Четверг, 28.03.2024, 22:33Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Zakovat.

“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 016
17.12.2012, 21:10

401-savol: Bu ikkala o‘zaro raqobatchi kompaniyaning qishloq xo‘jaligiga hech qanday aloqasi
yo‘q. Lekin ulardan ikkovi ham o‘z ramzlarida qishloq ho‘jaligining yirik sohalari bilan bog‘liq
narsalarni o‘zlariga ramz qilib olishgan. Ulardan biri qishloq ho‘jaligi sohalaridan birining eng
asosiy mahsulotlaridan birini o‘z ramziga tushirgan bo‘lsa, ikkinchisi qishloq ho‘jaligining yana
bir sohasining asosiy mahsulotini yaratuvchilarini o‘z ramziga aylantirgan. Shu
kompaniyalarning nomini ayting.
Javob: MTS va Bilayn.
Izoh: MTS ramzi tuxum, Bilayn ramzi esa asalari.
402-savol: 2000 yilning 27 avgustida Moskva shahrida sodir bo‘lgan voqea tufayli shahar aholisi
bir oy bir narsadan mahrum bo‘lishgan. Bu bir oy Moskva aholisi uchun juda zerikarli o‘tganini e’tiborga olgan holda ushbu voqea Moskvaning kaerida sodir bo‘lganini ayting.
Javob: Ostankino teleminorasida.
Izoh: U yerda sodir bo‘lgan yong‘in tufayli shahar aholisi bir oycha teleuzatishsiz qolgan.
403-savol: Barchamizning kattami kichikmi uyimiz bor. Bu haqida kimdir biladi, kimdir
bilmaydi. Lekin 1967 yil tadbirkor Kim U Jun tomonidan "kurilgan" "katta uy" ni butun jahon
biladi. Uning bu "katta uyini" biz qaysi nom bilan bilamiz?
Javob: Deu (koreyscha "katta uy").
404-savol: Bu mashhur inson tongda soat 7 dan 12 daqiqa o‘tganda tug‘ilgan, kunduzi soat 11
dan 52 daqiqa o‘tganda texnikumni, 13 dan 12 daqiqa o‘tganda institutni tamomlaydi. 13.44 dan
14.32 gacha Moskvada tahsil oladi. 15 dan 12 daqiqa o‘tganda qilgan ishi uchun yuksak
mukofotga sazovor bo‘ladi. U mashhur inson kimligini ayting.
Javob: Chingiz Aytmatov.
Izoh: Bu yerda uning biografiyasi 100 yilga nisbatan bir sutka sifatida olingan. "Asrga tatigulik
kun" asarini eslang...
405-savol: Siz rasmda ko‘rib turgan suratda avstriyalik tadbirkor, diplomat va avtopoygachi Emil
Yellinekning qizi tasvirlangan. Bir daqiqadan keyin siz menga bu qizning ismi nimaligini ayting.
Javob: Mersedes.
Izoh: Aynan mana shu qiz sharafiga 1901 yil Maybax tomonidan yaratilgan avtomobil atalgan.
406- savol: Blits.
Mavzu: Futbol.
1. 1857 yili qaysi shaharda jahondagi birinchi futbol klubi tashkil etilgan?
2. Olimpiada o‘iinlarida ishtirok etadigan 16 jamoadan qaysi ikkitasi saralash o‘yinlarisiz
musobakalarga kirishadi?
3. "Oltin to‘p" mukofoti Yevropaning eng kuchli futbolchisiga beriladi. Unga sazovor bo‘lgan
ikkita Yevropalik bo‘lmagan futbolchilar kim va ularning vatani kaer?
Javoblar:
1. Sheffild.
2. Bundan avvalgi Olimpiada o‘yinlarining chempioni va musobaqa tashkilotchisi bo‘lgan davlat.
3. J. Veav - Liberiya va Ronaldo - Braziliya.
407- savol: Quyida berilgan suratlarda 100 nemis markasining yuz tomonida nemis pianistkasi
Klara Shuman tasvirlangan, orka tomonida esa uning asosiy ish kuroli bo‘lgan royal tasvirlangan.
200 nemis markasining yuz tomonida esa nemis mikrobiologi Robert Kox tasvirlangan, orka
tomonida esa uning asosiy ish kuroli mikroskop tasvirlangan. Endi diqqatingizni uchinchi, 1000
marka bo‘lgan banknotaga qarating. Bir daqiqadan keyin uning yuz tomonida tasvirlangan
kishilar kimligini ayting. Javob: Aka-uka Grimmlar.
408-savol: Diqqat qora quti! Mashhur "Ming bir kecha" asaridagi "Kanizak Tavaddud hikoyasi"
da unga shunday ta’rif beriladi: "Qochoq bo‘lmasa ham zanjirband qilingan, o‘g‘ri bo‘lmas ham
bog‘langan, urushda bo‘lmas ham nayza urilgan, jarohatlangan, ammo mushtlashish vaqtida
emas, kechasi xotinidan ayriladi va kunduzi qo‘yniga oladi". Qora qutida nima bor?
Javob: Tugma.
409-savol: Afsonaga ko‘ra, Sohibqiron Amir Temur uni ko‘rgach, shunday xitob qilgan ekan:
"Mana endi, biz ikki nogiron – barcha insonlar ichida eng qudratlilarimiz". Siz menga uning kim
ekanligin emas, bu xitob qaysi shaharda yangraganini ayting.
Javob: Ankara.
Izoh: 1402 yil 20 iyulda Anqarada bir ko‘zli Yildirim Boyazidni ko‘rganida aytilgan xitob.
410-savol: Hayotda turli tasodiflar ko‘p albatta. Bu hech qaysimiz unutmagan inson o‘z g‘arazli
maqsadini amalga oshirgan kuni undan ham mashhur bo‘lgan inson dunyoga keladi. Bu ikki
insonning millati bir ekanligini hisobga olib, ularning ismlarini to‘g‘ri ketma-ketlikda ayting.
Javob: Gerostrat va Aleksandr.
Izoh: Gerostrat Artemida ibodatxonasiga o‘t qo‘ygan kuni Aleksandr Makedonskiy dunyoga
kelgan.
411-savol: Mashhur "Yaguar" avtomobil kompaniyasi dastlab paydo bo‘lganida "Swallow
Sidekar" deb nomlangan edi. Lekin 1945 yilda uning nomini o‘zgartirib, "Yaguar" deb atay
boshlashdi. Nima uchun kompaniyaning nomini o‘zgartirishga to‘gri kelib qoldi?
Javob: Chunki ushbu nomni "SS" ko‘rinishida qisqartirishar edi va 1945 yili ushbu abbreviatura
jinoiy natsistlik tashkiloti bilan assotsiatsiyalanadigan bo‘lib qoldi.
412-savol: Mashhur adib o‘zining mashhur asaridagi ikki qahramonga shunday ta’rif beradi:
"Ikkovi ham bo‘yi past, juda qiziquvchan, bir-biriga juda o‘xshash, ikkovining ham unchalik
katta bo‘lmagan qorni bor, ikkovi ham jud tez gapiradi va gapirayotganlarida hatti-haraktlari va
qo‘llari bilan tushuntirishadi". Bu bilan ularning o‘xshash tomonlari tugamaydi ularning hatto
ismlari va otalarining ismi ham bir hil, faqat familiyalari bir-biridan bitta harfga farq qiladi. Ular
kim ekanligini ayting.
Javob: Dobchinskiy va Bobchinskiy.
413-savol: Sitata: "Uni Saratovda har bir it biladi, - dedi prikazchik, yozishga ihtiyor eting janobi
oliylari, Saratov shahriga muhtaram Yakov Vasilich...Vasilich..." ga. Siz o‘sha tish doktorining
familiyasini unutmagan bo‘lsangiz, bir daqiqadan keyin uni menga yozib bering.
Javob: Ovsov. 414-savol: Qadimgi Sharq mifologiyasida tanasi sherniki, qanotlari burgutniki, boshi esa ham
shernikidek ham burgutnikidek bo‘lgan shoxli fantastik hayvon bo‘lgan. Ularni grifonlar deb
atashgan. Bu grifonlarning tasviri bizgacha yetib kelgan. Britaniya muzeyida eramizdan avvalgi 4-
5 asrga tegishli bo‘lgan, Tojikiston xududidan topilgan, grifonlar boshining tasviri tushirilgan
oltin bilakuzuk saqlanadi. Bu bilakuzuk juda qimmatbaho bo‘lishiga qaramasdan, uning tasvirini
barchamiz ko‘rganmiz, lekin hammamiz ham uning aynan o‘sha bilakuzuk tasviri ekanligini
bilmaymiz. Qora kuti da esa mana shu bilakuzuk tasviri tushirilgan va deyarli barchamizda
bo‘lgan narsa turibdi. U nima ekanligini aniq qilib ayting.
Javob: 100 so‘mlik kupyura.
415- savol: Ularning ikkalasi ham Atlantika okeanida joylashgan. Ular uchun umumiy bo‘lgan
nom birinchisining asosiy nomi emas, lekin uni ko‘pincha shu nom bilan atashadi, ikkinchisi
uchun bu nom xaqiqiy nom hisoblanadi. Birinchisi o‘zining yetakchisi bilan mashhur bo‘lsa,
ikkinchisi o‘zining arxitektura inshooti bilan mashhur. Siz menga ular uchun umumiy bo‘lgan
nomni ayting.
Javob: Ozodlik oroli.
Izoh: Kuba davlatini "Ozodlik oroli" deb atashadi, haqiqiy Ozodlik oroli esa AQSh ga tegishli
bo‘lib, unda mashhur inshoot - Ozodlik haykali qad ko‘targan.
416-savol: Diqqat savolda almashtirilgan so‘zlar bor: "Men shu narsaga erishamanki, baliq oviga
boksga bo‘lgan hurmatdan kam bo‘lmagan hurmat bilan yondoshishadi, Muhammad Ali o‘zining
navbatdagi chiqishi uchun qancha so‘ramasin, men undan ko‘proq so‘rayman". Diqqat savol,
agar siz bu so‘zlarning muallifi kim ekanligini topgan bo‘lsangiz, "baliq ovi" so‘zi bilan qaysi
so‘z almashtirilganini aytasiz.
Javob: Shaxmat.
Izoh: Bu so‘zlarning muallifi esa mashhur shaxmatchi Fisher hisoblanadi.
417-savol: Diqqat qora quti! Shoir Erkin Vohidovning she’rini eshiting:
She’riyatning timsoli – qalam,
U hakda-ku she’rlar behisob,
Ey shoirlar, bitganda kitob
Eslab qo‘ying buni ham.
Busiz bo‘lmas she’ringiz ravon,
Busiz qilmas satrlar xanda,
Siz qalamga she’r aytganda,
Bunga bag‘ishlang doston.
Sezgan bo‘lsangiz, shoir bu deganda nazarda tutgan narsa qora quti ichida turibdi, qora qutida
nima bor?
Javob: O’chirg‘ich. 418-savol: O’zbek maqolida birinchi ishni qilgan – katta suv havzasiga, ikkinchi ishni qilgan esa,
tozalangan qamish cho‘pidan to‘qilgan to‘shamaga o‘hshatiladi. Endi siz menga ikkinchi va
birinchi ishni bir vaqtning o‘zida bajaradigan kishilar shug‘ullanadigan sport turini ayting.
Javob: Shaxmat.
Izoh: Shaxmat bilan shug‘ullanuvchi shaxmatchilar o‘tirib yurishadi. Maqol esa, "Yurgan daryo,
o‘tirgan bo‘yra".
419-savol: U insonning asl ismi Oyxo‘ja ibn Toshxo‘ja bo‘lgan. Arslonbob eshonning avarasi
bo‘lgan. O’ta qora tanli bo‘lgani uchun u insonni o‘sha biz bilgan nom bilan atashgan. Agar siz
kim haqida gap ketayotganligini anglagan bo‘lsangiz, uning nomi bilan ataladigan tuman
respublikamizning qaysi viloyatida joylashganini ayting.
Javob: Toshkent.
Izoh: Bu yerda gap Zangi ota haqida ketmokda.
420-savol. Blits.
Mavzu: Islom.
1. Bu qit’a aholisining 20 %idan ortiqrog‘ini musulmonlar tashkil etadi. Bu qaysi qit’a?
2. Islomda zaruriylik nuqtai nazaridan farzdan keyin, sunnat talablaridan oldin turadigan amal turi
qanday nomlanadi?
3. Islom tarixidagi birinchi muazzin, ya’ni azon aytuvchi inson kim bo‘lgan?
Javoblar:
1. Osiyo.
2. Vojib.
3. Bilol. 421-savol: Arablar uni "Abu riyoh” – "shamol otasi” deb atashadi. Uni eslaganimizda bizning
ko‘z oldimizga keladigan mavjudotni esa arablar abulyaqzon deyishadi. Bir daqiqadan so‘ng abu
riyoh va abulyaqzon nimaligini ayting.
Javob: Flyuger, xo‘roz.
422-savol: Bu ingliz harbiy gidrografi va kartografi, kontr-admirali 1829-1855 yillarda Buyuk
Britaniya gidrografik xizmatiga rahbarlik qilgan. 1806 yilda u taklif etgan 12 ballik shkala hali
ham amalda qo‘llanilmoqda. Siz menga bu shkala bo‘yicha 0 ball va 12 ball qanday atalishini
ayting.
Javob: Shtil va dovul(uragan).
Izoh: Gap bu yerda Frensis Bofort va u taklif etgan Bofort shkalasi haqida ketmoqda. 423-savol: U shoti, tegarchik va o‘q kabi asosiy qismlardan tuzilgan. Uning ot, tuya, ho‘kiz,
eshakka mo‘ljallangan turlari bor. Uning odamga mo‘ljallangan turi qanday atalishini ayting.
Javob: Riksha.
Izoh: Gap bu yerda arava haqida ketmoqda.
424-savol: Miloddan avvalgi 5 asrda Gerodot skiflar turmushini tasvirlaganda ularning eng
yaxshi ko‘radigan ichimligi oldindan tayyorlab qo‘yiladigan bir shifobahsh ichimlik ekanligini
qayd etgan. Skiflar hayotini ko‘z oldingizga keltiringda, bu qanday ichimlik ekanligini ayting.
Javob: Qimiz.
425-savol: Olloyor boyning yagona qizi Guloyim o‘z dugonalari va o‘z oshig‘i Arslon bilan Eron
shohi Nodirshoh va qalmoq xoni Surtaysha hujumidan yurtini himoya qilishga otlanadi. Siz
menga Guloyimning nechta dugonasi u bilan birga vatan himoyasiga otlanganini ayting.
Javob: 40 ta.
Izoh: Gap bu yerda "Qirqqiz” eposi haqida ketmoqda.
426-savol: O’zbekiston hududida ular dastlab kishilarning qish faslida istiqomat qiladigan joyi
sifatida vujudga kelgan. Hozirda esa u yerlarda kishilar to‘rttala faslda ham hayot
kechirmoqdalar. Qaerda?
Javob: Qishloqda.
427-savol: Diqqat savolda almashtirilgan so‘z bor. Sakfar, Omarg va Oamiris dushman
qo‘shinini yengish uchun harbiy kengash o‘tkazayotganda, ularning huzuriga marshal kelib o‘z
rejasini bayon qilgan. Bu reja keyinchalik samara beradi va dushman qo‘shini qurol-yarog‘siz
mag‘lubiyatga uchratiladi. Siz ushbu savolda marshal so‘zi qaysi so‘z bilan almashtirilganini
topingda menga o‘sha marshalni ismini ayting.
Javob: Shiroq. Marshal so‘zi otboqar so‘zining o‘rniga ishlatilgan.
Izoh: Marshal so‘zi frantsuz tilida otboqar degan ma’noni anglatadi.
428-savol: Brassica rapa ni chiqarish uchun avval 3 ta Homo sapiens, so‘ngra Canis familliaris,
Felis catus ovora bo‘lishdi, nihoyat Murinae vakili kelib ishni oxiriga yetkazadi. Endi ularning
barchasi qanday sho‘rva ichishlari mumkin?
Javob: Sholg‘om sho‘rva.
Izoh: Bu yerda sholg‘om, 3 ta inson ya’ni, chol, kampir, nevara hamda it, mushuk va
sichqonning lotincha ilmiy atalishi keltirilgan.
429-savol: Bahri Akramovaning Habiba, Vova, Shuhrat, Hamidulla, Rafiq, Rahmatulla, Xolida,
Samug‘, Yo‘ldosh, Ergash, Halima, Qoravoy, Ne’mat, Muazzam, Hakima va Ulug‘bek degan
farzandlari bo‘lgan. Siz menga Bahri Akramovaning erining ismi-sharifini ayting. Javob: Shoahmad Shomahmudov.
430-savol: "To‘maris o‘yinlari” festivalida xalq milliy harakatli o‘yinlari "Otib qochar”,
"Otishma”, "Tortishmachoq”, arqonda sakrash, to‘p uloqtirish, qo‘l kuchini sinash kabi
musobaqalar bo‘ladi. Ushbu festivalilk marotaba Jizzah shahrida nechanchi yili bo‘lib
o‘tganligini ayting.
Javob: 1999 yil – Ayollar yilida. Musobaqada faqat ayollar ishtirok etishadi.
431-savol: Ushbu "Ustalarning ustasi” bo‘lgan "Professional” aktyorning Kann kinofestivali
bilan munosabatlari yaxshilanmadi. Biroq bu "Riodan kelgan odam” Fahriy legion ordeniga
sazovor bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu savolda gap kim haqida ketmoqda?
Javob: Jan Pol Belmondo.
Izoh: Ushbu savolda Jan Pol Belmondo suratga tushgan eng mashhur filmlarning nomi
keltirilgan.
432-savol: 1499 yilda ispanlarning A. De Oxeda ekspeditsiyasi bu mamlakat qirg‘oqlarini
tekshirganda indeyslarning suvda qoziqlar ustida qurilgan turar joylarini ko‘rib, bu diyorni bir
nom bilan atashdi. Ular bu diyorni qanday atashgan?
Javob: Venesuela ("Kichik Venetsiya”).
433-savol: Men birinchi marta u bilan 16 yoshimda tanishdim. U bilan oz emas, ko‘p emas 10 yil
birga bo‘ldik. Keyin u meni vaqtinchalik tark etdi. Biroq hijron uzoqqa cho‘zilmadi, oradan 3
hafta o‘tib biz yana diydor ko‘rishdik. U endi boshqacha, o‘zgacha edi. Biz yana 20 yil u bilan
birga bo‘ldik. Buni qarangki, yana ayriliq. Bu ayriliq ham uch haftaga cho‘zildi va biz yana
diydor ko‘rishdik, endi ajralmas bo‘lib, umrbod birga qoladigan bo‘lib uchrashdik. Mening bu
beqaror va sodiq do‘stimni ayting.
Javob: Pasport.
434-savol: Uning hususiyatlaridan texnikada keng foydalaniladi. Kemalar, samolyotlar, kosmik
apparatlarga uning hossasiga asoslangan har hil asboblar, giroskop, kompas va stabilizatorlar
o‘rnatiladi. Lekin 30 yildan ortiq davr mobaynida undan boshqa maqsadda ham foydalanilmoqda.
Qanday maqsadda?
Javob: Tomoshabinlardan kelgan maktublarni tanlashda.
Izoh: Bu yerda gap pirildoqlar (volchok) haqida ketmoqda.
435-savol: Butunittifoq o‘simlikshunoslik institutining O’rta Osiyo tajriba stantsiyasida 1944 yili
Juravel va Negrul Bolqon uzumi va Gamburg muskati navlarini chatishtirib, yangi uzum navini
olishadi va unga yaxshi niyat bilan nom berishadi? Qanday nom berishgan?
Javob: "Pobeda” ("g‘alaba”). 436-savol: Protivogazlarning ikki hil turi bor. Filtrlovchi va izolyatsiyalovchi. Ular tashqi
ko‘rinish jihatdan bir-biriga o‘xshab ketadi. Lekin ularning bir printsipial farqi bor. Bu farq
nimada deb o‘ylaysiz?
Javob: Filtrlovchi protivogazdan foydalanilganda tashqaridagi havodan foydalaniladi,
izolyatsiyalovchi protivogazda esa foydalanilmaydi.
437-savol: 1865 yilda tog‘ muhandisi Frederik Idestem o‘z mamlakatining janubi-g‘arbida
yog‘ochga ishlov beruvchi korxonani tashkil etadi. Keyinchalik borib-borib bu korxona
yiriklashib butun dunyo insonlarini o‘zaro bog‘ladi. Siz menga Idestem qaysi mamlakat fuqarosi
bo‘lganligini va uning tashkil etgan korxonasi qanday atalganini ayting.
Javob: Finlyandiya, Nokia.
438-savol: Bu ikki adashlardan birinchisi 1946 yilning 5 sentyabrida Zanzibarda, ikkinchisi
huddi shu yili 16 aprelda Toshkentda tug‘ilgan. Ularning har ikkalasi ham 25 yoshga
to‘lganlarida o‘z guruhlarini tuzishadi. Bu guruhlarni birinchisi butun dunyoga mashhur bo‘lgan
bo‘lsa, ikkinchisi ham jahonning ko‘p davlatlarini kezib chiqdi. Siz menga bu adashlarning
ismini emas, ular tashkil etgan guruhlar nomini ayting.
Javob: "Kuin” va "Yalla”. (Farruh Balsara va Farruh Zokirov).
439-savol: Sizlarning har biringiz shubhasiz unga egasiz, kimdadir ko‘proq, kimdadir kamroq.
Bunga bizda unchalik e’tibor berilmaydi. Lekin AQSh da uning yordamida armiyaga yoshlarni
saralab olishadi. Albatta bo‘lajak vatan himoyachisi uchun uning qanchaligi katta ahamiyatga
ega. Bilimdonlar uchun ham bu ahamiyatli ekanligini hisobga olib uni nimaligini ayting.
Javob: Intellektual koiffitsient.
440-savol: O’zbekiston milliy entsiklopediyasining 4-jildida Sent-Lyusiya davlati poytahti
haqidagi maqola bilan Pokistonning sharqiy qismidagi shahar haqidagi maqolalar orasida butun
dunyoga mashhur yurist haqidagi maqola berilgan. Bu yuristning to‘liq ismi-sharifiga e’tibor
bersangiz uni bir millatga mansub deb o‘ylashingiz mumkin. Lekin u boshqa millatga mansub.
Men sizdan u qaysi millatga mansubligini so‘ramayman, siz menga u qaysi davlatda tug‘ilganini
ayting.
Javob: Kuba.
Izoh: Gap bu yerda Fidel Kastro Rus haqida ketmoqda. (Kastri va Kasur shaharlari haqidagi
maqola orasida).
441-savol: Blits savol.
Mavzu: Servis belgilari.
1-savol: Mexmonxonani shifoxonaga aylantiruvchi belgi qaysi?
2-savol: Oshxonani anglatuvchi belgida aynan qaysi ikki predmet tasvirlangan?
3-savol: Dam olish joyini anglatuvchi belgida qaysi daraxt tasvirlangan? Javoblar:
1. Qizil xoch.
2. Vilka va pichoq.
3. Archa.
442-savol: U haqida ikki o‘zbek adibi bir-biriga o‘xshash fikrlarni bayon qilishgan: birinchisi
uning kuchini artilleriya qurolidan yuqori qo‘ygan bo‘lsa, ikkinchisi yadro qurolidan ustun
qo‘ygan, xatto uning qo‘llanilishi borasida tavsiya ham bergan. Siz menga uning nimaligini va
o‘sha ikki adib aytgan qurol turlarini ayting.
Javob: Adabiyot, zambarak va atom (bombasi). Adiblar esa mos ravishda Parda Tursun va
Abdulla Qahhor.
443-savol: Agar mushuksimonlar oilasi vakillaridan birining nomidan bitta harfni olsak,
bo‘risimonlar oilasi vakillaridan birining erkagining nomi kelib chiqadi. Birinchisi yovvoyi
hayvon bo‘lsa, ikkinchisi uy hayvoni hisoblanadi. Bir daqiqadan keyin ikkala hayvonni ham
ayting.
Javob: Sher va it. (Arslon va arlon).
444-savol: Bu xalq o‘zini "oq quyoshning farzandlari” deb hisoblashadi. Xattoki ularning
bayrog‘ida ham oq quyosh tasvirlangan. Bu xalqning nomini eshitganimizda bizning hayolimizga
keladigan qimmatbaho tosh esa oq rangli emas. Siz menga bu tosh qaysi rangda bo‘lishini ayting.
Javob: Qizil (yoqut).
Izoh: Yoqutlar o‘zlarini aynan shunday atashadi. Yoqutiston bayrog‘ida esa oq quyosh
tasvirlangan.

Категория: Zakovat. | Добавил: Taqvo
Просмотров: 4702 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |