Воскресенье, 24.11.2024, 22:33Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Islom tarixi » Muhammad SAV

TASHRIFI MUHAMMADIYA (A.S.V)...
18.12.2012, 06:59

.Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning tavallud paytida vujudga kelgan xoriqolar va hodisalardir. U hodisalar Uning tavalludi bilan aloqador bir suratda vujudga kelgan.
Ham bi`satdan avval ba`zi hodisalar bo'lganki, to'g'ridan to'g'ri bir mo'jizadir. Bular ko'pdir. Namuna o'laroq, mashhur bo'lgan va hadis imomlari qabul qilgan va sofligi aniqlangan bir necha namunani zikr etib o'tamiz.
* Birinchisi: Tavalludi Nabiy kechasida, ham onasi, ham onasining yonida bo'lgan Usmon ibni Osning onasi, ham Abdurrahmon ibni Avfning onasi ko'rgan azim bir nurdirki, uchchovi ham degan: "Tavallud onida biz shunday bir nur ko'rdikki, u nur mashriq va mag'ribni bizga oydinlatdi."

* Ikkinchisi: U kecha Ka`badagi sanamlarning ko'pi yuztuban qulagan.

* Uchinchisi: Mashhur Kisroning ayvoni (Ya`ni mashhur saroyi) u kechada qimirlab yorilishi va o'n to'rt sharafasining (ustunining) qulashidir.

* To'rtinchisi: Savaning muqaddaslashtirilgan kichik dengizi u kechada yerga shimilib ketishi va Istahr-obodda ming yildan beri uzluksiz yoqib turilgan va so'nmagan, Majusiylar ma`bud qilib olgan otashning, tavallud kechasida so'nishi.
Ushbu uch to'rt hodisa ishoradirki, yangi dunyoga kelgan ul Zot, otashparastlikni tugatadi, Fors saltanatining saroyini parchalaydi, izni Ilohiy bilan bo'lmagan narsalarning muqaddaslashtirishni man qiladi.
* Beshinchisi: Garchi tavallud kechasida bo'lmay, biroq tavalludga juda yaqin bo'lgan jihati bilan, u hodisalar ham Irhosoti Ahmadiyadandir (A.S.M.). Masalan, surai اَلَمْ تَرَ كَيْفَ da qat`iy xabar bilan bayon qilingan "Fil voqeasi" bo'lib, Ka`bani buzish uchun Abraha degan Habash podshohi kelib, Fili Mahmudiy nomli bahaybat bir filni boshlab kelgan. Makkaga yaqin qolganda fil yurmagan. Chora topolmay qaytganlar. Abobil qushlari ularni mag'lub qilgan va tang ahvolga tushib qochganlar. Bu ajib qissa tarix kitoblarida batafsil yozilib mashhur bo'lgandir. Ushbu hodisa, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning payg'ambarlik dalillaridandir. Chunki, tavalludiga juda yaqin bir davrda qiblasi va tug'ilgan joyi va sevikli vatani bo'lmish Ka`bai Mukarrama, g'aybiy va xoriqo bir suratda Abrahaning tahribidan qutulgandir.

* Oltinchisi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom kichikligida Halimai Sa`diyaning yonidalik davrida, Halima va Halimaning erining shahodatiga ko'ra, quyoshdan behuzur bo'lmasligi uchun, ko'p marta ustida bir bulut parchasining Unga soya solganini ko'rganlar va xalqqa so'ylaganlar va u voqea to'g'riligi bilan shuhrat topgan.
* Ham yana, O'n ikki yoshida Shom tarafiga ketayotgan vaqt, Buhayroi Rohibning shahodatiga ko'ra, bir parcha bulut Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning boshiga soya solganini ko'rgan va ko'rsatgan.
* Ham yana, bi`satdan avval, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom bir marta Xadichai Kubroning Maysara ismli xizmatkori bilan tijoratdan kelayotgan payt, Hadichai Kubro Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning boshida ikki malak (farishtaning) bulut tarzida soya solib turganlarini ko'rgan. O'z xizmatkori bo'lgan Maysaraga aytgan. Maysara ham Hadichai Kubroga degan: "Butun safarimizda men shunday ko'rayotgandim."

* Yettinchisi: Sahih naql ila sobitdirki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom, bi`satdan avval, bir daraxtning ostida o'tirdi. U yer qurigan edi. Birdan yashillandi. Daraxtning shoxlari Uning boshi uzra egilib soya soldilar.

* Sakkizinchisi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom bolaligida Abu Tolibning uyida qolardi. Abu Tolib bola-chaqasi bilan U bilan birga ovqatlansalar, qorinlari to'yardi. Qachonki, U zot ovqatlanish vaqtida bo'lmasa to'ymas edilar. Shu hodisa ham mashhurdir, ham qat`iydir.

* Ham yana, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning kichikligida Unga qaragan va xizmat qilgan Ummu Aymon deydi: "Hech bir vaqt Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom ochlik va suvsizlikdan shikoyat qilmadi, na kichikligida va na kattaligida... "

* To'qqizinchisi: Emizgan onasi bo'lmish Halimai Sa`diyaning molida va echkilarining sutida, qabilasidagilarning aksi o'laroq, ko'p barakot va mo'lchilik bo'lganidir. Bu voqea ham mashhurdir, ham qat`iydir.
Ham yana, pashsha uni bezovta qilmasdi. Uning muborak badaniga va libosiga qo'nmasdi. Darvoqe, avlodidan bo'lmish Sayyid Abdulqodir Giyloniyga (Q.S.) ham, bobosidan u xususiyat irsiyat bo'lib o'tgandi.

* O'ninchisi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom dunyoga kelgandan keyin, boxusus tavallud kechasida, yulduzlarning tushishining ko'payishi bo'lib, shu hodisa O'n beshinchi So'zda qat`iy hujjatlar bilan qilgan isbotimizga binoan, shu yulduzlarning sukuti, shaytonlar va jinlarning g'aybiy xabarlardan kesilishiga alomat va ishoradir. Modomiki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom vahiy bilan dunyoga chiqdi, albatta yarim yumaloq (chala-yarim) va yolg'onlar bilan qorishiq bo'lgan, qohinlarning va g'oibdan xabar beruvchilarning va jinlarning xabarlariga chek qo'yish lozimdirki, vahiyga bir shubha kelmasin va vahiyga o'xshatilmasin. Ha, bi`satdan avval kohinlik ko'p edi. Qur`on nozil bo'lgandan keyin, ularga xotima berildi. Hatto, ko'p kohinlar iymonga keldilar. Chunki, qaytib jinlar toifasidan bo'lgan xabarchilarini topolmadilar... Demak, Qur`on xotima bergandi. Xuddi eski zamon kohinlari kabi, hozir ham madyumlar suratida yana bir navi kohinlik Ovrupada spiritizmchilarning oralarida bosh ko'targan. Har nima bo'lsa ham...
Alhosil: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning nubuvvatidan avval nubuvvatini tasdiq qildirgan va tasdiqlagan juda ko'p voqealar, juda ko'p zotlar bo'lgan. Ha, dunyoga ma`nan rais bo'ladigan (Izoh) va dunyoning ma`naviy shaklini o'zgartiradigan va dunyoni oxiratga ekinzor qiladigan va dunyoning maxluqotining qiymatlarini e`lon qilajak va jin va insga abadiy saodatga yo'l ko'rsatadigan va foniy jin va insni abadiy yo'qlikdan qutqaradigan va dunyoning yaratilish hikmatini va sirli tilsimini va muammosini ochadigan va koinot Xoliqining maqsadlarini biladigan va bildiradigan va ul Xoliqni tanib, umumga tanitadigan bir Zot, albatta hali kelmasidan, har narsa, har nav, har toifa Uning kelishini sevadi va kutadi va chiroyli qarshi oladi va olqishlaydi va Xoliqi tarafidan bildirilsa, u ham bildiradi. Sobiq ishoralarda va misollarda ko'rdikki, har bir maxluqot navi Uni chiroyli qarshi olayotgandek mo'`jizalarini ko'rsatganlar, mo'`jiza tili orqali nubuvvatini tasdiqlaganlar...
-------------------
Izoh: Ha, SULTONI LAVLAKA LAVLAK shunday bir raisdirki, ming uch yuz ellik yildan beri saltanati davom etmoqda. Birinchi asrdan so'ngra har bir asrda loaqal uch yuz ellik million tobelari va raiyati bor. Yer kurrasining yarmini bayrog'i ostiga olgan va tobelari kamoli taslimiyat ila Unga har kun salavotu salom bilan bay'atlarini yangilab, amrlariga itoat qiladilar.

Категория: Muhammad SAV | Добавил: Taqvo
Просмотров: 1585 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |