Пятница, 19.04.2024, 09:47Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Форум
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Taqvo  
Форум » Islom » Islom » Hikmatlar (Assalomu alaykum forum ishtirokchilari! Ushbu mavzu orqal)
Hikmatlar
TaqvoДата: Среда, 28.11.2012, 13:55 | Сообщение # 1
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Награды: 3
Репутация: 3
Статус: O'chig
Hikmat yog'dusi
Ne tilaging bo‘lsa, Allohdan tila,
Yo‘qsa ishing to‘xtar, uzayar ohing.
Har ishni boshlagin Alloh nomi-la:
“Bismillahir rohmanir rohim...”

* * *

Allohga hamd bo‘lsin, cheksiz beadad.
Uning hukmidadir osmonu zamin.
Maqtovga loyiq zot Allohdir faqat:
“Alhamdulillahi robbil ‘alamin...”

* * *

Borligiga keltir imon,
Tog‘u toshlar bunga shohid.
Alloh birdir, bunga inon:
“Innama ilahun vahid...”

* * *

Shafqat, marhamat-la yorlaqar bizni,
Maxluqotlar rizq-ro‘zin yetkazur doim.
Taqdir etgan Udir har ishimizni:
“Zalika taqdirul azizir-rohiim...”

* * *

U iroda etsa mutlaq bo‘ladir,
Unga pinhon emas har yon, har iqlim.
Hatto ko‘nglingdagi sirni biladir:
“Vahuva bikulli shay’in aliym...”

* * *

U qulni kechirgay, U rahm qilar,
Go‘zal ismlari Raufu Rohiym.
Tavba qilganlarni bilgin afv etar:
“Innahu huvat-tavvabur-rohiym...”

* * *

Alloh va’dasidir: yetkazar rizqing,
Shubhasiz, bu qulga buyuk marhamat.
Namoz o‘qi. Zakot ber qodir bo‘lsang:
“Va aqimus-solata va atuz-zakat...”

* * *

Inson tafakkurda, harakatda hur,
Amallarda sokin, xotirjam bo‘ling.
Alloh qilganingiz har ishni ko‘rur:
“Vallohu basiyrun bima ya’malun...”

* * *

Uning izmidadir zaminu samo,
Har ish amri ila bo‘ladi sodir.
U har ishga mohir, qodir doimo:
“Vallohu ‘ala kulli shay’in qodir...”

* * *

Alloh sabr aylagan qulni sevadi,
Mo‘min yuksaladi sabr etgan sayin.
Alloh sabrlilar bilan birgadir:
“Innalloha maas-sobiriyn...”

* * *

Allohga ko‘p shukr aytgan baxtiyor,
Zero, U har damda – sizdan xabardor.
U bilar chin shokir banda asli kim.
“Fainnalloha shakirun aliym...”

* * *

Uning oyatlari ko‘p,
Kofiy bunga ko‘k va suv.
Undan o‘zga Tangri yo‘q:
“La ilaha illa hu...”

* * *

Kim u o‘zin sanar juda quvvatli?
Axir hamma uchun hisob bor, hisob.
Allohning azobi, qattiq shiddatli:
“Va innalloha shadidul azab...”

* * *

U afv etguvchidir, kechirgay albat,
Nadomat chekib, chin tavba qilaylik.
Alloh gunohlaring aylar mag‘firat:
“Innalloha g‘ofurur rohiym...”

* * *

Yomonlikka yaxshilik qilsang ajr bor,
Yaxshilik, go‘zallik – shiori dinning.
Alloh ehson etgan qullarni sevar:
“Innalloha yuhibbul muhsiniyn...”

* * *

Fasod bir ilondir, boshin darhol ez,
Fasodchining ishi oxiri barbod.
Alloh fasodchini yomon ko‘radi:
“Vallohu la yuhibbul fasad...”

* * *

Insonlar barchasi bir asldandir,
Bo‘lsa ham biri oq, biri qoratan.
Bir millat bo‘lgani shundoq ayondir:
“Kanan – nasu ummatan vahidatan...”

* * *

Mumkinmi bir nima Undan yashirmoq?
U hammasin ko‘rar, bilar – qolmas sir.
Hamma ishimizni ko‘rmoqda Haq-rost:
“Innalloha bima ta’maluna basiyr...”

* * *

Eng to‘g‘ri qarorni Sen berasan, Sen,
Ey ulug‘ Allohim, ey ulug‘ Rabbim.
Har neni eshitib ham bilasan Sen:
“Innaka antas-sami’ul aliym...”

* * *

Musulmon hech kimni urmas va so‘kmas,
Qidirmas kimsani qiynamoq yo‘lin.
Shubha yo‘qdir, Alloh zolimni sevmas:
“Vallohu la yuhibbuz-zolimiyn...”

* * *

Sabr etgan doimo murodga yetar,
Ey mo‘minlar, siz ham murodga yeting.
Alloh ham sabrli qullarin sevar:
“Vallohu yuhibbus-sobiriyn...”

Turk tilidan Abdumurod Xolmurodov tarjimasi,
“Hikmat yog‘dulari” kitobidan olindi.
Прикрепления: 5094330.jpg (15.5 Kb)


 
SabirДата: Среда, 02.01.2013, 12:40 | Сообщение # 2
Одди ўқувчи
Группа: Sayt hodimi
Сообщений: 17
Награды: 0
Репутация: 0
Статус: O'chig
[size=13][color=orange]Qalblarimiz haqida bir o'ylab ko'rsak, bizning qalbimiz qay biri ekan? Qalblar to`rt hil bo'ladi.

1- SOG'LOM TIRIK QALB.

Bu qalb imon bilan yashnab , ishonch va ixlos bilan munavvar bo`lgan hamda Allohning muhabbati,
Alloh yaxshi ko`radigan va rozi bo`ladigan narsalar muhabbati bilan to`lgan qalb. (Qalbi saliym)

2- KASAL QALB.

Bu qalb iymon bilan nifoq o'rtasida sarson qalb. Goho uyg'onib qoladi goho mudrab qoladi, shayton
tez-tez ziyorat qilib turadi bu qalbni. Bu iymoni zaif qalb.

3- O`LIK QALB.

Bu qalb imondan holi, zulmatli, shaytonlar yashaydigan xaroba kabi qo'rqinchli uyga o'xshaydi.
Kufr, fisq, ma'siyat bilan to'lgan bu qalb kofirning qalbidir.

4- SINIQ YOKI TESHIK QALB.

Bu qalb bo'm-bo'sh teshik idishga o'xshaydi, har qancha narsa solsangiz ham hech tutib turolmaydi.
Na ma'rufni va na munkarni biladi, faqat xohish havosiga to'g'ri kelgan narsanigina biladi. Bu qalb munofiqning qalbidir

Добавлено (02.01.2013, 12:40)
---------------------------------------------
Assalomu aleykum!

Alloh taolo nazar tashlaydigan muborak a'zoyimiz bu - qalbimizdir!

Xuzayfa ibn Yamon r.a. va'z qila turib :
- Bir xil qalb bordirki, bo'm bo'shdir. Bu KOFIRNING qalbidir.
Bir xili borki , goh unday , goh bunday. Bu esa MUNOFIQNING qalbidir.
Yana bi qalb borki ,unda porlaguvchi bir qandil bor. Bu MO'MINNING qalbidir.
Yana bir qalbda esa ham iymon , ham nifoq bor. Iymon pokiza suv bilan oziqlanadigan daraxt kabidir. Nifoq esa yiring va qon bilan to'yinib, shishib ketgan yaraga o'xshaydi . Bu qalbda shu ikki ozuqaning qaysi biri ko'p bo'lsa , o'sha g'olib keladi - dedilar.
Olloh rozi bo'lsin!

Duo qilaylik:
Ollohim! Bizlarni hidoyatingga boshlaganingdan so'ng, qalblarimizni hidoyatingdan burib qo'ymagin. Zero, O'zing qalblarni bilguvchi bo'lgan Zotsan. Omin !


http://img839.imageshack.us/i/diniimzalarwwwnomre1net.gif/
 
Форум » Islom » Islom » Hikmatlar (Assalomu alaykum forum ishtirokchilari! Ushbu mavzu orqal)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Copyright MyCorp © 2024 |