Воскресенье, 24.11.2024, 19:22 | Главная | Регистрация | Вход |
Izoh FaollariАссалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти. ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз
|
Форум
TIL OFATLARI!
| |
Taqvo | Дата: Среда, 02.01.2013, 15:02 | Сообщение # 1 |
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Статус: O'chig
| Ассалому алайкум вр вб !Гунохи кабиралардан бири тил Офатидир! Имом Термизий ривоят қилган ҳадисда Уқба ибн Амир розияллоҳу анҳу: "Ё Расулуллоҳ, Нажотга қандай эришилади?" деб сўрадим, дейди. «Тилингизни тийинг, уйингизга сиғинг ва гуноҳингизга йиғланг», дедилар.
|
|
| |
Taqvo | Дата: Среда, 02.01.2013, 15:03 | Сообщение # 2 |
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Статус: O'chig
| TIL OFATLARI! Tildan kelaidgan ofatlar ko’p va turli tuman bo’lib, ular qalbni sarhush qiladi. Odam tabiatida ham ularga moyillik bor. Mazkur ofatlardan qutulishning eng oson yo’li jim turish orqali bo’ladi. Bu juda katta faziylatdir. Jim turish himmatni jamlaydi va fikrni sozlaydi. Bu haqida bir qancha hadislar kelgan: Sahl roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim menga ikki oyog’i orasidagi narsani va ikki jag’i orasidagi narsani kafolatini bersa, men unga jannatni kafolatini beraman,” –dedilar. Ikkovini Buhoriy va Termiziy rivoyat qilishgan. Imom Termiziy Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Rosululloh sollallohu alayhi vasallam bilan safarga chiqqan edim. Bir kuni yurib borayotganimizda u zotga yaqinlashib: “Ey, Allohning Rosuli, menga meni jannatga kiritadigan va do’zahdan uzoqlashtiradigan amalning habarini bering”,-dedim. “Batahqiq, buyuk narsani so’rading. Zotan, u Alloh muyassar qilgan kimsa uchun juda ham osondir. Allohga ibodat qilursan. Unga hech narsani shikr keltirmassan. Hamda namozni qoim qilursan. Zakotni ado qilursan. Ramazon (ro’zasi)ni tutursan. Baytni haj qilursan, dedilar. So’ngra: “Seni yahshilik eshiklariga dalolat qilib qo’yaymi: ro’za saqlovchidir. Sadaqa huddi suv olovni o’chirganidek xatolarni o’chiradi. Kishining tun ichida o’qigan namozi solihlarning shioridir” deb, “Yonboshlari yotar joylaridan jafoda bo’lurlar” oyatini tilovat qildilar. So’ngra esa: “Senga ishning boshi, umirtqa pog’onasi va o’rkachining cho’qqisi haqida habar beraymi?”- dedilar. “Ha, ey Allohning Rosuli”, -dedim. “Ishning boshi Islomdir. Uning umirtqa pog’onasi namozdir. Uning o’rkachining cho’qqisi esa, jihoddir”,- dedilar. So’ngra dedilar: “Senga o’shalarni hammasiga molik (ega) bo’lgan narsani habarini beraymi?” “Ha, ey Allohning Payg’ambari”, - dedim. “Bas, u zot tillarini tutib: “Mana buni tiygin!” – dedilar. “Ey Allohning Payg’ambari, biz gapirgan narsamiz uchun, albatta, (iqobga ya’ni jazoga) olinamizmi?” – dedim men. “Onang azangni tutsin. Ey Muoz. Odamlarning tillarini mahsuli do’zahga yuztuban(yoki tumshuqlari ila) tushirmasa, nima tushirar edi!” – dedilar. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu: “Tildan ko’ra qamoqda turishga hojatliroq narsa yo’q” degan. Abu Dardo roziyallohu anhu aytadi: “Ikki qulog’ingni og’zingdan saqla. Oz gapirib, ko’p eshitishing uchun senga bitta og’iz ikkita quloq berilgan.” Muxallad ibn Husayn: “Ellik yildan beri uzr aytishga sabab bo’ladigan biror o’giz so’z aytmadim” degan ekan.
|
|
| |
Taqvo | Дата: Среда, 02.01.2013, 15:03 | Сообщение # 3 |
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Статус: O'chig
| KALOMNING OFATLARI Birinchi ofat- keraksiz so’z Vaqtning qadriga yetgan odam uni foydasiz narsalarga sarflamaydi. Chunki, Alloh taoloning zikrini qo’yib, keraksiz gap so’zlar bilan mashg’ul bo’lgan odam gavharni qo’yib tezakni olgan bilan barobardir. Bu esa, umrni bekor o’tkazishdir! Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilnadi: “Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “O’ziga keraksiz narsani tark qilishi kishi Islomining go’zalligidandir”, - dedilar.” Termiziy rivoyat qilgan. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilnadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim Allohga va ohirat kuniga iymon keltirgan bo’lsa, yahshi gap aytsin yoki jim tursin”, -dedilar” To’rtovlari rivoyat qilishgan. Ibn Amrdan rivoyat qilinadi: “Kim sukut saqlasa, najot topadi”. Ahmad va Termiziy rivoyat qilishgan. Abu Sa’iyddan rivoyat qilinadi: “Odam bolasi tong ottirsa, uning a’zolarining barchasi tilga: “Bizning haqqimizda Allohdan qo’rq! Biz senga bog’liqmiz. Tog’ri bo’lsang, to’grimiz. Egri bo’lsang, egrimiz, deydilar” Termiziy rivoyat qilgan. Abu Hurayra aytadi: “Gapning ortiqchasida yahshilik yo’q” Umar Ibn Hattob roziyallohu anhu: “Kimning gapi ko’paysa, hatosi ham ko’payadi”- degan. Hakimlardan biridan: “Seni bunchalik hikmatga nima yetkazdi?” deb so’ralganda, “Bilgan narsamni so’ramayman, keraksiz narsani gapirmayman”, deb javob bergan ekan.
|
|
| |
Taqvo | Дата: Среда, 02.01.2013, 15:03 | Сообщение # 4 |
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Статус: O'chig
| Ikkinchi ofat-keraksiz so'zga kirishishBotil so’z ichkilikbozlik majlislari va fosiqlarning qilmishlariga o’hshash narsalar haqidagi gaplardir. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: Banda bilib bilmay bir so’zni aytadi va u tufayli do’zahning mag’rib bilan mashriq orasidan ham chuqur joyiga tushadi,” -dedilar. Ahmad, Buhoriy va Muslim rivoyat qilishgan. Janjal va tortishuvlar ham botil gapga yaqin narsalardir. Ularda birovni hatosini isbot qilish uchun nizolashiladi. Bunga birovdan ustun kelish istagi sabab bo’ladi. Agar masala dinga tegishli bo’lsa, munkar narsani inkor qilish va to’g’risini bayon qilib berish zarur. Ammo gap dunyo to’g’risida bo’lsa, talashib-tortishib o’tirishni keragi yo’q. Bu ofatni davosi o’z fazlni izhor qilishga sabab bo’lgan kibrni sindirishdan iborat. Janjal va tortishuvlardan kataroq ofat husumat qilishdir. Ayniqsa, botil yo’l bilan ilmsiz ravishda husumat qilish juda ham yomon ish. Chunki, u qalblarni hasadga to’ldiradi, g’azabni qo’zitadi va birovni obro’siga til tekkizishgacha olib boradi. Shuning uchun haq egasi ham, iloji boricha, husumatchilikdan o’zini olib qochgani afzal.
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: Sening husumatchi bo’lib turishing gunohkorlik uchun yetarlidir,- dedilar. Termiziy rivoyat qilgan.
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: Alloh uchun odamlarning eng yomon ko’rilgani ashaddiy husumatchidir, - dedilar. Ikki Shayh va Nasaiy rivoyat qilishgan. “Ashaddiy husumatchi” sulhni qabul qilmaydigan, janjalni pulga sotib oladigan shahsdir.
|
|
| |
Taqvo | Дата: Среда, 02.01.2013, 15:04 | Сообщение # 5 |
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Статус: O'chig
| Uchinchi ofat – gapda chuqur ketish. Bu narsa og’iz to’ldirib qofiyasini keltirgan holda gapirish ila bo’ladi. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, menga eng yomon ko’rinadiganingiz va qiyomat kuni mendan eng uzoq bo’ladiganingiz ko’p gapiradiganingiz, og’zini to’ldirib gapiradiganingiz va mutakabbirlik uchun gapiradiganingizdir - dedilar” Termiziy rivoyat qilgan. Albatta, ma’ruzachilarning qofiyasini kelishtirib go’zal gapirishlari bu jumlaga kirmaydi. Chunki, ular diyniy ta’limotlarni odamlarga yetkazishlari uchun kishilarga ta’sir qiladigan choralarni ko’rishlari zarur.
|
|
| |
Taqvo | Дата: Среда, 02.01.2013, 15:04 | Сообщение # 6 |
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Статус: O'chig
| To’rtinchi ofat- fahsh, so’kish va achitib gapirish. “Fahsh” so’zi “qabih”, “uyat”, “sharmsizlik” ma’nolarini anglatadi. Ulamolar fahshni quyidqagicha ta’riflaydilar: Jurjoniy: “Fahsh sog’lom tabiat nafrat qiladigan va mustaqiym aql nuqson sanaydigannarsadir” degan. Rog’ib: “Fahsh-qaibhligi katta bo’lgan gaplar va ishlardir” degan.
Alloh taolo “A’rof” surasida: “Sen: “Robbim faqatgina oshkora va yashirin fahsh ishlarni, gunohlarni, nohaq tajavuzkorliklarni va Allohga hech qanday hujjat tushirmagan narsalarni sherik qilib olishingizni hamda Allohga nisbatan bilmagan narsani aytishni harom qilgan holos” deb ayt”, degan. (33-oyat).
Avval aytilganidek, fahsh ish ulkan qabihlikdir. Bunday ishlar hoh oshkora, hoh yashirin bo’lsin, barcha-barchasini Alloh harom qilgan. Alloh taolo mo’min bandalarini vasf qilganida ularning haromdan chetda bo’lishlarini ta’kidlagan:
Alloh taolo “Shuuro” surasida: “Katta gunohlar va fahsh ishlardan chetda bo’ladigan va g’azablangan vaqtda kechirib yuboradiganlar uchundir” degan. (37-oyat)
Ulamolarimiz, “fahsh ishlar” deganda shahvatga taalluqli gunohlar ko’zda tutiladi, deydilar. Fahsh ishlar ichida katta gunohlar qatoriga kiradigan zinokorlik va bachchabozlik kabilar ham bor, katta gunohlar sirasiga kirmaydiganlari ham bor. Inson ikki dunyoda ham oily maqomga erishmoqchi bo’lsa, ulkan gunohlar, fahsh ish va so’zlardan chetda bo’lmoqg’i lozim. Bunga esa, faqat iymon bilan erishib bo’ladi. Qalbi sof iymonga to’la kishigina katta gunohlarni va buzuq ishlarni qilmaydi. Ulardan chetda bo’lgan sof iymonli bandalargina Alloh taolo huzuridagi yahshi va boqiy narsalarga sohib bo’ladilar. Bu qabildagi gaplarni gapirishni shariat man qilgan.Ular chirkinliklar manba’asi va yomonliklarning uyasidir.
“Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Mo’min kishi ta’nachi, la’natchi, fohisha va baziy (so’kang’ich, achchiq so’zli) bo’lmaydi”, - dedilar”
Fahsh va uyatsizlik ko’p hollarda uyat gaplarni ochiq-oydin aytish bilan bo’ladi. Odatda, bu narsalar jinsiy aloqaga oid gaplarni besharmlik ila gapirish orqali yuzaga chiqadi. Ahli solihlar unday iboralarni ishlatmaydilar. So’kish va achitib gapirish arabchada “bazo’a” deyiladi. Bu so’z lug’atda mavjud bo’lgan, rost bo’lsa ham, achchiq va uyatsiz gapni anglatadi. Ulamolar uni quyidagicha ta’riflaydilar. G’azzoliy: “U, qabih sanaladigan narsani ochiq-oydin so’zlar bilan ifodalashdir” degan. Munoviy: “U, kalom rost bo’lsa ham, nutqdagi fahsh va qabihlikdir”, degan.
Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Musulmonni so’kish fosiqlik, u bilan urushish kufrdir” dedilar.
Ma’lumki fosiqlik katta gunoh hisoblanadi. Shariat ko’rsatgan chegaradan chiqib, gunoh ishlarni qiluvchilar fosiq hisoblanadilar. Fisq, dindan chiqishni boshlanishi bo’lib, tavba qilmasdan, o’sha gunohini davom ettirganlar dindan chiqadi. Shuning uchun ham, hadisi sharifda so’kish fosiqlik, urish esa kufr deyilmoqda. Chunki, fisq kufrga olib borganidek, so’kish ham urishga olib boradi. Odatda, odamlar so’kishga uncha e’tibor bermaydilar. So’ksa so’kilib qolarmidi deb ketaveradilar. Falonchi bo’lgandan keyin so’kadida, degan noo’rin mulohazalarni ham aytadilar. Aslida esa, so’kish gunoh va qabih ish bolish bilan birga, o’zidan kattaroq gunoh va halokatlarga eltuvchi yo’l ham hisoblanadi.
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Musulmonni so’kish halokat jari yoqasiga kelganini anglatadi”- dedilar. Bazzor rivoyat qilgan.
Jar yoqasiga kelgandan so’ng unga tushib ketish hech narsa bo’lmay qoladi. Demak, so’kishga e’tibor bermay, so’ksa nima bo’pti, deyish mutlaqo noto’g’ri ishdir. Hususan, so’kish ko’p ishlatadigan odamlar katta gunohlarga sabab bo’ladilar. Ular oily ilm dargohlarini bitirgan, katta mansablarni egallagan, yahshi kiyinib, yahshi yashayotgan bo’lishlari ham mumkin. Madomiki, ichlarida yahshilikga amal qildiruvchi kuch yo’q ekan, o’zlarini so’zlarini tuzatolmas ekanlar, kim bo’lishlaridan qat’iy nazar, fosiq bo’ladilar, madaniyatsiz, tuban inson hisoblanadilar. O’zaro muomalada birinchi bo’lib so’kkan odam katta ma’naviy jinoyat qilgan bo’ladi. Oradagi hurmat va izzat, o’zaro tushunish pardasini yirtgan, yomonlikga yo’l ochgan bo’ladi.
|
|
| |
Taqvo | Дата: Среда, 02.01.2013, 15:04 | Сообщение # 7 |
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Статус: O'chig
| Beshinchi ofat -mazah "Mazah" arabcha so'z bo'lib, aslida, hazil-mutoyibani anglatadi. Binobarin, hazil-mutoyiba uchun, rost gaplarni gapirib, ozroq mazah qilish joiz. Nabiy sollalohu alayhi vassalom ham haq gaplardan chetlamagan xollarida hazil qilar edilar. Ul zot bir kishiga "Ey ikki quloqli", boshqa birovga: "Seni tuyaning bolasiga mindiramiz" deganlar. Qari kampirga "Kampirlar jannatga kirmaydilar", deganlar va so'ngra "Vo'qia" surasidagi "Albatta, biz u (hurlar)ni da'fatan, xos qilib, yaratdik. Bas ularni bokiralar qildik" oyatlarini o'qiganlar. Boshqa bir kampirga: "Ko'zida oqi bor eringmi? deganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mazahlarida uch narsa mujassam bo'lgan: 1.Haq bo'lishi. 2.Ayollar, bolalar va zaif kishilar bilan bo'lgani. 3.Nodir bo'lgani. Bu xolatlar doimiy ravishlar mazah qilib yurishga dalil emas. Nodir narsaning hukmi doimiy narsaning hukmiga o'xshamaydi. Bir odam habashlarning o'yinini kechayu kunduz tomosha qilib. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham ularni tomosha qilganlar, deya hujjat keltirishi noto'g'ri bo'ladi. Mazahda haddan oshish va bardavom bo'lish man qilingan. Chunki, bu ish odamning viqoriga futur yetkazadi. Turli gina va ko'ngil qolish holatlarini keltirib chiqaradi.
Abu Laylo Ansoriydan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ba'zi g'azolatlariga chiqdilar. Ul zotning sahobalaridan birlari bir kishining o'qdonini olib, hazil uchun berkitib qo'ydi. Egasi uni izlab, topmasdan, havfga tushdi. Undan kula boshladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chiqib: "Nimaga kulmoqdasizlar?" - dedilar "Yo'q. Allohga qasam. Faqat falonchining o'qdonini hazillashib berkitib qo'ygan edik, u qo'rqib ketdi" - deyishdi "Musulmonga musulmonni qo'rqitish halol emas", dedilar
Umar Ibn Abdulziz: "Mazahdan saqlaningiz. U, kek paydo qiluvchi ahmoqlikdir", degan. Hakimlardan biri shunday deydi: "Mazah so'kish-u, ammo egasi kuldiradi, holos". Ibrohim Naha'iy: "Mazah tentaklik va kibrdir", degan. "Munsurul hakim"da "Mazah huddi olov o'tini yegandek haybatni yeydi", deyilgan. Hakimlardan ba'zisi: "Kimning mazahi ko'paysa, haybati yo'qo'ladi", degan.
|
|
| |
Taqvo | Дата: Среда, 02.01.2013, 15:05 | Сообщение # 8 |
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Статус: O'chig
| Oltinchi ofat-masxara va istehzo "Masxara" so'zi lug'atda "birovni haqir-past sanash" va "xor bilish" ma'nosini anglatadi. Ulamolar masxarani quyidagicha ta'riflaydilar: Munoviy: "Masxara ma'naviy jixatdan aqlni past sanash va xissiy jixatdan ishini xor sanashdir", degan. Ibn Kamol: "Masxara egasi nazdida arzidigan va masxara qiluvchi nazdida arzimiydigan narsadir", degan. Masxara qilish birovning aybini pastga urish, xo'rlash yo'li ila kulgiga olishdir. Gohida gap va amalga o'xshatish qilish, imo-ishora bilan yoki laqab qo'yish bilan ham masxara bo'lishi mumkun. Masxaqa qilish dinsiz, munofiq kofirlarga xos sifatdir. Alloh taolo "Anbiyo" surasida: " Bataxqiq, sendan oldin xam Payg'ambarlar masxara qilingan. Bas, ularni masxara qilganlarga o'zlari masxara etib yurgan narsa tushdi", degan (41-oyat). Payg'ambarlarni masxaralagan kofirlarga azob tushdi. Ular bu dunyoning o'zidayoq azobga duchor bo'lishdi. Seni masxara qilayotganlarga xam, vaqt g'animatligida eslarini yig'ib tovba qilmasalar, avval bu dunyoda, keyin u dunyoda azobga uchraydilar. Chunki ularni Alloh taoloning azobidan saqlaydigan hech bir kuch yo'q.
Alloh taolo "Tavba" surasida: "Mo'minlardan ko'ngilli bo'lib sadaqa qiluvchilarni va o'z kuchlari yetgandan boshqani topa olmaydiganlarni ayblaydigon va masxara qiladiganlarni Alloh masxara qiladir va ularga alamli azob bo'ladur",degan (79-oyat).
Qur'oni Karim mo'min-musulmonlarni birovni masxara va istexzo qilishdan qaytargan.
Alloh taolo "Xujurot" surasida: "Ey, iymon keltirganlar! Bir qavm boshqasini masxara qilmasin, extimol ular bulardan yaxshiroqdir. Va ayollar boshqa ayollarni (masxara qilmasin), extimol, ular bulardan yaxshiroqdir", degan (11-oyat).
Bir odam ikkinchisini masxara qilsa, kamsitsa, ustidan kulsa, albatta masxara qilingan odamning achchig'i chiqadi, u xam masxara qiluvchiga o'ziga yarasha jovob berishga urinadi. Orada nizo-janjal chiqadi, Ijtimoiy aloqalar buziladi va jamiyat zaiflashadi. Islom esa, doimo musullmonlar jamiyatining mustaxkam bo'lishi uchun qayg'uradi.
Xasandan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollalohu alayxi vasallam: "Odamlarni masxara qiluvchilarning biri uchun jannatdan bir eshik ochiladur. Bas, unga, bu yoqqa kel, deyadur. U g'am-g'usassi ila kelganda eshik yopilur. Bu xol ulardan biriga jannatdan eshik ochilib bu yoqqa kel deyilganda, noumidlikdan kelmaydigon bo'lguncha davom etadi",- derdilar". Bayxaqiy rivoyat qilgan.
Masxaraning zararlari quyidagilar: 1. Masxara Alloh taoloning ochiq xilofdir. 2. Masxara Alloh taoloning azobiga sabab bo'ladi. 3. Masxara inson xuquqini ochiq-oydin buzishdir. 4. Masxara qalbni o'ldiradi va g'aflatga sabab bo'ladi. 5. Masxara kofir va munofiqlarning siymosidir. 6. Masxara shariat xarom qilgan ishdir. 7. Masxara Alloh taoloning zikrini esdan chiqaradi.
|
|
| |
Taqvo | Дата: Среда, 02.01.2013, 15:05 | Сообщение # 9 |
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Статус: O'chig
| Yettinchi ofat-yolg’on. Yolg’on arab tilida “kizb” deyiladi va lug’atda rostning teskarisini anglatadi. Ulamolar yolg’onni quyidagicha ta’riflaydilar: Jurjoniy: “Yolg’on habar uning voqe’likga to’g’ri kelmasligidir” degan. Ibn Hajar: “Yolg’on bir narsa haqida qasddan bo’lsin, noqasddan bo’lsin, unga xilof narsani gapirishdir” degan. Yolg’on so’zda bo’lish bilan birga amalda ham bo’ladi. Bunda yolg’onchi bo’lmagan narsani bo’lgan qilib ko’rsatish uchun hiyla qiladi. Yoki uni aksi bo’lib, bo’lgan narsani bo’lmagan qilib ko’rsatishga urinadi.
Qur’oni Karimning “Yusuf” surasida bunga dalil bor: “Kechqurun yig’lagan hollarida otalariga kelib: “Ey otamiz, biz Yusufni narsalarimiz oldiga qoldirib, o’zimiz quvlashib ketsak, uni bo’ri yeb qo’yibdi. Agar rostgo’y bo’lsak ham, sen bizga ishonmassan”, dedilar. Va uning yolg’on qonga bo’yalgan ko’ylagini keltirdilar. (16-18 oyatlar)
O’g’illar otalarini ishontirish maqsadida ashyoviy dalil deb, Yusufning ko’ylagini yolg’ondan qonga bo’yab olib kelishdi. Ular ham so’z ila, ham amal ila yolg’on to’qishdi.
YOLG’ONNING SABABLARI
Kishining yolg’on ishlatishiga bir necha sabablar bor: 1 Foyda jalb qilish. Yolg’onchi o’ziga foyda yetishini ko’zlab, o’z manfaati uchun yolg’on gapiradi. 2 Zararni qaytarish. Yolg’onchi o’ziga yetishi mumkin bo’lgan zararni qaytarish uchun ham yol’gon to’qiydi. U, o’zicha, shu to’g’ri yo’l deb o’ylaydi. Ammo ikki holatda ham o’ziga bu dunyo va ohirat zararini jalb qilayotganini o’ylamaydi. 3 So’zini chiroyli va gapini go’zal chiqarmoqchi bo’lish. Bunda yolg’onchi to’g’ri so’z va rost gap ila odamlarga yoqish, ularning e’tiborini tortish imkoni yo’q bo’lganidan, ularga yoqadigan gap so’zlar izlab yolg’on to’qiydi. Yolg’on gapirish odatiga aylanib qolganini va nafsi shu narsani istaydigan bo’lib qolgani sababli bu ishni qiladiganlar ham bor. 4 Dushmandan o’ch olish maqsadi. Bunda yolg’onchi dushmanini sharmanda qilish va undan o’ch olib, ko’ngli to’lishi uchun yolg’on to’qiydi. 5 O’z obro’sini orttirish maqsadi. Bunda yolg’onchi o’zini ahli fazl, olim, uddaburon qilib ko’rsatib, maqtanish uchun yolg’on to’qiydi.
YOLG’ONNING TURLARI
Asli yo’q narsani to’qish. Bor narsaga ma’noni o’zgartirib yuboradigan darajada qo’shimcha qo’shish. Bor narsaga ma’noni o’zgartirib yuboradigan darajada nuqson yetkazish. Bor narsani gapirayotganda ma’noni o’zgartirib yuboradigan darajada iboralarni o’zgartirish.
YOLG’ONNING HUKMI…
|
|
| |
Taqvo | Дата: Среда, 02.01.2013, 15:07 | Сообщение # 10 |
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Статус: O'chig
| YOLG'ONNING HUKMI Imom Ibn Hajar va imom Zahabiy, uzrsiz yolg'on gunohi kabiradir, deganlar. Alloh taologa va Rasululloh alayhissalomga qasdan yolg'on to'qish kufrdir. Qur'oni Karimda yolg'on haqida bir yuz oltmish yettita oyat bor. Alloh taolo "Nahl" surasida: "Yolg'onni faqat Allohning oyatlariga iymon keltirmaydiganlargIna to'qirlar. Ana o'shalar o'zlari yolg'onchilardir"degan (105-oyat)
Aslida, yolg'onni faqat iymonsiz kofirlargina to'qiydilar. Chunki, kofirlarda savob, gunoh degan tushuncha yo'q. Yolg'on gapirsa, gunoh bo'lishi, u dunyoda azoblanishi haqida e'tiqodi bo'lmagani uchun, o'ylamasdan yolg'on to'qiyveradilar. Mo'minlar esa, yolg'onni katta gunoh deb biladilar. Yolg'on gapirish tufayli ohiratda azobga duchor bo'lishlaridan qo'rqadilar.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Munofiqning belgisi uchta: agar so'zlasa, yolg'on so'zlaydi, va'da qilsa bajarmaydi va unga omonat topshirilsa, hiyonat qiladi"-dedilar. To'rtovlari rivoyat qilishigan.
Imom MoliK rivoyat qilgan hadisi sharifga Safvon ibn Sulaym roziyallohu anhu aytadilarki: "Ey, Allohning Rasuli! Mo'min qo'rqoq bo'ladimi?" - deb so'raldi. "Ha",-dedilar. "Ey, Allohning Rasuli! Mo'min Baxil bo'ladimi?"-deb so'raldi. "Ha",-dedilar. "Ey Allohning Rasuli! Mo'min yolg'onchi bo'ladimi?" -deb so'radilar. "Yo'q",-dedilar".
Qays ibn Abu Hozimdan rivoyat qilinadi: "Abu Bakr roziyallohu anhuning: "Yolg'ondan hazir bo'linglar! Yolg'on albatta, iymondan chetlatuvchidir", deganini eshitdim". Bayhaqiy rivoyat qilgan.
Yolg'on haqidagi gaplardan namunalar:
-Umar ibn Xattob: "Meni rost pastlatgani, aslida, u pastlatishi nodir, yolg'on ko'targanidan, aslida, uning ko'tarilishi nodir, yaxshiroqdir", degan.
-Arvaa ismli ayol Sa'iyd ibn Zayd ibn Amr ibn Nufayl ila hovli talashib xusumat qildi. Shunda u: "Bu ayolni o'z holiga qo'yinglar. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning "Kim nohaqdan bir qarich yerni olsa, qiyomat kuni yetti qavat yer unga tavqi la'nat bo'ladii",deganlarini eshitganman. Allohim! Agar bu ayol yolg'onchi bo'lsa, ko'zini ko'r qilgin va qabrinni hovlisida qilgin", dedi. Men o'sha ayolning ko'r bo'lib, devorlarni paypaslab yurganini ko'rdim. U: "Menga Sa'iyd ibn Zaydning duosi tegdi", der edi. Bir kuni hovlisida ketayotib quduqqa tushib ketdi va o'sha quduq unga qabr bo'ldi".
Yolg'onning zararlari: 1. Yolg'on o'z egasini parchalaydi. 2. Yolg'on o'z egasini do'zahga olib boradi. 3. Yolg'on uzoqni yaqin, yaqinni uzoq qiladigan sarobdir. 4. Yolg'on muruvvat, jamol va chiroyni ketkazadi. 5. Yolg'on aql o'g'risidir. 6. Yolg'on xoru zor bo'ladi. 7. Yolg'on diynu dunyoni buzadi. 8. Yolg'on pastkashlik alomatidir.
Islomda yolg'on harom va katta gunoh hisoblansa ham, undan kattaroq zararni qaytarish uchun uch holatda istisno tariyqasida yolg'on ishlatishga ruxsat berilgan.
1.Odamlar orasini isloh qilish. Musulmonlarning bir-birlarini bilan urishib yurishlari juda ham yomon ish. Bu yomon ish oqibatida insonlar va jamiyatlar orasi buziladi. Kishilarning bir-birlari bilan xusumatlashishlari, urishishlari barcha balo-ofatlarning boshidir. Shuning uchun, bu holat paydo bo'lishi bilan, qanday qilib bo'lsa ham, uni bartaraf qilishga o'tmoq zarur. Bu yo'lda hatto yolg'on gapirilsa ham, ruxsat beriladi. Odamlarning orasini isloh qilish uchun yolg'on gapirgan odam faqatgina yaxshilik uchun yolg'on gapiradi.
|
|
| |
Taqvo | Дата: Среда, 02.01.2013, 15:08 | Сообщение # 11 |
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Статус: O'chig
| 2. Urushda g'alaba qilish uchun. Dushman bilan bo'layotgan qurolli qarama-qarshilik hayot-mamot jangi bo'ladi. Bu jangda dushman qo'lidan kelgan barcha ishlarni, jumladan, yolg'onni ham ishga soladi. Agar askar yengilsa, barha ummat va millat dushman asorati ostida qoladi. Shuning uchun ham, ko'pchilik manfaati yo'lida dushmanni dog'da qoldirish uchun yolg'on gapirishga ruhsat beriladi.
3.Oilaning ahilligini saqlab qolish uchun. Har bir jamiyatda oilaning ahilligi alohida ahamiyat kasb etiladi. Ahil oilada o'sgan bolalar salohiyatli fuqaro bo'lib o'sadilar. Ota-onaning janjallari sadosi ostida o'sgan bolalar esa, salohiyatli fuqaro bo'lishlari qiyin. Shuning uchun ham, er-xotin orasidagi o'zaro ahillik juda ham muhimdir. Ana o'sha ahillikni saqlab qolish maqsadida eru xotinga bir-birlariga yaxshiik ma'nosida yolg'on gap aytishlariga ruhsat berilgan. Ushbu istisno tariyqasida ruhsat berilgan uch holatdan boshqa hollarda yolg'on gapirish mutlaqo mumkin emas.
Ummu Kulsum binti Uqba roziyalohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu ayol Nabiy sollallohu alayhi vasallamga bay'at qilgan birinchi muhojiralardan bo'lgan edi. U kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning:"Odamlar orasini isloh qilgan qazzob emas, xayrni aytadi va xayrni yetkazadi", deganlarini eshitgan ekan. U kishi aytadiki: "Men u zotning odalar "yolg'on" deydiigan narsadan biror narsaga ruxsat berganlarini eshitmaganman. Illo, uch narsaga: urushdan, odamlar orasini isloh qilishda va erning o'z xotiniga va xotining o'z eriga gapirishida ruhsat berganlar". To'rtovlari rivoyat qilishgan.
Abu Dovudning lafzida "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yolg'ondan biror narsaga ruxsat berganlarini eshitmaganman. Illo, uch narsani "yolg'onchi hisoblamayman" der edilar: odamlar orasini islooh qilgan odamni. U bir gapni aytsa, undan islohdan boshqani iroda qilmaydi. Urushda so'z so'zlagan kishi va o'z xotiniga so'z aytgan erni hamda o'z eriga so'z aytgan hotinni",deyilgan.
Gapni burib gapirish, ya'ni kishi og'ir holda tushib qolganida sirtidan boshqa, ichida boshqa ma'no beradigan gapni aytib, ochiq-oydin yolg'on gapirmay qutulib ketishga ruxsat bor.
Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Albatta, gapni burib gapirishda yolg'ondan qochish maydoni bordir",-dedilar. Ibn Adiy va Bayhaqiy rivoyat qilishgan.
Islom olamida Qur'oni Karimda mahluq deyish fitnasi chiqqanda xalifa hammani bu gapni aytishga majbur qilishga o'tgan. Navbat imom Shofe'iyga kelganda u kishi: "Albatta, mana bular mahluqdirlar", deb to'rt panjalarini ko'rsatganlar. Taftishchilar, o'zlaricha, to'rt ilohiy kitob: Zabur, Tavrot, Injil Va Qur'on mahluq, deb aytilganini tushunmaganlar. Imom Shofe'iy bo'lsalar, to'rt panjali iroda qilganlar.
O'zining zolimligi bilan dong taratgan Hajjoj sahobalarning birlaridan: "Men haqimda nima deysan?" deb so'ragan. Shunda u kishi: "Sen qositsan" degan. Arab tilida "qosit" so'zining ikki qarama-qarshi ma'nosi bor. Bu so'z ham "odil", ham "jabr qiluvchi" ma'nolarini bildiradi. Mazkur sahobiy roziyallohu anhu Hajjojga, "Sen qositsan" deganida o'sha yerda turganlar unga: "Seni madh etdi", deyishgan. Ammo Hajjojning o'zi: "Yo'q, u mani jabr qiluvchi demoqda", degan.
|
|
| |
Taqvo | Дата: Среда, 02.01.2013, 15:08 | Сообщение # 12 |
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Статус: O'chig
| Sakkizinchi ofat – g’iybat. G’iybatning lug’atdagi ma’nosi bir narsaning ko’zdan to’silishidir. Ulamolar g’iybatni quyidagicha ta’riflaydilar: Jurjoniy aytadi: “G’iybat insonning bor ayblarini uning yo’qligida zikr qilishdir” Munoviy uni: “G’oyibning aybini zikr qilish” degan. G’iybatning eng mukammal ta’rifi quyidagi hadisi sharifda kelgan. Imom Abu Dovud Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda quyidagilar aytiladi: “Ey, Allohning Rasuli g’iybat nima?”-deb so’rashdi. Rasuli Akram alayhissalotu vassalom: “Birodaringni o’ziga yoqmagan narsa bilan eslashing”, - dedilar. Shunda: “Birodarimda men aytgan narsa bo’lsachi, bung anima deysiz?” –deyishdi. Payg’ambarimiz alayhissalom: “Agar aytganing unda bo’lsa g’iybat qilgan bo’lasan, ammo bo’lmasa, bo’hton qilgan bo’lasan”, -deb javob qildilar.
G’iybatning harom, gunohi kabiyralardan ekanini hamma ulamolar bir ovozdan ta’kidlaganlar. G’iybat naqadar qabih va naqadar yomon ish ekani “Hujurot” surasida bayon qilinadi:
“Ba’zilaringiz ba’zilaringizni g’iybat qilmanglar. Sizlardan birortalaringiz o’zini o’lgan birodarining go’shtini yeyishni yahshi ko’rurmi? Ha, yomon ko’rasizlar. Allohdan qo’rqinglar! Albatta, Alloh tavbani ko’p qabul qiluvchi va rahimlidir” degan (12-oyat)
Abu Barza Aslamiydan rivoyat qilinadi: “Rosululloh sollallohu alayhi vasalla: “Ey, tili bilan iymon keltirib, dilida iymon keltirmaganlar, musulmonlarni g’iybat qilmang va ularning kamchiliklarini qidirmang. Kimki ularning kamchiligini qidirsa, Alloh taolo o’sha odamning kamchiligini qidiradi. Alloh kimning kamchiligini qidirsa uni uyida sharmanda qiladi”- dedilar”. Abu Dovud rivoyat qilgan.
Ohiratda ham g’iybatchilar jazosiz qolmaydilar. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Me’rojga chiqqanimda misdan bo’lgan tirnoqlar bilan yuzlariyu ko’ksilarini tirnayotgan bir qavmni oldidan o’tdim. Men: “Ey Jabroil, ular kim?” –deb so’radim. “Bular u dunyoda odamlarning go’shtini yeb, obro’larini to’kkanlar” –deb javob berdi” Abu Dovud va Ahmad rivoyat qilishgan.
Mo’min-musulmonlar g’iybatdan chetlanibgina qolmasdan, boshqa g’iybatchilarning og’ziga urib, g’iybatga yo’l qo’ymaslikka harakat qilishlari ham matlubdir. Sahl ibn Muoz ibn Anas Juhaniydan rivoyat qilinadi: “Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimki bir mo’minni g’iybatchi munofiqdan himoya qilsa, qiyomat kuni Alloh taolo uning go’shtini do’zah o’tidan himoya qiluvchi farishta yuboradi. Kimki bir mo’minning so’kmoqchi bo’lib, uni g’iybat qilsa, Alloh taolo uni gapidan qaytmagunicha jahannam ko’prigi ostida ushlab turadi”, - dedilar” Ahmad rivoyat qilgan.
G’iybatchiga quloq slogan kishi uning sherigi hisoblanadi. Faqat, uning gapini tili bilan inkor qilsagina, gunohidan qutuladi. Agar ochiq inkor qilishdan qo’rqsa, qalbi ila inkor qilsin va gapni boshqa tarafga burish yoki turib ketishga harakat qilsin.
|
|
| |
Taqvo | Дата: Среда, 02.01.2013, 15:08 | Сообщение # 13 |
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Статус: O'chig
| G’IYBAT SABABLARI VA UNI DAVOLASH
G’iybatning sabablari juda ko’p, ulardan ba’zisini esga olamiz. 1 Achchig’ini to’kib solish. Biro dam boshqasini achchig’ini chiqargan bo’lsa, achchig’i chiqqan uni g’iybat qilish ila undan o’ch olishga harakat qiladi. 2 Tengdoshlar va hamsuhbatlarga sherik bo’lish, ularing gapini qo’llab-quvvatlash. Tanish-bilish yoki ulfatlar birovning g’iybatini qilayotgan bo’lsa, yoqish va yahshi ko’rinish niyatida ularga qo’shiladi. Buni, o’zicha “odamgarchilik” deb o’ylaydi. Aslida, gunohga sherik bo’lgan bo’ladi. 3 O’z obro’sini ko’tarish uchun birovni ayblash. Misol uchun, “falonchi johil, ilmi yo’q” deb, o’zini ilmli va o’tkir fahmli qilib ko’rasatishga urinadi. 4 Hasad. Odamlar bir kishini maqtayotganlari uchun hasad qiladi va uni g’iybat qilib obro’sini to’kish payidan bo’ladi. 5 O’yin kulgu va hazil. Odamlarni kuldirish va davrani qizitish maqsadida boshqalarning kamchiligi va aybini aytib, g’iybat qilinadi. Ba’zilar bu ishni o’ziga kasb qilib olgan ham bo’ladi.
Giybatning davosi Avvalo, g’iybatchi qiladigan g’iybati tufayli Alloh taoloning g’azabiga duchor bo’lishini bilib qo’yishi kerak. Shuningdek, uning savoblari g’iybat qilingan odamga olib berilishini, agar savobi bo’lmasa, narigi odamning gunohlari unga olib berilishini ham bilib qo’ysin. G’iybat payti bo’lib qolsa, o’zining ayblarini o’ylasin va ularni tuzatishga kirishsin. O’zining ayblari bo’la turib, boshqalarni ayblashdan uyalsin. Agar o’zini ayblardan holiy bilsa, o’shanga shukr qilish ila mahsg’ul bo’lsin. O’zini o’zi eng yomon ayb-g’iybatchilik ila ifloslamasin. O’zini birov g’iybat qilishini istamagandek, o’zi ham o’zgalarni g’iybat qilishni istamasin. G’iybatga bois bo’lgan sababga nazar solsin va o’sha sababni yo’q qilishga harakat qilsin. Dardning davosi uni keltirib chiqargan sababni yo’q qilish ila bo’ladi.
P.S: Eslatma! G'iybat qilayotgan inson o'ziga o'hshagan bir insonni o'lgan holatidagi go'shtini yeyayotgan bilan barobar bo'ladi.
G'iybat qilish uchun boshqalarni kamchiligini qidirgan insonni Alloh taolo kamchiligini qidiradi.
|
|
| |
Taqvo | Дата: Среда, 02.01.2013, 15:10 | Сообщение # 14 |
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Статус: O'chig
| Qalb g'iybati. Gohida g'iybat qalb bilan ham sodir etiladi. Bu, musulmonlar haqida yomon gumon qilish ila bo'ladi. Alloh taolo "Hujurot" surasida: "Ey, iymon keltirganlar! Ko'p gumonlardan chetda bo'linglar, chunki ba'zi gumonlar gunoh"dir. Josuslik qilmanglar", degan (12-oyat) Gunohga olib boruvchi illatlardan biri badgumonlikdir. Badgumonlik kishilar haqida bo'lar-bo'lmasga yomon shubhalar qilish, ularga nisbatan tuhmat va hadik ma'nosida fikr yuritishdir. Odatda bunday gumonlarning ko'pi asossiz, bexuda bo'ladi. Shu boisdan ham, "...ko'p gumonlardan chetda bo'linglar", deyilmoqda.
Abu Hurayra roziyyalohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: "Badgumonlikdan saqlaning. Albatta, badgumonlik eng yomon yolg'onchilikdir. Poylash va josuslik bilan shug'ullanmang. O'zaro raqib bo'lmang va o'zaro hasad qilmang. Bir-biringizni yomon ko'rmang va bir-biringizga qarshi tadbir qilmang. Allohning bandalari, birodar bo'linglar",-dedilar".
To'rtovlari rivoyat qilishgan. O'tgan ulamolardan Zajjoj rahmatullohi alayhi aytadi: "Badgumonlik - yaxshi kishilar haqida yomon gumon qilishdir. Ammo, ahli fisq bo'lsa, undan nima fosiqlik zohir bo'lgan esa, shuni gumon qilishga haqqimiz bor". O'ylab ko'rilsa, o'zaro nizolar va kelishmovchiliklar ko'p hollarda bir-biridan yomon gumonda bo'lishdan ham kelib chiqadi. Yomon gumondan chetda bo'lish uchun doimo kishilar haqida yaxshi gumonda bo'lish, ular haqida aytgan habarlarni yaxshilikka yo'yish kerak.
Bu haqda hazrati Umar roziyallohu anhu: "Agar yaxshilikka burishning birorta yo'li bo'lsa ham, mo'min birodaringdan chiqqan so'z haqida faqat yaxshi gumon qil", degan ekanlar.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Zinhor va zinhor badgumon bo'lmanglar. Chunki, badgumonlik so'zning eng yolg'onidir", - dedilar.
Buhoriy rivoyat qilgan
Muoviya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: "Agar odamlarning aybini ahtaradigan bo'lsang, ularni buzasan", - dedilar.
G'iybatning zararlari: 1. G'iybatchi do'zaxda sassiq va iflos narsalarni yeb azoblanadi. 2. G'iybatchi qabrida Alloh taoloning azobiga duchor bo'ladi. 3. Giybatchidan iymon nuri va islom asari ketadi. 4. G'iybat qilingan shaxs kechirmaguncha g'iybatchining gunohi kechirilmaydi. 5. G'iybat bardavom yomonlikdir. 6. G'iybat ozor, zarar, xusumat va nafrat sababchisidir. 7. G'iybatchi pastkash shaxsdir. 8. G'iybat odamlar orasidagi muhabbat rishtalarini uzuvchi omildir.
|
|
| |
Taqvo | Дата: Среда, 02.01.2013, 15:10 | Сообщение # 15 |
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Статус: O'chig
| Gi'ybatga ruhsatli uzrlar: 1. Zulm ko'rish. Zulmga uchragan kishi to haqini olguncha zolimning zulmi haqida gapirish va shikoyat qilishga haqli. Imom Buhoriy va Muslim rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Albatta, haq egasining gapi bor", deganlar. 2. Munkarni o'zgartirish va gunohkorni to'g'ri yo'lga solish. Hususan, rahbarlarga gunoh ish qilayotganlar haqida habar yetkazish g'iybatga kirmaydi. Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumolar o'zlariga bu kabi habarlar kelganda g'iybat hisoblamaganlar. 3. Fatvo so'rashda. Bir kishi muftiyning huzuriga kelib: "Falonchi menga zulm qildi yoki haqimni bermayapti, uni qanday qilib olsam bo'ladi?" desa, g'iybat bo'lmaydi. Aybdorning nomini ham aytishi mumkin. Ammo, falon ishni qilgan odamning hukmi nima bo'ladi, qabilida ishora bilan gapirilsa, yana ham yaxshi bo'ladi. Abu Sufyon ibn Harbning xotini Hind binti Utba eridan shikoyat qilib, uni "baxil" deb ataganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam inkor qilmaganlar. 4. Musulmonlarni yomonlikdan ogohlantirish uchun. Musulmonlarga zarar keltirishi mumkin bo'lgan fosiq kishilardan odamlarni ogohlantirish uchun undagi bor gapni aytib qo'yish mumkin.
Oisha roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirishga izn so'radi. Bas, u zot: "Unga izn beringlar. U o'z urug'ining qandoq ham yomon birodari yoki urug'ining qandoq ham yomon o'g'li", - dedilar. U kirganda esa, unga muloyim gap aytdilar. Men: "Ey Allohning Rasuli, aytgan gapingizni aytdingiz-u, keyin unga muloyim gapirdingiz", -dedim. "Ey Oisha! Odamlarning yomoni odamlar uning faxshidan qo'rqib tark qilganlaridir", - dedilar.
To'rtovlari rivoyat qilishgan. Ulamolarimizning ta'qidlashicha, ushbu hadisi sharifda nomi zikr qilinmasdan uning haqida so'z ketayotgan odamning ismi Maxrama ibn Navfal bo'lgan Mazkur shaxs munofiq va fosiq odamlardan bo'lgan Shuning uchun ham, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam uning haqida o'ziga eshittirmasdan mazammat so'¡zini aytganlar. Ul zot bu bilan uning yomonligini boshqalarga bildirib, ularning undan extiyot bo'lishlari chorasini ko'rganlar. 5. Nikoh va omonat qo'yish masalasida birovning haqida maslahat so'ralgan maslahat so'rovchiga borini aytsa, gunoh bo'lmaydi. 6. Aybi laqabiga aylanib qolgan kishining laqabini aytish ham joiz. Misol uchun o'tgan mashhur kishilar ichida A'mash-shilpiq va A'raj-cho'loq laqabli zotlar bo'lishgan. 7. Ochiq-oydin fosiqlik qilgan kishining zikri.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Mujohirdan boshqa ummatimning hammasi afv qilinganlar. "Mujohara" kishining kechasi bir ishni qilib tong otganida, Alloh uni satr qilgan bo'lsa ham, ey falonchi, kechasi undoq qildim, bundoq qildim, demog'idir. Batahqiq u Alloh uni satr qilgan holida yotgan edi. Tong otganida u o'zidan Allohning satrini ochadi", - dedilar.
Ikki Shayx rivoyat qilishgan. "Mujohir" "jaxr" so'zidan olingan bo'lib, "oshkora qilivchi" ma'nosini bildiradi. Shar'iy istilohda esa, gunohni oshkora va uyalmasdan qiluvchi odamga aytiladi. Ushbu hadisi sharifdagi ta'rifga qaraganda, o'zi qilgan gunohni odamlarga maqtanib yurgan odam mujohir hisoblanadi. Demak, gunohni oshkora qilgan, o'zidan sodir bo'lgan gunohlarini gapirib yuradigan mujohirlarning gunohi afv bo'lmas ekan. Ana shunday mujohirlarning aybini gapirish g'iybat hisoblanmaydi.
G'iybatning kafforoti G'iybatchi bir yo'la ikki haqqa nisbatan jinoyat qiladi: 1. Alloh taoloning haqqiga jinoyat qilgan bo'ladi. Chunki, u Alloh taolo qaytargan ishni qildi. Buning kafforoti tavba qilish bilan bo'ladi. 2. Bandaning haqqiga jinoyat qilgan bo'ladi. Agar g'iybat bandaning o'ziga etgan bo'lsa, g'iybatchi uning oldiga borib, kechirim so'rash va nadomatini bildirishi lozim bo'ladi. Ulamolar: uning tavbasi to'liq bo'lishi uchun qayerda, qaysi majlisda g'iybat qilingan kishi haqida yaxhsi gaplarni gapirishi kerak, deganlar. Agar gap g'iybat qilingan odamga etmagan bo'lsa tavba qilgan g'iybatchi uning haqiga istig'for aytadi.
|
|
| |
Taqvo | Дата: Среда, 02.01.2013, 15:11 | Сообщение # 16 |
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Статус: O'chig
| To'qqizinchi ofat - chaqimchilik. Chaqimchilik arab tilida "namiyma" deyilib, lug'atda bir narsani zohir qilishni bildiradi. Ulamolar chaqimchilikni quyidagicha ta'riflaganlar: Imom Navaviy "Chaqimchilik buzg'unchilik yo'li bilan odamlarning gapini bir-biriga yetkazishdir", degan. Chaqimchilik Qur'oni Karimda va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarida qoralangan yomon xislatlardan biridir.
Alloh taolo: "Itoat qilma! Xar bir qasamxo'r, pastkashga. Kishilarni ayblovchi, chaqimchilik qilib yuruvchiga, Yaxshilikni man qiluvchi, tajovuzkor, sergunohga", degan. ("Qalam" surasi, 10-12 oyatlar).
Hammam roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Huzayfa bilan birga edik. Bas, unga: "Bir kishi gapni Usmon roziyallohu anhuga olib borib turadi", - deyildi. Shunda Huzayfa unga: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning "Chaqimchi jannatga kirmaydi", deganlarini eshitganman", - dedi". Bu hadisi sharifda chaqimchilik naqadar og'ir gunoh ekani bayon qilinmoqda.
Ulamolarimiz: chaqimchilikni halol sanagan odam jannatga kirmaydi, deganlar.
Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi "Muhammad sollallohu alayhi vasallam" "Parchalash nimaligini sizga aytib beraymi? Odamlar orasida "dedi-dedi"lar chaqimchilik qilishdir", - dedilar". Muslim rivoyat qilgan.
Xa chaqimchilik so'yilgan hayvonning a'zolarini parchalab bo'lingani kabi jamiyat a'zolarini parchalab bir-biridan ajratib tashlaydi. Chaqimchilik tarqalgan jamiyatda birlik xamkorlik qolmaydi. Bu esa, xar qanday jamiyat uchun o'ta xatarlidir.
Hasan Basriy: "Kim senga chaqimchilik qilsa, sening haqingda ham chaqimchilik qiladi", degan. Imom Zahabiy: "Chaqimchilik gunohi kabiyradir",degan.
Uning haromligini musulmonlar ijmo qilishgan. Chaqimchilik qilishning sabablari: 1. Gapi naql qilinayotgan shaxsga yomonlik yetkazish niyati. 2. Gap aytilayotgan odamga yaxshi ko'rinish. 3. O'zini o'zi xursand qilish va boshqalar.
Chaqimchilikning zararlari: 1. Chaqimchilik do'zoxga olib boruvchi yo'ldir. 2. Chaqimchilik ulfatlar orasida adovat olovini yoqadi. 3. Chaqimchilik ozor, zarar, alam, xusumat va nafratdir. 4. Chaqimchilikning oxiri voydir. 5. Chaqimchilik yaxshilikarni ketkazadi. 6. Chaqimchilik pastkashlik, qo'rqoqlik, zaiflik, makr, yaltoqlik va munofiqlikdir.
|
|
| |
Sabir | Дата: Среда, 02.01.2013, 15:12 | Сообщение # 17 |
Одди ўқувчи
Группа: Sayt hodimi
Сообщений: 17
Статус: O'chig
| Хаёт синовлари булар мураккаб Енгиш ёки енгилиш боглик узинга Гар енга олсанг хаёт синовин Бахтли ва тахтли булиш насибдир сенга Менчи енга оларманми бу синовларни Уйлайман енга оларман бу сукмокларни Кодир оллохим панохдир менга Насиб килсин ей оллох бахт ва тахт менга
http://img839.imageshack.us/i/diniimzalarwwwnomre1net.gif/
|
|
| |
ÂţÎřGůL | Дата: Понедельник, 14.01.2013, 23:13 | Сообщение # 18 |
Кумиш тож сохиби
Группа: Birodar
Сообщений: 97
Статус: O'chig
| Do’stimiz dilidegi dardlar… Biz
yowlik shijoati bilan xam pul
topiwga xam kayfu safo qiliwka
mukkasidan ketkan 5 og’ayni
edik.Ammo ichimizdan birgina u
es xuwini voxtida yig’ib Islomga
ixlos qo’yib e’tiqod yo’lini
tanladi.Biz esa xamon manfur
insonlar kabi bilgan iwimizni
qilib,insonlar bag’rini tilib
yuraverar edik.U bizni o’zi kabi
iymonu insofga
chorlar,muslimlikka da’vat qilar
edi.Ammo biz uni ustidan kulib
qilgan qilmiwlaring esindan
chiqdimi? O’zing xam biz kabi
kayf safoga mukkangdan
ketkan
edinku,endi birozgina etiqodga
berilib bizga Islomdan dars
bermoqchimisan deya
kamsitardik.Oxir oqibat u bizni
tark etti,yo’qlamay qo’ydi.
Oradan
ma’lum bir muddat o’tib xordiq
chiqargani bowqa waxarga
boradigan bo’ldik.O’wa
do’stimizni yana o’z safimizga
qaytariw uchun bu juda qulay
imkoniyat degan qarorga keldik
va uni yo’qlab uyiga bordik.
Uyidan iymon isi kelar edi.Unga
uzoq safarga
ketayotkanimizni,biz bilan
boriwini yo’l yo’lakay bizga
xadis
ilmlaridan ma’ruza qiliwini
iltimos
qildik.U bundan juda xursand
bo’liwini aytib bu safarga rozi
bo’ldi.Ertasi kuni yo’lga
otlandik.Bir necha kundan so’ng
o’wa manzilga yetib
bordik.Do’stimizni
mexmonxonada qoldirib o’zimiz
waxar aylangani kettik.U biroz
charchagani uchun biz bilan
boriwni ixtiyor etmadi.Wayton
yo’ldan urib bir foxiwani
gaplawdik. Qo’liga aroq tutqazib
o’wa do’stimiz bilan birga tongni
ottirsang istagan pulingni olasan
deya do’stimiz yotkan xonaga
kirgazib yubordik va o’zimiz
zimdan poyladik.U avvaliga
begonasirab qarwilik qildi biroq
makkoraning xiylasi xamda
og’uning tasirida sarmast bir
axvolga keldi.Biz xursand bo’lib
o’z yotog’imizga kirib
kettik.Ertasi
kuni u yotkan xona tomon
wowildik.Ewikni o’wa ilon
ochdi.Ana ko’ringlar do’stingiz
axvolini og’udan
sarmast,zinodan
wirakayf bo’lib yotibdi deya o’z
uluwini so’radi.Uni rozi qilib
do’stimiz tomon
owiqdik.Baqirib,ustidan kulib
xamma singari xirsing quliga
aylandinku deya ta’na qildik.U
esa
jimgina yotar edi.Wunda birimiz
borib to’wakni ko’tardik.Uning
chap ko’zidan bir tomchi yow
oqib,qiblaga teskari xolatda
yotib
xayotdan ko’z yumgan
edi.O’wanda qanchalar jirkanch
iwka qo’l urganimni anglab
yettim.Endi u Ollox oldiga qay
axvolda boriwini,qilgan
qilmiwimiz azobini u tortiwini
o’ylasam o’zimdan nafratlanib
ketaman.Iymon ummoniga g’arq
bo’lgan do’stimizni kechirilmas
gunoxga botirib oxirat
ostonasiga kuzatib qo’ydik.Endi
man o’zimni umrbod insonlar
safida sanawka xaqqim yo’q.
Chunki begunoxning uvoliga
qolib dinimning duwmaniga
aylandim
|
|
| |
Иймон | Дата: Вторник, 15.01.2013, 12:11 | Сообщение # 19 |
Талаба 5 курс
Группа: Sayt fahri
Сообщений: 25
Статус: O'chig
| МАШААЛЛОХ
|
|
| |
Muhammadiy | Дата: Вторник, 15.01.2013, 12:19 | Сообщение # 20 |
МашАллох
Группа: Sayt fahri
Сообщений: 4
Статус: O'chig
|
|
|
| |
Muhammadiy | Дата: Вторник, 15.01.2013, 12:20 | Сообщение # 21 |
МашАллох
Группа: Sayt fahri
Сообщений: 4
Статус: O'chig
|
|
|
| |
Muhammadiy | Дата: Вторник, 15.01.2013, 12:40 | Сообщение # 22 |
МашАллох
Группа: Sayt fahri
Сообщений: 4
Статус: O'chig
|
|
|
| |
ÂţÎřGůL | Дата: Среда, 16.01.2013, 12:51 | Сообщение # 23 |
Кумиш тож сохиби
Группа: Birodar
Сообщений: 97
Статус: O'chig
| Odno ofati... Статуслар ёзар рости йўқ, Друзялар кўп чин дўсти йўқ, Шу эрмакка барча кўнгли тўқ, Хақиқатдан чалғитди одно. Умр ўтар шундай нетларда, Агент,mаil, хар-ҳил чатларда, Олтинга тенг бу фурсатларда, Надоматдан чалғитди одно. Ёддан чиқди тасбеху,зикр, Яратганга қилмасмиз шукур, Ортга боқиб айлайлик фикр, Ибодатдан чалғитди одно. Коментларда доим урушлар, Жилмайишлар,гох юз буришлар, Тўкилади хатто кўз ёшлар, Адолатдан чалғитди одно. Кечалар хам ором йўқ хатто, Уйқудан ҳам интернет аьло Бу соғликка катта муаммо, Халоватдан чалғитди одно. Ўз домига тортди бирдайин, Хамма ёқни босди селдайин, Охири ҳам эсиб елдайин, Тубсиз жарга ирғитди одно.
|
|
| |
Иймон | Дата: Четверг, 07.02.2013, 17:53 | Сообщение # 24 |
Талаба 5 курс
Группа: Sayt fahri
Сообщений: 25
Статус: O'chig
| ЖАЗАККАЛЛОХУММА ХАЙРОН МАШААЛЛОХ
|
|
| |
Muhammadiy | Дата: Среда, 03.04.2013, 17:22 | Сообщение # 25 |
МашАллох
Группа: Sayt fahri
Сообщений: 4
Статус: O'chig
| Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дедилар: «Албатта сидқ-ростгўйлик яхшилик сари етаклайди. Яхшилик эса жаннат сари етаклайди. Албатта банда ростгўйлик қила-қила, ростгўйликка интила-интила, ахийри, Аллоҳ қошида Сиддиқ, деб ёзиб қўйилади. Албатта кизб-ёлғон фужур йўлига бошлайди. Фужур эса дўзахга олиб боради. Албатта банда ёлғон гапира-гапира, ёлғонни излай-излай, охир-оқибатда Аллоҳ наздида Каззоб, деб ёзиб қўйилади» (Бухорий ривоятлари, 5743-ҳадис, Муслим ривоятлари, 2607-ҳадис).
|
|
| |
|
| |