Воскресенье, 28.04.2024, 14:55Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Donishmand malika va uning

Donishmand malika va uning 1001 savoli 10
21.12.2012, 21:44

Ashur oyini o’ninchi Jum’a kuni namozi Xuftondin keyin Imom Mahdi qavmidin uch kishi bay’at qilurlar. Hazrati imom Mahdi rukn namozini maqomini Ibrohim orasida. Hazrat Muhammad Rasulullohni alamlari qora yungdinm. Hazrat Muhammad Rasulullohdin so’ngra hech kim ani barpo qilg’on emas erdi. Hazrati imom Mahdi barpo qilurlr, onda bituklikdurki, Xudoyi Taolo uchun imom Mahdini sohib bayroqlari Slohi alayhissalom payga’mbarni o’g’illari Shuayb alayhissalomdurlar. Hazrat imom Mahdi birla Hazrat Muhammad SAVni ko’ylaklari birla qilichlari hamroh turur. Namozi Xuftondin keyin minbarga chiqib, Xutba o’qib xalqni iymonga da’vat qilurlar. Ko’fa va Yaman xalqi imom Mahdiga yor bo’lurlar. Hamma olamni podshohlari tamom bo’lur, chunonchi Iskandar Zulqarnayn, Hazrati Sulaymon podshoh bo’ldilar. Hazrati imom Mahdiga Arabu Ajam Musulmonlari itoat qilurlar. Imom Mahdini qavmlaridin duhsmanga qo’shilsa, ma’lum bo’lur, andin so’ngra yetti yil podshohlik qilurlar. Olamni adl birla obod qilurlar. Ka’badagi xazina oshkor bo’lur. Faqiru miskinlar g’ani bo’lg’ay.Hinduga lashkar yuborib, xazinalarini olib Bayt –ul Muqaddasni oroyish qilg’ay, sarf qilga’ylar. Hindu podshosini bo’yniga tavqi la’nat solib olib kelurlar. Uch ulug’ shaharni fath qilurlar: avval Qustantiyani fath qilg’oli borurda, daryoni labida bayroqlarini yozgaylar, namozi Bomdodga tahorat qilurda bayroq qochar, orqasidan borurlar, daryoni hamma suvi qurur, lashkar o’tib ketur. Chunonchi, Bani Isroyil Hazrat Musoni vaqtlarida salomat o’tganidek. Andin so’ng Qunstantiyaga kirurlar. "Allohu akbar!” deb ovoz qilurlar. Shaharki qal’asi yiqilur, andin so’ngra shaharga kirurlar. Ul shaharni oz bozori bo’lur, har bozorda ming do’kon bordur. Urush qilib, olti yuz kishi o’lur. Bul shaharni olurda Bayt – ul Muqaddasni yasarlar.
Ul tobuti Sakinada "Quron”da mazkurdir: "Qavlahu Taolo inniy ya’tikumut – tabutu fihi Sakinatun”, ya’ni tobutni uzunligi o’ttiz gaz, yog’ochi Shamshoddin. Bu tobutda Hazrati Musoni asolari, Hazrati Sulaymonni angushtirlari bor edi. Sakina degan bir Shamoldurki, ul tobutdin chiqib dushmanga urub parokanda qilur erdi. Juhudlar bu tobutni ko’rib iymon keltirurlar edi. Andin so’ng Dajjoli La’in shahri Qotia tarafidin paydo bo’lur.Dajjol degan juhudni o’g’li erdi. Hazrati Muhammad Mustafo SAV zamonlarida tug’ilib erdi, ya’ni Ka’b ul Axror Raziyallohu anho sahroga borur erdilar, ko’rdilarki, nechand odamlar ktib, boradurlar: "Ne yerga borasizlar/” deb so’radilar. Alar aytdilar: "Bir kofir tug’ibdur!” dedilar. KA’b ul Axbor ham bu xaloyiqlar birla bordilar. Ko’rdilarki, yangi tug’ibdur, so’zlaydur, soqoli ham bor, bir ko’zi yo’q, peshonasida bitibdurkim: "Huval kofiru billohi”, deb Hazrat Ka’b ul Axbor on Hazrat Salallohu alayhi vasallamga bayon qildilar. Sayyidi olam sahobalariga boqib dedilarki: "Dajjol paydo bo’libdur! Ul kofirni borib ko’raylik”, deb sahobalar birla bordilar. Dajjolni onasi chiqib salom qildi. Aytdiki: "Yo rasululloh, bir andat (to’xtanglar) taxayyur qilinglar, man andak uyga kirib bisot yozay”deb. Bisot yozib bo’lguncha, Dajjol so’radiki: "Ey ona, na ish qilursan?” Onasi aytdi: "Rasuli Xudo kelibdurlar, bisot soladurman!”, dedi. Dajjol: "Man ham ul Muhammad alayhissalomni ko’ray?” dedi. Onasi boshlab kirdi. Surayi Homin xotirlarida erdi, baland ovozi birla o’qidilar. Aytduilarki: "Ey fitnayi Jahon Dajjol emdi vujudga keldingmi?” Dajjol: "Ore” dedi. Hazrati Rasuli Xudo aytdilar: "Ey Dajjol aytgil, "Lo iloha illolloh Muhammadur Rasulollohu ashhadu anlo iloha illollohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu!” degil deb iymonga da’vat qildilar. Dajjol aytdi: "Ey Muhammad o’zing guvohlik berursanki, yer yuzini "Xudosidurmen” deb. Sayyidi Olam aytdilarki: "La’nat sendek iymonsizga!”. Hazrat Umarni g’azablari kelib, shamshirlari birla choptilar. Dajjolga aslop ta’sir qilmadi. Shamshir qaytib kelib Hazrat Umarni boshlariga tegdi. Sayyidi Olam aytdilar: "Yo Umar, Xudoyi Taoloni taqdirini o’zga qilib bo’lmas! Dajjolni o’z qudrati birla yaratkan, muni zamona oxirida Hazrat Iso AS osmondin tushib o’zlari o’ldirurlar” deb, On Hazrat Dajjolni uylaridan chiqdilar. Dajjolni onasi aytdiki: "Yo Rasululloh bir soat o’ltirsunlar, man mahozir tayyor qilay?” dedi. Sayyidi Olam aytdilar: "Ey mazluma oting nimadur?” Xotin aytdi: "Otim burun Kiyonina erdi, musulmon bo’lganimdan keyin G’amima qo’ydim, dinim sizning diningizda, "Alhamdulillahi” musulmondurman!” Dajjolni otasi Sayyid kofir erdi, o’ttiz bir kun bo’ldi Do’zaxga ketdi” , dedi. Sayyidi Olam aytdilar: "Taqabballohu!” Ey, mazluma Xudoyi Taolo senga rahmat qilsin”, deb duo qildilar. Dajjolni onasi uyga kirib aytdiki: "Ey, Dajjol, qo’pib tashqari chiqqil, xaloyiq sani ko’rgali kelibdur!” dedi. Dajjol tashqari chiqib o’lturg’on erdi, xaloyiq eshitib aytdiki: "Hazrat Muhammad Mustafo SAV kelganlarida bu mal’un nosazo so’z aytdi”. Hamma xaloyiq tosh, g’isht birla urdilar. Dajjol qo’pib quvalab (xaloyiqni) bir ko’chaga qamadi. Qo’lida ishorat qilib erdi, ul xalq ko’chada band bo’lib qoldi. Xaloyiq faryodu nola qildilar. Sayyidi Olam eshitib munojot qildilar: "Ilohi, Xudovanda bu Dajjoli La’inni bu yerdin ko’targil!”. Xudoyi Taolo darhol bir farishtaga amr qildi. Ul farishta bir qush suvratinda bo’lib, darhol Dajjolni sochidin tutib havoga olib chiqdi. .Dajjol onhama qichqirdi: "Yo Rasululloh, mani bu qush qo’lidin halos qiling”, deb. Ul farishta Dajjolni daryodin o’tkarib, bir dashtu biyobonga olib borib qo’ydi. Anda devlar bor erdi. Dajjolni ko’rib hayron qolib, hamma devlar Dajjolga farmonbardor bo’ldilar. Dajjolni eltib qo’ygan farishta on Hazrat SAVga bayon qildilar: "Yo Rasululloh, Dajjoli la’in qaysi vaqt ul jaziradin chiqib kelur” deb. Sayyidi Olam aytdilar: "Yoronlarim, ul Dajjol, chiqar vaqtinda nechand alomatlar zohir bo’lur: avval olimlar ilmiga amal qilmaslar, xotinlar begonalar birla yurur. Hamma xalq – eru xotinlar ma’rakayi majlisga kirib sharob icharlar, kichik-kichik bolalarni ota-onalari o’qigali bermaslar, ovqat ishiga mashg’ul bo’lurlar. Savdo-sotiqni xotinlar qilib, bozorda yururlar. Omonatga xiyonat qilurlar. Kishini nohaq o’ldirurlar va qamarlar. Faqir va bechoralarga rahm qilmaslar. Yoz kam, qish ko’p bo’lur. Xayri barokat ketur, sudxo’r bo’lib, podshoh, qozi, mufti, ulamolar arzni riyo birla so’rar. Andin keyin bir guyoh paydo bo’lib, ani bargini qurutib, kuydirib tutunini tortarlar. Xudoyi Taologa osiy bo’lib, payg’ambarlar bezor bo’lur. Olimlarni omilar bosib o’tirurlar. Har kim ulamoni bosib o’ltursa, gunohkor bo’lur, bu Hadis mazmuni birlakim: "Qolan nabiyu alihis salomu sahttiy fiz zamonin a’lo ummatih tashribuvna min voraqis sammi va qulbuhum savodun va alisnotihum ahzoru va basaaruhum nanisun va fohlihum rushuqun va a’zobuhum fi al qabri abadan qolai nabiyullohi alihis salomu man sharaba duxana osimun yadhulu un nara big’ayri shakkin qullu sammin haromun nuqula min tuhfatil Abror va ro’zi mini bob alvohi faslal haromi qolan nabiyu alihis salomu sah’ati fiz zamonin ‘alo ummatin yaquluna duxana summa laysa lahum imonan va ana bari’un va laysa lahum shafoati yavmal qiyomati nuqolih min kanzil Asror”, ya’ni qimor o’ynarga va sharob icharga moyil qilurlar, zulm birla madrasa, masjid va rabo va havz qilurlar. Uurg’ va qarindosh va hamsoyalar haqini bajo kelturmaslar. Shayxlar muridlariga dunyo so’zlarini aytur, shariat so’zlariga amal qilmaslar, xayru saxovatni riyo birla qilur, yolg’on guvohlik berurlar. Xotinlar erkak libosini kiyar, nomahram birla zino qilurlar. Nomahramdan qochmaslar. Bad asllar Sayyidlik da’vosini qilurlar. Podshohu vazir, qoziyu ulamo, muftiylar dodni adl birla qilmay, pora birla so’rarlar. Dunyosi ko’p bo’lsa, baxil bo’lur o’limni yod qilmaslar. Vaqtiki, bu alomatlar paydo bo’lgan so’ng Makkada imom Mahdi o’n to’rt yoshda bo’lur. O’n yil Shomu Rum Arabda podshohlik qilurlar. Hamma xalq bay’at qilurlar. Andin keyin Dajjoli lain Mashriq tarafdin eshakka minib devlar birla kelur. Ul Dajjoli la’indin yuzi qaro, o’ng ko’zi ko’r, peshonasida bitiklik: "Huval kafiru billahi” deb qaddi yuz o’n gaz devlar ba’zisi filga va ba’zisi tevaga va ba’zisi sherga va ba’zisi ilonga va ba’zisi chayonga minib kelur. Baland tog’larga chiqib surnayu karnay tabl chalib yuz ming turlik ovoz birla qichqirurlar… Bu ovozni eshitib olamdagi nag’masozlar va sharobxo’rlar qo’shilur, oldida yuz ming turlik ovoz qildirib shaharga kirib, ko’chada yurib ayturki: "Ey xaloyiqlar man yer yuzini "Xudosidurmen”, har kishi mani dinimga kirsa, dunyoda do’st tutarman, behojat qilurman”, deb. Ko’p xalq bu nag’masiga ishonib, Dajjolni oldiga chiqar. Ammo Xudoyi Taoloni oshiq va sodiq bandalari ayturlarki: "Hamma olamni Xudoyi Taolo yaratkan”, deb ani ovoziga quloq solmay, Xudoyi Taolodin panoh tilagaylar. Ammo Dajjoli la’inni juhudlar yer yuzi "Xudosi” derlar. Ammo Dajjoli la’in o’ng tarafidagi xalqqa Do’zaxni ko’rsaturki: har kim dinimga kirmasa, Do’zaxga solurman! Der! Juhudlar ayturlarki: "Bizni ota va onamizni turgizib ko’rsatsang, diningga kiraylik! Dajjol devlarga buyurarki, bularni ota-onasini suvratini qilib ko’rguzur!”

Категория: Donishmand malika va uning | Добавил: Taqvo
Просмотров: 1008 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |