Пятница, 29.03.2024, 00:40Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islom viktorinasi

2-bosqich. 4-tur: Uhud g’azoti qahramonlari
11.05.2013, 03:52

2-bosqich. 4-tur: Uhud g’azoti qahramonlari
II BOSQICH
4-tur: Uhud g’azoti qahramonlari
Javoblar va izohlar

1. Rasululloh SAV e’tirof etgan shahidlarning eng ulug’i kim?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Hamza ibn Abdulmuttalib
c) Anas ibn Nazr
To’g’ri javob: Hamza ibn Abdulmuttalib
Izoh: Ali raziyallohu anhudan naql etiladiki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shahidlarning eng ulug‘i Hamza ibn Abdulmuttalib raziyallohu anhudir!» — debdilar. ("Al-Jome’ as-sahih”, Buxoriy)

2. Rasululloh SAV musulmon qo’shini ikki qanotiga kimlarni boshliq etib sayladilar?
a) Abdulloh ibn Jubayr, Mus’ab ibn Umayr
b) Munzir ibn Amr, Zubayr ibn Avvom
c) Umar ibn Xattob, Sa’d ibn Abu Vaqqos
To’g’ri javob: Munzir ibn Amr, Zubayr ibn Avvom
Izoh: Rasululloh alayhissolatu vassalom ikkita sovutda chiqdilar. Bayroqni Mus’ab ibn Umayr roziyallohu anhuga berdilar. Bir qanotga Zubayr ibn Ovvomni, ikkinchi qanotga Munzir ibn Amrni boshliq qildilar. (Hadis va hayot: "Olamlarga rahmat payg’ambar”)

3. U Uhud g’azotida shahid bo’lgan va o’zidan 9 ta qizni o’g’li qaramog’iga qoldirgan edi. O’g’li esa Rasululloh SAVning mo’jizalari bilan xurmosiga baraka kirib, otasi qarzlarini ado etadi. Gap kim haqida ketayapti?
a) Abdulloh ibn Harom
b) Abu Said Hudriy
c) Amr ibn Jamuh
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Harom.
Izoh: Jobir ibn Abdullohdan nakl qilinadiki, u kishining otalari Uhud janggida shahid bo‘lib, qarzlari va 6 ta qizlari Jobirga qolgan erdi. (Bundan oldingi hadisda 9 ta qiz, bu yerda ersa «6 ta» deb keltirilishining boisi shuki, Jobirning opa-singillari hammasi 9 ta bo‘lib, otalari shahid bo‘lganlarida 3 tasi turmushga uzatilgan, 6 tasi ersa yosh qolgan erdi). Jobir ibn Abdulloh bunday deydilar: «Xurmo hosilini teradigan paytda Janob Rasulullohning qoshlariga kelib: «Uzingiz bilasiz, otam Uhud janggida shahid bo‘lganlar, u kishidan menga katta qarz qolgan. Men otamga qarz bergan kishilarni ko‘rsatmoqchiman»,— dedim. Shunda Janob Rasululloh: «Borgin, har bir daraxt hosilini alohida to‘plab qo‘ygin» — deb buyurdilar. Men aytganlaridek to‘plab, so‘ng ul zotni chaqirdim. Haqdorlarim Janob Rasulullohni ko‘rib menga shu ondayoq yaxshi muomala qila boshladilar. Ularning tilyog‘lamachiligini sezgan Janob Rasululloh hurmo to‘plaridan eng kattasini uch bor yig‘ishtirib o‘zlariga yaqin tortdilar-da, ustiga o‘ltirib oldilar. Keyin: «Qani, sheriklaringni chaqir!» — deb buyurdilar. Ularning hammasiga o‘lchab berdilar. otamning barcha qarzlari uzildi. Men: «Otamning barcha qarzlari uzilsa-yu, singillarimga birorta ham xurmo olib bormasam ham, mayli» —deb o‘ylardim. Janob Rasululloh barcha xurmo uyumlarini otamning qarzlariga berdilar, faqat o‘zlari ustida o‘ltirgan g‘aramgina qoldi, xalos, undan biror dona ham xurmo kamaymadi (mantiq: Janob Rasululloh qarzga qancha xurmo ketishini oldindan aniq bilganlar)». ("Al-Jome’ as-sahih”, Buxoriy)

4. U Uhud g’azoti shahidlaridan biri. U musulmon bo‘lishidan oldin Qurayshning eng erkatoy va nozu ne’matga ko‘milgan, yegani oldida yemagani ortida, zaru kimhoblarga burkangan yigitlaridan biri edi. Musulmon bo’lib, Alloh uchun Madinaga hijrat qildi. U o‘zidan hech qanday mol-dunyo qoldirmadi, faqat bitta jundan to‘qilgan choponi bo‘lib, shahid bo’lganida boshiga yopilsa, oyog‘lari, oyog‘lariga yopilsa, boshlari ochilib qoldi… gap qaysi sahoba haqida ketayapti?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Amr ibn Jamuh
c) Anas ibn Nazr
To’g’ri javob: Mus’ab ibn Umayr
Izoh: Xabbob raziyallohu anhu aytadilar: «Biz Olloh taolo rizoligi uchun Janob Rasululloh birlan birga hijrat qildik. Olloh taolo bizga ajru savob ato etmoqni o‘z zimmasiga oldi. Ba’zi birimiz o‘sha ajru savobdan olib ulgurmay dunyodan o‘tib ketdi. Masalan, Mus’ab ibn Umayr. Ul kishi Uhud kuni o‘ldirildilar, o‘zlaridan hech qanday mol-dunyo qoldirmadilar, faqat bitta jundan to‘qilgan choponlari bo‘lib, boshlariga yopsak, oyog‘lari, oeg‘lariga yopsak, boshlari ochilib qoldi. Shunda Janob Rasululloh bizga: «Choponi birlan boshini o‘rangizlar, oyog‘iga ersa izxir tashlab qo‘yingizlar!» — deb amr qildilar. Biroq, oramizda bul dunyoda mukofotini olib, ayshini surib yurganlar ham bordur». ("Al-Jome’ as-sahih”, Buxoriy)

5. Uhud g’azotining eng tahlikali paytida musulmonlarni shijoatlantirgan, "Uhud yonidan dimog‘imga jannat hidi anqiyapti!” deya jangga kirishib, mislsiz qahramonliklar ko’rsatib, shahid bo’lgan, jasadidagi 70 dan ortiq jarohatlari tufayli tanib bo’lmas darajaga kelgan buyuk sahobiy kim edi?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Amr ibn Jamuh
c) Anas ibn Nazr
To’g’ri javob: Anas ibn Nazr
Izoh: Anas ibn Molik raziyallohu anhudan naql qilinadiki, ul kishining amakilari Anas ibn Nazr Badr janggida qatnasholmagan erdilar, Shu boisdan ham ul kishi: «Men Janob Rasululloh qatnashgan eng ulug‘ jangda bo‘lolmadim. Agar Olloh taolo meni Janob Rasululloh bo‘lgan jangda shahid qilganda erdi, men bunchalik alam chekmagan bo‘lur erdim!»—deb qattiq afsus chekardilar. Nihoyat, Uhud janggida qatnashish baxtiga muyassar bo‘ldilar. Jangda musulmonlar qocha boshladi. Shunda Anas ibn Nazr: «Yo Olloh, musulmon birodarlarimning qilmishi uchun sendan uzr so‘rayman, mushriklar ofatidan o‘z panohingda asragil!» — deya qilich yalang‘ochlab oldinga tashlandilar Shu asnoda Sa’d ibn Muozga duch kelib: «Ey Sa’d, qaerga qochyapsan? Uhud yonidan dimog‘imga jannat hidi anqiyapti!»—dedilar-da, jangga kirishdilar va shahid bo‘ldilar. Jasadlari odam tanimas bo‘lib ketgan erdi. Singillari ul kishini xollaridangina (yoki barmoqlaridangina) tanib oldi. Jasadlarida nayza, gurzi, qilich zarbi hamda kamon o‘qidan hosil bo‘lgan 80 dan ortiq jarohat bor erdi». ("Al-Jome’ as-sahih”, Buxoriy)

6. Otasi Uhud g’azotida shahid bo’lgandan so’ng, otasidan qolgan 6 ta qizni tarbiyalashi uchun juvonga uylangan va bu ishini Rasululloh SAV ma’qullagan sahoba kim edi?
a) Abu Said Xudriy
b) Jobir ibn Abdulloh
c) Abdulloh ibn Mas’ud.
To’g’ri javob: Jobir ibn Abdulloh
Izoh: Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Bir kuni Janob Rasululloh mendan: «Ey Jobir, uylandingmi?» — deb so‘radilar. Men: «Ha»,— deb javob berdim. «Qiz bolaga uylandingmi yoki juvongami?» — deb yana so‘radilar. Men: «Yo Rasulalloh, juvonga uylandim!» — dedim. «Qiz bolaga uylansang bo‘lmasmidi, senga muhabbat qo‘yardi!» — dedilar Janob Rasululloh. Men: «Yo Rasulalloh, otam Uhud jangida o‘ldirilib, menga 9 ta qizni tashlab ketdilar. Men 9 ta opa-singillarim birlan qoldim. Ularga o‘zlariga o‘xshagan yana bitta esi past qizni qo‘shib ko‘yishni ma’qul ko‘rmadim. Xotinim ularni yuvib-taraydi, xizmatini qiladi»,— dedim. Janob Rasululloh: «To‘g‘ri qilibsan!» — dedilar». ("Al-Jome’ as-sahih”, Buxoriy)

7. Rasululloh SAVdan oqqan qon va yaralarni kim yuvgan?
a) Hazrati Oyisha r.a.
b) Hazrati Fotima r.a.
c) Hazrati Ali r.a.
To’g’ri javob: Hazrati Fotima r.a.
Izoh: Saxl ibn Sa’d rivoyat qiladilar. «Ollohga qasamyod qilurmenki, men Janob Rasulullohning yaralarini kim yuvganini, kim suv quyib turganini, nima birlan davo qilinganini yaxshi bilurman Janob Rasulullohning qizlari Fotima yaralarini yuvganlar, Hazrat Ali ersalar, qalqonlarida suv keltirib quyib turganlar Fotima raziyallohu anho qon ko‘p ketayotganini ko‘rib, darhol bir bo‘yrani kuydirganlarda, kulini yaraga bosganlar, qon shu ondaeq to‘xtagan. Ushanda Janob Rasulullohning kurak tishlari sinib, yuzlari yorilgan, boshlaridagi dubulg‘alari majaqlangan erdi». ("Al-Jome’ as-sahih”, Buxoriy)

8. Rasululloh SAVni himoya qilib, 2-3 ta kamonni sindirgan, mohir mergan ansoriy kim edi?
a) Usaid ibn Huzayr al-Ansoriy
b) Abu Talha al-Ansoriy
c) Habbob ibn Muzir al-Ansoriy
To’g’ri javob: Abu Talha al-Ansoriy
Izoh: Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat kiladilar «Uhud kuni odamlar Janob Rasululloxni tashlab qochdilar Abu Talha ersalar, Janob Rasululloh oldilaridan ketmay, qo‘llaridagi qalqonlari birlan ul zotning muborak boshlarini o‘qdan himoya qilib turdilar Abu Talha mergan kishi bulib, kamonni qattiq, tortar erdilar. Shu kuni 2 ta yo 3 ta kamon sindirdilar. Ushanda saxobalardan biri kamon o‘qi to‘la sadoq birlan o‘tib ketayotganda Janob Rasululloh unga «Abu Talhaga yordam ber - deb erdilar. Janob Rasululloh jang paytida jangchilardan shaxsan o‘zlari xabar olib turar erdilar. Shunda Abu Talxa «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasulalloh Kelmang, tag‘in dushman o‘qidan birortasi sizga tegmasin, sizning tomog‘ingizga tegadirgan o‘q mening tomog‘imga tegaversin'»—derdilar. ("Al-Jome’ as-sahih”, Buxoriy)

9. Uhud urushida Payg’ambar SAV bayroqni qaysi sahobiyga beradilar?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Zubayr ibn Avvom
c) Ali ibn Abu Tolib
To’g’ri javob: Mus’ab ibn Umayr
Izoh: Rasululloh alayhissolatu vassalom ikkita sovutda chiqdilar. Bayroqni Mus’ab ibn Umayr roziyallohu anhuga berdilar. (Hadis va hayot: "Olamlarga rahmat payg’ambar”)

10. Musulmon qo'shinida otliq askarlarga kim boshchilik qildi?
a) Abdulloh ibn Jubayr
b) Zubayr ibn Avvom
c) Sa’d ibn Abu Vaqqos
To’g’ri javob: Zubayr ibn Avvom
Izoh: Rasululloh bularga qarshi askar yasog'ini tuzib, Xolid ibn Validga qarshi Zubayr ibn Avvomni qo'ydilar. Islom askari ichida o'q otar merganlardan ellik kishi bor edi. Alarga Abdulloh ibn Jubayrni boshchi saylab, askar ortini saqlamoq vaifasini unga topshirdilar. ("Tarixi Muhammadiy")

11. Rasululloh SAV qilichlarini haqini ado etishni qaysi sahobaga topshirdilar?
a) Zubayr ibn Avvom
b) Umar ibn Xattob
c) Abu Dujona Sammon ibn Horis
To’g’ri javob: Abu Dujona Sammon ibn Horis
Izoh: Yana askarga qarab - "Bu qilichni kim olgay, buni haqqini kim ado qilgay?" - dedilar.
Anda askarlardan bir to'p kishi - "Biz olgaymiz, yo Rasululloh", deb qilichga qo'l uzatdilar. Bular ichida Abu Bakr Siddiq, hazrati Umar, hazrati Ali, Zubayr ibn Avom, shu to'rtovlari bor edilar. Alarga qilichni berishdan to'xtalib, boshqa bir kishini kutgandek bo'lib to'xtab turdilar. Buni ko'rib ansorlardan Abu Dujona degan sahoba yugurib keldi va - Buni haqqi na bo'lg'ay, yo Rasulalloh? Deb so'radi. Anda Rasulalloh aytdilar: - "Egilib ketguncha dushman yuziga chopar bo'lsang, bu qilich haqqi shuldur". Buni onglab Abu Dujona - "Shu shartni men bajo keltirurman", - deb qilichni oldi. Hech kimarsaga bermagan qilichni Rasululloh bu kishiga berdilar. ("Tarixi Muhammadiy")

12. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysi sahobiyga «Ota-onam sizga fido bo‘lsinlar!» — deb aytganlar?
a) Zubayr ibn Avvom
b) Sa’d ibn Abu Vaqqos
c) Talha ibn Ubaydulloh
To’g’ri javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos
Izoh: Sa’d ibn Abu Vaqqos (Sa’d ibn Molik) raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud kuni menga: «Ota-onam sizga fido bo‘lsinlar!» — deb aytdilar», — deydilar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

13. Qaysi sahoba butun Hadis kitoblarida "G'asisul maloika" (Farishtalar yuvgan kishi) deyilgan va Payg'ambarimiz SAV bu sahoba haqida shunday deganlar: "Na ishdirkim, maloikalar uni bulut ustiga ko'tarib, kumush dos ichida yuvayotganlarini ko'rdim"?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Amr ibn Jamuh
c) Hanzala
To’g’ri javob: Hanzala
Izoh: Hazrat Hanzala Abu Sufyonni chopgali turganda, uning soqchilaridan biri Shaddod ibn Asvad chaqqonlik bilan Hanzalaga qilich urib, ani shahid qildi, Rasululloh aytdilar: "Na ishdurkim, maloikalar Hanzalani bulut ustiga ko'tarib, kumush dos ichida yuvayotganlarini ko'rdim, dedilar. Buning sababi ersa, hazrat Hanzala shul kuni Madina qizlarining biriga yangidan uylangan edi. Ertasi kuni urush boshlanmoqchi bo'ldi. Yangi kelin ustida bir kecha qo'nmoqqa Rasululloh ruxsat berdilar. Shu kecha xotini tush ko'rsa, tushida osmon yorildi. Hanzala yoriqning u yog'iga o'tib g'oyib bo'ldi. Bu ko'rgan tushining ta'biricha, shu urushda uning shahid bo'lishini xotini gumon qildi, uzun tun o'tib bir-birlariga yovuqlashmadilar (yaqinlashmadilar). Erta namozini o'qigandin so'ngra shu ish voqe' bo'ldi. Mana shu chog'da bular g'usul-tahorat olmasdin ilgari borlik askarlar tezdin dushmanga qarshi chiqsin, deb Rasulullohdin buyruq chiqdi. Buyruq kechiktirilmasin, deb g'usul qilmasdin, yugurib chiqib askar safiga qo'shilmish edi. Rasululloh bu xabarni onglagondin so'ngra - "Hanzalani farishtalar yuvganlarining sababi shu ekan", - dedilar. Bu muborak kishini butun Hadis kitoblarida "G'asisul maloika" deb ayturlar, ya'ni, "Farishtalar yuvgan kishi" - demakdur. ("Tarixi Muhammadiy")

14. Rasululloh SAV Uhud jangida kimni kamonchi-merganlarga boshliq qilib quyganlar?
a) Zubayr ibn Avvom
b) Abdulloh ibn Jubayr
c) Umayr ibn Sa'd
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Jubayr
Izoh: Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Uhud kuni biz mushriklarga ro‘baro‘ bo‘ldik. Janob Rasululloh kamonchi merganlarni tepalik ustiga joylashtirib, ularga Abdulloh ibn Jubayrni amir qilib tayinladilar-da, «Bizning g‘alaba qilganimizni ko‘rsangizlar ham, yengilganimizni ko‘rsangizlar ham joyingizdan jilmangizlar, yordamga oshiqmangizlar!» — dedilar. ("Al-Jome’ as-sahih”, Buxoriy)

15. Qaysi javobda Uhud jangida, Rasuli Akramning yonlaridan jilmagan, hatto dushman tarafidan payg'ambarimizga serpalgan bir qilichni qo'li bilan qaytarib, qattiq jarohat olgan sahobiy nomi to’g'ri kursatilgan?
a) Talha ibn Ubaydulloh
b) Sa’d ibn Abu Vaqqos
c) Abu Ubayda ibn Jarroh
To’g’ri javob: Talha ibn Ubaydulloh
Izoh: Qays ibn Abu Xozim aytadilar: «Men Talhaning bir qo’li (o‘q tegaverganidan) shol bo‘lib qolganini ko‘rdim, u shu qo‘li birlan Uhud kuni Janob Rasulullohni himoya qilgan erdi» ("Al-Jome’ as-sahih”, Buxoriy)

16. Rasululloh SAVning yuzlariga botgan dubulg’ani tishlari bilan sug’urib olgan sahoba kim edi?
a) Sa’d ibn Abu Vaqqos
b) Talha ibn Ubaydulloh
c) Abu Ubayda ibn al-Jarroh
To’g’ri javob: Abu Ubayda ibn al-Jarroh
Izoh: Abu Bakr r.a. rivoyat qiladilar: Shu payt Payg‘ambar alayhissalomning yonoqlariga bir narsa kelib tegib, dubulg‘aning halqasini kiritib yubordi. Uni Payg‘ambar alayhissalomdan chiqarib olish uchun borgan edim, Abu Ubayda: «Alloh xayringni bersin, Abu Bakr, menga qo‘yib ber», dedi va og‘zi bilan u kirgan narsani chiqara boshladi. Payg‘ambar alahissalomga ozor bermaslik uchun tishi bilan chiqarishga harakat qildi va chiqarib oldi. Abu Ubaydaning old tishi tushdi. So‘ngra men keyingisini olishga uringan edim, Abu Ubayda yana: «Abu Bakr, Alloh xayringni bersin, menga qo‘yib ber», dedi. Yana tishi bilan chiqarib oldi. Abu Ubaydaning yana bir tishi tushdi.” (Hadis va hayot: "Olamlarga rahmat payg’ambar”)

17. O’zaro muhabbatlari tufayli bir qabrga dafn etilgan Uhud shahidlari kimlar?
a) Mus’ab ibn Umayr, Anas ibn Nazr
b) Abdulloh ibn Amr, Amr ibn Jamuh
c) Hamza ibn Abdulmuttalib, Sa’d ibn Robe’.
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Amr, Amr ibn Jamuh.
Izoh: Payg‘ambarimiz alayhissolatu vassalom o‘zlari boshida turib ikki-uch kishini bir qabrga qo‘ydilar. Abdulloh ibn Amr ibn Hamro va Amr ibn Jamhlarni o‘zaro muhabbatlari e’tiboridan bir qabrga dafn etdilar. Payg‘ambar alayhissolatu vassalom:
«Bu dunyoda bir-birlarini yaxshi ko‘rgan bu ikki kishini bir qabrga qo‘yinglar», dedilar. (Hadis va hayot: "Olamlarga rahmat payg’ambar”)

18. Rasuli akram SAVni himoya qilib, dushman bilan qattiq jang qilgan sahobiya ayol kim edi?
a) Ummu Sulaym
b) Oyisha binti Abu Bakr
c) Nasiba binti Ka’b
To’g’ri javob: Nasiba binti Ka’b
Izoh: Shu payt Ummu Ammona Nasiba binti Ka’b al-Mozaniya ismli sahobiya ayol Rasuli akram alayhissolatu vassalomni himoya qilib, dushman bilan qattiq jang qildi. Payg‘ambarimiz alayhissalomga yaqinlashib qolgan mushrik Umar ibn Qumaaga bir necha marta qilich urdi. Ammo u ikkita sovut kiyib olgan ekan, o‘tmadi va Ummu Ammonaning siynasiga qilich solib, qattiq yarador qildi. (Hadis va hayot: "Olamlarga rahmat payg’ambar”)

19. Rasululloh SAVning yaralarini so’rib olib, "Tupur!” desalar, tupurmagan, Payg’ambar SAV: «Kim ahli jannat odamni ko‘rmoqchi bo‘lsa, anavinga qarasin», degan sahoba kimning otasi edi?
a) Abu Said al-Xudriy
b) Usoma ibn Zayd
c) Jobir ibn Abdulloh
To’g’ri javob: Abu Said al-Xudriy.
Izoh: Bundan avvalroq Abu Said al-Xudriyning otasi Molik Rasulullohning yaralarini so‘rib tozalagan edi. Unga hazrati Payg‘ambar alayhissalom, tupur, devdilar, hech-hech tupurmayman, deb yo‘lida ravona bo‘ldi. Shunda Rasuli akram alayhissolatu vassalom: «Kim ahli jannat odamni ko‘rmoqchi bo‘lsa, anavinga qarasin», dedilar. (Hadis va hayot: "Olamlarga rahmat payg’ambar”)

20. Uhud urushida quyidagi yosh bolalardan qaysilar ishtirok etganlar?
a) Usoma ibn Zayd, Baro ibn Ozib
b) Zayd ibn Arqam, Zayd ibn Sobit
c) Samura ibn Jundub, Rofe’ ibn Hudayj.
To’g’ri javob: Samura ibn Jundub, Rofe’ ibn Hudayj.
Izoh: Shu payt yosh bolalar, biz ham urushda qatnashamiz, deb kelib qoldilar. Ulardan Usomatu ibn Zayd, Barro ibn Ozib, Zayd ibn Arqam, Zayd ibn Sobit kabi kichkinalarini, hali urushga yoshlik qilasizlar, deb qaytardilar. Samura ibn Jundab va Rofe’ ibn Xudayj kabi kattaroqlarini qabul qildilar. Ularning yoshi o‘n beshda edi. (Hadis va hayot: "Olamlarga rahmat payg’ambar”)

Категория: Islom viktorinasi | Добавил: Taqvo
Просмотров: 1201 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |