Воскресенье, 28.04.2024, 06:34Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Donishmand malika va uning

Donishmand malika va uning 1001 savoli 11
21.12.2012, 21:45

Juhudlar farmanbardor bo’lib,Dajjoli la’in ko’p shaharlarni olur. To’rt shaharni ololmas. Avval Makkani ,2.Madinani,3.Turi Sinoni. 4.Bayt-ul-Muqaddasni. Hazrat imom Mahdi munojaat qilib ayturki:”Ey,bor Xudoyi ,Dajjoli la’inni sharidin bizlarni saqlag’il ",derlar.Duolari mustajob bo’lur! O’shal zamon Juma kuni namozdigar vaqtida osmondin Makkag’a Hazrat Iso AS tushar. Hazrat imom Mahdiy kelib salom ayturlar:”Ey payg’ambari xudo,bizg’a imom bo’lsunlar namoz o’quylik”,der.Hazrat Iso AS Mahdiyni:Siz imom bo’lung "deb,o’ng qo’llarida turg’aylar. O’ttiz ming kishi birla Hazrat imom Mahdiy imom bo’lur,namozdagilarni o’qug’aylar. Andin keyin Hazrat imom Mahdiy ayturlar:”Yo Iso AS , bizlar Dajjolni sharidin ojiz bo’lduq!”Hazrat Iso AS ertasi namozi Bomdodni o’qub ,imom Mahdiy birla lashkar olib ,shahri Haybarg’a borurlar.Ul shaharni kattalig’i besh yuz farsangdir.
Uch yuz oltmish darvoazasi bor, shaharni atrofi qal’adur. Hazrat Iso AS: "Darvozalarni ochinglar”, derlar. Darvozalarni ochkaylar. Shaharga kirarlar. Hazrat Iso Asni nazarlari Dajjolga tushar.
Dajjol eshagiga minib turar. Hazrat Isoni ko’rib yerga yiqilur. Hazrat Iso AS uch yuz gaz nayzalari birla Dajjolni urarlar. Hazrat imom Mahdiy qilich birla choparlar. Dajjol o’lib Do’zaxga ketar. Andin keyin lashkarni o’ldirurlar. Har yerda lashkaridan qochib qolgan bo’lsa, u yerdan ovoz chiqar: "Dajjolni lashkari bunda!” deb, topib o’ldirurlar. Dunyo bo’lardin pok bo’lur. Iso AS imom Mahdiy shahri Haybarda ikki yil podshohlik qilurlar. U yerda bir masjid bino qilurlar. Uch tarafidin darvoza qo’yurlar. Qibla tarafidin qo’ymaslar. Bnu masjidga ming kishi sig’ar. Bu shahar xalqi bu masjidga kirarlar. Hazrat imom Mahdi imom bo’lib, Hazrat Iso AS birla namozni o’qurlar. Islom qaviy bo’lur. Bir yildan so’ng Hazrat Iso AS birla Hazrat imom Mahdiy ming otlig’ lashkar birla Bayt – ul Muqadasga kelurlar. Bayt – ul Muqaddasda 15 oy kun qattiq qahatchilik bo’lur. Xaloyiq taom topmay kamonni jallasini yerlar. Hazrat Iso AS, imom Mahdiy duo qilurlar, duolari mustajob bo’lib, g’oyibdan taom yetkirur. Qahatdan qochib ketgan odamlar Iso Asga arz qilurlarki, Ya’juj Ma’juj paydo bo’ldi deb. Odamlarni tutib yeydur, xotinlarimizni fisqu-fujur qilur. Hazrat Iso AS bular rost ayturlar deb chunonchi, "Qur’on”da mazkurdur: "Qola Taoli Yajuja va Mauja mufsiduna fil arzi”, ya’ni yajuj Majuj shaytondin mardud bo’lg’ondur. Hazrat Iskandar zamonlarida yuz kishi paydo bo’lib erdi, bir guruhini qaddi o’n ikki ming farsang, soqoli uch farsang. Bir guruhini Yajuji mahif derlar, bir guruhini Majuji muqama derlar. Qaddi olti yuz farsang, soqoli ham olti yuz farsang, ammo qulog’i kattaligi sufradek bo’lg’onidan bir qulog’ini ostida, bir qulog’ini ustiga yopinib yoturlar. Oyoqlari odamni oyog'i’a o'xshar, qo’llari ham odamni qo’llariga o’xshar. Hazrat Iskandar sababi birla o’ldira olmay qo’rqar edilar. Hammasini Ovun tog’iga haydab bordilar. Yo’llariga sad boyladilar. Hazrat Iskandar Xudoyi Taoloni farmoni birla band qilib soldilar. Bandni uzunligi 150 farsang, tomini balandligi ikki ming sakkiz yuz arqon bo’yicha bor. Saddin o’tolmay tog’ni orqasida tosh va o’t yeb yotar erdi. Vaqtiki Saddi Iskandardin chiqar, olamga to’lur. Xaloyiqarni tutib yer! Hazrat Iso AS birla imom Mahdiy Tur tog’iga chiqib haqqi subhona va taologa murojaat qilib, zoru tazarru qilurlar: "Ya’juj Majujni yo’q qilur!” deb ovoz kelur. Yajuj Majujni Hazrat Iso AS birla imom Madiy o’ltirurlar. Xaloyiqlar xalos toparlar. Andin keyin Hazrat imom Mahdiy vafot etarlar. Hazrat Iso yuvib janozalarini o’qib, lahadga dafn qilurlar. Hazrat Iso AS Shomga borib, qirq yil podshohlik qilurlar. Hazrat Muhammad Mustafo SAVni shariatlariga rivoj berurlar. Hazrat Odam Asni ziyorat qilib, qabrlarini quchoqlab vafot bo’lurlar. Bani Isroyil avlodini Sloih otlig’ bir odamni Hazrat Iso ASni yuvib namozlarini o’qib, Madinaga eltib, Hazrat Muhammad Rasulullohni yonlariga dafn qilurlar. Tamomi olamni kuforlik bosar.
Olimlar fosiq bo’lur. Eru xotindin sharmu hayo ko’tarilur, ko’cha va bozorlarda qarz urib fisqu fasod qilib yururlar, hech kishini iymonu islomdin xabari bo’lmas, mo’minlarni yuzlarida bir oq nishona bo’lur. Ani ko’rib: "Antal mo’min jannatiy”, ya’ni "Sen jannatiy bo’lgan mo’minsan!”, degaylar.
Oftob Mag’ribdan chiqar, tavba eshigi band bo’lar.Andin keyin Dobat – ul arz paydo bo’lur. Qaddi uch ming yuz gaz yo’g’onligi ikki ming besh yuz gaz, to’rt oyog’i bor. Har qo’lida ikki bozusi bor, boshi ho’kizni boshig’a o’xshar, bo’yni tuyani bo’yniga o’xshar, ko’zi to’ng’izga o’xshar, tuyog’i tuyani tuyog’iga o’xshar. Yetti yil yurib tamomi olamni sayr qilib aytur: "Ey xaloyiqlar, bilinlar Hazrat Muhammad Mustafo SAVni dinlari barhaq. Kofirlarni dini botil” deb qichqirur. Andin Ko’hi Qofga yetib g’oyib bo’lur. Andin keyin Xudoyi Taolo Suri Isrofilga farmon qilur!”. Malika so’radi: Ashobi Kahf kim turur? Otlari nima? Ular kimni avlodi, ahvollari nechukdur?
Donishmand aytdi: Ashobi Kahf bir podshoning o’g’li erdi. Daqqi Yunus degan kofir "Xudolik” da’vosini qilganda, podshoh qo’rqib, o’g’illarini Daqqi Yunus xizmatiga yuborgan edi. Bir kun Daqqi Yunus xaloyiqlar birla o’ltirib edi tomdin ikki mushuk urushib Daqqi Yunusning oldiga tushdi. Daqqi Yunus qo’rqib yiqildi. Podshohni o’g’li aytdi: Daqqi Yunus "Xudo” bo’lsa, mushukdan qo’rqmas edi. Bizni Xudoyimiz yeru osmonni yaratgan "Xudo” deb, ko’ngillariga tushdi. Darhol iymon keltirib, biyobonlar tarafiga ravona bo’ldilar. Bir podshohni ovchi odami anga Daqqi Yunusni voqeasini bayon qildilar. Podshohni ovchisini iti ham bor edi. Ular birla hamroh bo’ldi. Ketib bir g’orga kirdilar. Duo qildilar: Ey bor Xudoyo, bizni korimizni oson qilg’il, deb. Bularni korini oson qildi. Bularga kun tegmadi, shamol ham tegmadi. Rohatda yottilar. Bir haftadan keyin farishtalar atrofini olib, saqladilar. Uch yuz to’qqiz yil g’orni ichida uxladilar. Ammo ko’zlari uyquda, ko’ngillari bedordur. Hazrat Iso AS osmondan tushganda Jabroyil xabar berurlar: Ashobi Kahf uch yuz to’qqiz yil g’orda uxlaydi. Xudoyi Taolo bedor qilur! Uyg’onib qarasalar, sochlari va tirnoqlari o’sib, kiyimlari eski bo’lubdur, G’ordan chiqorlar yana sharm qilib g’orga kirarlar. Ayturlarki: "Qornimiz ochti. Bir kishi shaharga kirib taom olib kelsin”, degay. Yamlihoga bir necha diram berdilar… U diramni olib, shaharga kirar va bir novvoyga borur, diramni ko’rib, novvoy ayturki: "Daqqi Yunusni xazinasidan olibsan! Bir diramni menga ham ber! Agar bermasang, sani podshoga olib borurman” deb ushlab oldi. Podshoni oldiga olib bordi. Podsho Daqqi Yunusni diramini ko’rib tanidi. Yamliho voqealarni bayon qildi. Podsho Yamliho birla g’orga kirdi. Yamliho aytdi: "Ey podsho, siz bu yerda turing, g’orga kirib, ularga ma’lum qilay!” Yamliho g’orga kirib ketdi. G’orda hammalari g’oyib bo’ldi.
Bir soatdan keyin podsho ham g’orga kirdi. Hammalari g’oyib bo’libtur. Anda Hazrat Iso AS munojot qilur: Ey bor Xudoyo, Ashobi Kahf qayon kettilar? Jabroyil xabar berurlar: Yo Iso, Ashobi Kahf Xudoni qudrati birla osmonga chiqib kettilar. Yetti ismlari bu turur: Yamliho, Makshaino, Marnush, Dabarnush, Shoznush, Kafishtad, Qitmir ismlarini aytib, xotinlar chap yoniga bog’lasa, tavallud qilmog’i osondur.

Malika so’radi: Necha kichik bola onasidan tavallud topgan zamon so’zlar?
Donishmand aytdi: Avvali Hazrat Iso AS tavallud bo’lib o’n besh kundan keyin so’zladi. Ikkinchi, beshikdagi bola Hazrat Yusufga guvohlik berdi. Mirrix Atorib aytdiki: "Ey ota qayda erdingiz?” Otasi aytdiki: "Ma’budim qoshida erdim”. O’g’li: "Ma’bud degan kim turur?” Otasi: "Butlarim!” O’g’li aytdi: "Sani butlaringni Xudoyi kimdur?” Otasi: fikr qilib butlarini qoshiga kelib aytdi: "Ey butlarim, mani o’g’lim shundog’!” dedi. Butlardin ovoz chiqdiki: "O’g’ling rost aytur, bizdan bezor bo’l! Xudoyi Taologa iymon keltirgil!” Bu so’z asar qildi, Yahyo payg’ambar AS zamonlarinda iymon keltirdi. To’rtinchi, Ibrohim AS onalaridan tavallud bo’lib, yigirma kundan keyin onalariga nasihat qildilar. Beshinchi Dajjol onasidan tug’ilgan zamon so’zladi. Malika so’radi: "Bolig’- Balog’atga yetmasdan burun necha payg’ambarga vahiy keldi?”
Donishmand aytdi:”Avval Hazrat Isog’a , 2. Hazrat yahyog’a . 3.Hazrat Sulaymong’a .4. Hazrat Yusufg’a”.
Malika so’radi: "Yerni madori nima? Taxt al – Saroyg’acha nima bor?”.
Donishmand aytdi:”Rumoyil otlig’ bir farishta okarida qilibdur. To’rt qo’li bor. Xudoi tooloni farmoni birla to’rt qo’lida yetti tabaqa yerni to’rt burjudun tutub turur. Taxt al-saroyni kattaligi besh ming yillik yo’l turur. Va homini ayog’i Taxt al –Saroyni ustida. Xudoyi taolo bir oq xo’kiz yaratdi. To’rt ming boshli qirq ming oyog’i bvor.Har oyog’ini arosi besh yuz yillik yo’l turur. Har boshida ikki shohi bor, Taxt-al-Saroy ho’kizni ustida. Alloh taolo bir ho’kiz yaratibdur, Norim otlig’, kattaligi boshidan dumigacha besh yuz yillik. Ho’kizni balig’ni ustida, Balig’ni suvni ustida, suv shamolni ustida. Shamol o’t ustida, o’t Do’zax ustida, qorong’ulik Taxt al – saroyni ustida Taxt-al-Saroyni Xudodin o’zga kishi bilmas!
Malika so’radi: Farishtalar Behishtdamu yoki boshqa joydadur?
Donishmand aytdi: Ba’zilari Behishtda, ammo Xudoyi taoloni jamolini ko’rmaslar. Jabroyil alayhissalom bir marta ko’rar.
Malika so’radi: Jinlarni yeri Behishtdamu yo boshqa joydadur?
Donishmand aytdi: Kofirlari kofirlar birla bo’lur! "Qur’on”i sharifda mazkurdurki: "Qavlahu taolo la amle’anna Jahannama minal jinnati vannosi ajma’iyna”, ya’ni musulmoni musulmon birla, ammo Haq Taoloni jamolini ko’rmaslar.
Malika so’radi: Besh nima, besh nimani yeydur?
Donishmand aytdi: G’am g’amni, yolgon so’z rizqni, tavba gunohni, sadaqa baloni, sharob savobni yeydur.
Malika so’radi: Avval ul nimaki qoringa kirib chiqti?
Donishmand aytdi: Hazrat Yunus baliqni qorniga kirib chiqti.
Malika so’radi: Kishiga necha narsa rohatdur?
Donishmand aytdi: Uch narsa rohatdur: avval Xudoyi Taoloni yod qilmoq. 2. "Qur’on”ni o’qimoq 3. Qarindoshlarini ko’rmoq!
Malika so’radi: Darveshlarga nima yaxshi?
Donishmand aytdi: Qanot, yua’ni umrini toatda sarf qilmoq, kishidan tama’ qilmagay.

Категория: Donishmand malika va uning | Добавил: Taqvo
Просмотров: 1881 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |