Понедельник, 25.11.2024, 00:31Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islomiy mantiqiy savolla

2-Bosqich 6-tur JAVOBLAR
21.12.2012, 21:03

2-Bosqich 6-tur JAVOBLAR
1- Mustahab amalini qilsa savob topadi, qilmasa gunohkor bo'lmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mustahabni bazida qilgan bazida esa qilmagan.

a) Sunnat
b) Mustahab
c) Mustakro

Izoh:
Mustahab qanday amal?
Mustahab Payg'ambarmiz Muhammad alayhissalom ba'zdan bajargan va ba'zan bajarishni lozim ko'rmagan amaldir. Uni qilgan kishi savob topadi, ammo qilmasa gunohkor bo'lmaydi. Qiyomat kuni azob va malomatga qolmaydi.
Ibodati Islomiya
2-Tahoratning sifati uch qismga bo'linadi.

a) Farz-tahoratsiz kishi namoz o'qimoqchi bo'lsa qaysi namoz bo'lishidan qat'iy nazar unga tahorat qilishi farz bo'ladi
b) Sunnat-Tahoratni misvak ishlatish bilan boshlamoq
c) Vojib-Ka'bai Muazzamani tavof qilmoqchi bo'lgan tahoratsiz kishiga tahorat qilish vojib

Izoh:
a va c javoblari to'g'ri.

Tahorat uch qismga bo'linadi.

1. Farz - tahoratsiz kishi namoz o‘qimoqchi bo‘lsa, xoh u nafl bo‘lsin, xoh janoza namozi bo‘lsin yoki tilovat uchun sajda qilmoqchi bo‘lsin yo Qur’oni karimdan bir oyat bo‘lsa ham, ushlamoqchi bo‘lsin, unga tahorat qilish farz bo‘ladi.

2. Vojib - Ka’bai Muazzamani tavof qilmoqchi bo‘lgan tahoratsiz kishiga tahorat qilish vojib.

3. Mandub, ya’ni tavsiya qilingan - tahoratsiz kishining uyqudan oldin, uyg‘ongandan keyin tahorat olishi, tahoratli kishining yana tahorat olishi, g‘iybat, chaqimchilik, yomon so‘zlardan, har bir xatodan so‘ng, mayyitni yuvgandan keyin, yana har namozga alohida tahorat olish, junub kishining g‘usl qilishdan, ovqatlanishdan, ichimlik ichishdan, uxlashdan, yana bir bor er-xotinlik qilishdan oldin tahorat olishi, g‘azab kelganda tahorat qilish, chunki g‘azab shaytondan bo‘lib, shayton esa o‘tdan yaratilgandir, o‘t esa suv bilan o‘chiriladi, Qur’on qiroat qilish, hadis o‘qish, shar’iy ilmlardan dars qilish, azon va iqomat aytish, xutba o‘qish, Payg‘ambarimizning (s.a.v.) qabrlarini ziyorat qilish, Arafot tog‘ida turish, Safo va Marvani sayr qilish uchun qilingan tahorat mandub hisoblanadi. Yana tuya go‘shtini yegandan so‘ng tahorat olish ham mandubdir. Ulamolarga muxolif bo‘lishdan chiqish uchun ham tahorat olish odobdir. Misol uchun ayol kishini ushlash bilan imom Shofe’iy nazdlarida tahorat sinadi, xuddi shuningdek, kaftining ichi bilan o‘z avratini ushlasa ham. Bizning mazhabimizda bu ko‘rinishda tahorat sinmasa ham, yana qayta olish odobdandir. Chunki hamma ulamolarning ittifoqiga ko‘ra qilingan ibodat chiroylidir.
Tahorat va namoz hukmlari

PS: 2-savol noto'g'ri qo'yilgan bo'lib buni boshida ko'rmagan ekanman kechirasizlar e'tiborsizligim uchun, farzi emas sifati bo'lardi.
3- Farzi ayn juma namozi bo'lib juma namozi ikki rakatdir.

a) Farzi ayn
b) Sunnat
c) Farzi kifoya

Izoh:

Juma namozi farzi ayn bo‘lib, u ikki rakatdir. Agar juma kuni peshin vaqtida azon aytilsa, har bir mukallaf musulmonga o‘z amalini tark qilishi, oldi-sotdisini qo‘yib, juma namozini o‘qish uchun masjidga qarab harakat qilishi qat’iy farz bo‘ladi. Juma namozidan oldin bir salom bilan to‘rt rakat, undan keyin ham to‘rt rakat namoz o‘qishlik sunnati muakkadalardan hisoblanadi.

Tahorat va namoz hukmlari

4- G'uslning turlari 3 ta.

a) 6 ta

b) 8 ta

c) 3 ta

Izoh:

G'uslning turlari 3 ta bo'lib. G'usl qilishlik farz bo'lgan holat, sunnat bo'lgan holat va mustahab bo'lgan holatlardir.

Tahorat va namoz hukmlari.

5-Farz namozi bilan birga o'qiladigon sunnatlar 2 qismga bo'linadi, 1-bajarishi ko'p bor ta'kidlagan sunnatlar, bular sunnati muakkadalar deyiladi, 2-esa qilishi ta'kidlangan sunnatlardir.

a) 2 qisimga bo'linadi, 1-bajarishi ko'p bor ta'kidlangan sunnatlar, bular sunnati muakkadalar deyiladi. 2- esa qilishi ta'kidlangan sunnatlar

b) 3 qismga bo'linadi, 1-bajarishi lozim bo'lgan sunnatlar, 2-bajarishita'kidlangan sunnatlar, 3-kunda bir marotaba o'qiladigon sunnatlar c) 1 qismga bo'linadi bu 1 qism esa bajarishi ko'p bor ta'kidlangan sunnatlar bo'lib bular sunnati muakkadalar deyiladi

Izoh:

Farz bilan birga o‘qiladigan sunnatlar

Bular ham o‘z o‘rnida ikki qismga bo‘linadi:

1. Bajarishlik ko‘p bor ta’kidlangan sunnatlar. Bularga sunnati muakkadalar, deyiladi.

2. Qilish ta’kidlanmagan sunnatlar.

Qisqacha ma'lumot:

Ta’kidlangan sunnatlar

Ular quyidagilardir:

1. Bomdod namozining farzidan oldingi ikki rakat sunnat. Ushbu namozda Fotihadan so‘ng birinchi rakatga Kafirun surasini, ikkinchi rakatga Ixlos surasini zam qilishlik ham sunnat amallaridandir. Agar jamoat bomdodning farzini o‘qish uchun tursa-yu, kechroq kelgan kishi hali sunnatini o‘qimagan bo‘lsa, farzga yetib olishga ko‘zi yetsa, shu sunnatni o‘qimoqlikka kirishadi. Agar farzga ham yetolmaslikka ishonsa, sunnatni tark qiladi va jamoatga qo‘shiladi. Farzdan so‘ng esa sunnatning qazosini o‘qimaydi. Chunki bomdodning farzidan keyin nafl namoz o‘qishlik makruhdir. Agar jamoat farz namozini o‘qish uchun qo‘zg‘alsa, bomdodning sunnatidan boshqa namoz o‘qilmaydi. Chunki bomdoddagi sunnatni farzdan oldin o‘qishlik nihoyatda ko‘p ta’kidlangandir. Agar bir kishi uxlab qolib umuman bomdodni qazo qilsa, quyosh chiqib nayza bo‘yi ko‘tarilgandan so‘ng farzga qo‘shib, sunnatning ham qazosini o‘qiydi. Ammo bomdodning farzini o‘z vaqtida o‘qigan bo‘lsa-yu, sunnatini tark qilgan bo‘lsa, quyosh chiqqandan keyin ham bu sunnatning qazosini o‘qish shart emas.

2. Peshin namozi farzidan oldingi to‘rt rakat. Bu bomdodning sunnatidan keyingi o‘rinda turadigan ta’kidli sunnatdir.

3. Peshin namozidan keyin ikki rakat, juma kunlari esa ikki rakatli juma namozidan oldin to‘rt rakat, keyin ham to‘rt rakat o‘qishlik ta’kidlangan sunnatdir.

4. Shom namozidan keyin ikki rakat.

5. Xuftondan keyin o‘qiladigan ikki rakat. Sunnat namozlarining har bir rakatida Fotihadan keyin zam sura o‘qishlik vojib ekanligi esingizdan chiqmasin.

Ta’kidlanmagan sunnatlar

1. Peshindan keyingi ikki rakatli sunnatdan so‘ng o‘qiladigan ikki rakatli namoz.

2. Asrni farzidan oldingi to‘rt rakatli namoz.

3. Shomdan keyingi olti rakatli namoz. Ikki rakati muakkada, to‘rt rakati mustahab.

4. Xuftonning farzidan oldingi to‘rt rakatli namoz. Ta’kidlanmagan

sunnatlarda ta’kidlangan sunnatlardan ikki amal ortiqcha bo‘ladi:

A) Avvalgi qa’dada tashahhuddan keyin salovot o‘qiladi;

Salovot o‘qilgach, uchinchi rakatga turiladi, shu rakat sano duosi bilan boshlanadi. Farz namozlari bilan ulardan keyin o‘qiladigan sunnatlarni orqama-ketin qo‘shib o‘qimay, balki «Allohumma antassalom va minkassalom tabarokta yaa zal jalali val ikrom» duosini o‘qish bilan orasini ajratadi. Ammo namozning farzidan keyin o‘qiladigan zikrlarni sunnatdan so‘ng o‘qishlik inkor qilib qaytarilmaydi. Chunki sunnatlar farz namozlarining qo‘shimchalaridir. Hargiz ulardan begona emas. Shunday ekan, zikrlarni sunnat namozlarini ham o‘qib bo‘lgandan keyin aytishlikning hech qanday zarari yo‘q. (Zamonamiz olimlaridan Vahba az-Zuhayli o‘zining «Islomiy fiqh va uning dalillari» nomli kitobida «Namozdan keyingi zikrlar qachon qilinishi kerak?» degan mavzuda bahs yuritib, peshin, shom va xuftonga o‘xshash namozlarda zikr va duolarni sunnatlardan keyin bajarish afzal, deganlar...- tarj.)

( Tahorat va namoz humklari)

Категория: Islomiy mantiqiy savolla | Добавил: Taqvo
Просмотров: 1497 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |