Пятница, 19.04.2024, 13:56Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islom viktorinasi

3-bosqich. 10-tur: Ro’za hukmlari (Hanafiy mazhabida). 2-qism
10.05.2013, 21:11

3-bosqich. 10-tur: Ro’za hukmlari (Hanafiy mazhabida). 2-qism
III BOSQICH
10-tur: Ro’za hukmlari (Hanafiy mazhabida). 2-qism
Javoblar va izohlar


1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va Quraysh ahli johiliyat davrida, Ramazon ro’zasi farz bo’lgunga qadar qaysi oyning nechanchi kunida ro’za tutar edilar?
a) Robiul avvalning 12 kuni
b) Zulhijjaning 10 kuni
c) Muharramning 10 kuni
d) Sha’bon oyida 15 kuni
To’g’ri javob: Muharramning 10 kuni
Izoh: Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu aytadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muharram oyining o’ninchi kuni ro’za tutar edilar va boshqalarni ham shul kuni ro’za tutmoqqa buyurar edilar. Ramazon oyining ro’zasi farz qilingandan so’ng, Muharram oyida tutadirgan ro’zani tark etdilar”.
Oisha roziyallohu anho aytadilar: "Johiliya davrida (ya’ni, islomdan avval) Quraysh qavmi Muharramning o’ninchi kuni ro’za tutar erdi. So’ng (ya’ni, islom dini barpo bo’lgandan so’ng), Janob Rasululloh Ramazonda ro’za tutmoqni buyurib: "Xohlagan kishi Muharram oyining o’ninchi kuni ro’za tutsin, xohlamagan kishi tutmasin”, - dedilar”. ("Sahihul Buxoriy”. Ro’za kitobi)

2. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida nimani mo’min uchun qandoq ham yaxshi saharlik deganlar?
a) Xurmo
b) Asal
c) Sut
d) Arpa unidan tayyorlangan non
To’g’ri javob: Xurmo
Izoh: Abu Dovudning bir rivoyatida:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Xurmo mo’min uchun qandoq ham yaxshi saharlik” deganlar. ("Hadis va hayot” Ro’za, 1232 hadis, 76-bet)

3. Ramazonda kasal bo’lib qolgan odamning ro’zasi nima bo’ladi?
a) har 1 kuniga 1 miskinni taomlantiradi.
b) qazosini tuzalganidan keyin tutadi.
c) undan ro’za tutishlik kasallik kunlari uchun soqit bo’ladi.
To’g’ri javob: qazosini tuzalganidan keyin tutadi.
Izoh: Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi. Endi sizlardan biror kishi xasta yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tutolmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda tutadi. (Keksalik yoki zaifligi sababli) ro‘za tutishga qiynaladigan kishilar bir miskin-bechoraning bir kunlik taomi miqdorida evaz to‘lashlari lozim. Bas, kim o‘z ixtiyori bilan ziyoda yaxshilik qilsa (lozim bo‘lganidan ortiqroq evaz to‘lasa), o‘ziga yaxshi. Agar bilsangiz, ro‘za tutishingiz o‘zingiz uchun (evaz berish yoki hatto uzrli holatda ro‘za tutmaslikka nisbatan) yaxshiroqdir. (Baqara surasi, 183-184-oyatlar)
Ibn Abbos roziyallohu anhu: "Bu oyat mansux emas, balki qari chol va kampir uchundir. Ular ro’za tutishga qodir emas. Bas, har bir kun orniga bir miskinni taomlantirurlar”, dedi, deyilgan”.
Buxoriy rivoyati
Ibn Abbos roziyallohu anhudan ushbu oyat haqida rivoyat qilinadi: "Bu ruxsat faqat ro’zani ko’tara olmaydigan va shifosiz bemorlargagina beriladi”.
Nasaiy rivoyat qilgan.
Sharh: Ko’rinib turibdiki, mazkur oyati karimada ko’zda tutilganlar umuman ro’za tutishga yaramaydigan o’ta qari cholu kampirlar va tuzalishdan umid yo’q bemorlardir. Bu toifadagi kishilar hech ro’za tutish imkoniga ega bo’lmaganlari uchun o’rniga fidya berishlari joriy qilingan.
Vaqtinchalik ro’za tutishda qiyinchilikka duchor bo’lib, keyin yana ro’za tutishga ega bo’ladigan musofir va tuzalishdan umid bor bemorlarga esa, imkon topganda qazo qilib tutib berish joriy qilingan. Homilador va emizukli ayollar ham keyin ro’za tutish imkoniga ega bo’ladigan kishilar qatoridadirlar. ("Hadis va hayot” Ro’za, 1273 hadis, 137-bet)

4. Ramazonda qasddan ro‘zasini ochib yuborgan odam, ikki oy ketma-ket ro‘za tutishga qodir bo‘lmasa, oltmish miskinga taom beradi. Har bir miskinga esa bir mudd miqdorida taom beradi. Ushbu miqdor qancha?
a) 1843 g
b) 2,5 kg
c) 1644 g
d) 2452 g
To’g’ri javob: 1843 g
Izoh: Ramazonda qasddan ro‘zasini ochib yuborgan odam, ikki oy ketma-ket ro‘za tutishga qodir bo‘lmasa, oltmish miskinga taom beradi. Har bir miskinga esa bir mudd miqdorida taom beradi. Bir mudd - 1843 grammdir. ("Kifoya”)

5. "Va to oq ip qora ipdan ajraguncha yeb ichinglar" oyatining nozil bo'lishiga sabab bo'lgan sahobiy kim bo'lgan?
a) Abu Atiyya
b) Yazid ibn Abu Ubayd
c) Adiy ibn Hotim
d) Safvon ibn Assol
e) Qays ibn Sirma
To’g’ri javob: Qays ibn Sirma
Izoh: Baro roziyallohu anhudan rivoyat: "Muhammad (s.a.v)ning sahobalaridan qachon bir kishi ro'zador bo'lsa-yu iftor vaqtida iftor qilmay uhlab qolsa, o'sha kecha va ertasiga kunduzi, to kech kirmaguncha taom yemas edi. Qays ibn Sirma ro'zador edi. Iftor bo'lganida xotinining oldiga kelib, "Taoming bormi?" dedi. Xotini: "Yo'q, lekin borib senga taom keltiraman", dedi.
U kunduzi ishlar edi. Ko'zi ilinib uxlab qildi. Xotini qaytib kelib, uni ko'rib, sho'ring qurisin dedi. Ertasiga kun yarimlaganda hushidan ketib yiqildi. Bu narsa payg'ambar (s.a.v.) ga zikr qilindi va ushbu oyat nozil bo'ldi:
"Sizlarga ro'za kechasida ayollaringizga yaqinlik qilish halol qilindi..."
Buning uchun juda hursand bo'ldilar.
Shuningdek:
"Va to oq ip qorq ipdan ajraguncha yeb ichinglar" ham nozil bo'ldi.
Buxoriy, Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar. ("Hadis va hayot". Ro'za kitobi, 1204-hadis )

6. Ro’za dastlab farz bo'lgan vaqtda qaysi qoidalar amalda bo'lgan?
a) Iftor vaqti quyosh botgandan hufton vaqtigacha bo'lgan
b) Jinsiy aloqaga vaqtincha ruxsat bo'lmagan
c) Ro'za tutish ixtiyoriy bo'lib, istagan odam ro'za tutar edi, istagan odam fidya berar edi
d) a va c
e) a va b
f) a, b, c
To’g’ri javob: a va c
Izoh: 1) "Nabiy (s.a.v)ning davrlarida huftonni o'qiganlaridan keyin odamlarga taom, sharob va ayollar harom bo'lar edi va yanagi kechaga ro'za tutar edilar. Shunda bir kishi o'z nafsiga xiyonat qildi. Huftonni o'qib bo'lib, iftor qilmay turib, xotiniga yaqinlik qildi. So’ngra Alloh o'shani qolganlarga oson, ruxsatli va manfaatli qilishni iroda etdi. U pok zot:
"Alloh, albatta, siz o'z nafsingizga xiyonat qilishingizni bildi. Bas, U sizlarni kechirdi va avf qildi..." oyatini oxirigacha tushirdi. ("Hadis va hayot". Ro'za kitobi, 1204-hadis.)
2) Salama ibn al-Akva roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"U(ro'za)ni qiynalib tutadiganlarga bir miskin taomicha fidya berishdir” oyati nozil bo'lganida, kim xohlasa og'zi ochiq yurar va fidya berar edi. Bu hol to undan keyingi:
"Bas, sizdan kim shu(ramazon) oyida hozir bo'lsa, uning ro'zasini tutsin" oyati nozil bo'lguncha davom etdi. Shu bilan oldingi oyatni nasx qildi". ("Hadis va hayot". Ro'za kitobi, 1205-hadis va uning hanafiy mazhabi bo'yicha sharhidan foydalanildi).

7. Qaysi javobda oq kunlar ro'zasi ko'rsatilgan?
a) Muharram oyining 9-10 va 11-kunlarining ro'zasi
b) Shavvol oyida olti kun ro'za tutish
c) Zulhijjada 10 kun ro'za tutish
d) Sha'bon oyining 13-14 va 15-kunlarining ro'zasini tutish
e) Har oyning boshida, o'rtasida va oxirida ro'za tutish
f) Dushanba va payshanba kunlarning ro'zasini tutish
To’g’ri javob: Sha'bon oyining 13-14 va 15-kunlarining ro'zasini tutish
Izoh: Oq kunlar, degani tunlari oq bo'lgan kunlardir. Oy to'lishib 13 kunlik bo'lganda eng yorug' bo'ladi. Ana o'sha o'n uchinchi kecha va undan keying o'n to'rtinchi va o'n beshinchi kechalar oq tunlar deyiladi.
Milhon al-Qaysiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam bizlarga oqlarning o'n uch, o'n to'rt va o'n beshning ro'zasini tutishni amr qilar edilar va "Ular xuddi yil bo'yiga o'xshar", dedilar.
Sunan egalari rivoyat qilishgan. ("Hadis va hayot". Ro'za kitobi, 1333-hadis)

8. Bir odam ramazon ro'zasini tutishni niyat qilib olgach, hushidan ketib bir necha kun behush yotdi. Hushiga kelgach qanday yo'l tutadi?
a) Undan behush yotgan kunlari miqdoricha ro'za soqit bo'ladi
b) Niyat qilib olgan kunining ro'zasi Ramazondan hisob qilinadi va qolgan kunlariga qazo tutmaydi
c) Behush yotgan kunlari miqdoricha qazo tutadi, niyat qilgan kun qazosini tutmaydi
d) Faqat niyat qilgan kuninigina qazosini tutadi
e) a va b
To’g’ri javob: Behush yotgan kunlari miqdoricha qazo tutadi, niyat qilgan kun qazosini tutmaydi
Izoh: Agar bir necha kun hushidan ketib yotgan bo'lsa, o'sha kunlarning qazosini tutadi. Illo, niyatini qilgan kunni tutmaydi. Chunki o'sha kunning ro'zasi o'z o'rnida ado bo'lgan hisoblanadi. ("Kifoya")

9. Bir kishi ro’za tutish (yoki ochish) hilolini yolg’iz o’zi ko’rsa va uning gapi rad qilinsa nima qiladi?
a) Ro’za tutmaydi, chunki ro’za tutish hilolini kamida uch kishi ko’rishi kerak
b) Bu holatda ro’za tutish tutmaslik o’z ixtiyorida bo’ladi
c) Ro’za tutadi, agar tutmasa qazo va kafforat vojib bo’ladi
d) Ro’za tutadi, agar tutmasa qazo vojib bo’ladi
To’g’ri javob: Ro’za tutadi, agar tutmasa qazo vojib bo’ladi
Izoh: Kim ro’za tutish yoki ochish hilolini yolg’iz o’zi ko’rsa va uning gapi rad qilinsa ham ro’za tutadi. Bir yurtda faqat birgina kishi Ramazon kirgani yoki chiqqanining alomati bo’lgan hilolni ko’rdi. Kelib qozi huzurida guvohlik berganda qozi guvohligini qabul qilmasa, ikki holatda ham ro’za tutadi. Agar tutmasa, qazosini tutadi. Unga kafforat vojib bo’lmaydi. Chunki, kafforat shubha ila sobit bo’lmaydi. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: "Kifoya”)

10. Bulutli kunda ro’zani boshlash haqidagi guvohlik qay tarzda qabul qilinadi?
a) Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, agar u qul yoki ayol bo’lsa ham, qabul qilinadi
b) Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, u qul yoki ayol bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
c) Bulutli kunda adolatli ikki kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, agar ularning biri qul yoki ayol bo’lsa ham, qabul qilinadi
d) Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, u qul bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
e) Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, u ayol yoki yosh bola bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
To’g’ri javob: Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, agar u qul yoki ayol bo’lsa ham, qabul qilinadi
Izoh: Bulutli kunda adolatli bir kishining, agar u qul yoki ayol bo’lsa ham, ro’zani boshlash haqidagi guvohligi qabul qilinadi. Chunki, bu diniy xabar bo’lib, uning qabul bo’lishi uchun faqat adolat shart qilinadi. (Manba: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: "Kifoya”)

11. Bulutli kunda Ro’zadan chiqish haqidagi guvohlik qay tarzda qabul qilinadi?
a) Bulutli kunda ikki er kishi yoki bir er va ikki ayol kishining ro’zadan chiqish haqidagi guvohligi, ularning biri qul bo’lsa ham, adolatli bo’lishlari va shahodat lafzini aytishlari sharti bilan qabul qilinadi
b) Bulutli kunda ikki er kishi yoki bir er va ikki ayol kishining ro’zadan chiqish haqidagi guvohligi, ular adolatli bo’lishlari va shahodat lafzini aytishlari sharti bilan qabul qilinadi
c) Bulutli kunda ikki er kishi yoki bir er va ikki ayol kishining ro’zadan chiqish haqidagi guvohligi, ular adolatli va qul bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
d) Bulutli kunda ikki er kishi yoki bir er va ikki ayol kishining ro’zadan chiqish haqidagi guvohligi, ular tuhmatchiligi uchun darra urilmagan shaxslar bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
e) a va d javoblar to’gri
f) b, c va d javoblar to’gri
To’g’ri javob: b, c va d javoblar to’gri
Izoh: Ro’zadan chiqish haqidagi guvohlikka agar kun bulutli bo’lsa, guvohlikning nisobi, lafzi va adolat shart bo’ladi. Da’voda shart bo’lmaydi. Ramazonning 29-kuni ro’za tugaganini bilish uchun oy ko’rilganda kun bulutli bo’lib tursa, guvohlarning soni kamida shariatda talab qilingan ikki er kishi yoki bir er, ikki xotin kishi bo’lishi shart. Shuningdek, guvohlik beruvchi kishi shahodat lafzini ham aytmog’i shart. Buning ustiga, guvohlik beruvchilar adolatli va hur bo’lishlari, tuhmatchiligi uchun darra urilmagan shaxslar bo’lishi shart. Ro’zani ochish haqidagi guvohlikka shartlarning og’ir qo’yilishining sababi bu ish bandalarga manfaat beruvchi, og’izlarini ochishga omil bo’luvchi ekanligidandir. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: "Kifoya”)

12. Muqim kishi ro’za holida safarga chiqsa nima qiladi?
a) Ro’zasini ochib yuboradi va keyin qazo tutib beradi
b) Ro’zasini oxiriga yetkazadi, agar ochib yuborsa qazo va kafforat vojib bo’ladi
c) Ro’zasini oxiriga yetkazadi, agar ochib yuborsa qazo vojib bo’ladi
d) Ro’zasini oxiriga yetkazadi, agar ochib yuborsa qazo ham, kafforat ham vojib bo’lmaydi
To’g’ri javob: Ro’zasini oxiriga yetkazadi, agar ochib yuborsa qazo vojib bo’ladi
Izoh: Muqim safarga chiqsa, o’sha kunning ro’zasini oxiriga yetkazadi. Agar ochib yuborsa, unga kafforat lozim bo’lmaydi. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: "Kifoya”)
Muqim ro’za holida safarga chiqib ketsa, ro’zasini tamom qilgani yaxshiroq, ammo ochib yuborsa kafforat vojib emas. ("Muxtasar”)

13. Agar bir kishi ramazon oyining hammasida yoki ba’zisida devona bo’lsa qazo tutadimi?
a) Agar oyning hammasida yoki ba’zi kunida devona bo’lsa, butun oyning ro’zasi ustidan soqit bo’ladi
b) Agar oyning hammasida devona bo’lsa, butun oyning ro’zasi ustidan soqit bo’ladi
c) Agar oyning hammasida devona bo’lib, birgina kunida aqli joyida bo’lsa, butun oyning ro’zasini qazo qiladi
d) Agar oyning hammasida devona bo’lib, birgina kunida aqli joyida bo’lsa, faqat o’sha kunni qazosini tutadi
d) b va c javoblar to’g’ri
e) b va d javoblar to’gri
To’g’ri javob: b va c javoblar to’g’ri
Izoh: Oyning hammasida majnun bo’lishlik ro’zani soqit qiladi. Ba’zisida emas. Bir Ramazon oyi to’liq majnun bo’lsa, unga ro’za tutish farz bo’lmaydi. Ammo Ramazon oyining ba’zi kunlari majnun bo’lib, qolgan kunlari sog’ayib qolsa, sog’ kunlarining adosini, jinni bo’lgan kunlarini qazosini tutadi. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: "Kifoya”)
Butun ramazon oyida devona bo’lib turish butun oyning ro’zasini ustidah soqit qiladi. Ammo ramazonning birgina kunida aqli joyida bo’lib tursa, butun oyning ro’zasini qazo qiladi. ("Muxtasar”)

14. Kofir odam ramazonning biror kunida musulmon bo’lsa, o’sha kun ro’zasini tutadimi?
a) Kofir odam ramazonda musulmon bo’lsa, 1 kundan so’ng ro’za tutadi
b) Kofir odam ramazonda musulmon bo’lsa, keyingi ramazondan ro’za tutadi
c) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, lekin agar tutmasa qazo tutmaydi
d) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, agar tutmasa qazo tutadi
e) Kunning biror bir qismidan boshlab ro’za tutish makruh, shuning uchun tutmaydi, keyin qazosini tutib beradi.
To’g’ri javob: Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, lekin agar tutmasa qazo tutmaydi
Izoh: Musofir muqim bo’lgan, hayzli ayol pok bo’lgan, yosh bola balog’atga yetgan va kofir musulmon bo’lgan kuni kunning qolgan vaqtida o’zini tiyadi. Oxirgi ikkisi qazo tutmaydi. Ya’ni, Ramazonda kunning bir bo’lagi o’tgandan so’ng musofir safardan qaytib kelsa, hayz ko’rib turgan ayolning hayzi to’xtasa, yosh bola balog’atga yetsa yoki kofir islomni qabul qilsa, bularning hammasi kunning qolgan qismida xuddi ro’zadordek bo’lib, yemay-ichmay yuradi. Balog’atga yetgan yosh bola va yangi musulmon bo’lgan odamga o’sha kunning qazosini tutish lozim bo’lmaydi. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: "Kifoya”)
Tong otgandan so’ng safardan qaytgan musofir, kunduzi hayz yoki nifosdan poklangan xotin, bolig’ bo’lgan sabiy bola hamda islom dinini qabul qilgan kofir kunning qolgan qismida ro’za tutadilar. Ammo keyingi ikkisi, ya’ni bolig’ bo’lgan sabiy va musulmon bo’lgan kofir kunning avvalida ro’za tutmagan bo’lsalar ham so’ngida qazo qilmaydilar. ("Muxtasar”)

15. Musofir odam tong otgandan so’ng safardan qaytsa o’sha kun ro’zasini tutadimi?
a) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, lekin agar tutmasa qazo tutmaydi
b) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, agar tutmasa qazo tutadi
c) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, agar tutmasa qazo va kafforat vojib bo’ladi
d) Kunning biror bir qismidan boshlab ro’za tutish makruh, shuning uchun tutmaydi, keyin qazosini tutib beradi
e) Kunning qolgan qismida ro’za tutmaydi, qazo ham vojib bo’lmaydi
To’g’ri javob: Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, agar tutmasa qazo tutadi
Izoh: Musofir muqim bo’lgan, hayzli ayol pok bo’lgan, yosh bola balog’atga yetgan va kofir musulmon bo’lgan kuni kunning qolgan vaqtida o’zini tiyadi. Oxirgi ikkisi qazo tutmaydi. Ya’ni, Ramazonda kunning bir bo’lagi o’tgandan so’ng musofir safardan qaytib kelsa, hayz ko’rib turgan ayolning hayzi to’xtasa, yosh bola balog’atga yetsa yoki kofir islomni qabul qilsa, bularning hammasi kunning qolgan qismida xuddi ro’zadordek bo’lib, yemay-ichmay yuradi. Balog’atga yetgan yosh bola va yangi musulmon bo’lgan odamga o’sha kunning qazosini tutish lozim bo’lmaydi. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: "Kifoya”)
Tong otgandan so’ng safardan qaytgan musofir, kunduzi hayz yoki nifosdan poklangan xotin, bolig’ bo’lgan sabiy bola hamda islom dinini qabul qilgan kofir kunning qolgan qismida ro’za tutadilar. Ammo keyingi ikkisi, ya’ni bolig’ bo’lgan sabiy va musulmon bo’lgan kofir kunning avvalida ro’za tutmagan bo’lsalar ham so’ngida qazo qilmaydilar. ("Muxtasar”)

16. Qaysi turdagi ro’zalarni qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi?
a) Tayinli bo’lgan farz ro’zani qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi
b) Tayinli bo’lmagan farz ro’zani qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi
c) Tayinli bo’lgan vojib ro’zani qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi
d) Tayinli bo’lmagan vojib ro’zani qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi
e) a va b javoblar to’g’ri
f) a, b va c javoblar to’g’ri
To’g’ri javob: Tayinli bo’lgan farz ro’zani qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi
Izoh: Kafforatni ado qilish Ramazon farzini qasddan buzganda vojib bo’ladi. Boshqasida vojib bo’lmaydi. Agar Ramazonni qazosini yoki boshqa ro’zalarni qasddan buzsa ham kafforat vojib bo’lmaydi. Kafforat Ramazonning hurmatini oyoq osti qilgani uchun vojib bo’ladi. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: "Kifoya”)

17. Ramazonda e’tikof o’tirish qanday amal hisoblanadi?
a) Vojib
b) Muboh
c) Sunnati muakkada
d) Sunnati zoida
e) Mustahab
To’g’ri javob: Sunnati muakkada
Izoh: E’tikof sunnati muakkadadir. U, ro’zadorning jamoat masjidida e’tikof niyati ila qolishidr. (Manba: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: "Kifoya”, 169-b)
E’tikof, ya’ni ro’za ko’yicha jamoat namozi o’qiladigan masjidda niyat bilan er kishining qaror qilib turmog’i sunnati muakkadadir. (Manba: "Muxtasar”, 72-b)

18. Ro’zador tahorat qilayotganida og’iz chayishda suv tomog’iga ketib qolsa ro’zasi buziladimi?
a) ha, ro’zasi buziladi va qazosini tutib kafforat berishi shart
b) yo’q, chunki u o’z ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan holga tushib qoldi
c) ha, rozasi buziladi, shu kunning qazosini tutib beradi
d) oz miqdordagi suvning ketib qolishida ro’zador uchun hech narsa vojib bolmaydi
e) b va d javoblar
To’g’ri javob: ha, rozasi buziladi, shu kunning qazosini tutib beradi
Izoh: Ro’zador xato qilsa, masalan, tahorat qilayotganida og’iz chayishda suv tomog’iga ketib qolsa ro’zasi buziladi va shu kun qazosini tutmog’i kerak. (Dinda savolim bor. To’rtinchi kitob)

19. Nafas qisishiga qarshi purkaluvchi dori ro’zani ochadimi?
a) mazkur purkagichdan sepilgan dorining oshqozonga yetib borishi aniq emas, ro’za ochilmaydi.
b) ushbu purkagich ichidagi suyuqlik oshqozonga og‘iz orqali kirib boradi va bu ro‘zani ochadi.
c) purkagichdan sepilgan dori tanaga g’izo bo’lishi mumkin, bunda ro’za ochiladi.
d) bu yeyish va ichishga kirmaydi, balki tahlil uchun qon olish yoki quvvat bermaydigan ukol olishga o‘xshaydi, ro’za ochilmaydi.
e) a va d javoblar.
To’g’ri javob: a va d javoblar.
Izoh: Birinchi omil: nafas qisishiga qarshi purkaluvchi dori:
Mazkur dori suyuq bo‘lib, uch unsurdan tarkib topgan: suv, kislorod va ba’zi tibbiy moddalar.
Ushbu dori ro‘zani ochadimi yo‘qmi?
Yangi asr olimlari bu borada turlicha fikr yuritadilar:
1. U ro‘zani ochmaydi. Bu ko‘pchilik olimlarning so‘zlari hamda doimiy fatvo qo‘mitasining fatvosidir.
a) chunki, ro‘zador uchun og‘iz va burun chayqash mumkin va bunga barcha ijmo’ qilgan. Ma’lumki, og‘iz chayqashdan so‘ng ma’lum miqdordagi suv og‘izda qolib ketadi va mazkur suv qoldig‘i so‘lakni yutish orqali oshqozonga kirib boradi.
b) xuddi shu kabi nafasni qisishga qarshi purkagichdan sepilgan dori ham avval o‘pka so‘ng oshqozonga yetib boradi va bu juda ham oz miqdorni tashkil etadi. Shunga ko‘ra uni ham og‘iz chayqalgandan so‘ng qolib ketgan suvga qiyoslanadi. Bunga sabab, bir kichik purkagich ichida 10 ml. suyuqlik bo‘lib, u 200 marta sepishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bir marta sepilganda esa, 05 ml. suyuqlik ajrab chiqadi va bu juda ham oz miqdorni tashkil etadi.
c) mazkur purkagichdan sepilgan dorining oshqozonga yetib borishi aniq emas balki unda gumon bor.
Shunga ko‘ra ro‘za buzilmaydi chunki fiqhiy qoidaga ko‘ra, aniq bor narsa gumon bilan yo‘q bo‘lmaydi
d) bu yeyish va ichishga kirmaydi balki tahlil uchun qon olish yoki quvvat bermaydigan ukol olishga o‘xshaydi
e) tabiblar misvokda sakkiz xil kimyoviy moddalar mavjudligini bayon qilganlar. Holbuki ro‘zadorga misvok ishlatish mutlaq ya’ni kunduzi ham joizdir va shaksiz misvokdagi kimyoviy moddalar oshqozonga yetib boradi. Demak, purkagichdan sepilgan dori misvokdan ajrab chiqqan moddalar kabi ro‘zaga zarar bermaydi.
Ikkinchi fikrga ko‘ra: ro‘zador mazkur dorini iste’mol etishi mumkin emas. Agar o‘ziga boshqa chora topolmasa ushbu dorini sepadi va keyinchalik sog‘ayib ketganidan keyin bir kuniga bir kundan qazo tutib beradi.
Mazkur fikr egalarining dalillari: ushbu purkagich ichidagi suyuqlik oshqozonga og‘iz orqali kirib boradi va bu ro‘zani ochadi.
Ikkinchi fikrga qarshi javob: agar mazkur suyuqlikni oshqozonga yetib borishiga taslim bo‘linsada, ushbu miqdor yuqorida ta’kidlaganimiz kabi juda ham kamdir va uning hukmi og‘iz chayqalgandan keyin qolib ketgan suvniki bilan bir xil bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, birinchi fikrni olimlar ikkinchisidan ustun qo‘yganlar va ro‘zani ochilmasligiga hukm qilganlar (المفطرات المعاصرة. عيسى بن عبدالرحمن).

20. Quyidagilardan qaysi biri ro‘zani ochadi?
a) tahlil uchun qon olish
b) arteriya-qon tomirga kateter qo‘yish
c) teri ustiga surtiluvchi moy, krem va malham dorilar
d) burunga purkaluvchi dori
e) Yuqoridagi barcha holatlar ro’zani ochmaydi.
To’g’ri javob: Yuqoridagi barcha holatlar ro’zani ochmaydi.
Izoh: a) O’n to‘qqizinchi omil: tahlil uchun qon olish. Bu ro‘zani ochmaydi chunki bu narsa qon oldirishga kirmaydi. Bunga sabab qon oldirish badanni zaiflashtiradi, tahlil uchun esa, ko‘p qon olinmaydi.
b) O’n ikkinchi omil: arteriya-qon tomirga kateter qo‘yish. U qon tomirga kirgaziluvchi ingichka shlanka bo‘lib, uni dori quyish yoki ichkarini ko‘rish maqsadida kirg‘aziladi.
Islom Fiqhi Akademiyasi mazkur kateter ro‘zani ochmasligiga hukm qilgan. Chunki, u insonga hech qanday ozuqa bermaydi va ikkinchidan oshqozonga yetib bormaydi.
c) O’n birinchi omil: teri ustiga surtiluvchi moy, krem va malham dorilar. Teri ostida qon tomirlari mavjud bo‘lib, ular teri ustiga surtilgan narsani tuk yo‘llari orqali so‘ra boshlaydi va bu jarayon juda sekin amalga oshadi. Shunga ko‘ra, teri ustiga surtilgan narsa ro‘zani ochadimi? Qadimdagi aksariyat faqihlar bu narsa ro‘zani ochmaydi deganlar. Islom Fiqhi Akademiyasining qarori ham shunday. Ba’zilar bugungi kundagi barcha yangi asr olimlari mazkur hukmga ya’ni teri ustiga surtilgan narsalar ro‘zani ochmasligiga ijmo’ qilganlar deb aytadilar.
d) Beshinchi omil: burunga purkaluvchi dori. Bu boradagi bahs ham yuqorida og‘izga purkaluvchi doridagi kabi bo‘lib, burunga purkaluvchi dori ham ro‘zani ochmaydi. (المفطرات المعاصرة. عيسى بن عبدالرحمن).

 http://islom.ziyouz.com/

Категория: Islom viktorinasi | Добавил: Taqvo
Просмотров: 1753 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |