1-bosqich. 8-tur: Rasululloh SAVning Madinaga hijratlari - Islom viktorinasi - Viktorina - Каталог файлов - Taqvo. Radyo
Четверг, 08.12.2016, 07:01Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 187

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islom viktorinasi

1-bosqich. 8-tur: Rasululloh SAVning Madinaga hijratlari
11.05.2013, 03:58

1-bosqich. 8-tur: Rasululloh SAVning Madinaga hijratlari
8-tur

Mavzu: Rasululloh SAVning Madinaga hijratlari

1. Rasululloh (s.a.v.) nima sababan boshqa musulmonlar qatori avvalgilardan bo’lib Madinaga hijrat qilmadilar?
a) Hamma musulmonlar hijrat qilganini ko’rib, hotirjam bo’lib keyin hijrat qildilar
b) Allohdan izn kutdilar
c) Mushriklar Rasululloh (s.a.v.)ni Makkada kuch bilan tazyiq ostida ushlab turdilar
To’g’ri javob: Allohdan izn kutdilar.
Izoh: Rasululloh (s.a.v) boshqa musulmonlar qatori avvalgilardan bo’lib Makkadan Madinaga hijrat qilmaganlarining sababi, u zotga Alloh tamonidan hali hijrat uchun izn berilmagani edi. Abu Bakr ham Rasululloh (s.a.v.) dan Madina hijrati uchun izn so’raganlarida, Rasululloh (s.a.v.) unga: Sabr qil, balki Alloh senga bir hamroh berib qolar, deya Abu Bakrning safarini orqaga surgandilar. (Al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)

2. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam va Abu Bakrni Yasribga kuzatishayotganda, o’z belbog’ini yirtib, meshning og’zini bog’lagan va "Zotun nitoqayn”, yani, "Ikki belbog’li xonim” nomini olgan ayol kim?
a) Oysha (r.a.)
b) Asmo (r.a.)
c) Fotima (r.a.)
To’g’ri javob: Asmo (r.a.)
Izoh: Asmo binti Abi Bakr Rasululloh (s.a.v.) va Abu Bakrga ovqat hozirlab, ovqat solingan xalta va meshning og’zini ikki belbog’ini yirtib bog’ladi. Rasululloh (s.a.v.) unga jannatda ikki belbog’ ato etilishini xushxabarini berdilar. (Al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)

3. Rasululloh (s.a.v.) va Abu Bakr (r.a.) uchun mushriklardan "pana” bo’lgan g’or qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) Hiro g’ori
b) Nur g’ori
c) Savr g’ori
To’g’ri javob: Savr g’ori.
Izoh: Rasululloh (s.a.v) va hamrohlari Abu Bakr bilan Savr g’ori tomon ketdilar. Ba’zi manbalarda Savr tog’idagi g’orga yashirindilar, deyiladi. (Payg’ambarimiz va Asharai mubashshara, al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)

4. Hazrat Rasululloh SAV hijrat uchun ulovni kimdan sotib oldilar?
a) Abu Bakr siddiqdan
b) Umar ibn Hattobdan
c) Usmon ibn Affondan
To’g’ri javob: Abu Bakr siddiqdan.
Izoh: … «Menga chiqish uchun izn berildi», dedilar.
«Hamrohlikmi? Otam sizga fido bo‘lsin. Ey, allohning Rasuli», dedi Abu Bakr.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ha», dedilar. Abu Bakr:
«Ey, Allohning Rasuli, anavi ikki ulovimdan birini oling», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«O’z bahosiga», dedilar… (Hazrati Oyishadan rivoyat,"Sahihi Buxoriy”)

5. Mazkur hijratda payg’ambarimiz (s.a.v) mingan tuyalarining ismi nima edi?
a) Azboa
b) Jad’o
c) Qasva
To’g’ri javob: Qasva
Izoh: Payg’ambarimiz hijrat safariga chiqish oldidan sotib olgan Qasva ismli tuyalariga mingan edilar. Orqa o’rkachiga Hazrati Abu Bakni mingashtirib oldilar. ("Saodat asri qissalari”)

6. Hazrat Rasululloh SAV va Abu Bakr siddiq g’orda qancha muddat qoldilar?
a) 1 kecha
b) 2 kun
c) 3 kun
To’g’ri javob: 3 kun
Izoh: …Ulovlarini unga berib, uch kechadan so‘ng g‘or og‘zida uchrashishga kelishishdi. U uchinchi kechaning tongida ulovlarni olib ikkovlari oldilariga keldi. Ikkovlari bilan Omir ibn Fuhayra ham yurib ketdi. Yo‘l boshlovchi pastqam yo‘llarni tanladi». (Oyisha r.a.dan rivoyat, al-Buxoriy)

7. G’orda Rasululloh (s.a.v.) va Abu Bakr ahvolidan xabar olib turgan hamda vaziyatni bildirib turgan kim edi?
a) Abdulloh ibn Abi Bakr
b) Asmo binti Abu Bakr
c) Abdulloh ibn Urayqit
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Abu Bakr
Izoh: Buxoriy rivoyat qilgan hadisda, yoshgina yigit Abu Bakrning o’g’li Abdulloh tunda ular bilan g’orda qolib, sahar paytida yo’lga chiqib, xuddi Quraysh bilan tong ottirgan kabi bo’lardi. Eshitgan barcha xabarlarni oqshom tushgach kelib xabar qilardi. (Payg’ambarimiz va Asharai mubashshara, al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)

8. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam va abu Bakr (r.a.) ni Yasribga hijrat qilishlarida kim yo’lboshchilik qilgan?
a) Abdulloh ibn Urayqit
b) Oss ibn Voil as-Sahmiy
c) Suroqa ibn Molik
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Urayqit
Izoh: Abu Bakrning 4 oydan beri boqayotgan ikki tuyasi pulga yollangan Abulloh ibn Urayqit ismli bir g’ayrimusulmon yo’l ko’rsatuvchiga topshirilgan edi. Abdulloh ibn Urayqit tuyalarni g’orga olib keldi. (Payg’ambarimiz va Asharai mubashshara)

9. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga hijratga ruxsat berilganida mushriklar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni topganga 100 tuya va'da qilishadi. Kim shu ishni bo'yniga oladi, va Allohning mo'jizasi ila islomga kiradi?
a) Valid ibn Mug'iyra
b) Suroqa ibn Molik
c) Os ibn Voil
To’g’ri javob: Suroqa ibn Molik
Izoh: Suroqa otga minib, qochoqlarning izidan tushdi. Ularga yaqinlashganda oti munkib yiqildi. O’rnidan turib yana otiga mindi, ovoz bemalol eshitilgudek joygacha yaqinlashib keldi. Rasululloh parvo qilmay xotirjam ketaverdilar. Abu Bakr esa tez-tez orqasiga burilib qarardi. To‘satdan Suroqaning oti tizzasigacha qumga botib qoldi. U otini qamchilab joyidan jildirishga urindi. Joni azobda qolgan jonivorning oyoqlari qumdan chiqar-chiqmas, chang-to‘zon ko‘tarilib, ko‘zlari hech narsani ko‘rmay qoldi. Shum niyati g‘alati yo‘sinda barbod bo‘lganidan qattiq vahimaga tushgan Suroqa yordam so‘rab payg‘ambar alayhis-salomni chaqirdi. Rasululloh hamrohlari bilan Suroqa yetib kelguncha kutib turdilar. U mushriklarning yovuz niyatlarini, rasulullohni tutish uchun hamma choralarni ishga solishayotganini, hatto pul sarflashayotganini aytib berdi va yonidagi bor oziq-ovqat bilan yo‘lga kerakli narsalarni ularga taklif etdi. "Bizga narsalaring kerak emas, faqat quvlab kelayotganlarga ko‘rmadim desang bas", deyishdi ular. Suroqa omonlik xati so‘ragan edi, rasululloh Abu Bakrga yozib berishni buyurdilar. ("Nurul-yaqin”)

10. Madina hijratida Payg.ambar s.a.v va u kishining yo’lboshchilari yo’lda bir cho’pon arabning uyida to’xtab o’tadilar. Oriq, nimjon, qo’chqor ko’rmagan sovliq qo’ydan sut sog’ib mo’jiza ko’rsatadilar. Bu arab kim edi?
a) Omir ibn Fuhayra
b) Ummu Ma’bad
c) Bani Dah ibn Hasib
To’g’ri javob: Ummu Ma’bad
Izoh: Yo‘l uzasida o‘tirgan, Ummu Ma’bad nomlik, arablar ichida mashhur bir xotun bor edi. Shuning uyiga kechga tomon kelib tushdilar. Shu yillari ocharchilik bo‘lganlikdin, mollari oriq, sog‘inlari yo‘q edi. Payg‘ambarimiz u xotundin ichgani sut so‘radilar. Ochligidin yurolmay, oriqligidin o‘tloqqa chiqolmay qolgan bir sog‘liq qo‘y shu yerda yotgan edi, Payg‘ambarimizning ko‘zlari shu qo‘yga tushdi. Anda Rasululloh turib, qo‘y oldiga keldilar, «bismilloh» deb, qo‘yning orqa-oldini silab edilar, qo‘y irg‘ib turib, boshqacha bir holga kirdi. Burishib, yopishib yotgan yelin-emchaklarini qutluq qo‘llari bilan ushlab turib, «Ey bor Xudoyo, bu qo‘yimizga barakot bergil», deb duo qilib edilar, shu onda u qo‘y semirib, yelini chotiga sig‘may chotrab chiqdi. Bir katta chora (idish) kelturib, o‘zlari sog‘dilar. Hiyol o‘tmay, bu cho‘ng chora liq to‘lib, o‘n-o‘n besh kishi ichsa ham qondirgudek bo‘ldi. Boshlab uy egasi Ummu Ma’badga ichirdilar va katta-kichik uning kishilari, undin so‘ngra Hazrati Abu Bakr boshliq o‘z yo‘ldoshlariga ichirib, barilarini qondirib, sutga to‘ydirdilar. Eng keyin o‘zlari ichib, «soqil qavmi oxiruxum shurban», ya’ni, «quyguvchi kishi eng oxirida ichishi kerak», deb ummatlariga adab o‘rgatdilar. (Tarixi Muhammadiy)

11. Madina yaqinida Payg’ambar s.a.v.ni asir olgani chiqib, u kishini ko’rishlari bilan niyatlari o’zgarib iymon keltirgan qabila qaysi javobda ko’rsatilgan?
a) Davs
b) Amr
c) Aslam
To’g’ri javob: Aslam
Izoh: Madina tarafiga yaqinroq yerda «Aslam» qabilasiga qarashlik bir manzilga keldilar. Shu qabilaning raislaridan Bani Dah ibn Hasib degan kishi o‘lja olish umidi bilan, yorog‘lik sakson odam olib, yo‘l to‘sib chiqqan edi. Bir jilg‘a og‘zidin Payg‘ambarimizning qarshilariga saf bog‘lab chiqib keldilar. Lekin uning Rasulullohga ko‘zi tushgan hamon ahvoli o‘zgardi, yomon niyatidin ko‘ngli qaytdi… (Tarixi Muhammadiy)

12. Ansorlar Rasululloh (s.a.v.)ni kelishlarini qayerga chiqib kutishar edi?
a) Harra tepaligidan
b) Omiym tevaragidan
c) Rauna vodiysidan
To’g’ri javob: Harra
Izoh: Madina musulmonlari esa payg’ambarimizning hijrat harakatlaridin xabardor edilar. Kelar kunlarini mo’l, har kuni yo’l to’sishib, Harra degan toshloqqa chiqishar edi. Kun qiziganchalik shu yerda kutishib o’tirib, so’ngra qaytishur edilar. Uch kungacha har kuni istiqbol marosimini o’tkazdilar. ("Tarihi Muhammadiy”)

13. Nubuvvatdan keyin asos solingan ilk masjid?
a) Madinadagi "Masjidi nabiy”
b) Qubo masjidi
c) "Qiblatayn” masjidi
To’g’ri javob: Qubo masjidi
Izoh: Rasululloh (s.a.v.)ning ilk qurirgan masjidlari "Qubo masjidi” edi. Ikkinchisi esa, Madinadagi "Masjidi Nabiy” bo’ldi. (Hazrati Payg’ambarimiz va islom dini)

14. Nima uchun Rasululloh s.a.v "Masjidi Nabaviy" ni qurishda yer egalari rozi bo'lsalar ham uni pulga sotib oldilar?
a) Katta bir oilaga tegishli yer bo'lgani uchun
b) Beva ayolning yeri bo'lgani uchun
c) Yetimlarga qarashli yer bo'lgani uchun
To’g’ri javob: Yetimlarga qarashli yer bo'lgani uchun
Izoh: Payg‘ambar alayhis-salom bani Najjor mahallasidagi tuyasi cho‘kkan joyga masjid solishni ixtiyor etdilar. Bu yer As’ad ibn Zurora tarbiyasidagi ikki yetim bolaning xurmo xirmoni edi. Rasululloh ularni chaqirib, xirmon o‘rnini va uning atrofidagi xurmozorlarni sotishni iltimos qilganlarida bolalar masjid uchun bu yerni tekinga berajaklarini aytishdi, biroq sarvari olam haqini to‘lab, yerni sotib oldilar. ("Nurul-yaqin”)

15. Qubo masjidi Qur’oni karimda qanday ta’riflangan?
a) Tavba masjidi
b) Taqvo masjidi
c) Payg’ambar masjidi
To’g’ri javob: Taqvo masjidi
Izoh: Birinchi kundan taqvo asosiga qurilgan masjid borki, siz o‘shanda turishingiz loyiqroq. Unda poklikni sevadigan kishilar bordir. Alloh esa o‘zlarini mudom pok tutguvchi zotlarni sevar. ("Tavba” surasi, 108-oyat)

16. Ilk jum’a xitobi va ilk jum’a namozi qayerda o’qilgan?
a) Masjidun-nabaviyda
b) Rauna vodiysida
c) Qubo masjidida
To’g’ri javob: Rauna vodiysida
Izoh: Salim ibn Avf oilasi maskan tutgan Rauna degan joyga yetib kelganlarida vaqt qoq tush edi. Hamma peshin namozini o’qishga tayyorgarlik ko’ra boshladi… Dastlab sunnat namozi o’qildi. Payg’ambarimiz oyoqqa qalqdilar. Diqqat bilan tikilib turgan sahobalariga qarata ilk jum’a xitobini qildilar. ("Saodat asri qissalari”)

17. "Yasrib” so’zining ma’nosi nima?
a) Xurmolar vodiysi
b) Yashil shahar
c) Yomonlik
To’g’ri javob: Yomonlik
Izoh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hijrat qilib kelgunlaricha Madina shahri Yasrib deb atalar edi. Yasrib arabchada yomonlik ma’nosini anglatadi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shaharning nomini «Madina» deb atadilar. (Hadis va hayot: "Olamlarga rahmat Payg’ambar”)

18. Madinaga kirib kelgach Rasululloh (s.a.v.)ning tuyalari qayerda cho’kdi?
a) Madinadagi hozirgi masjidlari o’rnida
b) Abu Ayyub al-Ansoriyning uyida
c) Xolid ibn Zaydning uyida
To’g’ri javob: Madinadagi hozirgi masjidlari o’rnida
Izoh: Madinaga kirib kelgan Rasululloh (s.a.v.) ni ansorlar o’z uylariga taklif qilardilar. Rasululloh (s.a.v.) tuyaning cho’kishi ilohiy dargoh ixtiyorida ekanini aytdilar. Tuya tog’avachchalari Banu Najjor mahallasi, hozirgi Madinadagi masjidlari o’rnida cho’kdi. (Al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor, Saodat asri qissalari)

19. Quboning ilk kunlarida Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga "haqiqiy payg’ambarmi yoki yo’qmi” masalasini aniqlash uchun kelgan sahoba kim?
a) Salmon al-Forsiy
b) Abdulloh ibn Salom
c) Ka’b ibn Molik
To’g’ri javob: Salmon al-Forsiy
Izoh: Quboning ilk kunlarida Salmon al-Forsiy Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib, chin payg’ambarliklarini aniqlash uchun xurmo keltirib, uni sadaqa ekanligini aytadi. Rasululloh (s.a.v.) "men sadaqa" emayman deb rad etadilar. (Al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)

20. Hijratdan keyin Quboda dunyoga kelgan ilk musulmon chaqaloq?
a) Hasan ibn Ali
b) Abdulloh ibn Zubayr
c) Abdulloh ibn Umar
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Zubayr
Izoh: Hijratdan keyin dunyoga kelgan ilk chaqaloq Abdulloh ibn Zubayr ibn Avvom. Bunday farzandning sharafli onasi Asmo binti Abi Bakr. Sahihi Buxoriyda yangi tug’ilgan chaqaloq Rasululloh (s.a.v.)ga keltirikganda uning og’ziga xurmo chaynab solib, duo qilganlari ma’nosidagi hadis mavjud. (Al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)

Категория: Islom viktorinasi | Добавил: Taqvo
Просмотров: 595 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2016 |