Понедельник, 29.04.2024, 01:07Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islomiy mantiqiy savolla

Biz Islomni bilamizmi?"1 BOSQICH
21.12.2012, 18:55

Biz Islomni bilamizmi?"1 BOSQICH
1. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Makkaning qayerida tug’ildilar? A) Hijr B) Kado C) Shi’bi Bani Hoshim D) Shi’bi Abdul Muttolib Javob: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Makkaning Shi’bi Bani Hoshim degan joyida, otalari Abdullohning uyida tug’ildilar. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 61-bet) 2. Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning tug’ilishiga kim doyalik qildi? A) Shifo B) Ummu Ayman C) Halima D) Suvayba Javob: Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning tug’ilishiga AbdurRohman ibn Avfning onasi Shifo doyalik qildi. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 278-bet) 3. Rosululloh sollallohu alayhi va sallamni onasidan keyin birinchi bo’lib emizgan emizuvchi ayol kim edi? A) Atika B) Suvayba C) Halima D) Sofiyya Javob: Abu Lahabning cho’risi Suvayba. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 61-bet) 4. Rosululloh sollallohu alayhi va sallamni birinchi qo’liga olgan erkak kim edi? A) Bobosi Abdul Muttolib B) Amakisi Abu Tolib C) Otasi Abdulloh D) Amakisi Horis Javob: Rosululloh sollallohu alayhi va sallamni birinchi qo’liga olgan erkak bobosi Abdul Muttolib bo’ldi, bu nevarasining tug’ilishi uni juda xursand qildi. Va unga Muhammad ("juda ko’p maqtalgan”) deb ism qo’ydi. Hali arablarda bunday ism qo’yilmagan edi. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 61-bet) 5. Rosululloh sollallohu alayhi va sallamni emizish uchun olgan ayol – Halima qaysi qabiladan edi? A) Bani Tag’lib B) Bani Asad C) Bani Sa’d ibn Bakr D) Bani Quzo’a Javob: Halima binti Abu Zuayb ibn Abdulloh ibn Horis Rosululloh sollallohu alayhi va sallamni emizish uchun o’z qabilasiga olib ketdi. U Bani Sa’d ibn Bakr qabilasidan edi. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 287-bet) 6. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Bani Sa’d ibn Bakr qabilasida ekanligida "Shaqqi sodr” voqeasi sodir bo’ldi. Bu qanday voqea edi? A) Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning ko’kraklari yorilib, undan shaytonning nasibasi olib tashlangan B) Bu majoziy ma’nodagi ibora bo’lib, "ko’kragini ilmga ochish” degan ma’noni bildiradi C) Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning qalblari ma’naviy nur bilan to’ldirildi D) Rosululloh sollallohu alayhi va sallamga keng ilm berilganligini anglatadi Javob: Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning ko’kraklari yorilib, undan shaytonning nasibasi olib tashlangan. Bu voqea haqiqatda sodir bo’lgan. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 289-292-betlar) 7. Quyidagilardan qaysi biri Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bilan emikdosh bo’lmagan (ya’ni bir ayolni emmagan)? A) Hamza ibn Abdul Muttolib B) Abu Salama ibn Abdul Asad C) Masruh (Abu Lahabning Suvaybadan tug’ilgan o’g’li) D) Abbos ibn Abdul Muttolib Javob: Abbos ibn Abdul Muttolib. Qolganlar Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birgalikda Suvaybani emgan va shu bilan emikdoshga aylangan. Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning amakilari Hamza ibn Abdul Muttolib Halima Sa’diyani ham emganligi uchun ikki taraflama emikdosh bo’ladi. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 61-62-betlar) 8. Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning onalari Amina Rosululloh necha yoshda ekanliklarida va qayerda vafot etdi? A) 5 yosh; Qubo B) 6 yosh; Madina C) 6 yosh; Abvo D) 5 yosh; Makka Javob: Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning onalari Amina Rosululloh 6 yosh ekanliklarida, Makka va Madina oralig’idagi Abvoda, tog’alari Bani Najjorni va eri Abdullohning Madinadagi qabrini ziyorat qilib ortga qaytayotganida vafot etdi. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 293-bet) 9. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam onalari Abvoda vafot etgach Makkaga kim bilan qaytdilar? A) Madinadagi Bani Najjor qabilasidan bo’lgan tog’alari bilan B) Bobosi Abdul Muttolib bilan C) Amakisi Abu Tolib bilan D) Enagasi Ummu Ayman bilan Javob: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Abvodan bobosi Abdul Muttolibning topshirig’iga ko’ra, enagasi Ummu Ayman bilan Makkaga qaytdilar. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 64-bet) 10. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam onalari vafotidan so’ng kimning qaramog’iga o’tdilar? A) Amakisi Abu Tolib B) Amakis Abbos C) Bobosi Abdul Muttolib D) Enagasi Ummu Ayman Javob: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam onalari vafotidan so’ng bobosi Abdul Muttolib qaramog’iga o’tdilar. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 297-bet) 11. Ummu Ayman – Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning enagasi. Uning keyingi hayoti qanday kechdi? A) Rosululloh sollallohu alayhi va sallam yosh bo’lgan vaqtida vafot etdi B) Rosululloh sollallohu alayhi va sallam ilk payg’ambar bo’lgan vaqtida vafot etdi C) Unga Zayd ibn Horisa uylanib, Usoma ismli farzand ko’rdi D) Unga Ja’far ibn Abu Tolib uylandi Javob: Unga Zayd ibn Horisa uylanib, Usoma ismli farzand ko’rdi 12. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam 8 yoshda ekanligida Abdul Muttolib vafot etdi va Rosulullohni Abu Tolib o’z qaramog’iga oldi. Buning asosiy sababi nima edi? A) Abu Tolib va Abdulloh (Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning otasi) tug’ishgan aka-uka edi B) Abu Tolib Rosulullohga mehribon edi C) Abu Tolib yosh bolalarni yaxshi ko’rardi D) Abu Tolib Abdul Muttolibning eng boy o’g’li edi Javob: Abu Tolib va Abdulloh (Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning otasi) tug’ishgan aka-uka edi. Mana shu tug’ishganlik Rosulullohning vasiyligi Abu Tolibga o’tishida katta o’rin tutdi. Chunki tug’ishganlik boshqa aloqalardan ustun turadi. (Izoh muallifniki) ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 64-bet) 13. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam 12 yoshda ekanliklarida amakilari Abu Tolib bilan tijorat karvonida yo’lga chiqib, yo’lda nasroniy rohib – Buhayro bilan uchrashdilar. Buhayro Abu Tolibga yosh Muhammadning kelajakda payg’ambar bo’lishi haqida belgilar ko’rayotganini aytdi. Bu uchrashuv qayerda bo’lgan edi? A) Quddus B) Busro C) G'ozza D) Damashq Javob: Bu uchrashuv Shom(Suriya) yo’lida, Busro degan shaharda sodir bo’ldi. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 65-bet) 14. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam 20 yoshda ekanliklarida ikki yirik qabila – Kinona (Quraysh ham Kinonaga mansub edi) va Qaysi Aylon o’rtasida shiddatli urush bo’ldi. Urushning "Harbul fijor” deb nom olganligining sababi nima edi? A) Ikki qarindosh qabilaning qon to’kishi B) Haram hududida jang harakatlari bo’lganligi C) Ushbu urushning urush harom qilingan vaqtda bo’lganligi D) Ikki qabilaning urushda ruxsat etilmagan qonunlarni qo’llagani Javob: Ushbu urushning urush harom qilingan vaqtda, "ashhurul hurum”dan zulqa’da oyida bo’lganligi. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 305-307-betlar). 15. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: "Men Abdulloh ibn Jud’onning uyida bir yig’ilishda qatnashdim. Bu menga qizil tuyalardan ham suyukliroq edi. Agar unga Islomda ham da’vat qilinsam, albatta (ijobiy) javob berar edim”(Bayhaqiy, "Sunanul Kubro”, 12859-hadis) deganlarida nimani nazarda tutganlar? A) Darun-nadva dagi boshqaruv ishini B) Siqoya – hojilarga suv berish xizmatini C) Ka’bani ta’mirlash kengashini D) Hilful-fuzul – mazlumlarga haqlarini olib beruvchi jamoani Javob: Hilful-fuzul – mazlumlarga haqlarini olib beruvchi jamoani. Bu jamoa Abdulloh ibn Jud’onning uyida tuzilgan bo’lib, Makkadagi nizoli masalalarni, xususan mazlumlarning huquqlarini himoya qilishda katta o’rin tutardi. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 309-bet). 16. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam o’smirlik davrlarida nima ish bilan shug’ullanganlar? A) Tuya boqish B) Hunarmandchilik C) Qo’y boqish D) Savdogarlik Javob: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam o’smirlik davrlarida bir necha qiyrot(mayda chaqa pul) haq evaziga Makka ahlining qo’ylarini boqar edilar. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 66-bet) 17. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Xadijaning karvoniga bosh bo’lib, Shomga tijorat safariga chiqqanida, necha yoshda edilar? A) 25 yosh B) 24 yosh C) 23 yosh D) 22 yosh Javob: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bu vaqtda 25 yoshda edilar. Shu safardan 2 oy o’tib, Xadijaga uylandilar. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 66-bet) 18. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Xadijaga uylanganlarida Xadijaning yoshi 40 da edi. Rosululloh kelinning mahriga nima berdilar? A) 20 ta tuya B) 1000 dirham pul C) 40 ta tuya D) 500 dirham pul Javob: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam kelinning mahriga 20 ta tuya berdilar. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 67-bet; "Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 310-bet). 19. Xadija onamizning nasabi qaysi javobda to’g’ri berilgan? A) Xadija binti Xuvaylid ibn Asad B) Xadija binti Xolid C) Xadija binti Asad D) Xadija binti Hakim Javob: Xadija binti Xuvaylid ibn Asad. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 310-bet) 20. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Xadijadan nechta farzand (o’g’il va qiz) ko’rdilar? A) 6 ta; 2 qiz va 4 o’g’il B) 7 ta; 3 o’g’il va 4 qiz C) 6 ta; 2 o’g’il va 4 qiz D) 5 ta; 2 o’g’il va 3 qiz Javob: 6 ta; 2 o’g’il va 4 qiz. O’g’illari: Qosim(shuning uchun Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Abul Qosim deb kunyalandilar) va Abdulloh (Toyyib va Tohir uning sifatlaridir). Qizlari: Zaynab, Ummu Kulsum, Ruqoyya va Fotima. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 67-bet; "Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 310-312-betlar) 21. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam 35 yoshdaliklarida Ka’bada qurilish ishlari boshlandi. Bundan maqsad nima edi? A) Ka’bani buzib, boshqa o’rinda qayta qurish B) Ka’bani buzib, qaytadan o’z o’rnida qurish C) Ka’baning ichi va tashqarisni bezash D) Ka’baning atrofini kengaytirib, masjid qurish Javob: Bundan maqsad Ka’bani buzib, qaytadan o’z o’rnida qurish edi. Chunki bu vaqtga kelib, Ka’baning devorlari suv toshqinlari va yong’indan zarar ko’rib, nurab qolgan edi. Ka’bani buzishdan maqsad – isloh edi, buzg’unchilik emas. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 67-bet). 22. Ka’bani yangilash ishlari Makka ahli tomonidan ittifoqlik bilan boshlangan edi. Lekin ish asnosida ularning orasida bir masalada nizo chiqdi va ish bir muddatga to’xtab qoldi. Bu qaysi masala edi? A) Ka’ba kalitlari kimda turishi masalasi B) Ka’ba atrofidagi masjidni kim boshqarishi C) Hajarul Asvadni o’z o’rniga qo’yish masalasi D) Ka’baning tomini yopish masalasi Javob: Hajarul Asvadni o’z o’rniga qo’yish masalasi. Ayni shu ish Makka ahli nazarida sharafli ish deb bilingani uchun kim Hajarul Asvadni o’z o’rniga qo’yishi kerakligi to’g’risida tortishib qolishdi. Natijada ish to’xtab qoldi. Hattoki qabilalar o’rtasida urush kelib chiqish xavfi paydo bo’ldi. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 68-bet; "Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 319-bet). 23. Hajarul Asvad haqidagi nizo qanday yechildi? A) Rosulullohning tadbiri bilan B) Qur’a tashlash bilan C) Fol ochish yo’li bilan D) Qabila raislarining maslahati bilan Javob: Rosulullohning tadbiri bilan. Hajarul Asvad borasida nizo chiqib, ish urush yoqasiga kelib qolgach, oralaridan Abu Umayma ibn Al-Mug’iyra Maxzumiy chiqib: "Kim birinchi bo’lib masjid eshigidan kirib kelsa, shuni o’rtamizda hakam qilamiz”, deb odamlarni tinchlantirdi. Bu orada ish to’xtab qolganligi uchun Rosululloh uylariga ketib qolgan va oradan bir muddat o’tib, ishdan xabar olish uchun Ka’baga kelayotgan edi. Shunday qilib, masjid eshigidan birinchi kirgan kishi Muhammad alayhissalom bo’ldi. Va Hajarul Asvad masalasidagi hakamlik u kishiga topshirildi. U kishi esa bir kiyimni Hajarul Asvadning yoniga to’shab, 4 qabiladan bittadan odamni yonlariga chaqirdilar va Hajarul asvadni kiyimga soldilar. Keyin Hajarul asvadni Ka’badagi joyigacha ko’tarib borishdi. Va oxirida Rosululloh toshni kiyimdan olib, o’z o’rniga o’rnatdilar. Odamlar: "Biz rozimiz, Ey Amin” deyishdi. Munozarali masala shu yo’l bilan yechildi. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 68-bet; "Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 319-bet). 24. Xuddi shu davrda Hijozda va Arabiston yarim orolining aksar qismida qaysi diniy e’tiqod hukmron edi? A) Nasroniylik B) Yahudiylik C) Vasaniyya – butparastlik D) Sobi’iylik Javob: Bu davrda Hijozda, Arabiston yarim oroli va dunyoning aksar hududlarida vasaniyya – butparastlik hukmron diniy e’tiqod edi. Odamlar shirk va kufr zulmatida edi…. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 321-322-betlar). 25. Rosululloh 40 yoshga yaqinlashib qolganlarida yilning ma’lum bir vaqtida Allohga ibodat qilish uchun uzlatga chekinib, odamlardan xoli bo’lib ibodat qilishni odat qildilar. Lekin aniq bir ibodat ruknlari yo’q edi. Hali ilohiy shari’at tushirilmagan edi. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bu amal uchun qayerni tanladilar? A) Savr g’ori B) O’z uylari C) Ka’ba D) Hiro g’ori Javob: Hiro g’ori. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 74-bet). .......Saodat quyoshi chiqishiga, so’nggi payg’ambarning insonlarga Rosul qilib jo’natilishiga sanoqli kunlar qolgan edi. Dunyo zulmatda edi. Lekin tong yaqin edi. Dunyo Alloh subhanahu va ta’olo Rosululloh sollallohu alayhi va sallamni olamlarga rahmat qilib jo’natishi arafasida edi.... Allohumma solli ‘ala rosulina Muhammadin va 'ala aalihi va sohbihi va sallam!!!

Категория: Islomiy mantiqiy savolla | Добавил: Taqvo
Просмотров: 1555 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |