Воскресенье, 28.04.2024, 21:50Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Donishmand malika va uning

Donishmand malika va uning 1001 savoli 09
21.12.2012, 21:43

Malika so’radi: Kun qaysi tomonda?
Donishmand dedi: Kun to’rtinchi osmonda turur. Chiqar mahalda farishtalar Mashriqdan Mag’ribgacha nurdin o’ttiz ming tanoib birla tortarlar,dunyo ravshan bo’lur. Andin keyin to’rtinchi yerga kirib ketar.
Malika so’radi: Kunni tutulg’onini boisi nimadur?
Donishmand aytdi: Bunda besh riyovat bordur: avvali bulkim, osmondin kun daryoga kirib ketar, farishtalar daryodin tortib chiqorurlar, olib chiqorg;uncha olamda qoron’gulik bo’lar. Ikkinchi, bulki, Hazrat Muhammad Mustafo SAV Me’rojga chiqqanlarida ummatlaridan shikoyat qildilar: Ummati Muhammad gunohni ko’p qilur deb. Payg’ambari SAV g’amgin bo’ldilar. Munojot qildilar: Ey, bor Xudoyo, Oftobni nurini kam qil, bir soatda kam bo’ldi. Uchinchi, toifa oftobfarastdurlar. Oftobga mutavajjuh bo’lg’onda bir soat qorong’ulik bo’lur. To’rtinchi bulkim, Xaloyiq ko’p gunoh qilsa, oftob tutilur. Beshinchi bulki, Sahmoyil degan bir farishta Xudoyi Taoloning farmoni birla og’ziga olur, shunda qorong’ulik bo’lur! Malika so’radi: Oftob chiqar mahalda sariq bo’lmoqni vajhi nima?
Donishmand aytdi: Oftobparastlar Kunga yuzlanganda mutavajjih bo’lg’onda oftob ayturki: Men sig’inishga loyiq emasman, mabodo Xudoyi Taolo azob qilurmi deb sariq bo’lur!
Malika so’radi: Oyni nimadin ofarida qildi? Tutulmog’I nimadindur? Na yerda turur?
Donishmand dedi: Arshni nuridin yaratdi, necha qism Oy yaratdi. Arshni ostida qiyomatgacha osig’lik turur. Ba’zi oyni kichik va ba’zi oyni butun va ba’zi oyni yarim qildi. Har oyni boshi bo’lg’onda muakkil farishta kichik oyni tanob birla tortib, avvalgi osmonga olib kelib qo’yarlar. Otini yangi Oy derlar. O’n uchinchi kechasi bir-biridan kattasini olib kelib qo’yurlar. O’n to’rtinchi kechasi katta oyni qo’yarlar. Biro y ado bo’lguncha bu tariqa debdurlar. Qiyomatgacha bir chiqqan oyga yana bir chiqqani navbat kelmas! Oyni kattaligi qirq farsang. Oyni tutulmog’I Kunga o’xshar!
Malika so’radi: Yulduzni nimadin ofarida qildi?
Donishmand aytdi: Nurdin ofarida qildi. Avvalgi osmonda muallaq turur, qandilga o’xshar. Yulduzni kattaligi yarim farsangdur. Malika so’radi: "Necha payg’ambarni saqollik qildi?”
Donishmand aytdi:”To’rt payg’ambarni . Avval Hazrat Odam Safiulloh , duvvum-No’h nabiulloh savvum – Ibrohim Xolilloh , chohorunm –Hazrat Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vassalom!”
Malika so’radi:”Imom Mahdi Oxiri zamon va xazrati Iso alayhissalom qaysi vaqtda hurmat qilurlar? Mo’jizalar nima? Dajjoli Yajuj – Majuj , Dobat ul arz bularni voqeasini bayon qil?”- dedi.
Donishmand aytdi: Imom Mahdi avlodi imom Husayindurlar.Atolarini otlari Hazrat Muhammad Rasululloh otlariga muvofiq ,yani Muhammad ibn Abdullo Madinada tavallud bo’ldilar.Makkada zuhur qilurlar.Ammo o’z ajallari birla Bayt ul – Muqaddasda vafot bo’lurlar. O’ng bozularida nishonalari bitiklik, chunonchi, Hazrati Muhammad SAV nishonlariga o’xshar, ammo yuzlari yulduz yanglig’ barq urar, peshonalari keng, burunlari uzun, miyona qad, qoshlari ko’p, ko’zlari qaro, tishlari bir-biriga muttasil emas, ranglari bug’doy rang, yuzlarida qaro xollari bor, kiftlarida ham qaro xollari bor. Gapirsalar, qo’llarini tizzalariga qoqib so’zlagaylar. Soqollari ko’p, xuruj qiladurgon vaqtlari qirq yoshda bo’lgay! Xos karomatlarini bayoni uldurki, kiygan liboslaridan ovoz paydo bo’lur, har jonivorni ishorat qilsalar uchib kelib qo’;llariga qo’ng’ay, har nechuk quruq yog’ochni o’tquzsalar meva bergay, har shaharni olurda "Lo iloha illollohu Muhammad Rasululloh!” degaylar, boshlarida bulut soya solib turgaylar. Farishtalar nido qilg’aykim: "Ey xaloyiqlar, imom Mahdiga hammalaring bay’at qilinglar!” degay. Bu ovoz Mahsriqdin Mag’ribgacha eshitilgay. Ularning martabalari g’avsdurki, har kimga nazar qilsa, olim bo’lur. Mashriqdin Mag’ribgacha nazarlari qoyimdur, bu martabayi payg’ambardur. Har kimga tuproq bersalar tillovu kumush bo’lur, bu martaba Xudoyi Taoloni atosidur. Lashkarlarida Hazrati Jabroyilu Mikoyil va Zu,koyil boshliq o’ttiz ming farishta hamroh bo’lib yurgaylar. Bularning vaqtida qo’y bilan bo’ri birga yurgaylar, kichik bolalar ilon bilan o’ynagaylar. Yerdagi g’oyib xazinalarni yer olib tashlab oshkora qilur. Faqiru miskinlar g’ani bo’lgay, xayru sadaqa zakot bersalar hech kim olmagay. Imom Mahdi xuruj qilmasdan ilgari bo’ladurgon voqea bo’lur. Bir hoshimni hujrasida va maqomi Ibrohim orasida o’ldirur. Yana bir podshoh bo’lur Sufyon otlig’ Horisni avvaldin Hazrat imom Mahdiga lashkar yuborur. Makka birla Madina orasida lashkarni yer yutar, ikki kishi salomat qolur. Biri Sfyonga xabar aytur, biri imom Mahdiga xabar aytur, hamma xaloyiqlar bay’at qilurlar. Hazrat imom Mahdi Sufyon birla urushgakli borurlar. Sufyonni o’ldururlar. Yana bir guruh xalqu ellarni Arabiston G’ag’u shahrida ani ham yer yutar. Yana bir alomati budurkim, Ramazon oyini avvalgi kechasinda oy tutilur, o’n beshida kun tutilur. Misr podshohi birla Shom podshohi urush qilib, Shom xalqini asr qilurlar. Yana bir alomati budurkim, Olam qorong’u bo’lib bir fursatda yorug’lik bo’lur. Hazrati imom Mahdi xuruj qilib, umrlari oxir bo’lguncha bo’ladurgon voqealar budurki, avval Makkadin xuruj qilurlar

Категория: Donishmand malika va uning | Добавил: Taqvo
Просмотров: 915 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |