Четверг, 28.03.2024, 21:37Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islom viktorinasi

2-bosqish. 2-tur: Badr g’azotidan so’ng
11.05.2013, 03:54

2-bosqish. 2-tur: Badr g’azotidan so’ng
II BOSQICH
2-tur: Badr g’azotidan so’ng.
Javoblar va izohlar

1. Badr g’azotida Rasululloh SAV tomonidan o‘ldirilmasligi amr qilingan ikki qurayshlik kim?
a) Abbos ibn Abdulmuttalib, Abul Baxtariy
b) Hakim ibn Hazom, Sumoma ibn Molik
c) Abbos ibn Abdulmuttalib, Hakim ibn Hazom.
To’g’ri javob: Abbos ibn Abdulmuttalib, Abul Baxtariy
Izoh: Rasululloh (s.a.v.) ashobga qarata:
— Ma’lumki, hoshimiylardan ba’zilari va yana boshqa bir necha kishi bu jangga o‘z istaklari bilan kelishmagan. Shu sababli, hoshimiy o‘g‘illaridan biriga, Abul Baxtariyga, Abbosga duch kelganlar, ularni o‘ldirmasin, — dedilar. ("Saodat asri qissalari”)

2. Badr jangidan so'ng yeg'ilgan o'ljalardan o’z haqini so’raganda: "Bu qilich na sening va na meningdur" - deb Rasululloh s.a.v. dan javob olgan va keyinchalik shu qilichni shaxsan Rasululloh s.a.v. hadya qilib olgan sahobiy (r.a) kim edi?
a) Sa'd inb Abu Vaqqos
b) Ali inb Abu Tolib
c) Osim ibn Sobit
To’g’ri javob: Sa'd inb Abu Vaqqos.
Izoh: — Yo Rasululloh, sizdan bir iltimosim bor, — deb qoldi Sa’d ibn Abu Vaqqos.
— Nima ekan u istaging?
— Mana shu qilichni menga bersangiz...
U o‘ljalar orasida qaragan ko‘zlarni o‘ynatib turgan bir qilichni ko‘rsatayotgan edi. Ammo Janobi Rasululloh bu taklifni o‘rinli ko‘rmadilar.
— Bu qilich na seningdir va na menimdir, ey Sa’d. O’lja taqsimida chekingga tushsa, olarsan, — dedilar. ("Saodat asri qissalari”)

3. Badr g’azotida jami bo’lib nechta sahobiy shahid bo’lganlar?
a) 9
b) 13
c) 19
To’g’ri javob: 13
Izoh: Musulmonlar shahidlarini bitta-bittadan topdilar. Jami o‘n uch shahid bergan edilar. ("Saodat asri qissalari”)

4. Badr shahidlari qayerga dafn etilgan?
a) Badrga
b) Baqi’ qabristoniga
c) Usayl vodiysiga.
To’g’ri javob: Badrga
Izoh: Shahidlar Janobi Rasulullohning (s.a.v.) amrlariga muvofiq Badrga dafn etildi. ("Saodat asri qissalari”)

5. Badr g’azotida mushriklardan necha kishi o’ldirilgan?
a) 50 kishi
b) 70 kishi
c) 100 kishi.
To’g’ri javob: 70 kishi.
Izoh: Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhi Hazrati Umar roziyallohu anhudan quyidagi rivoyatni keltirganlar: «To‘qnashuv bo‘lgan kuni Alloh mushriklarni mag‘lub etdi. Ulardan yetmish kishi o‘ldirildi va yetmishtasi asir olindi. ("Hadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar”).

6. Badr g’azoti asirlari haqida Rasululloh SAV sahobalardan maslahat olib, kimning fikrini ma’qulladilar?
a) Abu Bakr Siddiq
b) Umar ibn Hattob
c) Usmon ibn Affon.
To’g’ri javob: Abu Bakr Siddiq.
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakr, Umar va Ali roziyallohu anhularga asirlar to‘g‘risida maslahat qildilar.
Abu Bakr:
«Ey, Allohning Rasuli, ular amakivachcha, qabiladosh va yoki birodar odamlar, menimcha, ulardan to‘lov olsangiz, yaxshi bo‘lardi. Ulardan olingan mablag‘ biz uchun kofirlarga qarshi quvvat bo‘ladi. Ajab emaski, Alloh ularni ham hidoyatga solib, bizga yelkadosh bo‘lsalar», dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Sen nima maslahat berasan, Ey, Ibn Xattob?» dedilar.
«Allohga qasamki, men bu Abu Bakrning gaplariga qo‘shilmayman. Fikrim shuki, menga agar izn bersangiz, falonchining (Umarning qarindoshlaridan biri) bo‘ynini uzsam, Aliga izn bersangiz, akasini bo‘ynini uzsa, toki Allohga qalbimizda mushriklarga nisbatan yumshoqlik yo‘qligini ko‘rsataylik. Bular mushriklarning boshliqlari va yo‘lboshchilaridir», dedim.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakrni aytganlariga moyil bo‘ldilar. ("Hadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar”).

7. Badr urushi asirlari ichida to’lov berishga imkoni yo’qlari uchun Rasululloh SAV qanday imkoniyat berdilar?
a) "La ilaha illalloh” deya iymon keltirsa ozod qilindi.
b) Musulmonlar bilan qayta urushmaslik ahdnomasiga rozi bo’lsa ozod qilindi.
c) Musulmonlarning bolalaridan 10 kishining savodini chiqarsa ozod qilindi.
To’g’ri javob: Musulmonlarning bolalaridan 10 kishining savodini chiqarsa ozod qilindi.
Izoh: Badr urishida musulmonlar qo‘lga asir tushgan mushriklardan to‘lov berishga imkoni yo‘qlari ham bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ular uchun ham ozodlikka chiqish yo‘lini ochib berilar. Bu yo‘l dunyo tarixi mislini ko‘rmagan yo‘l edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam mazkur asirlar musulmonlarning bolalaridan o‘n kishiga o‘qish yozishni o‘rgatib qo‘ysa ozod bo‘lishlarini e’lon qildilar. ("Hadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar”).

8. Madinaga ilk bor Badr g'azoti g'alabasining xushxabarini qaysi sahobiy (r.a.) olib kelgan?
a) Zayd
b) Huzayfa
c) Abu Luboba
To’g’ri javob: Zayd.
Izoh: Zayd: — Ollohu akbar! Ollohu akbar! — deya hayqirdi.
Odamlar bu hayqiriq nimani anglatishini dabdurustdan bilolmadilar. Zayd endi ochiqroq so‘yladi:
- Abu Jahl o‘ldirildi! Utba ibn Robia o‘ldirildi!.. Buyuk bir zafar qozondik. Ollohu akbar!.. Ollohu akbar!.. ("Saodat asri qissalari”)

9. Rasululloh SAV Badr asirlari kengashidan so’ng Abu Bakr r.a.ni ko’ngilchanliklari uchun Ibrohim a.s.ga o’xshatganlar. Umar r.a. ni qaysi payg’ambarga o’xshatganlar?
a) Muso a.s.
b) Nuh a.s.
c) Yunus a.s.
To’g’ri javob: Nuh a.s.
Izoh: Rasululloh dedilar: Parvardigor ba’zi birovlarning ko‘nglini sutdan ham oq, paxtadan ham yumshoq, ba’zilarnikini esa toshdan ham qattiq qiladi. Ey Abu Bakr, sen yumshoq ko‘ngil Ibrohimga o‘xshaysan. U o‘z fazlini namoyon etib bunday degan edi: "Kimki menga ergashar ekan, u mening dinimdadir, kimki menga osiylik qilar ekan, sen shubhasiz (unga) mag‘firat qilishga va marhamat ko‘rsatishga qodirsan". (Ibrohim surasining 36-oyati). Ey Umar, sen xuddi Nuhga o‘xshaysan, u kofirni duoibad qilib: "Parvardigorim, yer yuzida bironta kofir zotini qo‘ymagin", degan edi. (Nuh surasining 96-oyati) ("Nurul-yaqin”)

10. Abu Sufyon o’g’lini asirlikdan qutqarib olish uchun qanday hiyla ishlatgan?
a) Qurayshlik bahodir yigitlardan to’rttasini Madinaga yuborib, asirlar saqlanadigan joydan o’g’lini ozod qildirdi.
b) Ka’ba ziyoratiga borgan bir ansoriyni tutib, qamab qo’ydi va o’g’liga almashtirdi.
c) O’g’liga maktub yo’llab, yolg’ondan musulmon bo’lganini aytishini ma’lum qildi.
To’g’ri javob: Ka’ba ziyoratiga borgan bir ansoriyni tutib, qamab qo’ydi va o’g’liga almashtirdi.
Izoh: Abu Sufyonga tovon to‘lab o‘g‘lini qutqarib ketish taklif etilganda u qat’iyan rad etib: "Men hech qachon haq to‘lab o‘g‘limni qutqarmayman. Uning ixtiyori Muhammadda, nima qilsa o‘zi biladi", dedi. Shundan keyin bu yovuz kimsa Ka’ba ziyoratiga borgan Sa’d ibn Nu’mon Ansoriyni tutib olib, qamab qo‘ydi. Rasululloh Abu Sufyonning o‘g‘lini Sa’d bilan almashtirishga majbur bo‘ldilar. ("Nurul-yaqin”)

11. Payg’ambar SAVning kuyovlari, Zaynab r.a.ning erlari, Rasululloh rostgo’yligini maqtagan kishi kim?
a) Abul Os ibn Robe’
b) Usmon ibn Affon
c) Ali ibn Abu Tolib
To’g’ri javob: Abul Os ibn Robe’
Izoh: Ibn Shihob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: …Keyin, ul zot Banu Abdi Shams qabilasidan bo‘lmish kuyovlari haqida gapira turib, uning o‘zlariga yaxshi kuyovlik qilganini aytib maqtadilar. So‘ng: «(Men johiliyat davrida katta qizim Zaynabni Abu al-Os ibn Rabi’aga nikohlab bergan erdim), u (qizim ustiga uylanmaslikka) menga va’da berib, so‘zining ustidan chiqdi. (So‘ng, bizga asir tushganida qizimni mening huzurimga qaytarib yubormoqqa ham) va’da berib erdi, va’dasiga vafo qildi. ("Al-jome’ as-sahih”, Buxoriy)

12. Badr urushida mushriklarning alambardori (bayroqdori) kim bo’lgan edi?
a) Abul Hakam ibn Hishom
b) Os ibn Voil
c) Soib ibn Yazid.
To’g’ri javob: Soib ibn Yazid.
Izoh: Badr urushida mushriklarning a’lamdori bo‘lgan Soib ibn Yazid islom olamining mo‘tabar imomlaridan Shofeiy Muhammad ibn Idrisning bobokalonidir. ("Nurul-yaqin”)

13. Badr asirligidan Makkaga qaytib kelib musulmon bo’lganini tan olgan, "Tovon to‘lanmasidan oldin imon keltirib qo‘ya qolsang bo‘lmasmidi?" deyishganda, "Odamlar qo‘rqqanidan islomga kiribdi, deyishmasin deb atay shunday qildim", deya javob bergan sahoba kim edi?
a) Valid ibn Valid.
b) Suhayl ibn Amr.
c) Abul Os ibn Robe’.
To’g’ri javob: Valid ibn Valid.
Izoh: Valid ibn Validni Xolid bilan Hishom qutqarib olishdi. Valid Makkaga qaytib kelgach, musulmon bo‘ldi. Unga: "Tovon to‘lanmasidan oldin imon keltirib qo‘ya qolsang bo‘lmasmidi?" deyishganda, "Odamlar qo‘rqqanidan islomga kiribdi, deyishmasin deb atay shunday qildim", deya javob berdi. Uning islom diniga kirganidan g‘azablangan qarindoshlari Madinaga ketishiga yo‘l qo‘yishmadi, Rasululloh Ka’ba ziyoratiga kelganlarida Valid payt poylab u kishiing yoniga qochib ketdi. ("Nurul-yaqin”)

14. Qaysi g'azotda ikki iyd namozini o'qish Alloh tomonidan buyurildi?
a) Banu Qaynuqo’ g’azoti
b) Saviq g’azoti
c) Banu Qurayza g’azoti
To’g’ri javob: Saviq g'azotida
Izoh: Ko'rdilarkim, olishga ham ulugurmay tashlab qochgan narsalarining ko'prog'i arpa-bug'doyning talqoni ekan, shuning uchun bu g'azotga "Saviq" nomi berildi va ham shu yili Alloh taolo musulmonlarga ikki "iyd" namozini o'qimoqqa buyurdi. Bu ikki "iyd" namozini butun shahar va qishloq xalqlari bir joyda yig'ilishib o'qimoq sunnat bo'ldi. ("Tarixi Muhammadiy”)

15. Banu Qaynuqo’ g’azotini keltirib chiqargan sabab nima edi?
a) Musulmon ayolni kalaka qilgani uchun bir yahudiyni musulmon o’ldiradi, yahudiylar ham musulmonni o’ldirib, ahdni buzadilar.
b) Badr g’azotida Banu Qaynuqo’ yahudiylari ochiqdan ochiq musulmonlarga xiyonat qilib, Qurayshga yordam beradilar.
c) Musulmonlardan biri qarzini to’lolmaganligi uchun yahudiy bozorida o’ldiriladi. Xun haqi to’lashga rozi bo’lmagan yahudiylarga urush ochiladi.
To’g’ri javob: Musulmon ayolni kalaka qilgani uchun bir yahudiyni musulmon o’ldiradi, yahudiylar ham musulmonni o’ldirib, ahdni buzadilar.
Izoh: Bir arab ayol o‘zining sotadigan narsasini olib keldi. Uni Qayniqo’ bozorida sotmoqchi bo‘ldi. U yerdagi bir zargarning oldiga o‘tirdi. Ular ayolning yuzini ochishga harakat qila boshladilar. Ayol bunga yo‘l bermadi. Zargar bildirmasdan ayolning kiyimining bir tomonini qayirib orqasiga bog‘lab qo‘ydi. Ayol ishini bitirib o‘rnidan turganda avrati ochilib ketdi. Ular kuldilar. Ayol dod soldi. Musulmonlardan bir kishi o‘rnidan sapchib turib zargarni o‘ldirdi. Zargar yahudiy edi. Yahudiylar haligi musulmonga hujum qilib uni o‘ldirdilar. Qatl etilgan musulmonning qarindoshlari musulmonlardan yahudiylarga qarshi yordam so‘radilar.
Bu yahudiylar tomonidan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan tuzilgan shartnomaning birinchi bor buzulishi edi. Orada qarama-qarshilik vujudga keldi. O’shanda ikkinchi hijriy sananing Shavvol oyi yarimi edi. ("Hadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar”).

16. Banu Qaynaqo' g'azotida yahudiylarning arab yerlaridan ko'chib ketishida kim vakil qilindi?
a) Ubay ibn Ka’b
b) Uboda ibn Sobit
c) Abdulloh ibn Ubay
To’g’ri javob: Uboda ibn Somit
Izoh: Ilohiy tomondan bularning ko'ngullariga qattiq qo'rinch tushganligidan hech qandoq qarshilik ko'rsata olmadilar. Oxir Rasulullohdin o'zlari so'radilarkim, yolg'iz yo'l ozug'i va bola chaqalarini olib arab tuprog'idan chiqib ketgaylar. Qolgan mol-mulk, turar joylarini qoldirgaylar. Mana shu so'zga to'xtash bo'lganidan so'ngra, ko'chib ketmakka uch kun muhlat berildi. Bu ishga Uboda ibn Somit vakil bo'ldi. ("Tarixi Muhammadiy”)

17. Banu Qaynuqo’ g’azotida musulmonlar qanday harbiy usul qo’llashdi?
a) Avval yakkama-yakka olishuv, so’ng umumiy jang.
b) Qamal qilindi.
c) Manjaniqlar orqali qal’a ichkarisiga hujum qilindi.
To’g’ri javob: qamal qilindi.
Izoh: Payg‘ambar alayhissalom ularni bir muddat qamal qilib turdilar. O’n besh kun o‘tgandan keyin yahudiylar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hukmlariga rozi bo‘lishlarini e’lon qildilar. ("Hadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar”).

18. Saviq g’azoti nima uchun shunday nomlandi?
a) Bu g’azotda sahobalarning yagona yeguliklari saviq bo’lganligi bois shunday nomlanadi.
b) Mushriklarning katta karvoni Madina atrofidan Makkaga yo’l olayotgani xabari keladi. Mushriklar musulmonlar ta’qibidan qochib, yuk yengil bo’lsin deb, ba’zi don to’la qoplarni tashlab qochishadi.
c) Mushriklar musulmonlar ta’qibidan qochib talqon solingan qoplarni tashlab ketishadi. Bu qoplar musulmonlarga o’lja bo’ladi.
To’g’ri javob: Mushriklar musulmonlar ta’qibidan qochib talqon solingan qoplarni tashlab ketishadi. Bu qoplar musulmonlarga o’lja bo’ladi.
Izoh: Bundan xabar topgan payg‘ambar alayhis-salom zulhijja oyning beshinchi kuni ikki yuz sahoba bilan Abu Sufyonga qarshi otlandilar. Biroq dushman allaqachon qochib qolgan, ularni quvib yetish mahol edi. Mushriklar yukini yengillatish uchun tashlab qochgan talqon solingan qoplar musulmonlarga o‘lja bo‘ldi. Shu bois bu yurish saviq (talqon) g‘azoti deb ataladi. ("Nurul-yaqin”)

19. Ka'b ibn Ashrafni o'ldirishda hiyla ishlatgan sahobiy kim?
a) Muhammad ibn Maslama
b) Zubayr ibn Avvom
c) Abu Dujona
To’g’ri javob: Muhammad ibn Maslama
Izoh: Bir kuni Rasululloh:
- Ka'b ibn Ashrafga tatiydigan kishi bormu? Uning ozoridan xudo payg'ambarini kim qutqaza olur? - dedilar. Anda Muhammad ibn Maslama:
- Yo Rasululloh, men qutqazurman, lekin dushmanni qo'lga tushirguncha yolg'on so'zlashga, hiyla qilishga ruxsat qilursiz, - dedi. ("Tarixi Muhammadiy")

20. G’atafon g’azotida Payg’ambar SAVga hujum qilib, "Ey Muhammad, endi seni mendan kim qutqara oladi?" deya hayqirgan va Rasulullohning shijoatlarini ko’rib musulmon bo’lgan qavm rahbari kim edi?
a) Du’sur
b) Ibn Afk
c) Tufayl ibn Amr.
To’g’ri javob: Du’sur
Izoh: Payt poylab turgan Du’sur tog‘dan tushib, asta-sekin payg‘ambar alayhis-salomning tepasiga qilichini yalang‘ochlab keldi va: "Ey Muhammad, endi seni mendan kim qutqara oladi" dedi. "Xudoning o‘zi qutqaradi", dedilar rasululloh o‘ta xotirjamlik bilan. U kishining xotirjamligi va ishonch bilan gapirishi Du’surni esankiratib qo‘ydi, rangi bo‘zdek oqargancha qo‘lidan qilich tushib ketdi.
Payg‘ambar alayhis-salom uning qilichini olib: "Xo‘sh, endi kim sening joningga oro kiradi?" deb so‘radilar. "Hech kim", dedi Du’sur bo‘shashgancha. Sarvari olam muruvvat ko‘rsatib uni kechirdilar. Du’sur shu zahoti musulmon bo‘lib, qavmini islomga da’vat etdi. Payg‘ambar alayhis-salomii yomon ko‘rib, hammani u kishiga qarshi turishga undab yuradigan yovuz bir kimsa Ollohning iltifoti tufayli u kishini yaxshi ko‘radigan va odamlarni islom diniga da’vat etadigan zotga aylandi. Bu rasulullohning xushmuomalaligi, muloyimligi, rahmdilligining sharofatidir. ("Nurul-yaqin”)


Категория: Islom viktorinasi | Добавил: Taqvo
Просмотров: 1309 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |