Форум
Четверг, 08.12.2016, 07:01Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Форум
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 1 из 11
Форум » Umumiy bo'lim » Umumiy » Xayolga sig'magan xayollar (Xayolga sig'magan xayollar)
Xayolga sig'magan xayollar
Sirlik_insonДата: Воскресенье, 30.03.2014, 19:10 | Сообщение # 1
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Men bir narsa eshitdim u o'gitmi yo rivoyat bilmadim shuni sizlar bilan
baxam ko'rmoqchiman unda eshiting:
Bir mo'ysafid bor ekan u juda xam dono inson ekan uning o'g'li esa jaxldorroq
ekan kunlarning birida chol o'g'liga qarab shunday debdi:
o'g'lim mana bu 10ta mixni ol va xar gal jaxling chiqqanida shu mixlardan bittadan
daraxtga qoqasan.Ozgina vaqt o'tib o'g'il mixlar tugaganini aytibdi va chol unga
qarab endi xar gal bir kishini ko'nglini ko'tarsang shu mixlardan bittadan olib
tashlaysan debdi.Oradan ancha vaqt o'tgach o'gil buni xam tugatganini
aytibdi shunda mo'ysafid shunday degan ekan o'g'lim daraxtga qara mixlar
yo'q lekin o'rni bor inson xam shunday uni ko'nglini ranjitib so'ng qanchalik xursand
qilsang xam uning qalbida qandaydir iz qoladi buni yo'qotib bo'lmaydi shuning
uchun jaxling chiqqanida uni ichingga yut!
Qodir Olloxim xammamiz raxmli,mexribon va kechiruvchi bandalaridan qilsin!!!


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Воскресенье, 30.03.2014, 19:15 | Сообщение # 2
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Misrga bir yigit ta'lim olish uchun boradi. U yerda yashaydigan uyining yonginasidagi uyda yashovchi qiz uni ko'rib yoqtirib qoladi va u yigit bilan buzuq ish qilishni
o'ylaydi. Bir kuni izg'irin tunda hufton namozni o'qib bo'lingach qiz yigitning hujrasini taqillatadi va eshiklari yopiq ekani, hamma uyquga ketgani va juda
sovuqqotganini aytib yigit hali bir nima demasdan hujraga kiradi.
Yigit kitob mutolaasi bilan band edi, qiz kirgach ham ayni ishda davom etadi. Shunda shayton yigitni buzuq ish qilishga undaydi. Yigit esa yonida yonib turgan
shamga bir barmog'ini tutadi va o'ziga o'zi, qara birgina shamning og'rig'iga chidashga ojizsanu, ohiratda Robbing beradigan og'riqlarga chiday olarmiding deydi va
yig'laydi. Birozdan so'ng yana shu ishni takrorlaydi bu holatni ko'rgan qiz o'rnidan turib chiqib ketadi.
Ertasiga esa otasiga unga mana shu solih yigitdan boshqasi er bo'la olmasligini aytadi.
Shu hikoyani eshitib birodar forumdoshlarimga ham ilindim...juda iobratli hikoya. Qaniydi hamma ham mana shu solih yigitga o'xshab ish tutsa, Nauzubillah min zalik
hamma ahli jannatiylardan bo'larmidi... ]


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Воскресенье, 30.03.2014, 19:27 | Сообщение # 3
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Alloh bilan do’stligini odamlar orasida unutib, o’zi yolg’iz qolganida eslaydigan kishi zaif do’stdir.
Alloh bilan do’stligini ko’pchilik ichida xotirga keltirib, yolg’iz qolganida unutadigan kishi kasaldir.
Na odamlar orasida, na xilvatda bu do’stlikni topgan, balki ikkala holatda ham undan xoli bo’lgan kishi ko’chaga uloqtirilgan jasaddir.
Xilvatda ham, odamlar orasida ham Alloh bilan do’stligini unutmagan odam haqiqiy suyukli do’stdir.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Воскресенье, 30.03.2014, 19:37 | Сообщение # 4
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Uni deyarli har kuni uchratar edim. O'qishda...
Karidorda yuz-yuzma kelib qolsak, tezgina salomlashib ulgurar edik, xolos. Oxirgi paytlarda faqat uni homush ko'raman, hech chehrasi ochilib yurganini ko'rmayapman. Doim bir nimani o'ylab, kayfiyati buzilib yurardi.
Kecha ko'rdim, yuzida tabassum, huddi dunyo hazinasini qo'lga kiritgadey!
Yugurib keldi:
-Assalamu alaykum, juma muborak, asalim!
-Va alaykum assalam, o'zizgizga ham!
-Bilasmi bugun nima bo'ldi?
-Xo'sh?
-Dekan bugun uch martta xonamizga kirdi, manga bir necha martta ko'z yugurtirdi va indamadi. Shunaqa xursandmanki...!
Xa, xaqiqatdan ham juda xursand edi.
O'ylanib qoldim, bir martagina ro'moli uchun gap eshitmadi, shunga shuncha xursand. Alloh uni O'zing hibzi himoyangga ol!
*****************************************************
Ey ro'moli tufayli mahzun yurgan qiz, sening yuzingni Alloh kuldirsin va hech "Azob ichra qoldim" - deb, ahduh chekma, zero unutmaginki, sening ro'moling bugun Holib ibn Validning (r.a.) qo'lidagi tug'ga o'xshaydi - islomni eslatadi, g'aflatni qiynaydi, yuzsuslikning yuzsiz basharasiga tarsaki uradi - ko'ngillarni fath etadi. Fathing muborak bo'lsin va minglab ko'nlimdagi ezgulik bo'lsinlari sening bo'lsin.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Воскресенье, 30.03.2014, 19:52 | Сообщение # 5
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Savob asli samodan tushmas,
Tillo yerga gadodan tushmas,
Ko'kda uchgan har jonzot qushmas,
Yerda yurgin ucha bilmasang,
Tugun tugma yecha bilmasang.

Mezbon itin bo'shatib qo'ymas,
Osh bergan zot oshatib qo'ymas,
Hasad ahli tosh otib to'ymas,
Chayon bo'lma chaqa bilmasang,
Kir tutmagin yoqa bo'lmasang.

Yetim yotgan ostona bo'lgin,
Onang o'pgan peshona bo'lgin,
Gul shoxiga bir shona bo'lgin,
Qo'l cho'zmagin uza bilmasang,
Baliq bo'lma suza bilmasang.

Tun bergan zot chiroq ham bergan,
Yoving bo'lsa yaroq ham bergan,
Oxiratdan saboq ham bergan,
O'qish nechun uqa bilmasang,
Ko'lmak bo'lgung oqa bilmasang.

Tangri senga til bergan, ey do'st,
Shukri uchun til bergan, ey do'st,
Neki bersa chin bergan, ey do'st,
Mahmud, tek tur so'zlay bilmasang,
Bulbul bo'lma bo'zlay bilmasang.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 18.04.2014, 22:51 | Сообщение # 6
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Qiziq hikoya!!Bir podshohning quliga yara chiqib,bitta barmogini kesib tashlanibdi,shunda buni hosiyatini barcha ayonlarini chaqirib uni bashoratini surabdi,hattoki kuchli munajjimlar ham buning alomati yomon deb bilimsizlarcha javov berishibdi,shunda oqil dusti vaziri bu yaxshilik alomatidir deb kulib quyibdi,shoh man barmogimdan ajralaman san esa yaxshilik deb kulasanmi?zindonband qilib,gazab bilan ovga chiqib ketibdi,bir kiyikni orqasidan quviv quvib 'odamhurlar qabilasiga' tushibdi,usha kuni odamhurlar qurbonlik bayrami ekan,shohni tutib endigina uldirmoqchi bulganlarida shohni barmogi yuqligini kurib quyib yuborishibdi,chunki qurbonlikka butun odam suyish qoidasi bor ekan,shoh shu ondayoq zindonga dusti oldiga borib,yiglab undan kechir dustimni nohaq zindonband qilganim uchun deb voqeani aytibdi,shunda dono vazir hafa bulma! Bu ham yaxshilikka debdi,agar mani zindonband qilmaganinda har safar ovga birga chiqardik odamhurlar sani quyib yuborib mani qurbonlik qilishgan bular edi,Qissadan hissa shuki hudo har bir yaxshilikka ham yomonlikka ham hikmat qilgan,yani biror yomonlik keldimi demak u yaxshilikka.

SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 18.04.2014, 22:53 | Сообщение # 7
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Biz musulmonlarni kamchiligimiz nimada ekanligini bilasizmi?chiroyli yaxshi amalimizni kursatib oshkora qilamiz,yoki faxrlanib aytib quyamiz, savobini esa uzimiz bilmagan holda ketkazamiz,yomon kamchiliklarimizni yashirib qilamiz,masalan giybat,ichi qoralik,endi maqsadga utaman: Abu Bakr Siddiq (r.a)ning iymonlari butun ummat iymonini qushganda ham teng kelolmaydi degan edilar Paygambarimiz(s,a,v),u zot bir kuni namozdan keyin tez-tez yoqolib qolganliklari uchun Umar r.a orqalaridan poylab borsalar, abu Bakr r.a bir kulbaga kiribdilar,oradan ancha utib chiqib ketganlaridan keyin umar r.a kulbani ichiga kirib bir qari kuzi ojis ayol va etim bolalarni kuribdilar,ayoldan haligi kishi kim,nima qiladi?ayol kimligini,hatto ismlarini ham bilmaymiz,mani nikohlariga olganlar,har doim kelib uyimni tozalab,bollarimga egulik olib kelib edirib keyin ketadilar deb javob beribdi,shunda umar r.a u kishi butun islom ummatini halifasi buladilar deb javob beribdi,abu Bakr r.a ojis ayolni uyida hech kim bilmasligi uchun ibodat qilishga yagona fursat deb 'IBODATI SIR' yani yashirin ibodat qilganlar,riyodan holi bir uzi ibodat qilishlik hammani oldida qilingan ibodatdan 25 marotaba savobi ulugroq ekan,shunday ekan bugundan boshlab har kuni qushniga,muhtojlarga yashirin yordam berishni uylab kuring,shoyadki alloh bizdan rozi bulsa

SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 10.06.2014, 23:42 | Сообщение # 8
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Avratiz ochib, xandalar
otib.Qolmoqdasiz singlim,
dunyoga botib. ALLOH bergan
nomusni arzonga
sotib. Bormoqdasiz singlim nuriz
yoqotib.
Qalbim to'g'ri deysiz,
amalingizchi? Sochimni
yig'dim deysiz, ro'molingizchi?
Bomdodni o'qidim
deysiz peshiningizchi? sevgiz
ALLOH ga ekan qo'rquvingizchi?
Xisob berish kunini
o'ylaysizlarmi? U kun uchun xozir
bo'lmaysizlarmi?
Shunchalar
dunyoga to'ymaysizlarmi?
Boshizni sajdaga
qo'ymaysizlarmi.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 10.06.2014, 23:42 | Сообщение # 9
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Aqlning go'zalligi - fikr bilan, Tilning go'zalligi -sukut saqlashlik bilan, Yuzning go'zalligi -ibodat bilan, Qalbning go'zalligi - hasatdan chetlanish bilan, Xolatning go'zalligi - unda to'g'ri bo'lishlik bilan, So'zning go'zalligi esa -rostgo'ylik bilandur.

SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 10.06.2014, 23:53 | Сообщение # 10
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
NOWUKUR BANDA. Öldim kuydim iwqqa berilgan. Dunyo topib molga kerilgan. Sajdaga bow qöymay eringan. Nowukirdir ayrim bandalar. Sal g'am kelsa tinmaydi nolib. Baxtga etsa özicha g'olib. Qöyganmikin xech savob olib. Tavba qilmas nega bandalar. Aka uka qilar mol talaw. Bant bölgani topganin sanaw. Nasixatga etar yod qaraw. Iymon bilmas nega bandalar. Qarang qancha yarimjonlar bor. Nola qilmas xayotdan zinxor. Siz bilasiz dunyolarni tor. Wukur bilmas nega bandalar. Közi söqir dardi bir talay. Nolimaydi sizdek xarqalay. Yana qancha yarimjon sanay. Borga könmas nega bandalar. Ota ona qilinmas pisant. Xotin quli ayrimlar nomard. Etim xaqqin egani odat. Xaqdan qörqmas nega bandalar. Xar kunida qilsalar zino. Körgan bölar wunchaki kino. Sotib olmang dözaxdan bino. Gunoxdan xech qolmas bandalar. Keling birga qilamiz tavba. Tangrim kechsa aybimiz Zora.

SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Среда, 23.07.2014, 23:59 | Сообщение # 11
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Хикоя қилишларича, бир камбағал киши хайит кечаси кўчаларни кезиб юриб, кўп одамларни гўшт-кабоблар еб ўтиришганини кўриб, оғзининг суви келиб ичи қизиганича уйига келибди. Овқат пишириб тайёрлаб турган аёли, Хайитингиз муборак бўлсин, азизим, дея дастурхонга сузиб келган таомнинг ичида ловиядан бошқа хеч нарса йўқ эмиш. Совуққина қилиб, сенга хам, дебди-ю, овқатни ея бошлабди.
Ловияларни еб, устидаги пўстини айвоннинг деразасидан кўчага қараб отибди ва ўзига ўзи: «Нега энди хамма одамлар мазза қилиб гўшт ейди-ю, мен эса ловия еб ўтиришим керак? » дея хасрат қила бошлабди.
Дунё кўзига тор кўриниб, уйидан кўчага чиқса, деразаси тагида бир бечора одам отилган ловия пўстлоқларини пуф-пуфлаб, чангидан тозалаб еяётган эмиш ва «Қанча- қанча бечораларга насиб этмаган ризқни менга берган Аллохимга шукрлар бўлсин», деб қайта-қайта хамдлар айтармиш.
Бу холни кўрган камбағалнинг кўзларига ёш тўлиб: «Розиман, эй Роббим, берган насибангга розиман», деганича уйига кириб кетибди . . . ! ! !

Хаётда ишонч-умид билан яшанг, чунки Аллох сиз билмаган нарсаларни билгувчидир. Сизни ўзингизга мос шаклдаги хаётни сиз учун чизиб қўйгандир!
Барча бошингизга келган қийинчиликларни орқага ташланг ва кўнглингиз тусаган нарсалардан тийилишга қалбингизни ўргатинг. Чунки сиз махрум бўлган нарсаларингиздан нима сабабли махрум бўлганингизни билмайсиз, аммо Аллох билгувчидир!
Хеч қачон Аллохга айтадиган дардларингизни айтмай туриб, саждадан бошингизни кўтарманг! Аллохнинг берган неъматларига шукр қилишни хеч унутманг . . . ! ! !


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Четверг, 24.07.2014, 00:05 | Сообщение # 12
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Ўзини ичкиликдан қутқара олмаган бир мусулмон хизматчисига тўрт дирхам бериб, ичкилик келтиришини сўрайди. Хизматчи кетаётиб Мансур бин Аммор деган кимсанинг бир фақирга ёрдам бериш учун пул йиғаётганини кўради. Мансур “Бир фақирга тўрт дирхам берганга тўрт дуо қиламан” дерди. Хизматчи унга тўрт дирхамни беради. Мансур айтадики:
- Нима деб дуо қилишимни истайсан?
- Хизматчиликдан озод бўлишни истайман.
- Иккинчи истагингни айт.
- Бу берган тўрт дирхам меники эмасди. Буни мендан сўрайдилар. Тўрт дирхам пулим бўлишини истайман.
- Учинчи истагинг нима?
- Хўжайиним тавба қилиб, ичкиликни ташлашини истайман.
- Тўртинчи истагинг нима?
- Аллоху таолонинг мени, хўжайинимни, сени ва қавмимизни авф этишини истайман.
Мансур бин Аммор хамма айтганлари учун керакли дуоларни қилади. Хизматчи уйига боргач, хўжайини нимага кеч қолганининг сабабини сўрайди. Хизматчи бўлиб ўтган воқеани айтиб беради. Хўжайини сўрайди:
- Сен нималарни истадинг?
- Хизматчиликдан, қулликдан қутулишни истадим.
- Яхши, сени озод этдим. Бошқа нима истадинг?
- Тўрт дирхам сўрадим.
- Мана тўрт дирхам. Яна нима истадинг?
- Тавба этиб, ичкиликни ташлашингизни сўрадим.
- Тавба қилдим. Яна нима?
- Аллоху таолонинг барчамизни авф этишини сўрадим.
Хўжайини жим қолади ва “Буниси энди менинг қўлимда эмас” дейди. Шу кеча тушида “Сен қўлингдан келганини қиласану, биз қўлимизда бўлганини қилмаймизми? Сени хам, хизматчини хам, Мансурни хам ва шу ерда бўлган барчани авфу мағфират қилдик” деган овозни эшитади . . . ! ! !


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 29.07.2014, 13:46 | Сообщение # 13
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
O'lim shunday sharbatki hamma tatib ko'radi. Kafan shunday liboski uni barcha kiyadi. Qabir shunday makonki unga hamma kiradi. Ohirat shunday zamonki barcha xisob beradi. Sirot shunday ko'prikki mo'min undan undan uchadi. Osti olov jarlikki kofir unga tushadi. Jannat shunday bog'dirki unga mo'min kiradi. Olloh shak shuxbasiz bordirki faqat muslim ko'radi

SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 21:16 | Сообщение # 14
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Уйланиш вақтим келди, онам бир қизни кўз остиларига олиб қўйган эканлар, онамга у ёқар, оиласи ҳурматли, ва жуда яхши экан. Мен ҳам у қизни кўрдим мастура экан, коринишидан шаръий илмга эга эди, онам у қиз билан гаплашиб мен ҳақимда кўп гапириб берган эканлар.
Учрашдик. У қиз мендан Қуръондан қанча ёдлагансиз деб сўраб қолди.
Мен: ишим жуда ҳам кўп, вақтим кам бўлганлиги учун жуда ҳам кам ҳифз қилганман, биламан бу менинг нуқсоним лекин ишлаш ҳам керак дедим, ва сездимки у менга рад жавобини беради ва рози бўлмайди...
Мен ҳам ундан сиз қанча ёдлагансиз деб сорадим ва "Амма" порасини деган жавобни олдим.
Шу тариқа суҳбатимиз тугагач мен ўйладимки у қиз менга ўз розилигини бермайди.
Лекин бир муддат ўтгач у қиз рози эканлиги ва ҳадяларни қабул қилганлиги, унга менинг аҳлоқим ёқганлиги учун розилик берганлиги мени ажаблантирди.
Унаштириш маросими, тўй ва асал ойи тугагач мен ўз ишимга қайтдим.
Кунлардан бир куни у олдимга келиб, Марям сурасини ёдлаб беришимни сўради.
Мен ажабландим чунки бу сурани ёдламаганимни у билар эди.
Мен бу сурани ёдламаганман дедим, шунда у , мен учун шу сурани ёдлашингизни хохлайман деди, мен рози бўлдим чунки бу ишим билан уни жуда ҳам ҳурсанд қилишимни сездим. Шундан сўнг ёдлашни бошладим иккаламиз бу сурани ёдлаб тугатдик.
Шундан сўнг энди Юсуф сурасини ёдлаймиз деб таклиф киритди мен рози бўлдим, шу тариқа икки йил ичида Қуръонни тўлиқ ёд олдим.
Сўнгра у мени Бухорийнинг ҳадис топламини ёдлашни бошлаймизми?- деб мени шижоатлантирди, мен хоп дедим.
Кунларнинг бирида мен унга билдирмасдан қайнотамнинг олдиларига бориб аёлим шаръий илмни қанчалик билишини сўрадим??
Қайнотам аёлимни Қуръонни тўлиқ ёд олган, Бухорий ва Муслим ларнинг ҳадис тўпламларини ҳам хифз қилганлигини ва бир қанча курсларни битирганлигини айтдилар.
Мен жуда ҳам ажабландим чунки ўша вақтда мен сўраганимда у менга фақатгина "Амма" порасини ёдлаганлиги ҳақида айтган эди...
Сўнгра қайнотам менга курслардан олинган дипломларни ва мусобақалардан олинган фахрий ёрлиқларни олиб чиқип бердилар.
Мен уйга қайтиб аёлимга юзландим.
У менга қараб агарда мен сизга ўша вақтда Қуръонни тўлиқ ёдлаганлигимни айтанимда сиз мени ўта яхши экан деб ўйлар эдингиз, лекин мен бундай қилмадим ва сиз аёлим ҳам мени ёдлашимдан шижоатланиб мен билан бирга ёдлади деган фикрга бордингиз деди...
Мен ўша куни билдимки, "СОЛИҲА ЖУФТИ ҲАЛОЛ НАФАҚАТ УЙИМНИНГ БОЙЛИГИ, БАЛКИ ЖАННАТИМНИНГ БОЙЛИГИ ҲАМ ЭКАН


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 21:25 | Сообщение # 15
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Бир тавба ҳикояси
Бир киши Шайх Холид Жубайринг олдиларига келиб: “Эй устоз, мен Роббимни ғазаблантирадиган барча иллатларимдан воз кечдим. Фақат сигарет чекишни ташлай олмадим” деди. Шайх унга: “Бу одатингдан ҳам қутулишни истайсанми?” дедилар. У одам: “Албатта, устоз. Мен барча йўлларини қилиб кўрдим. Аммо барибир ташлай олмадим” деди. Шунда Шайх: “Ҳар бир сигаретни чекканингдан сўнг ўрнингдан туриб, агар бир оз олдин таҳорат қилган бўлсанг ҳам, яна яхшилаб таҳорат оласан. Кейин ихлос билан икки ракат намоз ўқийсан” дедилар.
Бир неча кун ўтиб ҳалиги киши Шайхнинг олдиларига кулган ҳолда келди. Шайх ундан: “Нега куляпсан?” деб сўрадилар. У одам: “Бир кунда 30 та сигарет чекардим. Энди биттасини илаштираман деб турганимда шайтон келиб: “Нима, эсингни едингми? Бир кунда 30 марта намоз ўқимоқчимисан?” деб васваса қилди. Шунинг учун 30 тани ўрнига 5 та чекдим. Иккинчи куни 3 тага тушди. Бир хафта ичида чекишдан бутунлай қутулдим” деди. Унинг сўзларини эшитиб турган шайх: “Аллоҳга қасамки, бундай бўлади деб ўйламагандим. Демак, ҳар бир сигарет учун икки ракат нафл намоз!” дедилар.
Бизчи азизлар, бизнинг ҳам қўлимиздан барча иллатларимиздан қутулиш, чекишни ташлаш, ундан тавба қилиш келадими? Албатта, келади! Бунинг учун хоҳиш, ирода бўлса бас. Аллоҳ таоло барчамизга ҳақиқий тавбани насиб этсин.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 21:27 | Сообщение # 16
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Нафс айтди: Татиб кур, Иймон айтди: Кайтиб кур, Нафс айтди: Бор лаззат, Иймон айтди: Жим кузат, Нафс айтди: Вактинг бор, Иймон айтди: Ахтинг бор, Нафс айтди: Авфдасан, Иймон айтди: Хафдасан, Нафс айтди: Тузик иш, Иймон айтди: Бузук иш, Нафс айтди: Рохат кил, Иймон айтди: Токат кил, Нафс айтди: Нафсинг бор, Иймон айтди: Лафзинг бор, Нафс айтди: ЭХХ кутдим, Иймон айтди: Мен ЮТДИМ

SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 21:33 | Сообщение # 17
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Тақдир
Эрининг вафотидан кейин ёлғиз ўзи ҳаёт ғам-ғуссаларига қарши курашишга мажбур бўлди. Унга бу аламларни унуттирадиган, ярасига дори, қалбига малҳам бўладиган ягона умиди, жигарбанди - ўғли бор эди. Ўғлининг бахти учун ўз ҳаётини зомин қилиб, ўзи ишлаб топар ва бу йўлда машаққат нималигини билмас эди.
Ҳатто бир қанча совчиларни рад қилиб, ўзи фарзанди учун ҳам ота, ҳам она, ҳам дўст бўлишга ҳаракат қиларди. Мадрасадан қайтиб келишини эшик олдида интизор бўлиб кутарди. Бола гўзал тарбия остида улғайиб борди. Онаси унга илм ўргатиб, бошқалардан бекаму-кўс қилиб тарбиялади. Мадрасада энг олд, пешқадам ўқувчилардан эди. Коллежни битиргач, араб мамлакатидаги бирор бир университетда таълимини давом эттиришни истади. Лекин она ўзининг ёлғизгина умиди, орзуси, кўз қувончини ўзидан йироқда бўлишини тасаввур ҳам қила олмасилигини ўйлаб, бу нарсага тоқат қила олмаслигини билиб, унинг бу фикрни рад қилди. Боланинг эса кундан – кунга чет-элда илм олишга бўлган рағбати ошар, унинг бу қизиқиши уни кўзини кўр, қулоғини кар қилиб, уни ўқиш ҳужжатларини тақдим қилишига мажбур қилади. Онасига билдирмасдан сафарга керакли нарсаларни тайёрлаб боради. Ҳатто сафарга жўнаб кетадиган кечада онасига бор ҳақиқатни айтиб, Боғдод шаҳрига чипта олганини, сафар эртага эканини хабар беради. Бечора она ўкиниб қолади, лекин ранжиганини, қалбидаги шу кунгача ёниб турган чироқ, сўнаёзганини фарзандига билдирмайди. Нима қилиб бўлса ҳам фарзандини ёнида қолдириш пайига тушиб, уни қолдириш йўллари ҳақида фикрлай бошлайди. Тунда фарзандига билдирмай, паспорти ва чиптасини яшириб қўяди. Тонг бўлгач бола онаси билан хайрлашиб, йўлга отланади. Аэропортда сафар вақти бўлганда, қараса чиптаси ҳам, шахсини тасдиқловчи ҳужжати ҳам йўқ. Табиийки, божхона хизматчилари ҳам уни бу ҳолатида жўнаб кетишига йўл қўймайди. Шунда маҳзун бўлиб, ҳойна - ҳой онам яшириб қўйган бўлса керак, деб ғазабнок ҳолатда уйига қайтади. Уйига келганида, хонасига кириб ухлайди. Она эса фарзанди сафар қила олмаслигини билганидан, радио эшитиб нонушта тайёрлайди. Радио товушига яхшилаб эътибор берса, радиода: “Бугун тонгда Боғдодга жўнаган сомалёт авиа ҳалокатга учраб, ерга қулади ва натижада йўловчиларнинг ҳаммаси ҳалок бўлди” деб хабар бераётганини эшитиб ҳайратга тушади ва қилган ишидан мамнун бўлади. Фарзандига бу хабарни берай деб унинг хонасига қараб шошилганча югуриб кетади. Фарзандининг хонасига кирса, не кўз билан қарасин-ки тўшак устида жигарбандининг жони узилган экан.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 21:45 | Сообщение # 18
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Олдингга сепилаётган хар кандай донни, бефахм бедана каби чукиб кетаверма. Бу донлар кетма-кетлиги, сени узига чорлашдан бошланиб, кафас ичига кириш билан тугайди ва сен узингни кафас ичида курасан. Дунёда фикрлаб, тафаккур килиб яша.

SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 21:48 | Сообщение # 19
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Одоб
Бир киши Луқмони ҳакимдан: «Одобни кимдан ўргандингиз?» — деб сўрамиш. Луқмони ҳаким: «Одобни одобсизлардан ўргандим», — деб жавоб бермишлар. Ул киши яна сўрамишки: «Одобни одобсизлардан қандай ўргандингиз?» Луқмони ҳаким жавоб бермишларки: «Доим кишиларнинг қилган ишларига ва сўзлаган сўзларига диққат ила қараб юрдим. Кимдан ёмон сўз эшитсам, ул сўзни ҳеч бир сўйламадим, кимдаки бир ёмон иш кўрсам, ул ишни ҳеч бир қилмадим, шунинг ила одобли бўлдим». Ҳисса: одобли бўлурман деган киши ҳар нарсага иззат кўзи ила боқуб, иззат олур. Қайси иш кўзига яхши кўрун-са, ул ишни қилмоқға ҳаракат қилур. Ва қай иш кўзига ёмон кўринса, ул ишдан ўзини тортур. Бундай қилган киши, албатта, одобли бўлур


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 22:08 | Сообщение # 20
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Қадим замонда бир ҳукмдор юртини айлангани чиқибди. Одамлар таниб қолмаслиги учун юз кўринишини ўзгартириб ёнига бир ходимини ҳам оливолибди. Ҳукмдор унинг халқи унинг ҳукми ва бошқаруви ҳақида қандай фикрда эканлигини билмоқчи экан. Қиш фасли анча совуқ келиб юртининг ҳамма ерини эгаллаган экан. Йўлида кетаётганида бир масжидга дуч келибди. Унинг бир бурчагида икки фақир киши совуқдан қалтираб ўтирган экан. Уларнинг бошқа борадиган жойлари йўқ экан. Уларнинг нима ҳақида гаплашаётганларини билишга қизиқиб ҳукмдор сездирмай уларга яқинлашибди. Фақирлардан бири ҳазил қилишни яхши кўрар экан. У совуқдан нолиб шундай дермиш. Эртага биз жаннатга кирсак у ерга ҳукмдорни киргазмайман! Агар унинг жаннатнинг де-ворига яқин келганини кўриб қолсам ка-вушимни ечиб бошига ураман. Иккинчиси ундан сабрсизлик билан сўрабди: Нега сен унинг жаннатга киришига тўсқинлик қилмоқчисан? Дебди: Албатта унинг жаннатга киришига йўл қўймайман, чунки биз бу ерда совуқдан қалтираб турганимизда у ўз қасрида роҳат қилиб яшаяпти. У бизнинг холимиздан бехабар. Кейин у қиёматда менга жаннатда қўшни бўлмоқчи. Унга ўхшаган қўшнининг менга кераги йўқ! Шундай деб хохолаб кула бошлашди.
Ҳукмдор ходимига деди: Бу масжидни ва бу икки кишини эслаб қол! Ҳукмдор қасрига қайтганида бу икки фақирни ушлаб қасрига келтириш учун одамларини масжидга юборди. Бечоралар яхшилаб безатилган хонада устимизга қандай мусибат келаркан деб, қўрқувдан титраб-қақшаб ўтиришарди.
Уларга шундай дейишди: Шу ерда еб-ичасизлар, шу ерда ухлайсизлар, ҳукмдоримиз ҳаққига дуо қиласизлар ва унинг сизларга жаннатда қўшни бўлишига қарши бўлмайсизлар, бу ҳукмдор яхши қалб эгасидир. Шундай эмасми?
Улуғ пайғамбаримиз С.А.В. фақирларга ёрдам берувчиларни мақтаб шундай деганлар:

Кимки бу дунёда бир мўминнинг устидаги ғам-қайғуларидан бирини кетказса Аллоҳ Субҳаанаҳу ва Таоло ҳам қиёмат кунида унинг устидаги ғам- қайғуларидан бирини кетказади. (Имом Муслим ривояти )


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 22:10 | Сообщение # 21
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Алий ва Оиша гилос дарахтигатирмашиб чиқволишиб қип-қизил гилосларни ея бошлашди.
Алий қараса шоҳларнинг учидаги гилослар яхшироқ пишган ва чиройлироқ экан. Юқорироққа чиқмоқчи бўлди. Оиша уни огоҳлантириб шундай деди: У шохлар баланд ва мўрт, сени кўтара олмайди. Бу ердаги гилослар ҳам чиройли. Аммо Алий шоҳнинг учидаги ўша гилослардан бошқа нарсани кўрмасди, Оишанинг сўзларини эшитмасди. Ўша мўрт шохлар-даги гилослар томонга кўтарила бошлади. Кўп ўтмасдан ўзини ўша шохлар устида кўрди. Натижада дарахтнинг шоҳлари ҳам синди, Алийнинг оёғи ҳам синди. Алий оёқлари гипсга солинишига ва уйида бир неча ҳафта фақат гилосни томоша қилиб ётишга мажбур бўлди.
Алийнинг бу қилган иши тамаъгирлик ва очкўзлик деб аталадиган иш эмасми?
У Расулуллоҳ С.А.В. нинг ушбу ҳадиси-шарифларини диққат билан ўрганишга қанчалар муҳтож экан. У Зот шундай деганлар:

Одам боласининг икки водий тўла тилласи бўлса учинчиси ҳам бўлишини хоҳлайди. Унинг оғзи (ёки кўзи) фақат тупроқ билан тўлади. (Термизий ривояти)


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 22:12 | Сообщение # 22
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Бир йигит шундай хикоя қилади:
Жума тонгида онажонимнинг: «Бугун муборак кун, вақтли туриб ибодатингни қилгин,» деган овозидан уйғониб кетдим. Ўрнимдан турарканман, кўрган тушимни эслашга харакат қилдим. Тушимда машинани тез хайдаб кетаётган эканман. Бирдан рўпарамда икки йўл чиқди. Ўнг томондаги йўлдан шундайин бир нур таралардики, хайратда қолдим. Қай томон юришни билмай турганимда онажоним уйғотиб юбордилар.
Намоздан кейин нонушта қилгач, ишга жўнадим.
«Яхши бориб кел ўғлим! Доимо Оллохни ёд эт. Хеч эсингдан чиқазмагинки, доимо у Зот сенинг мададкоринг бўлади», дея фотиха берди онам.
Бошлиғим Бахтиёр ака жуда жиддий, салобатли киши.
Биринчи кўрганимда у кишини олдиларида озгина довдирадим хам. Ғалати одам экан, бировни хафа қилмайди, мақтамайди хам. Нима демоқчи эканини кўз қарашидан биламан. Йўлда кетар эканмиз, Бахтиёр ака пешин пайти учрашуви борлигини тайинлади. «Хўп»дейишимга қарамай, мени «Бугун жума, хўжайинни учрашувга олиб борсам, жума намозига улгурмай қоламан, энди нима қилдим? », деган ўй қийнай бошлади.
Белгиланган учрашувга бориш учун кетаётганимизда олдимда турган манзарани кўриб, хайратдан ёқа ушладим:
«Ахир бу тушимдаги йўллар-ку! Ўнг томондагисида масжид, Tўгрида кети кўринмас йўл...». Одамлар масжид томон оқиб кетаётир. «Оллохим менга мадад бер! Нима қилай, машинани масжид томон бурайми, ёки хўжайинни манзилига олиб борайми?! » «Ё Парвардигорим, Ўзинг мени қўлла», дея мaшинани масжид томон бурдим.
Бахтиёр ака хайрон бўлиб: «Қаёққа юрдинг, тўғрига кетишимиз керак-ку?», деди.
Мен: «Бахтиёр ака, бугун жума, шундоқ жума намозини ўқиб чиқай», деганимни биламан у кишининг ранги ўзгариб кетди: «Жинни бўлганмисан, соат бирда мухим учрашувим бор».
Бор кучимни тўплаб: «Бахтиёр ака, мана калит, мен жумага кеч қолмай», деганча масжид томон югурдим. Елкамдан тоғ ағдарилгандай енгил бўлдим, таърифлашга тил ожиз.
Азон айтилди, сафга қўшилдим. Кўзларим хеч нарсани кўрмас, қулоқларим эшитмас эди. Худди Раббимнинг қаршисида ёлғиз тургандек эдим. Бу халоватни тушунтириб бериш қийин.
Намоздан кейин кўзларимда ёш билан дуо қилдим:
«Эй, Оллохим, мени хеч қачон икки йўл орасида қолдирма, Ўзинг тўғри йўлдан адаштирма! Ўзингдан бошқага мухтож қилма! ».
Дуодан кейин ўзимга келиб, сал нарида ўтирган кишига кўзим тушди. Қўлидаги узук таниш эди. Хаяжон ичра унинг юзларига боқдим. Не кўз билан қарайки, у бошлиғим Бахтиёр ака эди. Жума айёми билан қутлаб, мени қучоғига олди . . . ! ! !
Азиз Мусилмонлар, бу дунёни иши хечам тугамайди ... Шундай экан барчамиз иймонли бўлайлик ... Бу дунёни ишларини лоақал 1 соатга ўйламасдан Жума намозларига боришни бизга Оллох хидоят қилсин! Барчамизга Aллох ёр бўлсин


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 22:17 | Сообщение # 23
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Қадимги замонда бир ёмон табиатли савдогар бозорда айланиб юриб ичига саккиз юз тилла танга солинган ҳамёнини йўқотиб қўйди. Ўнгга, чапга зир югуриб ҳамёнини кўрган бирорта кишини учратмади. Шунда у ким унга ҳамёнини қайтариб берса унга юз тилла мукофот беришини эълон қилиш учун бозорга жарчи юборди. Йўқолган бу ҳамённи Вали исмли бир этикдўз топиб олганди. У ниҳоятда ҳалол инсон эди.
Эгаси топилгунча уни сақлаб қўйишга қарор қилди. Жарчининг гапи рост эканлигига ишонч ҳосил қилгач тўппа-тўғри савдогарнинг олдига бориб унга ҳамённи топширди. Савдогар бахил, ёлғончи, бировга яхшиликни раво кўрмайдиган ярамас одам эди. У йўқолган бойлигининг топилганига қанчалик ҳурсанд бўлмасин, буни сиртига чиқармади. Дарҳол ҳамёнини очиб санаб кўргач, бечора этикдўзга ёлғондан туҳмат қилиб унга шундай деди: шундоқ ҳам оладиган пулингни аллақачон олиб бўлибсан!
Савдогарни ушлаб олган Вали этикдўз унга шундай дебди: Оғзингизга қараб гапиринг, жаноб! Мен фақир кишиман, аммо ёлғончи, ўғри эмасман! Менга ваъда қилган пулингизни беролмасангиз бу пулларни ўғирлашда мени айбламанг.
Ифлос савдогар Вали этикдўзга туҳмат қилишдан тўхтамагач иккови маҳкама(қозихона)га боришди. Икки томоннинг гапини эшитган қози савдогарнинг алдаётганлигини сезди ва уни қаттиқ жазоламоқчи бўлди. Қози ғазабини юзига чиқармай ўз қарорини эълон қилиб деди: савдогар, этикдўз унинг ҳамёнидан юз олтин тангани олганини айтаяпти, этикдўз эса ҳамёндан ҳеч нарса олмаганини айтаяпти. Мен уларнинг гапларига ишонаман, икковлари ҳам рост гапиришаяпти. Шунинг учун этикдўз топиб олган бу ҳамён бошқа одамники, ҳамён то эгаси чиққунича маҳкамада туриб туради.
Бахил савдогар этикдўзга қилган зулмидан афсусланди, аммо энди кеч эди. Яхшиликни билмайдиган бу савдогарнинг ҳоли бизга Расулуллоҳ С.А.В.нинг ушбу ҳадиси шарифларини эслатади. У Зот шундай деб марҳамат қилганлар:

Кимки одамларга (қилган яхшилиги учун) миннатдорчилик билдирмаса (гўёки) Аллоҳга шукр қилмабди. (Имом Термизий ривояти)


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 22:20 | Сообщение # 24
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Бир савдогар уйига кеч тунда қайтаётган эди. Бир қари, қора танли кишининг девор тагидаги чуқурда тунни ўтказишга ҳаракат қилиб турганини кўрди. Бирорта киши ҳам болалари ундан қўрқишини айтиб уни ўз уйига олиб кетишни хохламасди.
Аммо бу савдогар уни уйига олиб келиб унга иссиқ овқат ва тоза ўрин-кўрпаси бор бир хона берди. Ярим тунда дераза четида ётган қора танли киши қаттиқ қўрқиб уйғониб кетди. У ерда икки ўғри кучсиз ой нурида деразадан ичкарига киришга уринишаётган эди. Улар савдогарни ўлдириб, унинг моларини ўғирлашмоқчи эди. Шунда қора танли киши қўлини кўтариб шундай деб бақирди: Тўхта!! Нима қилаяпсанлар?
Ўғрилар оқ кўйлак- шалвор кийган қора танли кишини кўриб уни арвоҳ деб ўйлашди. Эй худо, бу ерда арвоҳ бор экан деб ўзларини деразадан ташлашди. Бирининг оёғи синди, иккинчисининг боши ёрилди. Бу шовқиндан уйғониб кетган уй эгалари уларни тутиб олишди. Саййидимиз Расулуллоҳ С.А.В. нинг ҳадиси шарифларида айтган ушбу буйруқлари қанчалар гўзал. У Зот шундай деб марҳамат қилганлар:

Биродарига ёрдам берган кишига Аллоҳ таолонинг ўзи ёрдам беради


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 22:23 | Сообщение # 25
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Бир киши Ҳасан Басрий раҳматуллоҳи алайҳнинг олдиларига келиб: “Эй имом, қандай қилиб дунёда зоҳидликка эришдингиз?” деб сўради. Шунда буюк тобеин: “Қуйидаги тўрт нарса билан:
1. Ризқимни мендан бошқаси олмаслигини билдим. Шунинг учун қалбим хотиржам бўлди.
2. Амалимни мендан бошқаси келиб, ўрнимга қилиб бермаслигини билдим. Шунинг учун амал қилишга ўзим машғул бўлдим.
3. Аллоҳ мени кўриб турганини билдим. Шунинг учун У зот мени гуноҳ устида кўришидан ҳаё қилдим.
4. Ўлим мени кутиб турганини билдим.
Шунинг учун Роббимга йўлиқишга озуқа тайёрладим” деб жавоб берган эканлар.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 22:25 | Сообщение # 26
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Бир киши ҳакимларнинг биридан: "Қанча миқдорда овқат тановул қилай? деса, ҳаким зот: "Очликдан юқорироқ ва тўқликдан пастроқ миқдорда", деди. Киши: "Қанча миқдорда кулай?" деса, ҳаким зот: "Юзинг ярқираб, овозинг баланд бўлмаган миқдорича кул", деди. Киши: "Қанча йиғлайин?" деса, ҳаким зот: "Аллоҳдан қўрқиб йиғлаганингда молол кўрмагудек миқдорда", деди. Киши: "Солиҳ амалимни қанча миқдорда яширай?" деса, ҳаким зот: "Қурбинг етганича", деди. Киши:"Қанча миқдорда ошкора қилай?" деса, ҳаким зот: "Сенга эргашиб, иқтидо қилиниши миқдорича", деди. Киши: "Агар одамлар мени мақташса, қай даражада шод бўлай?" деса, ҳаким зот: "Аллоҳ сендан розими? Ёки ғазаб қилганми? Ўша миқдордаги гумонингча хурсанд бўл", деди.

SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 22:41 | Сообщение # 27
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
ЯХШИЛИК ЭГАСИ АЛЛОҲ

Узокроқ бир қариндошимиз бор. Хулқи бемаънироқ.. «Ўтириб» ҳам чиққан. Шунинг учун кўпам хушлайвермаймиз. Ўша қариндош бир куни уйимизга келиб қолди. Муҳим иши бор экан ёрдам сўради. Ўйланиб қолдим ёрдам берайми-бермайми? Ёрдам берай десам, иши битгач ҳамма яхшиликни унутади. ҳатто думини тутқазмайди. Ёрдам бермай десам, мултираб турибди. Нафсим шайтон билан иймон иши ўртасида иккиланиб турган ана шу вақтда бувим раҳатликнинг бир мақоллари ёдимга тушди. Ҳар куни беш-олти марта: «Яхшилик қил-да, сувга от, балиқ билар, балиқ билмаса, Холиқ; билар», деб уқтиргувчи эдилар.
Дарҳол АЛЛОҲ га истиғфор айтдим. Қўлимдан яхшилик қилиш келар экан, АЛЛОҲ менга шу имкониятни берган экан, нега энди қараб туришим керак, дедим. Қариндош эса, яхшиликка яхшилик қайтарса, кайтарсин, қайтармаса АЛЛОҲ дан қайтсин. Фақат АЛЛОҲ учун қиламан ва АЛЛОҲ дан кутаман. Қолаверса, қариндош-уруғлар билан силаи раҳм қилишга буюрилганмиз. Бу ёрдамим билан, ҳам бир муҳтожнинг хожатини чиқарарканман, ҳам қариндошлик алоқасини мустаҳкамлар эканман, қилганим бўлсин.
Шу ўйлар билан энди розилик бераман деб турсам, аёлим чақириб колди. Шайтон энди хотиним орқали мени яхшилик қилишдаи тўсмоқчи эди. «Мен фақат АЛЛОҲ учун қиламан, АЛЛОҲ эса, яхшиликни ким орқали ва қандай қайтаришни ўзи билади. Яхшиликнинг кимдан келишининг эса, менга фарқи йўқ» дедим хотинимга. Хуллас, АЛЛОҲ нинг тавфиқи ила қариндошимни яхшилик ила кузатдим.
У кетгач, орадан кўп ўтмай телефон жиринглади. Гўшакни кўтарсам, бир акахонимиз экан, «Яхши хабар бор», дея суюнчилади. Олти ойдан бери бир ишга ҳокимиятдан рухсат кутаётган, чўзилиб кетганидан, бўлмас экан, шекилли, деб умидни ҳам узган эдим. Аммо мўъжизани суратда ўн дақиқа ичида ўз-ўзидан ҳал қилинибди. (ўз-ўзидан деганим моддий ўлчамда албатга, аслида бу ишни билдирган яхшиликлар эгаси АЛЛОҲ дир.)
Агар яхшиликни бандасидан кутганимда ўша банда яхши одам бўлганда ҳам, жавоб ё қайтарди, ёки йўқ. Аммо АЛЛОҲ ТАОЛО дан умид қилдим ва У зот мени ноумид қолдирмади, ошиги билан қайтарди.
Азиз биродар, сиз дам яхшилик қилишни, яхшилик қилганда ҳам фақат АЛЛОҲ учун қилишни унутманг. Шунда ҳаммаси яхши бўлади. ИНША АЛЛОҲ.

.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 22:43 | Сообщение # 28
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
ҲИДОЯТГА ЧОРЛАГАН СУҲБАТ.....

Боязид Бистомий ҳазратлари билан бир гуруҳ румлик роҳиблар ўртасида бундай савол-жавоб бўлиб ўтди.
– Қандай илмларни биласан? – сўради роҳиблар бошлиғи.
– Раббим насиб этганларини биламан, – жавоб бердилар ҳазрат.
– Унда сенга саволларимиз бор. Энг олдин иккинчиси бўлмаган бирга, учинчиси бўлмаган иккига, тўртинчиси бўлмаган учга, бешинчиси бўлмаган тўртга, олтинчиси бўлмаган бешга, еттинчиси бўлмаган олтига, саккизинчиси бўлмаган еттига, тўққизинчиси бўлмаган саккизга, ўнинчиси бўлмаган тўққизга, ўн биринчиси бўлмаган ўнга, ўн иккинчиси бўлмаган ўн бирга, ўн учинчиси бўлмаган ўн иккига изоҳ бер.
– Иккинчиси бўлмаган бир – тенги ва шериги йўқ ягона Аллоҳ таолодир. Учинчиси бўлмаган икки – кеча ва кундуз; тўртинчиси бўлмаган уч – уч талоқ; бешинчиси бўлмаган тўрт – Таврот, Забур, Инжил ва Қуръон; олтинчиси бўлмаган беш – беш вақт намоз; еттинчиси бўлмаган олти – осмонлар ва ер яратилган олти кун; саккизинчиси бўлмаган етти – етти қават осмон; тўққизинчиси бўлмаган саккиз – қиёмат куни Аршни кўтарадиган саккиз фаришта; ўнинчиси бўлмаган тўққиз – аёлнинг тўққиз ой ҳомиладорлик муддати; ўн биринчиси бўлмаган ўн – Мусонинг (алайҳиссалом) Шуайбга (алайҳиссалом) ўн йил чўпонлик қилган вақтлари; ўн иккинчиси бўлмаган ўн бир Юсуфнинг (алайҳиссалом) ўн бир оға-иниси; ўн учинчиси бўлмаган ўн икки эса ўн икки ойдир.
– Тўғри айтдинг, – эътироф қилди роҳиблар бошлиғи. – Энди бизга ҳавода муҳофаза қилинган, ҳаво билан ҳалок этилганлардан хабар бер.
– Сулаймон (алайҳиссалом) ҳавода муҳофаза этилдилар. Од қавми ҳаво билан ҳалок қилинди.
– Тўғри жавоб бердинг. Энди бизга ким оловдан яратилгани ва ким олов ичра кўринганидан сўзла.
– Иблис оловдан яратилди ва Иброҳим (алайҳиссалом) олов ичида кўриндилар.
– Айтганларинг тўғри. Кейинги савол: ким тошдан яратилди, тош ичида ким кўринди ва тош билан ким ҳалок этилди?
– Солиҳнинг (алайҳиссалом) туяси тошдан яратилди, ғор соҳиблари тош ичида кўринди ва Абраҳанинг фил, қўшинлари тош билан ҳалок қилинди.
– Жуда тўғри. Олимлар жаннатда тўрт дарё бор: бири болдан, бири сутдан, бири сувдан, бири эса шарбатдан; аммо бу тўрт дарёнинг чиқар жойи битта дейишади. Дунёда бунинг мисоли борми?
– Албатта. Бунга мисол одамнинг бош қисми. Қулоқ ёғи, кўз ёши, бурун суви ва оғиз сўлагининг таъми айри-айри.
– Тўғри айтдинг. Яна бир савол: жаннат аҳли ейди, ичади, бироқ таҳорати бузилмайди. Бу ҳолатнинг ҳам дунёда ўхшаши борми?
– Она қорнидаги ҳомиланинг еган, ичгани ташқарига чиқмайди.
– Бу ҳам тўғри. Жаннатда Тубо дарахти бўлиб, бирор сарой, бирор кўшк йўқки, унинг шохлари тегиб турмаса. Бунга ҳам дунёдан бирор мисол келтира оласанми?
– Қуёш чиқиши айтаётганингизнинг ўхшаши эмасми?
– Энди яна бир савол: бир дарахт бор, унда ўн иккита шох, ҳар шохида ўттизта япроқ, ҳар новдада беш гул бор, улардан иккитаси ёруғликка, учтаси қоронғуликка боқади, булар нима?
– Дарахт бир йилнинг, ўн икки шох ўн икки ойнинг, ўттиз япроқ ўттиз куннинг, ҳар япроқдаги беш гул беш вақт намознинг ифодаси.
Саволлар тугагач, Бистомий ҳазратлари дедилар:
– Муҳтарам роҳиб, менинг ҳам бир неча саволларим бор. Бироқ биттасига жавоб олишни истайман.
– Сўранг, – деди роҳиб.
– Жаннатнинг калити нима? Жаннат эшикларига нима деб ёзилган?
Роҳиб жим қолди, жавоб бермади. Унинг сукути бошқа роҳибларни ташвишга солди, бирданига сўрашди:
– Нега жавоб бермаяпсиз, бунақада мағлуб бўласиз!
– Майли, жавоб бераман, аммо сизлар ҳам менга эргашасизларми?
– Инжил ҳақи, сизга эргашамиз!
– Унда эшитинг: жаннатнинг калити ва жаннат эшиклари устига ёзилган ибора “Лаа илаҳа иллаллоҳу Муҳаммадур расулуллоҳ”дир.
Шундан кейин бошқа роҳиблар ҳам бу муборак калимани айтиб, шаҳодат келтиришди ва мусулмон бўлишди. Боязид Бистомий ҳазратлари бир муддат улар билан қолдилар ва Ислом динини ўргатдилар.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 22:45 | Сообщение # 29
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Эшитдимки, бир подшоҳ бир асирни ўлдиришга фармон берди. Шўрлик асир ҳаётдан умиди узилиб, подшоҳни боплаб сўкишга бошлади. Зероки: «Киши жондан умид узгани замон, кўнглида борини этади баён» деган халқ мақоли бор.
Подшоҳ: «У нима деяпти?» деб сўради. Софдил вазирлардан бири: «Эй подшоҳи олам: «Ҳар кимки ғазабин ичига ютар, у, гуноҳ қилганнинг гуноҳин ўтар», деяпти», деб жавоб берди. Подшоҳнинг раҳми келиб, асирни афв этди. Софдил вазирнинг пайини қирқиб юрадиган иккинчи вазир гапга аралашиб деди: «Бизнинг мавкеимизда бўлган одамлар подшоҳ ҳузурида фақат рост сўзлашлари лозим. Бу асир подшоҳни ҳақорат килди ва шаънига ёмон гаплар айтди». Подшоҳ бу сўзни эшитиб, қош-қовоғини солиб деди: «Сен айтган рост гапдан кўра унинг ёлғони менга кўпроқ маъқул тушди, чунки унинг Ёлғони хайрихоҳлик юзасидан айтилган эди, сеники эса, жиноятга бошлаш учун айтилди


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 22:49 | Сообщение # 30
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Эгаси асрайман деса....

Мен бичиш- тикиш курсида ўқирдим.Имтихон арафасида , вазифалар жуда кўп. Шундай кунларнинг бирида алламахалгача дарс қилиб ўтиргач, уйқу ғолиб кела бошлади. Одатдагидек, барча яқинларимни – ота-онам ,қариндошларимни ,дўстларимни ва ўзимни Аллохга омонат топшириб :”Хонодонимизни хам Ўзинг асра “дея уйқуга кетдим .
Ерта тонг пайти уйимиз қўнғироғининг тинимсиз жиринглашидан уйғониб кетдим .Ешикни очсам ,пастки қаватда турувчи рус миллатига мансуб қо’шнимиз бақир-чақир қилиб кетти.Нима бо’лганини тушуна олмасдан анграйиб қолдим.Қо’шним уйимизга қараб таажубланиб , хеч нарса демасдан чиқиб кетди.Кейин билсам , юқори қаватда турувчи қо’шнимиз сув жўмракларини очиқ қолдирган екан.Кечаси сув тошиши натижасида уйни сув босган . Сув девор оралаб пастки қавотга қараб оқа бошлаган, бизнинг уйга еса хеч нарса бо’лмаган .Қошнимизнинг деворига сариқ из тушиб, бо’ёqлари кучиб тушди.
Ажабланарлиси шунда едики , бизнинг уйимизга номига бо’лса хам нам о’тмаганди.Биргина со’зим кифоя қилиб ,Аллох таоло дуоимни ижобат қилибди- омонат қилиб топширганимни Ўзи сақлабди.
Албатта , қо’шнимизга ачиндим.Лекин худди шу қо’шним Ислом дини хақида гапирсам , хеч парво қилмасди.
Барча қо’шниларимиз бунинг сабабини тушуниб етолмасдан хайрон .Ба’зилар Аллохнинг мо’жизаларини ахтаришади, лекин хаётимизда улар то’либ ётибди.Аммо ко’пчилигимиз буни пайqамаымиз, сезмаймиз хам .
Барчамиз о’зимизни, яқинларимизни ва мулкларимизни егасига топширайлик.Зеро , енг яхши сақлагувчи Унинг Ўзидир.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 22:54 | Сообщение # 31
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Шогирд донишманддан сўради:
- Устоз, дунё душманми? Ёки у инсонга яхшилик келтирадими?
- Мен сенга дунёнинг инсонга қандай муносабатда бўлиши хақидаги ривоятни айтиб бераман – деди устоз.
“Қадимда бир шох ўтган экан. У ажойиб бир қаср қуришни буюрибди. У ерда жуда кўп ажойиботлар бор экан. Шулардан бири саройдаги катта бир хона бўлиб, унинг барча деворлари, шифти-ю поли, хатто эшиги хам ойнадан экан. Ойналар шу даражада тиниқ эканки, дафъатан кирган одам олдида ойна эканлигини бирдан англамас экан – буюмларни шу қадар аниқ акс эттирар экан. Бундан ташқари бу хонанинг деворлари шундай қурилган эканки, уларда овоз акс этар экан. “Кимсан?” десанг – ҳар томондан “Кимсан? Кимсан? Кимсан?” деган овозларни эшитар экансан.
Бир куни бу хонага бир ит кириб қолибди ва хайронлигидан хона ўртасида қотиб қолибди – бир тўда итлар уни хар томондан, тепадан хам, пастидан хам ўраб олибди. Ит хар эхтимолга карши ириллаб қўйбди, ва барча акслари унга худди шундай жавоб қилибди. Ўтакаси ёрилганидан у аччиқ вовуллай бошлабди. Акс садо унинг вовуллашини қайтарибди.
Ит тобора қаттиқроқ вовуллайверибди. Акс садо ундан хеч қолишмас экан. Ит у ёқдан бу ёққа ташланиб ҳавони тишлашга уринар экан, унинг акси хам атрофида айланиб тишларини тақиллатар экан. Эрталаб мулозимлар ҳолдан тойган бечора итни минглаб ҳолдан тойган итлар қуршовида топишибди. Хонада унга заррача бирор бир зарар берадиган хеч ким йўқ эди. Ит ўз акси билан кураша кураша вафот қилибди.”
-Мана кўрдингки – дея хотима қилибди Донишманд – бошқа одамлар ўзича на зарар, на фойда келтиради. Атрофимизда рўй бераётган барча нарсалар – бу ўзимизнинг фикрларимиз, хиссиётларимиз, харакатларимиз аксидир халос. Дунё бу - улкан ойнадир. Худди сув юзингни акслантирганидек,


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 22:56 | Сообщение # 32
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Авлиёнинг буюкларидан Боязиди Бистомий «Қуддиса сирруҳ» ҳазратлари бир кеча уйқу оғир келиб, бомдод намозига уйғона олмадилар. Кейин пушаймон бўлиб шунчалик кўп йиғладиларки, ғойибдан бир овоз: «Эй Боязид! Бу қусурингни кечирдим. Бу тавбанг туфайли сенга яна етмиш минг намоз савобини бердим.» - деди. Бир неча ойдан кейин, бомдод вақтида яна уйқу бостирган эди. Шайтон келиб муборак оёқларидан туртиб уйғотди ва «Тур, намоз вақтинг ўтиб кетади.» - деди. Боязид Бистомий ҳазратлари ҳайратланиб сўрадилар: «Эй малъун, сен қачондан бери хайрли ишга қўл урадиган бўлдинг? Ҳамманинг намоз вақти ўтиб кетишини хоҳлардинг-ку. Мени нега уйғотдинг? Шайтон: «Сен бомдод намозини ўтказиб юборган кунинг шунчалик йиғладингки, эвазига етмиш минг намоз савоби олдинг. Мен шуни ўйлаб, сени намозга турғаздим, токи бир намоздан ортиқ савоб олмагайсан. Йўқса яна етмиш минг намоз савобини олардинг!» - деб жавоб берди . ! !

SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 22:59 | Сообщение # 33
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
АЛЛОХ ХАКИМ ЗОТДИР!!!Кунлардан бирида битта одам Аллоҳнинг яратишдаги ҳикматини масхара қилиб, бир мусулмонга шундай деди: “Агар Аллоҳ ҳикматли зот бўлганида хурмо дарахтининг мевасини катта қилиб яратган бўларди. Чунки, хурмо дарахти катта-да! Тарвузни эса, кичкина қилиб яратарди. Сабаби, тарвузнинг пояси кичкина!” Мусулмон киши Аллоҳнинг ҳикматига ишонса-да, бу эътирозга жавоб бермасдан индамай кетди.

Орадан бир қанча кун ўтиб, ҳалиги ғайридин хурмо дарахтининг соясида чалқанча ётиб, ухлаётган эди. Тўсатдан битта хурмо “тап” этиб унинг юзига тушди. У чўчиб уйғониб кетди. Нима бўлганини англаб етгач: “Хайрият, яхшиям хурмонинг меваси кичкина бўлади. Агар тарвузга ўхшаб катта бўлганда борми, бошимни мажақлаган бўларди” деб ўзини юпатди.!!!


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 23:01 | Сообщение # 34
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Чўпоннинг хотинини ибрати

Махаллада бир эру хотин урушиб қолишибди. Хотини хар нарсадан норози бўлаверар экан, охири эри завжасини махалладош дўсти чўпонникига мехмондорчиликка юборибди

- Сен бориб Чўпоннинг хотини билан хамсухбат бўлиб келгин, зора Аллох сенга феълингга ибрат бўларли холатни кўрсатса, дебди.
Уй юмушларидан чарчаган аёли жон деб меҳмондорчиликка кетибди

Чўпонниг хотини уни хурсандчилик билан кутиб олибди, дастурхон ёзибди, меҳмон қилибди.
Хаво исиб кетганлиги сабабли Чўпонниг хотини бироз хижолат бўлибдида уйидан меҳмонга муздек сув олиб чиқиб берибди
Меҳмон хайрон қолибди, уйида муздек сув бўла туриб шу жазирамада нимага ўзи илдиб қолган сув ичиб ўтирибди экан деб ўйлабдида Чўпонниг хотинидан шу хақида сўрабди
У шундай жавоб берибди
- Турмуш ўртоғим хозир шу иссиқда қўйларни боқиб юрибди, Чанқаб қоладиган бўлса мешида иссиб қолган сувини ичади. Эрим иссиқ сувни ичишга мажбур бoлиб тургани холида мен бу ерда Муздай сув ичиб роҳатланиб ўтирсам дуруст бўлмаса керак
Бундай жавобни эшитган хотин Аллоҳнинг инояти ила қилган эрини олдида айбларини тушуниб етибди. Ўзига ўзи бундан кейин турмуш ўртоғини ноўрин ташвишга қўймаслигини айтиб сўз берибди


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 23:03 | Сообщение # 35
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Йўқолган бойлик қиссаси!!!
Бир одам бир куни кечаси Имом Абу Ҳанифа раҳматуллоҳи алайҳнинг ҳузурларига келиб: “Эй имом, узоқ вақтдан бери бойлигимни бир жойга кўмиб, яшириб келардим. Энди ўша жойни унутиб қўйдим. Ушбу муаммони ҳал қилишда менга ёрдам бера оласизми?” деб сўради. Имом унга: “Бу фақиҳларнинг иши эмас. Мен бу муаммони қандай ҳал қилайин?!” дедилар-да, кейин унга: “Уйингга бориб, тонг отгунича намоз ўқи. Худо хоҳласа, молингни кўмган жойингни эслайсан” деб кўрсатма бердилар.
Ҳалиги киши кетди ва уйига бориб, намоз ўқий бошлади. Озгина вақт ўтиб, намоз ўқиб турганда бирдан, бойлигини кўмган жойи эсига тушиб қолди. Намозини тезда ўқиди-да, бориб, молини кавлаб олиб келди.
Тонг отгач, Абу Ҳанифанинг олдиларига келиб, молини топганини айтиб, ташаккур билдирди ва сўради: “Кўмган жойимни эслашимни қаердан билдингиз?” Имом шундай деб жавоб бердилар: “Сен намозга киришганингда шайтон сени ҳеч тарк қилмайди ва сени намоздан чалғитиш учун турли нарсаларни, жумладан, бойлигингни кўмган жойингни ҳам эсингга солишини билдим”!!


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 23:06 | Сообщение # 36
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Ҳулаконинг қизи ва мусулмон олим.

Ривоятларга кўра мўғул-татарларнинг раҳбари Ҳулаконинг қизи Бағдодни айланиб юрганида одамларни бир киши атрофида тўпланиб турганига кўзи тушди. Ўша одамнинг мусулмон олимлардан бири эканлигини билиб, уни ҳузурига чақиртирди.
- Сизлар Аллоҳнинг борлигига ишонасизлар, шундай эмасми?,– деди.
– Ҳа. – деб жавоб берди олим.
– Аллоҳ зафарни хоҳлаган бандасига беришига ишонасизлар-а?!
– Ҳа.
– Аллоҳ сизларнинг устингиздан бизнинг ғалаба қозонишимизни хоҳламади-ми!
– Тўғри.
– Бу, Аллоҳнинг сизлардан кўра бизни кўпроқ яхши кўришини ифодаламайдими?
– Йўқ.
– Нега?
– Қўй боқадиган чўпонни биласизми?
– Ҳа.
– Унинг сурувси билан бирга ити ҳам бўлади, тўғрими?
– Ҳа.
– Сурувдаги қўйлардан баъзилари итоат этмай қочиб кетса, чўпон нима қилади?
– Итини ишга солади.
– Ит уларнинг орқасидан қачонгача юради?
– Сурувга қайта қўшилгунларича.
– Эй мўғул-татарлар, сизлар Аллоҳнинг Еридаги Аллоҳнинг итларисиз! Биз мадомики Аллоҳнинг итоати ва ҳаёт манҳажидан улоқлашар эканмиз, унга қайта қайтмагунимизча орқамиздан қувлаб юраверасизлар!


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 23:09 | Сообщение # 37
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Бир ҳикмат мени ҳайратга солди:
«Битта дарахтдан миллионта гугурт донаси ясаш мумкин.
Биргина гугурт донаси билан эса миллионта дарахтни ёқиб юборса бўлади».
Шу боис, сен бирорта ҳам салбий ишга йўл қўймагинки,
ҳаётингдаги миллионлаб ижобий ишларингни куйдириб юбориши мумкин.
***
Ҳасан Басрийнинг бир оми муридлари бўлиб, доим у кишини зиёрат қиларкан. Анча пайт зиёратга келмаган муридларини бир куни шайх кўчада кўриб қолиб, нега келмаётганлигини сўрабдилар.
— Тақсир, мен Худога етишиб қолдим. Ҳар куни хуфтондан сўнг Аллоҳ билан гаплашяпман.
— Бугун ҳам Худо билан муножот қилганингда менинг номимни ҳам эслаб қўй, — дебдилар шайх.
Оми шогирд ўз тасаввурича бу кеча ҳам Худо билан муножот қилаётиб, устознинг гапини эслаб, Ҳасан Басрий дебди. Шунда тасаввури буткул тарқаб, гўнгхонада ўтирганини кўрибди.
Шайтон ҳар куни васваса қилиб, уни гўнгтепага олиб келар ва гўё худо билан гаплашаётгандек тасаввур уйғотарди.
Сўфи Оллоёр айтадилар: «Кўрдингизми, яхши одамнинг номики шайтоннинг ишини хабата қилиб, уни қочирдими, энди ўша яхши одам уйингизда пайдо бўлса, у хонадонга шайтон кира олармиди? Шундай экан фарзандингизни яхши одам қилиб тарбияланг, уларни илмли қилинг!»


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 23:12 | Сообщение # 38
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Инсонни канчалик калби пок булгани сари бировларни камчиликлари ва ёмон хислатлари кам кузига куринади.

Баъзан якин инсонларингизни уз холига куйинг ва сиз тулдириб турган бушликни сезишсин, кейин сизни согинишни бошлашсин.

Узини зур деб уйлаган одамни билингки калби кур булади. Уз хурматингни ва кадрингни бил лекин сени узинг эмас узгалар бахоласин.

Ризқ одамга қачон ва қанча берилиши ёлғиз Аллохга боғлиқ, уни халол ёки харом қилиб олиш Инсонни ўзига боғлиқ.

Хаётиннга сайкал беришдан аввал, уз калбингни ислох этиб ол. Ислох этилмаган калб билан, хаёт мазмунини англаб булмайди.

Бировнинг дупписини бировга кийдириб юрувчи одамнинг боши, Охират куни Аршнинг соясидан бебахра колиб кетади.

Одам узи килган нодонлиги учун, аввало узидан хафа булмоги керак. Лекин нодонлар узларидан хафа була олмайдилар. Уларга узгаларни айблаш осонрок.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Пятница, 01.08.2014, 23:17 | Сообщение # 39
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Кунларнинг энг яхшиси, гуноҳсиз ўтган кунингдир!
Совғаларнинг энг яхшиси, ўзинг билмаган ҳолингда сен учун дуо мақсадида кўтарилган қўлдир!
Қалбларнинг энг афзали, ростгўйлик аримайдиган қалбдир!
Одамларнинг энг афзали, сени унутмайдиган шахсдир. Чунки у, сени фақатгина Аллоҳ учун яхши кўради


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
TaqvoДата: Воскресенье, 03.08.2014, 20:40 | Сообщение # 40
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Награды: 3
Репутация: 3
Статус: O'chig
lAtirgul masha11

 
Sirlik_insonДата: Воскресенье, 10.08.2014, 20:55 | Сообщение # 41
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Бир ўйлаб кўринг-а!

Бир фараз қилинг, биз Қуръони каримга қўл телефонига қизиққанчалик қизиқсак, шунчалик эътибор берсак, қандай бўлар эди?
- Уни ҳам доим ёнимизда, кўкрак чўнтагимизда олиб юрсак, қандай бўларди?
- Кўчага чиққанимизда уни уйда қолдирганимиз эсимизга тушса, қаердан бўлса ҳам қайтиб келармидик?
- Уни ҳам қўлимиздан қўймай юрармидик?
- Уни ҳам бўш қолдик дегунча титкилаб, минг марталаб кўрган саҳифаларимизни ҳам қайта-қайта ўқийверармидик?
- Қайси сураси қаерда эканлигини беш қўлдай билармидик?
- Унинг матнини ҳам битта бармоғимиз билан шу қадар тез ёза олармидик?
- Қўлимиз бошқа иш билан банд бўлса ҳам, қулоғимиз билан елкамиз орасига сиқиб олиб бўлса ҳам, ундан фойдаланармидик?
- Биров билан суҳбатлашиб турсагу, унга ишимиз тушиб қолса, суҳбатдошимиздан узр сўрар-сўрамас, энг аввало унинг чақириғига «Лаббай!» дермидик?
- Агар банд бўлиб қолиб, чақириққа жавоб бера олмасак, қўлимиз бўшаган заҳоти узр сўраб, нима учун йўқлаганлигини сўрармидик?
- Уни энг яқинларимизга, фарзандларимизга, севган кишиларимизга совға қилармидик?
- Имкон қадар энг янги, энг сўнгги русумдаги мусҳафга эга бўлишга интилармидик?
- Ҳеч бўлмаса, бу соҳадаги энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлиб юрармидик?
- Қуръонимиз эскироқ, уринган бўлса, уни бошқаларга кўрсатишга уялармидик?
- Энг қизиғи, унинг пули ёки батереяси тугаб қолмаслиги учун ҳар доим ўз вақтида ҳаракат қилармидик?
- Унинг баъзи нозик жиҳатларини (масалан, махсус кодлар, қисқа рақамларини) ёддан билармидик?
- Автобусда, метрода бир бекат юрсак ҳам, дарров очиб, ўқишга тушармидик?
- Фавқулодда вазиятларда, ҳаяжонли ёки қувончли дамларда унга мурожаат қилармидик?
- Оила аъзоларимиз, яқинларимиз, ҳамкасабаларимиз – хуллас, барча-барча билан фақат у орқали мулоқот қилармидик?
- Уйдагиларни «Менинг Қуръоним қани? Ўзингникини ўқи, меникига тегма!» деб койирмидик?
Ахир, шу уяли телефонга қилаётган оқибатимизга аслида муқаддас Қуръони карим лойиқроқ, ҳақлироқ эмасми?
Бир ўйлаб кўринг… Чунки Қуръони карим ҳеч қачон хизмат доирасидан ташқарида бўлмайди!!!

БИР ЎЙЛАБ КЎРИНГ..


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Воскресенье, 10.08.2014, 20:57 | Сообщение # 42
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
ГУРУЧ ДОНАЛАРИ...

Кичик гуноҳлар гуруч доналарига ўхшаб кетади. Беш-олтита бўлса сезилмайди. Бир қошиқ бўлганда кўзга кўрина бошлайди. Аммо уларни қилишда давом этаверамиз. “Кичкинагина гуноҳку, Худони ўзи кечирар” деб кетамиз. Улар эса йиғилаверади, йиғилаверади. Кўз очиб юмгунча бир пиёла бўлади. Бир маставага етадиган. Аммо биз уларни овқатга ишлатолмаймиз. Ўзимиз билан
олиб юришга мажбурмиз. Чўнтакларимиз тўла бошлайди, лекин кейинчалик уларга ҳам сиғмай қолади. Кичкина халтачага соламиз. Вақт ўтиши билан халтача ҳам оғирлашади. Чамалаб кўрсак чойхонада палов дамлашга
етади. Бироқ овқат қилиш мумкин эмас. Биз ўзимиз билан олиб юришга мажбурмиз. Яна йўл-йўлакай пул сарфлаб бир сафар икки пиёла, бошқа бир сафар бир банка тўла гуруч сотиб оламиз ва халтамизга жойлаймиз.
Кўтаришдан қўлларимиз толиқади. Кафтимиз ичи қонталашиб кетади. Бироқ биз халтамизни тўлдиришда давом этаверамиз, тўхтамаймиз. Бориб-бориб бир халта икта бўлади, кейин бу ҳам камлик қилиб ҳаммасини бир қопга бўшатамиз ва бир кучаниб елкамизга ортамиз. Инқиллаб кетаверамиз, юришимиз тобора қийинлашади. Қоп эса семирса семирадики–бироз бўлса ҳам енгиллашмайди. Икки юз кишини чақириб ош дамласа бўладиган гуруч йиғилди. Лекин кўтариб кетаверамиз.
Белимиз қирсиллашни бошлайди юк оғирлигидан. Сал қолса суякларимиз синиб кетгудек ҳолатга келамиз. Йўл азобларидан чарчаб сўнгги манзилга етганимизда елкамиздаги қоп билан бирга ағдариламиз. Ҳисоб-китоб вақтида қопимизнинг ёнига яна икки қоп қўшилади. Бу меникимас деймиз, аммо у қоплар ҳам бизники. Агар ўзимиз олиб келганимиз билиб қилган гуноҳларимиз бўлса, бу қопдагилар билмай қилганларимиз. Шунда сочимизни юламиз, шу қоплар тарозига қўйилганда бўм-бўш бўлсайди деб дод соламиз. Лекин надомат учун кеч. Йўл давомида қопларни тўлдириш ўрнига имкон борича бўшатишга ҳаракат қилиш керак эди. Энди эса ўзимиз пиширган ошни ўзимиз ейишимизга тўғри келади...

Кичик гуноҳлар гуруч доналарига ўхшаб кетади... Кўз илғамайди...!


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Воскресенье, 05.10.2014, 15:05 | Сообщение # 43
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Oнам телефон қилдилар. Хар галгидей насихат қилишни бошладила. Нима қилишим кераклигини, қандай қилишим кераклигини. Уже бу сафар гапларини кўтара олмадим: - Она, мен уже 20 ёшдаман. Ёш боламасманку! Хадеб насихат қилавермен! Шунчалар қизишиб кетганимдан, онамга бақириб берганимни билмай қолдим. Шунчалар ўдагайлаб бердимки, хатто онам индамай қолдилар. Ёнимга акам келдида, бир тарсаки туширди юзимга. Мен телефонни улоқтириб юбордимда, телевизор ёнидаги диванга бориб жойлашдим. Вақт ўтди ва мен жахлимдан тушдим. Шу вақт дўстм телефон қилди ва Онам оламдан ўтганлигини айтди. Мен унинг гапларини охиригача эшитмадим хам. - Онам! Онажоним! Кўзларимга шашкатор ёш келиб, телефон трубкасини қўйганимча карахт бўлиб қотиб қолдим. қулогимда эса онамга бақириб жеркиб бераётганим жарангларди. Кўзим олдида эса онагинамни табассумли юзи эди. Мен шу туришимда қотиб қолдим, томогим бўгилиб қолган, қалбим эзилиб, хаёлимда эса онажоним эди. Ерга тизза чўкдимда, фарйод қила бошладим: - Аллохим, уни қайтариб бер! Жон Аллохим онажонимни қайтариб бер. Мени жонимни олақолгин! Илтимос Аллохим онамни қайтариб бер. Майли мени азобла, истасанг ногирон қилиб қўй. Аллохим онамни қайтиб бер! Шунчалар бақириб йигладимки хонага акам кириб келди. қўлида телефон трубкасини ушлаб олганича: - Овозингни ўчир! - деб бақирди менга. -Нега ахмоқ каби бақирасан, онамни гапларини эшита олмаяпман! Онамни? қотиб қолдим. Тезда телефон трубкасини окамни қўлидан тортиб олдимда: - Онажон??? Онажоним! Онам эса хар галгидек хотиржам ва ёқимли овози билан: -Ха болажоним- дедилар. Мен бошқа хеч нарса деёлмай колдим. Кўзларимдан шашкатор ёшлар оқиб кетти. Дўстим менга телефон қилиб айтганида, унинг онаси ўлган экан. Мен эса чала эшитиб нотўгри тушунганаканман. Мен хеч нарса деёлмай қолдим. Фақатгина шивирлай олардим холос: -Онажоним,мени кечиринг, қадрдоним, мехрибоним. Онам сўзларимни эшитиб йиглаб юбордилар: - Болагинам, хар нарса бўлсаям фақат сен йигламагин, жоним болам. Сени йиглашингни эштолмайман. Мен йиглашда давом этардим. Узр сўраб тавба қилардим. акам қўлимдан телефон трубкасини олиб хонасига кириб кетти. Мен эса хонамга кириб Аллохга ёлворишни бошладим. -Эй Роббим... Мени кечир ва менга ўхшаб онасига озор етказадиганларниям кечир... Онасига озор бериб онасидан айрилиб қолганларниям кечир... Онасини бир бора дийдорини кўришга зор бўлганларниям кечир... Онани қайтиб топа олмаймиз. Эй йигитлар! Фарзандларингизни тарбия қилаётганда, ўз аёлингизни, онангизни эъзозлашга, хурмат қилишга ўргатинг. Ахир бу ўтар дунёку. Аллох хаммамизни тўгри йўлга бошласин.

SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Воскресенье, 05.10.2014, 15:25 | Сообщение # 44
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Xamir qorsa qaltiraydi barmoqlari, To'kiladi yopishtirgan tirnoqlari. O'zlaricha osmon o'par dimog'lari, O'zbeklikdan nishoni yo'q oliftalar. Yigitlarning orzusida yashamaysiz, Bir ikki kun nari borsa uch kundaysiz. Farishtamas aslida siz shaytondaysiz, O'zbeklikdan nishoni yo'q oliftalar. Pul ko'rsatsa yoningizga keldim deysiz, Bir ikki kun quchog'imda sevdim deysiz. Oxiratli g'amingizni qachon yeysiz, Gunoxlarga botib ketgan oliftalar. Soni ochiq beli ochiq yuraverib, Sochin o'rgan qizni ko'rsa kulaverib. Charchamaydi xar kun olib beraverib, O'z ko'ksidan o'tib ketgan oliftalar. Oddiygina dillari pok qizlarimiz, Sizlar bilan baxor bo'lar kuzlarimiz. Maqtay desam kamlik qilar so'zlarimiz, Oddiylardan ibrat olsin OLIFTALAR....!

SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Вторник, 21.10.2014, 10:55 | Сообщение # 45
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
1. Odamning ko'p so'zlashi aqli
ojizligidan, yolg'on so'zlashi irodasizligidan, ovozi baland kotargan holda gapiriwligi Ovsarlikdan, Aqilsizlikdan.
2. Bahs-munozarada johilni yengish
qiyin,Osonror maymunni tarbia qiliw.buning misoli shuki, o'tni puflab o'chira olmaysan, aksincha, alanga
puflagan sayin zo'rayadi.
3.Yahshilikni kop qilinglar umrni
uzaytiradi,Ko'zni Quvontiradi va
ko'ngilni yumwatadi har xil g'ubordan poklaydi Qalbga malham boladi.'


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Среда, 22.10.2014, 12:57 | Сообщение # 46
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Payg'ambar alayhis-salomning fasohat bilan aytilgan chuqur ma'noli, lo'nda so'zlarini sharhlab, muzmunini chaqishga urinib, uslublarini tadqiq etib kitoblar yozilgan. Quyidagi hikmatdan iborat so'z-iboralar rasulullohning ahli donish va fasohat bobida chinakam kamolotga yetganliklarining tasdig'idir:

Hamma musulmonlarning joni barobardur. Ularning eng tubani ham birovlarni asrash ko'yida yuradi, dushmanga qarshi (turishda) uyushqoq bo'lishadi.

Insonlarning hammasi taroqning tishlaridek barobardur.

Kishi suygan odami bilan birga (bo'ladi).

Sen birovga ravo ko'rganni u senga ravo ko'rmasa bunday suhbatdoshlikda xosiyat yo'q.

Insonlar ma'dan konlariga o'xshashadi.

O'z qadr-qimmatini bilgan odam halok bo'lmaydi.

Maslahatga chaqirilgan odam ishonchli odam.

Gapirib yaxshilikka erishgan yoki sukut saqlab omon qolgan bandaga Olloh rahmat qilsin.

Musulmon bo'lsang salomat bo'lasan, musulmon bo'lsang, Olloh ikki hissa ajr beradi. Sizlarning xushaxloq, kamtar, do'stlashtirguvchi va do'stlikka intilganinglar qiyomat kuni menga eng ardoqli va eng yaqin bo'ladiganinglardir.

U (ya'ni musulmon) behuda gapiradigan yoki arzimas narsalarga baxillik qiladigan bo'lishi mumkin.

Ikkiyuzlamachi odam Ollohning dargohida maqbul emas.


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Sirlik_insonДата: Воскресенье, 26.10.2014, 14:07 | Сообщение # 47
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 109
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
Solih kishilardan biri masjidga namoz o'qish uchun kirdi.U yerda hushu' bilan namoz o'qiyotgan chamasi o'n bir yoshlarda bo'lgan bolaga ko'zi tishib, uning oldiga bordi va so'radi:
-- Kimning o'g'lisan?
-- Janglarning birida shahid bo'lgan odamning o'g'liman.
-- Sen menga o'g'il, men esa senga ota bo'lishimga rozimisan?
-- Och qolsam yedirasizmi?
-- Ha.
-- Chanqasam suv berasizmi?
-- Ha.
-- Kiyimsiz qolasam kiydirasizmi?
-- Ha.
-- O'lsam tiriltira olasizmi?
Solih kishi bolaning savolidan hayratga tushdi va: Bu mening qo'limdan kelmaydi,-dedi.
-- Unday bo'lsa, meni yaratib rizq bergan, so'ngra o'ldirib tiriltiradigan Allohga tashlab qo'ying.,-dedi bola.
Solih kishi ortiga qaytar ekan:Alloh nomiga qasamki, Allohga tavakkul qilgan odamga Allohni O'zi yetarlidir!-dedi.

Alloh taolo biz bandalarini barcha ishlarimizda O'zigagina tavakkul qiladigan bandalaridan qilsin! Bizlarni qilgan taqdirining yomonliklaridan asrasin! Alloh O'zing buyuk va o'lmas Zotsan! Kuch va qudrat Sen bilanginadir!
Alloh azza va jalla barchamizni O'z panohida asrasin!


SABR- Iymonning Yarmidir !
IYMON- Jannatning Yo'lidir !
 
Форум » Umumiy bo'lim » Umumiy » Xayolga sig'magan xayollar (Xayolga sig'magan xayollar)
Страница 1 из 11
Поиск:

Copyright MyCorp © 2016 |