Пятница, 29.03.2024, 10:19Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islom viktorinasi

4-bosqich. 7-tur: Toif g'azotidan keyin
10.05.2013, 20:55

4-bosqich. 7-tur: Toif g'azotidan keyin
IV BOSQICH
7-tur: Toif g’azotidan keyingi voqealar
Javoblar va izohlar

1. Toif muhosarasi davomida Yamanda bo’lgan ularning bir boshlig’i Rasululloh (s.a.v) qaytganlarida Madinaga borib islom dinini qabul qilgan edi. Toifga qaytishda musulmonlikni aholiga qabul ettirish uchun ko’p harakat qildi. Bir kuni erta turib uyining tomiga chiqib musulmon bo’lganlarni namozga chaqirish uchun azon ayta boshladi. O’shanda Saqif qabilasining bir guruh askarlari g’azablanib uning uyini o’rab olishdi. O’ldirgunlariga qadar uni o’q yomg’iriga tutishdi. So’nggi hafasini olarkan, u Islom dini yo’lida shahid bo’layotgani uchun Allohga shukr etdi va musulmon shahidlarning yoniga ko’mishlarini so’radi.
Gap kim haqida bormoqda?
a) Muammar ibn Horis
b) Horis as-Saqifiy
c) Ubayda as-Saqaliy
d) Urva
To’g’ri javob: Urva
Izoh: Toif muhosarasi davomida Yamanda bo’lgan ularning boshlig’I Urva Rasululloh (s.a.v) qaytganlarida Madinaga borib islom dinini qabul qilgan edi. Toifga qaytishda musulmonlikni aholiga qabul ettirish uchun ko’p harakat qildi. Bir kuni erta turib uyining tomiga chiqib musulmon bo’lganlarni namozga chaqirish uchun azon ayta boshladi. O’shanda Saqif qabilasining bir guruh askarlari g’azablanib uning uyini o’rab olishdi. O’ldirgunlariga qadar uni o’q yomg’iriga tutishdi. So’ngi hafasini olarkan, Urva Islom dini yo’lida shahid bo’layotgani uchun Allohga shukr etdi va musulmon shahidlarning yoniga ko’mishlarini so’radi. ("Hazrati Payg’ambarimiz va Islom dini”).

2. Saqif qabilasi islom diniga kirishlarini ma’lum qilish maqsadida Rasululloh (s.a.v)ga vakil jonatishlariga asos bo’lgan hodisa nima edi?
a) Rasululloh (s.a.v) ning Tabuk safarida qo’lga kiritgan porloq zafarlari bilan butun Hijoz Islom diniga burkanishi
b) Islom dinining mohiyatini chin ko’ngildan anglab yetganlari
c) Rasululloh (s.a.v)ning Toifga yana qo’shin tortib kelishlaridan hadiksirab, oldini olish maqsadida
d) Toifliklarning boshlig’ining joniga suiqasd qilishlari
To’g’ri javob 1: Toifliklarning boshlig’ining joniga suiqasd qilishlari
Izoh: Toifliklarning boshlig’i Urvaning bu tarzda shahid etilishi Havozin qabilasi bilan toifliklarning orasini ochdi. Shundayki, Saqif bu qilgan jinoyatlari tufayli tashqariga chiqa olmaydigan bo’ldi. Qilmishlariga pushaymon bo’ldilar, afsus-nadomat chekdilar. Pirovardida, musulmonlikni qabul qilishga qaror berdilar. Madinaga bir hay’at yubordilar. ("Hazrati Payg’ambarimiz va Islom dini”).
To’g’ri javob 2: Rasululloh (s.a.v)ning Toifga yana qo’shin tortib kelishlaridan hadiksirab, oldini olish maqsadida
Izoh: Toif xalqi bu holni hadik-xavotir bilan kuzatib turardi. Lashkar bilan kelib qal’ani qamal qilgan Rasulullohga qarshi qilich yalang‘ochlab jang qilishga jasorat topmagan qabila endi Madinaga askar tortib borib u yerda urush qila olarmidi? Atrofdagi qabilalarga do‘q urib: «Agar Islomni qabul qilsalaring, sizlarni yo‘q qilamiz!» deyishga endi imkon qayda? Shunday ekan, oldilarida bir yo‘l qolgan edi: masala ustida jiddiy bosh qotirishlari, butun qabila xalqi foydali bir qarorga kelishlari lozim. ("Saodat asri qissalari”)

3. Toifliklar hay’at jo’natib islom dinini qabul qilishga qaror berish bilan birga ba’zi shartlarni ham ilgari surdilar. Butlarning ma’lum bir vaqtgacha o’z holiga qo’yilishini so’radilar. Hay’atning bu taklifi qanday qabul qilindi?
a) 2 yil muddatgacha ruxsat etildi
b) taklif rad etildi
c) Islom dinini to’liq anglab o’zlari undan voz kechgunlariga qadar ruxsat etildi
d) namoz o’qish sharti bilan taklif qabul etildi
To’g’ri javob: taklif rad etildi
Izoh: Toifliklar hay’at jo’natib islom dinini qabul qilishga qaror berish bilan birga ba’zi shartlarni ham ilgari surdilar. Butlarning ma’lum bir vaqtgacha o’z holiga qo’yilishini so’radilar. Holbuki, musulmonlik yakka Tangri e’tiqodiga suyanardi. Tabiiyki, butga sig’inishning davom etilishiga ruxsat etilmasdi. Hay’atning taklifi rad qilindi. ("Hazrati Payg’ambarimiz va Islom dini”).

4. Rasululloh s.a.v. Juhayna qabilasiga zakot yig’uvchi qilib kimni yubordilar?
a) Abbod ibn Bashir r.a.
b) Yazid ibn Husoyn r.a.
c) Rofi’ ibn Makis r.a.
d) Bashir ibn Sufyon r.a.
To’g’ri javob: Rofi’ ibn Makis r.a.
Izoh: Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Madinaga sakkizinchi yilning oxirlarida kirib keldilar. Tez orada to‘qqizinchi hijriyning boshi, ya’ni muharram oyi boshlandi va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qabilalarga zakot yig‘uvchi kishilarni (omillarni) yubordilar. Quyida ularning ro‘yxatini keltiramiz:
1. Uyayna ibn Hisnni - Banu Tamimga;
2. Yazid ibn Husoynni - Aslam va G’ifor qabilalariga;
3. Abbod ibn Bashir al-Ashhaliyni - Sulaym va Muzayna qabilalariga;
4. Rofi’ ibn Makisni - Juhaynaga; ("Rohiyq al-maxtum”).

5. Rasululloh s.a.v. Al-Alo’ ibn al-Xazramiy r.a.ni zakot yig’uvchi qilib qayerga jo’natdilar?
a) San’oga
b) Hazramavtga
c) Najronga
d) Bahraynga
To’g’ri javob: Bahraynga
Izoh: 15. Al-Alo’ ibn al-Xazramiyni - Bahraynga;
16. Aliy ibn Abi Tolibni - Najronga sadaqa va jizyalarni yig‘ishga yubordilar. ("Rohiyq al-maxtum”).

6. Jidda sohillaridagi qaroqchi habashlarga qarshi yuborilgan sariyya sardori kim edi?
a) Zahhok ibn Sufyon r.a.
b) Alqama ibn Mujazzir r.a.
c) Qutba ibn Omir r.a.
d) Uyayna ibn Hisn r.a.
To’g’ri javob: Alqama ibn Mujazzir r.a.
Izoh: Ushbu sariyya Judda sohillari yaqinida qaroqchilik qilish va Makka ahlini talash maqsadida yig‘ilgan habashlar guruhiga qarshi yuborildi. Alqama dengizdan o‘tib, orolga yetib borganida musulmonlarning kelayotganidan darak topgan qaroqchilar to‘dasi qochib qutulishdi. ("Rohiyq al-maxtum”).

7. Payg‘ambar alayhis-salom bani Mustaliq arablaridan zakot olish uchun dastlab kimni yubordilar?
a) Valid ibn Uqba r.a.ni
b) Xolid ibn Valid r.a.ni
c) Amr ibn Os r.a.ni
d) Bashir ibn Sufyon r.a.ni
To’g’ri javob: Valid ibn Uqba r.a.ni
Izoh: Payg‘ambar alayhis-salom bani Mustaliq arablaridan zakot olish uchun Valid ibn Uqba ibn Abi Muaytni yubordilar. ("Nurul yaqin”)

8. Banu Tamimga yuborilgan sariyyaga sabab bo’lgan voqea nima edi?
a) Banu Tamim musulmonlari murtad bo’lib ketgan edi.
b) Banu Tamimliklar musulmon karvoniga hujum qilgan edi.
c) Banu Tamim boshqa qabilalarni jizya to‘lashlarini man qilgan edi.
d) Banu Tamimning musulmonlarga qarshi qo’shin to’plagani.
To’g’ri javob: Banu Tamim boshqa qabilalarni jizya to‘lashlarini man qilgan edi.
Izoh: Ushbu sariyyada muhojir va ansorlardan hech kim ishtirok etmadi. Sariyya yuborilishiga sabab – Banu Tamim boshqa qabilalarni musulmonlarga qarshi gijgijlagan va ularni jizya to‘lashlarini man qilgan edi. ("Rohiyq al-maxtum”).

9. Uyayna ibn Hisn sariyasining asirlari kimning hovlisiga tushirildi?
a) Ramla bint Horis r.a.ning
b) Sa’d ibn Uboda r.a.ning
c) Sa’d ibn Mu’oz r.a.ning
d) Bashir ibn Sufyon r.a.ning
To’g’ri javob: Ramla bint Horis
Izoh: Uyayna ibn Hisn kunduzlari yashirinib, tunlari yo‘l yurib borib, ularga sahroda hujum qildi. Qavm qochib, tumtaraqay bo‘lib ketdi. Ulardan o‘n bir erkak, yigirma bir ayol va o‘ttizta bolani qo‘lga olib, Madinaga keltirdi. Ularni Ramla bint Horisning hovlisiga tushirildi. ("Rohiyq al-maxtum”).

10. Bani Tamim elchilarining notig’i Utorid ibn Hojibning qarshisiga Rasululloh s.a.v. kimni javob aytishga chaqirdilar?
a) Sobit ibn Qays r.a.
b) Ka’b ibn Molik r.a.
c) Hasson ibn Sobit r.a.
d) Sa’d ibn Mu’oz r.a.
To’g’ri javob: Sobit ibn Qays r.a.
Izoh: Ular faxrlanish va maqtanishda musobaqa qilish rag‘batini izhor qilishdi va ichlarida eng gapga chechan va notiq bo‘lgan Utorid ibn Hojibni oldinga chiqarishdi. U bisotidagi gaplardan gapirib bo‘lgach, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam islom notiqlaridan Sobit ibn Qays ibn Shammosni uning gaplariga javob aytishga chiqardilar. ("Rohiyq al-maxtum”).

11. Bani Tamim elchilarining shoiri Zibriqon ibn Badrga munosib javob bergan musulmon shoiri kim?
a) Sobit ibn Qays r.a.
b) Ka’b ibn Molik r.a.
c) Hasson ibn Sobit r.a.
d) Sa’d ibn Mu’oz r.a.
To’g’ri javob: Hasson ibn Sobit r.a.
Izoh: Keyin ular shoirlari Zibriqon ibn Badrni chiqarishdi, u o‘zlarini maqtab she’r o‘qidi. Unga islom shoiri Hasson ibn Sobit o‘sha zahoti munosib she’riy javob qaytardi. ("Rohiyq al-maxtum”).

12. 9-hijriy yilda yuborilgan qaysi sariyya sardori jangda vafot etdi?
a) Zahhok ibn Sufyon r.a.
b) Alqama ibn Mujazzir r.a.
c) Qutba ibn Omir r.a.
d) Uyayna ibn Hisn r.a.
To’g’ri javob: Qutba ibn Omir r.a.
Izoh: Qutba yigirma kishilik jamoa bilan o‘nta tuyaga navbatlashib minishib, aytilgan manzilga yetib borib, hamla qildi. Ikki o‘rtada qattiq jang bo‘lib, har ikki tomondan ko‘plab jarohatlanganlar bo‘ldi. O’ldirilganlar orasida Qutba ibn Omirning o‘zi ham bor edi. ("Rohiyq al-maxtum”).

13. Sudo’ qabilasiga Rasululloh s.a.v. kim boshchiligidan qo’shin yubordilar?
a) Savfon ibn Umayya
b) Sa’d ibn Bakr
c) Muammar ibn Horis
d) Qays ibn Sa’d
To’g’ri javob: Qays ibn Sa’d
Izoh: Payg‘ambar alayhis-salom Madinaga qaytib kelganlaridan keyin Yamanda yashovchi Sudo’ qabilasini islom diniga da’vat etish uchun Qays ibn Sa’d boshchiligida to‘rt yuz kishilik qo‘shin yubordilar. ("Nurul yaqin”)

14. Hajjatul vado’ (xayrlashuv haji)da Sado’ qabilasidan qancha odam kelib, Rasululloh s.a.v. bilan Ka’bani tavof qildi?
a) 70 ta
b) 150 ta
c) 200 ta
d) 100 ta
To’g’ri javob: 100 ta
Izoh: Elchilar o‘z yurtiga qaytib borgach, butun qabilasi imon keltirib, musulmon bo‘ldi. Hajjatul vado’ (xayrlashish haji) da ulardan yuz kishi kelib, payg‘ambar alayhissalom bilan Ka’bani tavof qilishdi. ("Nurul yaqin”)

15. Toy qabilasining buti nomi nima edi?
a) Manot
b) Fuls
c) Uzzo
d) Lot
To’g’ri javob: Fuls
Izoh: Shu yilning rabbiul avval oyida payg‘ambar alayhis-salom Ali ibn Abu Tolib boshchiligidagi ellik nafar suvoriyni Tay qabilasining Fulus degan butini sindirib tashlagani yubordilar. ("Nurul yaqin”)

16. Toy qabilasining butini vayron qilish uchun necha kishidan iborat sariyya yuborildi?
a) 100
b) 150
c) 200
d) 300
To’g’ri javob: 150
Izoh: 9-hijriy rabiul-avval oyida Toy qabilasining Fuls nomli butini vayron qilish uchun Aliy ibn Abi Tolib boshchiligida bir yuz ellik kishidan iborat ushbu sariyya yuzta tuya va ellikta otga mingan holda yo‘lga chiqishdi.

17. Toy qabilasidan tushgan asirlar orasidagi Hotamning qizi ismi nima edi?
a) Otika
b) Saffona
c) Rayhona
d) Fazzola
To’g’ri javob: Saffona
Izoh: Asirga tushganlar orasida saxiyligi bilan dong‘i ketgan Hotamning qizi Saffona ham bor edi. ("Nurul yaqin”)

18. Adiy ibn Hotam Toyi qayerga qochib ketgan edi?
a) Yamanga
b) Bahraynga
c) Shomga
d) Habashistonga
To’g’ri javob: Shomga
Izoh: Payg‘ambar alayhis-salomning yaxshi muomalasi Saffonaning akasi Adiy ibn Hotamning islom diniga kirishiga sabab bo‘ldi. Adiy islom qo‘shinining son-sanoqsiz a’lamlarini ko‘rib, Shomga qochib ketgan edi. ("Nurul yaqin”)

19. Rasululloh s.a.v.ning uylaridagi suhbatda Adiy ibn Hotim o‘z dini haqida nima dedi?
a) "Men hanif muslimman”.
b) "Men nasoroman”.
c) "Men murji’aman”
d) "Men hafiziyman”.
To’g’ri javob: "Men hanif muslimman”.
Izoh: U zotning uylariga kirib o‘tirganidan so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Nega qochib ketasan? «La ilaha illalloh» deyishdan qochasanmi?! Bir Allohdan o‘zga ibodatga loyiq zot borligini bilasanmi?!», dedilar u: «Yo‘q», dedi. U bilan bir muddat gaplashdilar, so‘ng: «Sen «Allohu akbar» degan so‘zdan qochasan. Axir Allohdan ko‘ra buyukroq biron zot borligini bilasanmi?!», dedilar. U: «Yo‘q», dedi. «Yahudlar Allohning g‘azabiga duchor bo‘lgan, nasorolar esa adashgan kishilardir», dedilar. Shunda Adiy: «Men hanif (ya’ni, haqdan og‘magan Ibrohim alayhissalom dinidagi) muslimman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yuzlari quvonchdan yorishib ketdi. So‘ng uni ansorlardan birining hovlisiga tushirdilar. U erta-yu kech Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib, u zotning suhbatlaridan bahramand bo‘lib turdi. ("Zodul ma’od”)

20. Rasululloh s.a.v. Adiy ibn Hotim r.a.ga «Agar umring uzun bo‘lsa, bir ayolning Olloh taolodan bo‘lak hech kimsadan qurqmay, …dan taxtiravonda kelib Ka’bani tavof qilganini albatta ko‘rgaysan», — dedilar. Rasululloh s.a.v. zikr qilgan shahar qaysi?
a) San’o
b) Hiyra
c) Quddus
d) Hazramavt
To’g’ri javob: Hiyra
Izoh: Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida o‘ltirganimda bir kishi kelib qashshoqlikdan shikoyat qildi. So‘ng, yana bir kishi kelib yo‘lto‘sarlardan (qaroqchilardan) shikoyat qildi. Shunda Janob Rasululloh: «Ey Adiy, Hiyra (Furot daryosi yaqinidagi tarixiy shahar)ni ko‘rganmisan?»— dedilar. Men: «Sira ko‘rmaganman, uning haqida eshitganman, xalos», — dedim. Ul zot: «Agar umring uzun bo‘lsa, bir ayolning Olloh taolodan bo‘lak hech kimsadan qurqmay, Hiyradan taxtiravonda kelib Ka’bani tavof qilganini albatta ko‘rgaysan», — dedilar. («Sahihi Buxoriy»).

Категория: Islom viktorinasi | Добавил: Taqvo
Просмотров: 1156 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |