Islom hayotidan hikoyarlar - 27 Мая 2013 - Taqvo. Radyo
Четверг, 08.12.2016, 06:59Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

Kalendar

«  Май 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Главная » 2013 » Май » 27 » Islom hayotidan hikoyarlar
12:15
Islom hayotidan hikoyarlar
Zikr qilindiki, shayton Muso alayhissalomning
oldilariga kelib: «Ey Muso! Seni Alloh taolo o‘z
risolatini berish bilan tanladi, men ham
Allohning yaratgan maxluqlaridan biriman, men
ham sening Rabbingga tavba qilishni xohladim,
mening tavbamni qabul qilishini so‘ragin», dedi.
Muso alayhissalom uning gapidan xursand
bo‘lib ketdi. Shundan so‘ng, tahorat qilib, Alloh
xohlaganicha namoz o‘qib, bu so‘zlarni aytdi:
«Ey Rabbim! Albatta, shayton Sening yaratgan
bir maxluqing, Sendan tavba so‘rayapti, uning
tavbasini qabul qilgin». Alloh aytdi: «Ey Muso!
Shayton tavba qilmaydi». Muso: «Ey Rabbim, u
Sendan tavba so‘ra-yapti», dedi. Musoga vahiy
keldi: «Ey Muso, Men sening duoingni qabul
qildim, unga buyurgin, borib Odamning qabriga
sajda qilsin, keyin tavbasini qabul qilaman».
Muso xursand holda chiqib, unga xabarni
yetkazdi. Bu gapdan g‘azablanib, o‘zini kibrli
sanab, shayton dedi: «Men Odamning tirikligida
sajda qilmagan o‘lganida sajda qilamanmi?»
Shundan so‘ng, shayton Muso alayhissalomga:
«Ey Muso, sening men haqimda Rabbingga
borib, shafoat qilganing uchun menda sening
haqqing bor. Shunday ekan, bas, senga uch
narsa bilan vasiyat qilaman va uch xislatda meni
esda tutgil: Birinchi, g‘azablangan vaqtingda
meni eslagin. Chunki men sening qalbingdaman
va qon yurgandek jasadingda yuraman. Ikkinchi,
dushmaningni tashlab qochayotganingda, meni
eslagin. Chunki men odam farzandi dushmaniga
mos kelgan vaqtda kelaman va unga xotinini,
ahlini, moli va bolalarini eslatib qo‘yaman.
Hatto, orqasiga qarab qochguncha. So‘ngra,
nomahram xotin bilan yolg‘iz holatda o‘tirishdan
saqlangin. Chunki men sening unga va uning
senga elchisi bo‘laman»
Ammor (roziallohu anhu) va uning ota-onasi
ham juda dahshatli musibatga qolgan edilar.
Ularga Makkaning qaynoq qumlarida azob
berilgan edi. Payg'ambar sallollohu alayhi
vasallam ular yonidan o'tib ketayotib, ularga
sabr-toqatli bo'lishlarini aytib, jannat haqida
yaxshi xabarlar yetkazdilar. Ammorning otasi
Yosir (roziallohu anhu) ta'qib qiluvchilar qo'lida,
uzoq iztirobdan keyin vafot etdi, onasi Sumayya
(roziallohu anho) Abu Jahl tomonidan
vahshiyona o'ldirildi. Islomda birinchi masjid
Ammor (roziallohu anhu) tomonidan qurildi.
Payg'ambar sallollohu alayhi vasallam Madinaga
ko'chib kelganlarida, Ammor (roziallohu anhu)
unga bino qurib berishni taklif qildi, u yerda
payg'ambar o'tirishi, kunduzi dam olishi va
salovot aytishi (nomoz o'kishi) mumkin edi. U
Islom dushmanlariga qarshi bor kuchi va
jasorati bilan kurashdi. Bir kuni u jangda
kurashayotib, quvonch bilan dedi:
«Men hademay do'stlarim bilan uchrashaman.
Men Muhammad sallollohu alayhi vasallam va
uning hamrohlari bilan uchrashaman».
So'ngra u suv so'radi. Unga sut berishdi. U sutni
ichdi va dedi:
«Men payg'ambar sallollohu alayhi vasallam
menga: «Sut sening bu dunyodagi hayotingda
oxirgi nasibang bo'ladi, deganlarini eshitdim».
Ammor o'zi mushtoq bo'lgan paytgacha
kurashdi. U o'sha paytda to'qson to'rt yoshda
edi.
Faqih aytadi: Otamning payg‘ambarlar haqida
hikoya qilganlarini eshitdim:
Rasul bo‘lmagan nabiylarning ba'zilari vahiyni
tushlarida ko‘rar edilar, ba'zilari ovozini eshitar
edilar, biroq hech narsani ko‘rmas edilar.
Tushida ko‘radigan nabiylardan birlari bir
kechasi tush ko‘rdilar. Unga aytildi: "Vaqtiki
tong ottirsang, senga nima uchrasa, birinchi
narsani yegin, ikkinchi narsani yashirgin,
uchinchisini qabul qilgin, to‘rtinchisini noumid
qoldirmagin, beshinchisidan qochgin”. U tongni
ottirganda birinchi uchratgani katta qora tog‘
bo‘lib chiqdi. U tog‘ning oldida to‘xtab, hayron
qoldi. U kishi aytdiki: "Rabbim menga bu tog‘ni
yeyishni buyurdi, men buni yeya olar
ekanmanmi?” deb taajjubda qoldi. O‘zicha
o‘ylab ko‘rdi va shunday dedi: "Rabbim meni
toqatim ko‘tarolmaydigan narsaga buyurmaydi”.
Shundan so‘ng, uni yeyishga qasd qilib,
yaqinlashib borganida, uzoqdan ko‘ringan katta
tog‘ asaldan shirin luqmaga aylandi va u
luqmani yedi. U kishi Allohga hamd aytib, yo‘liga
ravona bo‘ldi. Yo‘lda ketayotib, unga oltin tovoq
uchradi. U esa, menga yashirishni buyurdi, dedi-
yu, darhol tovoqni ko‘mdi. Yo‘lda ketayotib
orqasiga qarasa tovoq yerda yotgan emish,
ikkinchi, uchinchi marta o‘sha tovoqni ko‘mdi,
yana tovoq yer ustiga chiqib qola boshladi. U
esa: "Menga buyurilgan ishni qildim”, dedi-da,
o‘z yo‘liga ravona bo‘ldi. Shu payt ko‘rdiki, bir
lochin kichik bir qushchani yemak istab quvlab
kelayotir edi. Shunda haligi qush: "Ey Allohning
nabiysi! Menga yordam ber!” deb nolish qildi. U
kishi qushni olib, yengiga soldi. Lochin esa yetib
keldi va dedi: "Ey Allohning nabiyi, mening bu
rizqimdan noumid qilmagin, men ochman”.
Nabiy o‘zicha o‘yladi: "Men uchinchisini qabul
qilishga buyurilgan edim, lekin to‘rtinchi
narsadan noumid qilmaslikka buyurildim, bu
lochindir: "Qanday qilsam ekan?” o‘ylab ko‘rdi
va pichog‘ini olib, o‘zining sonidan bir bo‘lak
kesib, lochinga tashladi, lochin go‘shtni olib o‘z
yo‘liga ketdi. Shundan so‘ng qushni qo‘yib
yubordi. Qush ham uchib ketdi. U kishi ham
yo‘liga ravona bo‘ldi. Yo‘lda sasigan o‘laksaga
duch keldi va undan qochdi. Vaqtiki, kech bo‘ldi.
Nabiy: "Ey Rabbim, Sen menga nima buyurgan
bo‘lsang, qildim, endi shu buyurgan
ishlaringning nima ekanligini bayon etgin”, deb
Allohga iltijo qildi. Shu payt javob keldiki: "Ey
nabiy! Tushingda birinchi katta tog‘ bo‘lib
ko‘ringan narsani sen qo‘rqmasdan yeding, bu
g‘azabdir. Sen sabr qilding va g‘azabni (engding)
yashirding, u asaldan ham shirinroq bo‘ldi.
Ikkinchisi, yaxshi amallar, agar uni yashirsa,
yana ko‘rinaveradi. Uchinchisi shulkim,
birovning omonatiga xiyonat qilmagin.
To‘rtinchisi esa, agar biror mo‘min kishi sendan
hojat so‘rasa, uning hojatini chiqarishga harakat
qil, o‘zing muhtoj bo‘lib qolgan paytingda ham.
Beshinchisi, g‘iybat. Bir kishi ikkinchi bir kishini
g‘iybat qilayotgan bo‘lsa, unday g‘iybatchidan
qochgin”
Категория: Ibratli hikoyatlar | Просмотров: 659 | Добавил: ☾☆DjIslamiyya | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
+1   Спам
1 Taqvo   (28.05.2013 07:01)
gullar

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2016 |