Taqvo | Дата: Среда, 28.11.2012, 13:55 | Сообщение # 1 |
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Статус: O'chig
| Hikmat yog'dusi Ne tilaging bo‘lsa, Allohdan tila, Yo‘qsa ishing to‘xtar, uzayar ohing. Har ishni boshlagin Alloh nomi-la: “Bismillahir rohmanir rohim...”
* * *
Allohga hamd bo‘lsin, cheksiz beadad. Uning hukmidadir osmonu zamin. Maqtovga loyiq zot Allohdir faqat: “Alhamdulillahi robbil ‘alamin...”
* * *
Borligiga keltir imon, Tog‘u toshlar bunga shohid. Alloh birdir, bunga inon: “Innama ilahun vahid...”
* * *
Shafqat, marhamat-la yorlaqar bizni, Maxluqotlar rizq-ro‘zin yetkazur doim. Taqdir etgan Udir har ishimizni: “Zalika taqdirul azizir-rohiim...”
* * *
U iroda etsa mutlaq bo‘ladir, Unga pinhon emas har yon, har iqlim. Hatto ko‘nglingdagi sirni biladir: “Vahuva bikulli shay’in aliym...”
* * *
U qulni kechirgay, U rahm qilar, Go‘zal ismlari Raufu Rohiym. Tavba qilganlarni bilgin afv etar: “Innahu huvat-tavvabur-rohiym...”
* * *
Alloh va’dasidir: yetkazar rizqing, Shubhasiz, bu qulga buyuk marhamat. Namoz o‘qi. Zakot ber qodir bo‘lsang: “Va aqimus-solata va atuz-zakat...”
* * *
Inson tafakkurda, harakatda hur, Amallarda sokin, xotirjam bo‘ling. Alloh qilganingiz har ishni ko‘rur: “Vallohu basiyrun bima ya’malun...”
* * *
Uning izmidadir zaminu samo, Har ish amri ila bo‘ladi sodir. U har ishga mohir, qodir doimo: “Vallohu ‘ala kulli shay’in qodir...”
* * *
Alloh sabr aylagan qulni sevadi, Mo‘min yuksaladi sabr etgan sayin. Alloh sabrlilar bilan birgadir: “Innalloha maas-sobiriyn...”
* * *
Allohga ko‘p shukr aytgan baxtiyor, Zero, U har damda – sizdan xabardor. U bilar chin shokir banda asli kim. “Fainnalloha shakirun aliym...”
* * *
Uning oyatlari ko‘p, Kofiy bunga ko‘k va suv. Undan o‘zga Tangri yo‘q: “La ilaha illa hu...”
* * *
Kim u o‘zin sanar juda quvvatli? Axir hamma uchun hisob bor, hisob. Allohning azobi, qattiq shiddatli: “Va innalloha shadidul azab...”
* * *
U afv etguvchidir, kechirgay albat, Nadomat chekib, chin tavba qilaylik. Alloh gunohlaring aylar mag‘firat: “Innalloha g‘ofurur rohiym...”
* * *
Yomonlikka yaxshilik qilsang ajr bor, Yaxshilik, go‘zallik – shiori dinning. Alloh ehson etgan qullarni sevar: “Innalloha yuhibbul muhsiniyn...”
* * *
Fasod bir ilondir, boshin darhol ez, Fasodchining ishi oxiri barbod. Alloh fasodchini yomon ko‘radi: “Vallohu la yuhibbul fasad...”
* * *
Insonlar barchasi bir asldandir, Bo‘lsa ham biri oq, biri qoratan. Bir millat bo‘lgani shundoq ayondir: “Kanan – nasu ummatan vahidatan...”
* * *
Mumkinmi bir nima Undan yashirmoq? U hammasin ko‘rar, bilar – qolmas sir. Hamma ishimizni ko‘rmoqda Haq-rost: “Innalloha bima ta’maluna basiyr...”
* * *
Eng to‘g‘ri qarorni Sen berasan, Sen, Ey ulug‘ Allohim, ey ulug‘ Rabbim. Har neni eshitib ham bilasan Sen: “Innaka antas-sami’ul aliym...”
* * *
Musulmon hech kimni urmas va so‘kmas, Qidirmas kimsani qiynamoq yo‘lin. Shubha yo‘qdir, Alloh zolimni sevmas: “Vallohu la yuhibbuz-zolimiyn...”
* * *
Sabr etgan doimo murodga yetar, Ey mo‘minlar, siz ham murodga yeting. Alloh ham sabrli qullarin sevar: “Vallohu yuhibbus-sobiriyn...”
Turk tilidan Abdumurod Xolmurodov tarjimasi, “Hikmat yog‘dulari” kitobidan olindi.
|
|
| |
Sabir | Дата: Среда, 02.01.2013, 12:40 | Сообщение # 2 |
Одди ўқувчи
Группа: Sayt hodimi
Сообщений: 17
Статус: O'chig
| [size=13][color=orange]Qalblarimiz haqida bir o'ylab ko'rsak, bizning qalbimiz qay biri ekan? Qalblar to`rt hil bo'ladi.
1- SOG'LOM TIRIK QALB.
Bu qalb imon bilan yashnab , ishonch va ixlos bilan munavvar bo`lgan hamda Allohning muhabbati, Alloh yaxshi ko`radigan va rozi bo`ladigan narsalar muhabbati bilan to`lgan qalb. (Qalbi saliym)
2- KASAL QALB.
Bu qalb iymon bilan nifoq o'rtasida sarson qalb. Goho uyg'onib qoladi goho mudrab qoladi, shayton tez-tez ziyorat qilib turadi bu qalbni. Bu iymoni zaif qalb.
3- O`LIK QALB.
Bu qalb imondan holi, zulmatli, shaytonlar yashaydigan xaroba kabi qo'rqinchli uyga o'xshaydi. Kufr, fisq, ma'siyat bilan to'lgan bu qalb kofirning qalbidir.
4- SINIQ YOKI TESHIK QALB.
Bu qalb bo'm-bo'sh teshik idishga o'xshaydi, har qancha narsa solsangiz ham hech tutib turolmaydi. Na ma'rufni va na munkarni biladi, faqat xohish havosiga to'g'ri kelgan narsanigina biladi. Bu qalb munofiqning qalbidirДобавлено (02.01.2013, 12:40) --------------------------------------------- Assalomu aleykum!
Alloh taolo nazar tashlaydigan muborak a'zoyimiz bu - qalbimizdir!
Xuzayfa ibn Yamon r.a. va'z qila turib : - Bir xil qalb bordirki, bo'm bo'shdir. Bu KOFIRNING qalbidir. Bir xili borki , goh unday , goh bunday. Bu esa MUNOFIQNING qalbidir. Yana bi qalb borki ,unda porlaguvchi bir qandil bor. Bu MO'MINNING qalbidir. Yana bir qalbda esa ham iymon , ham nifoq bor. Iymon pokiza suv bilan oziqlanadigan daraxt kabidir. Nifoq esa yiring va qon bilan to'yinib, shishib ketgan yaraga o'xshaydi . Bu qalbda shu ikki ozuqaning qaysi biri ko'p bo'lsa , o'sha g'olib keladi - dedilar. Olloh rozi bo'lsin!
Duo qilaylik: Ollohim! Bizlarni hidoyatingga boshlaganingdan so'ng, qalblarimizni hidoyatingdan burib qo'ymagin. Zero, O'zing qalblarni bilguvchi bo'lgan Zotsan. Omin !
http://img839.imageshack.us/i/diniimzalarwwwnomre1net.gif/
|
|
| |