Суббота, 27.04.2024, 23:54Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Donishmand malika va uning

Donishmand malika va uning 1001 savoli 06
21.12.2012, 21:37

Malika so’radi: Sirot ko’prigi nechuk turur?
Donishmand aytdi: Sirot andoq narsadurki, yetti Do’zax ustida ko’prikdur! Hamma xalqni Sirotdin qo’ymaslar. Ammo sirot uch ming yillik yo’ldur. Har yili bu dunyoni uch yuz oltmish yili birla barobardur. Ming yillik yuqori, ming yillik rost yurar, ming yil pastga tushar. Qildin ingichka, qilichdin tez! Xudoyi Taolo nido qilurki: "Ey farishtalarim, gunohkorlarni, ya’ni Shayton yo’liga kirganlarni, munofiqlarni haydanglar!” Haydarlar, ayog’lari kesilib, boshlari pastga, ayog’lari yuqori bo’lib, Do’zaxga ketarlar. Yana bir guruh Sirot ko’prigiga qadam qo’yarlar. Ayog’lari kesilib, qo’li birla ushlab, bag’ri birla sudralib, darmonda bo’lib, Do’zaxga ketarlar. Ba’zisi o’tluq Do’zaxga tushar va ba’zisi badbo’yga tushar. Har qaysi toifa gunohkorlarni o’z a’moliga boqib azob qilurlar. Ammo payg’ambarlar, avliyolar, shahidlar va hojilar solih – mo’min bandalar ko’z ochib yumguncha o’tib ketarlar. Malika so’radi: Do’zax necha turur? Har qaysisini oti nimadur? Nimadin ofarida qilinibdur? Nechuk toifalardin Do’zaxga ketarlar, nechuk azoblarga giriftor bo’lurlar?
Donishmand aytdi: "Jami farishtalar Do’zaxning haybatidin titrarlar. Xudoyi Taoloni g’azabidin qo’rqub faryodu nolavu zori qilib,tavbavu istig’for ayturlar. Odam farzandi bu dunyoda Qiyomat voqeasidin g’ofildurlar. Hamisha g’aflat birla ishga mashg’ul bo’lib, umrini bekor o’tkazurlar. Ammo bir kuni Hazrat Muhammad Mustafo SAV Hazrat Jabroyilga aytdilar: "Yo birodar, yetti Do’zaxni voqeasini menga bayon qilib bering.” Dedilar. Hazrat Jabroyil alayhissalom aytdilarkim: "Yo Muhammad, avvalgi Do’zaxni Hoviya derlar. O’tdin yaratilibdur. Ming yil qizitdilar qizil bo’ldi. Bu Do’zaxning kattaligi besh ming yillik yo’l turur. Ming vodiysi bor – o’tdin. Har vodiyda ming sanduq, har sanduqda ming turluk azoblar bor. Agar ul Do’zaxdin ignaning ko’zidek teshik ochilsa, bu dunyoni Mag’ribdin Mashriqqacha qo’ymay kuydirur. Bu Do’zax shunday toifani joyidurki, namozu ro’za tutmagan, shariat qonun – qoidalarini bajo keltirmaganlar joyidur. Ikkinchi Do’zaxni Lazo derlar. Xudoyi Taoloning g’azabidan ofarida qilinibdur. Bu Do’zax to’rt yuz yillik turur. Uning ming vodiysi bo’lib, har vodiyda yetmish ming qal’a, har qal’aning og’zi birla barobar chayonlari, kattaligi ulkan tog’lardek zaqqumlarni Do’zax ichida pur qilibdur. Agar odamga ta’sir qilsa, to Qiyomatgacha dardi past bo’lmas. Agar biri dunyoga kelsa, ani zahri achchiqligidan dunyo yuzidagi narsalar nobud bo’lur! Bu Do’zax avval ul toifa odamlar joyidurki, takabburlik qilib hamma odamlardin o’zini yaxshi qilib, musulmonlarni, yetim, faqir bechoralarni ko’ngliga ozor bergan, dodu adl birla qilmay, pora birla arz so’ragan podsho, qozi va muftiylar joyidur. Uchinchi Do’zax Saqar derlar. Kattaligi uch ming yillik yo’ldur. Bu Do’zax ichida uch ming choh turur, hammasi qon – yiring – najosat birla to’lfirilgan. Agar bir katta tog’ni solsa, ming yilda tubiga tushar. Agar bu Do’zaxdin bir pora najosat bu dunyoga tushsa, jami hayvonot va odamiylar ani badbo’yligidan tirik qolmas. Hamma Do’zaxlar oxirisa sarpo’shi bordur. Agar og’zi ochiq bo’lsa, hamma olam xarob bo’lur. Bu Do’zax andoqlar joyidurkim, bu dunyoda mol topib, zakot bermagan bo’lsa, Xudo yo’lida sarf qilmagan, yetim, bevalarga xayru- ehson qilmagan, sarobga, zinoga va fohisha ishlarga sarf qilgan kishilarning joyidur!
To’rtinchi Do’zaxni Sa’ir derlar. Ani kattaligi o’n ikki ming yillik yo’ldur. Ani ichida ming shahr bordur. Har shaharda ming tog’ – hammasi muzdin. Bu Do’zax sovuqligidan zarrachasi bu olamga chiqsa, hech jondor tirik qolmagay. Bu andoqlarni joyidurki, bu dunyoda zo’rlik bilan musulmonlarni molini olib, madrasa, masjid va imorat qilgan, faqir – yetimga zulm qilgan, kishi haqiga xiyonat qilganlarni joyidur!
Beshinchi Doz’axni Jahannam derlar! Kattaligi ming yillik yo’ldur. Bu Doz’axda yetmish ming qism shamol bordur. Agar bu olamga igna ko’zidek teshik ochilsa, tog’larni, daraxtlarni uchirib, odamu hayvonlarning hech nimarsani qo’ymay uchirib ketar. Ammo og’zi mahkamdur. Bu andoq kishilarni joyidurki, zino va sharobxo’r, ya’ni haromxo’r, ota – onasini, qarindoshlarini, hamsoyalarini ko’nglini og’ritib kishilarni aybini oshkor qilib, tavba qilmaganlarning joyidur.
Oltinchi Do’zaxni Sijjin derlar. Kattaligi o’n ming yillik yo’ldur. Hammasi qorong’u. Bu dunyoga ul Do’zaxdagi ilonlardin biri kelsa, ani haybatidin hamma narsalar nobud bo’lur. Agar bir zarra qorong’ulik bu dunyoga kelsa, hamma olam qorong’u bo’lur. Ammo og’zi mahkamdur. Bu andoq kishilarni joyidurki, bu dunyoda namoz o’qiydur, ro’za tutmaydur. Shatranj (qimor), surnay va karnay, ya’ni xilofi sha’riy qilganlarni joyidur.
Yettinchi Do’zaxni Hutama derlar. Kattaligi to’qqiz ming yillik yo’ldur. Hamma Do’zaxlardin muni issiqligi, azobu uqubatlari yuz ming hissa qattiqdur. Bu Do’zax shundoqlar joyidurki, omonaga xiyonat qilur, er – xotin bir –birini hurmat qilmay izo va ihonat qilur. Mol topib, haromga sarf qilur. Benamoz, sharobxo’rlar birla hamsuhbat bo’lurlarni joyidur. Bu Do’zaxlarni Xudoyi Taolo qahru g’azabidan yaratibdur. Bu yetti Do’zax tabaqa yerning ostidadur”. Malika so’radi: "Xudoyi Taolo olamda necha martaba odam yaratdi?”
Donishmand aytdi: "Avvalgi martaba yigirma to’rt lak el , - ddi. – Ul zamonda ikki guruh xalq bor edi. Biri odamiy, biri dev! Devning erkaklarining tanasi po’latdin, urg’ochisini tanasi ruhdin. Bu ikki guruhning biri gavparast, biri kunparast edi. Qadlari ming gaz, yemishlari bug’doy erdi. Bir mahal taom yer edilar. Kechayu kunduz yalang’och yurar erdilar. Xotinlari 15 yilda bir tug’ar edi. Umri ikki mingga yetib yashar edi. Yana bir guruh xalq tanasi kumushdin erdi. Bo’ylari ming gaz. Liboslari qayin daraxtining po’stidin, yemishlari bug’doy, xotinlari ikki egiz tug’ar erdilar. Dunyo ishini qilmadilar. Oxirat ishini qilib Hazrat Muhammad Mustafo SAVni dinlarida, imom A’zamni mazhablarida kalimayi shahodat aytur erdilarki Muhammad Rasululloh oxiri zamonda vujudga kelib, payg’ambari oxiri zamon bo’lurlar! Osmonda muqarra farishtalar: Jabroyil va Mikoyil, Isrofil va Azroyildur. ”
Payg’ambari oxiri zamonni to’rt yorlari : Avval Hazrat Ali Raziyallohu anhum deb bilur erdilar. Vatqiki o’lsalar o’luklari g’oyib bo’lur erdi. Ammo umrlari uch ming yoki to’rt mingga yetib yashar erdilar. Vaqtiki qarn tamom bo’ldi bu ikki toifa ham foniy bo’ldi.
Malika so’radi: Ikkinchi martaba necha yildur?
Donishmand aytdi: O’n olti lak yigirma ming yildur. Musulmon devlar bor erdi. Bo’yi ming gaz. Erkaklarini tanasi qizil la’ldin; xotunlarini tanasi gavhardin erdi. Bug’doy yaprog’larini qurutib kiyim qilib kiyar erdilar. Yemishlari xurmo erdi. O’n besh ming, yigirma ming umr yaprog’ va yog’ochdin uy qurib, o’lturur erdilar. Dinlari Hazrat Muhammad Mustafo SAVni dini erdi, Hazrat imom A’zamni mazhablarida erdi. Ya’ni ikki toifa erdilar. Birlari din ishini qilar, ikkinchisi atrofda podshohlik qilur erdilar. Vaqtiki o’lsalar yalang’och yerga dafn qilur erdi. Bu qarn ham tamom bo’ldi, bular ham foniy bo’ldi.
Malika so’radi: Uchinchi qarn necha yildur?
Donishmand aytdi: O’n ikki lak yigirma ming yildur. Bu qarnda yigirma ming turluk katta jonivorlar yaratdi. Xudoyi Taolo o’z qudrati birla tamomi olamga tarig’ to’ldirdi. Farmon qildiki: Ey, jonivorlar, bu tariq sizlarning yemishingizdur. Shul tariq qachon ado bo’lsa, o’shal vatqda o’lasizlar! Dedi. Jonivorlar to’qqiz lak yil tariqni yedi, qaradiki, oz qolibdur. Yana uch lak yil ko’proq yedi, andin so’ngra o’n olti ming yilgacha besh kunda bir donadan yedi. Vaqtiki bir dona qolibdur, ul donani to’qqiz ming yilgacha og’zida ko’tarib yurdi. Oxiri yedi va shul zamon o’ldi.
Malika so’radi: To’rtinchi martaba necha yildur? Bu martaba nechuk toifalar bor erdi?
Donishmand aytdi: Sakkiz lak yigirma to’rt ming yildur. Bu marotaba otlar birla obod erdi. Andin Odam Asni anosini arba’din, ya’ni: suv, havo (shamol), tuproq, o’tdin olib Makkayi muazzamada ofarida qildi. Andin so’ngra Hazrat Odamni chap yonlaridan Momo Havoni yaratdi. Bularni avlodlari bu olamga yoyilib, to Qiyomatgacha yer yuzida, bularni adadini Xudodin o’zga kishi bilmas!

Категория: Donishmand malika va uning | Добавил: Taqvo
Просмотров: 2154 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |