Воскресенье, 24.11.2024, 22:22Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Islom tarixi » Islom viktorinasi

"Biz Islomni bilamizmi?" Online 2
16.04.2013, 11:54

AgentViktorinaning 3-bosqichidagi savollar va ularning javoblari
"Biz Islomni bilamizmi?" Online AgentViktorinasining 3-bosqichida berilgan savollar va ularning javoblari. 03.03.2011. Jum'a kuni.


1. Rosululloh sollallohu alaayhi va sallamning bizga ma’lum nasablaridagi eng katta bobolari kim? (Ibrohim va Ismoil alayhissalomni istisno qilganda)
A) Muzar
B) Adnan
C) Nizar
D) Ilyos

Javob: Adnan Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning bizga ma’lum nasablaridagi eng katta bobosi hisoblanadi. (Ibrohim va Ismoil alayhissalomni istisno qilganda). Undan yuqorida – Ismoil alayhissalomga tutashadigan nasablari Islom tarixchilari orasida ixtilofli bo’lgani uchun Adnangacha bo’lgan nasabga ittifoq qilingan. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 55-bet; "Al-bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 208-bet.)

2. Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning qaysi bobosi Quraysh deb ism olgan?
A) Malik
B) Kilab
C) Fihr
D) Kinona

Javob: Quraysh Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning Fihr ismli bobolarining laqabidir.
("Ar-Rohiyqul maxtum”, 55-bet.)

3. "Uning asl ismi Zayd edi. Otasi Kilab vafot etganda onasi Bani Uzro qabilasidan bir kishiga turmushga chiqdi va o’g’lini ham o’sha yerga o’zi bilan olib ketdi. Zayd keyinchalik o’zining Qurayshdan ekanligini bilib, Makkaga qaytib keldi va oradan bir muddat o’tib, shahar boshqaruvini o’z qo’liga oldi”. Bu yerda Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning qaysi bobosi haqida gap ketyapti?
A) Murra
B) Luay
C) Qusoy
D) G’olib

Javob: Qusoy. O’z qabilasidan uzoqda ulg’aygani uchun "qusoy” – "uzoq” degan laqab bilan
atalgan. ("Tarixul arob qoblal-Islam”, 73-bet)

4. Qusoy Makka boshqaruvini qo’liga olguniga qadar Makkani qaysi qabila boshqarar edi?
A) Xuzo’a
B) Azdi Shanua
C) Jurhum
D) Saqif

Javob: Xuzo’a qabilasi. Qusoy boshqaruvni ayni shu qabila vakillaridan oldi. ("Ar-Rohiyqul
maxtum”, 35-bet.)

5. Ka’ba ziyoratiga kelgan hojilarni Makka raisi tomonidan bepul ovqatlantirish xizmati nima deb nomlangan?
A) Siqoya
B) Rifada
C) Hijaba
D) Riyasa

Javob: Rifada – hojilarni bepul ovqatlantirish xizmati edi. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 36-bet;
"Tarixul arob qoblal-Islam”, 74-bet)

6. Madinai Munavvaraning Islomgacha bo’lgan nomi nima edi?
A) Toyba
B) Yasrib
C) Al-Azro
D) Al-Muborak

Javob: Yasrib. ("Tarixul arob qoblal-Islam”, 60-bet)

7. Johiliyat davrida Hijozning ahamiyati va nufuziga ko’ra Makkadan keyingi ikkinchi o’rinda
turgan shahrini aniqlang:
A) San’o
B) Toif
C) Yasrib
D) Tobuk

Javob: Yasrib. ("Tarixul arob qoblal-Islam”, 60-bet)

8. Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning 3-bobosi bo’lgan Abdu Manof ning asl ismi nima
bo’lgan?
A) Mug’ira
B) Qays
C) Ka’b
D) Xuzayma

Javob: Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning 3-bobosi bo’lgan Abdu Manof ning asl ismi Mug’ira edi. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 55-bet)

9. "Uning asl ismi Amr edi. U otasidan keyin siqoya(hojilarga suv berish) va rifada(hojilarni
ovqatlantirish) xizmatlarini o’z qo’liga oldi. U birinchi bo’lib "iylaf”ni joriy qildi. U Yasribdagi Bani Najjor qabilasidan Salmoga uylandi. Lekin farzandi tug’ilmasdan oldin Fazzoda vafot etdi”. Ushbu ta’rif Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning qaysi bobosi haqida?
A) Mudrika
B) Hoshim
C) Abdu Mannof
D) Ilyos

Javob: Bu ta’rif Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning 2-bobosi bo’lgan Hoshimga tegishli.
("Ar-Rohiyqul maxtum”, 36-37, 56-betlar)

10. "Iylaf” nima?
A) Karvonlarning savdo uchun safar qilishi
B) Johiliya davrida har yili Ukoz va Majallada tashkil qilinadigan yirik bozor
C) Quraysh karvonining yozda Yamanga, qishda Shomga tijorat uchun safar qilshi
D) Hiyraga uyushtiriladigan savdo karvoni

Javob: Quraysh karvonining yozda Yamanga, qishda Shomga tijorat uchun safar qilshi. ("Tarixul arob qoblal-Islam”, 75-bet).

11. Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning bobosi AbdulMuttolibning asl ismini toping:
A) Shayba
B) Mug’ira
C) Muzar
D) Amr

Javob: Shayba. Tug’ilganida boshida oq sochi – "shayba” bo’lganligi uchun onasi Salmo uni shu nom bilan atadi. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 56-bet)

12. AbdulMuttolibga tushida Toyba, Barro va Maznuna nomlari aytildi. Bu qaysi buyruqqa ishora edi?
A) Ka’baga raislik qilish
B) Quraysh karvoniga boshchilik qilib, Shom va Yamanga safar qilish
C) Zamzamni qazish
D) Hojilarga nisbatan rifada va siqoya ishlarini amalga oshirish

Javob: AbdulMuttolibga tushida 3 kun davomida Toyba, Barr ova Maznuna nomlari aytilib,
4-kuni Zamzamni qazish buyrug’i berildi. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 258-259-betlar)

13. Zamzam aslida Ismoil alayhissalom davrida ochilgan buloq edi. Ammo AbdulMuttolib
davrida u ko’milib ketgan edi. Qaysi qabila Zamzamni ko’mib yuborgan edi?
A) Azdi Shanua
B) Xuzo’a
C) Jurhum
D) Kinona

Javob: Zamzamni Jurhum qabilasi Xuzo’a qabilasi tomonidan haydab chiqarilayotgan vaqtida ko’mib ketgan edi. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 258-bet)


14. AbdulMuttolibga Zamzamni qazishda qaysi o’g’li yordam berdi?
A) Abu Tolib
B) Horis
C) Zubayr
D) Ziror

Javob: Horis. Bu vaqtda AbdulMuttolibning Horisdan boshqa o’g’li yo’q edi. Horis Badr g’azotida ilk shahid bo’lgan Ubayda roziyallohu anhuning otasidir. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 259-bet; "Nurul yaqiyn”, 88-bet)

15. AbdulMuttolib o’g’li Abdullohni nega qurbonlik qilmoqchi bo’ldi?
A) Johiliya davridagi odatga binoan ilohlarga hurmati yuzasidan
B) Qasam ichganligi uchun
C) Zamzamni qazish vaqtida qilgan nazriga binoan
D) Faqirlikdan qo’rqib

Javob: Zamzamni qazish vaqtida ichgan qasamiga binoan. AbdulMuttolib o’zi va og’li Horis
ikkalasi Zamzamni qazishar ekan, Makka ahlidan boy va serfarzand odamlar kleib, bu ishga sheriklik qilishga harakat qilishdi. Ammo AbdulMuttolib ularning Zamzamni qazishda ishtirok etishlariga unamadi. Shunda ular AbdulMuttolibning yolg’izligi va bittagina o’g’li borligini aytib, qiynalib qolishi haqida piching qilishdi. Ish oxir-oqibatda AbdulMuttolibning foydasiga tugadi. AbdulMuttolib esa: "Agar Alloh menga 10 ta o’g’il bersa, albatta bittasini Uning uchun
qurbonlik qilaman”, deb nazr qildi. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 57-bet)

16. AbdulMuttolib nazrini amalga oshirmoqchi bo’lib, 10 ta o’glining o’rtasida qur’a tashladi. Qur’a Abdullohga chiqdi. U qurbonlik qilinishi kerak edi. Bu ish nima bilan tugadi?
A) AbdulMuttolib jarima to’ladi va nazridan forig’ bo’ldi
B) AbdulMuttolib qul ozod qilish orqali nazridan qutuldi
C) Abdulloh va uning evaziga qurbonlik qilinishi kerak bo’lgan tuyalar o’rtasida qur’a tashlandi
D) O’g’lining o’rniga qullaridan birini qurbonlik qildi

Javob: Abdulloh va uning evaziga qurbonlik qilinishi kerak bo’lgan tuyalar o’rtasida qur’a
tashlandi. AbdulMuttolib o’g’li Abdullohni qurbonlik qilmoqchi bo’lganida Quraysh raislari bu narsa keyinchalik odat bo’lib qolmasligi uchun unga qarshi chiqishdi. Shomlik bir kohinning maslahatiga ko’ra, Abdulloh va uning evaziga qo’yilga tuyalar orasida qur’a tashlashga qaror qilindi. Qur’a toki tuyalarga chiqquncha tuyalarning sonini oshirib borish kerak edi. Abdullohning evaziga qo’yilgan tuyalarning soni 10 ta edi. Qur’a Abdullohga chiqaverdi. Tuyalar soni 100 taga yetgandan keyin qur’a tuyalarga chiqdi. Tuyalarning hammasi so’yildi,
Abdulloh tirik qoldi. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 59-bet; "Al-Bidaya van-nihoya”, 2-juz’, 262-263-betlar)

17. AbdulMuttolib o’g’li Abdullohni qurbonlik qimay, uning o’rniga 100 ta tuya so’ygandan keyin uni Makkaning aslzoda qizlaridan bo’lgan Aminaga uylantirdi. Amina qaysi urug’ga mansub edi?
A) Bani Bakr
B) Bani Zuhra
C) Bani Umayya
D) Bani Abdu Manof

Javob: Bani Zuhra. Aminaning nasabi: Amina binti Vahb ibn Abdu Manof ibn Zuhra ibn Kilab –
shu yerdan Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning ota va ona tononlaridagi nasablari birlashib ketadi. (Keyingilari: Kilab ibn Murra ibn Ka’b ibn Luay ibn G’olib ibn Fihr. Fihr – Qurayshdir…..) ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 59-bet; "Al-Bidaya van-nihoya”, 2-juz’, 263-bet)

18. Abdulloh qayerda vafot etdi?
A) Yasrib
B) G’ozza
C) Busro
D) Toif

Javob: Yasribda. Abdulloh Shomga tijorat karvoni bilan yo’lga chiqib, yo’lda Yasribda to’xtadi
va shu yerda kasal bo’lib vafot etdi. Yoshi 25 da edi. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam onalarining qornida homila edi. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 59-bet)

19. Milodiy 571 yilda Makkaga Yamandan habash qo’shini bostirib keldi. Bu qo’shin Qur’oni
Karimda "Ashobi Fil” deb nom olgan. Bu qo’shinning boshlig’i kim edi?
A) Sayf bin Zu Yazan
B) Zu Nuvas
C) Abraha
D) Masruq

Javob: Abraha. Uni Habashiston Najoshiysi (Rim imperiyasining Habashistondagi noibi) Yamanga hokim qilib tayinlagan edi. U Makkaga Ka’bani buzish va arablarni o’zi San’oda
qurdirgan kaliso(cherkov)ga borib ibodat qilishga majburlash uchun qo’shin tortib keldi. Alloh bu qo’shinni xor qildi. ("Fil” surasi, 1-5-oyatlar; "Tarixul arob qoblal-Islam”, 78-bet)

20. Abraha Makkaga yaqinlashib, shaharning raisi bilan uchrashmoqchi bo’ldi va askarlariga
Makka raisini topib kelishni buyurdi. Ular AbdulMuttolibni chaqirib kelishdi. Abraha uning hurmatini joyiga qo’yib suhbatlashdi. Makkaga nega kelganligini bayon qildi. Suhbat so’ngida AbdulMuttolibdan qanday iltimosi borligini so’radi. AbdulMuttolib nima deb javob berdi?
A) "Makkaga hujum qilma, biz senga o’lpon to’laymiz”
B) "Makkaga hujum qilma, Allohning qahriga uchraysan”
C) "Askarlaring tortib olgan 200 tuyamni qaytarib ber, Baytning esa himoya qiladigan o’z egasi
bor”
D) "Biz oilalarimizni olib chiqib ketaylik, keyin Makkaga hujum qilsang rozimiz”

Javob: "Askarlaring tortib olgan 200 tuyamni qaytarib ber, Baytning esa himoya qiladigan o’z egasi bor”. Bayt – Ka’badir. ("Tarixul arob qoblal-Islam”, 78-bet)

21. Varaqa ibn Navfal kim?
A) Hanifiylardan bo’lgan va o’limigacha haq dinni qidirib, Ibrohim alayhissalomning diniga amal
qilishga harakat qilgan
B) Hanifiylardan bo’lgan va haqiqiy dinni qidirib, oxirida nasroniylik bilan kifoyalangan
C) Hanifiylardan bo’lgan va keyinchalik yahudiy diniga o’tgan
D) Hanifiylardan bo’lgan va haqiqiy dinni – Ibrohim alayhissalomning shari’atini qidirgan, lekin
oxirida qabilasining e’tiqodida – butparastlikda qolgan

Javob: Hanifiylardan bo’lgan va haqiqiy dinni qidirib, oxirida nasroniylik bilan kifoyalangan. ("Al-Bidaya van-nihoya”, 2-juz’, 251-bet)

22. Zayd ibn Amr ibn Nufayl kim?
A) Hanifiylardan bo’lgan va o’limigacha haq dinni qidirib, Ibrohim alayhissalomning diniga amal
qilishga harakat qilgan
B) Hanifiylardan bo’lgan va haqiqiy dinni qidirib, oxirida nasroniylik bilan kifoyalangan
C) Hanifiylardan bo’lgan va keyinchalik yahudiy diniga o’tgan
D) Hanifiylardan bo’lgan va haqiqiy dinni – Ibrohim alayhissalomning shari’atini qidirgan, lekin
oxirida qabilasining e’tiqodida – butparastlikda qolgan

Javob: Hanifiylardan bo’lgan va o’limigacha haq dinni qidirib, Ibrohim alayhissalomning diniga amal qilishga harakat qilgan. ("Al-Bidaya van-nihoya”, 2-juz’, 251-257-betlar). Rosululloh sollallohu alayhi va sallamdan u haqida aytilgan hadis rivoyat qilingan: "U (Qiyomat kunida) men va Iyso ibn Maryam o’rtasidagi yakka ummat bo’lib turadi”. Nasoiy "Kubro”da rivoyat qilgan. 8187-hadis. Isnodi hasan. Zayd ibn Amr haqida Buxoriy "Sahih”da alohida bob keltirgan.

23. Arablar kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishiga ko’ra necha qismga bo’lingan?
A) 3 qism
B) 2 qism
C) 4 qism
D) 5 qism

Javob: 3 qism. Arablar: 1. Arobul-baida 2. Arobul-‘ariba; 3. Arobul-musta’robaga bo’lingan. Arobul-baida yo’qolib ketgan arab qabilalaridir: Samud va Od kabi. Arobul-‘ariba – Yaman arablari, Qahtonning bolalaridir. Arobul-musta’roba – Hijoz arablari, Ibrohim va Ismoil
alayhimassalom va ularning avlodi Adnonning bolalaridir. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 22-28-betlar)

24. Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning ismlari Qur’oni Karimda umumiy necha marta
kelgan?
A) 4 marta
B) 3 marta
C) 5 marta
D) 6 marta

Javob: 5 marta. 1 marta Ahmad shaklida – "Soff” surasida, 4 marta Muhammad shaklida – "Oli
Imron”, "Ahzob”, "Muhammad” va "Fath” suralarida. (Manba: Qur’onga qarang.)

25. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam qaysi kuni tug’ildilar?
A) Dushanba
B) Jum’a
C) Payshanba
D) Chorshanba

Javob: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Fil yilining 1-yili, Robi’ul-avval oyining 9-kuni, Dushanba tongida; milodiy 571 yil, 22 Aprel kuni Makkada, Abu Tolib mahalasida tug’ildilar. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 61-bet) Rosululloh sollallohu alayhi va sallam dushanba kuni ro’zasi haqida: "Bu men tug’ilgan va menga vahiy tushgan kun” dedilar. Muslim. Ro’za kitobi, 1162-hadis. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 273-bet).                                                                 AgentViktorinaning 4-bosqichidagi savollar va ularning javoblari
"Biz Islomni bilamizmi?" Online AgentViktorinasining 4-bosqichida berilgan savollar va ularning javoblari. 25.03.2011. Jum'a kuni.


1) Savol: 1. Sha’riati Islomiyada amallar savob yoki gunoh bo’lishi bilan fiqhiy istilohga ko’ra nechaga bo’linadi?
Javob: Shariati islomiyada amallar savob yoki gunoh bo‘lish e’tibori bilan fiqhiy istilohga ko‘ra, yetti navga bo‘linadi:1 Farz, 2. vojib, 3sunnat,4 harom, 5makruhi tahrimiy,6 makruhi tanziliy,7 muboh.

2) Savol: Rasululloh s.a.v.ga fazr bo'lgan, ummatlariga esa sunnat bo'lgan amal qaysi???
Javob:Tahajjud namozi e’di

3) Savol: Sunnat necha xil bo’ladi?
Javob: Sunnatning turlari uchga bo‘linadi:
1. Takidlangan sunnat (sunnati muakkkada);
2. Odatiy sunnat (sunnati mashru’a);
3. Zoida sunnat (sunnati zoida).

4) Savol: Hojatxonaga kirayotgan kishi qaysi duoni o’qishi odobdan hisoblanadi?
Javob: «Allohumma inniy a’uzu bika minal xubsi val xobais». (Ma’nosi: «Ey Rabbim, erkak va ayol shaytonning yomonligidan panoh tilayman».)

5) Savol: Tahoratning farzlari nechta va Ularni sanab bering?
Javob: To’g’ri javob: 4 ta; 1)yuzni, 2)qo’lni, 3)oyoqni yuvish, 4) boshqa mash tortish.

6) Savol: Tahoratning farzlari qaysi oyatlarda keltirilgan?
Javob: To’g’ri javob: "Moida”, 6-oyat. Izoh: Alloh taolo: «Ey iymon keltirganlar, namozga tursanglar, yuzinglarni yuvinglar va qo‘linglarni tirsagigacha (qo‘shib) yuvinglar va boshinglarga mash tortinglar va oyog‘inglarni to‘pig‘igacha (qo‘shib) yuvinglar», deb aytgan. (Moida surasi, 6-oyat).

7) Savol: "Boshning hammasiga bir marta mash tortish” tahoratning qanday hukmi hisoblanadi?
Javob: Tahoratning sunnati

8) Savol: G’usl vojib bo‘lgan kishi Qur’oni Karim oyatlarini yoddan o‘qishi joizmi?
Javob: To’g’ri javob: Harom

9) Savol: tahoratdagi sunnat amallarni sanang?
Javob: 1. «Bismillahir rohmanir rohim», deb boshlamoq.
2. Tahorat qilishni dilga tugmoq.
3. Qo’lni yuvmoq.
4. Tishni misvok yoki qo’l bilan yuvmoq.
5. O’ng qo’lga uch marta suv olib og’iz chaymoq.
6. O’ng qo’lga uch marta suv olib burunni yuvmoq.
7. Qosh, mo’ylov va lab ostiga suv yetkazmoq.
8. Soqol oralariga panja urib ishqalamoq.
9. Oyoq panjalariga qo’l panjalari bilan suv yetkazib chog’ishtirmoq.
10. Yuz, qo’l va oyoqni uch martadan yuvmoq.
11. O’ng qo’lni chap qo’ldan, o’ng oyoqni chap oyoqdan ilgari yuvmoq.
12. Boshga mash tortganda peshonadan boshlamoq.
13. Boshning sochli joyining hammasini ho’llamoq.
14. Ko’rsatkich barmoq bilan quloq ichiga mash tortmoq, bosh barmoq bilan esa quloq tashqarisiga mash tortmoq.
15. Ikki qo’lning ort tarafi bilan gardanga mash tortmoq.
16. Tahoratning barcha farzlarini o’rniga qo’ymoq.
17. Tahorat orasida boshqa amallar bilan mashg’ul bo’lmaslik.
18. Qo’l va oyoqni yuvganda panja uchidan boshlamoq.

10) Savol: tahoratning makruh amallarini sanang?
Javob: 1. Suvni isrof qilish.
2. Suvni o‘ta kam ishlatishlik.
3. Suvni yuzga zarb bilan urish.
4. Ro‘zador odamning burniga va og‘ziga suvni qattiq tortishi ham makruhdir. Chunki bunda ro‘zaning ochilib ketish xavfi bor.
5. Najosatli o‘rinlarda tahorat olish.
6. Tahorat asnosida zaruratsiz gaplashish.
7. Burunga, og‘izga suv olish va niyatga o‘xshagan ta’kidlangan sunnatlarni tark qilishlik ham makruhdir.

11) Savol: «Alhamdu lillahillazi ja’alal maa tahuran val islama nuran» (Ma’nosi: «Suvni ham, Islom dinini ham poklik manbai qilib yaratgan Allohga hamd bo’lsin») duosi tahoratning qaysi rukni bajarilayotganda aytiladi?
Javob: Tahorat boshlanib, ikki qo’l yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi: «Alhamdu lillahillazi ja’alal maa tahuran val islama nuran». Ma’nosi: «Suvni ham, Islom dinini ham poklik manbai qilib yaratgan Allohga hamd bo’lsin»

12) Savol: Burunga suv tortilayotganda qaysi duo o’qiladi?
Javob: Burunga suv tortilayotganda ushbu duo o’qiladi: «Allohumma arihni roihatal jannati va la turihni roihatan-nari». Ma’nosi: «Ilohim, jannat hididan bahramand et, do’zax isidan nari tut»

13) Savol: Tahoratsiz kishiga harom bo’lmagan amallarni ayting?
Javob: To’g’ri javob: Tobutni ko’tarish, masjidga kirish.

14) Savol: Qanday suvlarda tahorat olish mumkin emas?
Javob: Quyidagi suvlar bilan tahorat olish mumkin emas:
- najasot tushgan idishdagi va hajmi 10x10 metrdan oz bo‘lgan hovuzdagi suvda;
- daraxt, meva, ko‘katlardan siqib olingan suvda;
- qurbat hosil qilish uchun (savob umidida tahorat ustiga tahorat olish uchun) ishlatilgan suvda;
- ifloslikni ketkazish uchun ishlatilgan suvda.

15) Savol: Tahoratga ishlatilgan suvdan idish yuvish yoki boshqa maqsadda foydalanish mumkinmi?
Javob: To’g’ri javob: Joiz emas.

16) Savol: Sahih manbalarga ko’ra Rasululloh SAV tahorat uchun qancha suv sarflardilar?
Javob: Ibn Jabrga Anas bunday degan ekanlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam g‘uslga bir so’dan (taxminan 4 litrdan) 5 mudgacha (taxminan 5 litrgacha) suv ishlatar edilar, 1 mud suv bilan tahorat olar edilar». ("Sahihi Buxoriy”, Tahorat kitobi, 49-bob)

17) Savol: Tahoratda yuviladigan a’zolarda yara yoki kasallik bo‘lganida qanday tahorat olinadi?
Javob: Tahoratda yuviladigan a’zolarining birida yara yoki kasallik bo‘lganida issiq suv bilan yuvish ham kishining sog‘ligiga zararli bo‘lsa, yuvilmaydi, balki ho‘l qo‘l bilan ustiga mash tortiladi. Agar mash tortish ham zarar yetkazadigan bo‘lsa, bu amal ham tark etiladi. Agar bunday kasallik tahoratda (g‘uslda) yuviladigan a’zolarning ko‘p qismini qamrab olgan bo‘lsa, tahorat yoki g‘usl o‘rniga tayammum qilinadi.


18) Savol: Namozda nechta farz bor?
Javob: Намозда ўн иккита фарз бўлиб, улардан олтитаси намоздан ташкарида, улар намоз шартлари дейилади: 1- тахорат учун тоза сув, тоза либос 2- тоза жой 3- авратни беркитиш 4-намоз вакти (яъни ўкиладиган намознинг вакти кирган бўлиши) 5- киблага юзланиш 6-ният.
Олтитаси намознинг ичида, улар намоз асослари деб аталади: 1-Аллоху акбар такбири билан намозни бошлаш (такбири тахрима) 2- киём (тик туриш) 3- кироъат 4- рукуъ 5- сажда 6- охирги(ташаххудга) ўтириш.                                                                         AgentViktorinaning 5-bosqichidagi savollar va ularning javoblari
"Biz Islomni bilamizmi?" Online AgentViktorinasining 5-bosqichida berilgan savollar va ularning javoblari. 01.04.2011. Jum'a kuni.


1. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Makkaning qayerida tug’ildilar?
A) Hijr
B) Kado
C) Shi’bi Bani Hoshim
D) Shi’bi Abdul Muttolib

Javob: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Makkaning Shi’bi Bani Hoshim degan joyida, otalari
Abdullohning uyida tug’ildilar. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 61-bet)

2. Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning tug’ilishiga kim doyalik qildi?
A) Shifo
B) Ummu Ayman
C) Halima
D) Suvayba

Javob: Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning tug’ilishiga AbdurRohman ibn Avfning onasi Shifo doyalik qildi. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 278-bet)

3. Rosululloh sollallohu alayhi va sallamni onasidan keyin birinchi bo’lib emizgan emizuvchi ayol kim edi?
A) Atika
B) Suvayba
C) Halima
D) Sofiyya

Javob: Abu Lahabning cho’risi Suvayba. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 61-bet)

4. Rosululloh sollallohu alayhi va sallamni birinchi qo’liga olgan erkak kim edi?
A) Bobosi Abdul Muttolib
B) Amakisi Abu Tolib
C) Otasi Abdulloh
D) Amakisi Horis

Javob: Rosululloh sollallohu alayhi va sallamni birinchi qo’liga olgan erkak bobosi Abdul Muttolib bo’ldi, bu nevarasining tug’ilishi uni juda xursand qildi. Va unga Muhammad ("juda ko’p maqtalgan”) deb ism qo’ydi. Hali arablarda bunday ism qo’yilmagan edi. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 61-bet)

5. Rosululloh sollallohu alayhi va sallamni emizish uchun olgan ayol – Halima qaysi qabiladan edi?
A) Bani Tag’lib
B) Bani Asad
C) Bani Sa’d ibn Bakr
D) Bani Quzo’a

Javob: Halima binti Abu Zuayb ibn Abdulloh ibn Horis Rosululloh sollallohu alayhi va sallamni emizish uchun o’z qabilasiga olib ketdi. U Bani Sa’d ibn Bakr qabilasidan edi. ("Al-Bidaya
van-nihaya”, 2-juz’, 287-bet)

6. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Bani Sa’d ibn Bakr qabilasida ekanligida "Shaqqi sodr” voqeasi sodir bo’ldi. Bu qanday voqea edi?
A) Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning ko’kraklari yorilib, undan shaytonning nasibasi olib tashlangan
B) Bu majoziy ma’nodagi ibora bo’lib, "ko’kragini ilmga ochish” degan ma’noni bildiradi
C) Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning qalblari ma’naviy nur bilan to’ldirildi
D) Rosululloh sollallohu alayhi va sallamga keng ilm berilganligini anglatadi

Javob: Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning ko’kraklari yorilib, undan shaytonning nasibasi olib tashlangan. Bu voqea haqiqatda sodir bo’lgan. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 289-292-betlar)

7. Quyidagilardan qaysi biri Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bilan emikdosh bo’lmagan (ya’ni bir ayolni emmagan)?
A) Hamza ibn Abdul Muttolib
B) Abu Salama ibn Abdul Asad
C) Masruh (Abu Lahabning Suvaybadan tug’ilgan o’g’li)
D) Abbos ibn Abdul Muttolib

Javob: Abbos ibn Abdul Muttolib. Qolganlar Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birgalikda Suvaybani emgan va shu bilan emikdoshga aylangan. Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning amakilari Hamza ibn Abdul Muttolib Halima Sa’diyani ham emganligi uchun ikki taraflama emikdosh bo’ladi. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 61-62-betlar)

8. Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning onalari Amina Rosululloh necha yoshda ekanliklarida va qayerda vafot etdi?
A) 5 yosh; Qubo
B) 6 yosh; Madina
C) 6 yosh; Abvo
D) 5 yosh; Makka

Javob: Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning onalari Amina Rosululloh 6 yosh ekanliklarida, Makka va Madina oralig’idagi Abvoda, tog’alari Bani Najjorni va eri Abdullohning Madinadagi qabrini ziyorat qilib ortga qaytayotganida vafot etdi. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 293-bet)

9. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam onalari Abvoda vafot etgach Makkaga kim bilan qaytdilar?
A) Madinadagi Bani Najjor qabilasidan bo’lgan tog’alari bilan
B) Bobosi Abdul Muttolib bilan
C) Amakisi Abu Tolib bilan
D) Enagasi Ummu Ayman bilan

Javob: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Abvodan bobosi Abdul Muttolibning topshirig’iga ko’ra, enagasi Ummu Ayman bilan Makkaga qaytdilar. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 64-bet)

10. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam onalari vafotidan so’ng kimning qaramog’iga o’tdilar?
A) Amakisi Abu Tolib
B) Amakis Abbos
C) Bobosi Abdul Muttolib
D) Enagasi Ummu Ayman

Javob: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam onalari vafotidan so’ng bobosi Abdul Muttolib qaramog’iga o’tdilar. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 297-bet)

11. Ummu Ayman – Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning enagasi. Uning keyingi hayoti qanday kechdi?
A) Rosululloh sollallohu alayhi va sallam yosh bo’lgan vaqtida vafot etdi
B) Rosululloh sollallohu alayhi va sallam ilk payg’ambar bo’lgan vaqtida vafot etdi
C) Unga Zayd ibn Horisa uylanib, Usoma ismli farzand ko’rdi
D) Unga Ja’far ibn Abu Tolib uylandi

Javob: Unga Zayd ibn Horisa uylanib, Usoma ismli farzand ko’rdi

12. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam 8 yoshda ekanligida Abdul Muttolib vafot etdi va Rosulullohni Abu Tolib o’z qaramog’iga oldi. Buning asosiy sababi nima edi?
A) Abu Tolib va Abdulloh (Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning otasi) tug’ishgan aka-uka edi
B) Abu Tolib Rosulullohga mehribon edi
C) Abu Tolib yosh bolalarni yaxshi ko’rardi
D) Abu Tolib Abdul Muttolibning eng boy o’g’li edi

Javob: Abu Tolib va Abdulloh (Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning otasi) tug’ishgan aka-uka edi. Mana shu tug’ishganlik Rosulullohning vasiyligi Abu Tolibga o’tishida katta o’rin
tutdi. Chunki tug’ishganlik boshqa aloqalardan ustun turadi. (Izoh muallifniki) ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 64-bet)

13. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam 12 yoshda ekanliklarida amakilari Abu Tolib bilan tijorat karvonida yo’lga chiqib, yo’lda nasroniy rohib – Buhayro bilan uchrashdilar. Buhayro Abu
Tolibga yosh Muhammadning kelajakda payg’ambar bo’lishi haqida belgilar ko’rayotganini aytdi. Bu uchrashuv qayerda bo’lgan edi?
A) Quddus
B) Busro
C) G'ozza
D) Damashq

Javob: Bu uchrashuv Shom(Suriya) yo’lida, Busro degan shaharda sodir bo’ldi. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 65-bet)

14. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam 20 yoshda ekanliklarida ikki yirik qabila – Kinona (Quraysh ham Kinonaga mansub edi) va Qaysi Aylon o’rtasida shiddatli urush bo’ldi. Urushning
"Harbul fijor” deb nom olganligining sababi nima edi?
A) Ikki qarindosh qabilaning qon to’kishi
B) Haram hududida jang harakatlari bo’lganligi
C) Ushbu urushning urush harom qilingan vaqtda bo’lganligi
D) Ikki qabilaning urushda ruxsat etilmagan qonunlarni qo’llagani

Javob: Ushbu urushning urush harom qilingan vaqtda, "ashhurul hurum”dan zulqa’da oyida bo’lganligi. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 305-307-betlar).

15. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: "Men Abdulloh ibn Jud’onning uyida bir yig’ilishda qatnashdim. Bu menga qizil tuyalardan ham suyukliroq edi. Agar unga Islomda ham da’vat
qilinsam, albatta (ijobiy) javob berar edim”(Bayhaqiy, "Sunanul Kubro”, 12859-hadis) deganlarida nimani nazarda tutganlar?
A) Darun-nadva dagi boshqaruv ishini
B) Siqoya – hojilarga suv berish xizmatini
C) Ka’bani ta’mirlash kengashini
D) Hilful-fuzul – mazlumlarga haqlarini olib beruvchi jamoani

Javob: Hilful-fuzul – mazlumlarga haqlarini olib beruvchi jamoani. Bu jamoa Abdulloh ibn Jud’onning uyida tuzilgan bo’lib, Makkadagi nizoli masalalarni, xususan mazlumlarning huquqlarini himoya qilishda katta o’rin tutardi. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 309-bet).

16. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam o’smirlik davrlarida nima ish bilan shug’ullanganlar?
A) Tuya boqish
B) Hunarmandchilik
C) Qo’y boqish
D) Savdogarlik

Javob: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam o’smirlik davrlarida bir necha qiyrot(mayda chaqa pul) haq evaziga Makka ahlining qo’ylarini boqar edilar. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 66-bet)

17. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Xadijaning karvoniga bosh bo’lib, Shomga tijorat safariga chiqqanida, necha yoshda edilar?
A) 25 yosh
B) 24 yosh
C) 23 yosh
D) 22 yosh

Javob: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bu vaqtda 25 yoshda edilar. Shu safardan 2 oy o’tib, Xadijaga uylandilar. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 66-bet)

18. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Xadijaga uylanganlarida Xadijaning yoshi 40 da edi. Rosululloh kelinning mahriga nima berdilar?
A) 20 ta tuya
B) 1000 dirham pul
C) 40 ta tuya
D) 500 dirham pul

Javob: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam kelinning mahriga 20 ta tuya berdilar. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 67-bet; "Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 310-bet).

19. Xadija onamizning nasabi qaysi javobda to’g’ri berilgan?
A) Xadija binti Xuvaylid ibn Asad
B) Xadija binti Xolid
C) Xadija binti Asad
D) Xadija binti Hakim

Javob: Xadija binti Xuvaylid ibn Asad. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 310-bet)

20. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Xadijadan nechta farzand (o’g’il va qiz) ko’rdilar?
A) 6 ta; 2 qiz va 4 o’g’il
B) 7 ta; 3 o’g’il va 4 qiz
C) 6 ta; 2 o’g’il va 4 qiz
D) 5 ta; 2 o’g’il va 3 qiz

Javob: 6 ta; 2 o’g’il va 4 qiz. O’g’illari: Qosim(shuning uchun Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Abul Qosim deb kunyalandilar) va Abdulloh (Toyyib va Tohir uning sifatlaridir). Qizlari: Zaynab, Ummu Kulsum, Ruqoyya va Fotima. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 67-bet; "Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 310-312-betlar)

21. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam 35 yoshdaliklarida Ka’bada qurilish ishlari boshlandi. Bundan maqsad nima edi?
A) Ka’bani buzib, boshqa o’rinda qayta qurish
B) Ka’bani buzib, qaytadan o’z o’rnida qurish
C) Ka’baning ichi va tashqarisni bezash
D) Ka’baning atrofini kengaytirib, masjid qurish

Javob: Bundan maqsad Ka’bani buzib, qaytadan o’z o’rnida qurish edi. Chunki bu vaqtga kelib, Ka’baning devorlari suv toshqinlari va yong’indan zarar ko’rib, nurab qolgan edi. Ka’bani
buzishdan maqsad – isloh edi, buzg’unchilik emas. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 67-bet).

22. Ka’bani yangilash ishlari Makka ahli tomonidan ittifoqlik bilan boshlangan edi. Lekin ish asnosida ularning orasida bir masalada nizo chiqdi va ish bir muddatga to’xtab qoldi. Bu qaysi masala edi?
A) Ka’ba kalitlari kimda turishi masalasi
B) Ka’ba atrofidagi masjidni kim boshqarishi
C) Hajarul Asvadni o’z o’rniga qo’yish masalasi
D) Ka’baning tomini yopish masalasi

Javob: Hajarul Asvadni o’z o’rniga qo’yish masalasi. Ayni shu ish Makka ahli nazarida sharafli ish deb bilingani uchun kim Hajarul Asvadni o’z o’rniga qo’yishi kerakligi to’g’risida tortishib qolishdi. Natijada ish to’xtab qoldi. Hattoki qabilalar o’rtasida urush kelib chiqish xavfi paydo bo’ldi. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 68-bet; "Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 319-bet).

23. Hajarul Asvad haqidagi nizo qanday yechildi?
A) Rosulullohning tadbiri bilan
B) Qur’a tashlash bilan
C) Fol ochish yo’li bilan
D) Qabila raislarining maslahati bilan

Javob: Rosulullohning tadbiri bilan. Hajarul Asvad borasida nizo chiqib, ish urush yoqasiga kelib qolgach, oralaridan Abu Umayma ibn Al-Mug’iyra Maxzumiy chiqib: "Kim birinchi bo’lib masjid eshigidan kirib kelsa, shuni o’rtamizda hakam qilamiz”, deb odamlarni tinchlantirdi. Bu orada ish to’xtab qolganligi uchun Rosululloh uylariga ketib qolgan va oradan bir muddat o’tib, ishdan xabar olish uchun Ka’baga kelayotgan edi. Shunday qilib, masjid eshigidan birinchi kirgan kishi Muhammad alayhissalom bo’ldi. Va Hajarul Asvad masalasidagi hakamlik u kishiga topshirildi. U kishi esa bir kiyimni Hajarul Asvadning yoniga to’shab, 4 qabiladan bittadan odamni yonlariga chaqirdilar va Hajarul asvadni kiyimga soldilar. Keyin Hajarul asvadni Ka’badagi joyigacha ko’tarib borishdi. Va oxirida Rosululloh toshni kiyimdan olib, o’z o’rniga o’rnatdilar. Odamlar: "Biz rozimiz, Ey Amin” deyishdi. Munozarali masala shu yo’l bilan yechildi. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 68-bet; "Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 319-bet).

24. Xuddi shu davrda Hijozda va Arabiston yarim orolining aksar qismida qaysi diniy e’tiqod hukmron edi?
A) Nasroniylik
B) Yahudiylik
C) Vasaniyya – butparastlik
D) Sobi’iylik

Javob: Bu davrda Hijozda, Arabiston yarim oroli va dunyoning aksar hududlarida vasaniyya – butparastlik hukmron diniy e’tiqod edi. Odamlar shirk va kufr zulmatida edi…. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 321-322-betlar).

25. Rosululloh 40 yoshga yaqinlashib qolganlarida yilning ma’lum bir vaqtida Allohga ibodat qilish uchun uzlatga chekinib, odamlardan xoli bo’lib ibodat qilishni odat qildilar. Lekin aniq bir ibodat ruknlari yo’q edi. Hali ilohiy shari’at tushirilmagan edi. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bu amal uchun qayerni tanladilar?
A) Savr g’ori
B) O’z uylari
C) Ka’ba
D) Hiro g’ori

Javob: Hiro g’ori. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 74-bet).

.......Saodat quyoshi chiqishiga, so’nggi payg’ambarning insonlarga Rosul qilib jo’natilishiga sanoqli kunlar qolgan edi. Dunyo zulmatda edi. Lekin tong yaqin edi. Dunyo Alloh subhanahu va ta’olo Rosululloh sollallohu alayhi va sallamni olamlarga rahmat qilib jo’natishi arafasida edi....

Allohumma solli ‘ala rosulina Muhammadin va 'ala aalihi va sohbihi va sallam!!!

Insha Alloh viktorinaning keyingi bosqichlaridan birini Islom tarixining "Nubuvvat va Risolat” davridan boshlaymiz. Alloh barchamizni hidoyat va tavfiqda bardavom qilsin.

Assalamu Alaykum va Rohmatullohi va Barokatuhu!!!

Категория: Islom viktorinasi | Добавил: Taqvo
Просмотров: 1904 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |