Понедельник, 25.11.2024, 00:37 | Главная | Регистрация | Вход |
Izoh FaollariАссалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти. ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз
|
Каталог файлов
4- 5- 6 4-BOSQICH JAVOBLARI
| 21.12.2012, 20:59 |
.3-BOSQICH JAVOBLARI 3-BOSQICH JAVOBLARI
1-Tabuk g'azotiga barcha singari u ham qatnashmoqchi edi, ammo Rasululloh (s.a.v.) ul sahobaga muhim bo'lgan boshqa yumush topshirganlari boyis Tabuk g'azotida ishtirok eta olmadilar, ushbu sahoba kim?
a) Ali ibn Abu Tolib b) Usmon ibn Affon c) Abdulloh ibn Ummi Maktum Javob;a) Ali ibn Abu Tolib Izoh: Bu gal Hazrati Alini o‘z o‘rinlarida Madinaga voliy qilib qoldirmoqchi bo‘ldilar. Ul kishi ersa, bundan ilgari hech bir g‘azotda Rasulullohdan ajrab qolmagan edi. Endi mundog‘ ulug‘ jihod safarida Rasululloh suhbatlaridan yiroq qolishni bek og‘ir oldi. Anda Rasululloh aytdilar: - Ey Ali, Horun alayhissalom Muso payg‘ambarga qanday bo‘lsa, sen ham menga shundog‘ bo‘lishga rozi emasmisan? Muso alayhissalom Xudoga munojot qilmoq uchun Tur tog‘iga ketganida, akasi Horun alayhissalomni o‘z o‘rnida xalifa qo‘yib ketgan edi. Men ham seni Madinada qolganlar ustiga o‘z o‘rnimda xalifa qo‘ydim, - dedilar. Shu sababli u kishi Tabuk g'azotiga qatnashmagan edilar. (Tarihiya Muhammadi)
2-Eng yaxshi chavandoz nomini olgan sahoba?
a) Ikrima ibn AbuJahl b) Sad ibn Abu Vaqqos c) Said ibn Omir Javob;a) Ikrima ibn AbuJahl Izoh: Хush, kelibsiz, muhojir chavandoz! Payg’ambar janoblari Ikrima Ibn Abdujahlni shu so’zlar bilan qarshi olgandilar. (Sahobalar hayotidan)
3-Abdulloh ibn Salom'ning Islomga iymon keltirmaslaridan avvalgi ismlari?
a) Abdurahmon b) Husayin c) Abduamr Javob'b) Husayin Izoh: Uning islomdan avvalgi ismi Husayin ibn Salom edi, islomga kirgan birinchi kuni Rasululloh u kishini ismini so'raganda Husayin degan vaqtda, Rasululloh (s.a.v.) endi sening isming Abdulloh bo'ladi degan edilar. (Sahobalar hayotidan)
4-Abu Hurayra (r.a.) jami nechta Hadis rivoyat qilganlar?
a) 2263 b) 5364 c) 1100 Javob'b) 5364 Izoh: Mulla Aliyul Qorining habar berishlaricha Abu Hurayra r.a jami 5364 ta hadis rivoyat qilganlar. U zotdan esa tahminan 500 ga yaqin kishi rivoyat qilgan. U zotdan hadis rivoyat qilganlardan biri Bashir ibni Nuhayqdir. U Abu Hurayradan eshitib yozganlarini to’plab keyin Abu Hurayraga o’qib berib izn olgandir. (Sahobalar hayotidan)
5-Mushriklarning ogohlantirishlaridan so'ng, qulog'iga pahta tiqib Rasulullohning so'zlarini eshitib qolib Islomga kirib ketmay deb, so'ngra Rasulullohni oldilariga kelib Islomni qabul qilgan sahoba?
a) Os ibn Voil b) Salmon Forsiy c) Tufayl ibn Abu Amr Javob' c) Tufayl ibn Abu Amr Izoh: Ey Tufayl, sen bizning yurtimizga kelding, eshitgandursan, o‘z ichimizdin shunday bir odam paydo bo‘ldi, buning to‘g‘risidin ishlarimiz ko‘p qiyinlashdi. Birligimiz buzilib, oramizga dushmanlik tushdi. Ani ko‘rar bo‘lsang, kelishgan, chiroyli yuzi bor, sehr¬din ortiq ta’sirlik so‘zi bor. Bolani otadin, inini og‘adin, xotunni eridin so‘zi bilan ajratadi. Endi buning sehridin senga ham yuqib qolib, bizga tushgan bo‘lgunlik (vayronlik) hodisalar sizlarga ham tushib qolmasin, deb qo‘rqib keldik, buning iloji shuki, aning yuzini ko‘rmay, aytgan so‘zini eshitmay, bir og‘iz so‘z qilishmay, eson-omon o‘z yurtingga qaytib ketar bo‘lsang, shundagina omon qolursan, bo‘lmasa o‘zingga bir og‘ir ish orttirib ketishingda shak yo‘qdur - dedilar. Mushriklar shu misollik so‘zlar aytib, ani qattiq qo‘rqitdilar. U ham bo‘lsa bu so‘zlar ta’siridin Payg‘ambarimiz bilan ko‘rishmasga, bir og‘iz bo‘lsin, so‘zlarini eshitmasga ko‘nglida jazm qilib, o‘z yurtiga qaytmoqchi bo‘ldi. Ko‘rmasga ko‘z bog‘lab yurishning iloji yo‘q, ammo so‘zlarini eshitmasligi uchun qulog‘iga paxta tiqib oldi. (Tarihiya Muhammadiy) 2-BOSQICH JAVOBLARI savol bilan 2 2-BOSQICH JAVOBLARI
1-Muhammad (s.a.v.)ning emchakdosh birodari kim bo'lgan?
a) Usoma ibn Zayd b) Xolid ibn Volid c) Abu Sufyon Javob;c) Abu Sufyon Izoh: Jannat yigitlarining sayyidi deb tariflangan Abu Sufyon (r.a.) Muhammad (s.a.v) bilan tengdosh bo'lib, ular bir paytda tug'ilib, bir oilada ulg'ayishgan. Ular amakivachcha bo'lganlar. Horis va Abdulloh Abdulmuttalibning o'g'ilari, tug'ishgan aka-uka edilar. Bundan tashqari Abu Sufyon (r.a.) Payg'ambarimizning emchakdosh birodarlari bo'lib har ikkisini Halima Sadiya emizib katta qilganlar. (Sodiq sahobalar qissasidan)
2-Rasululloh (s.a.v.)ning chaqirishlariga labbay deb Islom diniga kirgan 6-chi Sahoba bahtiga kim musharraf bo'lgan edi?
a) Abdulloh ibn Ma'sud b) Zayd ibn Horis c) Usmon ibn Affon Javobi'a) Abdulloh ibn Ma'sud Izoh: Abdulloh ibn Ma'sud: "Qur'onni birinchi tilovat qilgan inson"- Payg'ambarimiz (s.a.v) Arqamaning hovlisiga kirmaslaridan avval, Abdulloh ibn Ma'sud (r.a.) u zotga iymon keltirib ulgurgan edi. Buning natijasida, Rasululloh (s.a.v) ga ergashib, iymon keltirganlarning oltinchisiga aylandi. (Sahobalar hayotidan)
3- Haj farzligi qaysi Surada va nechinchi Oyatlarda nozil bo'lgan(anniq oyat ko'rsatilsin)?
a) Oli-Imron surasi, 97-oyat b) Haj surasi, 25-oyat c) Nur surasi, 56-oyat Javob'a) Oli-Imron surasi, 97-oyat Izoh: Hajning farzligi bu oyati karima bilan farz qilingan: "Odamlardan yo'lini topganlariga Alloh uchun Baytni Haj qilmoq burchdir. Kimki kufr keltirsa Alloh olamlardan behojatdir" (Oli-Imron surasi, 97-oyat) (Qirq farzdan olindi)
P.S: 3-savolda ta'kidlab o'tganimizdek, to'g'ri javob uchun Sura nomi hamda Oyatni soni ko'rsatilsagina javob qabul qilinadi.
4-Muhammad (s.a.v.) Ey ..... kisroning bilak uzugini taqqaningda qandak bo'larkin, deb ..... ga gapirgan edilar. Nuqtalar o'rniga quyidagi nomlardan javobni belgilang?
a) Abdurahmon ibn Afv b) Suroqa ibn Molik c) Usmon ibn Affon Javob'b) Suroqa ibn Molik Izoh: Muhammad (s.a.v) bir Hadislarida shunday deb marhamat qiladi: "Ey Suroqa kisroning bilak uzugini taqaningda qandak bo'larkin."
Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v ga Madina safarida yo'l ko'rsatgan Suroqa ibn Molikka Eron podshohi Kisroning bilaguzugi bir kun senga tegajak, olam ahli buyrug'ingga bo'ysungaylar, deya bashorat qiladilar. Hazrati Umar davrlarida butun Eron fath qilinadi. Shunda hz.Umar Kisroning bilaguzugini Suroqaga taqib qo'yadilar
(Sodiq sahobalar qissasidan)
5-Zayd ibn Horisani Payg'ambarimizga kim tuhfa qilgan edi?
a) Abu Bakr b) Hadicha binti Huvaylid c) Abu Tolib JAVOB;b) Hadicha binti Huvaylid Izoh: Savdo binti Savlaba o'g'li Zayd ibn Horisaning hamrohligida qavimdoshlari Banu Ma'an liklarni ziyorat qilish uchun katta karvon bilan yo'lga tushdi. Ular ko'zlagan manzillariga yetmay Banu Qayimliklar hujumiga duchor bo'lishadi. Qaroqchilar mollarini talab, ulov va odamlarni haydab ketishadi. Asrga tushganlarning biri Zayd ibn Horisa bo'ldi. Hali 10 yoshga yetmagan bolakayni ukozdagi bozorga olib chiqib sotiladigan qullar qatoriga qo'shib qo'yishdi. Qurayshlik boy Hakim ibn Hazom Huvaylid makkaga ketayotganida to'rtyuz dirhamga Zaydni va bir necha g'ulomni sotib oldi. Jiyanini bozordan qaytganini eshitgan Hadicha binti Huvaylid ziyoratga boradilar. Amma ukozdagi qul bazoridan qul sotib oldim tanlang, qaysi birini yoqtirsangiz o'sha mendan sizga hadiya dedi Hakim. Ziyrak Hadicha tirik tovarlarga sinchiklab boqdilar va ko'zlaridan aqilligi bilinib turgan Zaydni ihtiyor etib u bilan birga uyiga qaytdilar. Ko'p o'tmay Hadicha binti Huvaylid Muhammad ibn Abdullohning nikohiga o'tadilar va turmush o'rtog'iga o'zidagi eng nafis bo'lgan Zayd ibn Horisani tuhfa etadilar. (Sodiq sahobalar qissasidan)
|
Категория: Islomiy mantiqiy savolla | Добавил: Taqvo
|
Просмотров: 2070 | Загрузок: 0
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |