Понедельник, 25.11.2024, 00:18 | Главная | Регистрация | Вход |
Izoh FaollariАссалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти. ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз
|
Каталог файлов
7-BOSQICH JAVOBLAR
| 21.12.2012, 20:48 |
.7-BOSQICH JAVOBLAR 1- Xolid ibn Valid Islomga kirgan vaqtida, u kishi bilan ikki inson ham birga Islom diniga kirib Musulmon bo'lgan edilar. Quyida o'sha ikki kishining nomlarini to'g'risini belgilang?
a) Amr ibn Os Sahmiy, Usmon ibn Abi Tolha Abdariylar b) Abbod ibn Bishr, Abu Muso Al Ash'ariy c) Abu Zar G'iforiy, Abdulloh ibn Muhayriz Javob'a) Amr ibn Os Sahmiy, Usmon ibn Abi Tolha Abdariylar Izoh: Musulmonlar Volid Quro yahudiylarning taslim qilib muhim g'alabalarni qo'lga kiritdilar. Bu g'alabadan keyin musulmonlarga qarshi yurishganlarga boshchilik qilgan uch nafar taniqli kishi Xolid ibn Valid Maxzumiy, Amr ibn Os Sahmiy, Usmon ibn Abi Tolha Abdariylar musulmon bo'ldilar. (Nurul yaqin)
2- Olloh yo'lida ya'ni Tabuk g'azotiga sababsiz qatnashmagan va bu jangdan so'ng oyat nozil qilinib, ularni bu qilmishlari uchun karami keng Olloh kechirganligi haqida oyatlari orqali bayon qiladi, ushbu uch kishi qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan?
a) Ka'b ibn Molik, Abbod ibn Bishr va Abu Zar b) Ali ibn Abu Tolib, Ka'b ibn Molik va Abdulloh ibn Ummi Maktum c) Ka'b ibn Molik, Muror ibn Rob'i va Hilol ibn Umayya Javob'c) Ka'b ibn Molik, Muror ibn Rob'i va Hilol ibn Umayya Izoh: Ka'b ibn Molik Xazrajiy, Murora ibn Robi' Asiy hamda Hilol ibn Umayya Avsiylar Payg'ambar (a.s.)ning huzurlariga kelib, qilgan ayblari uchun uzr so'rashdi. Ka'b kirib kelganda Rasululloh (s.a.v) zaharhandalik bilan:"Nega ko'pchilikdan ajrab qolding?" deya xushlamaygina so'radilar. Ka'b: "Ey Rasululloh, sendan boshqa odamning huzurida bo'lsam so'zamonlik san'atimni ishga solib uzr aytardim, uni gapimga ishontirib, g'azabidan qutulib qolar edim. Lekin bugun yolg'on gapirib sening roziliginga erishganim bilan, Ollohning g'azabiga uchrashim mumkin. Hudo haqqi, rostini aytsam, mendan hafa bo'lasan, biroq haq gapni aytmay ilojim yo'q. Ollohning karami kengligiga va uzrimni qabul qilishiga umid bog'lab to'g'risini aytaman. G'azotga chiqmasligimga hech qanday sabab yo'q edi", dedi. Payg'ambar (a.s.) "Rostini aytding, bor, Ollohning hukmini kut", dedilar. Ka'bning ikki sherigi ham rostini aytib uzr so'rashdi. Rasululloh ularga ham yuqoridagi javobni berdilar va musulmonlarga aralashib, muomala qilishni ta'qiqladilar. Hatto, xotinlari bilan yaqin munosabatda bo'lishini ham ma'n etdilar. Hilol ibn Umayyaning hotini o'rtaga tushib, erining qariligiga va og'irini yengillashtiradigan hizmatkori yo'qligini aytib, shavqat so'radi. Rasululloh (s.a.v) uning uzrini e'tiborga olib, erining xizmatida bo'lishiga ijozat berdilar. Garchand Payg'ambar (a.s.) marhamat ko'rsatgan bo'lsalar-da, berilgan jazo ularga keng olamni tor qildi. Biror kimsa bilan gaplasholmay yuraklari zardobga to'ldi, yolg'iz Ollohdan o'zga najotkorlarni yo'qligini anglab, unga sig'inib, yolvorishdi. Karami keng Parvardigor ularning tavbasini qabul qildi. Payg'ambar (a.s.) ularga odam yuborib, Olloh ta'oloning bu katta ne'matidan bashorat berdilar. To'da-to'da odamlar uylariga borib, uchovlonni Olloh ta'olo gunohidan o'tgani bilan qutladilar. Ka'b masjidga kirgan paytida Payg'ambar (a.s.) uni ochiq chehra bilan qarshilab: "Ey Ka'b, senga hayotingdagi eng yahshi kun kelgani bilan bashorat beraman",dedilar. Ka'b: "Bu bashorat sen tomondan kelganmi yoki Olloh tomonidanmi?" deb so'radi. "Olloh tomonidan," deya javob berdilar Rasululloh (s.a.v). Quvonchi ichiga sig'may ketgan Ka'b: "Ey Rasululloh, Olloh mening tavbamni qabul etgani uchun bor mol-mulkimni Ollohga va Rasuliga sadaqa qildim", dedi. Payg'ambar (a.s.): "Mol-mulkingning bir qismini olib qol, o'zingga ham kerak bo'lib qoladi", dedilar. Shundan keyin uchovlonning tavbasi qabul qilinganligi haqida "Tavba" surasining 118-oyatini o'qib berdilar. Olloh g'azotidan qolib ketgan uch kishining tavba qilishiga ham ijozat berdi. Chunki keng olam ularga tangu-tor bo'lgan, yuraklari siqilgan, ular Ollohdan o'zgaga sig'inadigan hech kim yo'qligini anglab yetishgan edi. Tavba qilishgani uchun Olloh ularning tavbasini qabul ayladi. Olloh tavbani albatta qabul etguvchi, benihoya mehribon (Zot)dir" (Holislik Sari)
3-O'sha "Tabuk" g'azotiga sababsiz qatnashmagan uch kishining tavbalari mag'firat qilinganligini bayoni bo'lib qaysi Sura va nechinchi oyatda nozil qilindi?
a) "Moida" surasining 18-oyatida bayon qilindi b) "Tavba" surasining 118-oyatida bayon qilindi c) "Shuaro" surasining 20-oyatida bayon qilindi Javob'b) "Tavba" surasining 118-oyatida bayon qilindi Izoh: Payg'ambar (s.a.v.): "Ey Ka'b, senga hayotingdagi eng yahshi kun kelgani bilan bashorat beraman",dedilar. Ka'b: "Bu bashorat sen tomondan kelganmi yoki Olloh tomonidanmi?" deb so'radi. "Olloh tomonidan," deya javob berdilar Rasululloh (s.a.v). Quvonchi ichiga sig'may ketgan Ka'b: "Ey Rasululloh, Olloh mening tavbamni qabul etgani uchun bor mol-mulkimni Ollohga va Rasuliga sadaqa qildim", dedi. Payg'ambar (a.s.): "Mol-mulkingning bir qismini olib qol, o'zingga ham kerak bo'lib qoladi", dedilar. Shundan keyin uchovlonning tavbasi qabul qilinganligi haqida "Tavba" surasining 118-oyatini o'qib berdilar. Olloh g'azotidan qolib ketgan uch kishining tavba qilishiga ham ijozat berdi. Chunki keng olam ularga tangu-tor bo'lgan, yuraklari siqilgan, ular Ollohdan o'zgaga sig'inadigan hech kim yo'qligini anglab yetishgan edi. Tavba qilishgani uchun Olloh ularning tavbasini qabul ayladi. Olloh tavbani albatta qabul etguvchi, benihoya mehribon (Zot)dir" (Holislik Sari)
"Yana (jangga chiqmay) qolgan uch kishining ham (tavbalarini qabul etdi)*. Ularga yer (shuncha) kengligi bilan torlik qilgach va dillari tang bo'lgach hamda Alloh (g'azabi)dan faqat Unga qochish bilan panoh topilishini bilishgach, so'ngra ular tavba qiluvchilardan bo'lishlari uchun Alloh tavbalarini qabul etdi. Albatta, Alloh tavbalarni qabul etuvchi va o'ta rahmlidir". ("Tavba" surasi 118 oyat)
4- Xandaq g'azotida Ali (r.a.) jasurlarcha mushriklarning dong'i ketgan yengilmas va qo'rqmas jangchisi bilan yakkama-yakka jang qilib, o'sha mushrikni yer tishlatib va bu harakatlari bilan raqib tarafga katta talofat yetkazadilar. Ali (r.a) bilan jang qilgan o'sha raqib jangchining ismi?
a) Amr ibn Vad bilan b) Navfal ibn Abdulloh bilan c) Abu Jahl bilan Javob'a) Amr ibn Vad bilan Izoh: Arablar bir shaharni uzoq vaqt ishhol qilib turishni o'rgangan emaslar. Bu safar ham ishning tez bitishini go'lib va mag'lub kimligini bilishni istashardi. Faqat hozir ro'paralarida tushlarida ham ko'rmagan bir xandaq chiqqan yo'llari to'silgan edi. Uzoq-uzoqdan otilgan toshlar, o'qlar bilan bu ishni bitirishga imkon yo'q edi. Bir necha kun ana shunday davom etdi. Nihoyat bir kuni Amr ibn Vad boshchiligida 5 kishi otlarini qattiy quvlab xandaqdan o'tishga muvofiq bo'ldi. Amr yoshi o'tganiga qaramay ancha epchil, mard va jasur kishi edi. Badr jangida yaralangan, shu sabab Uhud g'azotida qatnasha olmagan. Badrning intiqomini olmaguncha yuvunmaslikga, mushkambar surmaslikga qasam ichgandi. Otini qamchilab olg'a yurdi. Musulmonlarga yaqinlashgach bor ovozi bilan hayqirdi. Men bilan kim olishmoqchi bo'lsa kelsin. Hech kim bu taklifni qabul qilishni hohlamasdi. Nihoyat Ali ibn Abu Tolib (r.a.) o'rnilaridan turdi "Yo Nabiyulloh, ruhsat bering, unga qarshi men chiqay", dedi, "O'tir Ey Ali bu Amrdir" dedilar.
Hazrati Ali Rasulullohning bu buyrug'ini eshitgach o'tirishdan boshqa iloji qolmadi. Nabiyulloh (s.a.v.) bu so'zlari bilan Amrning qanchalik havfli odam ekanligini bildirgan edilar. Amr endi: "O'lgach jannatga kirishga ishonadiganlar qani?, qayerda qoldilaring? Men bilan kuch sinashadigan bir mard topilmaydimi orangizdan?", deyishga o'tdi. Haqiqatdan mard kishi emasmi, o'ziga yarashiqlik bir ovozda baqirayotgan edi, ovozidan o'lim hidi kelar edi. Bir muddat kutdi va yana hech kim unga ro'baro' bo'lmadi. Amrning ho'roz kabi qichqirishiga chidab turolmagan hazrati Ali (r.a) yana u bilan olishishga ruhsat so'radi, lekin Payg'ambarimiz (s.a.v) avvalgi so'zlarini takrorlagach, yana joyiga o'tirishga majbur bo'ldilar. Biroq, bu dardga bir chora topilishi kerak-ku, yuzlarcha musulmonning qarshisiga bemalol chiqsa, bemalol maydon o'qisa, ahir uning ovozini o'chirish kerak emasmi? Amr haddidan oshmoqda edi, "baqiraverib ovozim bo'g'ildi", "yo'qmi jannatni sog'ingan? tezroq yubora qolay o'sha yoqqa" deya hayqirar ekan hazrati Ali uchinchi bor o'rnidan turib ketdi. Yo Rasululloh, ruhsat bering bu bilan olishay dedilar. Rasuli Akram (s.a.v) uchinchi bor ayni so'zni aytdilar. Ey Ali, bu Amrdir. Amr bo'lsa ham u bilan olishmoqchiman, men ham Aliman, dedilar. Alining bu gaplaridan so'ng, Rasululloh (s.a.v.) zulfiqor deb nomlanuvchi qilichlarini unga berdilar, zirhlarini ham unga kiydirdilar. "Allohim Badrda Ubaydani, Uhudda Hamzani olding, endi Alini menga bag'ishla", deya Duo qilib kuzatdilar.
Amr qarshisida boshdan oyog' zirh bilan o'ralgan ko'zlarigina yaltirab turgan raqibni ko'rdi. - Kimsan o'zing deb so'radi, Amr. - Ali ibn Abu Tolibman, dedilar. - Otang mening do'stim edi, otangning huz-hotiri haqqi hurmati, seni o'ldirishni hohlamayman. Qarib qartayganlar, bu dunyodan nasibasini olgan, hayotdan umidini uzgan biror kishi yo'qmi? Kelsin o'shalar, ularni jo'natay narigi dunyoga, dedi yana Amr. - Bekorchi gaplarni qo'ya tur, ey Amr dedilar hazrati Ali (r.a). Eshitishimcha, sen urushayotgan odamingni ikki taklifini bajo keltirar emishsan. Mening ham senga ikki taklifim bor. - Qanday takliflar, dedi Amr? - Ali (r.a): Islom dini qabul qilishga chaqiriman seni. - Bu ish hech ham mumkin emas, boshqa taklifiningni ayt. - Men bilan jang qil bo'lmasa, dedilar, Ali (r.a) - Ammo, sen hali yoshsan, seni o'ldirmoqchi emasman. - Men esa aksincha seni o'ldirishni jon jon deb istayapman. Amrning boshiga qon quyilgandek bo'ldi, bir yosh yigitning uning o'ziga bag'ishlamoqchi bo'lsayu, undan bunday qo'pol javob olsa, kechirib bo'lmas holat bu. Endi bu ishga chek qo'yish kerak. Amr qilichini sug'irdi va otini hazrati Alining ustiga surdi. -Ey Amr, sendek jasur kishiga shunaqa kurash yarashadimi? Sen otdasan men esa yayov, dedilar. Amr bu etirozga javob bermadi, darhol otidan tushib, otining oyoqlariga qilich tortdi. Tomirlari kesilgan ot, o'sha joyda yiqildi. Sho'rlik jonivor ikkinchi zarba bo'yniga tushishidan behabar edi. Bu zarbadan so'ng u o'zini o'nglay olmadi. Yavvoyi hayvondek quturgan Amr, qo'rqinchli bir ovozda, "Mana men ham yayov boldim Ey Ali", deb hayqirdi. Olishuv boshlandi. O'zaro hujumlar bilan bir-birini sinagan ikki jangchi g'olib chiqishi uchun butun kuch va mahotarlarini ishga solishar edi. Osmonga urilayotgan chang to'zon boyis, jangni tomosha qilish mumkin bo'lmay qoldi. Vaqt o'tgan sayin Amr yengib bo'lmas jangchiga duch kelganini anglay boshladi. O'zi yoshi ancha o'tib, qarib qolgan edi.
Qarshisida esa 23-24 yoshlik jayri yigit. Bu ishni tezda bir yoqlik qilmasa vaqtdan yutqazishi tayin edi. Ana shularni hisobga olgan Amr qilichini ko'tarib zarb bilan urdi. Qilich Alining qalqonini kesib boshini jarohatladi. Darhol qarshi hujumga o'tgan Ali zulfuqorni shiddat-la raqibiga soldi. Bu zarbadan uzoq yillar mardligi va qahromonligi bilan dong taratgan Amrning boshi tanasidan judo bo'ldi va qum ustiga bir to'p kabi yumalab tushdi. Boshsiz qolgan vujud, bahaybat tanasi daraht kabi gup etib quladi. Hali nima bo'lganidan behabar, ammo, nihoyat darajadagi hayajon bilan natijani kutayotgan musulmonlar, sal o'tmay o'zlari taniydigan yuksak ovozda Allohu Akbar! Allohu Akbar! deya takbir keltirgani aytishdi. Bu ovoz ularning ichlaridagi hayajonni quvonchga chevirib yubordi. Amrning yerga cho'zilganini ko'rgan, Dirol bilan Navfar birdaniga hazrati Aliga tashlandi. Bular Amr bilan birga o'tgan to'rt kishining biri edi. Hazrati Ali ularga peshvoz chiqdi, lekin ular jang qilishdan qochishni abzal ko'rishdi. Orqadan yetib kelgan Alining o'rtog'i Zubayr, Navfarni quvib yetdi va bir qancha zarb bilan uning hayot daftariga nuqta qo'ydi. Handaqning bu tarafidagi mushriklar bo'layotgan voqeani alam va nafrat-la kuzatib turishardi. Amrdek ishonchli jasur bir kishining yerda jonsiz yotishi achinarlik hol edi albatta. U shunday Amr edi-ki, Uhudga chiqishi uchun qurayish qabilasi uning mahsus taklifi bilan chaqirtirgan, u qo'shilgan karvonga hech kim hujum qilishga botina olgan emas edi.
Bir safar karvonga hujum qilgan qaroqchilarga o'zi bas kelgan, ularning dodini bergan, Umar ibn Hattob (r.a) bu voqeaning shohidlaridan edi. Qayta-qayta maydonga chorlaganida hech kim yurmagan, yurak yutib men chiqaman demagani, Hazrati Aliga Rasuli Akram (s.a.v.): O'tir ey Ali, bu Amrdir, deya darhol ruhsat bermaganliklari edi.
Xandaqning chetiga kelgan bir necha mushriklar Amrning jasadini bizga topshirsangiz, evaziga o'n ming dirham pul berishga rozimiz, deya baqirishdi. Bu taklif Janobimizga yetkazilganda, u zot muhtaram jasad o'zlaringizga buyursin, biz o'lik puli olmaymiz, dedilar. Va jasad topshirildi. Abu Sufyonga Amrning o'z boshimcha handaqdan o'tgani yoqmagan edi. Axir atrofini o'rab uniyam to'rtala sheriginiyam osongina o'ldirishlari mumkin ediku. Holbuki o'rab olishga ham hojat qolmagan. Amr yakkama-yakka olishuvda raqibining zarbasidan jon berishga ulgurgan edi. Abu Sufyon yuzini burishtirib, juda ham hosiyatsiz kundamiz, dedi va jang maydonidan uzoqlashdi. (Holislik sari)
5- Ummu Sulaym va Abu Talhaning farzandi bo'lmish kichik sahobaning Nug'ayr nomli qushchasi bo'lib, uni jonidan ortiq yahshi ko'rib va u bilan har kunini o'tkazardi. Bir kun, o'sha Nug'ayr nomli qushchasi o'lib qolganidan qattiq qayg'uga tushib o'tirgan vaqtida, Rasuli Akram (s.a.v.): "Ey.....Sening Nug'ayring qani?" deb so'raganlarida, u o'lib qoldi, deb hafa bo'lgan kichkina Sahoba kim edi?
a) Nuaym ibn Mas'ud b) Abu Umayr c) Mu'sab ibn Umayr Javob'b) Abu Umayr Izoh: Anasning onasi Ummu Sulaym Rasulullohning xijratlaridan keyin Abu Тalhaga turmushga chiqqan va undan bir o’g’il ko’rgan edi. Ismi Abu Umayr edi u bolaning. Abu Umayr o’sib, uch-to’rt yoshlarga yetib qoldi. Nabiyyi akram (s.a.v.) Abu Тalha bilan Ummu Sulaymni ziyorat qilishga kelganlarida har gal Abu Umayrni suyib-erkalaydilar, boshini silab qo’yadilar. Bir kuni otasi qirmizi tumshuqli, kattaligi chumchuqcha keladigan bir qush tutib berdi. Abu Umayr rosa quvondi. Shu kundan boshlab vaqtini shu qushcha bilan o’tkaza boshladi. Qushga «Nug’ayr» deb laqab ham qo’yib oldi. Sayyidul anbiyo (s.a.v.) keyingi gal kelganlarida Abu Umayrni shu qushi bilan o’ynashayotgan holda ko’rdilar. Naqadar baxtli onlar uning uchun! Ammo Abu Umayrning bu baxtiyor kunlari uzoqqa cho’zilmadi, xatto qayg’uga aylandi. Chunki Nug’ayr bir kuni o’lib qoldi. Abu Umayr rosa ko’zyosh to’kdi. Rasuli akram yana bir gal kelganlarida qushni ko’rmadilar. Bolaning boshini siladilar. - Ey Abu Umayr, Nug’ayr qani? - deb so’radilar. - O’ldi, - deb javob qildi bola. O’shandan buyon Rasuli kibriyo qachon bu oilaga kelsalar - Ey Abu Umayr, Nug’ayr polaponing qani?.. - deb hazil-huzul qiladigan, suyib-erkalaydigan bo’ldilar. (Saodat asri qissasi)
|
Категория: Islomiy mantiqiy savolla | Добавил: Taqvo
|
Просмотров: 2203 | Загрузок: 0
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |