Пятница, 19.04.2024, 09:48Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islom viktorinasi

1-bosqich. 6-tur: Islom tarixida huzun yili. Toifga hijrat. Isro va me’roj
11.05.2013, 04:00

1-bosqich. 6-tur: Islom tarixida huzun yili. Toifga hijrat. Isro va me’roj
6-tur

Mavzu: Islom tarixida huzun yili. Toifga hijrat. Isro va me’roj

1. Nima sababdan Islom tarixida "Sanatul Huzun" (Qayg'u yili) deb olgan yil bo'lgan?
a) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'g'illari Ibrohimdan ayriladilar.
b) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki qizlari Ruqiya va Ummu Gulsumdan ayriladilar
c) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xadicha onamiz va amakilaridan ayriladilar
To’g’ri javob: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xadicha onamiz va amakilaridan ayriladilar
Izoh: Payg‘ambarlik davrining o‘ninchi yilida, hijratdin uch yil ilgari Makka shahrida onamiz Xadicha vafot topdilar. . Bu musibat ustiga butun dushmanlariga haybat ko‘rsatib turgan amakilari Abu Tolibning vafot qilishi Payg‘ambarimizga qattiq ta’sir qildi. Bu mehribon yordamchilaridin birdaniga ajralganlari uchun ortiqcha qayg‘urdilar. Shu musibat bo‘lgan yilni qayg‘u-hasrat yili, deb atadilar. (Tarixi Muhammadiy)

2. Islom tarixida "Sanatul-huzn” ("Qayg’u yili”) nomini olgan yil Makka davrining nechanchi sanasiga to’gri keladi?
a) To’qqizinchi
b) O’ninchi
c) O’n birinchi
To’g’ri javob: O’ninchi
Izoh: Abu Tolib va Xadichaning o’limi Makka davrining o’ninchi yiliga to’g’ri kelgan edi. Islom tarixida bu o’ninchi yilga "Sanatul huzun”, "Omul huzun” (huzun yili) deb ataldi.(Payg’ambarimiz va Asharai mubashshara)

3. Janobimizning amakilari Abu Tolibning ahvollari yomonlashib, o’limi yaqinlashgan vaqtda yonlarida Rasululloh sallallohu alayhi vassallam bilan yana ikki mushrik bo’lgan. Ular Abu Tolibga "Abdulmuttalibni dinidan yuz o’girasanmi?” deb, shahodat kalimasini aytishdan qaytarishgan. Bu ikki mushrik kim edi?
a) Utba ibn Robiya, Abu Jahl.
b) Abu Jahl, Abdulloh ibn Abu Umayya.
c) Abu Lahab, Abu Jahl.
To’g’ri javob: Abu Jahl, Abdulloh ibn Abu Umayya.
Izoh: Bir necha kundan keyin Abu Jahl bilan Abdulloh ibn Abu Umayya birga yana Abu Tolibni borib ko’rishdi. Ular kasalni yoniga o’tirar ekanlar, ushbi damda Rasululloh sallallohu alayhi vassallam ham kelib qoldilar. Amakilaridan hol-ahvol so’radilar, tasalli berdilar. Narigi tomonga o’tirdilar.
O’tirdilar, ammo jondan aziz amakilarining ahvoli ancha yomonlashganini, o’limga yana bir odim yaqinlashganini sezdilar. nga so’nggi soatlarda ham yaxshilik qilishlari mumkin edi:
- Amakijon, bir marta bo’lsa ham "La ilaha illaloh”, deng. Toki men vaqti-soati kelganida, Allohning huzurida bunga guvohlik bera olayin, - dedilar.
Payg’ambar sallallohu alayhi vassallam shunday der ekanlar, Abu Jahl va uning birodari:
- Yo Abu Tolib, Abdulmuttalibni dinidan qaytasanmi? – deb uni qaytarishga urinishdi. ("Saodat asri qissalari” 2-kitob, 83-84 betlar)

4. Xadicha roziyallohu anhoning muborak jasadlari qayerga qo’yilgan?
a) Hojun qabristoniga.
b) Baqi’ qabristoniga.
c) Hujrai saodatga.
To’g’ri javob: Hojun qabristoniga.
Izoh: Makkaning Hojun qabristoni Hazrati Hadichaning muborak vujudlari ila sharaflandi. ("Saodat asri qissalari” 2-kitob, 91-bet)

5. Abu Tolib vafotlaridan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi vassallamning qaysi amakilari u zot sallallohu alayhi vassallamni o’z himoyasiga olgan?
a) Hamza (r.a.)
b) Abbos (r.a.)
c) Abu Lahab.
To’g’ri javob: Abu Lahab.
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi vassallam bir necha kungacha uylaridan chiqmadilar. Qalblari g’am-g’ussaga to’lgan. Kamiga qurqyshliklar haddan tashqari qutirib ketti.
Bu vaziyat yuragi kin va adovatga to’la Abu Lahabning ham rahmini keltirdi. Bir kuni jiyanining yoniga keldi-da:
- Yo Muhammad, Abu Tolib hayotlik chog’ida qanday yurgan bo’lsang, shunday erkin yuraver. Lotni o’rtaga qo’yib qasam ichamanki, hech kim senga ziyon-zahmat yetkaza olmaydi, - dedi.
Shu tariqa Abu Lahab jiyani Muhammad ibn Abdullohni himoyasiga oldi. ("Saodat asri qissalari” 2- kitob, 91-92 betlar)

6. Xadicha roziyallohu anhoning vafotlaridan keyin Rasululloh sallallohu alayhi vassallam birinchi turmish qurgan "Mo’minlar onasi” kim?
a) Savda binti Zam’a (r.anho)
b) Oysha (r. anho)
c) Ummu Salama (r. anho)
To’g’ri javob: Savda binti Zam’a (r. anho)
Izoh: Usmon ibn Maz’uning xotini Havla bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi vassallamni ziyorat etishga keldi va muddaoga ko’chaqoldi:
- Yo Rasululloh, Hadichaning yo’qligi bilinyapti, - dedi.
O’sha kuni u Janobi Payg’ambarimizni (s.a.v.) yana uylanishga rozi qildi. Savda binti Zam’a bilan hazrati Abu Bakrning qizi Oysha ikkialasi nomzod o’laroq ko’rsatdi va ularga sovchilik qilish vazifasini zimmasiga olib, u yerdan chiqdi. Savda yoshi ancha katta, to’ladan kelgan, og’ir-vazmin harakatli bir ayol edi. Eri o’lib, besh-oltita farzandi bilan beva qilgan.
Nabiyyi akramdan (s.a.v.) kelgan taklifni mamnunlik bilan kutib oldi. Shunday qilib, payg’ambarlikning 13-yili ramazon oyida Savda "Mo’minlar onasi” (Ummul mo’minin) bo’lish sharafiga erishdi. ("Saodat asri qissalari”)

7. Toif safarida Payg’ambarimiz (s.a.v.) ga kim hamrohlik qildi?
a) Abu Bakr
b) Zayd ibn Horisa
c) Ali ibn Abu Tolib
To’g’ri javob: Zayd ibn Horisa
Izoh: Rasuli Akram Islom dinini yoyish maqsadida Hijoz shaharlaridan biri toifga bordilar. Bu safarda u zotga tutingan o’g’illari Zayd ibn Horisa hamrohlik qildi. (Nurul-yaqin, Tarixi Muhammadiy)

8. Toif shahrida qaysi qabila istiqomat qilardi?
a) Banu Saqif
b) Banu Qurayza
c) Avs va Xazraj
To’g’ri javob: Banu Saqif
Izoh: Makka shahridan 70-80 chaqirim sharq tomonda joylashgan Toif shahrida Banu Saqif qabilasi yashar edi. Makkadagi Quraysh qabilasi kabi toiflik saqifiylar ham butfarast edilar. (Tarixi Muhammadiy, Payg’ambarimiz va Asharai mubashshara).

9. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam Toif voqeasidan qattiq ta’sirlangandilar. Hatto yillar o’tib ham bu safarni unutmadilar va Toif voqeasini musulmonlar uchun achinarli bo’lgan bir voqeadan ham alamli deb aytgandilar. Bu qaysi voqea?
a) Uhud jangi.
b) Xadicha onamizning vafotlari.
c) Musulmonlarning qiynoqqa solinishi.
To’g’ri javob: Uhud jangi.
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi vassallam Toif safarini haqiqatdan ham unutmadilar, unuta olmadilar. Yillar o’tib, suyukli hotinlari Oysha onamiz (r.a.):
- Yo Rasululloh, Uhud jangidan ko’ra ham achinarli, alamli kun bo’lganmi?! – deb so’raganlarida, Toif voqeasini eslab, u savdolarni bir boshdan gapirib bergan edilar. O’sha kundagidey g’am-g’ussaga cho’mgan boshqa kunni eslay olmasliklarini ta’kidlagan edilar. ("Saodat asri qissalari” 2-kitob, 95-bet.)

10. Toifdan Makkaga qaytganlarida Janobimiz Rasululloh sallallohu alayhi vassallamni kim o’z himoyasiga olgan?
a) Axnas ibn Shariq.
b) Suxayl ibn Amr.
c) Mut’im ibn Odiy.
To’g’ri javob: Mut’im ibn Odiy.
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi vassallam Makkaga tobora yaqinlashar ekanlar, Hiro tog’ining etaklariga yetganda to’xtadilar. Bu yerdan u yog’iga hotirjam ketish imkoni yo’q, bemalol shaharga kirishga mushriklar yo’l qo’ymasligini juda yaxshi bilar edilar.
Shu payt Huzo’a qabilasidan bir odam uchrab qoldi.
- Menga holis bir xizmat qilmaysanmi? – deb so’radilar Rasululloh sallallohu alayhi vassallam.
- Bajonudil, - dedi yo’lovchi.
- U holda Makkaga borgin-da, Axnas ibn Shariqni top. Muhammad ibn Abdullohni yonidan kelayotirman, "Robbim yuborgan din va payg’ambarlik vazifasini ado etishim davomida meni o’z himoyasiga olarmikan?” deb so’ra.
Yo’lovchi ketdi. Axnasni topib, bor gapni so’zlab berdi. Axnas o’zining boshqa qabiladan ekanligini bahona qilib, uni quruq qaytardi. Yo’lovchi qaytib kelganida Rasululloh sallallohu alayhi vassallam takror iltimos qildilar:
- Yana bir marta bormaysanmi men uchun? – "Mayli” javobini olgach, dedilar – Suxayl ibn Amrni top, o’sha gaplarimni unga bildir.
U yana Makkaga bordi va yana quruq qaytib keldi. Suxayl taklifni rad etgan edi. Haligi odam uchunchu marta ham Makkaga borib kelishga rozi bo’ldi va bu safar Mut’im ibn Odiynikiga bordi. Mut’im bu taklifga rozi bo’ldi.
Tong otganch, Mut’im o’g’illarini olib, barchalari qurollangan holda Hiro tog’i etaklariga keldi va Rasululloh sallallohu alayhi vassallamni boshlab, Makka sari yo’l olishdi. (Saodat asri qissalari)

11. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Toifga da'vat qilmoqlik niyatida borganlarida Utba va Shayba ibn Robialarning nasroniy quli bo'lgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uzum olib borgan inson kim edi?
a) Addos
b) Suhayb Rumiy
c) Salmoni Forsiy
To’g’ri javob: Addos
Izoh: Bu gaplarni eshitib turgan Utba bilan Shaybaning rahmi kelib rasulullohga quli Addosdan bir bosh uzum berib yuborishdi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Bismillahir rohmanir rohim" deb uzumni yeya boshladilar. Addos: "Bu yurtning odamlari bunday gaplarni aytishmasdi. Qayerliksan?" — deb so‘radi "Sen o‘zing qayerliksan? Qaysi dinga e’tiqod qilasan?" — deb so‘radilar rasululloh. "Men Dajla daryosi bo‘yiga joylashgan Ninavay shahridanman. Nasroniy diniga e’tiqod qilaman", dedi Addos. "Yunus ibn Matto degan yaxshi odamning yurtidan ekansan-da", dedilar sarvari olam. "Sen u kishini qaydan bilasan?" deya qiziqsindi Addos. Rasululloh Qur’ondagi Yunus qissasini o‘qib berdilar. Bu hikoyatdan qattiq mutaassir bo‘lgan Addos kalima keltirib, musulmon bo‘ldi. (Nurul yaqin)

12. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Toifdan chiqib Naxla bog'iga borganlarida kimlar Qur'on tilovatini eshitib islomni qabul qilishdi?
a) Saqiyf qabilasi
b) G'ifor qabilasi
c) Nasidin degan joydagi jinlar
Izoh: Payg’ambarimiz Naxla degan joyga kelganlarida bir guruh jinlar u zotning tilovatiga quloq tutishdi va imon keltirishdi. Ahqof surasining 29-32 oyatlari va Jin surasida bu voqea bayon etilgan. (Nurul yaqin)

13. "Me’roj” so’zining ma’nosi nima?
a) yuqoriga ko’tarilish.
b) kechasi yurgizish.
c) tasalli berish.
To’g’ri javob: Yuqoriga ko’tarilish.
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Masjid ul-Haromdan Masjid ul-Aqsoga qilgan tungi sayrlari Isro va Me’roj qur’on bilan sobit bo‘lgan:
«O’z bandasi (Muhammadni), unga mo‘‘jizalarimizdan ko‘rsatish uchun tunda, Masjid ul-Haromdan Biz atrofini barakotli qilib qo‘ygan Masjid ul-Aqsoga sayr qildirgan zot pokdir. Darhaqiqat u eshituvchi va ko‘ruvchidir». (Al-Isro surasi 1-oyat).
U yerdan osmonlarga ko‘tarilishlari - Me’rojdir. ("Ahli sunna val-jamoa aqoidi")

14. "Isro va Meroj" qaysi oyning qaysi kuniga to'g'ri kelgan?
a) Rajab oyining 27-kechasiga
b) Ramazon oyining 27-kechasiga
c) Rabiul-avval oyining 15-kechasiga
To’g’ri javob: Rajab oyining 27-kechasiga
Izoh: Rajab oyining 27-kechasi Isro va Me’roj kechasidir. Shu kecha payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam Alloh taoloning qudrati bilan farishtalar yordamida Makkadan Quddusdagi Masjid-ul Aqsoga borganlar. So'ngra Alloh taoloning huzuriga, osmonga ko'tarilib, , "Sidratul muntaho"ga yetib bordilar. ("Ahli sunna val-jamoa aqoidi")

15. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam Me’rojga chiqqanlarida O’ng tomoniga qarasa, kuladi, chap tomoniga qarasa, yig‘laydigan bir zot bilan uchrashganlar. U kim edi?
a) Odam alayhissalom
b) Iso alayhissalom
c) Ibrohim alayhissalom
To’g’ri javob: Odam alayhissalom
Izoh: Birinchi osmonga chiqqanimda Jabroil alayhissalom osmonbonga: «Eshikni ochg‘il!» — deb aytdilar. U: «Kim bu?»— dedi. «Jabroilman»,—dedilar, Osmonbon: «Sen bilan birga biron kishi bormi?» — dedi. «Ha, men bilan Muhammad alayhissalom bor»,— dedilar Hazrat Jabroil. Osmonbon: «Muhammad alayhissalomning osmonga chiqmog‘iga ruxsat bo‘ldimi?» — dedi. Jabroil alayhissalom: «Ha»,— dedilar. Eshik ochilgach, birinchi osmon ichkarisiga ko‘tarildik. U yerda bir kishi o‘tiribdi. Uning o‘ng tomonida ham, chap tomonida ham odam gavjum. O’ng tomoniga qarasa, kuladi, chap tomoniga qarasa, yig‘laydi. O’sha kishi menga qarab: «Xush kelibsiz, payg‘ambar, yaxshi o‘g‘il!»-dedi. «Bu kishi kim?» — deb so‘radim Hazrat Jabroildan. «Bu —Odam alayhissalom va mana bu o‘ng va chap tomonlarida turganlar Odam bolalarining ruhlaridir. Bulardan o‘ng tomondagilari jannat ahli va chap tomondagilari do‘zax ahlidir. (Shuning uchun ham) Odam alayhissalom o‘ng tomonlariga qaraganlarida kuladilar, chap tomonlariga qaraganlarida yig‘laydilar»,— dedilar Jabroil alayhissalom. ("Sahihi Buxoriy", Namoz kitobi)

16. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam Me’rojga chiqqanlarida Ikkinchi osmonda ikkita payg’ambar bilan uchrashganlar. Bu payg’ambar alayhissalomlar kimlar?
a) Muso va Horun (alayhissalomlar)
b) Ibrohim va Iso (alayhissalomlar)
c) Yahyo va Iso (alayhissalomlar).
To’g’ri javob: Yahyo va Iso. (alayhissalomlar)
Izoh: . Ul joydin ko‘tarilib, ikkinchi osmonga yetdilar. Ul joyda ham yuqoridagidek savol-javoblar bo‘ldi. Hazrati Iso, Hazrati Yahyo payg‘ambarlarning makonlari shu osmonda edi. Bu zotlar ham qarshi olib, xayr-duoda bo‘ldilar. (Tarixi Muhammadiy).

17. Yettinchi osmondan keyin Rasululloh sallallohu alayhi vassallam qayerga ko’tarilganlar?
a) "Sidratul muntaho”ga.
b) "Baytul ma’mur” ga.
c) "Arshi A’lo” ga.
To’g’ri javob: "Sidratul muntaho” ga
Izoh: Rajab oyining 27-kechasi Isro va Me’roj kechasidir. Shu kecha payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam Alloh taoloning qudrati bilan farishtalar yordamida Makkadan Quddusdagi Masjid-ul Aqsoga borganlar. So‘ngra Alloh taoloning huzuriga, osmonga ko‘tarilib, "Sidratul muntaho"ga yetib bordilar.
Sharh. Imom Ahmad Abdulloh ibn Ma’sud raziyallohu anhudan rivoyat qilishlaricha «Sidratul muntaho» yettinchi osmondagi Nilufar ismli daraxt bo‘lib, uning shoxlari duru yoqut va zabarjadlardan iboratdir. Yerdan nimaiki ko‘tarilib chiqsa intihosi unga yetadi va yuqoridan nimaiki tushsa, intihosi unga yetadi. Shuning uchun ham «Muntaho» ya’ni, intihosiga borib yetadigan joy deb ataladi. (Ibn Kasir tafsiri III jild).

18. Me’rojda Rasululloh sallallohu alayhi vassallamga nimalarni xabari berilgan?
a) besh vaqt namoz, Islomni kuchayishi, Jannatga birinchi kirishlari.
b) besh vaqt namoz, Baqara surasining oxirgi oyatlari, ummatlarini mag’firat qilinishi.
c) Baqara surasining oxiri, besh vaqt namoz, Qiyomat kunida shafoatchi bo’lishlari.
Tog’ri javob: b) besh vaqt namoz, Baqara surasining oxirgi oyatlari, ummatlarini mag’firat qilinishi.
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Me’roj kechasida Allohning qudratiga dalolat qiladigan alomatlarni, jumladan, Jannat, Do‘zax, Baytul Ma’murni, o‘tgan payg‘ambarlar, farishtalar, Jabroil farishtaning asliy ko‘rinishlarini va boshqa narsalarni ko‘rdilar. O’sha Me’roj kechasi ummati Muhammadiyaga besh vaqt namoz farz qilindi. Baqara surasining oxirgi ikki oyati va quyidagi12 ta hukm berildi, ya’ni:
1. Allohga shirk keltirmaslik.
2. Ota-onaga itoat qilish.
3. Qarindosh va muhtojlarga yordam berish.
4. Molni behuda sarf qilmaslik.
5. Bolalarni o‘ldirmaslik.
6. Zinoga yaqinlashmaslik.
7. Yetimlarga yaxshi muomalada bo‘lish.
8. Nohaq odam o‘ldirmaslik.
9. Ahdiga vafo qilish.
10. O’lchovda to‘g‘ri, adolatli bo‘lish.
11. Bilmasdan birovlarning ilmi yoki aytganlariga ergashmaslik.
12. Yer yuzida kibr va g‘urur bilan yurmaslik. ("Ahli sunna val-jamoa e'tiqodi")

19. Quyidagilar orasidan kim o’zi musulmon holida 5 vaqt namoz o’qish baxtiga muyassar bo’la olmagan?
a) Abu Tolib ibn Abdulmuttalib
b) Xadicha binti Huvaylid
c) Hamza ibn Abdulmuttalib
To’g’ri javob: Xadicha binti Huvaylid
Izoh: Chunki 5 vaqt namoz Me’roj kechasi farz qilingan. Xadicha (r.a.) esa bu hodisadan ilgari vafot etganlar. (Asharai mubashshara)

20. 50 vaqt namozni 5 vaqt qilib qisqartirilishiga sababchi bo’lgan payg’ambar?
a) Muso (a.s)
b) Ibrohim (a.s)
c) Iso (a.s)
To’g’ri javob: Muso (a.s)
Izoh: Alloh Taolo Me’roj tunida Rasululloh va ummatlariga 50 vaqt namoz farz etdi. Qaytishlarida Muso (a.s): "Ey Muhammad, buni ummating ko’tarolmaydi. Qayt, Robbingdan so’ra, buni yengillatsin”, deb qaytardilar. Bir necha bor qatnash asnosida 5 vaqt namoz qaror topdi. (Tarixi Muhammadiy, Nurul yaqin)


Категория: Islom viktorinasi | Добавил: Taqvo
Просмотров: 913 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |