Понедельник, 25.11.2024, 00:44 | Главная | Регистрация | Вход |
Izoh FaollariАссалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти. ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз
|
Каталог файлов
4- 5- 6 4-BOSQICH JAVOBLARI
| 21.12.2012, 20:57 |
.6-BOSQICH JAVOBLARI 6-BOSQICH JAVOBLARI
1- Mo'minlar Onasi Oisha (r.a.a) dedilar: "Hech kim fazilat bobida ansorlardan bo'lgan uch kishiga teng kela olmaydi. Ular Sa'd ibn Mu'oz, Hudayil ibn Huzayr va ......" nuqtalar o'rniga fazilat bobidan bo'lgan 3-chi kishini ismlarini belgilang
a) Abbod ibn Bishr b) Uboda ibn Somit c) Abu Qatoda
Javob;a) Abbod ibn Bishr Izoh: Mo'minlar Onasi Oisha (r.a.a) dedilar: "Hech kim fazilat bobida ansorlardan bo'lgan uch kishiga teng kelolmas. Ular Said ibn Mu'oz, Hudayil ibn Huzayr va Abbod ibn Bishr lardur. (Sodiq sahobalar qissasi)
2-Rasululloh (s.a.v) shunday deydilar: "*U ummatim ichida halol va haromni yaxshi biluvchiroq" Ushbu halol va haromni yaxshi biluvchiroq sahoba qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan?
a) Zubair ibn Affon b) Mu'oz ibn Jabal c) Abdulloh ibn Abbos Javob'b) Mu'oz ibn Jabal Izoh: Fazilatlarning ko'rkamrog'i va hislatlarning ulug'rog'i, u zotning yuksak ilm sohibi ekanligidir. U kishining ilm va fiqhlari shundek cho'qqiga yetti-ki, hatto Sarvari Koinot (s.a.v.) u zot haqida: "Ummatim orasida halol va haromni eng yaxshi biluvchirog'i Mu'oz ibn Jabal" deb marhamat qildilar.
Payg'ambar (s.a.v.)ning suyukli sahobalaridan biri, halol va haromni eng yaxshi biluvchi inson nomini olgan Mu'oz ibn Jabal (r.a.)ga bag'ishlangan bugungi sahifamiz sizni befarq qoldirmaydi degan umiddamiz. Janob Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga 70 kishidan iborat bo'lgan ansoriylar ikkinchi Aqoba bay'atini berishayotgan vaqtda, shu ansorlar orasida yuzidan nur taralib turuvchi qarashlari ma'noli yosh bir yigit ham bor edi. U o'zining hotirjamligi va salobati bilan o'tirganlarning barchasini hayratga solardi. U so'zlayotgan vaqtda go'yoki hammayer nurga to'lib turgandek bo'lardi. Bu yigit Mu'oz ibn Jabal (r.a.) edi, demak u ansoriylardandur. Ikkinchi Aqoba bay'ati kuni Payg'ambar (a.s.)ga bay'at berib Islom dinini qabul qilgan avvalgi sahobalar qatoriga qo'shildi. Islom dinini qabul qilgan avvalgi sahobiylarga hos bo'lganidek Mu'oz ibn Jabal (r.a.) ham Payg'ambar (a.s.) ishtirok etgan biror bir marosim yoki biror bir g'azotni tark etmadi. Mu'oz ibn Jabal (Sodiq sahobalar qissasi, Sahobalar hayoti)
3- Muhammad (s.a.v) "Kim o'lgandan keyin ham yerda yurgan kishini ko'rmoqligi hursand qilsa va (bir sahobaga ishora qilib,) unga qarasin dedilar." Nuqtalar o'rniga o'sha sahobani belgilang
a) Ja'far ibn Abu Tolib b) Abdulloh ibn Ma'sud c) Talha ibn Ubaydulloh Javob'c) Talha ibn Ubaydulloh Izoh: Payg'ambar (a.s.) o'z Hadislarining birida "Kim o'lgandan keyin ham, yerda yurgan kishini ko'rmoqligi hursand qilsa bas u Talha ibn Ubaydullohga qarasin"-deganlar. (Sahobalar hayoti)
4-"Allohning arsloni va mujohidlar sayyidi," deb nom olgan sahoba?
a) Hamza ibn AbdulMuttalib b) Holid ibn Volid c) Ali ibn Abu Tolib Javob.a) Hamza ibn AbdulMuttalib Izoh: Taqdir mana bu ko'rinishning suratini va vaqtini nihoyatda go'zal qildiki, unda Janob Payg'ambarimizning (s.a.v.) "Allohning arsloni va mujohidlar sayyidi" bo'lgan amakilari Hamza ibn AbdulMuttalib uchun aytgan ta'ziyalarining ichida, o'zlarini tinchlantiradigan eng chiroylik tasalli so'zlarini eshitdilar. (Sahobalar hayoti)
5- Rasululloh (s.a.v) u kishiga qarab: "Alloh sening bergan molingga ham, o'zingga qoldirgan molingga ham baraka ato etsin." deb duo qilib qo'ydilar. Ushbu duoni olish bahtiga muyassar bo'lib, o'sha davrning eng badavlat kishilaridan bo'lgan sahobani to'g'ri ko'rsating?
a) Zayd ibn Horisa b) Abdurahmon ibn Avf c) Bilol ibn Raboh Javob'b) Abdurahmon ibn Avf Izoh: Uning bergan mollariga Allohning Rasuli (s.a.v.) "Alloh sening bergan molingga ham, o'zingga qoldirgan molingga ham baraka ato etsin."dedilar. Va mana shu so'zning o'zi kifoya qildi va u sahobalar ichidan eng boy sahoba hamda qo'li ochiq bir insonligi bilan tanildi. Allox Abdurahmon ibn Avfdan rizo bo'lsin!5-BOSQICH JAVOBLAR 1-"Yo Rasululloh, hech kimni sizga teng ko‘rmayman, sizdan boshqa bilan dunyoda turishni tilamayman," - deb ko‘ziga yosh olgan sahoba kim edi?
a) Za'far ibn Abu Tolib (r.a) b) Abu Bakr Siddiq (r.a) c) Zayd ibn Horisa (r.a) Javob' c) Zayd ibn Horisa (r.a) Izoh: Yana yosh bolalardin Payg‘ambarimizning asrandi o‘g‘illari Zayd ibn Horisa iymon kelturgan edi. Bu bolani onamiz hazrati Xadicha qullikka sotib olib, o‘zi ziyrak, xizmatga chaqqonligidin Payg‘ambarimizga hadya qilib bergan edilar. Bir muddat o‘tgan so‘nggida Zaydning otasi bilan amakisi izlashib kelib, Payg‘ambarimizga yo‘liqdilar. Alar: «Ey Muhammad, bu bola bizning o‘g‘limizdur, qabila urushlarimizning birida g‘alaba qozongan dushmanlar qo‘liga o‘lja tushib ketgan edi, eshitsak, sizlarga sotib ketmish ekanlar, biz sizni oliy axloqlik, yumshoq ko‘ngillik, yuqori himmatlik yaxshi odam, deb bilamiz, bergan pulingizni qaytarish sharti bilan bolamizni sizdan so‘rab keldik», deyishdi. Anda Payg‘ambarimiz: «Bu ish ko‘p yaxshi bo‘lur edi, agar xohlasangizlar bolani o‘z ixtiyoriga solsak. Kimni xohlasa, shu bilan qolsa, bunga biz ham rozi bo‘lur edik», deganlarida, bu ishga ular ham rozilik bildirdilar. So‘ngra Payg‘ambarimiz Zaydni chaqirib: - Mana bu kishi o‘z otang, mana bunisi bo‘lsa, amaking ekan, yiroq yerdin safar mashaqqatini tortib, seni izlab kelibdurlar, endi nima dersan, men bilan qolish yoki bular bilan ketish ixtiyori o‘zingdadur, - dedilar. Shunda Zayd: - Yo Rasululloh, hech kimni sizga teng ko‘rmayman, sizdin boshqa bilan dunyoda turishni tilamayman, - deb ko‘ziga yosh oldi. (Tarihiya Muhammadiy)
2- Islomning eng avvalgi chavandozi degan nom olgan Sahoba qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan?
a) Ja'far ibn Abu Tolib(r.a) b) Miqdod ibn Amr (r.a) c) Talha ibn Ubaydulloh (r.a) Javob'b) Miqdod ibn Amr (r.a) Izoh: Rasululloh (s.a.v.) ning suyukli sahobalaridan biri bo'lmish, Islomning eng avvalgi chavandozi deb nomni qo'lga kiritgan Miqdod ibn Amr. U kishi haqida sahobalar shunday deyishgan edi: "Islom yo'lida birinchi bo'lib ot choptirgan kishi bu Miqdod ibn Amrdur" (Sahobalar Hayotidan)
3- Qur'ondagi "Abasa" surasining 1-16- Oyatlari kim sabablik nozil qilingan(Bu yerda juda xam bir qiziq voqea ro'y beradi va shu sabab "Abasa" surasida 16 oyat nozil qilinadi)?
a) Abu Bakr Siddiq (r.a) b) Zayd ibn Horisa (r.a) c) Abdulloh ibn Ummi maktbum (r.a) Javob'c) Abdulloh ibn Ummi maktbum (r.a) Izoh: Abasa - yuzini burishtirdi, xo'mraydi degan ma'nolarni anglatadi. Sura avvalida Rasululloh huzurlariga Abdulloh ibn Ummi Maktum nomli bir ko'zi ojiz musulmon kelib, diniy savol so'ramoqchi bo'lganlarida, uni malol olib, iltifot qilmay, Makka zodagonlarini da'vat qilish bilan band bo'lganlari uchun Allohdan olgan tanbehlari bayon etilgan. Sura davomida insonning yaratilishi, yashashi va vafot etishi, u iste'mol qiladigan noz-ne'matlar, Qiyomat kunidagi odamlarning g’am-tashvishlari, hamma o'zi bilan ovora bo'lib qolishi, yaxshilarning yuzlari yorug’, yomonlarning yuzlari esa shuvit bo'lishi kabi ma'lumotlar beriladi. (Qur'oni Karim tarjimasidan)
Rasululloh bilan mushriklar bahs-munozara qilayotgan kunlarning birida g‘alati voqea yuz berdi. Bu hodisa ojiz odamni nazar-pisand qilmaslik durust emasligiga bir ishoradir. Rasululloh quraysh oqsoqollarini iymonga keltirish umidida Qur'on bilan dinning mohiyatini tushuntirayotganlarida allaqachon musulmon bo‘lgan ko‘zi ojiz Abdulloh ibn Ummu Maktum kelib qoldi. Payg‘ambar alayhis-salom quraysh oqsoqollarining samimiy muomalasidan erib, zora shu bahonada islomga kirib qolishsa degan umidda jon koyitib gapirardilar. Abdulloh ibn Ummi Maktum "Yo Rasululloh, Alloh sizga bildirgan narsalardan menga ham o’rgating", deb qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qoshlarini jimirib, yuzlarini burib oldilar va Quraysh zodagonlariga so’zlashda davom etdilar. Chunki o’rtaga tikilgan narsa nihoyatda muhim edi - agar ular islomga kirsalar, Allohning dini kuchayar, Rasulining da’vati quvvatlanardi.
Payg’ambar alayhissalom suhbatdan forig’ bo’lib, endi o’rinlaridan qo’zg’olishlari bilan ko’z oldilari jimirlashib, boshlariga nimadir qattiq urilganday bo’ldi. So’ng quyidagi oyatlar nozil qilindi: "U oldiga ko’zi ojiz kishi kelganda qosh chimirdi va yuz o’girdi. (Ey Payg’ambar), siz qayerdan bilasiz, ehtimol u (gunohlaridan) poklanar yo pand-nasihat olar-da, so’ng bu pand-nasihat unga foyda berar?! Endi o’zini (iymondan) behojat bilgan kishiga kelsak, siz o’shanga yuzlandingiz! Holbuki, uning poklanmasligi sababli sizga ziyon yetmas! Ammo (Allohdan) qo’rqib, oldingizga yugurib kelgan zotdan chalg’idingiz. Yo’q, albatta bu (Qur’on oyatlari) eslatmadir. Kim xohlasa, pand-nasihat olur. (Oyatlar) azizu mukarram, qadri baland, pokiza sahifalarga ulug’, itoatli mirzolar (ya’ni farishtalar) qo’llari bilan (Lavhul Mahfuzdan ko’chirilgandir). ("Abasa" surasi, 1-16 oyatlar.)
Jabroil Amin ushbu o’n olti oyatni Abdulloh ibn Ummi Maktum sabab Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qalblariga yetkazdi. Oyatlar nozil etilgan ondan boshlab shu paytgacha tinmay tilovat qilinib keldi va bundan buyon to Yer va undagi jamiki narsalarga yolg’iz Allohning o’zi voris bo’lguncha mudom tilovat qilinib qolajak. Usha kundan e’tiboran Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Robbim u tufayli meni koyigan kishi, marhabo, marhamat qilsinlar" deb Abdulloh ibn Ummi Maktumga cheksiz hurmat-ehtirom ko’rsatib, har safar kelganida to’rdan joy beradigan, hol-ahvolini surishtirib, ehtiyojlarini darhol qondiradigan bo’ldilar. Bu ajablanarli hol emas, negaki Payg’ambar alayhissalom aynan shu kishi sababli yetti osmon tepasidan qattiq dashnom eshitmadilarmi?!
4-Bir rivoyatga ko'ra, Payg'ambarimiz (s.a.v) besh farz bo'lmish ibodatlardan biriga ishora qilib: "Mening ushbu ibodatni qilganimni ko'rib turganingizdek qilinglar!" mazmundagi jumlani aytib o'tadilar. Janobimiz Muhammad (s.a.v) ishora qilgan ibodat qaysi biri ekanligini belgilang?
a) Ro'za b) Namoz c) Zakot Javob'b) Namoz Izoh: Namoz, Zero Raslulloh (s.a.v) sahobalariga qandoq Namoz barpo etish kerakligini ko'rsatib berganlar va aytganlar: "Mening Namoz o'qiganimni ko'rganingizdek Namoz o'qinglar" Imom Buhoriy Molik ibn Huvayris (r.a.)dan rivoyat qilganlar! (Din nasihatdur)
5- "Juma kunida Duo qabul bo'ladigan bir vaqt bordir. Siz o'sha vaqtda Namoz o'qish, Duo qilish va hojatlaringizni so'rash bilan bu vaqtni g'animat biling" Bu JUMA kunidagi vaqt qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?
a) Bomdoddan oldingi vaqt b) Asrdan keyingi vaqt c) Shom va Hufton oralig'idagi vaqt Javob'b) Asrdan keyingi vaqt Izoh: Rasululloh (s.a.v. dedilar: "Juma kunida bir soat borki, u soatda musulmon banda Allohdan biror narsani so'ragan holda to'g'ri kelsa, Alloh uning tilagini albatta beradi. Bu asrdan keyingi vaqtdir". Imom Ahmad rivoyati! (Din nasihatdur) 4-BOSQICH JAVOBLARI 1-Umar ibn Hattobning singlisining ismlari?
a) Dardo b) Barra c) Fotima Javob; c) Fotima Izoh: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hali ochiq da’vatga chiqmagan paytlar edi. U zotga iymon keltirish bilan musharraf bo‘lganlar soni endi o‘ntaga yetib qolgan, o‘sha iymon bilan sharaflanganlarning biri Umar ibn Xattobning singlisi Fotima binti Xattob (r.a.) edi. (Sahobalar hayotidan)
2-Musulmonlar Habashiston Mamlakatiga hijrat qilganlari vaqtlarida, u yerdan qo'nim topib hamda o'zi asli nasroniy bo'lgan o'sha yerning Podishohidan yomonlik ko'rishmadi. U yerning Podishohini ismi?
a) Qaysar b) Xisrav c) Najoshiy Javob'c) Najoshiy Izoh: Habashiston mamlakati Arabistonga chegaradosh edi. Najoshiy nomlik podshosi bilan butun xalqi nasoro dinida edi. Lekin bu podshoh o‘zi olimlardin bo‘lib, Tavrot, Injil kitoblarida Payg‘ambarimizning sifatlarini ko‘p ko‘rgan edi. Iso alayhissalom bashorat bergan oxirzamon Payg‘ambarining chiqar vaqti yaqin bo‘ldi, deb o‘zi ham kutmoqda edi. Mana shuning uchun Payg‘ambarimiz sahobalarini shu yoqqa hijrat qilishga buyurib: - Ul joyning podshosi haqiqatsevar, dinparvar, odil kishidur, hijrat qilib, aning panohiga borguvchi musofirlar haqida hech qandoq jabr-zulmga yo‘l qo‘ymaydur, shu joyga borib, dininglarni, joninglarni tinch-omon saqlab, fursat kutib turinglar. Qachonki, bizlar kuch-quvvat topib, bu ishimiz rivojlansa, shu chog‘da xabar qilsak kelursizlar, - dedilar. (Tarihiya Muhammadiy, Saodat asari, Nurul yaqin)
3-Habashiston Mamlakatining o'sha vaqtdagi Podishohi Musulmonlardan qaysi Payg'ambar haqida xabar so'ragandi?
a) Muso b) Hud c) Iso Javob;c) Iso Izoh: Shu yig‘ilganlaricha podshoh huzuriga kirishdi. Podshoh bularga qarab, Iso haqida qandoq e’tiqod qilishlarini so‘radi. Anda hazrati Ja’far: - Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom bu haqda bizlarga nima aytgan bo‘lsalar, bizlar ham shuni aytamiz. Iso Xudoning bandasi va uning barhaq pay¬g‘ambari Ruhillohdurlar. Bu ruh Alloh amri ila Mar¬yamga tashlanib, andin tug‘uldilar, - dedi. (Tarihiya Muhammadiy, Saodat asari, Nurul yaqin)
4- Me'roj kuni Musulmonlarga, besh ustun bo'lmish Farzlardan qaysi Farz tushurildi?
a) Ro'za b) Namoz c) Hajj Javob'b) Namoz Izoh: Alloh taolo shu Me’roj tunida, Payg‘ambarimizga va ham aning ummatlariga ellik vaqt namoz farz qildi. (Tarihiya Muhammadiy, Saodat asari).
5-Makkada Masjid-ul Xaramni, Madinada esa Masjid-ul Nabaviyani kengaytirilishiga asos solgan halifa kim?
a) Abu Bakr Siddiq (r.a.) b) Usmon ibn Affon (r.a.) c) Umar ibn Hattob (r.a.) Javob'c) Umar ibn Hattob (r.a.) Izoh: Umar ibn Hattob (r.a.) halifalik davrlarida juda ko'p ishlar qilgan bularning bazigilari: Shom bilan Xijor o'rtasidagi katta qatnov yo'liga ham musofirhonalar qurdirgan edilar. Har bir fath etilib ahli Islom o'rnashgan yerlarga masjidlar qurdirganlar. Makkada masjid-ul Xaramni, Madinada esa Masjid-ul nabaviyni kengaytirgandilar. (Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) va xalifalar haqida bitiklari)
|
Категория: Islomiy mantiqiy savolla | Добавил: Taqvo
|
Просмотров: 2030 | Загрузок: 0
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |