Четверг, 28.03.2024, 14:29Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islom viktorinasi

2-bosqich. 9-tur: Bani Mustalaq va Handaq g’azotlari
11.05.2013, 03:46

2-bosqich. 9-tur: Bani Mustalaq va Handaq g’azotlari
II bosqich 9-tur.
Bani Mustalaq va Handaq g’azotlari.
Javoblar va izohlar.

1.Bani Mustalaq g’azoti hijratning nechanchi yili va qaysi oyida bo’lgan?
a) To’rtinchi yil,sha’bon oyida.
b)Beshinchi yil,sha’bon oyida.
c)Oltinchi yil,zulqa’da oyida.
To’g’ri javob: b)Beshinchi yil,sha’bon oyida.
Izoh: Hijratning beshinchi yili sha’bon oyida payg‘ambar alayhis-salom Uhud urushida qurayshga yordam bergan Mustalaq qabilasining boshlig‘i Horiz ibn Ziror musulmonlarga qarshi yurishga tayyorgarlik ko‘rayotganidan xabar topdilar.

2.Bani Mustalaq qabilasi musulmonlarga qarshi bo’lgan qaysi urushda mushriklarga yordam bergan?
a)Uhud.
b)Badr.
c)Handaq.
To’g’ri javob: a)Uhud.
Izoh: Shu yilning sha’bon oyida payg‘ambar alayhis-salom Uhud urushida qurayshga yordam bergan Mustalaq qabilasining boshlig‘i Horiz ibn Ziror musulmonlarga qarshi yurishga tayyorgarlik ko‘rayotganidan xabar topdilar. Rasululloh o‘rinlariga Zayid ibn Horisani qoldirib, katta qo‘shin bilan yo‘lga chiqdilar.

3.Bu urushda Rasulullohga SAV onalarimizdan kimlar hamrohlik qilishgan?
a)Oysha va Zaynab r.a.
b)Oysha va Ummu Salama r.a.
c)Oysha va Hafsa r.a.
To’g’ri javob: b)Oysha va Ummu Salama r.a.
Izoh: Bu g’azotda Rasulullohga SAV Ayollaridan Oisha bilan Ummu Salama ularga hamroh bo‘ldilar. Ilgari biron jangovor yurishda qatnashmagan munofiqlar o‘lja olish umidida safga qo‘shilishdi.

4.Bani Mustalaq g’azotiga chiqqanlarida Rasululloh SAV Madinada kimni o’z o’rinlariga qoldirganlar?
a)Zayd ibn Horisa.
b)Usmon ibn Affon.
c)Abdulloh Ummu Maktum.
To’g’ri javob: a)Zayd ibn Horisa.
Izoh: . Rasululloh o‘rinlariga Zayid ibn Horisani qoldirib, katta qo‘shin bilan yo‘lga chiqdilar.

5.Bu urushda asirga tushganlarni o’z ashoblariga taqsimlab bergan Rasululloh SAV,Bani Mustalaq qavmini hidoyatiga sabab bo’lgan qanday rejani amalga oshirdilar?
a)Qavm boshlig’ining qiziga uylandilar.
b)Barcha asirlarni shundoq ozod qildilar.
c)Asirlarni to’lov hisobiga ozod qildilar.
To’g’ri javob: a)Qavm boshlig’ining qiziga uylandilar.
Izoh: Bani Mustalaq qabilasi arablar orasida eng kuchli va jangovor qabila hisoblanardi. Ayollarining asir olinib, quldek taqsimlanishi ularga g‘oyat og‘ir botardi. Bu narsani yaxshi bilgan payg‘ambar alayhis-salom juda katta oliyjanoblik va mardlik namunaeini namoyon etdilar, ayollarni ozod etishning musulmonlar rozi bo‘ladigan yo‘lini o‘ylab topdilar. Sarvari olam, Horisning qizi Barrani nikohlariga olib, Juvayriya deb atadilar. Shu bilan musulmonlar asirlarni rasulullohning qudalari hisoblab, ozod qilib yuborishdi.

6.Bu g’azot jarayonida Rasulullohning SAV ko’ngillariga og’ir botadigan gapni qilib, o’zining munofiqligini oshkor qilib qo’ygan kishi kim?
a)Horis ibn Ziror.
b)Abdulloh ibn Ubay.
c)Usmon ibn Talxa.
To’g’ri javob: b)Abdulloh ibn Ubay.
Izoh: Umar ibn Xattobning xizmatkori bilan Xazraj qabilasining ittifoqchilaridan bo‘lmish bir odam urushib qolishdi. Umarning xizmatkori uni urib, yarador qildi va ikkalovi o‘z qavmini yordamga chaqirdi. Agar rasululloh kelib qolmaganlarida ikki o‘rtada boshlangan dahanaki jang qon to‘kilishiga sabab bo‘lishi hech gap emasdi. "Yana johiliyat davridagi tarafkashliginglarni qilmoqchimisizlar? Yo‘qotinglar bunday yaramas odatni!" dedilar rasululloh va jabrdiydaning o‘chini olib berdilar. Shu bilan janjal barham topdi.
Bu voqeani eshitgan Abdulloh ibn Ubay xafa bo‘lib o‘z qabiladoshlariga: "Men hech qachon bugungidek xo‘rlikni ko‘rmagan edim. Ularni yurtimizga kiritib, uyimizning to‘ridan joy bersagu buning evaziga bizni savalashadimi? Itingni semirtirsang o‘zingni qopadi, deganlari shu ekan-da. Xudoga qasamki Madinaga qaytsak albatta aziz u yerdan xorni chiqarib tashlaydi. Aslida-ku bu xo‘rlikni o‘zinglar tilab oldinglar. Ularni uyingizga chaqirib mol-mulkingizni baham ko‘rdingiz. Agar quchoq ochib kutib olmaganingizda boshqa tomonlarga ravona bo‘lishardi. Bunisi ham yetmagandek Muhammad uchun urushib joninglarni qurbon qilyapsizlar, bolalaringiz yetim bo‘lib chirqirab qolishyapti, ular esa ko‘paygandan ko‘payyapti. Bundan keyin ularga yordam bermanglar, kambag‘allashib, Madinadan ketishga majbur bo‘lishsin", dedi.

7.Rasulullohni SAV qattiq ranjitgani uchun, ashoblar unga u zotdan uzr so’rashlikni maslahat berishganida takabburlik qilgan paytda,Qur’oni Karimning qaysi surasi nozil bo’lagan?
a)”Na’ba”
b)”Al-Haaaqqo.”
c)”Munafiquun”.
To’g’ri javob: c) "Munafiquun”.
Izoh: Oftob tig‘ida yo‘l bosgan odamlar manzilga yetgan zahoti uyquga ketishdi. Ansorlardan bir guruhi Abdulloh ibn Ubayga rasulullohdan kechirim so‘rashni taklif etishdi, biroq u takabburlik bilan bosh tortdi. Shu lahzada Munofiqun surasi nozil bo‘lib, Abdulloh ibn Ubay va uning hamfikrlarining sharmandasi chiqdi. Zayd ibn Arqamning aytganlari rostligi isbotlandi. Abdulloh ibn Ubayning o‘g‘li bu gapdan xabar topgach, otamni birov o‘ldirsa, u kishi bilan o‘rtamizda dushmanlik tug‘ilib qolishi mumkin, yaxshisi bu ishni o‘zim ado etay, deb ijozat so‘raganida rasululloh uni fikridan qaytarib otasini izzat-ikrom qilishga buyurdilar.

8.Bu g’azotdan qaytishlarida munofiqlar onalarimizdan birining sha’niga eng og’ir tuhmatni qilishadi.Bu tuhmat onalarimizning sha’niga qilingan va Rasulullohni SAV ko’p mahzun qilgan tuhmatdir. Bu tuhmat qaysi onamiz va qaysi sahobiy sha’niga qilingan edi?
a) Oysha r.anho va Safvon ibn Muattal r.anhu.
b)Hafsa r.anho va Muhammad ibn Maslama r.anhu.
c)Oysha r.anho va Muhammad ibn Maslama r.anhu.
To’g’ri javob: a) Oysha r.anho va Safvon ibn Muattal r.anhu.
Izoh: Ikkinchi hodisa , yuqoridan bayon etilgan voqeadan qabihroq va og‘irroq bo‘lib, rasulullohning umr yo‘ldoshlari Oisha bilan Safvon ibn Muattal o‘rtasida xufya munosabat bor, degan tuhmat tarqatiladi. Aslida voqeaning tafsiloti bunday: musulmonlar bani Mustalaq gazotidan qayta turib, Madina yaqinidagi bir qo‘nalg‘aga tushishdi. Payg‘ambar alayhis-salom yarim kechasi qo‘shinni yo‘lga otlantirdilar. Bu paytda hazrat Oisha zarurat uchun chekkaroqqa ketgan edi, manzilgohiga kela turib, bo‘ynidagi marjoni tushib qolganini bilib, darrov iziga qaytadi. Bu orada otlanishga buyruq kelib, kajavani ko‘taradigan xizmatchilar uning ichida hazrat Oisha bor degan o‘yda, tuyaga ortishadi.
Hazrati Oisha yosh, ozg‘in yengil bo‘lgani uchun kajavaning ichida bor-yo‘qligi bilinmagan. O’sha davrdagi ayollarning aksariyati ozg‘in, vazni yengil bo‘lardi. Hazrati Oisha munchog‘ini topib kelganlarida qo‘shin yurib ketgan; u kishining yo‘qligidan hech kim xabar topmagani uchun biron kimsa qoldirilmagan edi. Oisha baribir izlab kelishadi, degan o‘yda ilgarigi joyiga o‘tiradi-yu, ko‘zi ilinadi. Qo‘shinning orqasidan qolib ketgan, yo‘qolgan narsalarni yig‘ishtirib yurgan Safvon ibn Muattal ismli sahoba mizg‘ib o‘tirgan hazrat Oishani ko‘rib qoladi. U Oishani mastura bo‘lishindan avval bilgani uchun tanib, baland ovozda: "Inna lillahi va inna ilayhi rojiun" (Biz Ollohning ilkidamiz, yana Ollohning dargohiga- qaytib boramiz.) deydi. Hazrat Oisha uyg‘onib yuzini yopadm. Safvon bir og‘iz so‘z qotmay, tuyani cho‘ktiradi, hazrat Oisha ham churq etmay minadi.

9.Bu tuhmatli mish-mishlar butun musulmonlar orasida tarqalgan bir paytda, hatto bunga Rasululloh SAV ham ishona boshlagan bir paytda, Alloh taolo mo’minlar onasining sh’anini poklab qaysi suraning qaysi oyatlarini nozil qilgan?
a)”Ahzob”,10-20.
b)”Niso”,15-20.
c)”Nur”,11-21.
To’g’ri javob” c)”Nur”,11-21.
Izoh: Olloh taolo Nur surasining 11-21-oyatlarini nozil qilib, hazrat Oishani oqladi: "Orangizdagi bir guruh odam (Oishaga) bo‘hton yog‘dirdi, bu siz uchun yomon emas, aksincha yaxshidir. Tuhmatchilardan qay birining qanchalik gunohi bo‘lsa shunga yarasha jazo beriladi; asosan bo‘htonni tarqatgan odam (Abdulloh ibn Ubay) og‘ir azobga giriftor etiladi, bo‘htonni eshitgan paytda o‘zlarini yaxshi odam deb hisoblovchi mo‘min erkagu ayol nega bu quruq tuhmat, demadi? Ular nega to‘rt nafar guvoh topib kelishmadi? Guvoh topishmagan ekan, ular Ollohning nazarida yolg‘onchi hisoblanadi. Sizlarga dunyo va oxiratda Ollohning fazlu marhamati bo‘lmasa edi, bo‘hton yog‘dirganinglar uchun og‘ir azobga giriftor etilardinglar. Bo‘htonni til bilan tarqatdinglar, bilmaydigan narsalarni og‘zingizga oldinglar, buni yengil (ermak) fahmladinglar. Vaholanki, Ollohning nazarida bu katta gunohdir. Uni. (ya’ni bo‘htonni) eshitgan paytinglarda nega: bunday so‘zlarni gapirmasligimiz kerak, bu katta gunohdir, ey Olloh, sen pokdirsan, demadinglar? Olloh agar mo‘min bo‘lsangiz bunday gaplarni qayta og‘zingizga olmang, deb o‘git beradi. Olloh sizlarga oyatlarini bayon etadi, Olloh hamma narsani bilguvchi, hikmat bilan ish yurituvchi zotdir. Mo‘minlar orasida behayolik tarqalishini istaydigan odamlar dunyo va oxiratda qattiq azobga uchraydi, Olloh bilguvchi, sizlar esa (hech narsani) bilmaysizlar. Agar Ollohning sizlarga fazlu. marhamati bo‘lmasa edi (qattiq jazolardi). Olloh shafqatli va mehribondir. Ey mo‘minlar, shaytonning yetoviga yurmanglar! Kymki shaytonning etoviga yurar ekan, shayton uni behayolikka, yomon ishlarga boshlaydi. Olloh sizlarga fazlu marhamat ko‘rsatmasa, hech qaysingiz to abad pok bo‘lmas edingiz. Olloh istagan bandasini pok qiladi. Olloh hamma narsani eshitib, bilib turguvchidir".

10.Mo’minlar onasi Alloh taolo tomonidan oqlanganidan keyin,Rasululloh SAV bu tuhmat gaplarni tarqatgan kishilarni, shariat bo’yicha qanday jazolashga hukm etdilar?
a)80 darra urushga.
b)Madinadan chiqarib yuborishga.
c)Toshbor’on qilishga.
To’g’ri javob: a)80 darra urushga.
Izoh: Bu oyatlar nozil bo‘lgach, payg‘ambar alayhis-salom ochiq chehra bilan hazrat Oishaning pokliga haqida bashorat berdilar. Oishaning onasi qiziga: "O’rningdan tur! Rasulullohga rahmat ayt", dedi. "yYo‘q, men yuzimni yorug‘ qilgan Ollohga rahmat aytaman", deya javob berdi hazrat Oisha. Rasululloh tuhmatchilarning har biriga shariat hukmiga binoan sakson darra urishni buyurdilar. Bo‘hton yog‘dirganlar Jahishning qizi Hamna, Mistah ibn Usosa, Xasson ibn Sobitlar edi.

11.”Handaq” ga’zoti hijratning nechanchi yili va qaysi oyida bo’lgan?
a)Beshinchi yil,zulqa’da oyida.
b)Oltinchi yil, sh’abon oyida.
c)Yettinchi yil, Rabiul oxir oyida.
To’g’ri javob: a)Beshinchi yil,zulqa’da oyida.
Izoh: Hijratning beshinchi yili, zulqa;da oyida alamzada bo’lgan Bani NAzir qabilasi, Makkalik mushriklar bilan birgalashib musulmonlarga qarshi urushga otlanishdi.

12.Bu urushni boshlashga Makkaliklarni qaysi qabila undagan?
a)G’atafon qabilasi.
b)Bani Murra qabilasi.
c)Bani Nazir qabilasi.
To’g’ri javob: c)Bani Nazir qabilasi.
Izoh: Bani Nazir qabilasi surgun qilinib, yurti musulmonlarga qolgach, ularning fikri zikri qanday bo‘lmasin musulmonlardan o‘ch olish, tug‘ilib o‘sgan joylarni qaytadan qo‘lga kiritish bilan band bo‘ldi. Bir guruh alamzada Makkaga borib, quraysh qabilasini musulmonlarga qarshi qayradi, agar jangovor yurish boshlansa, hamma jihatdan ularga yordam berajaklarini aytib o‘z yo‘rig‘iga solishdi.

13.Mushriklar bu urushga necha kishilik askar to’plaganlar?
a) 10.000 dan ziyod.
b) 8.000 kishilik.
c) 5.000 kishilik.
To’g’ri javob: a) 10.000 dan ziyod.
Izoh: G’atafon qabilasi quraysh jangovor yurishga tayyorgarlik ko‘rayotganini eshitib, bajonu dil rozilik bildirishdi. Abu Sufyon boshchiligida to‘rt ming kishilik qo‘shin to‘plandi, Usmon ibn Talxa Abdariy ularga a’lambardor bo‘ldi. Rasululloh mollarini boqish uchun sero‘t yaylovlarni berib, qilgan yaxshiliklariga yomonlik bilan javob qaytargan Uyayna ibn Hisnni ming otliq askar bilan, Horis ibn Afv Murriy boshchiligida bani Murra qabilasidan to‘rt yuz kishi Abu Sufyonga kelib qo‘shildi. Sufyon ibn Abd Shams boshchiligidagi bani Salim qabilasidan yetti yuz kishi, shuningdsk Abu Mas’ud ibn Ruhayla boshchiligida bani Ashja qabilasi hamda Tulayha ibn Xuvaylid Asadiy boshchiligida bani Asad qabilalari yoppasiga mushriklar bayrog‘i ostida saf chekishdi. Musulmonlarga qarshi otlanganlarning soni o‘n mingdan oshib ketdi.

14.Bu g’azotga chiqishlarida bir sahobiy tomonidan hali hech qaysi urush jarayonida umuman qo’llanilmagan bir taklif aytiladi. Bu qanday taklif bo’lgan?
a) Dushmandan avval yo’lgan chiqib, ular kutmagan joydan hujum qilish.
b)Shahar darvozalarini yopib, shahar ichida qolib jang qilish.
c)Shahar atrofiga chuqur qazib chiqish.
To’g’ri javob: c)Shahar atrofiga chuqur qazib chiqish.
Izoh: Bu xabarni eshitgan payg'ambar alayhis-salom o‘z sarkardalarini yigib, shahar darvozalarini tambalab mudofaada turib jang qilish kerakmi yoki dushmanning istiqboliga chiqish lozimmi degan masalada mashvarat o‘tkazdilar. Salmon Forsiy dushmanning yo‘liga xandaq kovlashni taklif etdi. Bu taklif shu paytgacha tajriba qilib ko‘rilmagan yangilik edi. Rasululloh Madinaning Sharq va Shimol tomonlariga xandaq qazishni buyurdilar.

15.Bu taklifni qaysi sahobiy aytgan?
a)Usmon ibn Affon.r.a.
b)Salmoni Forsiy.r.a.
c)Umar ibn Xattob r.a.
To’g’ri javob: b)Salmoni Forsiy r.a.
Izoh: Yuqorida keltirildi.

16.Bu g’azotda musulmonlarning soni qancha edi?
a) 3000.
b) 4000.
c) 5000.
To’g’ri javob: a)3000.
Izoh: Musulmonlar qo‘shini shaharga kiraverishdagi Sal’ tog’i etagiga joylashishdi. Ularning soni uch ming bo‘lib, muhojirlarga Zayd ibn Horisa, ansorlarga Sa’d ibn Uboda bayroqdor bo‘ldi.

17.Niyatlariga erishishlariga ko’zlari yetmagan mushriklar, munofiqlar va yahudlarga elchi yuborib ularni avray boshlashadi. Chopar yahud qavmining boshiliqlaridan kimning oldiga kelib shayton kabi vasvasa qiladi?
a)Ka’b ibn Asad.
b)Abdulloh ibn Ubay.
c)Abu Mas’ud ibn Ruhayla.
To’g’ri javob: a)Ka’b ibn Asad.
Izoh: Bani Nazir qabilasining boshlig‘i Huyay ibn Axtab bani Quriyzaning oqsoqoli Ka’b ibn Asadning yoniga kelib shayton misol vasvasga soldi, ularni musulmonlarga qarshi urushishga undab, Muhammadga ergashganlarning kuni bitib qolganini, makkaliklar erta-indin Madinaga bostirib kirishini bashorat qildi. Yahudiylar uning yetoviga yurib dushmanga aylanishdi.

18.Bu holdan xabar topgan Rasululloh SAV Madinada qolgan ayollar va bolalarni asrash uchun qancha askarni orqaga qaytaradilar?
a)500.
b)400.
c)300.
To’g’ri javob: a)500
Izoh: Bu shumxabarni eshitgan payg‘ambar alayhis-salom Madinada qolgan ayollar bilan bolalarni asrash uchun Muslima ibn Aslamni ikki yuz odamga, Zayd ibn Horisani uch yuz edamga bosh qilib jo‘natdilar.

19.Alloh taolo Islom lashkariga kutmagan tomonlaridan yordam yuboradi. Mushriklar orasidan bir kishi kelib, hufyona musulmon bo’lganini aytib, Rasululloh SAV maslahatlariga ko’ra dushman ichida nizo chiqarib musulmonlarga katta yordam beradi. Bu kishi kim?
a)Sufyon ibn Abd Shams.
b)Tulayha ibn Huvaylid.
c)Nuaym ibn Mas’ud Ashjaiy.
To’g’ri javob: c)Nuaym ibn Mas’ud Ashjaiy
Izoh: Dinida sobit odamlarga parvardigori olam juda katta iltifot ko‘rsatdi: quraysh, g‘atafon va yahudiy qabilalarining hamfikr yaqini Nuaym ibn Mas’ud Ashjaiy payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga kelib: "Ey rasululloh, mening musulmon bo‘lganimni hech kim bilmaydi. Senga foydam tegadigan biron ish buyurgin", dedi. "Yolg‘iz odamning qo‘lidan nima ham kelardi, — dedilar rasululloh. — Sen bir amallab dushmanni orqaga qaytarishning chorasini topgin. Urushda hiyla-nayrang ishlatish mumkin".

20.Bu kishini musulmonlarga yordamchi qilib yuborgan va shu tufayli Islom lashkariga ga’labani nasib qilgan Alloh taolo bu haqda qaysi oyatlarni nozil qiladi?
a)”Ahzob”9-13.
b)”Baqara”55-57.
c)”Moida” 75-77.
To’g’ri javob: a)”Ahzob”9-13.
Izoh: Zulqa’da oyida yuz bergan bu voqea Qur’oni karimdagi Ahzob surasining 9-13-oyatlarida haqli ravishda yaratganning ne’mati deb ataladi: "Ey mo‘minlar, Ollohning sizlarga bergan ne’matini eslanglar! O’shanda ustingizga lashkar bostirib kelgan edi, biz ularga bo‘ron va sizlarga ko‘rinmaydigan qo‘shin (farishtalarni) yubordik. Olloh sizlarning qilgan ishlaringizni ko‘rib turdi. O’shanda ular yuqoridan ham, pastdan ham (bostirib) kelgan, (qo‘rquvdan) ko‘z oldingiz qorong‘ilashib, o‘pkangiz bo‘g‘zingizga tiqilib qolgan. Olloh haqida har xil xayollarga borgan edinglar, shu joyda mo‘minlar sinalgan va qattiq sarosimaga tushgan edi. Shu lahza munofiq va dillarida qudratlari borlar Olloh va uning payg‘ambari bizga quruq va’dalarni berishgan ekan, deyishardi. Shu asnoda ulardan bir guruhi: "Ey yasribliklar, bu yerda turmay qaytib ketinglar," derdi. Ulardan yana bir guruhi uy-joyimiz ochiq-sochiq (qolgan) deb ruxsat so‘rashdi. Ularniig uy-joyi ochiq-sochiq emas, faqat qochib (qolishnigina) ko‘zlashgan".


Izohlar "Tarixi Muhammadiy” va "Nurul – yaqiyn” kitoblaridan olindi.

Категория: Islom viktorinasi | Добавил: Taqvo
Просмотров: 1214 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |