Понедельник, 25.11.2024, 00:51Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islomiy mantiqiy savolla

Biz Islomni bilamizmi?"3 BOSQICH
21.12.2012, 19:09

"Biz Islomni bilamizmi?" 3 chi
1. Rosululloh sollallohu alaayhi va sallamning bizga ma’lum nasablaridagi eng katta bobolari kim? (Ibrohim va Ismoil alayhissalomni istisno qilganda)
A) Muzar
B) Adnan
C) Nizar
D) Ilyos

Javob: Adnan Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning bizga ma’lum nasablaridagi eng katta bobosi hisoblanadi. (Ibrohim va Ismoil alayhissalomni istisno qilganda). Undan yuqorida – Ismoil alayhissalomga tutashadigan nasablari Islom tarixchilari orasida ixtilofli bo’lgani uchun Adnangacha bo’lgan nasabga ittifoq qilingan. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 55-bet; "Al-bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 208-bet.)

2. Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning qaysi bobosi Quraysh deb ism olgan?
A) Malik
B) Kilab
C) Fihr
D) Kinona

Javob: Quraysh Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning Fihr ismli bobolarining laqabidir.
("Ar-Rohiyqul maxtum”, 55-bet.)

3. "Uning asl ismi Zayd edi. Otasi Kilab vafot etganda onasi Bani Uzro qabilasidan bir kishiga turmushga chiqdi va o’g’lini ham o’sha yerga o’zi bilan olib ketdi. Zayd keyinchalik o’zining Qurayshdan ekanligini bilib, Makkaga qaytib keldi va oradan bir muddat o’tib, shahar boshqaruvini o’z qo’liga oldi”. Bu yerda Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning qaysi bobosi haqida gap ketyapti?
A) Murra
B) Luay
C) Qusoy
D) G’olib

Javob: Qusoy. O’z qabilasidan uzoqda ulg’aygani uchun "qusoy” – "uzoq” degan laqab bilan
atalgan. ("Tarixul arob qoblal-Islam”, 73-bet)

4. Qusoy Makka boshqaruvini qo’liga olguniga qadar Makkani qaysi qabila boshqarar edi?
A) Xuzo’a
B) Azdi Shanua
C) Jurhum
D) Saqif

Javob: Xuzo’a qabilasi. Qusoy boshqaruvni ayni shu qabila vakillaridan oldi. ("Ar-Rohiyqul
maxtum”, 35-bet.)

5. Ka’ba ziyoratiga kelgan hojilarni Makka raisi tomonidan bepul ovqatlantirish xizmati nima deb nomlangan?
A) Siqoya
B) Rifada
C) Hijaba
D) Riyasa

Javob: Rifada – hojilarni bepul ovqatlantirish xizmati edi. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 36-bet;
"Tarixul arob qoblal-Islam”, 74-bet)

6. Madinai Munavvaraning Islomgacha bo’lgan nomi nima edi?
A) Toyba
B) Yasrib
C) Al-Azro
D) Al-Muborak

Javob: Yasrib. ("Tarixul arob qoblal-Islam”, 60-bet)

7. Johiliyat davrida Hijozning ahamiyati va nufuziga ko’ra Makkadan keyingi ikkinchi o’rinda
turgan shahrini aniqlang:
A) San’o
B) Toif
C) Yasrib
D) Tobuk

Javob: Yasrib. ("Tarixul arob qoblal-Islam”, 60-bet)

8. Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning 3-bobosi bo’lgan Abdu Manof ning asl ismi nima
bo’lgan?
A) Mug’ira
B) Qays
C) Ka’b
D) Xuzayma

Javob: Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning 3-bobosi bo’lgan Abdu Manof ning asl ismi Mug’ira edi. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 55-bet)

9. "Uning asl ismi Amr edi. U otasidan keyin siqoya(hojilarga suv berish) va rifada(hojilarni
ovqatlantirish) xizmatlarini o’z qo’liga oldi. U birinchi bo’lib "iylaf”ni joriy qildi. U Yasribdagi Bani Najjor qabilasidan Salmoga uylandi. Lekin farzandi tug’ilmasdan oldin Fazzoda vafot etdi”. Ushbu ta’rif Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning qaysi bobosi haqida?
A) Mudrika
B) Hoshim
C) Abdu Mannof
D) Ilyos

Javob: Bu ta’rif Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning 2-bobosi bo’lgan Hoshimga tegishli.
("Ar-Rohiyqul maxtum”, 36-37, 56-betlar)

10. "Iylaf” nima?
A) Karvonlarning savdo uchun safar qilishi
B) Johiliya davrida har yili Ukoz va Majallada tashkil qilinadigan yirik bozor
C) Quraysh karvonining yozda Yamanga, qishda Shomga tijorat uchun safar qilshi
D) Hiyraga uyushtiriladigan savdo karvoni

Javob: Quraysh karvonining yozda Yamanga, qishda Shomga tijorat uchun safar qilshi. ("Tarixul arob qoblal-Islam”, 75-bet).

11. Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning bobosi AbdulMuttolibning asl ismini toping:
A) Shayba
B) Mug’ira
C) Muzar
D) Amr

Javob: Shayba. Tug’ilganida boshida oq sochi – "shayba” bo’lganligi uchun onasi Salmo uni shu nom bilan atadi. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 56-bet)

12. AbdulMuttolibga tushida Toyba, Barro va Maznuna nomlari aytildi. Bu qaysi buyruqqa ishora edi?
A) Ka’baga raislik qilish
B) Quraysh karvoniga boshchilik qilib, Shom va Yamanga safar qilish
C) Zamzamni qazish
D) Hojilarga nisbatan rifada va siqoya ishlarini amalga oshirish

Javob: AbdulMuttolibga tushida 3 kun davomida Toyba, Barr ova Maznuna nomlari aytilib,
4-kuni Zamzamni qazish buyrug’i berildi. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 258-259-betlar)

13. Zamzam aslida Ismoil alayhissalom davrida ochilgan buloq edi. Ammo AbdulMuttolib
davrida u ko’milib ketgan edi. Qaysi qabila Zamzamni ko’mib yuborgan edi?
A) Azdi Shanua
B) Xuzo’a
C) Jurhum
D) Kinona

Javob: Zamzamni Jurhum qabilasi Xuzo’a qabilasi tomonidan haydab chiqarilayotgan vaqtida ko’mib ketgan edi. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 258-bet)


14. AbdulMuttolibga Zamzamni qazishda qaysi o’g’li yordam berdi?
A) Abu Tolib
B) Horis
C) Zubayr
D) Ziror

Javob: Horis. Bu vaqtda AbdulMuttolibning Horisdan boshqa o’g’li yo’q edi. Horis Badr g’azotida ilk shahid bo’lgan Ubayda roziyallohu anhuning otasidir. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 259-bet; "Nurul yaqiyn”, 88-bet)

15. AbdulMuttolib o’g’li Abdullohni nega qurbonlik qilmoqchi bo’ldi?
A) Johiliya davridagi odatga binoan ilohlarga hurmati yuzasidan
B) Qasam ichganligi uchun
C) Zamzamni qazish vaqtida qilgan nazriga binoan
D) Faqirlikdan qo’rqib

Javob: Zamzamni qazish vaqtida ichgan qasamiga binoan. AbdulMuttolib o’zi va og’li Horis
ikkalasi Zamzamni qazishar ekan, Makka ahlidan boy va serfarzand odamlar kleib, bu ishga sheriklik qilishga harakat qilishdi. Ammo AbdulMuttolib ularning Zamzamni qazishda ishtirok etishlariga unamadi. Shunda ular AbdulMuttolibning yolg’izligi va bittagina o’g’li borligini aytib, qiynalib qolishi haqida piching qilishdi. Ish oxir-oqibatda AbdulMuttolibning foydasiga tugadi. AbdulMuttolib esa: "Agar Alloh menga 10 ta o’g’il bersa, albatta bittasini Uning uchun
qurbonlik qilaman”, deb nazr qildi. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 57-bet)

16. AbdulMuttolib nazrini amalga oshirmoqchi bo’lib, 10 ta o’glining o’rtasida qur’a tashladi. Qur’a Abdullohga chiqdi. U qurbonlik qilinishi kerak edi. Bu ish nima bilan tugadi?
A) AbdulMuttolib jarima to’ladi va nazridan forig’ bo’ldi
B) AbdulMuttolib qul ozod qilish orqali nazridan qutuldi
C) Abdulloh va uning evaziga qurbonlik qilinishi kerak bo’lgan tuyalar o’rtasida qur’a tashlandi
D) O’g’lining o’rniga qullaridan birini qurbonlik qildi

Javob: Abdulloh va uning evaziga qurbonlik qilinishi kerak bo’lgan tuyalar o’rtasida qur’a
tashlandi. AbdulMuttolib o’g’li Abdullohni qurbonlik qilmoqchi bo’lganida Quraysh raislari bu narsa keyinchalik odat bo’lib qolmasligi uchun unga qarshi chiqishdi. Shomlik bir kohinning maslahatiga ko’ra, Abdulloh va uning evaziga qo’yilga tuyalar orasida qur’a tashlashga qaror qilindi. Qur’a toki tuyalarga chiqquncha tuyalarning sonini oshirib borish kerak edi. Abdullohning evaziga qo’yilgan tuyalarning soni 10 ta edi. Qur’a Abdullohga chiqaverdi. Tuyalar soni 100 taga yetgandan keyin qur’a tuyalarga chiqdi. Tuyalarning hammasi so’yildi,
Abdulloh tirik qoldi. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 59-bet; "Al-Bidaya van-nihoya”, 2-juz’, 262-263-betlar)

17. AbdulMuttolib o’g’li Abdullohni qurbonlik qimay, uning o’rniga 100 ta tuya so’ygandan keyin uni Makkaning aslzoda qizlaridan bo’lgan Aminaga uylantirdi. Amina qaysi urug’ga mansub edi?
A) Bani Bakr
B) Bani Zuhra
C) Bani Umayya
D) Bani Abdu Manof

Javob: Bani Zuhra. Aminaning nasabi: Amina binti Vahb ibn Abdu Manof ibn Zuhra ibn Kilab –
shu yerdan Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning ota va ona tononlaridagi nasablari birlashib ketadi. (Keyingilari: Kilab ibn Murra ibn Ka’b ibn Luay ibn G’olib ibn Fihr. Fihr – Qurayshdir…..) ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 59-bet; "Al-Bidaya van-nihoya”, 2-juz’, 263-bet)

18. Abdulloh qayerda vafot etdi?
A) Yasrib
B) G’ozza
C) Busro
D) Toif

Javob: Yasribda. Abdulloh Shomga tijorat karvoni bilan yo’lga chiqib, yo’lda Yasribda to’xtadi
va shu yerda kasal bo’lib vafot etdi. Yoshi 25 da edi. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam onalarining qornida homila edi. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 59-bet)

19. Milodiy 571 yilda Makkaga Yamandan habash qo’shini bostirib keldi. Bu qo’shin Qur’oni
Karimda "Ashobi Fil” deb nom olgan. Bu qo’shinning boshlig’i kim edi?
A) Sayf bin Zu Yazan
B) Zu Nuvas
C) Abraha
D) Masruq

Javob: Abraha. Uni Habashiston Najoshiysi (Rim imperiyasining Habashistondagi noibi) Yamanga hokim qilib tayinlagan edi. U Makkaga Ka’bani buzish va arablarni o’zi San’oda
qurdirgan kaliso(cherkov)ga borib ibodat qilishga majburlash uchun qo’shin tortib keldi. Alloh bu qo’shinni xor qildi. ("Fil” surasi, 1-5-oyatlar; "Tarixul arob qoblal-Islam”, 78-bet)

20. Abraha Makkaga yaqinlashib, shaharning raisi bilan uchrashmoqchi bo’ldi va askarlariga
Makka raisini topib kelishni buyurdi. Ular AbdulMuttolibni chaqirib kelishdi. Abraha uning hurmatini joyiga qo’yib suhbatlashdi. Makkaga nega kelganligini bayon qildi. Suhbat so’ngida AbdulMuttolibdan qanday iltimosi borligini so’radi. AbdulMuttolib nima deb javob berdi?
A) "Makkaga hujum qilma, biz senga o’lpon to’laymiz”
B) "Makkaga hujum qilma, Allohning qahriga uchraysan”
C) "Askarlaring tortib olgan 200 tuyamni qaytarib ber, Baytning esa himoya qiladigan o’z egasi
bor”
D) "Biz oilalarimizni olib chiqib ketaylik, keyin Makkaga hujum qilsang rozimiz”

Javob: "Askarlaring tortib olgan 200 tuyamni qaytarib ber, Baytning esa himoya qiladigan o’z egasi bor”. Bayt – Ka’badir. ("Tarixul arob qoblal-Islam”, 78-bet)

21. Varaqa ibn Navfal kim?
A) Hanifiylardan bo’lgan va o’limigacha haq dinni qidirib, Ibrohim alayhissalomning diniga amal
qilishga harakat qilgan
B) Hanifiylardan bo’lgan va haqiqiy dinni qidirib, oxirida nasroniylik bilan kifoyalangan
C) Hanifiylardan bo’lgan va keyinchalik yahudiy diniga o’tgan
D) Hanifiylardan bo’lgan va haqiqiy dinni – Ibrohim alayhissalomning shari’atini qidirgan, lekin
oxirida qabilasining e’tiqodida – butparastlikda qolgan

Javob: Hanifiylardan bo’lgan va haqiqiy dinni qidirib, oxirida nasroniylik bilan kifoyalangan. ("Al-Bidaya van-nihoya”, 2-juz’, 251-bet)

22. Zayd ibn Amr ibn Nufayl kim?
A) Hanifiylardan bo’lgan va o’limigacha haq dinni qidirib, Ibrohim alayhissalomning diniga amal
qilishga harakat qilgan
B) Hanifiylardan bo’lgan va haqiqiy dinni qidirib, oxirida nasroniylik bilan kifoyalangan
C) Hanifiylardan bo’lgan va keyinchalik yahudiy diniga o’tgan
D) Hanifiylardan bo’lgan va haqiqiy dinni – Ibrohim alayhissalomning shari’atini qidirgan, lekin
oxirida qabilasining e’tiqodida – butparastlikda qolgan

Javob: Hanifiylardan bo’lgan va o’limigacha haq dinni qidirib, Ibrohim alayhissalomning diniga amal qilishga harakat qilgan. ("Al-Bidaya van-nihoya”, 2-juz’, 251-257-betlar). Rosululloh sollallohu alayhi va sallamdan u haqida aytilgan hadis rivoyat qilingan: "U (Qiyomat kunida) men va Iyso ibn Maryam o’rtasidagi yakka ummat bo’lib turadi”. Nasoiy "Kubro”da rivoyat qilgan. 8187-hadis. Isnodi hasan. Zayd ibn Amr haqida Buxoriy "Sahih”da alohida bob keltirgan.

23. Arablar kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishiga ko’ra necha qismga bo’lingan?
A) 3 qism
B) 2 qism
C) 4 qism
D) 5 qism

Javob: 3 qism. Arablar: 1. Arobul-baida 2. Arobul-‘ariba; 3. Arobul-musta’robaga bo’lingan. Arobul-baida yo’qolib ketgan arab qabilalaridir: Samud va Od kabi. Arobul-‘ariba – Yaman arablari, Qahtonning bolalaridir. Arobul-musta’roba – Hijoz arablari, Ibrohim va Ismoil
alayhimassalom va ularning avlodi Adnonning bolalaridir. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 22-28-betlar)

24. Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning ismlari Qur’oni Karimda umumiy necha marta
kelgan?
A) 4 marta
B) 3 marta
C) 5 marta
D) 6 marta

Javob: 5 marta. 1 marta Ahmad shaklida – "Soff” surasida, 4 marta Muhammad shaklida – "Oli
Imron”, "Ahzob”, "Muhammad” va "Fath” suralarida. (Manba: Qur’onga qarang.)

25. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam qaysi kuni tug’ildilar?
A) Dushanba
B) Jum’a
C) Payshanba
D) Chorshanba

Javob: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Fil yilining 1-yili, Robi’ul-avval oyining 9-kuni, Dushanba tongida; milodiy 571 yil, 22 Aprel kuni Makkada, Abu Tolib mahalasida tug’ildilar. ("Ar-Rohiyqul maxtum”, 61-bet) Rosululloh sollallohu alayhi va sallam dushanba kuni ro’zasi haqida: "Bu men tug’ilgan va menga vahiy tushgan kun” dedilar. Muslim. Ro’za kitobi, 1162-hadis. ("Al-Bidaya van-nihaya”, 2-juz’, 273-bet).

Категория: Islomiy mantiqiy savolla | Добавил: Taqvo
Просмотров: 1647 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |