Четверг, 28.03.2024, 16:34Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islom viktorinasi

3-bosqich. 5-tur: Hudaybiya qissasi. 3-qism
11.05.2013, 03:38

3-bosqich. 5-tur: Hudaybiya qissasi. 3-qism
III BOSQICH
5-tur: Hudaybiya qissasi. 3-qism
Javoblar va izohlar

1. Musulmonlarni jangu jadal bilan yenga olmasliklarini bilgan mushriklar sulh tuzish uchun ularning huzuriga kimni yubordilar?
a) Abu Sufyon
b) Xolid ibn Valid
c) Suhayl ibn Amr
To’g’ri javob: Suhayl ibn Amr
Izoh:Bunday usul bilan musulmonlarga bas kelolmasligiga ko‘zi yetgan mushriklar Suhayl ibn Amrni sulh tuzish uchun yuborishdi. (Nurul-yaqiyn)

2. Rasululloh SAV dastlab sulhni yozishni kimga buyurdilar?
a) No’mon ibn Sobit
b) Avs ibn Havla
c) Abdulloh ibn Sa’d
To’g’ri javob: Avs ibn Havla
Izoh:Oxiri bu sulhnomani yozmoqqa to‘xtalib, noma yozishni Avs ibn Havla degan kishiga buyurdilar.
Anda Quraysh vakili Suhayl:
— Qarindoshing Ali yoki Usmon yozsin, — deb boshqa kishining yozishiga rozilik bermaganlikdan Hazrati Alini sulhnoma yozishga buyurdilar. (Tarixi Muhammadiy)

3. Hudaybiyada musulmonlar va mushriklar orasidagi sulhni kim yozdi?
a) Ali ibn Abu Tolib r.a.
b) Abu Bakr r.a.
c) Anas ibn Molik r.a.
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolib r.a.
Izoh:Shundan keyin sulhnoma rasmiylashtirildi. Uni Ali ibn Abuto lib yozdi. Rasululloh aytib turdilar. (Nurul-yaqiyn)

4. Hudaybiya kelishuviga muvofiq musulmonlar Ka'ba ziyorati uchun kelganlarida mushriklar Makkani necha kunga bo’shatib berishlari kerak edi?
a) 3 kunga
b) 4 kunga
c) 5 kunga
To’g’ri javob: 3 kunga
Izoh:Payg‘ambar alayhis-salom bu yil Baytullohni tavof qilmay qaytib ketishi, kelgusi yili quraysh xalqi Makkadan chiqib ketganda sahobalar bilan qinga solingan qilich va kamondan boshqa qurol-yaroq olmay muqaddas maskanni uch kun ziyorat qilishi (Nurul-yaqiyn)

5. Ikki tomon o’rtasidagi urishmaslik to’g’risidagi shartnoma necha yil deb belgilandi?
a) 7 yil
b) 10 yil
c) 5 yil
To’g’ri javob: 10 yil
Izoh:Tomonlar o‘rtasida o‘n yil muddatga urush harakatlari to‘xtatiladi, o‘rtada tinchlik hukm surib, ular bir-birlaridan qo‘llarini tiyadilar; (Rohiyq al-maxtum)

6. Ikki tomon imzoagan sulh bandlari qaysi so’z bilan boshlandi?
a) Bismillahir rohmanir rohiym.
b) Bismikallohumma.
c) Bu Muhammad ibn Abdulloh va Suhayl ibn Amr tuzgan sulh...
To’g’ri javob: Bismikallohumma.
Izoh:Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sulh bandlarini yozish uchun Aliyni chaqirib, unga aytib yozdira boshladilar: «Bismillahir rohmanir rohiym...» Suhayl bunga rozi bo‘lmasdan: «Rahmon degani nimaligini biz bilmaymiz, «Bismikallohumma» deb yoz», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam u aytganidek yozishga buyurdilar. (Rohiyq al-maxtum)

7. Quraysh tomonidan sulhga shohid bo’lganlar kimlar edi?
a) Abu Sufyon ibn Harb, Safvon ibn Umayya
b) Xutob ibn Abdul Uzzo, Mikraz ibn Hafs
c) Xolid ibn Valid, Usmon ibn Talha
To’g’ri javob: Xutob ibn Abdul Uzzo, Mikraz ibn Hafs
Izoh:Quraysh tomonidan esa Xutob ibn Abdul Uzzo, Mikraz ibn Hafs va boshqalar shohid bo‘ldilar.

8. Mushriklar musulmonlarning elchisiga qo’shib yana necha kishini asir olgandilar?
a) 5 kishi.
b) 10 kishi
c) 8 kishi.
To’g’ri javob: 10 kishi
Izoh:Mushriklar Usmon ibn Affon boshchiligidagi o‘n kishini musulmonlar ham jangu jadalda qo‘lga tushganlarni ozod qilishdi. (Nurul-yaqiyn)

9. Bu sulh tuzilgandan keyin otasi tomonidan kishanlab qamab qo’yilgan sahobiy Rasululloh SAV najot izlab keldi. Bu sahobiy kim edi?
a) Abu Basir Utba ibn Usayd Saqafiy
b) Abu Jandal ibn Suhayl
c) Usmon ibn Ma’zun
To’g’ri javob: Abu Jandal ibn Suhayl
Izoh:Rasululloh musulmonlardan panoh istab kelgan Abu Jandalni yupatib: "Mendan xafa bo‘lmay qismatingga sabr qil. Olloh taolo seni, senga o‘xshash musulmonlarni o‘z panohida asrab najot yo‘lini ko‘rsatadi. Biz qurayshlar bilan sulh tuzib, ahdu paymon qilishdik, uni buzishimiz mumkin emas", dedilar. (Nurul-yaqiyn)

10. Quraysh elchisining o’gliga otasini qilich bilan o’ldirish ishorasini kim beradi?
a) Zubayr ibn Avvom
b) Ali ibn Abu Tolib
c) Umar ibn Hattob
To’g’ri javob: Umar ibn Hattob
Izoh:Hazrati Umar ibn Xattob o‘rinlaridan sakrab turdilar va Abu Jandalning yaqiniga borib, yonida yurib turib:
«Ey, Abu Jandal, sabr qil, bari bir ular mushriklar, ularning qoni itning qoni bilan barobar», der edilar va qilichlarining sopini uning qo‘liga yaqinlashtirar», edilar.
Keyin hazrati Umar: «Qilichni olib otasini solarmikan, devdim», deganlar. Lekin Abu Jandal unday qilmadi. Sulhga amal qilindi. (Hadis va hayot)

11. Sulhdan keyin Rasululloh SAV qaysi qabilani o’z himoyalariga oldilar?
a) Xuzoa qabilasini.
b) Ahobish qabilasini
c) Banu Bakr qabilasini.
To’g’ri javob: Xuzoa qabilasini.
Izoh:Sulh tuzilgach, payg‘ambar alayhis-salom Xuzoa qabilasini, qurayshlar esa Banu Bakr qabilasini o‘z himoyasiga olishdi. (Nurul-yaqiyn)

12. Sulh tuzilganidan keyin ranjigan musulmonlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga sochlarini oldirib, qurbonlik qilishlari va ehromdan chiqishlarini aytganlarida Rasulullohning aytganini bajarishmadi, ul zot bundan ranjidilar. Shunda kim Rasulullohga oqilona yo'l ko'rsatdi?
a) Alloh taolo
b) Ummu Salama
c) Abu Bakr Siddiq
To’g’ri javob: Ummu Salama
Izoh:Sulh tuzilib bo lingach, payg ambar alayhis-salom sahobalarga sochlarini oldirib, qurbonlik qilib, ehromdan chiqishni buyurdilar. Motamsaro kayfiyatdagi musulmonlar Rasulullohning amrini bajo keltirishga unchalik oshiqmadilar. Bundan ranjigan payg ambar alayhis-salom rafiqalari Ummu Salamaning huzuriga kirib, sahobalar gapini yerda qoldirishganiii aytdilar. Ummu Salama: "Shartlari juda ham og ir sulhga rozilik berdingiz, Makkaga kirmay, Baytullohni tavof qilmay qaytish musulmonlar uchun katta musibat, ularni to g ri tushunib, afv eting. Yaxshisi, oldin o zingiz ehromdan chiqing", dedi.
Payg ambar alayhis-salom qurbonlik qilib, sochlarini oldirdilar. Sahobalar ham u
kishining amriga itoat etdilar. (Nurul yaqiyn)

13. Hudaybiyada Rasululloh SAV qurbon qilgan Abu Jahlning tuyasi evaziga mushriklar nechta tuya taklif etishgan edi?
a) 70 ta
b) 100 ta
c) 200 ta
To’g’ri javob: 100 ta
Izoh:Bular ichida bir bug‘ro tuya bo‘lib, aning Arabistonda nomi chiqqan edi.
Ul ersa ilgari zamonda Abu Jahlning tuyasi edi. Badr urushida Abu Jahl o‘ldirilib, bu tuya o‘lja olinmish edi. Sulh tamom bo‘lgach, bu atalmish tuyalarni keltirib so‘ymoqchi bo‘ldilar. Shu vaqtda bu tuya qochib Makkaga kirib, Abu Jahlning qo‘rasiga borib to‘xtadi. Tuya orqasidan Amr ibn G‘anama degan sahoba quvlab yetib keldi. U kishi ersa ansor sahobalaridan erdi. Makka mushriklarining yosh-yalanglari bu tuyani ko‘rishib, uni bermaslik uchun janjal qildilar.
Anda Suhayl ibn Amr:
— Agar bu tuyani olmoqchi ersangiz, buning bahosi uchun Muhammadga yuz tuya tenglab ko‘ringlar. Agar qabul qilur ersa, u chog‘da olsangizlar bo‘lur. Yo‘q esa, bu tuyaga tegina ko‘rmanglar. Tuzgan ahdnomamizni o‘zimiz buzgan bo‘lurmiz, — deb alarni qaytardi.
Shuning bilan bir tuyaga yuz tuya bermoqchi bo‘lishib, o‘rtaga kishi qo‘ydilar. Anda Rasululloh:
— Agar Baytullohga hadya qilib atalmagan bo‘lsa edi, bu yuz tuyani qabul qilur edim. Xudo yo‘lida atalgan narsani o‘zgartib bo‘lmag‘ay, — deb so‘zlarini rad qildilar. (Tarixi Muhammadiy)

14. Hudaybiya umrasida sochini qisqartirganlarga Rasululloh SAV necha bor mag’firat so’rab duo qildilar?
a) 1 marta
b) 2 marta
c) 3 marta
To’g’ri javob: 1 marta
Izoh:Sochlarini qirdirganlarga uch bor, qisqartirganlarga bir bor mag‘firat so‘rab duo qildilar. (Rohiyq al-maxtum)

15. Rasululloh SAV ashoblari bilan Madinaga qaytganlaridan keyin Makkadan u kishini yonlariga panoh izlab bir ayol muslima qochib keldi. Mushriklar bu ayolni qaytarib berishni talab qilganlarida, bu ayol:”Yo, Rasululloh, men ayol kishiman, agar meni qayatrib bersangiz, ular meni dindan chqaradilar”, dedi. Shunda ayol kishilarni qaytarib bermaslik amri bilan Qur’oni Karim oyati nozil bo’ldi. Bu qaysi suraning nechanchi oyati edi?
a) Niso surasining 40-oyati.
b) Ahzob surasining 15-oyati.
c) Mumtahana surasining 10-oyati.
To’g’ri javob: Mumtahana surasining 10-oyati.
Izoh:Oradan ko‘p o‘tmay Uqba ibn Abu Muaytning qizi, Usmonning ona bir hamshirasi Ummu Gulsum Madinaga qochib keldi. Mushriklar uni qaytarib berishni talab qilishganda Ummu Gulsum: "Ey rasululloh, men ayol kishiman, agar ularga qaytarib bersang meni dindan chiqarishadi", dedi. Shu asnoda bu masalani oydinlashtiradigan Mumtahina surasining 10-oyati nozil bo‘ldi. (Nurul-yaqiyn)

16. Bu sulh tuzilganidan keyin, musulmonlar va mushriklarni aralashib yurishi musulmonlar foydasiga bo’lib, musulmonlar safi ko’paya boshladi. Buni ko’rgan bir sahobiy:”Islom tarixida Hudaybiya g’alabasidan kattaroq g’alaba bo’lgan emas”, dedi. Bu so’zlarni aytgan sahobiy kim edi?
a) Umar ibn Xattob r.a.
b) Abu Bakr Siddiq r.a.
c) Abdurahmon ibn Avf r.a.
To’g’ri javob: Abu Bakr Siddiq r.a.
Izoh:Musulmonlar bilan kofirlarning bir-birlariga aralashib yurishi natijasida Islom dinining ta’sir doirasi kengaydi. Hatto hazrati Abu Bakr Siddiq: "Islom tarixida Hudaybiya g‘alabasidan ko‘ra kattaroq g‘alaba bo‘lgan emas", degan edilar. (Nurul-yaqiyn)

17. Rasululloh SAV Hudaybiyada necha kun turdilar?
a) 20
b) 14
c) 7
To’g’ri javob: 20
Izoh:Shu bilan bu muborak safar oxiriga yetdi. Bu joyda yigirma kun turg‘onlaridan so‘ngra, Madinaga qarab qaytdilar. (Tarixi Muhammadiy)

18. Abu Jandal guruhining ishlaridan shikoyat qilish uchun qurayshliklar Rasululloh SAV oldilariga kimni jo’natishdi?
a) Xolid ibn Validni
b) Safvon ibn Umayyani
c) Abu Sufyon ibn Harbni
To’g’ri javob: Abu Sufyon ibn Harbni
Izoh:Shul boisdan Quraysh qabilasi (ulug‘lari) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga Abu Sufyon ibn Harbni yuborib, (ul orqali): «Ey Muhammad, Olloh haqi va qarindoshligimiz hurmati, bizlarni Abu Basir va uning odamlari tajovuzidan qutqaringiz! Bizlardan kim sizlarning oldingizga qochib borsa, mayli, uni bizga qaytarmangizlar, faqat bizga omonlik bersangiz, bo‘ldi!» — deb yolborishdi. (Sahihul Buxoriy)

19. Hudaybiya sulhidan avval musulmonlarning umumiy soni qancaha edi?
a) 1500
b) 3000
c) 2000
To’g’ri javob: 3000
Izoh:Hudaybiya sulhidan oldin ularning soni uch mingdan ortmagani holda, ikki yil o‘tib, Makka fathi oldidan islomiy lashkarning soni o‘n ming kishini tashkil etdi. (Rohiyq al-maxtum)

20. Xolid ibn Validga Rasululloh SAV bergan laqab qanday edi?
a) Allohning sheri
b) Allohning qilichi
c) Alloh va Rasulining arsloni
To’g’ri javob: Allohning qilichi
Izoh:Xolid ibn Valid butun dunyo tarixida tanilgan, inson olamida atoqli mohir qo‘mondonlarning eng birinchisi bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu Islom qahramoni haqida baho berib: «Xolid Allohning qilichidur», degan edilar. Islom olamida bunday ulug‘ sharafga ega bo‘lgan undan boshqa hech kishi yo‘qdur. (Tarixi Muhammadiy)

Категория: Islom viktorinasi | Добавил: Taqvo
Просмотров: 969 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |