Вторник, 23.04.2024, 17:47Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islom viktorinasi

3-bosqich. 7-tur: Rasululloh SAVning podshoh va amirlarga elchiliklari
11.05.2013, 03:36

3-bosqich. 7-tur: Rasululloh SAVning podshoh va amirlarga elchiliklari
III BOSQICH
7-tur: Rasululloh SAVning podshoh va amirlarga elchiliklari
Javoblar va izohlar

1. Payg’ambarimiz SAV elchilarini yuborgan Hiraqlning maqomi qanday edi?
a) Hiraql I
b) Hiraql II
c) Hiraql III
To’g’ri javob: Hiraql I
Izoh: O’sha vaqtda bu davlatning imperatori Herakl birinchi edi. ("Hadis va hayot”-19. "Nubuvvat va risolat”)

2. Rasululloh SAVning maktublari Hiraqlga qayerda yetib bordi?
a) Konstantinopolda
b) Baytul Maqdisda
c) G’azzada.
To’g’ri javob: Baytul Maqdisda
Izoh: Herakl 625 m.s.da Qustantiniyani egalladi. 629 m.s.da Baytul Maqdisga muzaffar bo‘lib kirib bordi. Ana o‘sha yerda unga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning maktublari yetib bordi. ("Hadis va hayot”-19. "Nubuvvat va risolat”)

3. Rasululloh SAVning Hiraqlga maktublarini Busro hokimiga kim olib bordi?
a) Amr ibn Umayya r.a.
b) Dihyatul Kalbiy r.a.
c) Abdulloh ibn Huzofa r.a.
To’g’ri javob: Dihyatul Kalbiy r.a.
Izoh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning maktublarini Sahobalardan Dehyatul Kalbiy roziyallohu anhu Busroning hokimiga olib borib berdi. ("Hadis va hayot”-19. "Nubuvvat va risolat”)

4. Abu Sufyon qaysi shaharga borganida Hiraqlning odamlari uni imperator huzuriga olib kelishdi?
a) Busro
b) Shom
c) G’azza
To’g’ri javob: G’azza
Izoh: Ittifoqo o‘sha paytda Abu Sufyon tijorat bilan G’azza shahriga borgan edi. Heraqlning odamlari uni topib kelishdi. ("Hadis va hayot”-19. "Nubuvvat va risolat”)

5. Payg’ambarimiz SAV elchilarini jo’natgan Fors Kisrosining maqomi qanday edi?
a) Xisrav I
b) Xisrav II
c) Xisrav III
To’g’ri javob: Xisrav II
Izoh: Payg‘ambar alayhisalomning davrlarida Fors imperiyasi boshida Xisrav ikkinchi Abruvez turar edi. ("Hadis va hayot”-19. "Nubuvvat va risolat”)

6. Fors Kisrosining laqabi "Abruvez”ning ma’nosi nima?
a) Muzaffar
b) Arslon
c) Kallakesar
To’g’ri javob: Muzaffar
Izoh: Shuning uchun ham Xisrav ikkichi «Abruvez»-Muzaffar laqabini olgan edi. ("Hadis va hayot”-19. "Nubuvvat va risolat”)

7. Payg’ambarimiz SAVning Kisroga maktublarini kim olib bordi?
a) Abdulloh ibn Huzofa r.a.
b) Hotib ibn Abu Baltaa r.a.
c) Amr ibn Umayya r.a.
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Huzofa r.a.
Izoh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning maktublarini Kisroga Abdulloh ibn Huzofa as-Sahmiy roziyallohu anhu olib borgan. ("Hadis va hayot”-19. "Nubuvvat va risolat”)

8. «U mening qulim bo‘lib turib, menga maktub yozadimi?!» deb Rasululloh SAVning maktubini yirtib yuboragnini eshitgach, u zot SAV qanday duo qildilar?
a) «Allohning itlariga yem bo‘lsin!»
b) «Allohim, o‘g‘lini otasiga dushman ayla!»
c) «Alloh mulkini parchalasin!»
To’g’ri javob: «Alloh mulkini parchalasin!»
Izoh: Ushbu maktubning ma’nosi bilan tanishgan Kisro uni parchalab tashladi va:
«U mening qulim bo‘lib turib, menga maktub yozadimi?!» deb baqirdi.
Bu gap Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga yetganda:
«Alloh mulkini parchalasin», dedilar. ("Hadis va hayot”-19. "Nubuvvat va risolat”)

9. Fors Kisrosi qanday o’lim topdi?
a) Ov paytida sherlarga yem bo’ldi.
b) O’g’li tomonidan o’ldirildi.
c) Otdan yiqilib o’ldi.
To’g’ri javob: O’g’li tomonidan o’ldirildi.
Izoh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh taolo Kisroga o‘z o‘g‘li Sheruvayhni dushman qildi. U otasini o‘ldirdi», dedilar.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning duolari qabul bo‘ldi, aytanlari o‘ngidan keldi. ("Hadis va hayot”-19. "Nubuvvat va risolat”)

10. Najoshiyning asl ismi nima edi?
a) Asmaha
b) Abhur
c) Ahrama
To’g’ri javob: Asmaha
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning asl ismi Ashama ibn Abhur bo‘lgan Najoshiyga Amr ibn Umayya az-Zommariy roziyallohu anhu bilan yo‘llagan maktublari matni quyidagicha edi… ("Hadis va hayot”-19. "Nubuvvat va risolat”)

11. Rasululloh SAVning Najoshiyga maktublarini kim olib bordi?
a) Abdulloh ibn Huzofa r.a.
b) Hotib ibn Abu Baltaa r.a.
c) Amr ibn Umayya r.a.
To’g’ri javob: Amr ibn Umayya r.a.
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning asl ismi Ashama ibn Abhur bo‘lgan Najoshiyga Amr ibn Umayya az-Zommariy roziyallohu anhu bilan yo‘llagan maktublari matni quyidagicha edi… ("Hadis va hayot”-19. "Nubuvvat va risolat”)

12. Misr Muqavqisining asl ismi nima edi?
a) Jurayj
b) Mikoil
c) Luqo
To’g’ri javob: Jurayj
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Misr va Iskandariya hukmdori, Muqavqis laqabli Jurayj ibn Mattoga quyidagi maktubni yo‘lladilar. ("Rohiyqul maxtum”)

13. Rasululloh SAVning Muqavqisga maktublarini kim olib bordi?
a) Abdulloh ibn Huzofa r.a.
b) Hotib ibn Abu Baltaa r.a.
c) Amr ibn Umayya r.a.
To’g’ri javob: Hotib ibn Abu Baltaa r.a.
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Muqavqisga Hotib ibn Abi Balta’a bilan yuborgan maktublarining matni quyidagicha bo‘lgan. ("Hadis va hayot”-19. "Nubuvvat va risolat”)

14. Muqavqis Islomni qabul qildimi?
a) Ha, qabul qildi va Rasululloh SAVga hadyalar yubordi.
b) Qabul qilmadi.
c) Islomni qabul qildi, lekin buni ahllaridan yashirdi.
To’g’ri javob: Qabul qilmadi.
Izoh: Uning qilgan ishi mana shunga cheklandi, o‘zi islomni qabul qilmadi. Ikki joriyaning ismlari Moriya va Siyrin edi. ("Rohiyqul maxtum”)

15. Muqavqis hadya qilgan xachirning laqabi nima edi?
a) Buroq
b) Duldul
c) Jad’o
To’g’ri javob: Duldul
Izoh: Xachirning laqabi Duldul bo‘lib, u to Muoviyaning davrigacha yashadi. ("Rohiyqul maxtum”)

16. Muqavqis yuborgan joriya – Siyrinni Rasululloh SAV kimga berdilar?
a) Hasson ibn Sobit r.a.ga
b) Sobit ibn Qays r.a.ga
c) Hotib ibn Baltaa r.a.ga
To’g’ri javob: Hasson ibn Sobit r.a.ga
Izoh: Siyrinni esa Hasson ibn Sobit al-Ansoriyga berdilar. ("Rohiyqul maxtum”)

17. Rasululloh SAV qaysi podshoh haqida «Agar bir parcha yerni so‘rasa ham bermagan bo‘lardim. O’zi ham, qo‘lidagi mulki ham barbod bo‘lsin» deganlar?
a) Damashq hokimi Horis ibn Abu Shamir
b) Yamoma hokimi Havza ibn Aliy
c) Bahrayn hokimi Munzir ibn Soviy
To’g’ri javob: Yamoma hokimi Havza ibn Aliy
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Yamoma hokimi Havza ibn Aliyga maktub yo‘lladilar. Uning javob maktubini o‘qigach: «Agar bir parcha yerni so‘rasa ham bermagan bo‘lardim. O’zi ham, qo‘lidagi mulki ham barbod bo‘lsin», dedilar. ("Rohiyqul maxtum”)

18. Rasululluoh SAV Ummon shohiga maktublarini kim olib bordi?
a) Shujo’ ibn Vahb r.a.
b) Amr ibn Os r.a.
c) Salit ibn Amr r.a.
To’g’ri javob: Amr ibn Os r.a.
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Umon shohi Jayfar va uning ukasi Abd ibn Julandiyga maktub yo‘lladilar. Ushbu maktubni olib borishga Amr ibn Os roziyallohu anhuni tanladilar. ("Rohiyqul maxtum”)

19. Quyidagi amirlardan qaysi biri Islomni qabul qilmadi?
a) Bahrayn amiri al-Munzir ibn Soviyga
b) Ummon amirlari Juyfar ibn Jalanda va Abd ibn Jalanda
c) Yamoma amiri Havza ibn Ali
To’g’ri javob: Yamoma amiri Havza ibn Ali
Izoh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam arab amirlaridan Bahrayn amiri al-Munzir ibn Soviyga, Ummon amirlari Juyfar ibn Jalanda va Abd ibn Jalandalarga, Yamoma amiri Havza ibn Aliga va Horis ibn Shammar G’assoniylarga ham maktub yo‘lladilar. Ulardan Yamoma amiri Havaza ibn Alidan boshqasi Islomni qabul qildilar. ("Hadis va hayot”-19. "Nubuvvat va risolat”)

20. Rasululloh SAV elchilarini yuborgan qaysi podshoh «Agar uning huzurida bo‘lganimda oyoqlarini yuvar edim», degan edi?
a) Habashiston podshosi Najoshiy
b) Rum podshosi Hiraql
c) Misr podshosi Muqavqis
To’g’ri javob: Rum podshosi Hiraql
Izoh: «Agar sen aytgan gap haq bo‘lsa, albatta, u mening ushbu qadamim ostini egallaydi. Men uning chiqishini bilar edim. Uning sizlardan ekanligini o‘ylamagan edim. Agar men unga xolis bo‘lishimni bilganimda u bilan uchrashishga urinar edim. Agar uning huzurida bo‘lganimda oyoqlarini yuvar edim», dedi. ("Hadis va hayot”-19. "Nubuvvat va risolat”)


Категория: Islom viktorinasi | Добавил: Taqvo
Просмотров: 1090 | Загрузок: 0 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |