Понедельник, 25.11.2024, 00:28 | Главная | Регистрация | Вход |
Izoh FaollariАссалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти. ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз
|
Каталог файлов
Biz Islomni bilamizmi?"2 BOSQICH
| 21.12.2012, 19:06 |
"Biz Islomni bilamizmi?" 2 chi 1) Savol: 1. Sha’riati Islomiyada amallar savob yoki gunoh bo’lishi bilan fiqhiy istilohga ko’ra nechaga bo’linadi? Javob: Shariati islomiyada amallar savob yoki gunoh bo‘lish e’tibori bilan fiqhiy istilohga ko‘ra, yetti navga bo‘linadi:1 Farz, 2. vojib, 3sunnat,4 harom, 5makruhi tahrimiy,6 makruhi tanziliy,7 muboh.
2) Savol: Rasululloh s.a.v.ga fazr bo'lgan, ummatlariga esa sunnat bo'lgan amal qaysi??? Javob:Tahajjud namozi e’di
3) Savol: Sunnat necha xil bo’ladi? Javob: Sunnatning turlari uchga bo‘linadi: 1. Takidlangan sunnat (sunnati muakkkada); 2. Odatiy sunnat (sunnati mashru’a); 3. Zoida sunnat (sunnati zoida).
4) Savol: Hojatxonaga kirayotgan kishi qaysi duoni o’qishi odobdan hisoblanadi? Javob: «Allohumma inniy a’uzu bika minal xubsi val xobais». (Ma’nosi: «Ey Rabbim, erkak va ayol shaytonning yomonligidan panoh tilayman».)
5) Savol: Tahoratning farzlari nechta va Ularni sanab bering? Javob: To’g’ri javob: 4 ta; 1)yuzni, 2)qo’lni, 3)oyoqni yuvish, 4) boshqa mash tortish.
6) Savol: Tahoratning farzlari qaysi oyatlarda keltirilgan? Javob: To’g’ri javob: "Moida”, 6-oyat. Izoh: Alloh taolo: «Ey iymon keltirganlar, namozga tursanglar, yuzinglarni yuvinglar va qo‘linglarni tirsagigacha (qo‘shib) yuvinglar va boshinglarga mash tortinglar va oyog‘inglarni to‘pig‘igacha (qo‘shib) yuvinglar», deb aytgan. (Moida surasi, 6-oyat).
7) Savol: "Boshning hammasiga bir marta mash tortish” tahoratning qanday hukmi hisoblanadi? Javob: Tahoratning sunnati
8) Savol: G’usl vojib bo‘lgan kishi Qur’oni Karim oyatlarini yoddan o‘qishi joizmi? Javob: To’g’ri javob: Harom
9) Savol: tahoratdagi sunnat amallarni sanang? Javob: 1. «Bismillahir rohmanir rohim», deb boshlamoq. 2. Tahorat qilishni dilga tugmoq. 3. Qo’lni yuvmoq. 4. Tishni misvok yoki qo’l bilan yuvmoq. 5. O’ng qo’lga uch marta suv olib og’iz chaymoq. 6. O’ng qo’lga uch marta suv olib burunni yuvmoq. 7. Qosh, mo’ylov va lab ostiga suv yetkazmoq. 8. Soqol oralariga panja urib ishqalamoq. 9. Oyoq panjalariga qo’l panjalari bilan suv yetkazib chog’ishtirmoq. 10. Yuz, qo’l va oyoqni uch martadan yuvmoq. 11. O’ng qo’lni chap qo’ldan, o’ng oyoqni chap oyoqdan ilgari yuvmoq. 12. Boshga mash tortganda peshonadan boshlamoq. 13. Boshning sochli joyining hammasini ho’llamoq. 14. Ko’rsatkich barmoq bilan quloq ichiga mash tortmoq, bosh barmoq bilan esa quloq tashqarisiga mash tortmoq. 15. Ikki qo’lning ort tarafi bilan gardanga mash tortmoq. 16. Tahoratning barcha farzlarini o’rniga qo’ymoq. 17. Tahorat orasida boshqa amallar bilan mashg’ul bo’lmaslik. 18. Qo’l va oyoqni yuvganda panja uchidan boshlamoq.
10) Savol: tahoratning makruh amallarini sanang? Javob: 1. Suvni isrof qilish. 2. Suvni o‘ta kam ishlatishlik. 3. Suvni yuzga zarb bilan urish. 4. Ro‘zador odamning burniga va og‘ziga suvni qattiq tortishi ham makruhdir. Chunki bunda ro‘zaning ochilib ketish xavfi bor. 5. Najosatli o‘rinlarda tahorat olish. 6. Tahorat asnosida zaruratsiz gaplashish. 7. Burunga, og‘izga suv olish va niyatga o‘xshagan ta’kidlangan sunnatlarni tark qilishlik ham makruhdir.
11) Savol: «Alhamdu lillahillazi ja’alal maa tahuran val islama nuran» (Ma’nosi: «Suvni ham, Islom dinini ham poklik manbai qilib yaratgan Allohga hamd bo’lsin») duosi tahoratning qaysi rukni bajarilayotganda aytiladi? Javob: Tahorat boshlanib, ikki qo’l yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi: «Alhamdu lillahillazi ja’alal maa tahuran val islama nuran». Ma’nosi: «Suvni ham, Islom dinini ham poklik manbai qilib yaratgan Allohga hamd bo’lsin»
12) Savol: Burunga suv tortilayotganda qaysi duo o’qiladi? Javob: Burunga suv tortilayotganda ushbu duo o’qiladi: «Allohumma arihni roihatal jannati va la turihni roihatan-nari». Ma’nosi: «Ilohim, jannat hididan bahramand et, do’zax isidan nari tut»
13) Savol: Tahoratsiz kishiga harom bo’lmagan amallarni ayting? Javob: To’g’ri javob: Tobutni ko’tarish, masjidga kirish.
14) Savol: Qanday suvlarda tahorat olish mumkin emas? Javob: Quyidagi suvlar bilan tahorat olish mumkin emas: - najasot tushgan idishdagi va hajmi 10x10 metrdan oz bo‘lgan hovuzdagi suvda; - daraxt, meva, ko‘katlardan siqib olingan suvda; - qurbat hosil qilish uchun (savob umidida tahorat ustiga tahorat olish uchun) ishlatilgan suvda; - ifloslikni ketkazish uchun ishlatilgan suvda.
15) Savol: Tahoratga ishlatilgan suvdan idish yuvish yoki boshqa maqsadda foydalanish mumkinmi? Javob: To’g’ri javob: Joiz emas.
16) Savol: Sahih manbalarga ko’ra Rasululloh SAV tahorat uchun qancha suv sarflardilar? Javob: Ibn Jabrga Anas bunday degan ekanlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam g‘uslga bir so’dan (taxminan 4 litrdan) 5 mudgacha (taxminan 5 litrgacha) suv ishlatar edilar, 1 mud suv bilan tahorat olar edilar». ("Sahihi Buxoriy”, Tahorat kitobi, 49-bob)
17) Savol: Tahoratda yuviladigan a’zolarda yara yoki kasallik bo‘lganida qanday tahorat olinadi? Javob: Tahoratda yuviladigan a’zolarining birida yara yoki kasallik bo‘lganida issiq suv bilan yuvish ham kishining sog‘ligiga zararli bo‘lsa, yuvilmaydi, balki ho‘l qo‘l bilan ustiga mash tortiladi. Agar mash tortish ham zarar yetkazadigan bo‘lsa, bu amal ham tark etiladi. Agar bunday kasallik tahoratda (g‘uslda) yuviladigan a’zolarning ko‘p qismini qamrab olgan bo‘lsa, tahorat yoki g‘usl o‘rniga tayammum qilinadi.
18) Savol: Namozda nechta farz bor? Javob: Намозда ўн иккита фарз бўлиб, улардан олтитаси намоздан ташкарида, улар намоз шартлари дейилади: 1- тахорат учун тоза сув, тоза либос 2- тоза жой 3- авратни беркитиш 4-намоз вакти (яъни ўкиладиган намознинг вакти кирган бўлиши) 5- киблага юзланиш 6-ният. Олтитаси намознинг ичида, улар намоз асослари деб аталади: 1-Аллоху акбар такбири билан намозни бошлаш (такбири тахрима) 2- киём (тик туриш) 3- кироъат 4- рукуъ 5- сажда 6- охирги(ташаххудга) ўтириш.
|
Категория: Islomiy mantiqiy savolla | Добавил: Taqvo
|
Просмотров: 1005 | Загрузок: 0
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |