Четверг, 28.03.2024, 17:34Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islom viktorinasi

5-bosqich. 3-tur: Rasululloh s.a.v.ning vafotlari
10.05.2013, 15:21

5-bosqich. 3-tur: Rasululloh s.a.v.ning vafotlari
V BOSQICH
3-tur: Rasululloh s.a.v.ning vafotlari
Javoblar va izohlar

1. Rasululloh s.a.v. umrlarining so’nggi haftasini qaysi onamizning hujralarida o’tkazdilar?
a) Maymuna r.a.
b) Oyisha r.a.
c) Xafsa r.a.
d) Ummu Habiba r.a.
To’g’ri javob: Oyisha r.a.
Izoh: Shundan so‘ng boshlari bog‘liq holda, Fazl ibn Abbos bilan Aliy ibn Abi Tolibning o‘rtasida oyoqlarini sudrab bosganlaricha Oishaning uyiga ko‘chib o‘tdilar va hayotlarining so‘nggi haftasini shu yerda o‘tkazdilar. ("Rohiyq al-maxtum”)

2. Rasululloh s.a.v. vafotlaridan besh kun avval : «Albatta, Alloh bir bandasiga istaganicha dunyo noz-ne’matlaridan ato etish yoki O’zining huzuridagi narsani tanlash ixtiyorini berdi, banda Allohning huzuridagi narsani tanladi», dedilar. Shunda kim: «Sizga ota-onalarimiz fido bo‘lsin», deb yig‘ladi?
a) Abu Bakr Siddiq r.a.
b) Umar ibn Hattob r.a.
c) Usoma ibn Zayd r.a.
d) Ali ibn Abu Tolib r.a.
To’g’ri javob: Abu Bakr Siddiq r.a.
Izoh: Keyin: «Albatta, Alloh bir bandasiga istaganicha dunyo noz-ne’matlaridan ato etish yoki O’zining huzuridagi narsani tanlash ixtiyorini berdi, banda Allohning huzuridagi narsani tanladi», dedilar. Abu Said al-Xudriy aytadi: «Shunda Abu Bakr: «Sizga ota-onalarimiz fido bo‘lsin», deb yig‘ladi. ("Rohiyq al-maxtum”)

3. Rasululloh s.a.v. vafotlaridan avval kasal bo’lib yotganlarida qaysi g’azotda tanovul qilgan taomlarining zahri qiynayotganini aytgan edilar?
a) Tabuk
b) Haybar
c) Banu Mustaliq
d) Toif
To’g’ri javob: Haybar
Izoh: Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam vafotlari arafasida kasal bo‘lib yotgan vaqtlarida: «Yo Oisha! Xaybarda tanovul qilgan taomimning dardini shu vaqtgacha tortayotirman, hozir nafasimning qisilayotganini o‘shal zahardan, deb bilaman»,— dedilar». ("Sahihul Buxoriy”)

4. Rasululloh s.a.v. o’zlari imom bo’lgan so’nggi namoz qaysi edi?
a) Bomdod
b) Xufton
c) Shom
d) Asr
To’g’ri javob: Shom.
Izoh: Ummulfazl binti al-Xars rivoyat kiladilar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning shom namozida «Va-l-Mursaloti urfan»ni o‘qiganlarini eshitdim, so‘ng to vafot etgunlariga qadar biz birlan namoz o‘qimadilar». ("Sahihi Buxoriy”)

5. Rasululloh s.a.v. o’zlari imom bo’lgan so’nggi namozda qaysi surani qiroat qildilar?
a) Moida surasini
b) Nasr surasini
c) Yosin surasini
d) Val-mursalot surasini
To’g’ri javob: Val-mursalot surasini
Izoh: Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam qattiq dard tortib yotgan bo‘lishlariga qaramay, to shu kungacha – ya’ni, vafotlaridan 4 kun oldin, payshanba kunigacha barcha namozlarni o‘zlari o‘qib berib turdilar. Shu kuni shom namozini ham o‘zlari o‘qib berdilar, unda «Val-mursalat» surasini qiroat qildilar. ("Rohiyq al-maxtum”)

6. Rasululloh (s.a.v.) betob yotganlarida u zotning qarshiliklariga qaramay og'izlarining bir chetidan dori tomizishdi. U zot (s.a.v.): "Bu uyda menga dori tomizganlarning barisining boshiga shu kun tushgaydir, lekin ko'rib turibmanki, ... bunday qilmagan!", dedilar. Nuqtalar o'rnini to'ldiring.
a) Usoma
b) Ibn Mas'ud
c) Abbos
d) Oisha
e) Fotima
To’g’ri javob: Abbos.
Izoh: "... Xushlariga kelganlarida: "Menga dori tomizmangizlar, deb ishora qilmabmidim?!" - dedilar. Biz: "Odatda, kasal dorini yoqtirmaydi, deb o'yladik", - dedik. Ul zot (sav): "Bu uyda menga dori tomizganlarning barisining boshiga shu kun tushgaydir, lekin ko'rib turibmanki, Abbos bunday qilmagan!" dedilar". (Imom Buxoriy, "Al-jome' as-sahih").

7. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayotlarining qolgan kunlari mobaynida Abu Bakr r.a. necha vaqt namozni imom bo’lib o’qib berdilar?
a) 7
b) 11
c) 17
d) 24
To’g’ri javob: 17
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayotlarining qolgan kunlari mobaynida 17 ta namozni, ya’ni, payshanba kuni xufton namozidan boshlab, dushanba kuni bomdod namozigacha Abu Bakr o‘qib berdi. ("Rohiyq al-maxtum”)

8. Nabiy sollallohu alayhi va sallam o’qigan so’nggi namoz qaysi edi?
a) Bomdod
b) Peshin
c) Asr
d) Shom
To’g’ri javob: Bomdod
Izoh: Anas ibn Molik rivoyat qiladi: «Dushanba kuni odamlar bomdod namozida turgan edilar, Abu Bakr imom bo‘lib namoz o‘qiyotgan edi. To‘satdan Nabiy sollallohu alayhi va sallam Oishaning hujralari pardasini ochib, bizga qaradilar. So‘ng tabasum qilib jilmaydilar. Nabiy sollallohu alayhi va sallam namozga chiqsalar kerak, degan gumonda Abu Bakr safga qo‘shilish uchun ortga tisarila boshladilar. Nabiy sollallohu alayhi va sallamni ko‘rib xursand bo‘lganimizdan namozdan chiqib ketayozdik. Nabiy sollallohu alayhi va sallam bizga qarab: «Namozingizni davom ettiringlar» deb ishora qildilar va pardani tushirdilar». Shundan so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi va sallam keyingi namoz vaqtiga yetmadilar. ("Rohiyq al-maxtum”)
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayotidagi oxirgi namoz – vafot etgan dushanba kunidagi bomdod namozi edi («Dalolilun-nubuvvah», 7/ 192 193).

9. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam qizlari Fotimani chaqirib, uning qulog‘iga shivirladilar, Fotima yig‘ladi. Keyin yana chaqirib, qulog‘iga shivirladilar, u bu safar xursand bo‘lib kuldi. Rasululloh s.a.vning qizlari nima uchun kulgan edi?
a) Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam Fotimaga butun olam ayollarining sayyidasi ekani xushxabarini berganlari uchun;
b) Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam ahli oilalari ichidan birinchi bo‘lib u zotning ortlaridan boradigan kishi ekanliklarini aytganlari uchun;
c) Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamni Alloh huzuriga chaqirayotganini bilganlari uchun;
d) Barcha javoblar to’g’ri.
To’g’ri javob 1: Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam ahli oilalari ichidan birinchi bo‘lib u zotning ortlaridan boradigan kishi ekanliklarini aytganlari uchun;
Izoh: Choshgoh vaqti Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam qizlari Fotimani chaqirib, uning qulog‘iga shivirladilar, Fotima yig‘ladi. Keyin yana chaqirib, qulog‘iga shivirladilar, u bu safar xursand bo‘lib kuldi. Oisha aytadi: «Biz keyinchalik Fotimadan bu haqda so‘raganimizda u: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam shu kasalliklarida vafot etishlarini aytdilar, shunda men yig‘ladim. Keyingisida ahli oilalari ichidan birinchi bo‘lib u zotning ortlaridan boradigan kishi men bo‘lishimni aytdilar, shunda men xursand bo‘lib kuldim», deb javob berdi. ("Sahihi Buxoriy”)
To’g’ri javob 2: Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam Fotimaga butun olam ayollarining sayyidasi ekani xushxabarini berganlari uchun;
Izoh: "... O'shanda u zot menga Jabroil o'zlariga Qur'onni har yili bir marta arz qilganini, bu yil esa ikki marta arz qilganini aytdilar va buni ajalim yaqinlashib qolgani deb bilaman. Albatta, sen ahlimdan birinchi bo'lib menga yetishuvchisan. Men sen uchun qandoq ham yaxshi salafman", dedilar. Men shuning uchun yig'ladim. So'ngra u zot sir gap ila: "Mo'minlarning ayollarining sayyidasi yoki ushbu ummat ayollarining sayyidasi bo'lishdan rozi bo'lmaysanmi?" dedilar. Men buning uchun kuldim". (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Nubuvvat xonadoni xonimlari". Hadis va hayot, 25-juz, 421-b).

10. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so‘zlagan oxirgi so‘z qaysi edi?
a) La ilaha illalloh, albatta o‘limning sakaroti (mastligi) bor...
b) Alloh ne’mat bergan nabiylar, siddiqlar va shahidlar bilan birga. Va ular qandoq ham yaxshi rafiqlar!
c) Ey, bor Xudoyo! Rafiqi A’loga!
d) Namozga, namozga (mahkam bo‘linglar) va qo‘lllaringiz ostida bo‘lganlar (haq-huquqlariga rioya qilinglar!)
To’g’ri javob: Ey, bor Xudoyo! Rafiqi A’loga
Izoh: Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «…Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so‘zlagan oxirgi so‘z: Ey, bor Xudoyo! Rafiqi A’loga», deyishlari bo‘ldi». ("Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”)

11. "Rasululloh vafot etdilar", degan gapni eshitganida oyoqlari bo'shashib, yerga qulab tushgan sahoba kim edi?
a) Umar ibn Xattob (r.a)
b) Usmon ibn Affon (r.a)
c) Anas ibn Molik (r.a)
d) Abdulloh ibn Abbos (r.a)
e) Abdulloh ibn Mas'ud (r.a)
To’g’ri javob: Umar ibn Xattob (r.a).
Izoh: "... Sa'id ibn Musayyab hazrat Umarning: "Xudo haqi, bu oyatni Abu Bakr tilovat qilganlaridagina eshitdim. Janob Rasululloh vafot etdilar deb aytganlarini eshitganimda oyoqlarim bo'shashib ketib, yerga qulab tushdim", deganlarini menga aytib berdi". (Imom Buxoriy, "Al-jome' as-sahih". 3-jild).

12. Rasululloh (sav) vafot etganlarida u kishi yig'ladilar va Nabiy (sav) vafotlaridagi nima sizni yig'latdi deb so'rashganida, " Men osmondan kelayotgan vahiy uzilib qolgani uchun yig'layapman ", dedilar. Ushbu so'zlar muallifini toping.
a) Usmon ibn Affon (r.a)
b) Ummu Salama (r.a)
c) Ummu Ayman (r.a)
d) Zayd ibn Sobit (r.a)
e) Ubay ibn Ka'b (r.a)
To'g'ri javob: Ummu Ayman (r.a).
Izoh: "Ummu Ayman (r.a) yig'ladilar va Abu Bakr va Umar (r.a.): "Nimaga yig’laysan? Axir Allohning huzuridagi narsa u zotning Rasuli uchun yaxshi-ku?” dedilar. Ummu Ayman (r.a.): "Men buni bilganim uchun yig’layotganim yo’q. Men osmondan kelayotgan vahiy uzilib qolgani uchun yig'layapman", dedilar. (Hadis va hayot: "Nubuvvat xonadoni xonimlari". 436-bet).

13. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni yuvishda qatnashmagan sahobalar berilgan qatorni belgilang.
a) Qusam ibn Abbos, Usoma ibn Zayd.
b) Shuqron, Avs ibn Xavlo.
c) Fazl ibn Abbos, Abbos ibn Abdulmuttalib
d) Abu Bakr Siddiq, Usmon ibn Affon
To’g’ri javob: Abu Bakr Siddiq, Usmon ibn Affon
Izoh: Seshanba kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni ko‘ylaklari ustidan yuvdilar. Yuvishda Abbos, Aliy, Abbosning ikki o‘g‘li Fazl va Qusam, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ozod qilgan qullari Shuqron, Usoma ibn Zayd va Avs ibn Xavlo ishtirok etdilar. Abbos, Fazl va Qusam muborak jasadni uyoq-buyoqqa o‘girib turdilar, Usoma bilan Shuqron suv quyib turishdi, yuvish ishini Aliy bajardi, Avs ko‘kragi bilan suyab turdi. ("Rohiyq al-maxtum”)

14. Rasululloh (sav) ning muborak jasadlarini yuvishda ahli baytlaridagi erkaklar ishtirok etgani ma'lum va mashhur. Shunindek, manbalarda ansorlarning iltimoslariga ko'ra ulardan ham bir kishi qatnashgani haqida ma'lumot keltirilgan. Rasululloh (sav) ni yuvishda ishtirok etgan ushbu ansoriy sahobani aniqlang.
a) Abu Talha (r.a)
b) Jobir ibn Abdulloh (r.a)
c) Anas ibn Molik (r.a)
d) Avs ibn Xavliy (r.a)
e) Simok ibn Xarsha (r.a)
To’g’ri javob: Avs ibn Xavliy (r.a).
Izoh: "Ali: "Oldimga Fazl ibn Abbosni kiritinglar", dedi. Ansoriylar: "Alloh nomi ila sizlardan bizga ham Rasululloh (sav) dan nasibamizni berishingizni so'raymiz", dedilar. Ulardan ham bir kishini kiritdilar. Uning ismi Avs ibn Xavliy edi. U qo'lida suv idish ko'tarib kirdi". (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Usmon va Ali roziyallohu anhumo". Hadis va hayot, 22-juz, 255-b).

15. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga kim qabr qazidi?
a) Abu Ubayda ibn Jarroh
b) Abu Talha Ansoriy
c) Ali ibn Abu Tolib
d) Umar ibn Hattob
To’g’ri javob: Abu Talha Ansoriy
Izoh: Abu Tolha Ansoriy roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga U zoti sharif jon taslim qilgan yerdan joy qazidi. ("Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”)

16. Rasululloh s.a.v. janozalari avvalida "U zotga (janozasiga) birov imom bo’lmaydi. U zot tirikliklarida ham, mayyitliklarida ham imomingizdir” degan kim edi?
a) Abu Bakr r.a.
b) Umar ibn Hattob r.a.
c) Ali ibn Abu Tolib r.a.
d) Abbos ibn Abdulmuttalib r.a.
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolib r.a.
Izoh: Rasulloh (s.a.v.) so’riga qo’yilganda Ali: "U zotga (janozasiga) birov imom bo’lmaydi. U zot tirikliklarida ham, mayyitliklarida ham imomingizdir” dedilar. ("Hadis va hayot: Usmon va Ali r.a.”, 256-bet)

17. Rasululloh s.a.v. janozalariga kim imomlik qildi?
a) Abu Bakr Siddiq r.a.
b) Umar ibn Hattob r.a.
c) Sa’d ibn Uboda r.a.
d) Har kim o’zi tanho janoza o’qidi.
To’g’ri javob: Har kim o’zi tanho janoza o’qidi.
Izoh: Odamlar birin-ketin, o‘nta-o‘ntadan bo‘lib, hujraga kirib, imomga ergashmagan holda, har kim o‘zi tanho Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga janoza o‘qidilar, avval u zotning ahli-oilalari va qarindoshlari, so‘ngra muhojirlar, so‘ngra ansorlar, so‘ngra yosh bolalar, so‘ngra ayollar yoki avval ayollar, keyin yosh bolalar kirib namoz o‘qidilar. ("Rohiyq al-maxtum”)

18. Rasululloh s.a.v. qaysi kuni dafn etildilar?
a) Dushanba kuni choshgohda.
b) Seshanba kuni ertalab
c) Chorshanbaga o’tar tunda
d) Chorshanba kuni choshgohda
To’g’ri javob: Chorshanbaga o’tar tunda
Izoh: . Oisha roziyallohu anho aytadi: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning dafn qilinganlarini chorshanbaga o‘tar tunda – bir rivoyatda: tunning so‘ngida – belkuraklar tovushidan bildik». ("Rohiyq al-maxtum”)

19. Rasululloh (s.a.v.) dafn etilib, Ali (r.a.) qabrdan chiqgach bir kishi uzugini qabrga tashladi. Ali (r.a.)ga uzugim tushib ketdi degandi, Ali tushib uzugingni olib chiq dedilar. U qabrga tushdi va uzukni olib g’ishtga qo’yib chiqdi. Bu kishi kim edi?
a) Muvayha
b) Umar (r.a.)
c) Shaqron
d) Mug’iyra
To’g’ri javob: Mug’iyra
Izoh: Mug’iyra ibn Shu’ba shunday dedi: "Rasululloh (s.a.v.) endi dafn etilayotgan paytda uzugimni olib, qabr ichiga otib yubordim. Keyin: "Uzugim qo’limdan tushib ketdi” dedim”… ("As-siyra an-Nabaviyya”)

20. Rasululloh s.a.v.ni eng oxirgi ko’rgan odam kim?
a) Oyisha r.a.
b) Ali ibn Abu Tolib r.a.
c) Qusam ibn Abbos r.a.
d) Shuqron r.a.
To’g’ri javob: Qusam ibn Abbos r.a.
Izoh: Ali r.a.: "Rasululloh s.a.v.ni eng oxirgi ko’rgan odam Qusam ibn Abbosdir” dedilar. ("As-siyra an-nabaviyya”)


Категория: Islom viktorinasi | Добавил: Taqvo
Просмотров: 1812 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |