Пятница, 29.03.2024, 09:11Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islom viktorinasi

2-bosqich. 1-tur: Madina davri: Urushishning shar'iylashishi. Badr g'azoti
11.05.2013, 03:55

2-bosqich. 1-tur: Madina davri: Urushishning shar'iylashishi. Badr g'azoti
II BOSQICH
1-tur: Madina davri: Urushishning shar'iylashishi. Badr g'azoti
Javoblar va izohlar

1. Alloh taolo Ramazon ro’zasini qaysi yili farz qilgan?
a) hijratning 1-yili.
b) hijratning 2-yili.
c) hijratning 3-yili.
To’g’ri javob: hijratning 2-yili.
Izoh: Ikkinchi hijriy sanada Alloh taolo musulmonlarga Ramazon oyi ro‘zasini tutishni farz qildi. ("Hadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar”).

2. Sariyya nima?
a) Alloh uchun, Payg’ambar SAV bilan birga g’azotga otlanish.
b) Tijoriy maqsadda o’z mulkini himoya qilish uchun qurolli tarzda safarga chiqish.
c) Payg’ambar SAV shaxsan o’zlari ishtirok etmagan jangchi guruhning yurishi.
To’g’ri javob: Payg’ambar SAV shaxsan o’zlari ishtirok etmagan jangchi guruhning yurishi.
Izoh: Urush qilishga izn bo‘lganidan foydalanib Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam dushmanlarga musulmonlar kuchini ko‘rsatish maqsadida atroflarga jangchi guruhlarni yubora boshladilar. Jang ma’nosida biror gap bo‘lmasa ham Islom jamiyatining kuchi paydo bo‘lganini boshqalarga bildirish ma’nosida shundoq qilindi. Shu bilan birga bundoq yurishlar musulmon jangchilar uchun mashq vazifasini o‘tar, Makkadan kelgan muhojir jangchilar uchun yangi yerlar bilan tanishish va ansoriylar bilan birgalikda o‘zaro tushungan holda harakat qilishni o‘rganish mashqlari ham edi. Ana shundoq jangchi guruhlarni yuborishni «sariyya» deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘zlari shaxsan ishtirok etmagan jangchi guruhning yurishiga «sariyya» deyiladi. ("Hadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar”).

3. Rasululloh SAV nechta g’azotda ishtirok erganlar?
a) 15 ta
b) 19 ta
c) 24 ta
To’g’ri javob: 19 ta
Izoh: Imom Buxoriy rivoyat qiladilarki, Abu Ishoq bunday debdurlar: «Men Zayd ibn Arqamning yonlarida erdim. Ul kishidan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam necha gazotda ishtirok qilganlar?»—deb so‘rashdi. Zayd: «19 ta»,— dedilar. Zayddan yana so‘rashdi: «Siz Rasululloh birlan necha gazotda birga bo‘lgansiz?». Ul kishi: «17 tasida»—deb javob qildilar». ("Al-jome’ as-sahih”, Buxoriy).

4. Ilk g’azot qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) Badr
b) Abvo
c) Buvot
To’g’ri javob: Abvo.
Izoh: Abvo ilk g’azot hisoblanib, unda Rasululloh (s.a.v.) 70 da muhojir ishtirokida Quraysh karvoniga yo’liqish maqsadida chiqqanlar. Biroq to’qnashuv sodir bo’lmagan. (Al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor).

5. Badr g’azoti qaysi oyda bo’lib o’tgan?
a) Rajab.
b) Sha’bon.
c) Ramazon.
To’g’ri javob: Ramazon.
Izoh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Madinai Munavvaraga hijratlarining ikkinchi yili, aniqrog‘i, hijratdan o‘n to‘qqiz oy o‘tib, Ramazon oyida katta Badr urushi bo‘ldi. ("Hadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar”).

6. Musulmonlar bilan mushriklar o’rtasida bo’lgan eng ulug’ g’azot Badr g’azotida musulmonlardan necha kishi ishtirok etgan? Va ularning qanchasi ansoriy,qanchasi muhojir bo’lgan?
a) 500 ta, 300 ta ansoriy va 200 ta muhojir.
b) 313 ta, 240 ta ansoriy va 73 ta muhojir.
c) 220 ta, 180 ta ansoriy va 40 ta muhojir.
To’g’ri javob: 313 ta, 240 ta ansoriy va 73 ta muhojir.
Izoh: Ramazon oyining uchinchi kuni uch yuz o‘n uch kishi quraysh mushriklari yetkazgan ozoru kulfatlar uchun o‘ch olgani yurish qildi. Ularning ikki yuz qirqdan ko‘prog‘i ansorlardan, qolgani muhojirlar bo‘lib, ixtiyorlaridagi ikkita ot bilan yetmish tuyani galma-galdan minishardi. ("Tarixi Muhammadiy”, "Nurul yaqiyn”)

7. Alloh taolo Badr urushi bo’lib o’tgan kunni qanday nomlagan?
a) Furqon kuni.
b) Intiqom kuni.
c) Imtihon kuni.
To’g’ri javob: Furqon kuni.
Izoh: Nafaqat Islom tarixida, balki butun insoniyat tarixida Badr urushining ahamiyati nihoyatda kattadir. Bu urush bo‘lib o‘tgan kunni Alloh taolo «Furqon kuni»-haq bilan botilni farq qiladigan kun, deb nomlagan. ("Hadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar”).

8. Alloh taolo urushga amr qilgan ilk oyatlari qaysi surada?
a) "Haj” surasi, 39-40.
b) "Baqara” surasi, 194.
c) "Tavba” surasi, 36.
To’g’ri javob: "Haj” surasi, 39-40.
Izoh: Hijratdan keyin Olloh taolo musulmonlarning quraysh mushriklari bilan urushishiga izn berib, Haj surasining 39-40-oyatlarini nozil qildi: "Mushriklarning zulmiga uchragani uchun musulmonlar ular bilan urushishiga ruxsat beriladi. Olloh Islom dinini qabul qilgani uchungina yurtidan nohaq haydab chiqarilgan musulmonlarga yordam berishga qodirdir”. ("Tarixi Muhammadiy”, "Nurul yaqiyn”)

9. «Endi qaytaverar ekansizlar. O’zingizni Yasrib (Madina) ahliga qatl ettirmangiz. Endi sizlarga ehtiyoj yo‘q. Karvon va mol mulkingizni himoya qilish uchun chiqqan edingiz, Alloh ularni qutqardi», deya Qurayshni urushni tark etishga da’vat etgan kim edi?
a) Abu Sufyon.
b) Utba ibn Robia.
c) Hakim ibn Hazom.
To’g’ri javob: Abu Sufyon.
Izoh: Ularning huzuriga Abu Sufyonning chopari Qays ibn Imruil Qays kelib, karvonlari qutulib ketganini bildirdi va: «Endi qaytaverar ekansizlar. O’zingizni Yasrib (Madina) ahliga qatl ettirmangiz. Endi sizlarga ehtiyoj yo‘q. Karvon va mol mulkingizni himoya qilish uchun chiqqan edingiz, Alloh ularni qutqardi», dedi. Ular har qancha urinmasin, qurayshliklarni ortga qaytishga ko‘ndira olmadi. ("Hadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar”)

10. Rasululloh SAV musulmonlar bilan Badr g’azotiga chiqqanlarida, Madinaga kimni voliy qilib qoldirganlar?
a) Abdulloh ibn Ummu Maktum.
b) Usmon ibn Affon.
c) Ka’bul Ahbor.
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Ummu Maktum.
Izoh: Payg‘ambar alayhis-salom qurayshlarning katta karvoni Shomga ketganini bilardilar. Karvon orqaga qaytayotganidan xabar topib, sahobalarni safarga otlantirdilar: "Karvonning yo‘lini to‘sib chiqinglar. Olloh bu karvonni sizlarga marhamat qilishi mumkin". Ba’zilar darrov yo‘l hozirligini ko‘rdi, ba’zi birovlar rasululloh bari bir ular bilan urushmaydilar, degan o‘yda o‘z yumushlari bilan mashg‘ul bo‘laverdilar. Sarvari olam ot-ulovini shaylaganlarni yonlariga olib, boqi-beg‘amlarni kutmasdan yo‘lga tushdilar. U kishining o‘rniga Madinada Abdulloh ibn Ummu Maktum qoldi. ("Tarixi Muhammadiy”, "Nurul yaqiyn”)

11. Bu ulug’ g’azoga Quraysh ulug’laridan faqat bir kishi chiqmagan. U kishi kim?
a) Abul Hakam.
b) Abu Lahab.
c) Abu Sufyon.
To’g’ri javob: Abu Lahab.
Izoh: Abu Sufyon payg‘ambar alayhis-salom karvonning yo‘lini to‘sib chiqqanlarini eshitib, darrov Makkaga odam jo‘natdi. Bu gapdan xabar topgan qiziqqon qurayshlar o‘z karvonini asrash uchun (Abulahab ibn Abdul Muttalibdan boshqa hamma) yo‘lga otlandi. Abulahab o‘z o‘rniga Os ibn Hishom ibn Mug‘irani jo‘natdi. ("Tarixi Muhammadiy”, "Nurul yaqiyn”)

12. Bu g’azotda musulmonlar bayrog’ini kim ko’targan?
a) Ali ibn Abu Tolib.
b) Umar ibn Xattob.
c) Mus’ab ibn Umayr.
To’g’ri javob: Mus’ab ibn Umayr.
Izoh: Ramazon oyining uchinchi kuni uch yuz o‘n uch kishi quraysh mushriklari yetkazgan ozoru kulfatlar uchun o‘ch olgani yurish qildi. Ularning ikki yuz qirqdan ko‘prog‘i ansorlardan, qolgani muhojirlar bo‘lib, ixtiyorlaridagi ikkita ot bilan yetmish tuyani galma-galdan minishardi. Bayroqni Mus’ab ibn Umayr Al-Abdari ko‘tarib olgan edi. ("Tarixi Muhammadiy”, "Nurul yaqiyn”)

13. Rasululloh SAV Badr g’azoti boshlanishidan oldin, musulmonlarga ikki guruhdan birini, ya’ni o’lja bilan kelayotgan karvon bilan yoki Makkadan chiqqan mushriklar bilan urushishni tanlashni aytganlarida:”Allohni buyurganini qiling, biz siz qayerga boshlasangiz boramiz....” deb, Rasulullohni SAV xursand qilgan sahobiy kim?
a) Umar ibn Xattob.
b) Abu Bakr Siddiq.
c) Miqdod ibn Asvad.
To’g’ri javob: Miqdod ibn Asvad.
Izoh: Rasululloh o‘z sarkardalarini yig‘ib: "Parvardigor menga yo karvon, yo quraysh askari bilan uchrashishni havola etdi. Bu ikki ishdan qay birini tanlashni xohlaysizlar", dedilar. Maslahat chog‘ida ba’zi birovlarning o‘ljaga ega bo‘lish uchun karvonni qo‘lga kiritishdan boshqa niyati yo‘qligi ma’lum bo‘ldi, ba’zilar esa g‘azotga otlanganidan bexabar qolib puxtaroq tayyorgarlik ko‘rib kelishmaganidan afsuslanishdi. Ularning gapi Anfol surasining 7-oyatida bayon etilgan fikrga mos keladi: "Payti kelganda Olloh sizlarni ikki guruhdan biri bilan uchrashishingizga ruxsat bergan edi. Sizlar kuchsizlar bilan uchrashishni ixtiyor etdinglar". Miqdod ibn Asvod o‘rnidan turib: "Ey rasululloh, Olloh nimani buyursa, shuni qil. Xudo haqqi biz Muso alayhis-salomga: "Sen parvardigoring bilan birga borib urushaver, biz bu yerda kutib turamiz", (Moida surasining 24-oyatida) degan bani Isroilga o‘xshab muomala qilmaymiz. Biz sen bilan birga g‘azotga boramiz. Agar bizni Barko‘lg‘amodga boshlasang ham hech ikkilanmay boraveramiz", dedi. Rasululloh unga minnatdorchilik bildirib, ansorlarining fikrini so‘radilar. ("Tarixi Muhammadiy”, "Nurul yaqiyn”)

14. Mushriklardan Utba, Shayba va Validlar yakkama-yakka olishuvga chaqirganlarida dastlab kimlar chiqdilar?
a) Avf ibn Horis, Muavvaz ibn Horis, Abdulloh ibn Ravoha.
b) Hamza ibn Abdulmuttalib, Ali ibn Abu Tolib, Ubayda ibn Horis.
c) Abu Huzayfa, Zubayr ibn Avvom, talha ibn Ubaydulloh.
To’g’ri javob: Avf ibn Horis, Muavvaz ibn Horis, Abdulloh ibn Ravoha.
Izoh: Shundan keyin Utba ibn Robi’a ukasi Shayba va o‘g‘li Valid bilan oldinga chiqib, musulmonlarni yakkama-yakka olishuvga chaqirdi.
Ularning qarshisiga ansoriylardan uch yigit-Horisning o‘g‘illari Avf va Muavvaz hamda Abudulloh ibn Ravohalar chiqishdi. Mushriklar:
«Sizlar kimsizlar?» deb so‘rashdi.
«Biz ansoriylarmiz», deb javob berishdi ular.
«Bizning sizlar bilan ishimiz yo‘q!» dedi mushriklar.
So‘ngra: ulardan biri:
«Ey, Muhammad! Bizga o‘z qavmimizdan bizga teng keladigan tuzukroq odamni chiqar!» deb baqirdi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ey, Ubayda ibn Horis, tur! Ey, Hamza, tur! Ali, sen ham tur!» dedilar. ("Hadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar”)

15. Hazrat Muhammad SAV Urush maydoni ustida xurmo yog’ochi shoxlaridan yasalgan soyabonda urushni kuzatdilar. U kishiga kim qorovullik qilgan?
a) Talha ibn Ubaydulloh.
b) Abu Bakr Siddiq.
c) Zubayr ibn Avvom.
To’g’ri javob: Abu Bakr Siddiq.
Izoh: Shuning bilan urush maydoni ustida qarab turgudek bir egik tepa ustiga xurmo yog’ochi shoxlaridan soyabon yasadilar. Rasululloh ul joyga chiqib o’ltirdilar. Abu Bakr Siddiq qilich yalang’ochlab, boshlari ustida qorovullik qildi. ("Tarixi Muhammadiy")

16. Rasululloh SAV Islom va musulmonlarga yetkazgan ozori tufayli qaysi Quraysh mushriklarini duoibad qilgan edilar?
a) Shayba ibn Rabi’a, Utba ibn Rabiy’a, Valid ibn Utbani Abu Jahl ibn Hishom.
b) Abu Jahl ibn Hishom, Hakim ibn Hizom, Utba ibn Rabia, Abu Lahab.
c) Uqba ibn Abu Muoyt, Abu Jahl, Abu Lahab, Abu Sufyon.
To’g’ri javob: Shayba ibn Rabi’a, Utba ibn Rabiy’a, Valid ibn Utbani Abu Jahl ibn Hishom.
Izoh: Abdulloh ibn Mas'ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom Ka’baga yuzlarini burib, Qurayshdan bir necha kishini — Shayba ibn Rabi’ani, Utba ibn Rabiy’ani, Valid ibn Utbani va Abu Jahl ibn Hishomni duoyi bad qildilar. Olloh taoloning nomini aytib guvohlik berurmenkim, men ularning o‘ligini ko‘rdim, kun issiqligidan sasib ketibdi» ("Al-jome’ as-sahih”, Buxoriy)

17. Islom dushmani Abu Jahl badr janggida kimlar tomonidan o’lar holatda yarador etilgan edi?
a) Muoz ibn Afro’, Muavviz ibn Afro’.
b) Abdulloh ibn Mas’ud, hamza ibn Abdulmuttalib.
c) Baro ibn Ozib, Abdulloh ibn Jahsh.
To’g’ri javob: Muoz ibn Afro’, Muavviz ibn Afro’.
Izoh: Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz alayhissalom: "Abu Jahlga nima bo‘lganini kim bilib keladi?» — dedilar. Ibn Mas’ud raziyallohu anhu borib, Abu Jahlni o‘lar holatda ko‘rdilar, ul Afro’ning ikki o‘g‘li (Muoz va Mu’avviz) tomonidan yarador qilingan erdi. Ibn Mas’ud: «Sen Abu Jahlmisan?»—dedilar-da, Abu Jahlning soqolidan ushladilar. Abu Jahl: «Sizlar o‘ldirgan (yoki o‘z qavmi o‘ldirgan) odamdan ko‘ra ulug‘roq kishi bormi?!»—dedi». Ahmad ibn Yunus aytgan rivoyatda «Sen Abu Jahlsan» deyilgan. ("Al-jome’ as-sahih”, Buxoriy)

18. Abu Sufyon boshchiligidagi karvonni qutqarish uchun o’zi chiqmasdan, o’rniga unga qarzdor bo’lgan odamni jo’natgan kim edi?
a) Abu Lahab
b) Umayya ibn Halaf
c) Os ibn Voil
To’g’ri javob: Abu Lahab
Izoh: Abu Lahab Abu Sufyon boshchiligiagi karvonni qutqarish uchun chiqmasdan, o’rniga unga qarzdor bo’lgan odamni jo’natgan. ("al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor”)

19. Islom tarixidagi g’azotda o’ldirilgan birinchi shahid kim?
a) Horis ibn Suroqa.
b) Mahjo’.
c) Ubayda ibn Horis.
To’g’ri javob: Mahjo’.
Izoh: Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning ozod qilgan quli Mahjo’ga kamon o‘qi tegib jon berdi. Shunday qilib, u birinchi shahidlik maqomiga u erishdi. Keyin hovuzdan suv ichayotganida tomog‘iga o‘q sanchilib, Horis ibn Suroqa ham shahid bo‘ldi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chiqib, odamlarni shijoatlantirib:
«Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, kimda-kim sabr bilan, savob umidida oldinga intilib, ortga qochmay urush qilsa va o‘lsa, Alloh uni jannatga kiritadi!» dedilar. ("Hadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar”)

20. Badr g’azoti davom etayotgan vaqtda Rasulullohning qaysi qizlari vafot etadi?
a) Ruqiyya r.a.
b) Ummu Kulsum r.a.
c) Zaynab r.a.
To’g’ri javob: Ruqiya r.a.
Izoh: Bu suyunchilik xabar kelgan chog‘da, Rasulullohning qizlari, hazrati Usmon ayollari Ruqiyani sahobalar endigina dafn qilishib, qabristondin qaytishmoqda edilar. Shu vaqtda xabarchilar yetishib kelib, Abdulloh ibn Ravoha qattiq qichqirib: «Ey mo‘minlar, suyunchi, Rasululloh sog‘-salomatlar, mushriklar raislaridan faloni-faloni o‘ldirildi, falon-falonlar asir olindi», dedi. ("Tarixi Muhammadiy")


Категория: Islom viktorinasi | Добавил: Taqvo
Просмотров: 1463 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |