Пятница, 19.04.2024, 22:31Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islom viktorinasi

3-bosqich. 4-tur: Hudaybiya qissasi. 2-qism
11.05.2013, 03:39



3-bosqich. 4-tur: Hudaybiya qissasi. 2-qism
III BOSQICH
4-tur: Hudaybiya qissasi. 2-qism
Javoblar va izohlar

1. «Ey, Quraysh odamlari, Kisroni o‘z mulkida ko‘rdim, Qaysarni ham o‘z mulkida ko‘rdim, Najoshiyni ham o‘z mulkida ko‘rdim. Lekin, qasamki, hech bir podshohni o‘z qavmida Muhammadni sahobalarining ichida ko‘rganimdek ko‘rmaganman». Bu ta’rif kimga tegishli?
a) Urva ibn Ma’sud
b) Abu Sufyon
c) Xulays ibn Alqama
To’g’ri javob: Urva ibn Ma’sud
Izoh: Urva har qancha johil bo‘lmasin, musulmonlar payg‘ambar alayhis-salom tahorat olgan suvni talashishlarini, u kishining huzurida baland ovozda gaplashishmasliklarini, hatto u kishining yuziga tikilib qaramasliklarini ko‘rib ta’sirlandi. U Makkaga qaytgach, qurayshlarga ko‘rgan-bilganlarini ro‘y-rost aytdi: "Men Eron podshosi Kisro, rum podshosi Qaysar, Habashiston podshosi Najoshiy huzurida bo‘lganman, lekin ularning birontasi Muhammad erishgan izzat-ikromga, sahobalar ko‘rsatgan sadoqatga erisholmagan. Muhammadga ergashganlar uni hech qachon yolg‘izlatib qo‘ymasligiga amin bo‘ldim. Muhammadning talabiga rozilik berish kerak, tag‘in o‘zinglar bilasizlar. Muhammad haq, taklifini qabul qilinglar. Men butunlay sizlar tomondaman, lekin Muhammadning ustidan g‘alaba qozonishlaringga ko‘zim yetmaydi", dedi. ("Nurul yaqiyn”)

2. Musulmonlar tomonidan Qurayshga birinchi yuborilgan vakil kim edi?
a) Usmon ibn Affon.
b) Harom ibn Umayyya.
c) Mug’iyra ibn Shu’ba
To’g’ri javob: Harom ibn Umayyya.
Izoh: Payg‘ambar alayhissalom ham o‘z navbatlarida Harom ibn Umayyya al-Xuzo’iyni Makkaga Quraysh huzuriga elchi qilib, Sa’lab nomli tuyaga mingazib yubordilar. Lekin Qurayshlar tuyani so‘yishdi. Elchini ham o‘ldirmoqchi bo‘lishgan edi, Habashistonliklar qutqarib qolishdi. ("Hadis va hayot”)

3. Usmon ibn Affon Makkaga kimning himoyasi ostida kirdi?
a) Abu Sufyon
b) Ibon ibn Sayid
c) Ikrima ibn Abu Jahl
To’g’ri javob: Ibon ibn Sayid
Izoh: Usmon Makkaga Ibbon ibn Sayid Umaviyning himoyasi ostida kirib, mushriklarga payg'ambar alayhis-salomning gaplarini yetkazdi. ("Nurul yaqin”)

4. Makka mushriklari Usmon ibn Affonga Baytullohni tavof qilishga ruxsat berishdi. Hazrati Usmon nima qildilar?
a) Baytullohni tavof qilib, umra amallarini bajardilar.
b) Rasululloh SAV tavof qilmagunlaricha, men ham tavof qilmayman, dedilar.
c) Baytullohga kirib, ikki rakaat namoz o’qidilar, ammo Rasululloh kelmagunlaricha tavof qilmaslikka ahd qildilar.
To’g’ri javob: Rasululloh SAV tavof qilmagunlaricha, men ham tavof qilmayman, dedilar.
Izoh: «Agar Baytullohni tavof qilmoqchi bo‘lsang, qilib ol», deyishdi. Hazrati Usmon:
«Rasululloh tavof qilmay turib, men hech ham tavof qilmayman», dedilar. ("Hadis va hayot”)

5. Rasululloh SAV ashoblaridan nima uchun mushriklar bilan urush qilishga bay’at oldilar?
a) Usmon r.a.ning o’ldirishgani xabari kelgani uchun.
b) Allohdan shunday vahiy kelgani uchun.
c) Mushriklar musulmonlarga qarshi urush ochgani uchun.
To’g’ri javob: Usmon r.a.ning o’ldirishgani xabari kelgani uchun.
Izoh: Usmon hadeganda qaytavermagach, musulmonlar orasida «Usmon o‘ldirilgan», degan gap tarqaldi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bu gap yetib kelgach: «To qavm bilan to‘qnashmaguncha bu yerdan ketmaymiz», dedilar. So‘ng ashoblarini bay’atga (ya’ni, qo‘l berib ahdlashishga) chaqirdilar. ("Rohiyq al maxtum”)

6. Ushbu bay’at qanday nom bilan mashhur bo’ldi?
a) Firdavs
b) Muror
c) Rizvon
To’g’ri javob: Rizvon
Izoh: Bu bay’at «Rizvon», ya’ni, rozilik bay’ati nomi ila mashhur bo‘ldi. Chunki, Alloh taolo o‘sha daraxt ostida Payg‘ambarga kim bay’at qilgan bo‘lsa, hammasidan rozi ekanligini e’lon qildi. ("Hadis va hayot”)

7. Rasululloh SAVga birinchi bo’lib bay’at qilgan sahoba kim edi?
a) Abu Sinon al-Asadiy
b) Abu Bakr Siddiq
c) Umar ibn Hattob
To’g’ri javob: Abu Sinon al-Asadiy
Izoh: Birinchi bo‘lib Abu Sinon al-Asadiy bay’at berdi. ("Rohiyq al maxtum”)

8. Hudaybiya kuni Rasululloh SAVga uch marta bay’at qilgan sahoba kim edi?
a) Umar ibn Hattob.
b) Salama ibn Akva’.
c) Muhammad ibn Maslama.
To’g’ri javob: Salama ibn Akva’.
Izoh: Salama ibn Akva’ uch qayta – bay’atning boshida, o‘rtasida va oxirida – o‘limga bay’at berdi. ("Rohiyq al maxtum”)

9. Asirlikdagi Usmon ibn Hattob uchun kim bay’at qildi?
a) Abu bakr Siddiq
b) Ali ibn Abu Tolib
c) Muhammad SAVning o’zlari.
To’g’ri javob: Muhammad SAVning o’zlari.
Izoh: Payg‘ambar alayhissalomning o‘zlari Hazrati Usmon uchun bir qo‘llarini ikkinchisiga qo‘yib bay’at qildilar. ("Hadis va hayot”)

10. Bay’atda tuyalar orasiga kirib yashirinib, bu ulug’ ne’matdan bebahra qolgan kishi kim?
a) Amr ibn Jamuh
b) Jadda ibn Qays
c) Sinon ibn Abu Sifon
To’g’ri javob: Jadda ibn Qays
Izoh: Ansor-Muhojir sahobalardan bu bay’atga kirmagan kishi qolmadi. Faqat Jadda ibn Qays degan odam tuyalar orasiga yashirinib, bu ulug‘ ne’matdan quruq qoldi. ("Tarixi Muhammadiy”)

11. Keyinchalik bu daraxtni kishilar tomonidan ilohiylashtirish boshlanganida, qaysi xalifa tomonidan kesib tashlandi?
a) Abu Bakr r.a.
b) Umar r.a.
c) Usmon ibn Affon r.a.
To’g’ri javob: Umar r.a.
Izoh: Keyinchalik Rizvon daraxti deb atalgan bu daraxtni odamlar ilohiylashtira boshlagach, Umar roziyallohu anhu davrida kesib tashlangan. ("Nurul yaqin”)

12. Musulmonlarni bay’atidan qo’rquvga tushgan mushriklar necha kishini musulmonlarni qurshovga olish uchun jo’natdilar?
a) 50 kishi
b) 100 kishi
c) 80 kishi.
To’g’ri javob: 50 kishi
Izoh: Musulmonlarning bay’ati haqidagi xabar mushriklarni vahimaga soldi. Ular musulmon lashkarini qurshovga olib, to‘satdan hujum qilish uchun Mikraz ibn Xifs boshchiligida ellik kishini jo‘natishdi. ("Nurul yaqin”)

13. Mushrik lashkarlarining boshlig’i kim edi?
a) Abu Sufyon.
b) Xolid ibn Valid.
c) Mikraz ibn Xifs
To’g’ri javob: Mikraz ibn Xifs
Izoh: Musulmonlarning bay’ati haqidagi xabar mushriklarni vahimaga soldi. Ular musulmon lashkarini qurshovga olib, to‘satdan hujum qilish uchun Mikraz ibn Xifs boshchiligida ellik kishini jo‘natishdi. ("Nurul yaqin”)

14. Bu mushrik lashkarini musulmonlar soqchisi bo’lgan bir sahobiy jangsiz qo’lga tushiradi. Bu sahobiy kim edi?
a) Zubayr ibn Avvom r.a.
b) Ali r.a.
c) Muhammad ibn Maslama r.a.
To’g’ri javob: Muhammad ibn Maslama r.a.
Izoh: Shu orada Quraysh raislari Mikraz ibn Hafs degan odamni boshliq qilib qirq-ellik kishilik bir bo‘lik askar yuborishdi. Bularning maqsadlari esa, Islom askarining kuch-quvvati, son-sanoqlarini aniqlash, chamalab bilish edi. Agar paytini topa bilsalar, to‘satdan hujum qilib besh-o‘n kishini o‘ldirib yoki qo‘lga tushirib olmoqchi edilar. Shu g‘araz bilan kechalab kelayotganlarida Rasulullohning kuzatuvchi askarlariga yo‘liqib qolib, alar tomonidan barchalari asir olindi. Yolg‘izgina boshliqlari qochib qutuldi. Boshqalari esa butunlay qo‘lga tushdilar. Rasulullohning qorovul askarlari boshlig‘i ansor sahobalardan Muhammad ibn Maslama erdi. ("Tarixi Muhammadiy”)

15. Bu g’azotda musulmonlardan necha kishi shahid bo’lgan?
a) 1 kishi
b) 2 kishi
c) 3 kishi.
To’g’ri javob: 1 kishi
Izoh: Musulmonlarning soqchisi Muhammad ibi Maslama ularni jangu jadalsiz qo‘lga tushirdi. Faqat Mikraz qochib qutuldi. Buni eshitgan mushriklar yana bir guruh odam yuborishdi, lekin qisqa to‘qnashuvda o‘n ikki kishi asir tushdi, musulmonlardan esa bir kishi shahid bo‘ldi. ("Nurul yaqin”)

16. ”Sizlar fath deb Makka fathini aytasizlar, darhaqiqat Makka fathi ham fathdur, ammo biz Hudaybiya kunidagi Bay’atur-rizvonni fath deb ataymiz”. Ushbu ta’rif kimga tegishli?
a) Barro r.a.
b) Umar r.a.
c) Anas ibn Molik r.a.
To’g’ri javob: Barro r.a.
Izoh: Barro raziyallohu anhu bunday deydilar: «Sizlar fath deb Makka fathini aytasizlar, darhaqiqat Makka fathi ham fathdur, ammo biz Hudaybiya kunidagi Bay’atur-rizvonni fath deb ataymiz. Payg‘ambar alayhissalomni qo‘shib hisoblasak, bir ming to‘rt yuz kishi erdik. Xudaybiya bir quduq bo‘lib, biz uning suvini oxirgi qatrasigacha qo‘ymay tortib oldik. Janob Rasululloh buni eshitib keldilar-da, quduqning labiga o‘ltirdilar, keyin bir idishda suv so‘radilar, u birlan tahorat qildilar, og‘iz chayqadilar, qolganini duo o‘qib quduqqa quydilar. Bir oz muddat kutdik, keyin quduqdan o‘zimiz ham, otlarimiz ham qonadirgan miqdorda suv chiqdi». ("Sahihul Buxoriy”)

17. Hudaybiya kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bay’at qilgan sahobalar haqida nima deganlar?
a) «Sizlar yer yuzi ahlining eng yaxshisidirsizlar»
b) «Sizlar mening do’stlarimsizlar»
c) «Sizlar jannat yo’lining xos soqchilarisizlar».
To’g’ri javob: «Sizlar yer yuzi ahlining eng yaxshisidirsizlar»
Izoh: Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hudaybiya kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga: Sizlar yer yuzi ahlining eng yaxshisidursizlar»,— dedilar. Biz o‘shanda bir ming to‘rt yuz kishi erdik. Agar hozir ko‘zim ochiq bo‘lganda, o‘sha tagida bay’at qilingan daraxtni ko‘rsatar erdim». ("Sahihul Buxoriy”)

18. Hudaybiyada Rasulullohga otasidan oldin bay'at bergan va shu bilan "otasidan oldin Islomga kirgan" degan gap tarqashiga sabab bo'lgan sahoba kimning og'li edi?
a) Uqba ibn Omirr.a.ning
b) Abu Sufyon r.a.ning
c) Umar ibn Xattob r.a.ning
To’g’ri javob: Umar ibn Xattob r.a.ning
Izoh: Nofi' rivoyat qiladilar: "Odamlar: "Abdulloh ibn Umar otasi Umardan oldin musulmon bo'lgan", - deyishadir, aslida unday emas. Voqea bunday bo'lgan erdi: Hazrat Umar Hudaybiya kuni Abdullohni "Otimni olib kel!" deb bir ansoriyning uyiga yubordilar. "Otimni olib kelsa, minib urushga chiqaman" deb erdilar. Bu vaqtda Janob Rasululloh bir daraxt ostida sahobalarni o'zlariga bay'at qildirayotgan, Hazrat Umar ersalar bundan bexabar erdilar. Abdulloh dastavval Janob Rasulullohga bay'at qilib, keyin otni olib kelgani bordi. Otni Hazrat Umarga olib kelganda, u kishi sovut kiyib, jangga tayyor bo'lib turgan erdilar. Abdulloh otasiga bay'at bergandan keyin, Hazrati Umar ham o'g'illari bilan birga borib, Janob Rasulullohga bay'at qilib keldilar. Odamlarning "Umarning o'g'li otasidan avval islomga kirgan" deyishing sababi shudir". ("Sahihul Buxoriy”)

19. Hudaybiyada Rasululloh qaysi sahobaga bitlab ketgani uchun sochlarini oldirib, uch kun ro'za tutishini yoki olti miskinni to'ydirishini yo bir qo'yni qurbon qilishini amr etdilar?
a) Salama ibn al-Akva' r.a.
b) Ka'b ibn Ujra r.a.
c) Abdulloh ibn Abu Avfo r.a.
To’g’ri javob: Ka'b ibn Ujra r.a.
Izoh: Ka'b ibn Ujra bunday deydilar: "Hudaybiya kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tepamga keldilar, shunda boshimdagi bitlar yuzimga o'rmalab tushayotgan erdi. "Boshingdagi jonivorlar seni qiynayotirmi?" - deb so'radilar. "Ha",- deganimdan keyin: "Unday ersa sochingni oldirgin-da, uch kun ro'za tutgin yoki olti miskinni to'ydirgin yohud bir qo'yni qurbonlik qilgin!" deb buyurdilar". ("Sahihul Buxoriy”)

20. Alloh taoloning Hudaybiyada bay’at etganlardan roziligi haqidagi oyati qaysi?
a) "Fath” surasi, 1-3-oyatlar.
b) "Fath” surasi, 10-oyat.
c) "Fath” surasi, 18-oyat.
To’g’ri javob: "Fath” surasi, 18-oyat.
Izoh: Ushbu bay’at Rizvon (ya’ni, rozilik) bay’ati nomini oldi. Alloh taolo u haqda quyidagi oyatni nozil qildi: «(Ey Muhammad sollallohu alayhi va sallam,) darhaqiqat Alloh mo‘minlardan — ular daraxt ostida sizga bay’at qilayotgan vaqtlarida — rozi bo‘ldi» (Fath: 18). ("Rohiyq al-maxtum”)


Категория: Islom viktorinasi | Добавил: Taqvo
Просмотров: 1207 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |