Вторник, 23.04.2024, 20:08Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islom viktorinasi

5-bosqich. 5-tur: Rasululloh s.a.v.ning ayollari va farzandlari
10.05.2013, 15:18

5-bosqich. 5-tur: Rasululloh s.a.v.ning ayollari va farzandlari
V BOSQICH
5-tur: Rasululloh s.a.v.ning ayollari va farzandlari
Javoblar va izohlar

1. Baqi’ qabristoniga qo’yilgan birinchi mo’minlar onasi kim?
a) Hadija r.a.
b) Savda binti Zam’a r.a.
c) Zaynab binti Xuzayma r.a.
d) Zaynab binti Jahsh r.a.
To’g’ri javob: Zaynab binti Xuzayma r.a.
Izoh: Rasululloh SAVning Baqi’ qabristoniga qo’yilgan birinchi zavjalari - Zaynab binti Xuzayma r.a. edi. Zaynab onamiz hijratning 4-yilida, nubuvvat xonadonida bir necha oy yashaganlaridan so’ng, 30 yoshlarida vafot etdilar. ("Hadis va hayot”-25. "Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

2. Rasululloh SAV kimlarga nikohlaganlaridan keyin "U bobong Ibrohim va otang Muhammad a.s.ga juda ham o’xshashdir” degan edilar?
a) Ummul Kulsum r.a.ni Hazrati Usmonga nikohlaganlaridan keyin
b) Ruqiyya r.a.ni Hazrati Usmonga nikohlaganlaridan keyin
c) Zaynab r.a.ni Abul Oss ibn Robe’ga nikohlaganlaridan keyin
d) Fotima r.a.ni Hazrati Aliga nikohlaganlaridan keyin
To’g’ri javob: Ummul Kulsum r.a.ni Hazrati Usmonga nikohlaganlaridan keyin
Izoh: Rasululloh SAV Ummul Kulsum r.a.ni Hazrati Usmonga nikohlaganlaridan keyin "U bobong Ibrohim va otang Muhammad a.s.ga juda ham o’xshashdir” degan edilar. ("Hadis va hayot”-25. "Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

3. Hazrati Hadicha r.a. qaysi qabristoniga dafn etilganlar?
a) Baqi’
b) Hojun
c) Buvayra
d) Nur
To’g’ri javob: Hojun
Izoh: Hazrati Hadicha r.a. Makkadagi Hojun qabristoniga dafn etilganlar ("Saodat asri qissalari")

4. Hadicha binti Xuvaylid r.a.ning quraysh ayollari ichidagi laqablari nima edi?
a) Fozila
b) Tohira
c) Siddiqa
d) Oqila
To’g’ri javob: Tohira
Izoh: Hadicha binti Xuvaylid r.a.ning quraysh ayollari ichidagi laqablari Tohira edi. ("Hadis va hayot”-25. "Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

5. Oisha (r.a) ning kunyalari nima edi?
a) Aish
b) Humayro
c) Ummu Abdulloh
d) Ummu Ibrohim
e) farzandlari yo'q bo'lgani sababli kunyalari bo'lmagan
To'g'ri javob: Ummu Abdulloh
Izoh: "Kunyalari Ummu Abdulloh bo'lib, opalari Asmoning o'g'li Abdullohning ismi bilan kunyalangan edilar". (Ahmad Farid, "Oisha ummul mo'minin (r.a)". 9-b)

6. Rasululloh (s.a.v.) ning qaysi ayollari Fotima (r.a) bilan tengdosh bo'lgan?
a) Hafsa (r.a)
b) Juyayriya (r.a)
c) Sofiya (r.a)
d) Ramla (r.a)
e) Zaynab binti Huzayma (r.a)
To'g'ri javob: Hafsa (r.a)
Izoh: "Hafsa (r.a) Rasululloh (s.a.v.) ga payg'ambarlik kelishidan 5 yil avval, Rasululloh (s.a.v.) ning qizlari Fotimai Zahro (r.a) bilan bir yilda tug'ilganlar. Shu yili Makkani sel yuvib ketib, Quraysh uni qayta qurgan edi. (Muhammad Ali Qutb, "Zavjaat an-Nabiy sav". 60,61-b).

7. Rasululloh (s.a.v.)ning birinchi zavjalari Xadicha binti Xuvaylid qachon va qayerda tavallud topgan?
a) "Fil voqeasi"dan 10 yil ilgari Madinada
b) "Fil voqeasi"dan 15 yil ilgari Madinada
c) "Fil voqeasi"dan 10 yil ilgari Makkada
d) "Fil voqeasi"dan 15 yil ilgari Makkada
To'g'ri javob: "Fil voqeasi"dan 15 yil ilgari Makkada.
Izoh: Xadicha binti Xuvaylid "Fil voqeasi"dan 15 yil ilgari Makkada tavallud topgan (Hadis va Hayot, 25 juz)

8. Ma'lumki, Rasululloh (s.a.v.) safarga o'zlari bilan olib chiqadigan ayollarini qur'a tashlab tanlaganlar. "Muraysi" jangida Rasululloh (s.a.v.) ayollari o'rtasida tashlangan qur'a qaysi zavjai mutohharalariga chiqqanini toping.
a) Oisha binti Abu Bakr
b) Ummu Salama
c) Hafsa binti Umar
d) A va B
e) A, B va C
To'g'ri javob: A va B.
Izoh: Oishadan, Nabiy (a.s.) Banu Mustalaq (Muraysi’) g‘azotiga chiqdilar. Zavjalari o‘rtasida qur’a tashlandi. Menga (ya’ni Oisha) va Ummu Salamaga chiqdi. (Siyrati Zahabiy).

9. Rasululloh (sav) qaysi qizlari haqida uni samodan kelgan vahiy bilan turmushga berganlarini aytganlar?
a) Zaynab (r.a)
b) Ruqiya (r.a)
c) Ummu Kulsum (r.a)
d) Fotima (r.a)
To'g'ri javob: Ummu Kulsum r.a.
Izoh: "Ibn Asokir Ummu Ayyashdan rivoyat qiladi. U Rasululloh (sav) ning qizlarining cho'risi edi. "Nabiy (sav) ning: "Men Ummu Kulsumni Usmonga osmondan kelgan vahiy ila nikohlab berdim", deganlarini eshitdim". (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Nubuvvat xonadoni xonimlari". Hadis va hayot, 25-juz, 386-b).

10. Rasululloh (sav) cho'rilari Moriya Qibtiyyadan tug'ilgan farzandlari Ibrohimni kimga o'xshatar edilar?
a) Yusuf (a.s) ga
b) Ibrohim (a.s) ga
c) O'g'illari Qosimga
d) Nabiralari Hasanga
e) O'zlariga
To'g'ri javob: O'zlariga.
Izoh: "... Rasululloh (sav) Ibrohimga juda bog'lanib qolgan edilar. Uning kichkina yuziga havas bilan boqar, qayerga borsalar doim qo'llarida ko'tarib yurar edilar. Boshqa ayollarinikaga borsalar, Ibrohimni ularga yaqinlashtirib, mehr va zavq bilan: "Qaranglar... Uni menga o'xshashini ko'rmayapsizlarmi?!", der edilar. (Muhammad Ali Qutb, "Zavjaat an-Nabiy sav". 108-b).

11. Ma’lumki birgina Oisha onamizning Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qilgan hadislari soni 2210 ga yetgan. Qolgan sakkiz mo’minlar onalarining jami rivoyatlarining soni qancha?
a) 4554
b) 786
c) 890
d) 612
e) 2270
To'g'ri javob: 612
Izoh: Birgina Oisha onamizning Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qilgan hadislari soni 2210ga yetgan. . Qolgan sakkiz mo’minlar onalarining jami rivoyatlarining soni 612 ni tashkil etadi. (Siyrati Nabaviy)

12. Oisha onamiz (r.a): "U ichimizda eng Ollohga taqvodorimiz va silai rahmga moyilimiz edi” deb qaysi mo’minlar onasini ta’riflagandilar?
a) Juvayriya binti Xoris (r.a)
b) Hafsa binti Umar (r.a)
c) Maymuna binti Horis (r.a)
d) Zaynab binti Jahsh (r.a)
e) Zaynab binti Xuzayma (r.a)
To'g'ri javob: Maymuna binti Horis
Izoh: Oisha onamiz (r.a) guvohlik berib: "Ollohga qasamki, Maymuna ketdi. Albatta u ichimizda eng Ollohga taqvodorimiz va silai rahmga moyilimiz edi", deydilar (Hadis va Hayot: Nubuvvat xonadoni xonimlari, 339-bet)

13. Rasululloh s.a.v.ning qaysi o’gillari vafot etganda Quyosh tutilgan?
a) Qosim
b) Abdulloh
c) Toyyib
d) Ibrohim
To’g’ri javob: Ibrohim
Izoh: Mug‘ira ibn Shu’ba raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida Rasulullohning o‘g‘illari Ibrohiym vafot etgan kuni Quyosh tutildi. Shunda odamlar: «Ibrohiym vafot etgani uchun Quyosh tutildi»,- deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quyosh birlan Oy biror kishining vafot etgani yokim tug‘ilgani uchun tutilmag‘aydir, qachonkim ularning tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, namoz o‘qib va duo aytib, Ollohga sig‘iningiz!» - deb aytdilar». ("Sahihul Buxoriy”)

14. Rasululloh s.a.v.ning nabiralari, Ruqiyya r.a.ning Usmon ibn Affondan bo’lgan o’g’li kim?
a) Abdulloh
b) Ibrohim
c) Ali
d) Abdurrohman
To’g’ri javob: Abdulloh
Izoh: Rasulullohning nabiralari: 3. Abdulloh. Ruqayyaning Usmon ibn Affon roziyallohu anhudan bo‘lgan o‘g‘li. ("Hadis va hayot: Nubuvvat va Risolat”)

15. Quyidagi ta’riflardan qaysi biri Hadicha binti Xuvaylid r.a.ga tegishli emas?
a) Islom ummatidan birinchi bo’lib namoz o’qigan inson.
b) Vafot etganlarida yoshlari 65 da edi.
c) Avvalgi turmushlaridan Hind ismli o’g’illari bor edi.
d) Hammasi bo’lib 67 ta qulni ozod qilganlar.
To’g’ri javob: hammasi bo’lib 67 ta qulni ozod qilganlar
Izoh: Islom ummatidan birinchi bo’lib namoz o’qigan inson – Hadicha binti Xuvaylid r.a.dir. ("Hadis va hayot”-25. "Nubuvvat xonadoni xonimlari”)
Hadicha binti Xuvaylid r.a. vafot etganlarida yoshlari 65 da edi. ("Hadis va hayot”-25. "Nubuvvat xonadoni xonimlari”)
Hazrati Hadicha r.a. Rasululloh SAVga turmushga chiqqanlarida avvalgi turmushlaridan Hind ismli o’g’illari bor edi. ("Hadis va hayot”-25. "Nubuvvat xonadoni xonimlari”)
Hazrati Oyisha r.a. hammasi bo’lib 67 ta qulni ozod qilganlar. ("Hadis va hayot”-25. "Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

16. Zaynab binti Rasululloh r.a. erlaridan ayri holda Madinada qancha yashadilar?
a) 6 oy
b) 1 yil
c) 3 yil
d) 6 yil  
To’g’ri javob: 6 yil
Izoh: Zaynab binti Rasululloh r.a. erlaridan ayri holda Madinada 6 yil yashadilar. ("Hadis va hayot”-25. "Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

17. Hazrat Ali va Fotimaning nikohlari paytida ular necha yosh edilar?
a) Ali ibn Abu Tolib r.a. 23 yoshda, Fotima r.a. 12 yoshda
b) Ali ibn Abu Tolib r.a. 27 yoshda, Fotima r.a. 15 yoshda
c) Ali ibn Abu Tolib r.a. 25 yoshda, Fotima r.a. 18 yoshda
d) Ali ibn Abu Tolib r.a. 21 yoshda, Fotima r.a. 16 yoshda
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolib r.a. 25 yoshda, Fotima r.a. 18 yoshda
Izoh: Hazrat Ali va Fotimaning nikohlari paytida Ali ibn Abu Tolib r.a. 25 yoshda, Fotima r.a. 18 yoshda edilar. ("Hadis va hayot”-25. "Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

18. Hazrati Alining Fotima r.a.dan bo’lgan farzandlari berilgan qatorni belgilang.
a) Hasan, Husayn, Umar, Ja’far
b) Hasan, Husayn, Yahyo, Muhsin
c) Hasan, Husayn, Zaynab, Ummu Kulsum
d) Hasan, Husayn, Abdulloh, Ruqiyya
To’g’ri javob: Hasan, Husayn, Zaynab, Ummu Kulsum
Izoh: 4. Hasan. Fotima roziyallohu anhoning Ali roziyallohu anhudan bo‘lgan o‘g‘li. Imom Hasan kimligini hamma musulmonlar yaxshi biladilar. 5. Husayn. Fotima roziyallohu anhoning Ali roziyallohu anhudan bo‘lgan o‘g‘li. Imom Husayn ham Islom tarixidagi eng mashhur shaxslardan biridirlar. U kishi va akalari Imom Hasan haqida alohida kitoblar yozilgan. 6. Zaynab. Fotima roziyallohu anhoning Ali roziyallohu anhudan bo‘lgan qizi. 7. Ummu Kulsum. Fotima roziyallohu anhoning Ali roziyallohu anhudan bo‘lgan qizi. ("Hadis va hayot: Nubuvvat va Risolat”)

19. Ali va Fotima r.a. xonadonlarida birinchi o’g’il qachon dunyoga keldi?
a) 3-hijriyning Ramazon oyida
b) 2-hijriyning Sha’bon oyida
c) 4-hijriyning Shavvol oyida
d) 5-hijriyning Rabiul-avval oyida
To’g’ri javob: 3-hijriyning Ramazon oyida
Izoh: 3-hijriyning Ramazon oyida Ali va Fotima r.a. xonadonlarida birinchi o’g’il – Hasan ibn Ali r.a. dunyoga keldilar. Shu kungacha bu ismni hech kim qo’ymagan edi. ("Hadis va hayot”-25. "Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

20. Fotima binti Muhammad r.a. Rasululloh SAVdan nechta hadis rivoyat qilganlar?
a) 120 ta
b) 32 ta
c) 24 ta
d) 18 ta
To’g’ri javob: 18 ta
Izoh: Fotima binti Muhammad r.a. Rasululloh SAVdan 18 ta hadis rivoyat qilganlar. ("Hadis va hayot”-25. "Nubuvvat xonadoni xonimlari”)


Категория: Islom viktorinasi | Добавил: Taqvo
Просмотров: 1708 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |