2-bosqich. 5-tur: Namoz hukmlari (Hanafiy mazhabida). 1-qism - Islom viktorinasi - Viktorina - Каталог файлов - Taqvo. Radyo
Понедельник, 05.12.2016, 03:23Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islom viktorinasi

2-bosqich. 5-tur: Namoz hukmlari (Hanafiy mazhabida). 1-qism
11.05.2013, 03:51

2-bosqich. 5-tur: Namoz hukmlari (Hanafiy mazhabida). 1-qism
II BOSQICH
5-tur: Namoz hukmlari (Hanafiy mazhabida). 1-qism
Javoblar va izohlar

1. Namozda nechta farz bor?
a) 6 ta: takbiri tahrima, qiyom, qiroat, ruku, sajda, qa’da.
b) 12 ta (6 ta shart va 6 ta rukn)
c) 10 ta (5 tasi namoz tashqarisida, 5 tasi namozning ichkarisida)
To’g’ri javob: 12 ta (6 ta shart va 6 ta rukn)
Izoh: Namozga kirishdan oldingi farzlar shartlar, deyilsa, namoz ichidagi farzlar esa ruknlar, deyiladi. Namozning tashqarisidagi shartlari oltitadir. Namozning ruknlari, ya’ni ichidagi farzlari ham oltitadir. ("Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari”)

2. Quyidagi amallardan qaysi biri sunnat hisoblanmaydi?
a) fursat keng bo‘lganida bomdod va peshin namozlarida Buruj surasidan oldingi suralarni o‘qish.
b) fursat keng bo‘lganida asr va xufton namozlarida Bayyina surasidan oldingi suralarni o‘qish.
c) fursat keng bo‘lganida bomdod namozidan so’ng Yosin, xufton namozidan so’ng Mulk surasini o’qish.
To’g’ri javob: fursat keng bo‘lganida bomdod namozidan so’ng Yosin, xufton namozidan so’ng Mulk surasini o’qish.
Izoh: Namozda Fotiha surasidan so‘ng muayyan surani muayyan namozda o‘qish belgilab qo‘yilmagan. Ammo namozlarda Fotiha surasidan so‘ng sunnatga muvofiq o‘qiladigan suralarning kalta-uzunligi ko‘rsatilgan. Binobarin, fursat keng bo‘lganida, bomdod va peshin namozlarida Buruj surasidan oldingi suralarni, asr va xufton namozlarida Bayyina surasidan oldingi suralarni o‘qish sunnatdir. Fursat oz bo‘lsa, shundan kelib chiqib o‘qiladi («Sharhi viqoya»).

3. Peshin namozi vaqti kirgan, lekin azon atilmagan, 4 rakaat sunnat namozini o’qib olsa bo’ladimi?
a) Ha, namoz vaqti kirgach, azon aytilmasa-da, 4 rakaat sunnat namozini o’qisa bo’ladi.
b) Yo’q, namoz vaqti kirgach, azon aytilgandan so’ng 4 rakaat sunnatni sunnatni o’qisa bo’ladi.
c) Namoz o’qiguvchi agar uyda bo’lsa azon aytilmasa-da, sunnatni o’qiyveradi, agar masjidda bo’lsa, azon aytilgandan so’ng o’qiydi.
To’g’ri javob: Ha, namoz vaqti kirgach, azon aytilmasa-da, 4 rakaat sunnat namozini o’qisa bo’ladi.
Izoh: Azon sunnat namoz uchun emas, farz namoz uchun aytiladi. («Hidoya»)

4. Ayol kishi qadami (oyoq tagi)ni ochgan holda namoz o’qishi mumkinmi?
a) Mumkin emas, ayol kishining qadami nomahram erkak uchun avratdir, namozda ham oyoq tagi yopiq turishi kerak.
b) Mumkin, ayollarning qadami namozda yopish lozim bo’lgan avrat emas.
c) Ayollarning namozni oyoq taglarini berkitmay o’qishlari makruh.
To’g’ri javob: Mumkin, ayollarning qadami namozda yopish lozim bo’lgan avrat emas.
Izoh: Ayollarning qadami namozda yopish lozim bo‘lgan avrat emas. Shuning uchun paypoq kiymay namoz o‘qishlari joiz. Unga nomahram erkaklarning qarashi haromdir («Sirojiya»).

5. Quyidagi holatlardan qaysi biri makruh amal hisoblanmaydi?
a) Sajdaga borishdan avval shim poychasini ko’tarib olish
b) Sajdadan turgandan so’ng yaktak yoki chopon etagini to’g’rilab olish
c) Namoz paytida uzrsiz yo’talish.
To’g’ri javob: Namoz paytida uzrsiz yo’talish.
Izoh: Sajdaga borishdan avval shim poychasini ko’tarib olishm sajdadan turgandan so’ng yaktak yoki chopon etagini to’g’rilab olish makruhdir. Agar bunday ish bir ruknda uch bora takror qilinsa, namoz buziladi («Radd ul-muxtor»).

6. Payg’ambar SAV me’rojga chiqqanlarida Alloh taolo dastlab kuniga necha vaqt namozni farz qildi?
a) 15 vaqt
b) 30 vaqt
c) 50 vaqt
To’g’ri javob: 50 vaqt
Izoh: Ibn Abbos va Abu Hayya al-Ansoriy: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday degandilar»,— deyishadi: «Keyin meni shunchalik balandga olib chiqdiki, hatto o‘sha joyda (yozuv-chizuv qilayotgan) qalam sharpalarini eshitdim». Ibn Hazm va Anas ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mana bunday deb aytgan edilar»,— deyishadi: «Olloh taolo ummatimga 50 vaqt namoz farz qildi, men shuni olib qaytdim. Muso alayhissalomning yonlariga kelganimda: «Ummatingizga Olloh taolo nimani farz qildi?» — dedilar. «50 vaqt namozni»,— dedim. «Qayting rabbingiz huzuriga, chunki ummatingiz bunga chidamaydir»,— dedilar Muso alayhissalom. Men qaytdim, rabbim yarmini kechdi. So‘ng, Muso alayhissalomning oldilariga kelib: «Yarmini kechdi»,— dedim. «Qayting rabbingizning oldiga, chunki ummagingiz bunga ham toqat qilmaydir»,— dedilar Muso alayhissalom. Qaytdim, rabbim yana yarmini kechdi. Muso alayhissalomning yonlariga qaytib kelib, yana yarmini kechganligini aytdim. «Qayting rabbingizning oldiga, ummatingizning bunga ham toqati kelmaydir»,— dedilar Muso alayhissalom, Rabbim oldiga qaytib bordim. Shunda rabbim: «Besh vaqt namoz farz qildim, lekin savobi ellik vaqt namoz savobiga tengdir, endigi so‘zim qat’iydir, boshqa o‘zgartirilmaydir»,— dedi. Muso alayhissalomning yonlariga qaytib keldim. «Qayting rabbingizning oldiga»,— deb edilar, «Rabbimdan uyalaman»,— dedim. Keyin, Hazrat Jabroil meni Sidrat ul-Muntaho degan joygacha olib chiqdilar. Sidrat ul-Muntahoni turli-tuman ranglar shunchalik chulg‘ab olg‘ankim, uning ne ekanlig‘in bilolmadim. Keyin, jannatga kiritildim. Uning so‘qmoqlari durru gavharlar birlan qoplangan, tufrog‘i ersa mushk erkan». ("Al-jome’ as-sahih”, Buxoriy)

7. Bir kunda necha rakaat farz namozi mavjud?
a) 32 rakaat
b) 17 rakaat
c) 20 rakaat
To’g’ri javob: 17 rakaat
Izoh: Peshin, asr va xuftonni farzlari to‘rt va shom uch va bomdod ikki raakatdir. ("Tasxili zaruriy”)

8. Quyidagi hukmlardan qaysi biri noto’g’ri?
a) Quyosh botishi oldidan asr namozini o’qib olish mumkin.
b) Namozi bomdoddan so‘ng kun nayza bo‘yi ko‘tarilguncha nafl o’qish makruh.
c) Asr namozidan so’ng qazo namozlarini o’qish joiz emas.
To’g’ri javob: Asr namozidan so’ng qazo namozlarini o’qish joiz emas.
Izoh: Bomdoddan so‘ng yoki asrdan so‘ng qazo namozini o’qish joiz, ammo asrdan keyin bo‘lsa quyosh sarg‘aymasdan namozni tugatadi. ("Tasxili zaruriy”)

9. Hadisi sharifga ko’ra ota-onalar farzandlarini necha yoshdan namoz o’qishga buyurishlari ta’kidlanadi?
a) 7 yoshdan
b) 10 yoshdan
c) qiz bolalarga 9, o’g’il bolalarga 12 yoshdan.
To’g’ri javob: 7 yoshdan
Izoh: Yetti yoshga to‘lgan bolalar namoz o‘qishga buyuriladi. O’n yoshga to‘lganida ham namoz o‘qimasa, o‘rgatish maqsadida faqatgina qo‘l bilan uriladi, tayoq bilan urilmaydi.
Hadisi sharifda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam "Farzandlaringiz yetti yoshga to‘lgach, namoz o‘qishga buyuringlar, o‘n yoshga kirganida ham namoz o‘qimasalar (yengil) uringlar va yotoqlarini ajratinglar ", deb marhamat qilganlar. ("Nurul izoh”)

10. Quyidagi holatlardan qaysi biri makruh emas?
a) Juma kuni imom xutba o‘qishga chiqishidan boshlab, juma namozi o‘qib bo‘lingunigacha nafl namozi o’qish.
b) Quyosh botayotgan paytda o‘qilgan oyatlarning tilovat sajdasini qilish.
c) Nafsga xush kelgan taom dasturxonga tortilganida nafl namozi o’qish.
To’g’ri javob: Quyosh botayotgan paytda o‘qilgan oyatlarning tilovat sajdasini qilish.
Izoh: Nafl va sunnat namoz o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlar
1. Ikkinchi fajr (fajri sodiq) kirgach (bomdod namozining sunnatidan tashqari).
2. Bomdod namozining farzidan so‘ng.
3. Asr namozining farzidan so‘ng.
4. Shom namozining farzidan avval.
5. Juma kuni imom xutba o‘qishga chiqishidan boshlab, juma namozi o‘qib bo‘lingunigacha.
6. Bomdod namozining sunnatidan tashqari, qaysi namoz bo‘lmasin, muazzin takbir aytayotganida.
7. (Xoh uyda, xoh masjidda bo‘lsin) hayit namozidani avval, hayit namozidan so‘ng (faqat masjidda).
8. Arafot va Muzdalifada jam’ qilib o‘qilgan ikki namoz orasida.
9. Farz namozining vaqti juda kam qolganida (chunki nafl o‘qiladigan bo‘lsa, farz qazo bo‘lib qolishi mumkin).
10. Kichik yoki katta hojat tang qilib turganida.
11. Nafsga xush kelgan taom dasturxonga tortilganida.
12. Namozdan chalg‘ituvchi narsalarning yonida nafl namoz o‘qish. ("Nurul izoh”)

11. Sajda oyatlarini tarjimalarini o’qigan yoki eshitgan mo’min kishi sajda qilishining hukmi nima?
a) Ha, sajda oyatlari tarjimasini ham o’qib yoki eshitganda sajda qilish vojib bo’ladi.
b) Yo’q, sajda oyatining faqatgina arabchasini o’qigan yoki eshitgan kishilar sajda qilishi vojib.
c) Sajda oyati tarjimasini ‘qiganda yoki eshitganda sajda qilish mustahab amaldir.
To’g’ri javob: Ha, sajda qilish vojib bo’ladi.
Izoh: Sajda oyatlarining tarjimalarini ham o‘qigan yo eshitganlarga sajda qilish vojib bo‘ladi («Fatovoi Olamgiriya»)

12. 1) Molga talofat yetishi mumkin bo‘lgan holatda namozni buzish va 2) shaxs hayotini qutqazish uchun namozni buzishning hukmi nima?
a) 1) Muboh; 2) Vojib.
b) 1) Mustahab; 2) Sunnat.
c) 1) Harom; 3) Mustahab
To’g’ri javob: 1) Muboh; 2) Vojib.
Izoh: Namozni hech bir uzrsiz buzish haromdir. Molga talofat yetishi mumkin bo‘lgan holda namozni buzish muboh bo‘ladi. Shaxs hayotini qutqazish uchun esa vojibdir. Komil ado etish niyatida namozni buzish mustahab («Raddul muxtor»).

13. Namoz o’qiyotganda og’izda qolib ketgan 1 ta guruch donasini yutib yuborsa namozi buziladimi?
a) Buziladi, chunki namozda yeyish va ichish namozni buzadi.
b) Namoz buzilmaydi, lekin bu makruhdir.
c) Namozxon agar ixtiyorisiz yutib yuborgan bo’lsa, buzilmaydi, ataylab yutsa buziladi.
To’g’ri javob: Namoz buzilmaydi, lekin bu makruhdir.
Izoh: Agar namozxon tishi orasida qolgan narsa no‘xotdan kichik bo‘lsa, uni yutishi bilan namozi buzilmaydi. Ammo bu makruhdir. Agar yutgan narsasi no‘xotday bo‘lsa, namozi buziladi («Fatovoi olamgiriya»).

14. Quyidagi holatlardan qaysi biri makruh emas?
a) Namozxonning eski ish kiyimi bilan ibodat qilishi
b) Namoz o‘qimayotgan kishining orqasida namoz o‘qimoqlik
c) Qavmga imom bo‘luvchi kishining qavmdan farqli darajada balandda turishi
To’g’ri javob: Namoz o‘qimayotgan kishining orqasida namoz o‘qimoqlik
Izoh: Namozda makruh bo‘lmagan amallar:
1. Namoz o‘qimayotgan kishining orqasida namoz o‘qimoqlik;
2. Namoz o‘quvchining namozda turgan holda ilon-chayon kabi gazandalarni o‘ldirmoqligi makruh sanalmaydi. ("Dinda savolim bor”)

15. Namozxon odamlar o’tishi mumkin bo’lgan joyda namoz o’qishga shoshildi-da, sutraga narsa topolmay, oyoq kiyimini sutra tarzida joylashtirdi. Oyoq kiyimi yoki sumka sutraga muvofiq bo’ladimi?
a) ha, muvofiq bo’ladi, sutra uchun uning bo’yi bir qarich bo’lsa kifoya
b) yo’q, muvofiq bo’lmaydi, sutra uchun uning bo’yi yarim metrdan baland bo’lishi kerak.
c) ha, muvofiq bo’ladi, sutra uchun uning bo’yi ikki qarich bo’lishi kerak, tufli yoki sumkani uzunasiga joylashtirsa bo’ladi.
To’g’ri javob: yo’q, muvofiq bo’lmaydi, sutra uchun uning bo’yi yarim metrdan baland bo’lishi kerak.
Izoh: Sutraning bo‘yi taxminan yarim metr, qalinligi kamida barmoqdek bo‘ladi. Bundan ingichka bo‘lsa, ko‘z ilg‘amasligi, natijada to‘siqdan ko‘zda tutilgan maqsad hosil bo‘lmasligi mumkin. Namozxon sutraga yaqin turadi. Sutra tik qilib qo‘yiladi. Poyabzal kabi sutra shartiga javob bermaydigan narsalar to‘siq bo‘lishga yaramaydi. Sajdaga bosh qo‘yadigan joygacha bo‘lgan oraliqdan o‘tmoqchi bo‘lgan kishi tasbeh ("Subhanalloh" deyish) yoki imo-ishora (ko‘z, bosh, qo‘l va hokazo) bilan to‘xtatiladi. Ammo ham tasbeh aytib, ham imo-ishora bilan to‘xtatish, shuningdek, xoh sutra bilan, xoh sutrasiz odamlar o‘tib-qaytadigan yo‘l ustida namoz o‘qish makruhdir. ("Hidoya")

16. "Quyosh chiqayotganda, qiyomda turganda va botayotganda namoz o’qish, tilovat sajdasi qilish va janoza namozi o’qish joiz emas” Savol quyidagicha: Agar bir odam bomdod nomoziga kech qolsa, quyosh chiqmay turib bir rakatini o’qisa, so’ngra quyosh chiqib qolsa, shuningdek bir kishi kech qolib asrning bir rakatini o’qigandan keyin quyosh botib qolsa, mazkur namozlar qazo qilinib o’qiladimi?
a) ikkisida ham buzilmaydi oxiriga yetkazadi.
b) ikkisida ham buziladi namozni mazkur vaqtlardan o’tkazib o’qiydi.
c) bomdodni qazo qilib o’qiydi, asrni oxiriga yetkazadi.
To’g’ri javob: bomdodni qazo qilib o’qiydi, Asrni oxiriga yetkazadi.
Izoh: Illo, o’sha kunni asri bundan mustasno. Uni quyosh botayotganda ham o’qisa bo’ladi. Kechga qoldirishi gunoh, ammo namozi namoz bo’laveradi.Ammo bir odam bomdod namoziga kech qolsa, quyosh chiqmay turib bir raka’atini o’qisa, so’ngra quyosh chiqib qolsa, namozi namoz buziladi. Shuningdek, bir kishi kech qolib asrning bir raka’atini o’qigandan keyin quyosh botib qolsa, namozi botil bo’lmaydi. U o’z namozini davom ettirib o’qiyveradi.Namoz tugal bo’ladi. ("Kifoya”)

17. Fuqaholar namozning to’g’ri bo’lishi uchun qiblaga yuzlanish shart ekanligiga ittifoq qilganlar. Xavf paytida va ulov ustida nafl namoz o’qish, ya’ni dushman, yirtqich hayvon xavfi tahdid solib turganda va ulov ustida ketayotgan shaxs nafl namozi o’qimoqchi bo’lsa, qiblaga qaramay o’qishi mumkinmi?
a) qiblaga qaramay namoz o’qisa bo’ladi.
b) qiblaga yuzini burib oladi.
c) umuman mumkin emas.
To’g’ri javob: Qiblaga qaramay namoz o’qisa bo’ladi.
Izoh:Fuqaholar namozning to’g’ri bo’lishi uchun qiblaga yuzlanish shart ekanligiga ittifoq qilganlar. Xavf paytida va ulov ustida nafl namoz o’qish bundan mustasno. Ya’ni dushman, yirtqich hayvon xavfi tahdid solib turganda va ulov ustida ketayotgan shaxs nafl namozi o’qimoqchi bo’lsa, qiblaga qaramay namoz o’qisa bo’ladi. ("Kifoya”)

18. Imom Termiziyning lafzida aytilgan ushbu hadisi sharifdagi namoz qaysi namoz?
"Kim Bomdodni jamoat bilan o’qisa, so’ngra quyosh chiqquncha Allohni zikr qilib o’tirsa, keyin ikki raka’at namoz o’qisa, uning uchun haj va umraning ajridek bo’lur. To’liq, to’liq, to’liq”
a) Zuho
b) Shukri vuzu’
c) Shuruq.
To’g’ri javob: shuruq namozi.
Izoh: Ushbu rivoyatda vasf qilinayotgan namozni "solatush shuruq” – "shuruq namozi”ham deyiladi. ("Kifoya”)

19. Solat so’zining lug’aviy ma’nosi quyidagi qaysi so’zga to’g’ri keladi?
a) Munojot
b) Duo
c) Salom.
To’g’ri javob: Duo.
Izoh: Namoz lug‘atda duo degan ma’noni anglatadi. Shariatda esa boshlanishi iftitoh takbiri, oxiri salom bo‘lgan maxsus harakat va lafzlardan iborat ibodatdir. Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, hijratlaridan bir yarim yil avval, Me’roj kechasida farz qilingan. ("Nurul izoh”)

20. Namoz chog’ida uyali telefon jiringlab qoldi, namozxon uni o’chirsa namozi buziladimi?
a) Yo’q, namozi buzilmaydi.
b) Ha, namozi buziladi.
c) Bir o’zi o’qiyotganda buzilmaydi, jamoatda esa buziladi.
To’g’ri javob: Yo’q, namozi buzilmaydi.
Izoh: Yon telefonni o‘chirish bir qo‘l bilan bajariladi. Bir qo‘l bilan bajariladigan ishlar namozning bir ruknida takroran qilinmasa, namoz buzilmaydi («Fatovoi Qozixon»).


Категория: Islom viktorinasi | Добавил: Taqvo
Просмотров: 956 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2016 |