Понедельник, 25.11.2024, 00:27 | Главная | Регистрация | Вход |
Izoh FaollariАссалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти. ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз
|
Каталог файлов
2-Bosqich 7-8-tur JAVOBLAR
| 21.12.2012, 20:47 |
2-Bosqich 8-tur JAVOBLAR 1- Pastdagi berilgan variantlarning ichidan tahoratning farzlari bular ikki qo'lini tirsaklari bilan qo'shib bir marta yuvishlik.
a) Ikki qo'lni tiraklari bilan qo'shib bir marta yuvishlik b) Tahoratni "Bismillahir rohmaniy rohiym" bilan boshlashlik c) Har bir a'zoni uch martadan yuvmoqlik Javob'a) Ikki qo'lni tiraklari bilan qo'shib bir marta yuvishlik Izoh:
Alloh taolo: «Ey iymon keltirganlar, namozga tursanglar, yuzinglarni yuvinglar va qo‘linglarni tirsagigacha (qo‘shib) yuvinglar va boshinglarga mash tortinglar va oyog‘inglarni to‘pig‘igacha (qo‘shib) yuvinglar», deb aytgan (Moida surasi, 6-oyat). Ibodati Islomiya, Tahorat va namoz humklari.
2-Harom amaliga aroq ichish, zino qilish, yolg'on gapirish, o'g'irlik kabilar kiradi.
a) Aroq ichish, zino qilish, yolg'on gapirish, o'g'irlik
b) Tahoratsiz namoz o'qish, qarzdor bo'lsa sadaqa berish
c) Masjidga tuflash, faxsh so'zlar so'zlash
Javob'a) Aroq ichish, zino qilish, yolg'on gapirish, o'g'irlik
Izoh:
Qanday ishlar harom qilingan?
Nohaq odam o’ldirish, odam zotga va hayvonotga zulm qilish, g’iybat qilish, o’g’irlik, yolg’onchilik, aroqxo’rlik va zinokorlik kabi ishlar.
Ibodati Islomiya
3- Makruh amaliga faxsh nag'malarga quloq solish, masjid ichiga tufurish kabilar kiradi.
a) Faxsh nag'malarga quloq solish, masjid ichiga tufurish
b) Zino qilish, o'g'irlik qilish, Bismillah bilan yaxshi ishlarni boshlash
c) Befoyda gaplar gapirish, betayin she'rlar o'qish, harom qilgan narsalarni halolga chiqarish
Javob'a) Faxsh nag'malarga quloq solish, masjid ichiga tufurish
Izoh:
Masjidga tuflash, (fahsh) nag’malarga quloq solish, odobsiz she’rlarni kuylab hofizlik qilish, odamlar ichida masxarabozlik qilish, uyatsiz she'rlarni bitish kabilar makruh amallaridir.
Ibodati Islomiya, Tahorat va namoz humklari 4- Makruhni bajargan qiyomatda azobga qolishi mumkin. Makruhni qilgandan qilmagan afzalroq bo'lib. Makruhni qilib kishi gunohkor bo'lmasa-da odobsiz sanaladi.
a) Muboh b) Mustakro c) Makruh Javob'c) Makruh Izoh:
Makruh Islom dini ta’qiqlagan amal. Makruhni qilmagan kishi savobga qoladi, qilgan kishi esa azoblanishi mumkin. Uni qilgan kishi kofir bo'lmasa-da gunohga botadi. Ibodati Islomiya
5- G'uslning sunnati 10 ta
a) 10 ta
b) 12 ta
c) 4 ta
Javob'a) 10 ta
Izoh:
G'uslning sunnatlari nechta?
O'nta:
1-Istinjo qilish
2-Najas bor yerni yuvish
3-Qo'lni yuvish
4- O'n sakkizta sunnatga amal qilib tahorat qilish. Lekin oyoqlar yuvilmay turiladi.
5- Avval boshga, so'ng o'ng yelkaga, so'ng tanning qolgan barcha a'zolariga bir marotaba suv yetkazib yuvish
6- Qo'l yetgan jami joylarni bir marotaba ishqalab yuvish
7-Har bir a'zoga uch bora suv yetkazish
8-O'ng tarafni chap tarafdan oldin yuvish
9- Suvni keraklicha sarflash
10-G'usl vaqti qibaga oldini o'girmaslik, ya'ni ters turish lozim.
Ibodati Islomiya 2-Bosqich 7-tur [JAVOBLAR] 1- G'uslning sunnatiga og'izga suv olib chayqamoqlik ya'ni mazmaza qilishlik kiradimi?
a) Ha b) Yo'q Javob'a) Ha Izoh:
Chunki bu g'uslning farziga kiradi.
G'uslning farzi 3 ta bo'lib, Og‘izga suv olib chayqamoqlik - mazmaza. Burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlik - istinshoq.Badanning hamma yeriga suv yetkazmoqlik. Badanning hamma yeriga bir marta suv yetkazmoqlik vojibdir. Agar badanning ozgina joyiga suv yetmay qolsa ham, g‘usl durust bo‘lmaydi. Yana jasaddagi chuqurchalarga, ya’ni kindik va shunga o‘xshash a’zolarga ham suv yetishi shart. Va yana g‘usl qilishdan oldin badandagi har qanday suvni to‘suvchi xamir, yog‘, ko‘z atrofiga yig‘ilib qoladigan kir, burunning kiri, ba’zi ayollar tirnoqlariga qo‘yadigan lakka o‘xshash narsalarni ketkazish lozimdir. Agar qimirlatmasa, ostiga suv yetmaydigan uzuk, bilaguzukka o‘xshash narsalar bo‘lsa, ularni ham aylantirib suv yetkazish kerak. Ayollarga o‘rilgan sochlarini yechib, hammasini ho‘l qilish shart bo‘lmaydi. Balki sochning asli chiqqan joyini ho‘l qilishlari kifoya bo‘ladi. Ammo erkaklarning sochlari o‘rilgan bo‘lsa ham yechib, hammasini ho‘l qilishlari farz bo‘ladi.
Tahorat va namoz hukmlari, Ibodati Islomiya, Qirq farz
2- Taroveh namozini o'qish Sunnati muakkara.
a) Farzi kifoya b) Sunnati muakkara c) Farzi ayn Javob b) Sunnati muakkara Izoh:
Ramazon kechalarida yigirma rakat taroveh namozi erkak va ayollarga sunnati muakkaradir. Erkaklar masjidda jamoat bo'lib o'qishilari. Ammo hotinlarga uylar yahshiroq.
Tasxili zaruriy
3- Vitr namozida Qunut duosini o'qish farzmi?
a) Ha
b) Yo'q
Javob'b) Yo'q vojiblariga kiradi.
Izoh: Vitr namozi vojib namozi bo'lib bu namozda Qunut duosini o'qish namozning vojiblariga kiradi. Men ham namoz o'qiyman, Taxsili Zaruriy 4-Namoz o'qigan vaqtda avval o'ng keyin esa chap tomonga salom berish vojibmi?
a) Ha b) Yo'q c) Ba'zi namozlarda Javob b) Yo'q sunnatlariga kiradi. Izoh: Avval o'ng, keyin chap tamonga salom berishlik bu namozning sunnatlariga kiradi. Taxsili Zaruriy, Tahorat va namoz hukmlari
5- Islom dinida ta'qiqlangan, makruhni qilmagan kishi savob topadi, makruhni qilgan kishi kofir bo'lmasada azoblanishi mumkin. a) Mustakro b) Makruh c) Muboh Javob.b) Makruh Izoh:
Makruh qanday amal?
- Makruh Islom dini ta’qiqlagan amal. Makruhni qilmagan kishi savobga qoladi, qilgan
kishi esa azoblanishi mumkin. Uni qilgan kishi kofir bo’lmasa-da, gunohga botadi.
Ibodati Islomiya
|
Категория: Islomiy mantiqiy savolla | Добавил: Taqvo
|
Просмотров: 1088 | Загрузок: 0
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |