Четверг, 28.03.2024, 12:51Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islom viktorinasi

2-bosqich. 6-tur: Uhud g’azotidan so’ng. Roji’ hodisasi
11.05.2013, 03:49

2-bosqich. 6-tur: Uhud g’azotidan so’ng. Roji’ hodisasi
II BOSQICH
6-tur: Uhud g’azotidan so’ng. Roji’ hodisasi
Javoblar va izohlar

1. Uhud g’azotida "Muhammadni (sav) o’ldirdim” deb yolg’on xabar tarqatgan mushrik kim edi?
a) Abdulloh ibn Shihob
b) Axnas ibn Shurayq
c) Ibn Qam’a
To’g’ri javob: Ibn Qam’a
Izoh: — Ey Umar, Xudo haqqi, rostini aytgilkim, Ibn Qam’a Muhammadni o‘ldirdim debdur, uning so‘zi chin bo‘lgaymu? — dedi.
Hazrati Umar:
— Bu so‘z yolg‘ondur, Rasululloh salomatdurlar, sening bu so‘zlaringni onglab o‘ltirurlar — dedi.
Anda Abu Sufyon:
— Mening oldimda, ey Umar, ibn Qam’a so‘zidan sening so‘zingga ishonish ortiqroqdur — dedi. Bu so‘rashning sababi esa, Ibn Qam’a Islom tug‘ini ko‘tarib turgan Mus’ab Ibn Umayrni o‘ldirib, Muhammadni o‘ldirdim, deb gumon qilib, askar ichida jar chaqirtirgan edi. ("Tarixi Muhammadiy”)

2. Badr jangida asirlikka olingan va tavonsiz, musulmonlar bilan qayta urushmaslik ahdnomasiga rozi bo'lib ozod qilingan, lekin bu ahdni buzgan hamda bor so'zamollik san'atini ishga solib hammani musulmonlarga qarshi kurashga(Uhudga) chorlagan kofir kim edi?
a) Abu Azza
b) Suhayl
c) Safvon ibn Umayya
To’g’ri javob: Abu Azza
Izoh: Rasululloh asirlar ichidagi kambag'allardan fidya mol olmayin, alarni ozod qildilar. Shular ichida Quraysh shoirlaridan Abu Izza degan bir kishi bor edi. Bu bo'lsa, hijratdin ilgari Makkada Rasulullohga ko'p ozorlar yetkuzgan edi. Badr urushida bandi bo'lib, bu ham qo'lga tushdi. Rasulullohni oldilariga kelib: «Ey Muhammad, yaxshi bilursan, bola-chaqalarim ko'p, faqir kishidurman, mendin mol olmay, ozod qilishingni so'rayman», dedi. Anda Rasulullohning unga rahmlari keldi, qilgan gunohlaridan o'tib, uni bir pul chiqimsiz ozod qildilarda: «Lekin shu shart bilankim, bizni yomonlab xalq ichida she'rlar aytmagaysan, bizlarga qarshi so'kish uchun chiqqan qo'shinga qo'shilib kelmagaysan», dedilar. Ul ham bu shartlarni til uchida qabul qilgan bo'lib, boshini qutqazib ketdi. Makkaga borganida «Muhammaddin qandoq qutilib kelding?» deb so'raguvchi kishilarga, u: «Uni tilim bilan sehrlab, aldab keldim», deb maqtanur edi. Hatto qilgan ahdini buzib, musulmonlar haqida burungidan ham buzuqroq she'rlar aytgani turdi. Shu bilan ham to'xtamay, Uhud urushida qatnashgan Quraysh askarlariga qo'shilib, yana keldi. Lekin bu kelishida uni ajal haydab kelgan edi. Qo'lga tushgandin so'ngra o'ziga loyiq jazosini berdilar. ("Tarixi Muhammadiy”)

3. Kim Rasululoh s.a.v. ga maktub yo'llab Qurash mushriklari jangga otlangani haqida xabar berdi?
a) Badr jangidan so'ng Makkaga ziyoratga borgan ansorlar r.a
b) Payg'ambar alayhis-salomning amakilari Abbos
c) Shom safariga ketayotib, musulmonlarga asir tushgan qurayshlik savdogar Amr.
To’g’ri javob: Payg'ambar alayhis-salomning amakilari Abbos
Izoh: Quraysh mushriklari jangga otlangani haqida payg'ambar alayhis-salomning amakilari Abbos maktub yo'llab xabar yetkazdi. ("Nurul yaqiyn”)

4. Uhud kuni barcha shahidlarning ayrim a'zolarini mushrika ayollar kesib olishdi. Faqat Hanzalagagina tegishmadi. Nima asababdan?
a) Hanzala musulmon bo’lmasidan avval Qurayshda hurmatli kishilardan edi, unga rahm qilishdi
b) Farishtalar uni g'usl qildirib o'z himoyalariga olishdi
c) Otasi uni yoniga hech kimni yo'latmadi
To’g’ri javob: Otasi uni yoniga hech kimni yo'latmadi
Izoh: Hanzala shahidlar orasida burni va quloqlari kesilmagan birdan-bir shahid edi. Quraysh xotinlari unga rahm qilgani uchun emas, balki mushrik va kofir otasi Abu Amir Rohib uning yoniga hech kimni yo‘latmagani uchun shunday bo‘lgan edi. ("Saodat asri qissalari”)

5. Uhudga ketishdan oldin "Allohim meni shahid et, bu yerga qaytib kelishimga yo'l qo'yma" deya duo qilgan va shahidlik nasib qilgan sahoba?
a) Abdulloh ibn Jahsh
b) Amr ibn Jamuh
c) Abdulloh ibn Amr
To’g’ri javob: Amr ibn Jamuh
Izoh: Bu orada Amr ibn Jamuhning o‘g‘illari ham otalarini tuyaga ortishdi. Lekin tuya tuyoqlari yerga mixlangandek turib olib, bir qadam ham oldinga jilmadi. O’ngga yoki chapga boshlaganlarida bemalol yurar, boshini Madina tomonga burishgan zahoti esa, taqqa to‘xtab qolar edi. Bunda bir hikmat bo‘lsa kerak, deb Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga borib, voqeani tushuntirishdi. Rasululloh (s.a.v.) 6u holni ilohiy ishoradan deb qabul qildilar va olib ketilgan shahidlarni ham qaytarib, Uhudda ko‘mishga buyurdilar. Amrlari ijro etildi. Shu tariqa Amr ibn Jamuhning: "Ollohim, menga shahidlikni nasib et. Bu yerlarga yana qaytib kelishimga yo‘l qo‘yma", deb qilgan duosi tamomila ijobat bo‘lgan edi. ("Saodat asri qissalari”)

6. Uhudda endigina islomni qabul qilib, hali 1 rakat ham namoz o'qishga ulgurmagan va shu bilan shahid bo'lgan sahoba kim edi?
a) Abdulloh ibn Amr
b) Amr ibn Uqaysh
c) Ka'b ibn Molik
To’g’ri javob: Amr ibn Uqaysh
Izoh: Erta tongda Madinaga kirib kelgan asli madinalik Amr ibn Uqaysh shaharda g‘arib bir holatni sezdi. Hamma tomonda xotinxalaj, erkaklardan esa asar ham yo‘q. Hayron bo‘lib, bir ayoldan so‘radi:
— Nimalar bo‘lyapti o‘zi bu yerda?
Ayol unga qurayshliklar bostirib kelishganini, hamma ularning hujumini qaytarish uchun Uhudga ketganini aytdi. Amr darxol qurolini qo‘lga olib, yo‘lga tushdi. Jang boshlanmay turib Uhudga yetdi va Rasulullohning (s.a.v.) yonlariga kelib:
— Bu yerga Qurayshga qarshi jang qilish uchun keldim. Istasangiz, avval musulmon bo‘lib, keyin jangga kiray. Istasangiz, avval jang qilib, keyin Islomni qabul qilay, — dedi.
— Avval musulmon bo‘l, keyin jang qil!
Amr Rasuli akram (s.a.v.) xuzurlarida kalimai shahodat keltirib, Islom dinini qabul etdi, keyin jangchilar safiga qo‘shildi. Oradan bir necha soat o‘taro‘tmas, Amr xali bir vaqt namozini o‘qishga ham ulgurmay, Islom dini buyurgan ibodatlarning hech birini bajarishga fursat topmay, ammo eng martabalisini ado etib, shahidlik sharbatini ichajak va o‘zini jannatning eshigi oldida ko‘rajak. ("Saodat asri qissalari”)

7. Uhud jangi qizib turgan bir paytda Alloh yaratgan eng muborak qo’llar samoga ochilib, Anbiyolar sultonining tilidan: "Allohim, ularni jannatda menga hamroh qil!” deb duo qilganlarida Rosululloh kimlarni aytdilar?
a) Hazrati Umar ukasi Zayd ibn Hattob, Ali ibn abi Tolib.
b) Nasiba eri Zayd ibn Osim va ikki o’g’li.
c) Abu Bakr Siddiq, Usmon ibn Affon, Mus’ab ibn Umayr.
To’g’ri javob: Nasiba eri Zayd ibn Osim va ikki o’g’li.
Izoh: O’shanda ummu Ummora janob payg’ambarimizga o’z orzuyini bunday bayon etgan edi: - ey Allohning Rosuli,jannatda sizga qo’shni bo’lishimni so’rab Allohga iltijo qiling. Jang qizib turgan bir paytda Alloh yaratgan eng muborak qo’llar samoga ochilib,Anbiyolar sultonining tilidan: "Allohim,ularning jannatda menga hamroh qil!” degan niyozi robbul olaminga izhor etildi. ("Saodat asri qissalari”)

8. "Allohning yo’lbarsi" deya nom olgan sahobiy kim?
a) Hazrati Ali
b) Hazrati Hamza
c) Xolid ibn Valid
To’g’ri javob: Hazrati Hamza
Izoh: Ittifoqo Hamza Vahshiyning ro’parasiga kelib qoldi. Abdulazzo o’g’li Sabahni bir qilich zarbasi bilan yerga qulatdi, Vaxshiy bunday imkoniyatni qo’ldan boy bermadi. Nayzasini otdi qahramonlarning qahramoni Hamzani shahid etdi. "Allohning yo’lbarsi" Hamzaning shahid bo’lishi islom qo’shinini sarosimaga soldi. (Hazrati Payg'ambarimiz va Islom dini)

9. Uhud shahidlaridan bo’lmish farishtalar qanotlari ila soya qilgan sahobiy?
a) Abdulloh ibn Amr
b) Abdulloh ibn Jubayr
c) Usayrim ibn Abdulashhal
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Amr
Izoh: U mashhur sahoba Jobir ibn Abdullohning otasi. Uhud kuni shahid bo’lgach farishtalar qanotlari bilan soya qilib turdilar. ("al-Anvar fiy siyratin-nabiy al-muxtor”)

10. Uhud g'azotida Muhammad (sav) o'ldirilibdilar degan yolg'on xabar tarqaladi, shunda musulmonlarga qarata "Ey qavm, Muhammad (sav) o'ldirilgan bo'lsalar ham, u zotning Robbisi tirikdir! Turinglar, Rasululloh (sav) jang qilgan narsa uchun sizlar ham jang qilinglar, deb qilichini ko'targancha o'zini jang maydoniga urgan va shahid bo'lgan sahoba kim?
a) Mus'ab ibn Omir
b) Anas ibn Nazr
c) Anas ibn Muoz
To'g'ri javob: Anas ibn Nazr.
Izoh: Rasululloh (sav) o'ldirilibdilar degan yolg'on xabar tarqalgach, ba'zi musulmonlar "Abdulloh ibn Ubayga elchi yuborganimizda edi, u bizlarga Abu Sufyondan omonlik olib berardi. Ey qavm Muhammad o'ldirildi, endi dushman kelib sizlarni o'ldirmasidan orqaga qaytinglar, deb jang maydonidan qocha boshlaydilar. Shunda Anas ibn Nazr ularga qarata yuqoridagi gaplarni aytib, jangga kiradi va shahid bo'ladi. ("Jami'ul bayan fi ta'vilil-Qur'an", Tabariy).

11. Oli Imron surasining 154-oyati Uhud jangida mag'lubiyatga uchragan musulmonlardan bu g'am-alamni aritish maqsadida, ulardan ba'zilari mudrash holatiga solib qo'yilgani haqida nozil bo'lgan. Bu haqda bir sahobiy "Men jangchilar safida turgan holimda uyqu bosib, bir necha marta qo'limdan qilichim erga tushib ketganida uni yerdan ko'tarib olganimni eslayman", deb guvohlik berganlar. O'sha sahobiyning nomini ko'rsating.
a) Sa’d ibn Abu Vaqqos
b) Ali ibn Abu Tolib
c) Abu Talha
To'g'ri javob: Abu Talha.
Izoh: Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisi sharifda sahobiylardan Abu Talha guvohlik berib aytadilar: "Men jangchilar safida turgan holimda uyqu bosib, bir necha marta qo'limdan qilichim erga tushib ketganida uni erdan ko'tarib olganimni eslayman". ("Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri", Abdulaziz Mansur).

12. Rasululloh (sav) o'xshaydigan, Uhud jangida 2 qo'lidan ajrab shahid bo'lgan sahobiy kim?
a) Hamza ibn Abdulmuttalib
b) Sa'd ibn Rabi'
c) Mus'ab ibn Umayr
To'g'ri javob: Mus'ab ibn Umayr
Izoh: Muhojirlar bayrog'ini ko'targan Mus'ab ibn Umayrning 2 qo'lini kesib tashladilar, lekin faqatgina o'lim uni bayroqni tashlashga majbur qildi. O'ldirgan Abdulloh ibn Qim'a Rasulullohni (sav) o'ldirdim deb o'yladi, chunki u payg'ambar (sav) ga o'xshardi. ("Siyratu-n-Nabaviy", Al-Muborakfuriy).

13. Uhud g’azotidan so’ng Rasululloh SAV xiyonatkor Uzal va Qora urug’lariga Islomni o’rgatish uchun necha kishini yubordilar?
a) 30 kishini
b) 15 kishini
c) 6 kishini
To’g’ri javob: 6 kishini
Izoh: Uhud urushidan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga Uzal va al-Qora urug‘laridan ba’zi kishilar kelib: «Ey, Allohning Rasuli, bizning ichimizga o‘z sahobalaringizdan ba’zi kishilarni yuboring, bizga dinni o‘rgatishsin», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ular bilan o‘z sahobalaridan olti kishini yubordilar. ("Hadis va hayot”: Nubuvvat va risolat)

14. Uhud g’azotida ikki og’lini o’ldirgani uchun qurayshlik bir ayol o’sha sahobaning bosh chanog’ida xamr ichishga qasam ichgan edi. Roji’ hodisasida shahid bo’lgan ushbu sahobaning boshini o’sha ayol so’rab keladi. Uning boshini esa Allohning O’zi himoya qiladi. Gap qaysi sahoba haqida ketmoqda?
a) Marsad ibn Abu Marsad
b) Osim ibn Sobit
c) Xolid ibn Bukayr
To’g’ri javob: Osim ibn Sobit
Izoh: Ushbu uch shahidning biri Osim ibn Sobit roziyallohu anhu Uhud urushida qurayshlik bir ayolning ikki o‘g‘lini qatl qilgan edi. O’sha ayol agar imkonini topsa Osim ibn Sobitning bosh chag‘anog‘ida xamr ichishni nazr qilgan edi. Osim roziyallohu anhu qatl qilinganda o‘sha ayol uning boshini berishlarini so‘rab keldi. Odamlar Abu Sufyonga, o‘z amakivachchangning boshini bundoq qilinishiga yo‘l qo‘yma, deb iltimos qildilar. Ammo Abu Sufyon haligi xotinga Osimning boshini kesib berishga amr qildi. Alloh taolo esa Osim roziyallohu anhuning boshini O’zi himoya qildi. Boshni kesib olmoqchi bo‘lganlarida arilar bu ishni qilishga yo‘l qo‘ymadilar. ("Hadis va hayot”: Nubuvvat va risolat)

15. Alloh taolo mushrika ayoldan yuqorida ta’rifi o’tgan shahid bo’lgan sahobaning boshini qanday himoya qiladi?
a) arilar o’rab oladi.
b) chumolilar o’rab oladi.
c) qattiq sel olib ketadi.
To’g’ri javob: arilar o’rab oladi.
Izoh: Alloh taolo esa Osim roziyallohu anhuning boshini O’zi himoya qildi. Boshni kesib olmoqchi bo‘lganlarida arilar bu ishni qilishga yo‘l qo‘ymadilar. ("Hadis va hayot”: Nubuvvat va risolat)

16. Roji’dagi xiyonatdan so’ng asir olinib, o’limga hukm qilinib, qatl oldidan «Allohga qasamki, agar o‘limdan qo‘rqayapti deyishlaringni mulohaza qilmaganimda ko‘proq namoz o‘qigan bo‘lar edim», degan buyuk sahobiy kim edi?
a) Xubayb ibn Adiy
b) Osim ibn Sobit
c) Abdulloh ibn Toriq
To’g’ri javob: Xubayb ibn Adiy
Izoh: Shunda Xubayb roziyallohu anhu ularga: «Agar ma’qul ko‘rsangiz, menga ikki rak’at namoz o‘qib olishga ijozat beringlar», dedi. Ular: «Mayli, o‘qib ol», deyishdi.
U kishi yaxshilab ikki raka’t namoz o‘qidilar va jallodlarga qarab kulimsirab turib:
«Allohga qasamki, agar o‘limdan qo‘rqayapti deyishlaringni mulohaza qilmaganimda ko‘proq namoz o‘qigan bo‘lar edim», dedilar. ("Hadis va hayot”: Nubuvvat va risolat)

17. O’limi oldidan Abu Sufyonning: «Xudo haqqi rostini ayt! Hozir Muhammad bizning qo‘limizda bo‘lib, sen o‘z ahling bilan bo‘lishni xohlarimding?» degan savoliga: «Allohga qasamki, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga hozirgi joylarida tikon kirishini ham o‘zimning ahlim ichida o‘tirishimga almashtirmayman», deya javob bergan buyuk sahoba kim edi?
a) Xubayb ibn Adiy
b) Zayd ibn ad-Dasana
c) Osim ibn Sobit
To’g’ri javob: Zayd ibn ad-Dasana
Izoh: Xuddi o‘sha kuni Xubayb roziyallohu anhuning sheriklari Zayd ibn ad-Dasana roziyallohu anhuni ham boshqa bir mushriklar guruhi Umayyaya ibni Xalafning o‘chini olish uchun osib o‘ldirdilar. Dor tagiga mushriklar tomonidan tamosha uchun bir qancha odam to‘plangan edi. Zayd roziyallohu anhu sabrli, xotirjam va xushvaqt edi. Mushriklarning boshlig‘i Abu Sufyon u kishiga qarab:
«Ey, Zayd, Xudo haqqi rostini ayt! Hozir Muhammad bizning qo‘limizda bo‘lib, sen o‘z ahling bilan bo‘lishni xohlarimding?» dedi.
Zayd roziyallohu anhu bunga javoban: «Allohga qasamki, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga hozirgi joylarida tikon kirishini ham o‘zimning ahlim ichida o‘tirishimga almashtirmayman», dedilar.
Shunda Abu Sufyon: «Men birovning ashoblari Muhammadning ashoblari Muhammadni sevganlaricha sevganini ko‘rmaganman», dedi. ("Hadis va hayot”: Nubuvvat va risolat)

18. Roji’dagi xiyonatdan so’ng asir tushgan Abdulloh ibn Toriq r.a. ni mushriklar qanday o’ldirdilar?
a) Toshbo’ron qilib
b) Dorga osib
c) Qilich bilan chopib
To’g’ri javob: Toshbo’ron qilib
Izoh: Makka yaqinidagi Zahron degan joyga yetganlarida Abdulloh ibn Toriq roziyallohu anhu qo‘lini bo‘shatib qilichini olishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo mushriklar bilib qolib u kishini toshbo‘ron qilib o‘ldirishdi. ("Hadis va hayot”: Nubuvvat va risolat)

19. Janob Rasululloh SAV qachondan boshlab, uxlasalar-da, qalblari ko'radigan bo'ldi?
a) birinchi shaqqi sadrdan so'ng
b) vahiy tushishi boshlangandan so'ng.
c) isro kechasidan so'ng.
To'g'ri javob: isro kechasidan so'ng.
Izoh: Shariyk ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molik raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’ba masjididan (Bayt ul-Maqdisga) sayohat qildirilish kecha (Isro’ kschasi) xususida bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga uch nafar (farishta) keldi. Shunda Janob Rasululloh Masjid ul-Haromda (bir qancha odamlar orasida) uxlab yotgan erdilar. Oldindagi farishta: «Ulardan qaysi biri (Muhammad sallallohu alayhi va sallam)?» — dedi. O’rtadagisi: «Ularning yaxshisi», — dedi: Keyingisi: «O’shal yaxshisini olingizlar!» — dedi. Shu kecha bundan bo‘lak hech gap bo‘lmadi, Janob Rasululloh ularni (farishtalarni) mutlaqo ko‘rmadilar. Ul zot (farishtalarni), ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagina, qalblari ko‘radirgan bo‘lgandagina ko‘rdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ko‘zlari uyquda bo‘lsa-da, qalblari uyg‘oq erdi. Payg‘ambarlar ana shunday bo‘ladilar, ko‘zlari uxlaydi-yu, ammo qalblari uxlamaydi. So‘ng, Hazrat Jabroil Janob Rasulullohni osmonga olib chiqib ketdilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

20. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men uxlab yotgan erdim, (tushimda) ko‘ylak kiyib olgan odamlar menga namoyon qilindi. Ba’zi ko‘ylaklar (etagi) ko‘krakka qadar tushib turibdi, boshqalari ersa (kaltaligidan) ko‘krakka ham yetmaydi. So‘ng, menga Umar ibn al-Xattob namoyon qilindi, u (uzun) kuylak kiyib olgan bo‘lib, (etagini) sudrab borar erdi», — dedilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasulalloh, buni nimaga yo‘ydingiz?» — deyishdi. Ul zot: «…», — dedilar».
Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
a) Dinga
b) Ilmga
c) Johiliyatdagi kibrga
To’g’ri javob: Dinga
Izoh: Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men uxlab yotgan erdim, (tushimda) ko‘ylak kiyib olgan odamlar menga namoyon qilindi. Ba’zi ko‘ylaklar (etagi) ko‘krakka qadar tushib turibdi, boshqalari ersa (kaltaligidan) ko‘krakka ham yetmaydi. So‘ng, menga Umar ibn al-Xattob namoyon qilindi, u (uzun) kuylak kiyib olgan bo‘lib, (etagini) sudrab borar erdi», — dedilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasulalloh, buni nimaga yo‘ydingiz?» — deyishdi. Ul zot: «Dinga», — dedilar». (Ya’ni, bu yerda ko‘ylak dinga tashbih qilingan bo‘lib, u odam avratini yopib, sharmandaliqdan asragani kabi, din ham odamni parvardigor oldida sharmisor bo‘lmoqdan hamda jahannam o‘tidan saqlagaydur). ("Al-jome' as--sahih", Imom al-Buxoriy)


Категория: Islom viktorinasi | Добавил: Taqvo
Просмотров: 2083 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |