Воскресенье, 28.04.2024, 18:49Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Donishmand malika va uning

Donishmand malika va uning 1001 savoli 07
21.12.2012, 21:39

Malika so’radi: Arshni kattaligi qancha bordir?
Donishmand aytdi: Xudoyi Taolo Arshga o’n sakkiz ming burj, burjida hazor rukn paydo qildi. Har ruknda hazor kungira, har kungirada o’n sakkiz ming qandil, har qandilga yetti tabaqa yerni qo’ysalar bir dona tarig’i qo’yg’ondek ko’rinur. Xabarda keltirubdurlarkim, Shamoyil degan farishta Xudoyi Taologa arz qilibdiki: "Iloho, ruxsat besang, Arshni ziyorat qilsam!?” Farmon bo’ldiki: "Ziyorat qil!” deb.
Shamoyil Arshni atrofida kecha kunduz dam olmay ming yil uchti, ammo qanotlari to’kildi. Yana Xudoyi Taologa murojaat qildi. Yana qanot berdi, yana ming yil uchti. Boz Xudoyi Taologa murojaat qildiki: "Ey bor Xudoyo, Arshni necha marotaba ziyorat qildim?” Xudoyi Taolodin farmon bo’ldiki: "Ey Shamoyil, bir ko’ngurasidin yana bir ko’ngurasiga yetmading.” Xudoyi Taolo Arshni har burjida to’rt yuz ming farishta yaratdi. Sakkiz saf bo’lib tururlar. Bu safdin yanagi safning orasi besh yuz ming yillik yo’ldur. Har safda uch yuz ming farishta boshlari Arshda, oyoqlari yetti tabaqa yerning ostida. Bu farishtalarning kattaligi bir qush uchsa, ming yilda o’ng qulog’idan chap qulog’iga yetmagay. Bu farishtalarni boshi guhardin, ba’zisini boshi yoqutdin, mo’ylari za’farondin, badanlarini nisfi o’tdin, nisfi muzdin. O’t muzga asar qilmas. Ular hamisha tasbeh va tahlil ayturlar. Yana to’rt yuz ming farishta yaratibdur, odam suvratida, kattaligini haddi yo’q. Boshlari Arsh ustida, kaftlari Arshni tubida, oyoqlari Taxt – as – Sirroda yursa, har qadamlarini miyonasi yetti yuz yillik yo’l turur. Xudoyi Taolodin ul farishjtalarga farmon bo’ldi: "Arshni to’rt burjidin tutib ko’taringlar!” deb. Bu farishtalar onhama zo’r qilurlar, yana ko’tara olmaslar. Xudoyi Taolodin yana farmon bo’lur: "Ey farishtalar, osmonu zamindagi nimarsalarning quvvatini sizlarga berdim!” Onhama zo’r qilurlar, yana ko’tara olmaslar. Xudoyi Taolodin yana farmon bo’lur: "Aytinglar bu kalimani: "Subhonallohi va alhamdulillohi va La Ilaha illollohu vallohu Akbar! Vala havla, vala quvvata illo billohil aliyul aziym! Moosho allohu kano va mo lam yakun!”. Alloh har bir aybdin va nuqsondin pokdur. Va Alloh Taologa hamdu sanolar bo’lsin. U yakkayu yagonadir. Faqatgina o’zi ibodatga loyiq zotdur va Alloh ulug’ur. Va hech bir iloji yo’qki, Alloh oldida gunohkor bo’lmaslikka, agar uning o’zigina yordam bersagina gunohsiz bo’ladi banda. Ulug’ bo’lgan Alloh kuchlidur va nimaiki xohlasa bo’ladi va nimaiki xohlasa bo’lmaydi” , deb farishtalar Arshni ko’tardilar. To Qiyomatgacha tasbehlari shuldur. Malika so’radi: "Kursini kattaligi qanchadur?”
Donishmand aytdi: "Kattaligi shunchadurki, "Kavlahu Taolo vasi’a kursiyuhus samovati val Arzi”, ya’ni tabaqa eru etti tabaqa osmonni arosicha bordur!”
Malika so’radi : "Arshu kursidin keyin nimani yaratdi?”
Donishmand aytdi : "Yakshanba "Lavhul qalam”ni yaratdi. Qizil la’ldin. Kattaligi o’n yillik yo’ldur . Xudoyi Taolo farnon qildikim : "Ey qalam, "La Ilaha illollohu Muhammadur Rasululloh”ni savobini bitigin deb. Kalimayi Sharifni to’rt yuz yilda bitib bo’ldi. Arsyni ostida bir dona marvarid yaratdi. Andin "Lavh ul mahfuz"ni bino qildi. Kengligi va uzunligi ming yillik yo’ldur. Atrofida qizil yoqutdin xat bitiklik turur , hoshiysi zabarjaddin . Lavhni boshi Arshga payvastdur .Xudoyi Taolodin farmon bo’ldiki : "Ey Qalam , bitgil mani ilmimni , y’ni ofarida qilgon nimarsalarimni Qalam "Lavh ul mahfuz ”ga . Xudoyi Taolo Qiyomatgacha bo’lodurgon yaxshiliq va yomonliq .hamani rizqini , taqdir azalda bitdi .” Malika so’radi: Osmonni qaysi kuni ofarida qildi? Har qaysi osmonni oti nimadur? Ranggi nechukdur, har osmondagi farishtalar nima ish qilurlar? Ulug’larini oti nimadur? Har qaysi osmonda nechuk tasbeh aytilur?
Donishmand aytdi: "Xudoyi Taolo avval Hazrat Muhammad SAVni nurlarini yaratdilar. Va ul nurga nazar birla qaradi, daryoyi azim bo’ldi. Ul daryodin bir tutun chiqib yetti pora bo’lib erdi. O’shal yetti pora tutundin Dushanba kuni yetti tabaqa osmonni ofarida qildi,bir-birini ustida muallaq turur!Avvalgi osmonni Rafiqo derlar.ko’k zumariddin.Farishta andog’ ko’pdurki,kaftcha yer holi emas.Ba’zilar qiyomda,ba’zilar sujudda.Tasbehlari:”Subhona zi-l-mulku val malakut!”,ya’ni Alloh barcha ayblardin pok,u podshohlar egasidir!Ulug’larni birinchi oti Ismoil,biri Ra’ud bulutga va yamg’urga muaqqildir.Avvalgi osmondin ikkinchi osmonni orasi besh yuz yillik yo’ldur.Ikkinchi osmonni Arfilun derlar.Farishtalari kumushdin,avvalgi osmondin farishtalaridin ikki hissa ko’pdur.Hammalarini tasbehlari:”Subhona zi-l-izzati val a’zimati va qudrati va kibriyon val jabbaruvt”.Alloh pok bo’ldi.U izzat va azamat hamda kuch-qudrat,ulug’lik va tengsizlik Egasidir.Bularni ulug’ini oti Zukoyil,nisfi o’tdin,nisfi qordin,bu tasbehni ayturlar:”Subhona man allafa bayn-as salji van nari”,ya’ni "Pok parvardigoro kimniki do’st qilsa,qor va olov o’rtasida ham saqlaydi”.
Ikkinchi osmon bilan uchinchi osmonni orasi besh yuz yillik yo’ldur. Uchinchi osmonni Qulzum derlar, qizil yoqutdindur. Osmondagi farishtalarni adadini Xudodin o'z’a kishi bilmas! Tasbehlari: "Yo xayyu yo qayyumu yo xannon yo mannon yo subxoonu yo burxonu yo g'u’ronu yo musta'o’u yo badi'u’ samovoti val arzi yo zualjaloli”, ya’ni "Ey tirik zot, ey doimo tiriltiruvchi zot, berguvchi zot, ey manno qiluvchi zot, ey pok zot, ey hujjat qiluvchi zot, ey gunohni kechuvchi zot, ey yordamchi zot, ey yeru osmonlarni yaratuvchi zot, ey ulug’lik Egasi” ya’ni Alloh barcha ayb va nuqsonlardan pokdur, u podshohdur va hamisha tirikdur, hech qachon o’lmaydi!”, ulug’larini oti Kaykovus, tasbehi: "Subhonal malik – ul hayyallazi layamutu!”, ya’ni "Shunday ayb va nuqsondin pok Allohki podshohdur, hech qachon o’lmaydur!”
Uchinchi osmon bilan to’rtinchi osmon orasi besh yuz yillik yo’ldur! To’rtinchi osmonni Mo’un derlar. Oq gavhardin. Tasbehlari: "Subhon al malika al Quddusi!”, ya’ni "Pok parvardigor podshohdur va muqaddasdur, yolg’izdur!” Ulug’ini oti Mo’minot, bu tasbehni ayturlar: "Ashhadu anna Ilallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu!”, ya’ni "Guvohlik beraman, albatta, Alloh yagonadur, sherigi yo’qdur, ma’buddur, ibodat qilishga loyiq zotdur! Va yana guvohlik beraman Muhammad uning rasuli va bandasidur!”. Hazrat Azroyilni manzillari bu osmonda turur. Bu osmonda bir lavh bordur, ul lavhda hamma bandalarni oti bitiklik turur. Bu lavhni uzunligi besh yuz yillik yo’ldur. Va yana bir katta daraxt oldida barglari ko’p har bir bargiga bir kishini oti bitiklikdur. Farishtalar Hazrat Azroyilni oldida qo’l qovushtirib turarlar. Har kishini umri oxiriga yetsa, ul daraxtni bargi sarg’ayar, bitiklik otini o’chirur. Andin so’ngra kelib jonini olurlar. Joni xalqumiga yetganda yuqori qarasa, Hazrat Azroyilni yuz – ko’zlarini ko’rarlar. Ammo yuzlari to’rt qismdur. Biri ot’din, va biri qarodin va biri g’azabdin va biri rahmatdin. Ammo ulug’ yuzni kofurlar ko’rarlar. Qaro yuzlarini munofiqlar ko’rar. Rahmat yuzlarini esa payg’ambarlar,avliyolar,mo’minlar va solih kishilar ko’rarlar. Hazrat Azroyilni kattaligi andog’durki, agar olamni qo’llariga olsa bir xurmodek ko’ringay! Hazrat Mikoyilni makonlari ushbu osmonda turur, yomg’ir va jam’i maxluqotni rizqiga muakkildur to avvali dunyodin oxirgi dunyogacha. Yomg’ir va qor yog’sa, jam’i xaloyiq qanchayin rizq yesa Xudoyi taologa hisobini berur! Hazrat Isrofilni makonlari ham ushbu osmonda, surni og’izlariga olib tururlar. Hazrat Isrofilni kattaligi andog’durkim, Hazrat Azroyil shuncha zabardastligi bilan Isrofilni o’ng qulog’idan kirib chap qulog’idan chiqsa, aslo bilmay qolurlar! To’rtinchi osmonni orasi besh yuz yillik yo’ldur. Beshinchi osmonni Arqiyo derlar, qizil oltindin, farishtalari,kattaligi andog’kim, boshlari osmonda oyoqlari yetti tabaqa yerni ostida. Farishtalarining ming boshi bor, har boshida ming og’zi bor, har og’zidan ming tili bor va har tilida ming tasbehi tahlil hamdu sano ayturlar!
Ulug’ini otini Istifo’il derlar, tasbehlari: "Subhona robbi kulli shay’in”, ya’ni "Pok bo’ldi, Alloh ayb va nuqsondin har bir narsani o’zi tarbiyalaydi!”. Beshinchi osmon birla oltinchi osmonni orasi besh yuz yillik yo’ldur. Otini Fano derlar,qizil yoqutdin. Bu osmondagi farishtalarning kattaligi andog’durki, Xudodin o’zga kishi bilmas! Hammalari Xudoni qahru g’azabidin qo
Rqib hamisha to Qiyomatgacha yig’lab turarlar. Ulug’ini oti Riadmo’il, tasbehlari: "Xoliqun nuru subhonallohi va bihamdihi”, ya’ni "Alloh pok bo’ldi, ayb va nuqsondin unga hamdu sanolar bo’lsinkim, u zot nurni yaratguvchidir!” Oltinchi osmon bilan yettinchi osmon orasi besh yuz yillik yo’ldur.
Yettinchi osmonni Uryona derlar, bu osmon nurdin, farishtalari behaddur. Bularni go’ru Bayon derlar. Ba’zilari ruku’da, ba’zilari sajdada, hamisha tasbehu tahlil aytib to Qiyomatgacha yig’lab tururlar. Ummati Muhammadning gunohini tilarlar. Farishtalar har qaysisi boshqa suvratda, bir – birlariga qaramaslar va so’zlamaslar. Tasbehlari: "Subhona a’dada xalqihi va riza’a nafsihi va maddada kalimotihi!”, ulug’ini oti Turo’il, bu osmonda bir daraxt bor, ani "Sidrat ul muntaho” derlar. (Oxiriga yetgan katta daraxt tubi yerda, shoxi osmonda). Bu osmon Hazrat Jabroyilni makonlari turur. Bu osmonda bir daryo yaratibdur. Ul daryoda farishta yaratibdur, o’ltursa siynasiga kelur to avval dunyodin oxir dunyogacha Xudoyi Taoloni to’qson to’qqiz otini va ming bir sifatini aytib, Hazrat Muhammad Mustafo ummatlarining gunohini tilab, murojaat qilurlarki: "Allohummag’fir ummata Muhammadin fa taborakallohu ahsan ul Xoliqiyna!” derlar, ya’ni "Ey pok, parvardigor, Muhammad ummatlarining gunohlarini kechirgil, bas, o’zing ulug’, muborak zot va ko’rkam yaratguvchisan!”
Arshni ostida bir ustun yaratibdur, ani ustida bir qubba yaratibdur, ul qubbaning ustida bir jonivor Xo’rozga o’xshar, uni yonida yetti yuz qanot chap yonida ham har qanotida ming turluk bolu pari bor, hammasi za’farondin, har bir qanotida uch xat bitiklik turur! Avvalgida: "Bismillohir Rohmanir Rohiym – Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan!”. Ikkinchisida: "La ilaha illolloh, Muhammadan Rasulullohi”, ya’ni "Alohdin o’zga ibodatga loyiq zot yo’qdur, Muhammad Allohning elchisidur!”. Uchinchida: "Kulli shay’in Xaliqun Illa vajhahu lillahil vohidil qahhari!”, ya’ni "Bu jonivorga Arshdin kofir va za’faron yog’ar, qanotlarini qoqib, ahli Behishtga sochar, ham muazzin namoz vaqtida azon aytsa, bu jonivorlar qanotini qoqib tasbeh aytur: "Subhonillohil a’liyul a’ziym va bihamdihi!”, deb ya’ni, "Alloh bo’ldi, u ulug’ martabalikdur, unga hamdu sano xosdur!”deb, har qanotidan yetmish ming ovoz chiqar. Behishtdagi jonivorlar eshitib titrashgaylar. Daraxtlarning shoxlari bir – birlariga tegib turli ovoz paydo bo’lur. Huru g’ilmonlar bu ovozni eshitib darchalaridan boshlarini chiqarib birlariga xabar qilurlarki, u dunyoda namozni vaqti bo’libtur! Musulmonlar namozga mashg’ul bo’ldilar. Yettinchi osmon Arshi besh yuz yillik yo’ldur, Arshning ustida yetmish ming parda yaratibdur. Ba’zisi oltindin, durdin va ba’zisi marvariddin, kumushdin, la’ldin, yoqutdin, zumraddin. Har pardani orasi ming yillik yo’ldir. Bu pardalarni ustidagi narsalarni Xudodin o’zga kishi bilmas! Osmonda Arshu kursi, lavhul qalam, omu xos farishtalar beadad ko’pdur. Qiyomat kuni arz tillarini ochib: "Subhonaka, mo abdaka Haqqa ibodatika” derlar.”

Категория: Donishmand malika va uning | Добавил: Taqvo
Просмотров: 1418 | Загрузок: 0 | Комментарии: 45 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |