Четверг, 28.03.2024, 19:22Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islom viktorinasi

1-bosqich. 1-tur: Payg'ambarimiz Muhammad SAVning nasablari, tug'ilishlari va bolaliklari
11.05.2013, 04:07

1-bosqich. 1-tur: Payg'ambarimiz Muhammad SAVning nasablari, tug'ilishlari va bolaliklari
1-tur

Mavzu: Payg'ambarimiz Muhammad SAVning nasablari, tug'ilishlari va bolaliklari

1. Payg'ambarimiz SAV qurbonlikdan omon qolgan ikki insoning o'g'lidirlar. Bu ikki inson kimlar?
a) Abdulloh, Qusay
b) Abdulloh, Abdumanof
c) Abdulloh, Ismoil

Javob: Abdulloh, Ismoil.
Izoh: Ibrohim a.s. ko’rgan tushlarini Allohning vahiyi deb bilib o’z o’g’illari Ismoil a.s.ni Alloh yo’lida qurbon qilishga otlanib, Ismoilni bo’g’ziga pichoq tortadilar, pichoq kesmaydi, shu payt Jabroil a.s. Jannatdan bir qo’chqor olib chiqib Ibrohimga a.s: ”Ey,Ibrohim a.s. siz Allohning sinovidan o’tdingiz. Endi siz mana bu qo’chqorni Alloh yo’lida qurbon qiling…” deydilar.
Abdulloh Rasululloh SAVning otalari. Bobolari Abdumutallib: ”Agar Alloh menga 10 ta o’g’il bersa bittasini Alloh yo’lida qurbonlik qilaman”, degan qasamyodiga sodiq qolib, 10 o’g’li ichidan kimni qurbonlik qilish tanlash maqsadida qur’a tashlanganida qur’a Abdullohga tushadi. Abdumutallib Abdullohning bo’yniga pichoq tortaman deb turganida quraysh kattalari uni qaytarib qolishadi. Unga bu qasamyodni boshqa yo’l bilan bajarishlikni maslahat berishadi. Shunda Abdulmuttalib Alloh yo’lida 100 ta tuyani qurbon qilish evaziga Alloh taolo bu zotni saqlab qolgan. ("Saodat asri qissalari”)

2. Har bir musulmon kishiga Payg'ambarimiz SAVning to'rt ota tomon ajdodlarini bilishlik lozim, ularni to'g'ri ketma ketlikda kelgan qatorni belgilang.
a) Abdulloh, Abdulmuttalib, Hoshim, Abdumanof
b) Abdulloh, Abdulmuttalib, Abdumanof, Hoshim
c) Abdulloh, Hoshim, Abdumanof, Abdulmuttalib

Javob: Abdulloh, Abdumutallib, Hoshim, Abdumannof.
Izoh: Otalari Abdullohning otasi Abdumutallib. Bu zot Qurayshning ulug’laridan bo’lib, bu qavmning hamma og’irliklarini, muammolarini hal qilishga kuchi yetguvchi fasohatli inson bo’lgan. Abdumutallibning otasi Hoshim va Hoshimning otasi Abdumannofdir. ("Saodat asri qissalari’, "Nurul yaqiyn” va "Tarixi Muhammadiy”)

3. Arablar hisobi bilan payg'ambarimiz SAV Fil voqeasining nechani yilida tug'ilganlar?
a) Birinchi yili
b) Fil voqeasidan avval
c) Fil voqeasining 3-yilida

Javob: Birinchi yili.
Izoh: Yaman podshosi Abraha Ka’bani vayron qilish uchun ko’plab askarlar bilan Makkaga yurish qilganida, askarlari orasida bahaybat Mahmud ismli Fil bo’lgan. Makkaga yetib kelishgani va fil o’rgatuvchi filga Ka’ba tomonga yurishni buyurganida, Alloh taoloning qudrati bilan bu bahaybat fil Ka’ba tomonga bir qadam ham yurmagan. Ka’baga bostirib kelgan kofirlarni Alloh taolo O’zining ojiz maxluqlari bo’lmish qushlar tumshuqlarida keltirgan mayda toshlar bilan halok qiladi va ka’batullohni yaqinda tug’ilajak payg’ambari Muhammad SAV uchun, kelajak yangi din, yangi ummat uchun saqlab qolgan yilda Rasululloh SAV dunyoga keladilar. "Ashobi Fil – Fil mingan lashkarlar” qissasi haqida, mo’minlarga ibrat, kofirlarga esa achchiq bir saboq bo’lish uchun Qur’oni karimning "Fil” surasida so’zlangan. ("Saodat asri qissalari’, "Nurul yaqiyn” va "Tarixi Muhammadiy”)

4. Fil voqeasi nima uchun Islomdan avvalgi xalqlarda ham to shu kungacha mashhur?
a) Yil hisobini shundan boshlaganlari uchun
b) Bu jangda Allohning mo'jizasini ko'rganliklari sabab
c) G'alaba qilganlari sabab

Javob: Bu jangda Allohning mo’jizasini ko’rganlari uchun.
Izoh: Bu jangda bahaybat filning hamma tomonga qarab yurib, faqat Ka’ba tomonga qadam tashlamagnligi va Abobil qushlarining uchib kelib katta lashkarni yo’q qilib yuborganligi, bu Allohning ulug’ mo’jizasidir. ("Saodat asri qissalari’, "Nurul yaqiyn” va "Tarixi Muhammadiy”)

5. Johiliyat davrida Baytulloh xizmatini boshqarish, ziyoratga keluvchilarni ovqat va suv bilan ta’minlash, quraysh qabilasining maslahat yig‘inlarini ochish payg'ambarimizning qaysi bobolari qo'lida bo'lgan?
a) Hoshim
b) Qusay
c) Abdumanof

Javob: Qusay.
Izoh: Johiliyat davrida Baytulloh xizmatini boshqarish, ziyoratga keluvchilarni ovqat va suv bilan ta’minlash, Quraysh qabilasining maslahat yig’inlarini ochish Qusayning qo’lida edi. Bunday yig’inlar uning uyida o’tkazilar, janglarda tug’ ko’tarish huquqi ham uning ixtiyorida edi. ("Nurul Yaqiyn”)

6. Rasulullohning SAV otalari Abdullohning onalarini ismi kim bo'lgan?
a) Otika binti Murra
b) Fotima binti Umar
c) Salmo binti Amr

Javob: Fotima binti Umar.
Izoh: Rasululloh SAVning otlari Abdullohning onasi Qurayshning Fotima Maxzum jamoasiga mansub bo’lgan nasabi toza obro’-e’tiborli Umarning oilasida tug’ilgan. ("Nurul yaqiyn”)

7. Rasulullohning SAV otalari Abdulloh bobolarining nechanchi farzandi edilar?
a) 9-chi
b) 10-chi
c) 11-chi

Javob: 10-chi
Izoh: Bu savolda ko’pchilik farzand so’zini o’g’il deb tushunishgan. Ya’ni faqat amakilarini hisob qilib, ammalarini hisoblashmagan.
Rasululloh SAVning o‘n (ba’zi ma’lumotlarda 12) amaki va olti ammalari bor edi. Bulardan Abu Tolib, Zubayr, Abdul Ka’ba bu uchovlari Payg‘ambarimizning otalari Abdulloh bilan tug‘ishgan bo‘lib, boshqalari o‘gay edilar. Bulardan ikki kishi — Hamza bilan Abbos iymonga musharraf bo‘ldilar. Rasululloh SAVning oltita ammalari ichida Zubayr ibn Avvomning onalari Safiya binti Abdumuttalib Islomga musharraf bo‘ldi. Otika, Arvo ikkovlarining dinga kirganlari gumonlikdur. Qolganlari ersa vahiydan ilgari o‘lgandirlar. (”Tarixi Muhammadiy”)

8. Rasulullohning SAV otalari Abdulloh onalari Ominaga necha yoshlarida uylanganlar?
a) 20 yosh
b) 18 yosh
c) 22 yosh

Javob: 18 yoshda
Izoh: Rasululloh SAVning otalari Abdulloh Abdumutallibning eng suyukli o’g’li bo’lgan. Abdulloh 18 yoshga to’lganida Abdulmutallib Vahobning qizi Ominani olib berdi. Omina Quraysh ayollarining ichida eng nasli toza pokiza ayollardan edi. ("Nurul yaqin”)

9. Rasulullohning SAVning onalari Omina quraysh qabilasining qaysi jamoasidan edi?
a) Zuhra
b) Mahzum
c) Najjor

Javob: Zuhra jamoasi
Izoh: Ominaning otasi Vahob, uning otasi Abdumannof, uning otasi Zuhra bo’lgan. Zuhra esa Kilobning o’g’li edi. ("Nurul yaqiyn”)

10. Payg'ambar SAVga doyalik qilgan Shaffo qaysi buyuk sahobaning onasi edi?
a) Sa'd ibn Abu Vaqqos
b) Abdurahmon ibn Avf
c) Hamza ibn Abdulmuttalib

Javob: Abdurahmon ibn Avf
Izoh: Rasululloh SAV Fil yilida Bani Hoshim ko’chasidagi Abu Tolibning uyida dunyoga keldilar. U kishiga Islom nuri yer yuzini yoritganidan keyin eng ulug’ sahobiylardan biriga aylangan, "Asharayi Mubashshara”dan bo’lgan sahobiy Abdurahmon ibn Avfning onasi Shaffo doyalik qilgan. ("Nurul yaqiyn”, Tarixi Muhammadiya”)

11. Payg'ambarimiz SAVni ilk emizgan ayol kim?
a) Onalari Amina
b) Ummu Ayman
c) Suvayba

Javob: Suvayba
Izoh: Rasululloh sav tug’ilganlaridan keyin u Zotni birinchi bo’lib amakilari Abu Lahabning cho’risi Suvayba emizadi. ("Nurul yaqiyn”)

12. Payg'ambarimiz SAVning sut onalari Halimaning eri Harisning kunyasi nima edi?
a) Abufihr
b) Murra
c) Abukabsha

Javob: Abukabsha
Izoh: Rasululloh SAVga sut ona bo’lish Bani Sa’d qabilasidan bo’lgan Halimaga nasib qildi. Halimaning eri chorvador Haris, kunyasi Abukabsha edi. (”Nurul yaqiyn”)

13. Payg'ambarimiz SAV bilan qaysi voqeadan keyin shaytonning u zotda nasibasi qolmagan?
a) Tug'ilishlari bilan
b) Payg'ambarlik berilishi bilan
c) Shaqqi sadr bilan

Javob: Shaqqi sadr bilan
Izoh: Rasululloh sav 4 yoshga kirganlari mashhur shaqqi sadr "ko’krak yorilishi’ hodisasi bo’lib o’tgan. Bu hodisada Alloh taolo farishtalari orqali Rasululloh sav ning qalblaridagi shayton nasibasi bo’lgan "Nafsi ammora” (yomonlikka undovchi nafsni olib tashlagan. Shu kundan boshlab bu zot insonni yo’ldan ozdiradigan ahyu havaslardan ozod bo’lganlar. (”Tarixi Muhammadiy”, "Nurul-Yaqiyn”)

14. Payg'ambarimiz SAV nechcha yoshga to'lgunlari qadar emizik onalari Halima qo'lida katta bo'ldilar?
a) 5 yosh
b) 2 yosh
c) 4 yosh

Javob: 4 yosh
Izoh: Rasululloh SAV 4 yoshga to’lganlarida Shaqqi sadr hodisasi bo’lib, onalari Halima qo’rqib o’z onalari Ominaga topshirgunlaricha o’sha xonadonda bo’lganlar. (”Nurul-yaqiyn”)

15. "Shaqqi sadr", ya'ni ko'krak yorilish voqeasi Rasululloh SAV hayotlari davomida ikkinchi marta qachon yuz bergan?
a) Ilk vahiy tushganda
b) Me'rojga chiqqanlarida
c) Hajjatul vado'da

Javob: Me'rojga chiqqanlarida
Izoh: Rasululloh SAV hayotlari davomida Shaqqi sadr voqeasi ikkinchi marta Me’roj kechasi, Isro voqeasidan oldin, Ka’ba yonida bo’lgan. "Ey Muhammad a.s. Biz sizning ko’ksingizni (qalbingizni) ochib qo’ymadikmi?!” ("Sharh” surasi, 1-oyat.
Bu oyatda Muhammadning SAV Isro kechasidagi "Shaqqi Sadr” voqeasiga sihora bor. "Tafsiri Ibi Kasiyr.

16. Onalari Omina payg'ambar SAV bilan nima maqsadda Madina safariga chiqdilar?
a) Tijorat
b) Sayohat
c) Ziyorat

Javob: Ziyorat
Izoh: Muhammad sav 6 yoshga to’lganlari onalari Omina bobolari Abdumutallibning maslahtiga ko’ra Yasribga (Madina) ham qarindoshlarini, ham jufti haloli bo’lgan Abdullohning qabrini ziyorat qilish maqsadida o’g’li Muhammadni va cho’risi Ummu Aymanni olib yo’lga tushadilar. ("Nurul yaqiyn”, "Tarixi Muhammadiy”)

17. Onalari Ominaning o'limidan keyin payg'ambar SAVni tarbiya qilgan ayol kim?
a) Halima
b) Ummu Ayman
c) Suvayba

Javob: Ummu Ayman
Izoh: Omina bir oydan ko’proq vaqt Madinada bo’lganidan keyin o’g’li va cho’risi bilan Makkaga qayitsh uchun yo’lga chiqdi. Lekin ajal uni Makka va Madina oralig’ida Abvo degan joyda quvib yetdi va jonini mahv etdi. Shundan keyin Muhammad sav butunlay yetim bo’lib cho’rilari Ummu Ayman qo’lida qoldi va tarbiyalandi. Muhammad SAV keyinchalik Ummu Ayman haqida:”Tuqqan onamdan keyingi onamdir "deya iltifot ko’rsatganlar. ("Nurul yaqiyn”, "Tarixi Muhammadiy”)

18. Bobolari Abdulmuttalibning olimidan keyin payg'ambarimiz S.A.V. necha yoshda edilar?
a) 8
b) 9
c) 6

Javob: 8 yoshlarida
Izoh: Muhammad sav 6 yoshga to’lganlari onalari Ominadan ajralgan bo’lsalar, shundan keyin ikki yil davomida bobolari Abdumutallib bag’rida mehr ko’rib voyaga yetganlar. Muhammad SAV 8 yoshga to’lganlarida esa ajal u kishining mehribonlarini bo’lgan bobolari Abdumutallibni ham o’z ixtiyoriga oladi. Shunday qilib Muhammad SAV uchinchi o’ksizlikni boshlaridan o’tkazadilar. ("Saodat asri qissalari’, "Nurul yaqiyn” va "Tarixi Muhammadiy”)

19. Bobolarining o'limidan keyin payg'ambarimiz qaysi amakilarining oilasida tarbiya qilindilar?
a) Abbos
b) Abu Tolib
c) Hamza

Javob: Abu Tolib
Izoh: Muhammad SAV bobolaridan ajralganlaridan keyin bobolarining vasiyatiga va qur’a tashlash yo’li bilan tanlangan, shu bilan birga Muhammad SAV o’zlari ham bag’rilariga otilib tanlagan amakilari Abu Tolibning tarbiyalarida qoladilar. Abdumutallib faqat ikki o’g’li orasida qur’a tashlaydi. Bular Abu Tolib va Zubayr. Buning sababi Abu Tolib, Zubayr va Abdullohning onalari bir bo’lganligi edi. ("Saodat asri qissalari’, "Nurul yaqiyn” va "Tarixi Muhammadiy”)

20. Payg'ambarimiz SAV 12 yoshga yetgach amakilari bilan Shom viloyatiga qilingan safar chog'ida Busro shaxrida payg'ambarimiz SAVni Olamlar sarvari, Alloh taolo habibi, oxir zamon payg'ambarliklari haqida xabar bergan rohib kim edi?
a) Nasturo
b) Yaqub
c) Buhayro

Javob: Buhayro
Izoh: Shom bilan Makka yashovchi, insonlarni yakkaxudolikka da’vat qilguvchi rohib Buhayro Muhammad SAVning sifatlarini Injil va Tavrotda o’qib bilgan edi. Buhayroning ismi Jirjisiy (Georgiy) bo’lib, Bayrutdagi "Katolik bosmaxonasi” tomonidan 1996 yilda nashr qilingan "Al-Munjid fil a’lom” (atoqli ismalrning izohli lug’ati) kitobida uqyidagi ma’lumotalr bor. "Rohib Buhayro milodiy 6-asrda Arab jazirasida karvonlar yo’li ustida yashar, badaviylarni yakkaxudolikka da’vat qilar edi. Muhammad sav ni Quraysh savdogarlari hamrohligida ko’rib, amakisi Abu Tolibga:”Mana shu jiyaningg Muhammad haqida ulug’ xabar bor”, degan.


Категория: Islom viktorinasi | Добавил: Taqvo
Просмотров: 3309 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |