Суббота, 27.04.2024, 17:48Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Donishmand malika va uning

Donishmand malika va uning 1001 savoli 08
21.12.2012, 21:42

Malika so’radi: Yetti tabaqa yerni qaysi kuni yaratdi? Va har qaysi yerni oti nimadur? Ularda nechuk nimarsalar ofrida qilibdurlar?
Donishmand aytdi: Ming yil ilgari Hazrat Muhammad SAVni nurlarini yaratdi. Ul nurga rahmat nazari birla qaradi, daryoyi azim bo’ldi. Andin daryoga nazar qildi, ul daryo qaynab, mavj urib ko’pik bo’ldi, ul ko’pik yetti pora bo’ldi. Andin yetti tabaqa yerni Seshanba kuni ofarida qildi. Bir – birini ustidagi bu yerdin yana bir tabaqani orasi besh yuz yillik yo’ldir.
Avvalgi yerni Zamko derlar. Bu tabaqa yerda bir tog’ ofarida qildi. Qolgan yerlar barqaror bo’ldi. Bayt ul muqaddasda yotgan toshdin Qiyomat kuni oqliq paydo bo’lur. Kattaligi bu dunyoga qirq barobardur. Xudoyi Taolo bu yerda o’n sakkiz ming olamni ofarida qildi, hammasi odamzodlarni joyidur. Chahorshanba kuni hamma daryolarni va chashmalarni barpo qildi.
Malika so’radi: Yer yuzida necha katta Anhor yaratibdur?
Donishmand aytdi: To’rt Anhor yaratibdur; avval daryoyi Nil derlar, turlik zotlar bordir. Katta baliqlari bor. Arshdin avvalgi yerga tushar, daryoyi Qulzumga qo’shilur. Ikkinchi daryoyi Furot, ming farsangdir. Daryoyi Chindin chiqib, daryoyi Xurmurga qo’shilur. Uchinchi daryoyi Jayhun, to’qqiz ming farsangdur, daryoyi Muhitdin chiqib, daryoyi Ummonga qo’shilur. To’rtinchi daryoyi Sayhun, Qulzumdan chiqib, jangali Mazondoronga borur, bu dunyo o’n ming farsangdir.
Malika so’radi: Mag’ribdin Mashriqqacha, Yamandan Yusorgacha necha farsang yo’ldur?
Donishmand aytdi: Bir lak yetti ming farsangdir. Ellik bir minggi biyobon turur.
Malika so’radi: Yer yuzida ho’l ko’pmi yoki quruq yer, obod joy ko’pmi va yo vayronalik?
Donishmand aytdi: To’qqiz hissasi quruq, bir hissasi ho’l. Ho’lning to’qqiz hissasi vayronalik, bir hissasi obodlik. Obodlikni oltmish olti farsang yerida musulmon xalq bor, o’zgasi kofir. O’n ming farsang yerda Hindiston, ming farsang yerda Turkiston, to’qqiz ming farsang yerda Xitoy, uch ming farsang yerda Saqlot, yetti ming farsang yerda Kifor, to’rt ming farsang yerda Farangiston, ming farsang yerda Yunon, uch ming farsang yerda Rum, ikki ming farsang yerda Yajuj-Majuj, ming farsang yerda Tabrez. Ikkinchi yerni Jaldo derlar, bu yerda Do’zaxiylar uchun ilon-chayon ofarida qilibdur. Tishlari nayzaga o’xshar, hammasi fahar. Agar birisi bu dunyoga kelsa, hammani xarob qilur. O’n besh ming Bodiyi muxolif yaratibdur. Bu bodiyi muxolifni nisfini avvalgi yerga chiqarib oz qismini halok qilur.
Avvalgi yer birla ikkinchi yerni orasi besh yuz yillik yo’ldur. Uchinchi yerni Irqa derlar, bu yerda odamlar bordurki, yuzi odamni yuziga o’xshar, og’izlari otni og’ziga monand, oyoqlari ho’kzini oyoqlariga o’xshar. Ularga Qiyomat kuni azob ham bo’lmas, savob ham bo’lmas. Bizga kecha bo’lsa, ularga kunduz bo’lur. To’rtinchi yerni Jurmo derlar, munda katta toshlar ofarida qilinubdur, ularni Sanggi Kibrit derlar. Do’zaxiylarga azob qilgali: "Qavlahu Taolo va quduv qannosu val hijorati”, ya’ni, "Qo’rqinglar, ul o’tdin, ani o’ti xaloyiqdur”. Kanggi Kibrit (Gibrit)ni alar uchun bunyod qilgan, o’ti barcha o’tdin sobitliq. Beshinchisi Matiyyo derlar, bu yerda gunogun chayonlar bor. Hammasi tevaga o’xshar, tillari nayzaga o’xshar, zahorolud. Agar biri dunyoga kelsa, hech nimarsa qolmay nobud bo’lur. Ani zahrini asaridin hamma daryolarni suyini ichkali bo’lmas. Mevalarni yegali bo’lmas. Hamma xalq halok bo’lur. Oltinchi yerni Ajibo derlar, bu yerda iymonsizlar amolini yaqing bordur, unda ham bir daryo ofarida qilibdurlar, o’tliq ilondan.
Agar hamma daryoga solsa, ani zahrini achchiqligidan barcha baliqlar nobud bo’lur. Yettinchi yerni Ayno derlar, bu yerda Shayotinlar bordur. Bir qo’li siynasiga bog’liq, ikki oyog’i ham bog’langan, bovujudi ushbu holda turub, avalgi yerga urush qilgali sa’ud qilodur. Bu yetti tabaqa yerni orasi besh yuz yillik yo’ldir. Malika so’radi: O’z nafsingga nima dersan?
Donishmand aytdi: Agar nasihatni quloqqa olsa, har ku to’rt marotaba nasihat qilurman. Avvalgi nasihat shuldurki: "Ey nafs, Xudoyi Taoloni toatini qilsang qilg’il, qilmasang rizqingni yema? 2. Ey nafs, Xudoyi Taoloni qilma deganini qilma, bo’lmasa ani mulkidan chiqg’il! 3. Ey nafs, Xudoyi Taolo senga har narsa beribdur rozi bo’l, agar rozi bo’lmasang, yana boshqa Xudo talab qil! 4. Ey nafs, agar gunoh qilg’ali qasd qilsang, bir joy topg’ilki, andin sani Xudo ko’rmasin!”
Malika so’radi: Husnni kimga berdi?
Donishmand aytdi: Husnni o’n hissa qilib, sakkiz hissasini Momo Havoga, bir hissasini Bibi Soraga, yana bir hissasini jam’i xaloyiqqa berdi. Uni o’n hissa qilib Hazrat Yusufga to’qqiz hissasini, bir hissasini jam’i xaloyiqqa berdi.
Malika so’radi: Xudoyi Taolo salobatni kimga berdi?
Donishmand aytdi: Salobatni o’n hissa qilib, to’qqiini Hazrat Muso alayhissalomga berdi, bir hissasini jam’i xaloyiqqa berdi.
Malika so’radi: Xudoyi Taolo sabrni kimga berdi?
Donishmand aytdi: Sabrni o’n hissa qilib to’qqiz hissasini Hazrat Ayyubga berdi, bir hissasini jam’i xaloyiqqa berdi.
Malika so’radi: Necha payg’ambarni soqollik qildi?
Donishmand aytdi: To’rt payg’ambarni. Avval Hazrat Odam Safiyulloh, duvvum – Nuh nabiyulloh, savvum – Ibrohim Xalilulloh, chohorum – Hazrat Muhammad Mustafo salollohu alayhi vasallam! Malika so’radi: Xonai Ka’bani mo’jizotlari qaysidur?
Donishmand aytdi: Mo’jizotlari andaki, anda 24 mo’jiza bordur. Avvalgi mo’jizasi hamma xaloyiqni, xususan, farishtai Karrav Bayon va Hamelon Arshu Kursi va Lavhu Qalam, oy va kun, yulduzlar qiblasi xonai Ka’badadur. Ikkinchi mo’jiza uldurki, eru xotin har kishi umri davomida bir marotaba Haj qilsa, Xudoyi Taolo jamiki gunohlardan pok qilur. Uchinchi mo’jiza uldurki, Haj qilgan kishi albatta Bihishtga kirur! To’rtinchi mo’jiza uldurki, eru xotin har Qurbon oyini to’qqizi Arafa kuni to’qqiz lak, to’qqiz ming to’qqiz yuz kishi jam’i bo’lur. Agar mundin kam bo’lsa, osmondin farishtalar tushur. Odam suvratida jam’i bo’lib, andin keyin Haj qilurlar.
Beshinchi mo’jiza uldurki, har jonivor Ka’bani ustidan uchib o’tolmas, agar qasd bilan uchib o’tay desa, kuyib qolur! Oltinchi mo’jiza uldurki, har nechuk qush, har jonivorni olgani quvlab kelsa, jonivor Ka’baga kirsa, ololmas! Yetinchi mo’jiza uldurki, agar biyobonda hayvon zaxmdor bo’lsa, Ka’bani ichiga kirib tursa, sihat topar! Sakkizinchi mo’jiza uldurki, har kim Ka’bani buzgali qasd qilsa, halok bo’lur! To’qqizinchi mo’jiza uldurki, Ka’baga har kim qo’l ursa, qo’li qurur! O’ninchi mo’jiza uldurki, hech bir vatqda tavofdin xoli bo’lmas! O’n birinchi mo’jiza uldurki, har kim Ka’bani ko’rsa, sihat topar! O’n ikkinchi mo’jiza uldurki, har kim Ka’bani ko’rsa, salohiyat topar! O’n uchinchi mo’jiza uldurki, Hazrat Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu xalifalik vaqtlarida bir kishi Ka’bani ziyorat qilgali keldi, necha ming tillosi bor edi, fikr qildiki, bu tilloni Ka’bani ichiga qo’yay, o’g’ri olmasin deb. Ichiga olib kirib qo’ydi, o’zi savdoga ketdi. Nogoh bir o’g’ri bilib olgali qasd qildi. Ka’bani ostidan teshib qo’l uzatdi. Boshini teshikdin chiqarib erdi, Xudoyi Taolo yerga amr qildiki, "Qisgil”, deb. Yer qisdi. O’g’rini boshi yerga uzilib tushdi. Tanasi yerni ichida qoldi. Bir ovoz chiqtiki: "Har kim Ka’baga o’g’rilikka kirsa, boshi barbod ketar!” deb. Ka’bani sharifi bu ovozni eshitib Ka’baga kirdilar. Ko’rdilarki, bir odamni boshi tilloni oldida turibdur. Bular bildilarki, sir ayon bo’ldi. O’n to’rtinchi mo’jiza uldurki, bir kishi xonai Ka’bani ichida ziyorat birla mashg’ul erdi, nogoh Ka’bani eshigiga qulf soldi. Bu odam qamalib qoldi. Nisbi shabda tahorati tang bo’lib, eshigiga kelib harchand qichqirdi hech kim eshitmadi. Nochor Ka’bani ichiga tahorat ushatdi. Ertasi Namozi Bomdodga eshik ochib kirdilar. Bu kishi sharmanda bo’lib chiqib qochdi. Xaloyiqlar ko’rdilarki, bir to’da yipor turadur. "Egasi bormi deb?” qichqirdilar, hech kimdan ovoz chiqmadi. Qochgan kishini ushlab keldilarki, "bu yiporingni olgil”, deb erdilar. Bu kishi yiporni ko’rib hayron bo’ldi. Aytdiki: "Munda peshob qilib erdim!” Bular aytdiki: "Ichingdan chiqqan zahoti Ka’bani xosiyatidin yipor bo’libtur, olgil”, dedilar. Bu kishi olib chiqib sotdi. Kambag’al erdi, g’aniy bo’ldi. O’n oltinchi mo’jiza uldurki, Umar ibn Xattobni vaqtlarida bir fahmi ziyoda erkak Zaxom otliq xotinga oshiq erdi. Bir kuni shayton vasvasa qildi. Ka’baga kirib zino qildi. Itga o’xshab chaqishib qoldi. Harchand zo’r qildi, ajrata olmadi. Ertasi namozi Bomdodga xaloyiqlar kirdilar. Ko’rdilarki, bular chaqishibdur, har gez bir – biridin ajralmaydur. Tashqariga sudrab chiqardilar. Har kim la’nat deb tosh, g’isht bilan urdilar. To’rt kundan keyin to’ng’iz suvrat bo’lib o’lib qoldi. O’n yettinchi mo’jiza uldurki, ziyorat qilur mahalda bir eru xotin Ka’baga yomon niyat birla qaradi, ko’r bo’ldi. O’n sakkizinchi mo’jiza uldurki, bir odam bir kishini o’g’ri dedi. Ul kishi men o’g’ri emasman dediyu, Ka’baga qo’l uzatdi, qo’li quridi. O’n to’qqizinchi mo’jiza uldurki, har kim xonayi Ka’baga ixlos birla qarasa, ko’zi ravshan bo’lur. Yigirmanchi mo’jiza uldurki, xonayi Ka’baga harchand kishi yig’ilsa – jam’i bo’lsa, sig’ar. Yigirma birinchi mo’jiza uldruki, har turlik dardi bor kishi xonayi Ka’bani tuprig’ini olib ko’ziga surtsa, dardi daf’ bo’lur. Yigirma ikkinchi mo’jiza uldurki, bir kuni Abu Jahl qulini quvlab Ka’baga kirdi, pichoq tortib niyat qildiki, qulini o’ldirgay! Darhol ko’zi ko’r bo’ldi. Munojot qildiki: Ka’bani hurmatidin qulimni gunohini o’tdim deb. Bir zarba tuproq olib ko’ziga surtdi, ochildi. Yigirma uchinchi mo’jiza uldurki, No’shiravonu Odil Buzurgjumhurni Ka’baga qamadi. Buzurgjumhur Ka’bani tomiga chiqdi, osmondin bir nur xonayi Ka’bani tarafiga tushib keldi. Bu nurni ko’rib aytdiki: "Ey bor Xudoyo, xonayi Ka’bani hurmatidin mani xalos qil”, deb. Xalos bo’ldi. Ko’nglida Xudoyi Taologa iymon keltirdi. Yigirma to’rtinchi mo’jiza uldurki, xonayi Ka’bani yetti marta bino qilgan ul Zuqoyil, Ajroyil, Dardoyil, Ismoyil – bu to’rt farishta, ikkinchi Hazrat Odam birla Momo Havo bino qilgan. Uchinchi martaba To’fonni Nuhdin keyin Yaldur degan xonayi Ka’bani o’rnida butxona qildi. Yuz ming g’isht oltin xarj qildi. Xonayi Ka’ba tamom bo’ldi. Butni xonayi ka’bani ichiga olib kirib qo’ydi. Yer larzaga kelib butlarni olib tashladi. To’rtinchi martaba Xudoyi Taolo Hazrat Ibrohim AS ga amr qildiki: "Yo Ibrohim, Ka’bani peshtoqini tosh bilan bino qil!” Ibrohim AS Hazrat Is’hoq va Ismoyilni , Bibi Sora, Hojar birla Turi Sino tog’ida Arofat, Mino, Zaydu Uhud tog’idin tosh olib kelib bino qildilar. Boz Xudoyi Taolodin farmon bo’ldiki: "Yo Ibrohim, Baytullohni bino qilding, Xudoyi Taoloni bandalarini ziyorat qilinglar, deb qichqirgil!”, dedi. Ibrohim AS: Mani ovozim hech yerga yetmas! Dedilar. Xudoyi Taolo aytdi: "Sen qichqirgil, tamomi olamga anglatay!” dedilar. Hazrat Ibrohim qichqirdilar. Jam’i xaloyiq eshittilar, balki, onasini rahmidagi bolalar ham eshitdi. Hammaga Haj farz bo’ldi. Beshinchi marotaba Qurayshlar bino qildi. Oltinchi marotaba Hajjoj bino qildi.

Категория: Donishmand malika va uning | Добавил: Taqvo
Просмотров: 911 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |