Пятница, 19.04.2024, 10:59Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islom viktorinasi

1-bosqich. 2-tur: Payg'ambarimiz SAVning yigitlik davrlari, uylanishlari
11.05.2013, 04:05

1-bosqich. 2-tur: Payg'ambarimiz SAVning yigitlik davrlari, uylanishlari
2-tur

Mavzu: Payg'ambarimiz SAVning yigitlik davrlari, uylanishlari

1. Payg'ambarimiz SAV 20 yoshga kirganlarida Fijor urushida qatanashdilar. Bu urush qatnashchilari bo'lgan qabilalar qaysi qatorda keltirilgan?
a) Kinona, Qays, Quraysh
b) Hazraj, Avs, Quraysh
c) Quraysh, Zuhra, Kinona
To’g’ri javob: Kinona, Qays, Quraysh.
Izoh: Kinona qabilasidan bo’lgan Barroz ibn Qays ismli kishi Qays qabilasidan bo’lgan Urva ibn Utbani, o’zini haqorat qilgani uchun qasd olish niyatida tijorat uchun yo’lga chiqqanida o’ldiradi. Urva ibn Utbaning o’ldirilganini eshitgan Qays qabilasi Kinona va Quraysh qabilsidan Urvani qasosini olish uchun urush boshlashadi. Bu urush Makka bilan Toif shaharlari o’rtasidagi Naxla degan joyda bo’ladi. Bu bemaqsad urushda Abdumutallib o’g’illaridan Zubayr, Abu Tolib, Abbos va Hamza, Abdumutallibning eng sevimli nabirasi Muhammad SAV ham qatnashganlar. Bunda Muhammad a.s 20 yoshda bo’lganlar.
"Saodat asri qissalari”, "Nurul yaqiyn”.

2. Ukoz qanday marosim?
a) Arablarda mavsumiy bozor
b) O'zaro kelishmovchiliklarni hal qiladigan qabilalar majlisi
c) Ziyofat
To’g’ri javob: Arablarda mavsumiy bozor.
Izoh: Ukoz – arablarning mavsumiy bozori bo’lib, bunday bozor arablarning tarixida bo’lmagan edi. Bu bozorda yerliklardan tashqari Shom va Yamandan kelgan savdogarlar ham o’z mollari bilan tijorat qilardilar. Chunki bunday mahsuloti ko’p, xaridori bisyor bozor hatto Shom va Yamanning orasida cho’zilib ketgan yuzlarcha chaqirim orasida ham bunday bozor topilmasdi.
"Saodat asri qissalari”, "Nurul yaqiyn”.

3. Fijor urushi nima sababdan bunday nomlandi?
a) Qurayshning hurmati saqlanmagani sabab
b) Arablar orasida bekorga qon to'kilgani sabab
c) Muqaddas Makkaning hurmati saqlanmagani sabab
To’g’ri javob: Muqaddas Makkaning hurmati oyoqosti bo’lgani sabab.
Izoh:O’sha paytda ham arablar tomonidan hurmat bilan qaralgan, ketma-ket keladigan 4 oy, Zulqa’da Zulhijja, Muharram va Rajab oylari harom oylar, ya’ni urush qilinishi, yo’ltosarlik qilish, odam o’ldirish harom qilingan oylar hisoblanardi. Bu urush xuddi shu oylarga to’g’ri keldi. Qurayshliklar esa qavmning mudofaasi uchun bu uyda urush qilishga majbur bo’ldilar. Bu oylarda qilingan urushlar, Allohga ko’tarilgan isyon deya ta’rif berilgan. Bu urush arab tarixida misli ko’rilmagan qirg’inbarot urush bo’lganligi, harom oylarda Muqaddas Makkaning hurmati saqlanmaganligi uchun "Fijor”, ya’ni "Gunohkorlar urushi” nomi bilan tarixda qoldi.
"Saodat asri qissalari”, "Nurul yaqiyn”.

4. Fijor urushida Qurayshning Qays qabilasiga tovon to'lashini nazorat qilishga kim mas'ul etib saylandi?
a) Abdulmuttalib
b) Abu Sufyon
c) Harb ibn Umayya
To’g’ri javob: Harb ibn Umayya.
Izoh: Bu maqsadsiz, shafqatsizlarcha bo’lgan urushda ko’p kishilarni begunoh qoni to’kildi. Oxiri bunga chek qo’yish uchun qurayshliklardan Utba ibn Robia sulh tuzish taklifi bilan chiqdi. "Sizlarni o’lganlaringizni tovonini to’laymiz, bizlardan o’lganlarini qonini esa Alloh yo’liga bag’ishlaymiz”, dedi Utba. U Qays qabilasidan o’lganlarni tovonini to’lashni o’z bo’yniga oldi. Bu ishni nazorat qilishni esa qavmning ulug’laridan Harb Ibn Umayyaga topshirildi.
”Saodat asri qissalari”, "Nurul yaqiyn”.

5. Fijor urushida ko'rilgan talofatni to'lab bo'lingunicha Qurayshdan Qavs qabilasiga kim garovga berilgan?
a) Muhammad ibni Abdulloh
b) Umar ibn Hattob
c) Abu Sufyon
To’g’ri javob: Abu Sufyon.
Izoh: Yuqorida aytib o’tilganidek Qays qavmidan o’lganlarini tovonini to’lashni Utba o’z bo’yniga olganidan keyin, har bir vafot etgan kishi boshiga 100 tuya hisoblandi. Jami bo’lib ikki ming tuya edi. Bunday katta tovonni qanday qilib to’lanishi hammani qiziqtirdi. "Qanday qilib to’laysan?” degan savolga, Utba: ”Sizlarga tovonni to’lagunimcha odamlarimizdan garovga qo’yamiz....”, dedi. Shunday qilib qaysliklarga 40 kishilik guruh garovga berildi. Bularning orasida Utba ibj Robianing o’g’li Abu Sufyon va qurashlik aslzodalardan bo’lgan Hakim ibn Hizom ham bo’lgan.
”Saodat asri qissalari”, "Nurul yaqiyn”.

6. Fijor urushidan keyin arablar o'rtasida tuzilgan xayriya uyushmasi kimning uyida tuzilgan edi?
a) Abdulmuttalib
b) Abdulloh ibn Ju'don
c) Harb ibn Umayya
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Ju’don.
Izoh: Qurayshliklar Fijor urushidan qaytgach, Makkaliklar yoki musofirlarni nohaqlikka uchraganlarida himoya qilish uchun, qabila boshliqlaridan bo’lgan Abdulloh ibn Ju’donning hovlisida uyushma tashkil qilishdi. Bu uyushmagan "Xilful fuzul” (Fazilatli kishilarning fazilatli ish tutishi) deb nom berishdi. Bu uyushmada Abdumonofning ikki o’g’li bo‘lmish Hoshim va Muttalib avlodi, Asad ibni Abduluzzo, Zuhra ibni Kilob avlodi va Taim ibn Murra avlodi jamoasi qatnashdi. Bu uyushmaga Muhammad SAV ham a’zo bo’lgan edilar.
”Saodat asri qissalari”, "Nurul yaqiyn”, "Tarixi Muhammadiy”

7. Fijor urushida Payg'ambarimiz SAVning vazifalari nima edi?
a) kamondan o'q otish
b) otliq askarlar safida jang qilish
c) o'q terish
To’g’ri javob:
c) O’q terish.
Izoh: Payg’ambarimiz SAV 20 yoshlarida bu urushda amakilari bilan birgalikda qatnashganlar. Faqat hech kimga o’q otmagan, hech kimni qonini to’kmaganlar. Faqatgina qarshi tarafdan otilgan o’qlarni to’plab (yig’ib, terib), amakilariga berganlar.
Ibn Hishom, 1/198

8. Payg'ambarimiz SAV Payg'ambarlik berilganda ham sog'inib eslaydigan johiliyatdagi yaxshilik qaysi?
a) Ka'bani qayta tamirlashda qatnashganlari
b) Halimani uylarida sahroda o'tgan bolaliklari
c) Xayriya uyushmasiga a'zo bo'lganlari
To’g’ri javob: c) Hayriya uyushmasiga a’zo bo’lganlari.
Izoh: Abdulloh ibn Ju’donning uyida tuzilgan hayriya uyushmasiga a’zo bo’lgan, xayrli ishlarda qatnashgan Muhammad SAV, payg’ambarlik sharafiga erishganlaridan keyin ham u kunlarni juda ko’p martalab sog’inib eslab, tilga olganlar. U zot: "Men Abdulloh ibn Jud’oning hovlisida qurilgan uyushmaga kirganman, bu tashkilot qizil tuyalardan qimmatroq, (arablarda qizil tuyalar eng qimmatli narsa hisoblanardi) agar hozir ham birov shunday ishga da’vat etsa, sira ikkilanmay qabul qilardim, deganlar.
"Nurul yaqiyn”, "Tarixi Muhammadiy”

9. Rasululloh SAV ikkinchi marta Shomga necha yoshlarida safar qilganlar?
a) 12
b) 20
c) 25
To’g’ri javob: 25.
Izoh: Rasululloh sav 25 yoshga kirganlarida "Tohira” laqabi bilan mashhur bo’lgan, katta savdogarlardan bo’lgan Xadicha binti Huvaylid Shomga karvon jo’natmoqchi bo’ladi. Bu karvonga bosh qilib jo’natish uchun esa u ishonchli bir kishi topishi lozim edi. Unga Abu Tolibning jiyani bo’lgan Muhammadni a.s. tavsiya qilishadi. Abu Tolib bilan bu haqda kelishib, Muhammadga a.s. boshqalarga bergan haqqini ikki hissasini berish evaziga kelishadi. Shundan keyin Muhammad a.s. 25 yoshalrida Xadichaning karvonini boshqarib Shomga ikkinchi safarlarini qiladilar.
"Nurul yaqiyn”, "Tarixi Muhammadiy”

10. Hz. Hadicha onamiz tarafidan Payg'ambarimiz SAV Shomga savdo bilan ketishida kim yordamchi bo'lgan?
a) Maysara
b) Said ibn Abu Saib
c) Nafisa
To’g’ri javob: Maysara.
Izoh: Maysara kichik yoshidan beri Xadichaning qo’l ostida voyaga yetgan, uning sof vijdoni, yuksak ahloqi, haqiqy insoniy fazilatlariga guvoh bo’lib, unga chin ko’ngildan e’tiqod qo’ygan edi. Xadicha ko’plab karvonlarini Shom va Yamanga jo’natar ekan, ularga sarbon qilib yuborgan kishilarini hatti harakatlarini, qanday ish tutganlaiklarini, hisob-kitoblariga yarasha ish qilgan-qilmaganliklarini kuzatib borish uchun, Maysaradan foydalanar edi. Maysara Xadichaning har bir karvonida ishonchli kishi edi. Shu jumladan Shomga, Muahammad SAV boshchiliklarida yuborilgan karvonga ham Maysara ishonchli nazoratchi qilib yuborildi.
"Nurul yaqiyn”, "Tarixi Muhammadiy”

11. Hadicha onamiz va Rasululloh SAVning nikohlarini kim o'qigan?
a) amakilari Abu Tolib
b) Hadichaning amakilari Amr ibn Asad
c) Abu Bakr Siddiq
To’g’ri javob: Amakilari Abu Tolib.
Izoh: Muhammad a.s. Shom safaridan qaytganlaridan keyin, amakilari Abu Tolib bilan Xadichaning amakisi bo’lgan Amr ibn Asadnikiga sovchi bo’lib borishadi. U kishi bu nikohga o’z roziligini beradi. Bu ikki ulug’ insonni nikohlarini Muhammadning a.s. amakilari Abu Tolib o’qiydi va o’z xutbasida shunday deydi: "Olloh bizni Ibrohim va Ismoil avlodi, Ma’ad va Muzor nasli qilib yaratganiga, Baytullohga qaraydigan, Masjidi haromni boshqaradigan martabaga erishtirganiga, Ka’bani ulug’’ ziyoratgoh, qon to‘kish, hatto bironta giyohni uzish man etilgan muqaddas maskanga aylantirganiga, bizni martabamizni ko‘tarib, odamlarga hukmron qilganiga ming qatla shukr. Jiyanim Muhammad ibn Abdullohning mardlikda, olijanoblikda, fazlu karamda tengi yo’q. To‘gri, uning mol-dunyosi ko‘p emas, biroq davlat degani soyaga o‘xshash o‘zidan nariga tushmaydigan va egasiga qaytariladigan omonat. Ollohning nomi bilan qasam ichib aytamanki, Muhammad kelajakda ulug’ odam bo‘ladi, katta ishlarni amalga oshiradi".
"Nurul yaqiyn”

12. Payg'ambarimiz Muhammad SAV Hadicha onamizga mahrga nima hadya qildilar?
a) 1 tilla uzuk
b) 20 ta bo'taloq (tuya)
c) 11 ziro' kumush
To’g’ri javob: 20ta bo’taloq.
Izoh: Yuqoridagi baxtli nikoh o’qilganidan keyin Muhammad a.s. Xadichaga r.a. 20 ta bo’taloq mahr beradigan bo’ldilar.
"Ar-rohiyqim maxtum”, "Tarixi Muhammadiy”

13. Payg'ambarimiz Muhammad SAVning Hadicha onamizdan ko'rgan eng katta qizlari ismi nima?
a) Ruqiya
b) Ummu Gulsum
c) Zaynab
To’g’ri javob: Zaynab.
Izoh: Ko’pchilik olimlarning ij’mosiga binoan, Zaynab Rasululloh SAVning katta qizlari bo’lib, u zot 30 yoshga to’lganlarida tug’ilgan va hijratning 8-yili vafot etgan.
"Nurul yaqiyn”, "Siz payg’ambarni ko’rganmisiz”

14. Payg'ambarimiz Muhammad SAVning eng katta o'g'illari ismi nima?
a) Ibrohim
b) Qosim
c) Tohir
To’g’ri javob: Qosim.
Izoh: Rasulullohning sav birinchi farzandlari va birinchi o’g’illari Qosim bo’lgan. U Islomdan ancha avval Makkada tug’ilgan. Eng sahih qavlga ko’ra 17 oy yashab vafot etgan. Rasulullohni sav kunyalari ham shu o’g’illariga nisbat berib, Abul Qosim deya atalgan.
"Nurul yaqiyn”, "Tarixi Muhammadiy”

15. Payg'ambarimiz Muhammad SAVning Hadicha onamizdan ko'rgan ikkinchi o'gillari ismi nima edi?
a) Qosim
b) Abdulloh
c) Ibrohim
To’g’ri javob: Abdulloh.
Izoh: Rasulullohning SAV Xadicha onamizdan ko’rgan ikkinchi o’g’illari Abdulloh bo’lgan. Nasl-nasab bilan shug’ullanuvchi olimlarning gapiga qaragnada, Abdulloh toza va juda yoqimli bo’lgani bois unga Tohir-Toyyib laqablari berilgan. Abdulloh Muhammadga a.s. payg’ambarlik kelganidan keyin Makkada tug’ilib, go’dak paytida o’sha yerda vafot etadi.
"Nurul yaqiyn”, "Tarixi Muhammadiy”

16. Paygambarimiz SAV Hadicha onamizdan nechta farzandli bo'lganlar?
a) 6
b) 5
c) 8
To’g’ri javob: 6.
Izoh: Rasulullohni SAV Xadicha r.a. dan ko’rgan farzandlari soni 6 ta bo’lgan 2 o’g’il va 4 qiz.
Mulla Aliyul Qori Hanafiy, "Al Fiqhul akbar” sharhi, Muhammad Sulaymon Mansurfuriy, "Rahmatun lil
olamiyn” kitobi 2-juz’.

17. Rasululloh SAV tiriklik paytida vafot etgan ikki mo'minlar onasi kim?
a) Hadicha binti Xuvaylid, Savda binti Zam’a
b) Hadicha binti Xuvaylid, Zaynab binti Xuzayma
c) Hadicha binti Xuvaylid, Ummu Salama
To’g’ri javob: b) Hadicha binti Huvaylid, Zaynab binti Xuzayma.
Izoh: Oltinchi onamiz Xuzayma qizi Zaynabdur. Xayr-saxovatda nomi chiqqan xotinlardan edi. Shu uchun arablar uni johiliyat zamonida ham «Ummu Masokin», ya’ni, «Miskinlar onasi» deb atamish edilar. Ikki-uch oygina Rasululloh xizmatlarida turgandan keyin vafot topmish edi. Uning janozasini Rasululloh o‘zlari o‘qib, Baqe’ go‘ristoniga dafn qildilar. Yoshlari o‘ttizdan o‘tmagan edi. Rasulullohning tirikliklarida vafot topgan xotinlari Hazrati Hadicha bilan Zaynab ikkovlaridurlar, raziyallohu anhumo.
"Tarixi Muhammadiy”

18. Ka'bani qayta ta'mirlash paytida hajarul asvadni joyiga o'rnatish vazifasi Rasululloh sollallohu 'alayhi vasallamga nasib etganda, u zot necha yoshda edilar?
a) 35
b) 38
c) 40
To’g’ri javob: 35.
Izoh: Quraysh arablari Baytullohni qayta buzib qurmoqchi bo’ldilar va bunga faqat halol yo’l bilan topilgan mollarini asrf qilishga klishib oldilar. Bu baytullohning qayta qurilishini sakkizinchisi edi. Bu paytda Rasululloh sav 35 yoshga kirib, ayni kuchga to’lgan paytlari edi.
"Saodat asri qissalari”, "Nurul yaqiyn”.

19. Nima uchun Makka ahli Baytullohni buzib, qayta tikladi?
a) Qabilalar aro urushlar oqibatida Ka'ba binosiga ko'p zarar yetgan edi
b) Ziyoratchilarning ko'p kelgani sabab, baytulloh devorlarini buzib, kengaytirishmoqchi edi
c) Qattiq yomg’ir yog’ib, Baytullohni sel bosib, bino yiqila boshlagan edi
To’g’ri javob: Qattiq yomg’ir yog’ib, Baytullohni sel bosib, bino yiqila boshlagan edi.
Izoh: Makkada qattiq yomg’ir yog’ib, sel kelidi va Baytullohning tomlari qulay boshladi. Shunda makka ahli kelishib Baytullohni qayta qurishga qaror qildilar. Rasululloh SAV bu ishda katta mehnatlari ila qatnashdilar. Tosh tashidilar va boshqa xizmatlarni qildilar. Ibrohim a.s. qo’ygan poydevor ustiga tosh qo’yishib, Baytullohni tomoni ko’krak barobari qilib ko’tardilar.
"Saodat asri qissalari”, "Nurul yaqiyn”.

20. Payg'ambar SAVga hajarul asvadni joylash topshirilganda, u zot hech bir Makka qabilalarini xafa qilmaydigan bir tadbir qo'lladilar. Bu tadbir nima edi?
a) Qur'a tashlash orqali. Qur'a g'olibi bo'lgan qabila oqsoqoli, hajarul asvadni qo'lida ko'tarsin, boshqa qabila oqsoqollari unga yordam bersin, dedilar.
b) Choponlarini yerga yoyib, ustiga qora toshni qo’ydilar, har bir qabila oqsoqoli choponning chekkasidan ushlab, barobar ko’tarishdi.
c) Qabila oqsoqollari orasida yoshi eng katta bo'lgani hajarul asvadni joyidan qo'zg'otib, payg'ambar alayhissalomga uzatsin, ular, toshni joylasinlar, dedilar.
To’g’ri javob: b)Choponlarini yerga yoyib, ustiga qora toshni qo’ydilar, har bir qabila oqsoqoli choponning chekkasidan ushlab, barobar ko’tarishdi.
Izoh: Baytullohni qurish ishlari tugaganidan so’ng, "Hajarul asvad”ni o’z joyiga qo’yish vaqti kelganida uni o’z o’rniga qo’yish uchun kim ko’taradi degan savol ustida talashib, qurayshliklar janjal qila boshladilar. Har bir urug’ bu ishda o’zini haqli deb bilar edi. Bu ish shu darajaga keldiki, hatto bu janjal urushga aylanib ketishiga oz qoldi. Oxiri ularni orasiga kishilar tushib Baytullohni oldida qon to’kishdek og’ir gunohdan ularni saqlab, ularni kelishitrishga harakat qildi. Bir oqilni gapiga kirib, Bani Shayba darvozasidan kim birinchi kirsa shu kishini aytgani bo’ladi degan qarorga keldilar. Shu payt bu darvozadan arablar orasida Muhammad Amin nomi bilan tanilgan Muhammad SAV kirib keldilar. U kishini qilgan hukmlariga hamma rozi bo’ldi. U kishi choponlarini yerga yoyib qora toshni uning ustiga qo’ydilar va har bir qabila boshlig’ini uning uchlaridan tutishga buyurdilar. Ular hammalari bir bo’lib ko’tarishib hajarul Asvadni o’z joyiga olib bordilar va toshni Rasululloh sab o’z qo’llari bilan joyiga qo’ydilar.
"Saodat asri qissalari”, "Nurul yaqiyn”.

Категория: Islom viktorinasi | Добавил: Taqvo
Просмотров: 2227 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |