Суббота, 20.04.2024, 12:05Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islom viktorinasi

1-bosqich. 7-tur: Rasululloh SAVning boshqa qabilalarni Islomga da'vat etishlari. Madinaga hijrat
11.05.2013, 03:59

1-bosqich. 7-tur: Rasululloh SAVning boshqa qabilalarni Islomga da'vat etishlari. Madinaga hijrat
7-tur

Mavzu: Rasululloh SAVning boshqa qabilalarni ham Islomga da'vat etishlari. Madinaga hijratning boshlanishi

1. Mushriklar Rasululloh s.a.v. ga Oyni 2 ga bo'lishni so'rashadi. Bu bilan ular Rasululloh s.a.v. bu ishni qila olmaydilar deb o’ylab, ul zotni sharmanda qilmoqchi bo'ladilar. Shu taklifni kim aytgan edi?
a) Abu Sufyon
b) Abu Lahab
c) Abu Jahl
To’g’ri javob: Abu Jahl
Izoh: Rasululloh sallalohu alayhi vassallamdan achchiq bir mag’lubiyatga uchragan mushriklar buning alamini qanday olish haqida tinimsiz bosh qotirdilar.
O’sha zahoti turli –tuman mulohazalar yog’ila boshladi.
- Shoshmanglar birodarlar. U shunday bir ish bo’lishi kerakki, undan mushkulroq bir ishni topish mumkin bo’lmasin. O’rniga mana bunday qilsak bo’larkan, deyilmasin.
Bu ham to’g’ri fikr edi. Boshlar egildi. Zehinlar butkul shu muammo bilan band bo’ldi. Kimdir daraxtni yurgizsin, suvni teskari tomonga oqizsin dedi. Lekin bu takliflar ma’qul ko’rilmadi. Nihoyat Abu Jahl fikr bildirdi:
- Oyni ikkiga bo’lsin: bir bo’lagi bir tepalikning, ikkinchi bo’lagi boshqa tepalikning, ikkinchi bo’lagi boshqa tepalikning ustida charaqlab tursin, so’ngra yana birlashtirib, asl holiga qaytarsin, - dedi.
Bu gap hammaga ma’qul keldi, yuzlarda tabassum balqidi. Hech kim bundan zo’rroq taklifni kirita olmas edi. (Saodat asri qissalari 2-kitob, 5 bet)

2. Oyni 2 ga bo'lish voqeasida Rasululloh s.a.v qaysi sahobalarni shohidlikka chaqiradilar?
a) Talha ibn Ubaydulloh, Sa'd ibn Abu Vaqqos
b) Abu Bakr as-Siddiq, Usmon ibn Affon
c) Arqam ibn Abdul Arqam, Abu Salama ibn Abul Asad
To’g’ri javob: Arqam ibn Abdul Arqam, Abu Salama ibn Abul Asad
Izoh: Oyning bir parchasi Abu Qubays, ikkinchi parchasi qarshi tomondagi Qayqon tepaliklarining ustiga borib turdi. Shunda Payg’ambar sallalohu alayhi vassallam yonlaridagilarga:
- Shohid bo’linglar, - dedilar. Keyin ikki kishiga alohida xitob qildilar: - Ey Abu Salama ibn Abdul Asad, ey Arqam ibn Abdul Arqam, shohid bo’linglar! (Saodat asri qissalari 2-kitob, 9-bet)

3. Davs qabilasidan bo'lgan bir shoir islomga kiradi va Rasululloh s.a.v dan o'z qabilasini dinga da'vat qilish uchun izn so'rab ketadi. Uning hassasiga Allohning izni ila nur beriladi, bu inson kim edi?
a) Labid
b) Tufayl ibn Amr
c) Zuhayr
To’g’ri javob: Tufayl ibn Amr
Izoh: Davs qabilasining mashxur shoiri Tufayl ibn Amr bir ish bilan Makkaga keldi. Makkada ancha-muncha tanishlari, do’st birodarlari bor edi. Rasululloh sallalohu alayhi vassallam bilan ko’rishdi, dinni qabul qildi, shaxodat kalimasini keltirib, musulmon bo’ldi. Qavmiga ham Islomni tushuntirish niyatini aytdi va Janobimizdan duo qilishlarini va qavmini ishontirishga qodir bir oyat-alomat berishini so’radi. Rasululloh sallalohu alayhi vassallam:
- Allohim, unga dalil bo’lajak bir oyat –alomat ber, - deb duo qildilar.
Tufayl manzilga yaqinlashib kelganida, birdan seskanib ketti. Oldi birdan yaraqlab ketti. Avvaliga yuz bergan hodisani tushuna olmadi, so’ngra bu narsa peshonasidan yarqib turgan bir nur ekanini payqadi. Yog’du qo’lidagi hassaga tushdi. Oldini bemalol ko’rib turar, hassasini qaysi tomonga o’girsa, o’sha tomon yorishib ketar edi. (Saodat asri qissalari - 2, 35-bet)

4. Madinalik ilk musulmonlar necha kishidan iborat edi?
a) 6
b) 8
c) 10
To’g’ri javob: 6
Izoh: Makkalik ilk musulmonlar 8 kishi bo’lgan bo’lsa, Madinalik ilk musulmonlar 6 kishi edilar. Ular: Asa’d ibn Zurora, Rofi’ ibn Molik, Avf ibn Horis, Qutba ibn Omir , Uqba ibn Omir, Jobir ibn Abdulloh. (Payg’ambarimiz va Asharai mubashshara)

5. Ilk Aqoba uchrashuvida madinalik 6 kishini islomni qabul qilishlariga nima turtki bo’ldi?
a) Ular Rasululloh haqida so’rab-surishtirib imonga keldilar
b) Yahudiy qo’shnilaridan payg’ambar kelishi haqida ko’p eshitar edilar. Ulardan avval iymon keltiraylik, deyishgan edi.
c) Boshliqlari As’adning ta’siri ostida imonga keldilar
To’g’ri javob: Yahudiy qo’shnilaridan payg’ambar kelishi haqida ko’p eshitar edilar
Izoh: Madinada istiqomat qiladigan arab qabilalari va yahudiy qabilalari o’rtasida azaldan kelishmovchilik bor edi. Qachon o’rtalarida bir bahs-munozara chiqsa, yahudiylar: "Yaqinda bir payg’ambar keladi, biz unga ergashib quvvatlanamiz. O’shanda sizlardan boplab o’ch olamiz!” deyishardi. (Payg’ambarimiz va Asharai mubashshara)

6. Birinchi Aqoba bay’atida necha kishi qatnashdi?
a) 12
b) 6
c) 10
To’g’ri javob: 12
Izoh: Ikkinchi Aqoba muloqotida Rasululloh (s.a.v.) bilan 12 kishi uchrashdi. Bu uchrashuvda qo’llarini berib bay’at (qasamyod) ham qildilar. Shu sababdan, Ikkinchi Aqoba muloqotiga "Birinchi Aqoba Bay’ati” deyiladi. (Payg’ambarimiz va Asharai mubashshara)

7. Janobimiz Rasululloh sallallohu alayhi vassallam yasribliklarga Qur’oni karimni o’rgatishdek hayrli vazifani qaysi sahobiyga topshirganlar?
a) Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.)
b) Zayd ibn Xorisa (r.a)
c) Mus’ab ibn Umayr (r.a.)
To’g’ri javob: Mus’ab ibn Umayr (r.a.)
Izoh: Aqoba baya’tidan kyin, ko’ngillari poklangan yasriblik musulmonlar vatanlariga qaytar ekan:
- Yo, Rasululloh, biz bilan birga biro dam jo’nating, qavmimizga Qur’onni o’rgatsin, - dedilar.
Fahri Koinot (sallalohu alayhi vassallam) janoblarining muborak chehralarida mamnunlik izlari ko’rindi. Mus’ab ibn Umayr ushbu vazifaga eng munosib inson edi. Chaqirtirildi, Yasribda Qur’on o’rgatish vazifasiga loyiq topilgani bildirildi. Mus’ab bu vazifani g’oyat mamnunlik bilan qarshiladi. (Saodat asri qissalari, 2-kitob, 119 bet)

8. Madinaliklardan birinchi bo’lib musulmon bo’lgan kishi kim?
a) Jobr ibn Abdulloh
b) As’ad ibn Zurora
c) Avf ibn Xoris
To’g’ri javob: As’ad ibn Zurora
Izoh: G’orda o’tgan vaqtning 3-kuni ovqatni Asmo olib keldi. Ammo ovqat solingan xalta bilan meshning og’zini nima bilan bog’lashni bilmay bir oz boshi qotdi. So’ngra hech ikkilanmay belbog’ini yirtib, ikkalasining ham og’zini mahkam bog’ladi. Rasululloh sallalohu alayhi vassallam uni kulimsirab kuzatib turar edilar.
- Unga jannatda ikki belbog’ ehson qilinajak,- deb marhamat qildilar. Shu kundan boshlab Asmo "Zotun niqotayn”, yani "Ikki belbog’li xonim” deb ataladigan bo’ldi. (Saodat asri qissalari).

9. Ikkinchi Aqoba bay’atida Rasululloh SAVga birinchi bo’lib bay’at qilgan sahoba kim?
a) Sa’d ibn Uboda
b) Baro ibn Ma’rur
c) Usayd ibn Huzayr
To’g’ri javob: Baro ibn Ma’rur
Izoh: Rasululloh ollallohu alayhi vasallam ularga Qur’on tilovat qildilar, Allohga da’vat, Islomga targ‘ib qildilar va:
«Ayollaringiz va bolalaringizni nimadan himoya qiladigan bo‘lsangiz meni ham o‘shanda himoya qilishingiz sharti ila sizlarning bay’atingizni qabul qilaman», dedilar.
Baro ibn Ma’rur Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning qo‘llarini olib birinchi bo‘lib bay’at qildi. Keyin hamma birma-bir bay’at qilib chiqdi. (Hadis va Hayot: "Olamlarga rahmat Payg’ambar”)

10. Qaysi javobda madinalik ilk musulmonlar ro’yxati to’liq keltirilgan?
a) As’ad ibn Zurora, Avf ibn Horis, Rofi’ ibn Molik, Qutba ibn Omir, Uqba ibn Omir, Jobir ibn Abdulloh
b) As’ad ibn Zurora, Avf ibn Horis, Muoz ibn Horis, Rofi’ ibn Molik, Zakvon ibn Qays, Uboda ibn Somit
c) Abul Haysam ibn Tayyixon, As’ad ibn Zurora, Usayd ibn Xuzayr, Baro ibn Ma’rur, Rofi’ ibn Molik, Sa’d ibn Abi Haysama
To’g’ri javob: As’ad ibn Zurora, Avf ibn Horis, Rofi’ ibn Molik, Qutba ibn Omir, Uqba ibn Omir, Jobir ibn Abdulloh
Izoh: Islom tarixida eng ulug‘ o‘rin tutgan, birinchi navbatda iymon keltirguvchi madinalik sahobalar quyida nomlari yozilmish zotlar edi:
1. As’ad ibn Zurora
2. Avf ibn Horis
3. Rofi’ ibn Molik
4. Qutba ibn Omir
5. Uqba ibn Omir
6. Jobir ibn Abdulloh ("Tarixi Muhammadiy”)

11. Yasribga birinchi bo’lib hijrat qilib kelgan sahobiy kim?
a) Abu Salama ibn Abdulasad (r.a.)
b) Omir ibn Robiy’a (r.a.)
c) Usmon ibn Affon (r.a.)
To’g’ri javob: Abu Salama ibn Abdulasad (r.a.)
Izoh: Mushriklarning shiddatli tayziqi ostida qolganmusulmonlar Payg’ambar sallalohu alayhi vassallamdan hijratga izn so’ray boshladilar. Chunki ular Yasribda o’z dindoshlari ularga yordam berishlarini bilardilar. Ana shu paytda Rasululloh sallalohu alayhi vassallam:
"Menga hijrat diyoringiz haqida xabar berildi. U Yasribdir. Kim chiqmoqchi bo’lsa, o’sha yoqq chiqsin”, dedilar. Ba’zi musulmonlar mahfiy ravishda hijratga tayyorlana boshladilar.
Yasribga birinchi bo’lib hijrat qilib kelgan musulmon Abu Salama ibn Abulasad bo’ldi. (Hayot va hadis "Nubuvvat va risolat” 202 bet.)

12. Madinaga eng oxiri hijrat qilgan kim edi?
a) Umar (r.a.)
b) Hamza (r.a.)
c) Abbos (r.a.)
To’g’ri javob: Abbos (r/a)
Izoh: Madinaga eng so’ngi hijrat qilgan Rasuli Akramning amakilari Abbos ibn Abdulmuttolib bo’ldi. (Payg’ambarimiz va Asharai mubashshara)

13. Yasribga birinchi bo’lib hijrat qilgan muhojir ayol kim?
a) Ummu Salama
b) Laylo binti Abu Hashama
c) Asmo binti Abu Bakr
To’g’ri javob: Laylo binti Abu Hashama
Izoh: Yasribga birinchi bo‘lib hijrat qilib kelgan musulmon Abu Salama ibn Abdulasad bo‘ldi. Undan keyin Omir ibn Robiy’a o‘z ayoli bilan keldi. Uning xotini Laylo binti Abi Hashama birinchi ayol muhojir bo‘ldi. So‘ngra boshqa sahobalar ham birin-ketin o‘ta maxfiy ravishda Makkani tark etib Yasribga hijrat qila boshladilar. (Hadis va Hayot: "Olamlarga rahmat Payg’ambar”)

14. Madinaga hijratiga qarshiliklari sabab, barcha boyligini mushriklarga topshirgan va Rasululloh SAV tomonidan «Saydoing foyda keltirdi, ey …» degan ta’rifga sazovor bo’lgan sahoba kim?
a) Usmon ibn Affon
b) Abdurahmon ibn Avf
c) Suhayb Rumiy
To’g’ri javob: Suhayb Rumiy
Izoh: Imom Faxriddin Roziy rivoyat qiladilarki, Suhayb ar-Rumiy Madinai Munavvaraga hijrat qilib jo‘naganida, Quraysh mushriklaridan bir guruhi u kishini qaytarmoqchi bo‘lib ortidan boribdi. Shunda u kishi ulovidan tushib, o‘qdonidagi o‘qlarni tizib qo‘yib, kamonni qo‘llariga olibdi-da:
«Ey, quraysh ahli, mening ichingizda eng merganlardan biri ekanimni yaxshi bilasizlar-a?! Allohga qasamki, o‘qdondagi o‘q tugamaguncha, bittangiz ham menga yaqinlasha olmaysiz! So‘ngra qilichim bilan, qo‘limda qanchasi qolsa, shunchasi bilan chopaman. Keyin nimani istasangiz, qilaverasiz!» dedi. Ular:
«Sen bizning yurtimizga kelganingda hech narsang yo‘q gado eding, hozir esa ko‘plab mol-dunyoga ega bo‘lding», dedilar.
«Molimning qaerdaligini aytib bersam, o‘z yo‘limda ketaveramanmi?» dedi Suhayb. Ular, ha, degan edilar, u moli Makkaning qaerida ekanini aytib berdi.
Bu xabar Payg‘ambar alayhissalomga yetganda:
«Savdo foyda keltirdi, Ey, Suhayb! Savdo foyda keltirdi, Ey, Suhayb!» dedilar. (Hadis va Hayot: "Olamlarga rahmat Payg’ambar”)

15. Hamma mushriklardan qo’rqib, yashirin ravishda hijrat qildi. Faqat birgina sahobiy hijrat oldidan bemalol Baytullohni tavof qildi, maqomi Ibrohimda ikki rakat namoz o’qib, mushriklarga hijrat qilmoqchiligini ochiq aytdi. Bu sahobiy kim edi?
a) Ali ibn Abu Tolib (r.a.)
b) Umar ibn Hattob (r.a.)
c) Xamza ibn Abdulmuttolib (r.a.)
To’g’ri javob: Umar ibn Hattob (r.a.)
Izoh: Faqat bir kishi, Umar ibn Xattob roziyallohu anhugina oshkora hijrat qildi. U kishi hijrat qilishga qaror qilganidan so‘ng kiyimlarini kiyib, qurollarini taqib bemalol Baytullohni tavof qildi. Maqomi Ibrohimda ikki rak’at namoz o‘qidi. So‘ngra:
«Kim onasini azador, xotinini tul, bolasini yetim qoldirmoqchi bo‘lsa menga manavi vodiyning ortida uchrashsin. Men hijrat qilmoqchiman!» dedi. Hech kim churq eta olmadi. (Hadis va Hayot: "Olamlarga rahmat Payg’ambar”)

16. Umar (r.a.) bilan Yasribga hijratb qilganidan so’ng, Abu Jahlni aldovlariga ishonib, Makkaga qaytgan va asir olingan sahobiy kim?
a) Omir ibn Robiya
b) Xishom ibn Os
c) Ayyosh ibn Robia
To’g’ri javob: Ayyosh ibn Robia
Izoh: Ayyosh bilan Umar (r.a.) Tanodubada uchrashdilar. Darxol yo’lga chiqishdi, Yasribgacha biron kor hol yuz bermadi. Shaxarning Avoli degan joyida Umayya ibn Zayd o’g’illarinikida mehmon bo’ldilar.
Ko’p o’tmasdan Abu Jahl ukasi Horis bilan birga Yasribga keldi, Ayyosh ibn Robiani topdi. Unga onasini ahvoli og’irligini, Makkaga bormagunga qadar onasi sochini taramaslikka, hatto soyaga o’tmaslikka qasam ichganini aytdi. Ayyosh bu so’zlarga ishondi. Va abu Jahl bilan Makkaga qaytishga qaror qildi.
Makkaga yaqinlashdilar. Abu Jahl va ukasi Ayyoshning ustiga yopirildilar. Ayyosh ikki kishiga bas keladigan darajada baquvvat emasdi. Ikki daqiqa o’tib – o’tmay, oyoq-qo’li boyloqlik holda tuyaga yuklanadi. Makkaga shu tarzda kirib borishdi.Dastlab Ayyoshga jazo sifatida 100 qamchi urildi. Keyin qamab qo’yildi. (Saodat asri qissalari 139-141 betlar)

17. Dorun-nadvada Rasululloh (s.a.v.) masalasini hal qilish uchun to’plangan majlisga Iblis qanday suratda keldi?
a) Majlisda Iblis ishtirok etmadi
b) Najdlik qariya suratida
c) Najdlik o’rta yoshli, baland bo’yli kishi suratida
To’g’ri javob: Najdlik qariya suratida
Izoh: Quraysh mushriklari Rasululloh (s.a.v.) da’vatlariga nuqta qo’yish uchun dorun-navada to’plandilar. Bu majlisda Iblis Najdlik qariya suratida qatnashdi. (Al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)

18. Rasululloh (s.a.v.) masalasida o’tkazilgan Dorun-nadva kengashi quyidagi qaysi oyatda o’z ifodasini topgan?
a) Anfol surasining 30-oyati
b) A’rof surasining 99-oyati
c) Naml surasining 50-oyati
To’g’ri javob: Anfol surasining 30-oyati
Izoh: Rasululloh (s.a.v.) masalasida o’tkazilgan Dorun-nadva kengashida turli takliflar o’rtaga tashlandi: Makkadan surgun qilish, bir joyga qamab qo’yib, o’lguncha ushlab turish va hkz. Ushbu oyatda ularning turli takliflari bayon etilgan. (Al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)

19. Mash’um rejani amalgam oshirish tunida Rasululloh (s.a.v.) to’shaklarida kim yotgan edi?
a) Zayd nbn Horisa
b) Ali ibn Abi Toilib
c) Abu Bakr
To’g’ri javob: Ali ibn Abi Tolib
Izoh: Mash’um reja Rasululloh (s.a.v.)ga ilohiy vahiy orqali bildirildi. Rasululloh (s.a.v.) Alini chaqirtirib orinlariga kirib yotishini, keyin u ham yo’lga chiqishini tayinladilar. (Payg’ambarimiz va Asharai mubashshara)

20. Rasululloh tunda uy atroflarini o’rab olgan, biroq g’aflatda qolganlar orasidan o’ta turib Yasin surasini nechanchi oyatini tilovat qildilar?
a) 7-oyat
b) 8-oyat
c) 9-oyat
To’g’ri javob: 9-oyat
Izoh: Ushbu oyatda ularning oldidan ham orqasidan ham to’siq qilingani ular ko’rmay qolganlari bayoni kelgan. (Al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)


Категория: Islom viktorinasi | Добавил: Taqvo
Просмотров: 1319 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |