Четверг, 28.03.2024, 15:57Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islomiy mantiqiy savolla

Biz Islomni bilamizmi?"4 BOSQICH
21.12.2012, 19:13

"Biz Islomni bilamizmi? 4 chi
1)Savol: Ma'lumki, Abdulloh ibn Mas'ud Ka'batullohda birinchi bo'lib qur'on tilovat qilgan sahoba hisoblanadi. O'shanda u qaysi surani tilovat qilgan edi
JAVOB: Abdulloh ibn Mas'ud r.a. Ka'batullohda birnchi bo'lib Qur'on tilovat qilganida, "Ar-Rohman"surasini o'qigan.

2)SAVOL: "Fath"surasi nozil bo'lganda uni Rasululloh SAV birinchi bo'lib kimga o'qib berganlar?
JAVOB: Umar r.a. ga

3)SAVOL: Sahoba Mus'ab ibn Umayrning islomiyatga qo'shgan ulug' hissasi nimadan iborat?
JAVOB: Madina ahliga Qur'oni karimni o'rgatganlar.

4)Savol: Abu Bakr raziyallohu anhuning "Siddiq"dan tashqari yana qanday kunyalari bor edi?
JAVOB: Abu Bakrni "Atiq" (saqlangan) degan nom bilan ham chaqirishgan. Oisha r.a. rivoyat qiladilar: "Rasululloh s.a.v.: "Abu Bakr Allohning do’zaxdan saqlagan bandasidir" - dedilar. Ana shu kundan boshlab u "Atiq" nomini oldi. (Termiziy rivoyati) Bu hususda yana: "Nasabida aybsitadigan kamchlik bo’lmagani uchun uni "Atiq" deyishadi", degan qavl ham bor. Lekin ulug’ imomlar u zotni "Siddiq" deb nomlashga qaror qilishgan. Alloh rozi bo’lsin. Ali ibn Abu Tolib deydi: "Alloh taolo Abu Bakrni O’zining rasuli tilida "Siddiq" deb nomladi".

5)SAVOL: Qur'oni Karimning eng ohirgi nozil bo'lgan oyati qaysi suraning nechanchi oyati? Va uning ma'nosi qanday?(tarjimasi)
Javob: Qur'oni karimdagi eng oxirgi kalomi "Baqara" surasining 281-oyatidir: Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo‘rqingiz! So‘ngra har bir jonga qilgan amali uchun to‘la jazo beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi. (Manba: "Qur'on, tafsir va mufassirlar" kitobi) Yana boshqa manbalarga ko'ra, Moida surasining 3-oyati: "Bugun men sizlarga diningizni komil, ne`matlarimni to`la qildim va Islomni din deb ixtiyor etdim"


6)SAVOL: Abu Bakr raziyallohu anhudan jami nechta hadis rivoyat qilingan?
JAVOB: Abu Bakr Siddiq r.a. nihoyatda kamgap, ko’p sukutli inson edilar. Shuning uchun ham u zotndan atiga 42 ta hadis rivoyat qilingan. Holbuki, Abu Bakr Islomning ilk kunlaridan to Rasululloh s.a.v. vafotlarigacha u kishining doimiy yonlarida bo’lgan ishonchli mulozimlaridan edilar.

7)SAVOL: Qur'oni Karimning eng mashhur va oyatlarda ko'p kelgan sakkiz sifati va uning ma'nolarini keltiring.
JAVOB: 1. Arabiy. Arab tilida, arabcha.
2. Mubin. Aniq. Bu sifat sifatlanuvchining sifatini yanada ta'kidlash uchun keladi.
3. Ajab. Odamlarni taajjubga soluvchi.
4. Muborak. Barakotli, tabarruk.
5. Zu zikr. Zikr qilinadigan, sharafli.
6. Musaddiq. O'zidan oldin nozil etilgan ilohiy kitoblarni ham tasdiqlovchi.
7. Hakim. Hikmatli.
8. Aziz. G'olib, quvvat va qudratli.
9. Karim. Karamli, karomatli, mukarram.
10. Majid. Ulug'.
11. Shifo. Hissiy va ruhiy shifobaxsh.
12. Rahmat. Qur'on Allohning rahmatidir.
13. Mav'iza. Nasihat.
14. Bushro. Xushxabar.
15. Bashir. Bashorat beruvchi.
16.Nazir.Ogohlantiruvchi.
17. Furqon.Haq bilan botilni ajratuvchi.
18.Burxon.Qiyomat kuni hujjat bo'luvchi.(Foydamizga yoki zararimizga)
19.Musxaf.Sahifalangan.
20.Tanzil.Nozil qilingan.

8)Savol: Rasululloh s.a.v:"Sening ohirgi nasibang sut bo'ladi",- deya bashorat bergan sahobiy kim edi?
Javob: Ammor ibn Yosirga Rasululloh SAV "Seni yo'ldan adashgan bir guruh o'ldiradi. Oxirgi nasibang sut bo'ladi" deya marhamat qilganlar.


9) Savol: 1.Ikkinchisi yo'q ne bor?
2. Uchunchisi yo'q ikki narsa ne?
3.To'rtinchisi yo'q uch narsa ne?
4. Beshunchisi yo'q to'rt narsa? 5.Oltinchisi yo'q besh narsa nima?
6.Yetinchisi yo'q olti narsa nima?
7.Sakkizinchisi yo'q yetti narsa nima?
8.To'qqizinchisi yo'q sakkiz narsa nima?
9.To''qiz mo'jiza sohibi kim va bu mo'jizalar nima?
10. O'ntaga ziyoda qilingan narsa nima?
11.O'n bir kishi kim?
12.O'n ikkita mo'jiza nima?
13.O'n uch nafar kishi kim?
14.Nofas oladi, lekin joni yo'q. U nima?
15.O'z sohibini olib yurgan qabr?
16.Yolg'on gapirib jannatga kirgan kim?
17.Ota-onasiz yaratilganlar?
18. Bir daraxt, O'n ikki shohi bor, Har shohida o'ttizta barg, har birida behsta meva, uchtasi soyada, ikkitasi oftobda. U nima?

Javob: 1.Ikkinchisi yo'q bir-Alloh taolo. "Ayting,"U - Alloh bittadir".(Ihlos,1)
2.Uchinchisi yo'q ikki -Kecha va kunduz. "Biz kecha va kunduzni ikki belgi alomat qildik".(Isro,12)
3.To'rtinchisi yo'q uch - Muso a.s.ning Hizrga aytgan uchta uzri.
4. Beshunchisi yo'q to'rt - Zabur, Tavrot, Injil va Qur'on
5.Oltinchisi yo'q besh - Mo'minlarga farz qilingan besh vaqt namoz.
6.Yettinchisi yo'q olti - Alloh taolo yeru osmonlarni yaratgan olti kun."Biz osmonlar va yerni hamda ularning o'rtasidagi bor narsani olti kunda yaratdik".(Qof,38)
7.Sakkizinchisi yo'q yetti - Yetti qavat osmon."(Alloh)Yetti qavat osmonni ustma-ust qilib yaratgan Zotdir".(Mulk,3)
8.To'qqizinchisi yo'q sakkiz - Qiyomatda Alloh taoloning Arshini ko'tarib turuvchi sakkiz farishta.
9. To'qqiz mo'jiza - Muso a.s. ning to'qqiz mo'jizasi.(qo'l, aso, sahro, qadirg'och, to'fon, chigirtka, bit, qurbaqa va qon)
10.O'ntaga ziyoda qilnadigan narsa - Bir yahshilikka qaytariladiga o'n yahshilik."Kim bir yahshilik qilsa, unga o'nta qilib qaytarilur".(An'om,160)
11.O'n bir kishi - Yusuf a.s. o'n bir aka - ukasi.
12.O'n ikkita mo'jiza -Muso a.s.ning qavmi uchun otilib chiqqan o'n ikki chashma."Eslang,Muso qavmi uchun suv tilaganida:"Asoyingni toshga urgin", dedik. Bas, unda o'n ikki chashma otilib chiqdi".(Baqara,60)
13.O'n uch nafar kishi - Yusuf a.s. ota-onasi va o'n bir aka-ukasi."Men tushimda o'n bir yulduzni, yana quyosh va oyni ko'ribman".(Yusuf,4)
14.Nafas oladi,lekin joni yo'q -Tong."Va nafas olayotgan tongga qasam ichurmanki... Takvir,18.)
15.Sohibini olib yurgan qabr- Yunus a.s.ning "qabrlari" baliq.
16.Yolg'on gapirib ham jannatga kirgan - Yusuf a.s.ning aka-ukalari.
17.Ota-onasiz yaratilganlar - Farishtalar, Odam a.s. Iyso a.s. Ismoil a.s.ning qo'chqorlari va Solih a.s.ning tuyalari.
18.Bir daraxt - bir yil. O'n ikki shohi - o'n ikki oy. O'ttizta barg - o'ttiz kun.(oy kunlari) Har birida beshta meva - har kungi besh vaqt namoz. Uchtasi soyada - bomdod, shom va hufton.
Ikkitasi oftobda - peshin va asr.

11)Savol: Payg'ambarimiz Muhammad SAVning nechta qiz va o'g'illari bo'lgan? Ularni yoshiga qarab ketma-ket sanang.
Javob: Rasululloh s.a.v.ning uch o'g'il va to'rt qizlari bo'lgan, Qizlari: 1.Ruqiya. 2.Zaynab.
3.Ummu Gulsum. 4.Fotima (r.a.) O'g'illari: 1.Qosim. 2. Abdulloh. 3. Ibrohim.(Ibrohim cho'rilari Moriyadan tug'ilgan.)

12)Savol: Rasululloh SAVning vahiy kotiblari kim edi?
Javob: Muoviya va Zayd ibn Sobir r.a.

13)Savol: Azonning hozirgi tartibda aytilishi birinchi bo'lib qaysi sahobiyga bashorat qilingan? Va bu qay tarzda bashorat qilingan?
JAVOB: Bu tushda bashorat qilingan,lekin buni birinchi bo'lib Madinalik sahoba Abdulloh ibn Zayd r.a.ko'rganlar. Keyinchalik esa Hazrati Umar r.a. ham bu tushni ko'rganlarini aytadilar.

14): "Diningizni yarmini bu .........dan o'rganinglar". Rasululloh s.a.v. bu hadislarida kim haqida aytganlar?
JAVOB: "Diningizni yarmini bu Humayrodan o'rganinglar"(Hadisi sharif) Bu savolning javobi
Humayro, ya'ni Oisha r.a. Rasulullohning s.a.v. zavjalari va Abu Bakr Siddiqnig r.a. qizlari.

15)Savol: Rasululloh s.a.v. qaysi oyatni "oyatlar sayyidasi",- deganlar? Bu oyat qaysi surada va
nechanchi oyat?
Javob: Bu oyat "Baqara"surasining 255-oyati.

16) Savol: Hazrati Umar r.a:"Ayollar buningdek pahalavonni tug'ishdan ojizdirlar",- deganlarida qaysi sahobiyni nazarda tutganlar?
Javob: Hazrati Umar r.a. bu so'zlarini Xolid ibn Valid r.a. haqlarida aytganlar.

17)Savol: Namozning eng afzal rukni qaysi?
Javob: Qiyom - Chunki qiyomda ikkita farz bor. 1.Qiyom. 2.Qiroat.

18)Savol: Muborak Qur'oni Karimning to'rtdan biriga qaysi suralar tenglashtirilgan? Uchdan birigachi?
Javob: Qur'oni Karimni uchdan biriga "Ihlos"surasi tenglashtirilgan. To'rtdan biriga esa "Zalzala"va "Nasr" suralari teng lashtirilgan.

19)Savol: Ikki oyatda arab alifbosining hamma harflari ishtirok etgan. Bu oyatlar qaysi surada va nechanchi oyatlari?
Javob: Qur'oni Karimdagi hamma harflar ishtirok etgan bu ikki oyat: 1.Oli-Imron, 154. 2.Fath,29.

20)Savol: Hadisi sharifda: "... Dajjol chiqishidan uch yil oldin qahatchilik bo'ladi... Birorta ko'kat unib chiqmaydi. Birorta uy hayvoni ham, yovvoyi hayvon ham qolmaydi. Alloh hohlagani bundan mustasno." "Odamlar uz zamonda nimani iste'mol qilishadi?" deb so'rashdi. Nabiy sallollohu alayhi vasallam nima deb javob berganlar?
Javob: Bu paytda tahlil, takbir, tahmid ovqat o'rniga o'tadi, deganlar Rasululloh SAV.

21)Savol: Ashobi Badr 313 kishidan iborat edi. Ularning qanchasi muhojir va qanchasi ansoriy edi? Abu Jahl lashkari necha kishidan iborat edi?
Javob: Musulmonlarning 236 ansorlar, 77 muhojirlar edi. Abu Jahl qo‘shinida 950 kishi bo‘lib, 700 tuya, 100tacha sovutlangan yugurik otlari bor edi.

22)Savol: Shar'iy hukmlarning 4/1 qismi u zotning rivoyatlariga tayangan, Rasululloh SAVdan 2210 ta hadis rivoyat qilgan sahoba kim?
Javob: Payg'ambarimiz Muhammad SAVning suyukli ayollari Oyisha raziyallohu anho.

23) Savol: Mushafda "Dunyo" va "Ohirat" so'zi nechchi joyda zikr qilingan?
Javob: Dunyo so`zi 115 marta, Oxirat so`zi ham 115 marta;

24) Savol: Abu Hurayra raziyallohu anhudan so'ng eng ko'p hadis rivoyat qilgan sahoba kim? Va qancha hadis rivoyat qilgan?
Javob: Abdulloh ibn Umar r.a. 2630 ta hadis rivoyat qilganlar

25) Savol: Islomda birinchi bo'lib masjid qurgan sahobiy kim?
Javob: Ammor ibn Yosir "Masjidul-Qabo"ni qurganlar

26) Savol: Xalifa Usmon ibn Affon (ra) davrida 4 shaxsga Qur’onning rasmiy yozma matnini tuzish topshirilgan edi. O'sha 4 sahobiy kim edi?
Javob: Zayd ibn Sobit, Abdulloh ibn az-Zubayr. Sa’d ibn al-Asom, Abdurahmon ibn al-Horis

27) Savol: Hazrati Oisha r.a.ning laqablari nima edi?
Javob: Hazrati Oishaning r.a. laqablari Humayro bo'lgan.

28) Savol: "Bu ummatning omonatdori" kim?
Javob: Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir ummatning (o‘z) ishonchli kishisi bor, bizning ishonchli kishimiz ersa, ey ummat(im), Abu Ubayda ibn al-Jarrohdur» deb marhamat qildilar» ("Al-jome' as-sahih" Imom al-Buxoriy)
1
2
3
4
5
Категория: SAVOL-JAVOB (o'yin) | Просмотров: 11 | Добавил: Taqvo | Рейтинг: 0.0/0

Категория: Islomiy mantiqiy savolla | Добавил: Taqvo
Просмотров: 2619 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |