2-bosqich. 3-tur: Uhud g’azoti qissasi - Islom viktorinasi - Viktorina - Каталог файлов - Taqvo. Radyo
Четверг, 08.12.2016, 07:02Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 187

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islom viktorinasi

2-bosqich. 3-tur: Uhud g’azoti qissasi
11.05.2013, 03:53

2-bosqich. 3-tur: Uhud g’azoti qissasi
II BOSQICH
3-tur: Uhud g’azoti qissasi
Javoblar va izohlar

1. Uhud g’azoti avvalida Rasululloh SAV majlis o’tkazganlarida u zot qanday taklifni aytgandilar?
a) Madina tashqarisida pistirmada turib, Qurayshga hujum qilish.
b) Madinadan chiqmasdan to’siqlar hosil qilib, dushman bostirib kelsa, tor ko’chalarda urush qilish.
c) Ular Uhudga yetganlarida u yerdagi qulay joydan tog’ va vodiydan hujum qilish.
To’g’ri javob: Madinadan chiqmasdan to’siqlar hosil qilib, dushman bostirib kelsa, tor ko’chalarda urush qilish.
Izoh: Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissolatu vassalom sahobalar bilan, dushmanga qarshi chiqish kerakmi yoki Madinadan chiqmay turish yaxshimi, masalasida maslahat qildilar. U zotning o‘zlarining fikrlaricha, Madinadan chiqmasdan, to‘siqlar hosil qilib turish, agar dushman bostirib kirsa, tor ko‘chalarga kiraverishda urush qilish, ayollar esa, uylarning ustidan yordam berishlari kerak edi. (Hadis va hayot: "Olamlarga rahmat payg’ambar”)

2. Rasululloh SAV Uhud jangidan avval tush ko’rdilar. Tushlarida qilichlarining labida bir oz kemtik paydo bo‘libdi. Bir sigir so‘yilayotgan emish va qo‘llarini bir mustahkam qalqonga tiqayotgan emishlar. Ul zot qilichlaridagi kemtikni nimaga yo’ydilar?
a) Ahli baytlaridan birovining o‘limiga
b) Sahobalaridan bir nechalarining o‘ldirilishiga
c) Kelgusidagi urushda musulmonlarning mag’lubiyatiga.
To’g’ri javob: ahli baytlaridan birovining o‘limiga.
Izoh: Bungacha Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tush ko‘rgan edilar. Tushlarida, qilichlarining labida bir oz kemtik paydo bo‘libdi. Bir sigir so‘yilayotgan emish va qo‘llarini bir mustahkam qalqonga tiqayotgan emishlar. Qilichlaridagi kemtikni ahli baytlaridan birovining o‘limi, deb yo‘ydilar. Sigirni esa, sahobalaridan bir nechalarining o‘ldirilishi, deb bildilar. Qalqonni Madinai Munavvaraga yo‘ydilar. U zoti bobarakotga bo‘ladigan ishlarning ishorasi yetgan edi. (Hadis va hayot: "Olamlarga rahmat payg’ambar”)

3. Madinadan chiqib, Uhudga qarab ketayotganlarida, munofiqlarning boshlig‘i Abdulloh ibn Ubay askarlarning qancha qismini ortga qaytardi?
a) Beshdan birini
b) To’rtdan birini
c) Uchdan birini
To’g’ri javob: Uchdan birini.
Izoh: Madinadan chiqib, Uhudga qarab ketayotganlarida, munofiqlarning boshlig‘i Abdulloh ibn Ubay: «Mening gapimni qo‘yib, yosh bolalarning gapini qilyapti», deb askarlarning uchdan birini olib qaytib ketdi. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhuning otalari Abdulloh ibn Harom roziyallohu anhu ularning ortidan borib, qaytarishga urindilar: «Kelinglar, Allohning yo‘lida urush qilinglar!» deb qistadilar. Ular bo‘lsa: «Sizlar urush qilishingizni bilganimizda, qaytmas edik», deyishdi. Abdulloh ibn Harom ularni so‘kib orqasiga qaytdi. (Hadis va hayot: "Olamlarga rahmat payg’ambar”)

4. Musulmonlar qo’shinida nechta otliq va kamonchi bor edi?
a) 50 ta otliq, 50 ta kamonchi
b) 30 ta otliq, 60 ta kamonchi
c) 40 ta otliq, 40 ta kamonchi
To’g’ri javob: 50 ta otliq, 50 ta kamonchi
Izoh: Shanba kuni ertalabdan Payg‘ambar alayhissalom yetti yuz kishini urushga tayyorlay boshladilar. Ellikta otliq, ellikta kamonchi bor edi. (Hadis va hayot: "Olamlarga rahmat payg’ambar”)

5. Uhud g’azotida Quraysh qo’shini soni qancha edi?
a) 2000 ta
b) 3000 ta
c) 4000 ta
To’g’ri javob: 3000 ta
Izoh: Qurayshliklar ham urushga tayyorlanisha boshlashdi. Ularning soni uch mingta bo‘lib, otliqlari ikki yuzta edi. (Hadis va hayot: "Olamlarga rahmat payg’ambar”)

6. Quraysh qo’shinining ikki qanot qo’mondonlari kim edi?
a) Xolid ibn Valid, Ikrima ibn Abu Jahl
b) Safvon ibn Umayya, Abu Sufyon ibn Xoris
c) Utba ibn Abi Vaqqos, Ubay ibn Ka’b.
To’g’ri javob: Xolid ibn Valid, Ikrima ibn Abu Jahl
Izoh: Qurayshliklar ham urushga tayyorlanisha boshlashdi. Ularning soni uch mingta bo‘lib, otliqlari ikki yuzta edi. Ular o‘ng qanotga Xolid ibn Validni va chap qanotga Ikrima ibn Abi Jahlni qo‘ydilar. (Hadis va hayot: "Olamlarga rahmat payg’ambar”)

7. Uhud urushida eng yosh jangchilar necha yoshda bo’lgan?
a) 10 yosh
b) 15 yosh
c) 17 yosh
To’g’ri javob: 15 yoshda.
Izoh: Shu payt yosh bolalar, biz ham urushda qatnashamiz, deb kelib qoldilar. Ulardan Usomatu ibn Zayd, Barro ibn Ozib, Zayd ibn Arqam, Zayd ibn Sobit kabi kichkinalarini, hali urushga yoshlik qilasizlar, deb qaytardilar. Samura ibn Jundab va Rofe’ ibn Xudayj kabi kattaroqlarini qabul qildilar. Ularning yoshi o‘n beshda edi. (Hadis va hayot: "Olamlarga rahmat payg’ambar”)

8. Payg’ambar SAV Uhud urushi vaqtida Madinada qolganlarga jamoat namozini o’qib berib turishni qaysi sahobiyga topshiradilar?
a) Usmon ibn Affon
b) Bilol ibn Raboh
c) Abdulloh ibn Ummu Maktub
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Ummu Maktub
Izoh: Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom ming nafar sahoba bilan chiqdilar. Abdulloh ibn Ummu Maktum roziyallohu anhuga Madinada qolganlarga jamoat namozini o‘qib berib turishni buyurdilar. (Hadis va hayot: "Olamlarga rahmat payg’ambar”)

9. Quraysh qabilasida odamlarni jangga shijoatlantirgan, Uhud urushi tashkilotchisi qaysi javobda ko’rsatilgan?
a) Abu Sufyon ibn Harb
b) Xolid ibn Valid
c) Ikrima ibn Abu Jahl
To’g’ri javob: Abu Sufyon ibn Harb
Izoh: Badr urushida rahbarlaridan ajrab qolgan Quraysh qabilasiga Abu Sufyon ibn Harb boshliq bo‘lib qoldi. U odamlarini musulmonlardan o‘ch olishga chaqira boshladi. Bu orada Qurayshning butun boshli bir karvoni musulmonlar qo‘liga tushish arafasida bazo‘r qutilib qoldi. Shunda mushriklar o‘sha karvondagi hamma molu mulklarini musulmonlarga qarshi urushga sarflashga ahd qilishdi. (Hadis va hayot: "Olamlarga rahmat payg’ambar”)

10. O'z xo'jasidan: "Agar bu urushda Muhammadning amakisi Hamzani o'ldirur bo'lsang, sen ozodsan" degan va'dani olgan qulning ismi?
a) Vahshiy
b) Kilob
c) Sulaym
To’g’ri javob: Vahshiy
Izoh: Quraysh raislaridan Jubayr ibn Mut'amning "Vahshiy" nomlik habashiy qora quli bor edi. Nayza otmoq mashqini yaxshi olgan edi. Besh-o'n qadam yerdan nayza otur bo'lsa, ko'zlagan joyini urib, hech xato qilmas edi. Xo'jasi Jubayr uni chaqirib aytdikim, "agar ushbu urushda Muhammadning amakisi Hamzani o'ldirur bo'lsang, sen ozodsan", dedi. Chunki o'tgan Badr urushida uning amakisi Tuaymani hazrati Hamza o'ldirgan edi. ("Tarixi Muhammadiy")

11. Uhud g'azotida quraysh qo'shini qochmasligi uchun askar boshliqlari qanday chora qo'llaganlar?
a) Ortga qochganlar o’ldirilishga mahkum qilindi.
b) Xotinlarini birga olib ketganganlar.
c) Urushga ketgan qurayshiylarning mol-dunyo va bola-chaqalari garovga qo’yildi.
To’g’ri javob: Xotinlarini birga olib ketganganlar.
Izoh: Shuning bilan quraysh qo'shini qurollanib, Madinaga yurish qildilar. Qochmaslikka to'sqin bo'lsin, deb askar boshliqlari xotunlarni birga oldilar. ("Tarixi Muhammadiy")

12. Uhud g'azotida qurayshlar qo'shini piyoda askarlariga kim boshchilik qildi?
a) Safvon ibn Umayya
b) Xolid ibn Valid
c) Ikrima ibn Abu Jahl
To’g’ri javob: Safvon ibn Umayya
Izoh: Ammo, quraysh kofirlari bo'lsa, bu tog' qarshisidagi keng soyga kelib qo'ndilar. So'ngra har ikki tomon o'z askarining yasog'iga kirishdi. Dushman askarining o'ng tomonida Xolid ibn Valid turdi. Jovong'ar (so'l qo'lida) Ikrima ibn Abu Jahl turdi. Abu Sufyon ham tug' bayrog'i bilan so'lda turgandi. Piyoda askarlarga Safvon ibn Umayya boshliq bo'lib belgilandi. ("Tarixi Muhammadiy")

13. Rasululloh SAV umr bo'yi qilgan g'azotlarida birgina kishini o'ldirganlar. U kim?
a) Ubay ibn Xalaf
b) Uqba ibn Abu Muoyt
c) Safvon ibn Umayya
To’g’ri javob: Ubay ibn Xalaf
Izoh: Yana shunday qizg'in urush bo'lib turgan chog'da, quraysh raislaridan Ubay ibn Xalaf degan kishi "endi Muhammad qayon qochib qutila oladi" deb Rasululloh ustiga ot qo'ydi. "Agar shul kuni Muhammad mandin qutulur bo'lsa, man dunyoda tirik tura olmagayman", - deb qilich ko'tarib hujum qilmoqchi bo'ldi. Buni ko'rgan sahobalardin bir nechalari uning oldini to'sib, qarshi chiqdilar. Anda Rasululloh: - "Hoy, uni to'smanglar, yaqinroq kelsin", - dedilar. U ham og'ziga aytganini aytib, qilichini ko'tarib chopgali kelmoqda edi. Rasululloh, yetishiga bir-ikki nayza bo'yi qolgan chog'da, yonlarida turgan Horis ibn Samma degan sahoba tutib turgan qisqa nayzani aning qo'lidan olib, yomon niyatda kelayotgan dushmanni yetguncha qo'ymay, ul sari otdilar. Nayza yetib, uning bo'ynini biroz yaraladi. Ammo qon oqizguvdek yarasi yo'q edi. Lekin uning og'rig'iga chiday olmay orqaga qaytdi. Shuni bilan Quraysh askari Uhud urushidan qaytishlarida Makka Madina oralig'i - Sarar degan joyga kelguncha bu kishi jon talashib, bo'kirib keldi. Shu yerga kelganda jon berdi. Rasululloh umr bo'yi qilgan g'azotlari ichida, ilgari-keyin bo'lib, shu bir kishini o'ldirdilar. O'z qo'llari bilan o'ldirganlari yolg'iz shu kishi edi. ("Tarixi Muhammadiy")

14. Tosh otib Rasululloh SAVning tishlarining birini sindirgan kofir kim?
a) Ubay ibn Xalaf
b) Utba ibn Abi Vaqqos
c) Safvon ibn Umayya
To’g’ri javob: Utba ibn Abi Vaqqos
Izoh: Rasululloh bu urushda ikki qavat temir sovut kiygan edilar. Payg'ambarimiz kiyim og'irligidan, payqamasdan shu chuqurlarning biriga tushib ketdilar. Qattiq yiqilganlikdan, tizza ko'zlari yaralanib, bir oz xushlari ketgandek bo'ldi. Yonlarida qo'riqlab turgan hazrat Ali qo'llaridan tortib, Talha ibn Abdulloh oyoqlaridan ko'tarib chuqurdan chiqardilar. Shu chog'da kofirlar tomonidan Utba ibn Abi Vaqqos kelib Rasulullohga bir tosh otdi. Otilgan tosh ostingi ikki tishlarining birini sindirib ketdi. ("Tarixi Muhammadiy")

15. Uhud g'azoti qissasi asosan Qur’oni karimning qaysi surasida keltirilgan?
a) Baqara surasida
b) Oli Imron surasida
c) Fath surasida
To’g’ri javob: Oli-Imron surasida
Izoh: Qur'oni karimda "Oli Imron" surasida oltmish oyat bilan Uhud g'azoti bayon qilindi. ("Tarixi Muhammadiy")

16. Uhud g'azotida musulmonlardan necha kishi shahid bo'lgan?
a) 50
b) 70
c) 80
To’g’ri javob: 70
Izoh: Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Dushman birlan to‘qnashganimizda ular tumtaraqay qochib qoldilar, hattoki toqqa tirmashgan ayollarining boldirlari ochilib qolib, taqinchoqlari ko‘rinib turganini ko‘rdim. Shunda merganlar: «Ana o‘lja, ana o‘lja!» —deb ochko‘zlik qila boshladi-lar. Amir Abdulloh ibn Jubayr ularga Janob Rasulullohning «Jilmangizlar!» deb buyurganlarini eslaqalar ham, itoat qilmadilar. Natijada ish chappasiga ketib, musulmonlardan 70 kishi shahid bo‘ldi. ("Al-Jome’ as-sahih”, Buxoriy)

17. Uhud kuni Rasululloh SAVni himoya qilib necha kishi shahid bo’ldi?
a) Yetti kishi
b) To’qqiz kishi
c) O’n bir kishi
To’g’ri javob: Yetti kishi
Izoh: O’sha kuni Rasululloh alayhissolatu vassalomni himoya qilib, yetti kishi shahid bo‘ldi. (Hadis va hayot: "Olamlarga rahmat payg’ambar”)

18. Uhud shahidlari qayerga dafn etildilar?
a) Madinadagi Baqi’ qabristoniga
b) Uhudning o’zida, jon taslim qilgan joylariga
c) Hamroul Asad vodiysiga
To’g’ri javob: Uhudning o’zida, jon taslim qilgan joylariga.
Izoh: Payg‘ambar alayhissolatu vassalom Uhudda shahid bo‘lganlarni jon taslim etgan yerlarida dafn etishga amr qildilar: «Maqbaralarga olib borilmasinlar», dedilar.
Jarchilar bu amrni hamma yerga yetkazdilar. Maqbaralarga olib ketilgan shahidlarni ham qaytarib keldilar. (Hadis va hayot: "Olamlarga rahmat payg’ambar”)

19. Uhud kuni musulmonlar adashib qaysi sahobaning otasini o’ldirib qo’yadilar?
a) Huzayfa ibn Yamon.
b) Talha ibn Ubaydulloh.
c) Abu Talha al-Ansoriy
To’g’ri javob: Huzayfa ibn Yamon.
Izoh: Oisha raziyallohu anhodan nakl kilinadiki, Uhud kuni mushriklar jang maidonini tashlab qochibdi Shunda shayton la’natullohi alayhi «Ey Ollohning bandalari, ortingizdagilardan ehtiyot bo‘lingizlar » — deb nido qilib musulmonlarni chalg‘itibdi. Natijada oldingi safdagilar ortlariga o‘girilib, keyingi safdagi (o‘z birodarlari birlan) jang boshlashibdi. Shu payt Huzayfa otasi al-Yamonni ko‘rib «Ey Ollohning bandalari, bu mening otam, bu mening otam » — deb baqiribdi, ammo jangchilar o‘zlarini to‘xtatib qololmay, Huzaifaning otasini o‘ldirib qo‘yishibdi. Lekin, Huzayfa otasining qotillariga «Olloh taolo gunohlaringizni kechirsin'»—deb yomonlik qilmabdi, hattoki umrining oxirigacha ularga yaxshilik qilaveribdi. ("Al-Jome’ as-sahih”, Buxoriy)

20. Jang tugagandan so’ng Rasululloh SAV Qurayshiylarni kuzatib xabar yuborish uchun kimni jo’natdilar?
a) Zubayr ibn Avvomni
b) Ali ibn Abu Tolibni
c) Talha ibn Ubaydullohni
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolibni
Izoh: Jang tugagandan keyin mushriklar qaytib borib to‘plana boshladilar. Musulmonlar, ular Madinaga borib ayol-qizlarni asir olib, molu mulkni talashsa kerak, deb o‘ylab xafa bo‘ldilar. Payg‘ambar alayhisslom hazrati Ali ibn Abi Tolibga:
«Ularning izidan bor. Nima qilishayotganiga nazar sol. Nima qilmoqchi ekanlarini bil. Agar otlarni chetga qo‘yib, tuyalarni minsalar, Makkaga ketishadi. Agar otni minib, tuyalarni haydab olsalar, Madinaga yurishadi. Mening nafsim qo‘lida bo‘lgan zot bilan qasamki, agar Madinaga borishsa, men ham borib ularni o‘sha yerda yo‘q qilaman!» dedilar. (Hadis va hayot: "Olamlarga rahmat payg’ambar”)

Категория: Islom viktorinasi | Добавил: Taqvo
Просмотров: 614 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2016 |