Воскресенье, 28.04.2024, 13:18Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Donishmand malika va uning

Donishmand malika va uning 1001 savoli 04
21.12.2012, 21:35

Malika so’radi: Zohidlik kimdan qoldi?
Donishmand aytdi:Hazrat Idris alayhissalomdan
Malika so’radi: Shokirlik(shukur qilish) qimdan qoldi?
Donishmand aytdi:Hazrat Nuh payg’ambardan.
Malika so’radi: Zokirlik kimdan qoldi?
Donishmand aytdi:Zikriyo payg’ambardan
Malika so’radi: Oriflik kimdan qoldi?
Donishmand aytdi:Hazrat Ayyub alayhissalomdan.
Malika so’radi: Ul nimadurki, nurga o’xshab tovush qiladi?
Donishmand aytdi:Hazrat Musoni qo’llaridagi nur tovush qiladi
Malika so’radi: Ul nimadurki,kecha ham bo’lmas,kunduz ham bo’lmas?
Donishmand aytdi:Ul Behishtdurki,ranggi subhga o’xshar.
Malika so’radi: Ul nimadurki Behisht xalqiga bo’lmas?
Donishmand aytdi:Behishtda bandalik qilmoq,betob bo’lmoq,ne’mat zoyil bo’lmoq yo’qtur.
Malika so’radi: Ul nimadurki,Havoda muallaq turur?
Donishmand aytdi:Ul Hajar ul asvad turur.
Malika so’radi: Behisht necha turur?
Donishmand aytdi:Sakkiz turur: avval Dorussalom,ikkinchi Dorul – Xuld,uchinchi Jannat un-na’im,to’rtinchi – Jannat ul-a’din,beshinchi – Jannat ul-ma’vo,oltinchi – Jannat ul Dorul Jalol,yettinchi – Bog’i Eramdur. Malika so’radi:Xotunlarga nima yaxshidur?
Donishmand aytdi:Sharmu hayo yaxshidur!
Malika so’radi:Yigitlarga nima yaxshidur?
Donishmand aytdi:Tavba yaxshidur!Tavba qilmagan yigit gavharsiz sadafga o’xshar!
Malika so’radi:Olimlarga nima yaxshidur?
Donishmand aytdi:Amal va zuhd va taqvo yaxshidur!Olimi beamal mevasiz daraxtga o’xshar
Malika so’radi:Boylarga nima yaxshidur?
Donishmand aytdi:Saxovat yaxshidur!Saxovati yo’q boy, suvi yo’q ariqqa o’xshar
Malika so’radi:Muqarrab farishtalar necha turur?
Donishmand aytdi:Adadini Xudo bilur, o’zga kishi bilmas!Ammo mashhurlari to’qqiz turur.Birlari yetmish ming farishtaga sardordur.Har sardorga yetmish ming umaro tobedur.Har umaroga yetmish omi farishta tobedur.Va yetmish ming olam tobedur.
Malika so’radi:To’qqiz mashhurlari qaysilar?
Donishmand aytdi:Avval Hazrati Jabroyil jami payg’ambarlarga vahiy keltiruvchi .2.Hazrat Mikoyil, hamma qoru yomg’irga , hamma maxluqotni rizqiga muakkil.3.Hazrat Azroyil,jami maxluqotning jonini olmoqqa muakkil.4.Hazrat Isrofil, to Qiyomatgacha hamisha og’zilariga surni olib tururlar.5.Dardoyil,oy va kun hamda yulduzlarga muakkil.6.Hazrat Ismoyil yer yuzidagi giyohlarga muakkil.7.Zuqoyil – Qiyomat kuni xaloyiqlarni taroziga hozirlashga muakkil.8.Ahroyil – hamma daryolaru chashmalarga muakkil.9.Hazrat Malik – yeti do’zaxga muakkildurlar.
Malika so’radi:Xudoyi Taolo hammadin ilgari nimani yaratdi?
Donishmand aytdi:Muhammad Mustafo salallohu alayhi vasallamning nurlarini yaratdi.Hamma narsalarni ul nurdan yaratdi.
Malika so’radi:Necha kishini suhbatidan yiroq bo’lmoq kerak?
Donishmand aytdi:Yeti toifa kishilardin, avval imonsizlardin 2.Munofiqlardin 3.Benamozlardin 4.Fosiqlar suhbatidan. 5.Sharobxo’rlardin 6.Haromxo’rlardan. 7.Kichik nodon bolaning suhbatidan yiroq bo’lmoq kerak.
Malika so’radi:Ko’ngildagi sirni necha toifa odamga aytmagay?
Donishmand aytdi:Besh toifaga: avval xotinga 2.Kichik bolaga 3.Dushmanga 4.Qulga 5.Nodonga
Malika so’radi:Necha toifa narsadan parhez qilmoq kerak?
Donishmand aytdi:Besh toifa narsadin:avval ko’p yemakdin 2.Ko’p uxlamakdin 3.Ko’p so’zlamakdin 4.Dunyo ko’p qidirmakdin 5.Dunyo yig’makdin Malika so’radi: Xudoyi Taolo Hazrat Odamni yaratib , avval nimani yubordi?
Donishmand aytdi: Avval aqlni yubordi.Aql kelib aytdiki: Ey Odam alayhissalom, mani sanga yubordi.Hazrat Odam aytdilar: O’rning qayda bo’lsa, turg’il!Aql kelib boshlarida qaror topdi.Anda sharm kelib aytdiki: Ey Odam mani sanga yubordi. Hazrat Odam aytdilar: O’rning qayda bo’lsa, turg’il!Sharm kelib ko’zlarida qaror topdi.Andin mehr keldi:Ey Odam mani sanga yubordi. Hazrat Odam aytdilar: O’rning qayda bo’lsa, turg’il!Mehr kelib ko’ngillarida qaror topdi.Andin keyin sabr keldi:Ey Odam mani sanga yubordi. Hazrat Odam aytdilar: O’rning qayda bo’lsa, turg’il!Sabr kelib qorinlarida qaror topdi.Andin keyin – bad’azon to’rt nimarsa yubordi.Avvali o’lim!Aytdiki: Ey Odam mani sanga yubordi.Hazrat Odam aytdilar: Joying qayda?O’lim aytdi: Sizning boshingizdadur.Hazrat Odam aytdilar: Joyingni aql olibtur!O’lim aytdi: Har vaqt o’lim kelsa, aql ketar! Ikkinchi ta’ma keldi: Ey Odam mani sanga yubordi.Hazrat Odam aytdilar: Joying qayda? Ta’ma aytdi: Sizning ko’zingizdadur.Odam aytdilar: Sizning o’rningizni sharm olibdur.Ta’ma aytdi: Har vaqtiki ta’ma kelsa, sharm ketar! Uchinchi hirs keldi: Ey Odam mani sanga yubordi. Odam aytdilar: Joying qayda? Hirs aytdi: Joyim sizning ko’nglingizdadir.Hazrat Odam aytdilar: Joyingni mehr olibdur.Hirs aytdi: har vaqt hirs kelsa, mehr ketar! To’rtinchi nafs keldi: Ey Odam mani sanga yubordi. Hazrat Odam aytdiki: Joyingni sabr olibdur.Nafs aytdi: Har vaqtki nafs kelsa, sabr qochar!
Malika so’radi: Har bir odamda necha gavhar bo’ladi?
Donishmand aytdi: To’rt gavhar bo’lur!Ani o’g’risi ham bo’lur!Afzali gavhar iymondur, ani o’g’risi Shaytoni alayhi la’na.Posboni "La ilaha illollohu Muhammadar Rasululloh!”. Ikkinchi gavhar namoz!Ani o’g’risi – johillik,hurmatsizlik.Posboni – himmat.Uchinchi gavhar ilm!Ani o’g’risi – takabburlik, posboni – shikastalik.To’rtinchi gavhar – saxovat, ani o’g’risi – baxillik, posboni – mehr-shafqatdur.
Malika so’radi: hammadan quvvatli nimadur?
Donishmand aytdi: Qirq kishini kuchi yo’lbarsdadur!Qirq yo’lbarsning kuchi bir sahobadadur!Qirq sahobaning kuchi Choharyorni birlarida bo’lur.Choharyorni kichi bir payg’ambarda bo’lur.Qirq payg’ambarning quvvati – Hazrat Muhammad Mustafodadur! Davomi bor..

Категория: Donishmand malika va uning | Добавил: Taqvo
Просмотров: 935 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |