Пятница, 29.03.2024, 01:06Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islom viktorinasi

1-bosqich. 9-tur: Madinada Islom jamiyatining qurila boshlanishi
11.05.2013, 03:57

1-bosqich. 9-tur: Madinada Islom jamiyatining qurila boshlanishi
9-tur

Mavzu: Madinada Islom jamiyatining qurila boshlanishi

1. Rasululloh Makkada ekanliklarida Madinadan kelib ilk bor iymon keltirgan 12 kishidan biri va Madinaga Rasululloh hijrat qilganlaridan keyin vafot topgan va Baqi’ qabristoniga ilk dafn qilingan sahobiy kim edi?
a) As’ad ibn Zurora
b) Sa’d ibn Rabi’
c) Avf ibn Horis
To’g’ri javob: As’ad ibn Zurora
Izoh: As’adni qabrga Alloh yaratgan eng muborak qo’llar qo’ydi. Rahmat malaklari uni haqiqiy bir omonat o’laroq, loyiq bo’lgan izzat va ikrom bilan qarshi oldilar. Baqi’ qabristoniga ilk dafn qilingan musulmon As’ad ibn Zurora bo’ldi. («Saodat asri qissalari»)

2. Rasululloh (s.a.v.) Madinaga hijrat qilib kelganlarida birinchi bo’lib musulmon bo’lgan yahudiy kim edi?
a) Abdulloh ibn Salom
b) Salmon al-Forsiy
c) Ka’b ibn Molik
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Salom
Izoh: Rasululloh (s.a.v.) Madinaga hijrat qilib kelganlarida Abdulloh ibn Salom u zotni ko’rish uchun bordi. Rasululloh (s.a.v.)ni ko’rganida u zotning nurafshon yuzlarida hech bir yolg’on alomatini ko’rmadi. Rasululloh (s.a.v.)ga darhol imon keltirdi. (al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)

3. Rasululloh SAV Masjid-an-Nabaviyni qurdirganlarida masjidga kirish uchun 3 ta eshik qoldirganlar. Rasululloh SAV har doim masjidga qaysi eshikdan kirganlar?
a) Bob ur-Rahmah
b) Bob ur-Rizvon
c) Bob us-Salom
To’g’ri javob: Bob ur-Rahmah
Izoh: Rasululloh SAV masjidning qiblasini Bayt Al Maqdisga qaratdilar va masjidga kirish uchun 3 ta eshik qurdirdilar. Ulardan bitta eshik masjidning orqa tomonida bo'lib, Bob ur-Rahmah deya nomlangan va Rasululloh SAV o'zlari shu eshikdan kirishga odat qilgan edilar. («Muxtasar Seerah Ar-Rasool»)

4. Madinadagi masjid qurilishida barcha bittadan g’isht tashisa, u ikkitadan gi’sht tashigan sahoba kim edi?
a) Umar ibn Xattob
b) Ammor ibn Yosir
c) Suhayb ar-Rumiy
To’g’ri javob: Ammor ibn Yosir.
Izoh: Rasululloh SAV Madinada tuyalari cho’kkan yerda masjid qurilishini boshlab yubordilar. Ammor ibn Yosir bu qurulishda ikkitadan g’isht tashishga astoydil bel bog’lagan edi. (al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)

5. Rasululloh sallallohu alayhi vassallamning qizlari Ruqayya va kuyovlari Usmon ibn Affonga uy joy berish qaysi yasriblik sahobiyga nasib qildi?
a) Avs ibn Sobit
b) As’ad ibn Zurora
c) Sa’d ibn Muoz
To’g’ri javob: Avs ibn Sobit
Izoh: Rasululloh SAVning nuridiydalari Ruqayyaga, uning umr yo’ldoshi bilan birga, uyidan joy berish sharafi Avs ibn Sobitga nasib etdi. (Saodat asri qissalari)

6. Kimning uyida Madinalik va Makkaliklar (muhojir va ansorlar) qarindosh tutindilar?
a) Oisha onamizning
b) Ummu Sulaymning
c) As'ad ibn Zuroraning
To’g’ri javob: Ummu Sulaymning
Izoh: Mo’minlarning bir-birlariga qardoshligi oqibati go’zal bo’lishi aniq edi. Shu sababli payg’ambarimiz SAV bir kuni Ummu Sulaymning uyida bir makkalik, bir madinalik qilib, "muhojir – ansor qardoshligi”ni ta’sis etdilar. (Saodat asri qissalari)

7. Ma’lumki, Rasululloh (s.a.v.) Madina davrining ilk kunlarida muhojir va ansorlar o’rtasida "qardoshlik” ahdini tuzdilar. Ushbu qardoshlikning meros bilan bog’liq hukmining keyinchalik ijrosi qanday bo’ldi?
a) Rasululloh (s.a.v.) vafotlariga qadar amalda bo’ldi
b) Barcha ansor va muhojirlar vafotiga qadar o’z hukmini saqlab qoldi
c) Badr g’azotidan keyin hukm bekor qilindi
To’g’ri javob: Badr g’azotidan keyin hukm bekor qilindi
Izoh: Qardoshlikning meros bilan bog’liq hukmi ko’pga cho’zilmadi. Badr g’azotidan so’ng Anfol surasining 75-oyati bilan bekor qilindi. (al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor, Hazrati Payg’ambarimiz va islom dini)

8. Kim Rasululloh s.a.v ga saj daraxtidan yasalgan, xurmo novdalari ila to'qilgan - sadr sovg'a qiladi va shu bilan Rasululloh s.a.v umrlarining oxirigacha mana shu sadrda uxladilar?
a) Zubayr ibn Avvom.
b) Abu Ayyub Xolid ibn Zayd
c) As'ad ibn Zurora
To’g’ri javob: As'ad ibn Zurora
Izoh: As’ad bir sadr keltirgan ekan, shunga ishora qilib:
- Buni siz uchun yasattirdim, ey Allohning Rasuli, ustida yotib istirohat etasiz, - dedi.
Rasulullohning yuzlarida quvonch alomatlari indi… (Saodat asri qissalari)

9. Rasululloh s.a.v Madinaga hijrat qilganlaridan so'ng kimni Makkaga borib, u yerda qolgan bola chaqalarini olib kelishini aytadilar?
a) Hamza ibn Abdumuttalib bilan Abu Ayyub
b) Zayd ibn Xoris bilan Abu Rofiy
c) Ali ibn Abu Tolib bilan Usmon ibn Affon
To’g’ri javob: Zayd ibn Xoris bilan Abu Rofiy
Izoh: Bu orada Rasululloh SAV tutingan o’g’illari Zaydni Abu Rofiy degan bir madinalik bilan qo’shib, yo’lga chiqardilar. Ular Makkaga borib, u yerda qolgan bola-chaqalarini olib kelishlari kerak edi. (Saodat asri qissalari)

10. Ma’lumki, Madinai munavvarada Islom tarqagan, Rasululloh SAV hijrat qilgan paytlarda yahudiylar ham yashar edilar. Rasululloh SAV ularga qanday munosabatda bo’ldilar?
a) Yahudiylar o’z dinida qoladigan va jizya to’laydigan bo’ldilar.
b) Ahdnoma tuzilib, ularning dini va moli kafolati olindi.
c) Yahudiylar bilan urushmaslik va do’stlik shartnomasi tuzildi.
To’g’ri javob: Ahdnoma tuzilib, ularning dini va moli kafolati olindi.
Izoh: Madinai Munavvarada yahudiylar ham yashar edilar. Ular ham yangi Islom jamiyati bilan o‘zaro aloqada bo‘lishlari turgan gap edi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ular bilan ahdnoma tuzdilar.
Ikki tarafning kelishuvi bilan yozilgan bu ahdnomada ko‘pgina masalalar batafsil bayon qilindi. Jumladan, yahudiylarga o‘z dinlarida turishlari kafolati, molu mulklari kafolati, ularning haq-huquqlari va mas’uliyatlari batafsil zikr etildi. ("Hadis va hayot” – Olamlarga rahmat Payg’ambar)

11. Nabiy alayhissalom ansorlarni chaqirib, ularga qayerni bermoqchi ekanliklarini aytganlarida, ansorlar, muhojir birodarlarimizga ham xuddi shunga o‘xshash joyni bermasangiz, bizga buning keragi yo‘q, deganlar?
a) Hijoz
b) Quvayt
c) Bahrayn
To’g’ri javob: Bahrayn
Izoh: Ansoriylar haqida Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda bunday deyiladi:
«Nabiy alayhissalom ansorlarni chaqirib, ularga Bahraynni (shu nomdagi hozirgi diyorni) bermoqchi ekanliklarini aytganlarida, ansorlar, muhojir birodarlarimizga ham xuddi shunga o‘xshash joyni bermasangiz, bizga buning keragi yo‘q, dedilar». ("Hadis va hayot” – Olamlarga rahmat Payg’ambar)

12. Islomdagi ilk munofiqlik qayerda zohir bo’lgan?
a) Madinada
b) Habashistonda
c) Makkada
To’g’ri javob: Madinada
Izoh: Islom dinining avvalgi paytlarida Makkai Mukarramada munofiqlik yo‘q bo‘lgan.
Hijratdan keyin, musulmonlar Madinai Munavvarada alohida jamiyat bo‘lib, «ko‘kraklariga shamol tegib» yashay boshlaganlaridan so‘nggina bu dard paydo bo‘ldi.
Makkada musulmonlar oz sonli, zaif bo‘lib, xohlagan kishi ularga bemalol zulm o‘tkazar va azob berar edi.
Odatda, bunday paytda faqat haqiqiy mo‘minlargina sabr-chidam bilan dinlarini mahkam ushlaydilar.
Madinada esa, musulmonlar kuch-quvvatga, o‘z davlatlariga ega bo‘ldilar, ular bilan hisoblashmaslikning iloji qolmadi. ("Hadis va hayot” – Olamlarga rahmat Payg’ambar)

13. Azon qachon farz qilindi?
a) Hijratdan avval
b) Hijratning birinchi yili
c) Hijratning ikkinchi yili
To’g’ri javob: Hijratning birinchi yili
Izoh: Azon hukmi hijratning birinchi yili farz qilindi. (al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)

14. Azon matnini tushida ko’rgan kim edi?
a) Abdulloh ibn Zayd va Umar ibn al-Xattob
b) Abdulloh ibn Zayd va Bilol al-Habashiy
c) Bilol al-Habashiy va Umar ibn al-Xattob
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Zayd va Umar ibn al-Xattob
Izoh: Azon matni uchun ashob tomonidan turli fikrlar o’rtaga tashlandi. Hech biri ma’qul ko’rilmadi. Ansordan Abdulloh ibn Zayd bir tush ko’rdi va uni Rasululloh (s.a.v.)ga yetkazdi. Hazrati Umar ham ayni shu tushni ko’rgan va Bilolning azonini eshitib Rasululloh (s.a.v.) oldilariga yugirib kelib buni bildirgan edi. (Hazrati Payg’ambarimiz va islom dini)

15. Bomdod namoziga "Assolati hoyrum minan navm" (Namoz uyqudan afzal) deb kiritilishiga kim sababchi bo'ldi?
a) Ali r.a.
b) Umar r.a.
c) Bilol r.a.
To’g’ri javob: Bilol r.a.
Izoh: Hazrati Bilol bomdod namozining azonida "Hayyal alal falah" dan keyin ikki marta "Assolatu xoyrun min an-navm" (Namoz uyqudan yaxshiroq) degan gapni qo‘shib aytdi. Rasululloh bu gapni ma’qullab e’tirof etdilar. (Nurul-yaqiyn)

16. Qibla Masjidul Aqsodan Masjidi Haramga o’zgarganligi vahiysi qaysi namozda sodir bo’ldi?
a) Asr namozida
b) Bomdod namozida
c) Peshin namozida
To’g’ri javob: Peshin namozida
Izoh: Hijratning ikkinchi yili Rasululloh (s.a.v.) peshin namozini jamoat bilan Quddusga qarab o’qiyotgan edilar. Namoz ichida qiblaning o’zgarganligi haqida vahiy keldi/ Rasuli Akram shu zahoti yuzlarini Quddusdan Ka’baga tomon burdilar. (Hazrati Payg’ambarimiz va islom dini)

17. Ikki qiblali ma’nosini anglatadigan "Masjidul qiblatayn” nomini olgan masjidni aniqlang?
a) Qubodagi masjid
b) Banu Salama masjidi
c) Masjidi Nabiy
To’g’ri javob: Banu Salama masjidi
Izoh: Rasululloh (s.a.v.) yangi qiblaga burilib peshin namozining uchinchi va to’rtinchi rakatlarini Masjidi Haramga qarab o’qidilar. Bu namoz Banu Salama yurtida ado etilgan edi. Shu sababli Banu Salama masjidi "Masjidul Qiblatayn” egan nom olgan. (Hazrati Payg’ambarimiz va islom dini)

18. Rasululloh (s.a.v.) ko’rgan tushlari ("Qora tanli, sochi to’zg’igan bir ayolni ko’rdim. Madinadan chiqib Juhfaga ketdi”) ni nimaga ta’bir qildilar?
a) Yahudiylarni Madinadan surgun qilinishi
b) Madina vabosining ketishi
c) Musulmonlarning Badr g’azotiga chiqishi
To’g’ri javob: Madina vabosining ketishi
Izoh: Madina vabosi ko’blab ashobni holdan toydirdi. Rasululloh SAV Allohdan bu dardni ketkazishini so’rab iltijo qildilar. Bir kuni bomdod namozidan keyin ko’rgan tushlarini aytib berdilar. "("Qora tanli, sochi to’zg’igan bir ayolni ko’rdim. Madinadan chiqib ketdi va Juhfaa to’xtadi”, dedilar. Men bu tushni Madinadagi vaboning Juhfaga uloqtirilganligi ma’nosida tusundim dedilar. (al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor, Saodat asri qissalari)

19. Bir kuni Rasululloh s.a.v. ma'lum sabab bilan namozga kech qoladilar. Abu Bakr namozda imomlik qilayotganlarida Ul zot s.a.v. keladilar. Sahobalar Abu Bakrga buni bildirmoqchi bo'lishadi. Namozdan so'ng Rasululloh s.a.v tanbeh berib "Namozda biron narsani bildirishga ehtiyoj sezsangizlar "SubhanAlloh" deb aytinglar" deydilar. Mo'minlar Abu Bakrga qay yo'l bilan Rasululloh s.a.v ni kelganlarini bildirishmoqchi edi?
a) ismlarini chaqirib
b) chapak chalib
c) tomoq qirib, ovoz chiqarib
To’g’ri javob: chapak chalib
Izoh: Hazrati Abu Bakr mehrobga o’tib namozni boshladi. Ular namozdalik paytlari rasululloh SAV ham yetib keldilar va darhol safga qo’shilib, imomga iqtido qildilar. Payg’ambar kelganini sezganlar chapak chalib, Abu bakrga bildirmoqchi bo’lishdi. U esa ishoratlarni sezmay, namozni davom ettiraverdi… (Saodat asri qissalari)

20. Dajjol kirmaydigan shaharni aniqlang.
a) Makka, Madina
b) Makka, Madina, Quddus
c) Makka
To’g’ri javob: Makka va Madina
Izoh: "Sahih al Buxoriy” (1881) va "Fath al-Boriy” (96/4) asarlarida, Anasdan rivoyat qilinadi, dedilar: Rasululloh (s.a.v.) dedilar: Dajjol Makka va Madinadan boshqa barcha shaharlarga kiradi. Ularning barcha kirish joylarini safga tizilgan farishtalar qo’riqlaydilar. (al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)

Категория: Islom viktorinasi | Добавил: Taqvo
Просмотров: 1513 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |