo‘lganda oyoq yuviladi, masx tortish mumkin emas. («Sof islomiy aqida»)

15. Mash tortishning farzi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) Qo‘lning kichik barmoqlaridan uchtasi miqdoricha ikki qadamning ustiga nam qo‘l bilan silash.
b) Oyoq kiyimning kamida to’rtdan biriga nam tegmoqligi.
c) Mash tortish sunnat amal, uning farzlari yo’q.
To’g’ri javob: Qo‘lning kichik barmoqlaridan uchtasi miqdoricha ikki qadamning ustiga nam qo‘l bilan silash.
Izoh: Qo‘lning kichik barmoqlaridan uchtasi miqdoricha ikki qadamning ustiga nam qo‘l bilan silamoqlik mashning farzidir. Oyoqning ostiga yoki yonlariga mash tortish durust emas.
(Mash tortishlik sunnat amal hisoblansa ham, uning ichida xuddi sunnat namozlarining ichida farzlar bo‘lganga o‘xshagan farzi bor... - tarj.) («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

16. Muqim odam peshinda tahorat qildi va mahsi kiydi. Tahorati asrda sindi va qayta tahorat qilib, mahsisiga mahs tortdi. Endi u qachongacha mahs tortishi mumkin?
a) ertasi kungi bomdodgacha
b) ertasi kungi peshingacha
c) ertasi kungi asrgacha.
To’g’ri javob: ertasi kungi asrgacha.
Izoh: Muqim uchun mash tortib yurish muddati bir kecha-kunduz, ya’ni yigirma to‘rt soat bo‘lsa, musofir uchun uch-kecha kunduz, ya’ni yetmish ikki soat hisoblanadi. Bu vaqt tahorat singandan boshlab e’tiborga olinadi. Misol uchun bir kishi subhda tahorat oldi-da, mahsini kiydi va shu tahorati peshinda sindi. Demak, bunda u yangi tahorat qiladi, oyog‘iga mash tortadi va keyingi kunning peshin namozigacha oyog‘iga mash torta oladi, agar musofir bo‘lsa, uchinchi kunning peshinigacha mash tortishi mumkin. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

17. Quyidagi qaysi holatlarda tayammum lozim bo’lmaydi?
a) Yarim soatlik yoki undan ko‘proq yo‘l orasida suvning yo‘qligi; suv bor yerda dushman yoki yirtqich hayvonning xavfi bo‘lsa
b) Suv o‘ta sovuq bo‘lib, isitadigan sharoit bo‘lmasa va shu suv insonga aziyat yetkazib qo‘yadigan darajada bo‘lsa; agar suvda tahorat qilsa-yu, o‘zi yoki sherigi va hatto hayvoni chanqab, halokatga uchrashi xavfi bo‘lsa.
c) Hamma sharoitlar bor-u, lekin tahorat qilib kelguncha juma qazo bo‘lsa.
To’g’ri javob: Hamma sharoitlar bor-u, lekin tahorat qilib kelguncha juma qazo bo‘lsa.
Izoh: Tayammum qilish lozim bo‘lgan sabablar:
1. Yarim soatlik yoki undan ko‘proq yo‘l orasida suvning yo‘qligi. Bu taxminan ikki chaqirimni tashkil etadi, bir chaqirim to‘qqiz yuz metrdir.
2. Kasallikdan yoki uning ziyoda bo‘lishidan va yo davoning sekinlashidan tashvish bo‘lsa.
3. Suv o‘ta sovuq bo‘lib, isitadigan sharoit bo‘lmasa va shu suv insonga aziyat yetkazib qo‘yadigan darajada bo‘lsa.
4. Agar suvda tahorat qilsa-yu, o‘zi yoki sherigi va hatto hayvoni chanqab, halokatga uchrashi xavfi bo‘lsa.
5. Hamma sharoitlar bor-u, lekin tahorat qilib kelguncha iyd yoki janoza namozlari o‘qib qo‘yilishi ehtimoli bo‘lsa ham, tayammum qilinadi. Chunki bu namozlar qazo bo‘lsa, o‘rniga o‘qiladigan namoz yo‘q. Ammo juma namoziga yeta olmasligini bilsa ham, tahorat qiladi, chunki agar juma qazo bo‘lsa, uning o‘rniga peshin o‘qilishi mumkin. Agar namoz qazo bo‘lishi ehtimoli yuzaga chiqsa, vaqtni ehtirom qilish yuzasidan tayammum bilan o‘qishi joiz. Lekin baribir tahorati yo‘q bo‘lsa, tahorat olib yoki junublik yetgan bo‘lsa, g‘usl qilib qaytadan o‘qiydi. Chunki tayammum qilishga sabab mavjud emas.
(Quduqda suv bor-u, lekin uni chiqarib olishga asbob yo‘q, bu o‘rinda ham tayammum qilinadi. Ammo suvni chiqarishga asbob bo‘lsa, tayammum qilinmaydi, agar jamoat ko‘p bo‘lib, har birlari tahorat olgunlaricha namoz vaqti chiqib ketsa ham. Chunki buholatda ham tayammum qilishga sabab topilmayapti. Suv bor yerda dushman yoki yirtqich hayvonning xavfi bo‘lsa ham, tayammum qilinadi... -tarj.) («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

18. Quyidagilardan qaysi biri tayammumning sunnatlariga kirmaydi?
a) Niyat qilmoq
b) "Bismillah”ni aytmoq
c) Mashni o‘ng qo‘ldan boshlamoq
To’g’ri javob: Niyat qilmoq
Izoh: «Bismillah...»ni aytmoq, zarbni kaftning ichi bilan qilmoq, qo‘ldagi changlarni silkitib tashlamoq, tartib bilan qilmoq, ya’ni avval yuzga mash tortib, keyin qo‘lga mash tortmoq, ketma-ket qilmoq, ya’ni niyat qilib tayammumni boshlagach, to tugaguncha boshqa amalni qo‘shmaslik, soqol va barmoqlar orasiga xilol qilmoqlik, keng uzuk bo‘lsa, uni qimirlatib ostiga mash yetkazmoq, ammo uzuk tor bo‘lsa yoki soatga o‘xshash narsalar bo‘lsa, ularni tayammumdan oldin yechib qo‘yish kerak, chunki ularning ostiga mash yetmaydi, mashni o‘ng qo‘ldan boshlamoq, bularning hammasi sunnat hisoblanadi. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

19. Quyidagilardan qaysi biriga tayammum qilish mumkin emas?
a) pokiza tuproq, qum
b) pokiza ohak, bo’r, tosh
c) pokiza yog’och, yaproq
d) b va c javoblar to’g’ri
To’g’ri javob: pokiza yog’och, yaproq
Izoh: Yer jinsidan bo‘lgan hamma narsa - toza tuproq, qum, bo‘r, ohak, tosh kabi narsalar bilan tayammum qilish mumkin. Bularning hammasidagi asosiy shart - ular pokiza bo‘lishi kerak. Bular - Imom A'zam va Imom Muhammadning nazdlarida. («Dinda savolim bor»)

20. Suv ham, tayammum uchun pok narsa ham topolmagan kishi namozini qanday ado etadi?
a) to pok bo’lmaguncha namozlarini o’qimaydi.
b) namoz payti kirganida joynamoz ustida huddi namozga o‘tirgandek o‘tiradi. So‘ng suv yoki tayammum uchun pok narsa topilsa, qazo niyati bilan namozini o‘qiydi.
c) namozni o’tkazib yubormaslik uchun niyat qilib, imo-ishora bilan o’qiyveradi. Poklangandan keyin esa boshqatdan o’qib oladi.
To’g’ri javob: namoz payti kirganida joynamoz ustida huddi namozga o‘tirgandek o‘tiradi. So‘ng suv yoki tayammum uchun pok narsa topilsa, qazo niyati bilan namozini o‘qiydi.
Izoh: Suv ham, tayammum uchun pok narsa ham topolmagan kishi namoz payti kirganida joynamoz ustida huddi namozga o‘tirgandek o‘tiradi. So‘ng suv yoki tayammum uchun pok narsa topilsa, qazo niyati bilan namozini o‘qiydi. («Radd ul-muxtor»)

Категория: Islom viktorinasi | Добавил: Taqvo
Просмотров: 1730 | Загрузок: 0 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2016 |